Научная статья на тему 'BUGUNGI KUNDA INSON KAPITALINI RIVOJLANISHINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI'

BUGUNGI KUNDA INSON KAPITALINI RIVOJLANISHINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
181
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson kapitali / iqtisodiy о‘sish / inson taraqqiyoti / iqtisodiy tizim / innovatsion rivojlanish / konsepsiya / iqtisodiy mezonlar / global innovatsion indeks / xalqaro reytinglar / PISA / PIRLS / ishchi kuchi / mehnat resurslari / inson resurslari / moslashuvchanlik / kо‘nikma. / Human capital / economic growth / human development / economic system / innovative development / concept / economic criteria / global innovation index / international ratings / PISA / PIRLS / labor force / labor resources / human resources / flexibility / skill.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdiraimov Shog‘dor Davronovich

Ushbu maqolada inson kapitalini zamonaviy taraqqiyot darajasini uning muayyan mezonlari baholashning xalqaro indikatorlarning ta’lim sifatini о‘lchovchi mezon sifatidagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyoti tashkiloti tomonidan tashkil etilgan xalqaro tadqiqotlar, shu jumladan PISA testlarining inson kapitalini rivojlantirishda ahamiyati bayon qilinib, mamlakatimizda inson kapitaliga sarmoya kiritishda ta’lim tizimining rivojlantirish hamda xalqaro global reytinglarda ilg‘or mamlakatlar qatoriga qо‘shilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida sо‘z yuritib, ilmiy jihatdan asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT TODAY

This article reveals the importance of international indicators as a criterion for measuring the quality of education in assessing the level of modern development of human capital by its specific criteria. Also, the importance of international studies organized by the Organization for Economic Cooperation and Development, including the PISA tests, in the development of human capital was explained, and the measures being implemented in connection with the development of the educational system in investing in human capital in our country and joining the ranks of advanced countries in international global rankings Speaking of events, it is scientifically based.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI KUNDA INSON KAPITALINI RIVOJLANISHINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

BUGUNGI KUNDA INSON KAPITALINI RIVOJLANISHINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Abdiraimov Shog'dor Davronovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Biznes va innovatsion menejment kafedrasi Stajyor-o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inson kapitalini zamonaviy taraqqiyot darajasini uning muayyan mezonlari baholashning xalqaro indikatorlarning ta 'lim sifatini o 'Ichovchi mezon sifatidagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyoti tashkiloti tomonidan tashkil etilgan xalqaro tadqiqotlar, shu jumladan PISA testlarining inson kapitalini rivojlantirishda ahamiyati bayon qilinib, mamlakatimizda inson kapitaliga sarmoya kiritishda ta 'lim tizimining rivojlantirish hamda xalqaro global reytinglarda ilg'or mamlakatlar qatoriga qo 'shilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida so 'z yuritib, ilmiy jihatdan asoslangan.

Kalit so'zlar: Inson kapitali, iqtisodiy o'sish, inson taraqqiyoti, iqtisodiy tizim, innovatsion rivojlanish, konsepsiya, iqtisodiy mezonlar, global innovatsion indeks, xalqaro reytinglar,PISA, PIRLS, ishchi kuchi, mehnat resurslari, inson resurslari,, moslashuvchanlik, ko 'nikma.

This article reveals the importance of international indicators as a criterion for measuring the quality of education in assessing the level of modern development of human capital by its specific criteria. Also, the importance of international studies organized by the Organization for Economic Cooperation and Development, including the PISA tests, in the development of human capital was explained, and the measures being implemented in connection with the development of the educational system in investing in human capital in our country and joining the ranks of advanced countries in international global rankings Speaking of events, it is scientifically based.

Keywords: Human capital, economic growth, human development, economic system, innovative development, concept, economic criteria, global innovation index, international ratings, PISA, PIRLS, labor force, labor resources, human resources,, flexibility, skill.

