Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI KLASTERI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI KLASTERI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
21
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson kapitali / innovatsion taraqqiyot / klaster / klaster siyosati / innovatsion salohiyat / inson kapitalini boshqarish. / human capital / innovative development / cluster / cluster policy / innovative potential / human capital management.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Kushakova M.N., Sharipov O’ H.

Maqolada inson kapitali boshqaruviga klaster yondashuvi o‘rganiladi. Ushbu yondashuv “bilimlar”ni boshqarishni ko‘zda tutib, maqsad innovatsiyalar rivojlanishini rag‘batlantiradigan innovatsion inson kapitalini shakllantirish hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi va iqtisodiy xavfsizligini oshirish maqsadida uning strategik resursi hisoblangan inson salohiyatini saqlash va rivojlantirish inson kapitali boshqaruvining asosiy vazifasi hisoblanadi. Tadqiqotda inson kapitalini boshqarish vositasi sifatida innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta’lim klasteridan foydalanish taklif qilinadi. Innovatsion klasterning asosiy maqsadi mintaqalar xo‘jalik tizimi innovatsion faolligi darajasini oshirish va innovatsiyalar yangilanishi uzluksiz jarayonida ifodalangan inson kapitali innovatsion imkoniyatlaridan foydalanish asosida xo‘jalik tizimlarining innovatsion rivojlanishini jadallashtirishdan iborat. Fan, ishlab chiqarish va ta’lim sohalari o‘rtasidagi tafovutlarni tugatish innovatsion klasterning xususiyati hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CLUSTER OF SCIENCE AND INDUSTRY INTEGRATION IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

The article examines the cluster approach to human capital management. This approach involves the management of "knowledge", the goal of which is the formation of innovative human capital that stimulates the development of innovations. In order to increase the competitiveness and "Экономика и социум" №4(119)-2 2024 www.iupr.ru 255 economic security of the national economy, the main task of human capital management is to maintain and develop human potential, which is considered its strategic resource. The research suggests using an innovative researchproduction-education cluster as a tool for human capital management. The main goal of the innovation cluster is to increase the level of innovative activity of the economic system of the regions and to accelerate the innovative development of economic systems based on the use of the innovative opportunities of human capital expressed in the continuous process of innovation renewal. Bridging the gap between science, industry and education is a feature of the innovation cluster.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI KLASTERI»

Kushakova M.N.

"Korporativ boshqaruv" kafedrasi dotsenti Toshkent davlat transport universiteti

Sharipov O'.H.

"Korporativ boshqaruv" kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent davlat transport universiteti

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI KLASTERI

Annotatsiya. Maqolada inson kapitali boshqaruviga klaster yondashuvi o'rganiladi. Ushbu yondashuv "bilimlar"ni boshqarishni ko'zda tutib, maqsad innovatsiyalar rivojlanishini rag'batlantiradigan innovatsion inson kapitalini shakllantirish hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi va iqtisodiy xavfsizligini oshirish maqsadida uning strategik resursi hisoblangan inson salohiyatini saqlash va rivojlantirish inson kapitali boshqaruvining asosiy vazifasi hisoblanadi. Tadqiqotda inson kapitalini boshqarish vositasi sifatida innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta 'lim klasteridan foydalanish taklif qilinadi. Innovatsion klasterning asosiy maqsadi mintaqalar xo'jalik tizimi innovatsion faolligi darajasini oshirish va innovatsiyalar yangilanishi uzluksiz jarayonida ifodalangan inson kapitali innovatsion imkoniyatlaridan foydalanish asosida xo jalik tizimlarining innovatsion rivojlanishini jadallashtirishdan iborat. Fan, ishlab chiqarish va ta 'lim sohalari o 'rtasidagi tafovutlarni tugatish innovatsion klasterning xususiyati hisoblanadi.

Kalit so'zlar: inson kapitali, innovatsion taraqqiyot, klaster, klaster siyosati, innovatsion salohiyat, inson kapitalini boshqarish.

Kushakova M.N. associate professor "Corporate Management" department Tashkent State Transport University

Sharipov O.H. senior teacher "Corporate Management" department Tashkent State Transport University

CLUSTER OF SCIENCE AND INDUSTRY INTEGRATION IN HIGHER

EDUCATION INSTITUTIONS

Abstract. The article examines the cluster approach to human capital management. This approach involves the management of "knowledge ", the goal of which is the formation of innovative human capital that stimulates the development of innovations. In order to increase the competitiveness and

economic security of the national economy, the main task of human capital management is to maintain and develop human potential, which is considered its strategic resource. The research suggests using an innovative research-production-education cluster as a tool for human capital management. The main goal of the innovation cluster is to increase the level of innovative activity of the economic system of the regions and to accelerate the innovative development of economic systems based on the use of the innovative opportunities of human capital expressed in the continuous process of innovation renewal. Bridging the gap between science, industry and education is a feature of the innovation cluster.

