Научная статья на тему 'TALABALARDA INNOVATSION FIKRLASH KO’NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI'

TALABALARDA INNOVATSION FIKRLASH KO’NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
376
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ijodiy fikrlash / insonparvar muloqot / faol o`zaro harakat / interfaol metod / ta`lim-tarbiyaviy maqsad / mustaqil fikr / fan / texnika / texnologiya. / creative thinking / communication / interactive methods / independent thinking / teaching and educational purpose / the science / technique / texnology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilobarxon Maxsitovna Xolikova

Ushbu maqolada ta`lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashda bo`lgan talablarini ortirish, o`quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy interfaol usullarning o`rni va roli.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASES OF IMPROVING STUDENTS INNONATIVE THINKING SKILLS

In this state the role of modern interactive methods in the development of creative thinking, increasing the requirements for the use of interactive methods, innovative technologies, pedagogical and informational technologies in the educational process.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA INNOVATSION FIKRLASH KO’NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI»

TALABALARDA INNOVATSION FIKRLASH KO'NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Dilobarxon Maxsitovna Xolikova

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada talim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashda bolgan talablarini ortirish, o'quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishda zamonaviy interfaol usullarning o'rni va roli.

Tayanch so'zlar: ijodiy fikrlash, insonparvar muloqot, faol o'zaro harakat, interfaol metod, talim-tarbiyaviy maqsad, mustaqil fikr, fan, texnika, texnologiya.

THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASES OF IMPROVING STUDENTS INNONATIVE THINKING SKILLS

ABSTRACT

In this state the role of modern interactive methods in the development of creative thinking, increasing the requirements for the use of interactive methods, innovative technologies, pedagogical and informational technologies in the educational process.

Reference expression: creative thinking, communication, interactive methods, independent thinking, teaching and educational purpose, the science, technique, texnology.

KIRISH

Respublikamizda xalqaro talablarga muvofiq oliy ta'lim muassasalari talabalarining innovatsion faolligini oshirish, ilg'or xorijiy tajribalar asosida innovatsion fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, axborot -kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni samarali qo'llashning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ta'limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish sohasidagi ishlarni rivojlantirishni ta'kidlab shunday deydi: «Hammamiz yaxshi bilamiz, bugungi davr yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar zamonidir...»[1].

Jahon ta'lim taraqqiyotida mamlakatning ravnaqi, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy va madaniy yuksalishi, hamda uning istiqboli va kelajagini belgilashda innovatsion fikrlash ko'nikmasini rivojlantirishning ahamiyati beqiyosdir. Bugun oliy ta'lim sifatini

oshirishda BMTning "XXI asrda oliy ta'lim" butun jahon deklaratsiyasi, YuNESKOning ta'lim dasturlari, Yevropada yaxlit oliy ta'lim tizimini yaratish maqsadida qabul qilingan Balantya deklaratsiyasi muhim o'rin egallaydi. Ta'lim, fan va madaniyat muammolari bo'yicha BMT (YuNESKO)ning 1998 yildagi «YuNESKO: 2020 yil ufqlari» nomli istiqbolli ma'ruzasida oliy ta'lim tizimi qiyofasiga, o'qituvchilar tayyorlash madaniyati va siyosatiga, ayniqsa, talabalarning yangicha fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish asosida innovatsion faoliyatga tayyorlashning yangi strategiyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Bu bevosita kadrlar tayyorlash sifatini, raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda butun dunyoda oliy ta'lim muassasalari talabalarini innovatsion faoliyatga tayyorlash, ularning innovatsion fikrlash ko'nikmasini, individual ijodiy faoliyatini birmuncha to'laroq namoyish qilish, intellektual salohiyatini oshirish, o'qish jarayonida egallagan bilim, ko'nikma va malakalar zahirasini innovatsion masalalar yechimiga qaratish muammolari alohida o'rin egallamoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish oliy ta'lim tizimini takomillashtirish, maqsad va vazifalarini aniqlashtirishni, talabalarda innovatsion fikrlash ko'nikmasini takomillashtirish mazmunini oliy ta'lim muassasalari innovatsion tizimining yangi talablariga muvofiq ravishda integratsion yondashishga talab etmoqda.