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

KIRISH

Bugungi kunda jahonda inson kapitali rivojlanishi jamiyat rivojlanishi ijtimoiy taraqqiyotning muhim muammolarini hal etishda asosiy o'rin egallaydi. Taraqqiyot darajasini uning muayyan mezonlari, indikatori yordamida baholashni talab etuvchi ko'p qirrali jarayonga aylandi. asta-sekin, lekin tubdan o'zgara boshladi. Jamiyatda inson taraqqiyotining muhim mezoni, uning umr ko'rish davomiyligi, savodxonligi va resurslardan foydalanish imkonini ifodalaydigan - Insonni taraqqiyoti indeksidir. Har qanday mamlakatning farovonlik darajasi faqatgina daromadlar miqdoriga emas, balki ushbu daromadlardan qay darajada foydalanishga ham bog'liq. Aholi daromadlarining o'zi inson rivojlanishini kafolatlamaydi. Shunday ekan, inson taraqqiyotining ikki xususiyati mavjud bo'lib, ular imkoniyatlar shakllanishi va ulardan foydalanishni bir-biridan farqlash kerak. Insonni rivojlantirish faqatgina iqtisodiy o'sishni ta'minlamasdan, uning natijasini adolatli taqsimlash ham nazarda tutiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Inson kapitali rivojlanish omillarining tasnifi.Inson kapitali shakllanishining tasnifiy belgilari Inson kapitali shakllanishining tavsifi beligilari

1. Joriy etish xarakteriga ko'ra - umumiy; - maxsus.

2. Amalga oshirish shakliga ko'ra - jonli - jonsiz - institusional

3. Qayta ishlab chiqarishda ishtirok etish - iste'mol - ishlab chiqarish -intellektual

4. Yig'ilish shakli bo'yicha - sog'liqni saqlash kapitali - mehnat - madaniy va axloqiy - intellektual - tashkiliy va tadbirkorlik.

Global rivojlanish va texnogen taraqqiyot to'lqinsimon jarayonni hosil qilib, muayyan soha rivojiga baho berishda indikatorlar alohida ahamiyat kasb etadi. Indikator atamasi lotincha "indico" - ko'rsataman, aniqlayman degan ma'nolarni anglatadi. Bu ma'noda atama biror jarayonning kechishi yoki kuzatilayotgan obyekt holatining idrok etish qulayligini ta'minlovchi asbob, qurilma, element mazmunida qo'llaniladi.Turli soha, tarmoqlarning rivojlanish ko'rsatkichlari, ushbu jarayonda yuzaga kelayotgan masalalar yechimi bir yoki bir necha indikatorlar orqali aniqlanadi va tegishli masalani baholash uchun dalillar bazasini taqdim etadi. Indikatorlar quyidagi uch toifaga bo'linadi; miqdoriy indikatorlar -rasmiy statistik ma'lumotlar, jumladan uy xo'jaligi tadqiqotlarida foydalaniladi. Shuningdek, miqdoriy tadqiqotlar, xususiy internet kompaniyalari tomonidan to'plangan ma'lumotlarni ishonchli parametrlar va bilvosita ko'rsatkichlar asosida hisob-kitob qiladi; institusional indikatorlar - konstitusiyaviy tamoyillar ijro etuvchi idoralar faoliyatini tashkil etish va tartiblashda qo'llaniladi;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

sifat indikatorlari - davlat organlari faoliyatining sifat ko'rsatkichlarini aniqlaydi. Sifat indikatorlari xalqaro tashkilotlar, ilmiy jamoatchilik vakillari, OAV manbalari, professional tadqiqot ma'lumotlari manbalaridan foydalanish va mutaxassislar bilan suhbatlar va baholash davomida maslahatlashuvlar doirasida respondentlarning javoblari orqali aniqlanadi.