Key words: human capital, innovative development, cluster, cluster policy, innovative potential, human capital management.

Kirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli "Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida:"Global innovatsion indeksda O'zbekiston Respublikasining o'rnini yaxshilash va 2030 yilga qadar reytingning top-50 mamlakatlari qatoriga kirish" [1] maqsadi alohida yo'nalish sifatida belgilangan. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining bosh maqsadi inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishdan iborat etib belgilangani holda uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi" da ham bir qator inson kapitalini rivojlantirish bilan bog'liq vazifalar belgilangan. Jumladan, ilmfanga asoslangan sohalarda bandlik va oliy ma'lumotli ayollarning bandligi ko'rsatkichlari bo'yicha milliy so'rovnomalarni Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda takomillashtirish vazifalari qo'yilgan. Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda mavjud analoglaridan 50 foizgacha arzonlashtirilgan va sifatli, xom ashyo narxiga nisbatan 2-3 baravar yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o'zlashtirish, bunda umumiy qiymati 165,9 mlrd. so'mlik jami 195 ta ilmiy, tijoratlashtirishga tayyorlash va startap loyihalarni amalga oshirish asosida hududlarda innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, 1920 ta yangi ish o'rinlarini yaratish ko'zda tutilgan.

Inson kapitalining innovatsion salohiyatini takror ishlab chiqarishda ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasterini tashkil qilish hukumat tomonidan qo'yilayotgan ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning maqsadi - hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo'naltirilganligi jihatidan inson salohiyatini takror ishlab chiqarishga qaratilgan davlat siyosati va vositalarini takomillashtirish yo'nalishlarining zaruriyatini asoslash va taklif qilishdan iborat. Tadqiqot maqsadiga erishish iqtisodiy sub'ektlar innovatsion faolligi darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi inson kapitali tavsiflari tizimini tarkibiy tasavvur qilish kabi muammoli vazifalarni hal qilishni talab qiladi.

Xalqaro integratsiya asosida iqtisodiyotning hozirgi siklik rivojlanishi N.D. Kondratev, S. Kuznes, Y.Shumpeter kabi ko'plab tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, har xil turdagi yangiliklar bilan belgilanadigan innovatsion yangilanishlar bilan tavsiflanadi. Bunday iqtisodiyotning raqobat ustunliklari, uni doimiy ravishda innovatsion yo'nalishda modernizatsiyalash imkoniyati inson kapitalining intellektual va ijtimoiy resurslarini birlashtirgan holda innovatsiyalar, yangi bilimlarni yaratish, turlituman noan'anaviy qarorlar qabul qilish, barqarorlikni ta'minlaydigan ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni boshqarish yangi usullarini amalga oshirish layoqatiga bevosita bog'liqdir.

Siklik rivojlanishda innovatsion yo'naltirilgan iqtisodiyotning barqarorligi muammosi bugungi kunda alohida milliy iqtisodiyotlar va butun jahon iqtisodiyotining rivojlanish sur'atlarini oshirish asosiy vazifalari qatorida turgan muhim masala hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning innovatsion yo'naltirilgan rivojlanishi chiziqsiz, siklik tamoyillarning barqarorligini tadqiq etishda jamg'arish ko'rsatkichlaridagi nisbatlar - sifatli inson salohiyati iste'moli iqtisodiy traektoriyasi mazkur intégral tavsiflarining o'ziga xos ko'rsatkichi hisoblanishi yaqqol kuzatiladi. Inson salohiyatining tizim hosil qiluvchi muhim funksiyasi uning innovatsion turdagi takror ishlab chiqarish tizimida tutgan muhim o'rnini belgilaydi.

Inson kapitalining mazmuni, uning xo'jalik tizimlarini barqaror rivojlantirish uchun roli va ahamiyatini aniqlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar inson kapitali boshqaruvi faoliyatining muhim unsuri hisoblanishi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Inson kapitali - bu intellektual qobiliyatlar va intellektual ko'nikmalarning namoyon bo'lish shaklini o'zida mujassamlashtiradigan aktivdir. Unga inson kapitali barqarorligi konsepsiyasi nuqtai nazaridan zamonaviy xo'jalik tizimiga va uning barqarorligiga xos mohiyatli tavsiflarini aks ettiradigan tushuncha sifatida qarash zarur [4]. Inson iqtisodiy taraqqiyotning strategik resursi sifatida axborot, intellekt, bilimlar, ko'nikmalar, qobiliyatlarni tashuvchi va harakatlantiruvchi, jamiyat uchun boyliklarni yaratuvchi, uning tizimli xossalari va sifatlarini shakllantiruvchi o'z hayotiy faoliyatining tashkilotchisi sifatida chiqadi. Inson kapitalining ushbu qobiliyatlari mamlakat iqtisodiy tizimining barcha darajalarida namoyon bo'ladi.