Respublikamizda xalqaro talablarga muvofiq oliy ta'lim muassasalari talabalarining innovatsion faolligini oshirish, ilg'or xorijiy tajribalar asosida innovatsion fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni samarali qo'llashning pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ta'limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish sohasidagi ishlarni rivojlantirishni ta'kidlab shunday deydi: «Hammamiz yaxshi bilamiz, bugungi davr yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar zamonidir...»[1].

NATIJALAR

Natijada ilg'or tajribalar asosida talabalarning innovatsion fikrlash ko'nikmasi rivojlanadi, ta'lim tizimi jahon andozasi asosida yanada takomillashadi, kadrlar sifati raqobatbardoshlik muhitiga tezkor moslashadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2909 -son Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi «Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida» PQ-3151 son Qarori, 2017 yil 1 noyabrdagi "Ilmiy tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va Innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-

tadbirlari to'g'risidagi" PQ- 3365 son Qarori, 2017 yil 29 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida" PF - 5264 -son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-son Farmoni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" PQ-3416-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Respublikamizda talabalarning innovatsion fikrlash ko'nikmasini takomillashtirish ularni innovatsion-pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari A.Abduqodirov, N.Azizxodjaeva, B.Adizov, N.Sayidahmedov, J.Yo'ldoshev, F.Yuzlikaev, R.Djuraev, Sh.Mardonov, O'.Tolipov, D.Yunusova, S.Bozorova, M.Jumaniyozova, Sh.SHodmonova, R.Safarova, A.Choriev, M.Quronov, O.Musurmonova, B.Farberman, S.G'ulomov, U.Nishonalievlarning ilmiy tadqiqotlarida o'z aksini topgan.

Hozirgi vaqtda innovatsion jarayonlarning tarixiy-pedagogik, nazariy-metodologik jihatlari mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari olimlari, jumladan, V.A.Slastyonin, L.P.Podlasiy, V.I.Zagvyazinskiy, A.Ya.Nayn, V.S.Lazarev, I.R.Aljanova, Ye.P.Morozov, P.I.Pidkasistiy, M.Potashnik, G.Musabekova kabilarning tadqiqot ishlarida yoritib o'tilgan. Pedagogik innovatikaning ta'lim tizimida yangiliklar joriy qilish nazariyasi va amaliyoti sifatida yuzaga kelishi va rivojlanishi masalalari rossiyalik professor N.R.Yusufbekova tomonidan yuqori ilmiy-metodik darajada tadqiq qilingan. Uning benazir xizmati shundaki, u birinchi bo'lib pedagogik innovatikani mustaqil fan sifatida o'z predmetiga ega ekanligini ilmiy asosladi.

Xorijiy tadqiqotlar tajribasida ta'limda innovatsiyalar, innovatsion fikrlash, innovatsion tafakkur, innovatsion faoliyat, o'qitish texnologiyalarini loyihalash muammolari Brene Brovn, Drisker P.F, N.A. Morena, K.L. Kumar, Rao Srinivas, Mishra va P.Xenriksen, M.V.Klarin, Ye.R.Torranse kabi olimlarning ilmiy ishlarida o'z ifodasini topgan.

Innovatsion yondashuv, nafaqat yangi ijodiy mahsulotni yaratish, balki, uni amaliyotga joriy etishda samarali fikrlash va uni rivojlantirishni ham nazarda tutadi. O'z oldiga ma'lum bir maqsadni qo'ygan, unga erishish yo'llarini izlagan har bir talaba ma'lum darajada o'z dunyoqarashi, fikrlashi, tafakkuri, tasavvuri va tushunchalariga, shuningdek, shaxsiy yoki ijtimoiy manfaatlarni ifodalovchi ehtiyojlarga asoslanadi. Bunda uning maqsadi, xohishi, istagi bilan birga, undagi manfaatlari va ehtiyoji maydonga chiqadi hamda eng asosiysi mazkur vositalar innovatsion fikrlash ko'nimasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar sifatida qaraladi. Talabalar innovatsion fikrlash ko'nikmasini rivojlantirish va takomillashtirishda

ta'limning ilm-fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasiga asoslaniladi. Ularni haqiqiy innovatsion fikrlashga jalb etish (master-klasslar, seminar-trening, konferentsiyalar, ochiq laboratoriyalar, kurs ishlari va bitiruv ishlarini yozish jarayonida), o'quv faoliyatini bo'lajak kasb yo'nalishiga maksimal tarzda yaqinlashtiradi, natijada ularning kasbiy faoliyat davomidagi adaptatsiya osonroq kechadi. Bevosita oliy o'quv yurtlarida amalga oshiriladigan ta'lim jarayonini yangi innovatsion ta'lim texnologiyalaridan kompleks foydalanishga yo'naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.