Ushbu indikator va ko'rsatkichlar ta'limning shaxs, jamiyat va iqtisodiyot uchun yakuniy ta'sirini o'lchovini anglatadi. O'quvchilar maktab davri yoki talabalik davrida erishgan ta'lim sohasidagi yutuqlari, egalagan bilim va ko'nikmalari, ularning ijtimoiy adaptatsiyasi va muvaffaqiyatli ijtimoiylashuviga yordam beradi. Aholining savodxonlik darajasini muttasil oshirib borish mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va mehnat unumdorligini ta'minlash bilan chambarchas bog'liqlikda o'rganiladi. Xususan, yakuniy natijalar ko'rsatkichlari sifatida iqtisodiy rivojlanish darajasi va mehnat unumdorligi (Gini index) (Jini) koeffitsiyentidan foydalanamiz. Bu ko'rsatkichlar qiymatiga boshqa omillar ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Lekin iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatish va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish ta'lim tizimining asosiy vazifalari bo'lib, ta'lim va iqtisod o'rtasidagi bog'liqlikni doimiy monitoring qilib borishni shartlaydi. Inson uchun ta'limning eng muhim natijasi maktabdan keyingi hayotga moslashish - mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishi yoki ta'limning keyingi darajasiga o'tishdan iborat.Ushbu o'tish jarayonda muvaffaqiyatini baholash uchun "ishlamaydigan va o'qimaydigan yoshlar nisbati" ko'rsatkichidan foydalaniladi. Ushbu ko'rsatkich G. Graysi va S. Kellining London universitetida o'tkazgan "Maktabgacha, boshlang'ich va o'rta darajadagi samarali ta'lim" mavzusida kagortali tadqiqotlarda ta'lim tizimidan tashqarida qolgan bitiruvchilarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi integratsiya va adaptatsiya muammolari aniqlandi. Empirik tadqiqot natijalariga muvofiq OTMda o'qishni davom etmaydigan va kasb-hunar bilan shug'ullanmaydigan yoshlar muammosi maktabdagi sifatsiz boshlang'ich ta'lim muammosiga taqaladi. Ushbu masalalardagi aloqadorlik ta'lim sifatining yoshlardagi mustaqil hayotga moslashuvchanlik va faollikka salbiy ta'sir ko'rsatishi anlatadi .

Mamlakatimizda Uchinchi renesans poydevorini qurish, aholi turmush darajasini yaxshilash, xalqimiz farovonligini ta'minlash bir so'z bilan aytganda xalqni rozi qilish, inson qadrini ulug'lashga asoslangan davlat siyosati amalga oshirilmoqda. Yangi O'zbekistonni barpo etish maqsadida ko'zlangan ezgu maqsadlarga erishishda iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy sohalarda taraqqiy etishida avvalambor inson omili hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu maqsadlarga muvofiq inson kapitalini rivojlantirishda sog'liqni saqlash, sifatli ta'lim-tarbiya, munosib yashash va mehnat sharoitlarini yaratib berish kun tartibidagi dolzarb vazifalarga aylandi. Prezident

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Shavkat Mirziyoyev ta'kidlanganlaridek: "Yangi O'zbekistonni dunyoning taraqqiy topgan, ijtimoiy-iqtisodiy barqaror o'sayotgan va inson kapitali yuqori bo'lgan demokratik davlatlari qatoriga qirishini ta'minlash - barqaror rivojlanish strategiyamizning mazmun va mohiyatini tashkil etadi" . O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-sonli Farmonida mamlakatimizda 2030 yilga kelib "PISA" reytingi bo'yicha jahonning 30 ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab qo'yilgan. Xalq ta'limi tizimining strategik maqsadlari umumta'lim tizimida iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, ilg'or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta'lim olish imkoniyatini yaratishdan iborat .