Globallashuv davrida industrlashgan davrdagi yagona tarkib hosil qiluvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilganlikdan farq qilib, yuqori darajada industrlashgan davrda davlatning asosiy strategik maqsadi klasterlarni rivojlantirish yo'li bilan mamlakatlar va mintaqalarning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishdan iborat bo'lib qoldi. A.V.Babkina: "Iqtisodiyotni klasterli tarkiblash innovatsion yo'naltirilgan iqtisodiy dinamika shartlari va omillarini mintaqa darajasiga siljitadi, rivojlanish muammolarini hal qilishda ularning ahamiyatini oshiradi" [6], deb ta'kidlaydi. Ye.I.Lazareva tomonidan klasterlarning barqarorligi, tizimli emerjentligi va raqobatbardoshligini ta'minlaydigan inson va ijtimoiy kapital, ilmiy-ishlab chiqarish va innovatsion salohiyatlar "kritik massasi"ni jamg'arish maydoni sifatida o'rganiladigan

aglomeratsion omilning roli ancha oshayotganligi [7], ko'rsatiladi. XX asr oxiri -XXI asrning boshlarida barqaror innovatsion evolyusiya manbalarini faol izlash sharoitida innovatsion iqtisodiyot, innovatsiyalarni boshqarish sohasida turli nazariyalar shakllandi. Ushbu tadqiqotlar orasida Y.Shumpeter, E.Xansen nomi bilan bog'liq yangiliklar nazariyasi ko'proq mashhurdir [8]. Qo'shilgan qiymatlar o'sishining yangi (qo'shimcha) omillarini izlash inson kapitalining barqaror, innovatsion dinamika asosiy (fundamental) resursi bo'yicha boshqaruv tizimiga asta-sekin kirib borishiga ko'maklashadigan, iqtisodiyotning barqaror innovatsion yo'naltirilgan rivojlanishi tahliliga resursli yondashuv sohasidagi nazariy tadqiqotlarning faollashuviga olib keldi. Inson kapitali nuqtai nazaridan ilmiy yondashuvlar texnika, texnologiya, innovatsion menejment kabi alohida, bir-biridan ajralgan rivojlanish manbalariga uustuvorlik beradi. Bundan tashqari, iqtisodiy taraqqiyotning innovatsion yo'naltirilganligi muammolari, asosan, kelajakka e'tibor qaratmagan va uzoq istiqbolda nimalar yuz berishini ko'rsatmagan holda muayyan takror ishlab chiqarish sikli doirasida o'rganiladi B.Z.Milner, B.N.Kuzik, Yu.V.Yakoves tadqiqotlarida inson kapitalining nafaqat uning iqtisodiy, individual, balki noiqtisodiy, ijtimoiy ko'rsatkichli tavsiflarini strategik boshqarish tizimiga bosqichma-bosqich o'tkazishga olib boradigan kengaytirilgan talqin qilish tendensiyasi mavjud [10]. Hozirgi sharoitda innovatsion yo'naltirilgan iqtisodiyotga o'tishda strategik qarorlar qabul qilish tizimida inson salohiyatining yangi, modernizatsiyalashgan tuzilmalari va vazifalarini ko'chirib o'tkazish mexanizmiga mutlaqo turlicha nuqtai nazarlar vujudga kelmoqda. Mualliflik yondashuvi strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish tizimida inson kapitalini takror ishlab chiqarish vositalarini o'tkazish zaruriyati bilan belgilanadi. Funksional xossalar va inson kapitali tarkibiy qismlarining o'zaro bog'liqligi majmuining iqtisodiyot innovatsion taraqqiyoti jarayoni bilan tahlil qilinishi to'rt sohali tizim ko'rinishida tarkiblangan tasavvurga olib kelib, uning unsurlari yakka inson kapitali sifatini, farovonlik darajasini hamda ijtimoiy va ekologik sohalar sifatini ifodalaydi. Aynan inson salohiyatining ajratilgan to'rt unsuri klaster siyosatining asosiy yo'nalishlarini ham belgilaydi. Aynan ular iqtisodiyotning innovatsion barqaror rivojlanishini boshqarish tizimida inson salohiyatini takror ishlab chiqarish strategiyasini tahliliy baholashning tegishli vositalarini tashkil qiladi.