MUHOKAMA

Pedagogik jarayon pedagogik tizim doirasida amalga oshadi. Pedagogik tizim bir necha tarkibiy qism (talaba, o'qituvchi, o'quvchi, o'quv jarayonining maqsadi, natijalari, ta'lim mazmuni, o'qitish vositalari, usullari, metodlari va texnologiyalari)lardan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi aloqadorlik mustahkam xarakterga ega.

1.1- jadval. Talabalarda innovatsion fikrlash ko'nikmalarni shakllantirish va

rivojlantirish tizimi

innovatsion fikrlash ko'nikmalarini ifodalovchi sifat ko'rsatkichlari

T

davlat ta'lim standartlari bo'yicha tashkil etiladigan innovatsion jarayonlar pedagogik qonuniyatlar, shart-sharoit va imkoniyatlar

innovatsion jarayonlar

kasbiy innovatsion faollik

talabaning pedagogik-psixologik tayyorligi

ijtimoiy buyurtma (DTS) bilim, ko'nikma, malaka, kompetensiya

intensiv, ekstensiv ta'limni yo'l qo'yish

innovatsion fikrlashni shakllantirish talablari

Talabalarda innovatsion va fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish tizimi

innovatsion fikrlashni motivlashtirish

maxsus kurslarni tashkil etish

maktab, mahalla, ota-onalar bilan o'zaro hamkorlik faol iyati

innovatsion fikrlash mexanizmlari

____JJr_____

innovatsion fikrlashni rivojlantirish imkoniyati

innovatsion fikrlashni rivojlantirish

____m____

kasbiy va innovatsion yangilik va uni

rïwf-iïl anfirîch

innovatsion fikrlashni

maqsad, usul, vosita, shaki

innovatsion fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish jarayoni

ta'limni modullashtirish, loyihalash, algoritmlash asosida texnologiyalashtirish

individuallashgan ta'lim

innovatsion fikrlashni

innovatsion fikrlashni

innovatsion fikrlash ko'nikmalarini shakllanganlik darajasi

ehtiyoj, qiziqish, shaxsiy fazilat

Talabalarda innovatsion fikrlash ko'nikmasini shakllantirish va rivojlantirish asosan ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Mazkur jarayonni samaradorligi

asosli tizimga tayanishi bilan belgilanadi. Chunki bunda tizimli, rejali, maqsadli, tashkiliy va integrativ yondashuv asosida talabalarda innovatsion fikrlash ko'nikmasi rivojlanib, takomillashib boradi. Ushbu jarayon natijasida qo'yilgan vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlari kengayadi.

Talabalarda innovatsion fikrlash ko'nikmasini rivojlantirish va takomillashtirish yo'nalishidagi pedagogik jarayonlarni tashkil etishda ma'ruza, seminar, davra suhbati, tadbirlar, treninglar, konferentsiya, ekskursiya, mustaqil ta'lim, pedagogik amaliyot, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash jarayonlarini murakkab tizim sifatida ko'rib chiqib, ularning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini ta'minlash zarur hisoblanadi.

Ularning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini ta'minlashda pedagogik jarayonlarni ma'lum bir izchillikda tizimli va samarali tashkil etish va unda o'rganiladigan mavzularning mazmun-mohiyatiga ko'ra o'zaro bog'liq holda o'rganish, ma'ruza, seminar mashg'ulotlarida o'rganiladigan mavzular bilan talabalar mustaqil o'rganadigan mavzularni belgilashda ularning izchilligiga hamda mavzularni paralel o'rganish mumkinligiga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq sanaladi.