18 asrning ikkinchi yarmida Iqtisodiy Hamkorlik Taraqqiyoti Tashkiloti davlatlari tomonidan turli ta'lim tizimlarining statistik ma'lumotlarini yuritish va taxlil qilish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur statistikaning yuritishdan maqsad uzoq kelajakni o'ylagan holda sanoat davlatlarning ta'limini rejalashtirish orqali malakali mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlarni ta'minlashdan iborat bo'lgan. Ushbu statistikani yuritish iqtisodiy nuqtai nazardan qiziqishdan tashqari, ijtimoiy-siyosiy jihatdan ham ahamiyatli bo'lib, ta'lim olishda teng huquqlilik masalalarini ham tahlil qilish uchun kerakli statistik ma'lumotlarga ega bo'lish imkoniyatini beradi. Dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi indikator sifatida "PISA" - o'quvchilarning ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi, PIRLS - matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot, TIMSS - maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring kabi qator xalqaro dasturlarni e'tirof etish mumkin. Mazkur xalqaro dastur va indikatorlar rivojlangan mamlakatlarda ta'lim sifatini oshirish, inson kapitalini yanada rivojlantirishdagi asosiy mezon sifatida keng qo'llanilib kelinmoqda PISA inglizcha Program for International Student Assessment - turli davlatlarda 15 yoshli o'quvchilarning savodxonlik darajasi (o'qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimini amaliyotda qo'llash qobiliyatini baholovchi dastur hisoblanadi. Bu dastur har uch yilda bir marotaba o'tkaziladi. PISA tadqiqotlarida o'quvchi dasturni o'zlashtirganligi emas, balki bilim va ko'nikmalarni hayotda qay darajada qo'llay olishi baholanadi.PISA bo'yicha bahoning 50 ballga oshishi yillik yalpi ichki mahsulotning bir foizga oshishini ta'minlaydi.Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyoti tashkiloti tomonidan tashkil etilgan xalqaro tadqiqotlar, jumladan PISA testlarini o'tkazishdan maqsad xuddi shu kabi o'zgarishlarni ta'lim tizimida aks ettirish, maktab o'quvchilarida mustaqil hayotda asqotadigan ko'nikma va kompetensiyalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan. Reallikni ochiq-oydin anglash, voqea-hodisalarni tahlil qilish va ulardan xulosa chiqarish, kommunikAbellik va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

ochiqlik ko'nikmalari ta'lim tizimining sifat darajasidan darak beradiHozirda barcha sohalardagi rivojlanish ko'rsatkichlarining ko'plab indikatorlari mavjud. Jumladan, iqtisodiy, demografik, ijtimoiy rivojlanish indikatorlarini bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. Ijtimoiy rivojlanish indikatorlari ichida ta'lim sohasida inson kapitalini o'sib borishiga xizmat qiluvchi indikatorlar alohida ahmiyatlidir.

O'zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib global innovatsion indeks reytingi bo'yicha jahonning 50 ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish barcha darajada ta'lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta'minlash, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta'lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta'sirchan mexanizmlarini yaratish masalalari ilgari suradi. O'zbekistonning kelajakdagi rivojlanishi ilm-fan, ilmiy, ijtimoiy va gumanitar texnologiyalarga asoslangan bo'ladi. So'nggi ikki-uch yil ichida milliy boylikning ajralmas qismi bo'lgan inson kapitalini rivojlantirishga tobora ko'proq e'tibor berilmoqda. Bularga ijtimoiy himoya, inson salomatligi, oilaviy munosabatlar yaxshilanishi, tuman muassasalari faoliyati yaxshilanishi va ta'lim tizimidagi tub o'zgarishlar kiradi. inson kapitalini to'plash tarbiyaga sarmoya kiritishdan boshlanadi, ya'ni oilada ota-ona farzandining tug'ilishi bilan unga mablag' qo'yishi zarur. Farzandlarni tarbiyalash juda ko'p mablag' talab qiladi, ammo ayni paytda bolalar ota-onalarning qoniqish manbaidir. Ya'ni, haèt jaraènida odam o'zini harakatga keltiradi, biron bir "foydali" ish bilan shug'ullanadi va o'zlarining inson kapitalining tarkibiy qismlaridan - ta'lim, sog'liqni saqlash, bo'sh vaqt, tarbiyani o'zaro bir-birini mustahkamlab turadigan erkin energiyani "ajratib" oladi.

