Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA INSONNING INTELLEKTUAL VA MA’NAVIY SALOHIYATI OMILLARI'

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA INSONNING INTELLEKTUAL VA MA’NAVIY SALOHIYATI OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
62
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson salohiyati / intellektual salohiyat / inson kapitali / innovatsion shaxs / innovatsion faoliyat / yoshlar siyosati. / human potential / intellectual potential / human capital / innovative person / innovative activity / youth policy.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xolmirzaev, Xurshid Nakibillaevich

Ushbu maqolada mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati, inson salohiyatining yuzaga chiqarish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar yoritib berilgan. Innovatsiyalarning ijtimoiy fenomenga aylanib borishi, innovatsion shaxsni shakllantirish muammolari, intellektual salohiyat tushunchalariga to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek inson kapitalini taraqqiy ettirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS OF HUMAN INTELLECTUAL AND SPIRITUAL COMPETENCE IN THE DEVELOPMENT OF NEW UZBEKISTAN

This article describes the youth policy in our country, the conditions and opportunities created for the development of human potential. The development of innovations into a social phenomenon, the problems of forming an innovative personality, and the concepts of intellectual potential were touched upon. Issues of human capital development were also considered.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA INSONNING INTELLEKTUAL VA MA’NAVIY SALOHIYATI OMILLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA INSONNING INTELLEKTUAL VA MA'NAVIY SALOHIYATI OMILLARI

Xolmirzaev Xurshid Nakibillaevich

Andijon davlat universiteti Falsafa kafedrasi dotsenti vazifasini bajuruvchi Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) sokin3548@umail .uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati, inson salohiyatining yuzaga chiqarish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar yoritib berilgan. Innovatsiyalarning ijtimoiy fenomenga aylanib borishi, innovatsion shaxsni shakllantirish muammolari, intellektual salohiyat tushunchalariga to'xtalib o'tilgan. Shuningdek inson kapitalini taraqqiy ettirish masalalari ham ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: inson salohiyati, intellektual salohiyat, inson kapitali, innovatsion shaxs, innovatsion faoliyat, yoshlar siyosati.

ABSTRACT

This article describes the youth policy in our country, the conditions and opportunities created for the development of human potential. The development of innovations into a social phenomenon, the problems of forming an innovative personality, and the concepts of intellectual potential were touched upon. Issues of human capital development were also considered.

Key words: human potential, intellectual potential, human capital, innovative person, innovative activity, youth policy.

KIRISH

O'zbekistonda yangilanish jarayonini harakatlantiruvchi kuchlarning yagona manfaatlar asosida konsolidatsiyasini ta'minlash, ularning jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan har qanday tashabbuslari va xatti-harakatlarini moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlanishi yuqori natija berishi mumkin. Bunday yondashuv jamiyatning ijtimoiy faoliyatga tortilmagan a'zolarini, uyushmagan yoshlarni, ishsizlarni ham yetakchilar ortidan borishga ta'sir etadi. Bu nuqtai nazardan mahalliy milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va yoshlarning mahalliy hududga bog'liqligi hissini kuchaytirish ularning tarixiy ongi bilan bir qatorda ma'naviyatini ham saqlab qolishga xizmat qiladi. Chunki ko'chmanchi madaniyat va ma'naviyatda tarixiy ong yo'q. Ko'chmanchilik hayot tarzi bilan kun kechiradiganlar ma'lum hududga, uning

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tabiati va qadriyatlariga tegishlilik va ularga sodiqlikni his qilmaydilar. Yuksak ma'naviyatli shaxsda o'z vataniga bog'liqlik va sadoqat, shu zaminda o'troqlik, o'zi istiqomat qilayotgan yeriga befarq bo'lmay uning iqtisodiy, madaniy-ma'naviy, diniy-axloqiy maqomini o'zlashtiribgina qolmay, balki bu makonning rivojlanishida ham faol ishtirok etishni taqozo etadi.