Bunda ta'lim-tarbiya jarayonini (ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlar, davra suhbati, ekskursiya, seminar-treninglar,m'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ilmiy konferentsiya), mustaqil ta'lim jarayonini, davra suhbvatlari,mustaqil ishlash, pedagogik amaliyot, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash jarayonlari, ta'lim-tarbiya vogsitalarida multtimediali ta'lim, elektron darsliklar, vidio darslar, interfaol usullar, taqdimotlar yaxlit, bir butun dinamik tizim ko'rinishida tasavvur qilinib, ta'lim jarayoni loyihalashtiriladi.

2-jadval. Talabalarda innovatsion fikrlash ko'nikmasini takomillashtirish jarayonlari

Taklif etilayotgan ushbu loyihadan shunday xulosaga kelinadiki, talabalar innovatsion fikrlash ko'nikmasini rivojlantirish va takomillashtirishda ta'lim-tarbiya, mustaqil ishlash jarayonlarining o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent, "O'zbekiston" NMIU, 2017 y.,168-b.

2. Bozorova S.J. Oliy texnik ta'limda kasbiy yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarining tizimli asoslanishi: Ped.fan.dok....diss. - T., 2009.- 255 b.

3. Холматова, З. Т. (2020). ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ГЕНДЕРЛИ ЁНДАШУВ МОДЕЛИНИНГ ХАРАКТЕРИСТИКАСИ. Педагогика ва психологияда инновациялар, 7(3).

4. Kholmatova, Z. T. (2019). GENDER EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 199-207.

5. Xolmatova, Z. T. Teoreticheskie osnovi gendernogo podxoda v pedagogike. Nauchniy jurnal «Gumanitarniy traktat» www. gumtraktat. ru ISSN, 2500115915.

6. Холматова, З. Т. (2017). ОПРЕДЕЛИТЬ ОДАРЁННЫХ ДЕТЕЙ И РАЗВИВАТЬ У НИХ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ. Ученый XXI века, 58.

7. Холикова, Д. М., & Холматова, З. Т. (2019). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИГРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ. Школа будущего, (4), 236-245.

8. Холматова, З. Т. (2019). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ГЕНДЕРНОГО ПОДХОДА В ПЕДАГОГИКЕ. Гуманитарный трактат, (61), 77-80.

9. Холматова, З. (2017). Особенности субъект-субъектных отношений в процессе дискуссии, основанной на диалоге. Педагогическое образование и наука, (2), 104106.

10. Холматова, З. (2016). Основные аспекты развития личностных структур сознания в школьном возрасте. Вестник современной науки, (1-2), 132-134.

11. Холматова, З. Т. (2013). Гендерный подход к проблемам обучения и воспитания. In Аспекты в реализации научных исследований (pp. 31-36).

12. Kholikova, D. M. (2019). INNOVATIVE ACTIVITY OF MODERN HIGH SCHOOL: TENDENCIES OF DEVELOPMENT. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 215-220.

13. Kholikova, D. M. (2017). The Issue of Forming Health Competence of Primary School Teachers. Eastern European Scientific Journal, (1).

14. Холикова, Д. М. (2020). ТАЛАБАЛАРДА ИННОВАЦИОН КУНИКМАЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМИ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-3).

15. Kholikova, D. M. (2021). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF INCREASING INNOVATIVE THINKING IN STUDENTS. Theoretical & Applied Science, (5), 422-424.

16. Kholikova, D. M. (2021). DEVELOPMENT OF INNOVATIVE THINKING SKILLS IN HIGHER EDUCATION STUDENTS. Theoretical & Applied Science, (6), 549-552.

17. Холикова, Д. М. (2017). О ФОРМИРОВАНИИ ЗДОРОВЬЕСБЕРЕГАЮЩЕЙ КОМПЕТЕНЦИИ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ. Ученый XXI века, 53.

18. Холикова, Д. М. (2017). Использование здоровьесберегающих технологий для развития личности учеников начальных классов. Наука 21 века: вопросы, гипотезы, ответы, (2), 23-26.

19. Холикова, Д. (2021). Возможности диагностики эффективности компенсационного подхода в обучении. Общество и инновации, 2(9/S), 239-252.

20. Холикова, Д. М. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ ИННОВАЦИОННОГО МЫШЛЕНИЯ У БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ. Управление дошкольным образовательным учреждением, (5), 80-84.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.