Barcha yuqorida aytib o'tilgan fikr-mulohazalar iqtisodiyotning innovatsion barqaror rivojlanishini boshqarish uslubiyatini o'zgartirishni namoyish etib, inson resurslarining takror ishlab chiqarilishini ta'minlaydigan, integratsiyalashgan muhitni institutsional tashkil qilishga qaratilgan. Davlat siyosatining klaster xususiyati uning namoyon bo'lish shakllaridan biri hisoblanadi. Ko'p bo'g'inli iqtisodiy tizim raqobatbardoshligini belgilaydigan inson salohiyatini takror ishlab chiqarish strategiyasini yaratmasdan turib, klaster siyosatini rivojlantirib, uning samaradorligini oshirib bo'lmaydi.

Jahon iqtisodiyotining yangi texnologik ukladga o'tishi, eng avvalo, barcha nuqtai nazarlardan hududlar resurslarini takror ishlab chiqarishni tizimli tashkil

qilishdan ajralmagan holda innovatsion iqtisodiy taraqqiyot jarayonida inson resurslarini davlat tomonidan tartibga solish strategiyasiga qarashlarning tubdan o'zgarishini keltirib chiqardi. Inson resurslarining yuqori qiymati, eng avvalo, raqobatbardosh, "intellektual sig'imli" ne'matlar va xizmatlar ishlab chiqarishning innovatsion omillariga ularni institutsional konvertatsiyalash innovatsion renta ko'rinishidagi daromadni shakllantirgan holda global raqobatli bozorlarda amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Innovatsion rentani kapitallashtirish uni takror ishlab chiqarish jarayonini innovatsion yo'naltirilgan modernizatsiyalash manbaiga aylantiradi.

Milliy farovonlik tahliliga resursli yondashuv, uning resurs-takror ishlab chiqarish va renta hosil qiluvchi vazifalari milliy farovonlikning innovatsion turdagi takror ishlab chiqarish tizimidagi (takror ishlab chiqarish sikli) o'rnini va "to'plangan milliy boylik - iqtisodiyotning innovatsion yo'naltirilgan taraqqiyoti" funksional o'zaro bog'liqligini ro'yobga chiqarishning iqtisodiy shaklini aniqlash imkonini berdi. Bunda stagnatsiya davrida to'plangan milliy farovonlik qismi innovatsion iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida harakatlantiriladi va yuksalish davrida esa aksincha, o'sib boruvchi qo'shilgan milliy daromad hisobiga milliy farovonlikning kengayishi yuz beradi. Milliy farovonlik unsurlarini innovatsion iqtisodiyotning zamonaviy kengaytirilgan takror ishlab chiqarishi boshlang'ich va belgilovchi bosqichlari kabi ishlab chiqarish resurslariga konvertatsiyalash jarayonini aniqlashda ushbu jarayon jamg'arish sur'atlarining o'zaro bog'liq kengayishi asosida shakllanishi ko'rsatilgan: yangi bilimlar, aholi ta'lim darajasi va sifati, novatorlik va faol xo'jalik tarzini rag'batlantirish (dinamik-kreativ tuzilmalar tizimini rivojlantirish, "malaka portfeli"ni maqbullashtirish va h.k.); aholi salomatligi va milliy genofond (sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish va uy-joy qulayliklari/komfortliligining ortishi, ekologik muhit sifatining oshishi orqali); ijtimoiy kapital (mavjud va yangi bilimlardan samarali foydalanishdan manfaatdorlikni ta'minlaydigan institutsional tartibotni belgilash, takror ishlab chiqarish jarayoni sub'ektlarining innovatsion faolligini (ilm-fan va bilimlar sohasining boshqa tarmoqlariga inson kapitali oqimini rag'batlantirish; kichik va o'rta innovatsion biznesni davlat tomonidan maqsadga muvofiq qo'llab-quvvatlash); innovatsion yo'naltirilgan iqtisodiy dinamikaning ancha ko'payadigan resurs asosini rag'batlantirish.