REFERENCES

1. Bekker G. Chelovecheskiy kapital (glavi iz knigi). Vozdeystviye na zarabotki investitsiy v chelovecheskiy kapital. / G. Bekker. // SSHA: ekonomika, politika, ideologiY. - 1993. - № 11.

2. Dolan E. D. Lindsay Market: microeconomic model - St.-Petersburg, 1992. -477 p.

3. Garavan T. Thomas N., Morley M., Gunnigle P. Human Capital Accumulation: The Role of Human Resource Development // Journal of European Industrial Training. 2001, Vol.25 (2). - Pp. 48-68

4. EypHxag^aeBa, M.C. (2023). MÄM^ÄKÄT HKTHCO^HËTH^Â ÄBTOMOEH.H TPÄHCnOPTH KOPH^OP^ÄPHHH PHBO^^ÄHTHPHm

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

ИСТИК^ОЛЛЛРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1-2), 338-345.

5. M.S.Bo'rixadj ayeva. (2023). YANGI O'ZBEKISTONDA TA'LIM MUASSASALARIDA BERILAYOTGAN E'TIBOR VA TALABALARNI IMLIY FAOLYATGA YO'NALTIRISH . PEDAGOGS Jurnali, 28(1), 68-75. Retrieved from http://pedagoglar.uz/index.php/ped/article/view/3107

6. M.S.Bo'rixadj ayeva. (2023). PEDAGOGIKNING KASBIY MAHORATINI SHAKLANTIRISH INTERFAOL USULLARI . World Scientific Research Journal, 12(2), 128-133. Retrieved from http : //wsrj ournal .com/i ndex. php/wsrj/arti cl e/vi ew/2541

7. Bo'rixadjayeva, M. S. (2023). YANGI O'ZBEKISTONDA IQTISODIY TAFAKKURNI SHAKLLANISHINING USULLARI. World scientific research journal, 12(2), 134-138.

8. Bo'rixadjayeva, M. S. (2023). BUGUNGI KUN YOSHLARNI HAYOTIY BARDOSHLILIGI-MUAMMOLARNI YENGISH MANBAI SIFATIDA. World scientific research journal, 12(2), 139-143.

9. Б.М. Собитовта ДИВЕРСИФИКЛЦИЯГЛ ЛСОСЛЛНГЛН РИСКЛЛРНИ БОШ^ЛРИШ «^a^ar иктисодиёти Ba менежменти: MyaMMO Ba ечимлaр» мaвзyсидaги III -х^к^ро илмий-aмaлий конференция мaтериaллaри тyплaми. -Т.: 2023. - б. 3 (3), 690-692

10. СЛ Юлдaшевa, МС Бyрихoджaевa, ПРОБЛЕМЫ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПОЛИТИКИ YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS 2 (2 ) (82-86бет) феврaль 2023

11. Бyрихaджaевa, M. С. (2023). МЛРКЕТИНГОВЫЙ ПОДХОД В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЯ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 653-661.

12. Mamanovich, R. H. (2021). Civil Society: Prosperities of Decentralization in Management. Middle European Scientific Bulletin, 18, 359-362.

13. Mamanovich, R. H. (2022). The mass media as a subject of political and legal propaganda. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(10), 122-128.

14. BURIKHODJAEVA MALOKHAT, YAKHSHIEV SHAKHZOD, THE ORETICAL PRINCIPLES OF FINANCIAL SECURITY FOR THE USE OF MANAGEMENT OF THE ECONOMIC SYSTEM OF UZBEKISTAN.. RESEARCH IN DEVELOPMENT: SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCES PART-1 2023 1/3 (42-45)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.