Milliy farovonlikni takror ishlab chiqarish tizimida sub'ekt-ob'ekt munosabatlari yangi modelining shakllanish omillari va sharoitlarini hamda uning unsurlarini innovatsion o'sish resurs manbalariga konvertatsiyalashni tadqiq etish shuni ko'rsatadiki, "tarmoqli voqelik" milliy farovonlik salohiyatini rivojlantirish jamoaviy strategiyasini ishlab chiqish haqidagi masalani dolzarblashtirib, bunda "hamkorlik" holati "raqobat" holatidan ustunlik qiladi. Liberalizm va iqtisodiyotni bozor orqali tartibga solishning huquqiy ta'riflariga asoslangan fuqarolik jamiyati klassik modeli esa korporativ hamjamiyat modeli bilan almashadi. 2017-2020 yillarda O'zbekistonda ilmiy tadqiqot va tajriba-

konstruktorlik ishlarini bajargan xodimlar soni oshib bormoqda. Jadval ma'lumotlari ko'rsatishicha, tadqiqotchi mutaxassislar soni ko'payib bormoqda va 2020 yilga kelib, 14 ming 55 kishini tashkil etgan.

O'zbekiston iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishi holatini uning texnologik rivojlanish darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar orqali ham tahlil qilish mumkin (2- jadval)

Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, yuqori texnologiyali, shu jumladan, o'rta texnologiyali va ilm talab qiladigan tarmoqlarning YaIM dagi ulushi 2017 yildagi 21,4% dan 2020 yilda 26,1% ga oshgan. Yuqori texnologiyali tarmoqlarning ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat qo'shilgan qiymatidagi ulushi 2,2% ni tashkil etmoqda. Natijada yuqori texnologik mahsulotlarning eksportdagi ulushi 2017-2020 yillarda 1,7% dan 2% gacha oshgan, o'rta texnologiyali mahsulotlar ulushi esa mos ravishda, 6,4% dan 4,7% gacha pasaygan. Iqtisodiyotga joriy etilgan texnologik innovatsiyalar soni 20172020 yillarda 1946 birlikdan 4011 birlikka oshgan (2-rasm). Bular, albatta, milliy iqtisodiyot darajasida daromadlilikning ortishiga xizmat qiladi, bu korxonalarda ishlovchi ishchi-xodimlarning o'rtacha ish haqi, tadbirkorlarning sof foydasi o'sishida o'z ifodasini topadi. Milliy farovonlikni takror ishlab chiqarishda innovatsion yo'naltirilgan rivojlanish sub'ektlarining o'zaro foyda, ishonch va davlat-xususiy sheriklikka tayangan ijtimoiy ne'mat sifatidagi insoniy manfaatlari muvozanatini ta'minlash va muvofiqlashtirish innovatsion iqtisodiy o'sish maqsadida milliy farovonlikdan foydalanish samaradorligini oshirish va boshqarishni maqbullashtirishga olib keladigan korporativ strategiya shakllanishining muhim uslubiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Muvofiqlashgan uslubiy tamoyilni amalga oshirish muqobillaridan biri iqtisodiy sub'ektlar manfaatlari ideal "ierarxik zanjiri" ni aniqlash va rag'batlantirish moslashuvchan siyosatini unga yo'naltirishdan iborat. Inson kapitaliga investitsiyalar (ta'lim, sog'liqni saqlash, aholishunoslik sohasidagi siyosat) bevosita turmush sifatini yaxshilashi mumkin. Ular yana investitsiyalarga bo'lgan katta qiziqishni ham ta'minlashi mumkin. Chunki sog'lom va yaxshi ta'lim olgan ishchilar kapital unumdorligini oshiradilar. Shu tariqa, uzoq muddatli istiqbolda o'sishni saqlab turish maqsadida inson kapitalining foydasiga ustuvor yo'nalishlarni qayta ko'rib chiqish zarur bo'ladi. Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlariga va atrof-muhit sifatini yaxshilashga investitsiyalar inson hayoti sifatini, xususan, salomatligini oshirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi hamda barqaror iqtisodiy o'sishning zaruriy shartini tashkil qiladi. Mazkur investitsiyalar samaradorligini baholash uchun atrof muhit sifatining o'zgarishi aholi salomatligining o'zgarishiga qay tarzda olib kelishi, ya'ni ko'zda tutilayotgan foyda yoki zararlar qanchaligini bilish muhimdir [14]. Inson kapitalining strategik rivojlanishini boshqarish konsepsiyasini ijtimoiy tashkiliy-boshqaruv innovatsiyasi sifatida talqin qilish mumkin. Zamonaviy korxonalar kuchayib borayotgan raqobat, xo'jalik tizimlari rivojlanishining innovatsion tendensiyalari va hokimiyat organlari tomonidan bosim ta'sirida texnologik

innovatsiyalarni ham, tashkiliy-boshqaruv innovatsiyalarini ham rivojlantirish hisobiga o'zining innovatsion salohiyatini oshirmoqda.

Xo'jalik tizimlarining turli darajalaridagi boshqaruv amaliyotida boshqaruv munosabatlarining yanada ko'proq tarqalishi kuzatiladi. Hozirgi vaqtda mintaqalarda mavjud fan, ishlab chiqarish va ta'lim sohalari o'rtasidagi tafovut butun inson kapitalidan foydalanishning past samaradorligiga va mintaqaviy tizim amal qilish barqarorligining pasayishiga olib kelmoqda. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, klaster yondashuvi ishlangan innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish imkonini beradi, chunki biznes (yirik, o'rta va kichik korxonalar shaxsida), ta'lim tuzilmalari (universitetlar, o'rta maxsus o'quv yurtlari, kollejlar, o'quv markazlari, tijorat o'quv markazlari), ilmiy tashkilotlar (fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot muassasalari, OO'Yu lari ilm-fani) innovatsion faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beradigan tubdan yangi munosabatlar shakllanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, biznes-tuzilmalar, ta'lim tuzilmalari va ilmiy tashkilotlarni ularni klasterlash dasturlari negizida integratsiyalash nafaqat iqtisodiy samaraga erishish, balki keltirilgan klaster unsurlarining o'zaro ta'siridan olinadigan sinergetik samara hisobiga mintaqa innovatsion barqarorligini oshirish imkoniyatini beradi. Bunday tashkiliy tuzilma inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirishning barcha bosqichlarida uni permanent boshqarishni ta'minlaydi. Umumjahon tendensiyasi shuni ko'rsatadiki, klasterlashtirish, raqobatbardoshlilikning kuchayishi, innovatsion faoliyatning rivojlanishi va milliy iqtisodiyotning barqarorligi o'rtasida o'zaro bir-birini belgilash va o'zaro bog'liqlik mavjud. Ushbu dalilni mintaqalar qat'iy raqobatiga qarshi turish yangi usuli, ularning raqobatbardoshligini oshirish usuli va xo'jalik tizimlarini innovatsion barqaror rivojlantirish talablariga moslashtirish imkoniyati sifatida qarash mumkin [16]. Shuni ta'kidlash kerakki, klaster yondashuvini rivojlantirish va keng foydalanish klaster birlashmalari mazmunining o'zgarishiga, ularning tarkibiga, ushbu birlashmalar shakli va maqsadli qurilmalariga ta'sir ko'rsatadi. Bu esa pirovardida klaster yondashuvining yangicha mazmunini boyitadi va to'ldiradi. Inson kapitali boshqaruvi uchun milliy innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasteridan foydalanish vositasi sifatida taklif qilinadi.

Yagona klaster boshqaruvi biznes ehtiyojlari, fan va ta'lim imkoniyatlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi. Milliy iqtisodiyot yoki uning alohida mintaqalari uchun innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasteri beradigan afzallik quyidagilardan iborat:

- innovatsion iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun tashkiliy asosni shakllantiradi, klaster ishtirokchi-a'zolari bir xil mintaqaviy g'oya tashuvchilari hisoblanadilar;

- inson kapitali unsurlariga bo'lgan talab va taklifni birlashtiradi, inson kapitali unsurlariga talab va taklif tuzilmasini hisoblash imkonini beradi, aniq ishlab chiqarish, innovatsion loyiha uchun ustuvor kadrlar tayyorlash strategiyasini amalga oshiradi;

- innovatsion loyihalar malaka sig'imining shakllanishiga olib keladi, inson kapitali ma'lum sifatining tayyorlanishi va talab qilinganligini prognozlashtirish jarayonini yengillashtiradi, uning harakatchanligi va raqobtabardoshligini ta'minlaydi;

- ularning harakatchanligini shakllantirgan holda fan, ishlab chiqarish va ta'lim o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kuchaytiradi, fan, biznes manfaatlarini uyg'unlashtiradi, innovatsiyalarni tijoratlashtirish uchun to'siqlarni bartaraf qilish imkoniyatini beradi;

- inson kapitaliga investitsiyalardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi;

- o'quv, ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlarini geografik konsentratsiyalashni qo'llab-quvvatlaydi, yangi g'oyalar, bilimlar, texnologiyalar, mahsulotlarni taqsimlash tizimidan foydalanish samaradorligini oshiradi;

- kooperatsiya asosida ko'lam samarasi hisobiga klaster ishtirokchilari xarajatlarini kamaytiradi, transaksion xarajatlarni qisqartiradi, xo'jalik tizimlarining rivojlanish noaniqliklari va risklarini bartaraf qilish imkonini beradi, mintaqaning barqaror innovatsion rivojlanish ta'limotini amalga oshirish vazifasini bajaradi.

Innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasterini (IITK) tashkil qilish konsepsiyasi besh bosqichni o'z ichiga oladi va ular quyidagilardan iborat: Birinchi bosqich - fan, ishlab chiqarish va ta'limning ustuvor yo'nalishlarini yaratish, tanlash maqsad va vazifalarini belgilash. Ikkinchi bosqich - IITK ni tashkil qilish va istiqbolda o'zaro ta'sir va muvofiqlashtirishni amalga oshirish imkonini beradigan innovatsion rivojlanish yagona strategiyasini ishlab chiqishdan manfaatdor ishtirokchilarning mavjudligi omillarini baholash. Uchinchi bosqich - IITK rivojlanishining institutsional asoslarini aniqlash. To'rtinchi bosqich - IITK tashkiliy tuzilmasi va inson kapitalini boshqarish asosida uning innovatsion rivojlanishi boshqaruv tizimini shakllantirish. Beshinchi bosqich - hal qiluvchi, klasterni yaratish haqidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni imzolash bosqichi.

Innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasterini shakllantirish algoritmini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

- innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasteri inson kapitalini baholash;

- innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasterining maqsad va vazifalarini belgilash;

- tashabbuskor guruhlarni shakllantirish;

- inson kapitali innovatsion rivojlanish darajasini tahlil qilish;

- korxonalarni zaruriy innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasteriga jalb qilish sharoitlarini yaratish;

- innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasterining amal qilish tamoyillarini belgilash;

- innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasteri (investitsiya loyihasining moliyaviy rejalari va biznes-rejalari) tashkiliy loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash;

- innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasteri muvofiqlashtiruvchi kengashini tashkil etish;

- innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasteri boshqaruv tizimini ishlab chiqish;

- innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasteri ta'lim loyihasini amalga oshirish rejasini shakllantirish

Ushbu klasterning boshqa umumqabul qilingan integratsiya shakllaridan, masalan, hududiy-ishlab chiqarish majmualari (HIM), xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari (MSG) dan asosiy farqi shundaki, u ichki raqobat muhitini va klasterdan tashqaridagi raqiblariga munosabatlar bo'yicha yetarli darajada jiddiy raqobat mavqelarini shakllantiradi.

IITK ning asosi universitetlar bo'lishi zarur, chunki ular inson kapitalini takror ishlab chiqarish va amal qilishi uchun asosni shakllantiradilar. Bundan tashqari, klasterda qatnashuvchi boshqa tashkilotlar, tuzilmalar o'zaro ta'sirini gorizontal aloqalar asosida amalga oshiradilar. Asosdan tashqari, texnologiyalar transferi, bilimlar, axborotlar, infratuzilmani ta'minlovchi yordamchi tashkilotlarni ham yaratish lozim. IITK ning strategiyasi fan, ishlab chiqarish va ta'lim o'rtasidagi innovatsion zanjirni maqbullashtirish asosiga tayanadi. Barcha uch sohalarda inson kapitalidan to'liq foydalanish tufayli ijobiy samarani shakllantiradi.

Ushbu muamoni tadqiq etish jarayonida IITK asosiy tamoyillari shakllantirildi:

1) klasterni hududiy mahalliylashtirish, ya'ni xo'jalik tizimi yoki mintaqaga majburiy bog'lash;

2) klaster ishtirokchilari o'rtasida bevosita aloqalar va bog'lanishlarning mavjudligi;

3) kooperatsiya va ichki raqobat negizida o'zaro munosabatlarni shakllantirish, qo'shilish belgilarining mavjud emasligi;

4) maqsad belgilash asosiy vazifasi - mintaqani barqaror rivojlantirish uchun inson kapitalini shakllantirish va innovatsion takomillashtirishni aks ettirish zarur;

Innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasterining asosiy maqsadi innovatsiyalarning to'xtovsiz yangilanishi jarayonida ifodalanadigan inson kapitali innovatsion salohiyatidan foydalanish asosida xo'jalik tizimi innovatsion rivojlanishini jadallashtirishdan iborat.

Innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish-ta'lim klasterining amal qilish samaradorligi mezoni xo'jalik tizimi innovatsion faollik darajasini oshirish hisoblanadi.

Inson kapitalini rivojlantirishga klaster yondashuvi, birinchi navbatda, boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilish jarayonida rivojlanishning ijtimoiy va

iqtisodiy trendlarini tizimli tartibga solish samaralarini har tomonlama hisobga olish imkonini beradigan inson salohiyatini takror ishlab chiqarishni strategik boshqarish innovatsion modeliga integratsiyalashning evristik zaruriyatini nazariy-metodologik jihatdan asoslashdan iboratdir. Yangi klaster siyosatining samaradorligini dinamik tizimli tahlil qilish tartibining muhim metodologik jihati iqtisodiy tizimning funksional-makon jihatdan rivojlanishini boshqarishga bosqichma-bosqich o'tish hisoblanib, bu yerda innovatsion klasterlar va xulq-atvor qoidalarini (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va h.k.) shakllantirish asosiysi hisoblanadi.

Tadqiqot natijalari innovatsion yo'naltirilgan iqtisodiy dinamikaning quyidagilardan iborat ijtimoiy va iqtisodiy strategiyalarini o'zaro kelishtirish darajasi mezonlarini taklif qilish imkonini beradi:

- aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi mahsulot katta hajmini ishlab chiqarish, farovonlik yuqori darajasiga erishish, ijtimoiy institutlarning rivojlanganligi;

- rivojlanish ustuvorliklari orasida ijtimoiy siyosatning o'rni, jamiyatda daromadlarning yuqori tabaqalashuvini bartaraf qilish hamda kambag'allik va boylik o'rtasidagi tafovutni tugatish imkonini beradigan davlat qayta taqsimlash vazifalarining ahamiyati.

Shunday qilib, O'zbekistonda IITK ni tashkil qilish loyihasining amalga oshirilishidan olinadigan natija quyidagilar bo'lishi mumkin: O'zbekistonda IITK ni shakllantirish uslubiyatini ishlab chiqish; O'zbekistonda IITK ning axborot asosini shakllantirish; kichik innovatsion korxonalar reestrini tuzish; moliyaviy tuzilmalar ro'yxati; ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari asosi; inson kapitalini boshqarish, ishlab chiqarish ehtiyojlari sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan ta'lim muassasalari va dasturlari ro'yxati; IITK infratuzilma tashkilotlari ro'yxati; klaster doirasida inson kapitaliga bo'lgan ehtiyojlar va imkoniyatlarni baholash; klaster ishtirokchilari, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash vazirligi, mintaqaviy hokimiyat organlari o'zaro ta'sirini shakllantirish bo'yicha tavsiyalar.

Rivojlanish istiqbollari:

- universitetlar negizida IITK ning maslahat va muvofiqlashtiruvchi markazini tashkil qilish;

- respublika hududida IITK modelini joriy qilish va moslashtirish

Zarur resurslar: inson kapitali (kreativ mehnat resurslari, kompyuter, tashkiliy texnika, kanselariya mahsulotlari, telefon, Internet va axborot bazasidan foydalanish, milliy va xorijiy adabiyotlar (jumladan, maqolalar), yoritiladigan tajriba hamda IITK ni shakllantirish va rivojlantirishning nazariy jihatlari.

IITK ning ahamiyatini g'oyalarning tug'ilishi, innovatsiyalarni tijoratlashtirish va uni ishlab chiqarishga joriy etish va iste'molchiga yetkazishgacha barcha texnologik zanjirlarni tashkil qilishning tegishli va samarali shakli sifatida aniqlash mumkin. Taklif qilingan yondashuvda ayniqsa, ishlab chiqarish va ta'lim o'rtasida bilimlar, ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni

o'tkazish bo'yicha xarajatlarni maqbullashtirishga, klaster ishtirokchilari xo'jalik tizimi va butun xo'jalik tizimi innovativligi darajasini oshirishga olib keladigan barqaror gorizontal aloqalar vositasida barcha klaster ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro aloqalar va o'zaro bir-birini belgilash amalga oshadi, firmaichki ierarxiya va bozor mexanizmi afzalligidan foydalaniladi.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli "Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. /www.president.uz

2. Aghion P., Bolton P. Theory of Trickle-Down Growth and Development // Review of Economic Studies. 1997. V. 64. P. 87-110.; Lucas R. On the mechanism of economic develop-ment // Journal of Monetary Economics. 1988. V. 22. P. 116- 125.; Romer P.M. Endogenous Technical Change // Journal of Political Economy. 1990. V. 98. №5. P. 21-37.

3. Environmental Performance Index (EPI). - Yale Centre for Environmental Law & Policy, Yale University; CIESIN, Columbia University; Joint Research Centre of the European Comission, Ispra, Italy // http://epi.yale.edu

4. Kushakova, M. N. "New priorities for the development of the digital economy in Uzbekistan." E3S Web of Conferences. Vol. 402. EDP Sciences, 2023.

5. Dzhumanova, A. B., M. N. Kushakova, N. A. Khodzhaeva. "Formation of accounting management information in the control system of enterprises of JSC «Uzbekistan Railways." International Journal of Advanced Science and Technology 28.14 (2019): 32-36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.