Mamlakatimizda izchil, maqsadga yo'naltirilgan yoshlar siyosati olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan farmon va qarorlarning qabul qilinishi asosida belgilangan vazifalarning bajarilishi mamlakatimizning yoshlar uchun jozibadorligini oshirish va ularni o'z faoliyatini asosan mahalliy hududlarda amalga oshirishlariga turtki bo'ladi. Bu borada "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi, "O'zbekiston yoshlar Ittifoqi"ning tashkil etilishi, "O'zbekiston yoshlari xalqaro assosatsiyasi"ning tuzilishi yoshlarning mamlakat taraqqiyoti yo'lidagi intilishlarini, faoliyatini to'g'ri yo'naltirishda, yoshlarning ulkan armiyasi faoliyatining to'g'ri tashkil etilishida muhim rol o'ynaydi. Bu masala davlatimiz rahbari tomonidan alohida qayd etildi: "Bu haqda so'z yuritganda, aytish lozimki, biz ulug' bobolarimizning munosib davomchilari bo'ladigan yetuk insonlarni tarbiyalash masalasiga, afsuski, yetarlicha ahamiyat bermadik. Holbuki, intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo'q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan yetgani -bu ham haqiqat" [1,B.79].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Yoshlar siyosati doirasida amalga oshiriladigan ishlar izchil reja asosida borishi va aniq maqsadga yo'naltirilishi borasida anchagina ishlar bajarilgani ma'lum. Bundan tashqari jamiyatda tashabbuskor, faol yoshlarning birlashib, o'zaro fikr va tajriba almashishlari, bir-birining faolligini qo'llab-quvvatlashi muhim. Yetakchi, tashabbuskorlik xislatlariga ega bo'lgan faol yoshlardan boshqalarning ham faoliyatini tashkil etuvchi yadrosini shakllantirish yaxshi samara berishi mumkin. Mazkur yadroning salohiyatini, yashirinib yotgan qobiliyatini yuzaga chiqarish va ishga solish uchun imkoniyatlar yaratib berish, bu sohadagi yoshlarning intilishlari va harakatlarini to'g'ri yo'naltirish ziyolilarning vazifasidir. Chunki yoshlarda endigina shakllanib kelayotgan faollikni to'g'ri yo'naltirish orqali jamiyatda faollik pozitsiyasi muhitini shakllantirish mumkin. Bunday muhit ko'pchilikning ongida aks etadigan befarqlik, o'zibo'larchilik xususiyatlarining kamayishiga olib keladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Taniqli huquqshunos A.Saidov yoshlarning kelajakda mas'uliyatli bo'lishi, huquqi va erkinligini himoya qila olishi masalasiga e'tibor qaratib: "Birorta davlat yosh avlodni ijtimoiy va kasbiy faoliyatga, davlat ishlarida ishtirok etish va ularni boshqarishga tayyorlashning aniq va chuqur o'ylangan dasturisiz taraqqiy eta olmaydi...Bugun yoshlarga o'zini realizatsiya qilishi, kasbiy va ijodiy o'sishi uchun imkoniyatlar yaratib berish zarur. Yoshlarning jamiyat uchun to'la mas'uliyatni o'zlariga olishlari uchun quyidagi yo'nalishlarga e'tibor qaratish lozim: yoshlarning huquqi va erkinligini himoya qilish, ta'lim, bandlik, ijtimoiy himoya, ijtimoiy hayotda ishtirok etishi" [2,B.15]. Bu borada ta'lim va bilimning mavqeini oshirish, milliy-ma'naviy va ilg'or global demokratik qadriyatlarni yoshlar tomonidan yaxshi o'zlashtirilishiga imkon yaratib berishni va ularni mustaqil fikrlashga o'rgatishni talab etadi.

Yoshlar qatlamida uyushmagan yoshlar alohida o'rin tutadi va ular ko'pchilikni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bu borada olib borilayotgan ishlar yetarli emasligini uqtiradi: "Ammo ochiq tan olishimiz kerakki, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarimiz hali yetarli darajada emas. Shuning uchun biz yoshlarimiz, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlashga jiddiy e'tibor qaratishimiz zarur. Biz ular bilan ko'proq gaplashishimiz, qalbiga quloq solishimiz, muammolarini yechish uchun amaliy ko'mak berishimiz, eng asosiysi, aziz yurtboshimiz Islom Abdug'anievich aytganlaridek, yoshlarga yo'lni keng ochib berishimiz kerak...tadbirkorlikka yo'l ochish - avvalo, yoshlarga keng yo'l ochib berishdir, desak, ayni haqiqat bo'ladi" [3,B.103].

Ma'naviy yangilanishning muhim omillaridan biri avval ta'kidlanganidek, iqtisodiy omildir. Bu omilning yuzaga chiqishi inson salohiyati bilan bog'liq. Ma'naviy yangilanishni amalga oshiruvchi sub'ektlarning ilmiy-ma'naviy salohiyati taraqqiyot talablari va jamiyat manfaatlari asosida yangilanib turishi zarur.

Rossiyalik tadqiqotchi I.Z.Garafiev inson kapitalini taraqqiy ettirishni ijtimoiy taraqqiyotning shakllaridan biri, deb biladi. Modernizatsiya va innovatsiya natijasida fan va yangi texnologiyalar taraqqiyoti, innovatsion muhitning yuzaga kelishi inson kapitalini shakllantirish va uning salohiyatini yuzaga chiqarishga katta imkoniyatlar yaratishini ta'kidlab, olim inson kapitalini unga muntazam ravishda yangi bilim va ko'nikmalar sifatida kiritilib boriladigan investitsiya sifatida tavsiflaydi. "Insonga kiritilgan maxsus bilimlar sifatidagi investitsiyalar bozor iqtisodiyoti tomonidan talab etiladigan innovatsion kapital hisoblanib, insonga hayotining shart-sharoitlarini yaxshilashga va imkoniyatlarini kengaytirib borishga imkon beradi. Bunday kapital doim dolzarb bo'lib, unga hamma vaqt ham ijtimoiy buyurtma mavjud bo'ladi. Insonning yuqori bilimi va ilmiy-ma'naviy ko'nikmalari inson kapitalining asosi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bo'lib, bunday kapital jamiyat tomonidan yuqori baholanadi" [4,B.4]. Gap shunchaki inson kapitali haqida emas, yuqori sifatga ega bo'lgan inson kapitali haqida bormoqda. Bunday kapital insonning oliy qadriyat sifatidagi mohiyatini ifoda etadi. Bu qadriyatni saqlab qolish, uni har tomonlama ko'paytirib borish va to'g'ri realizatsiya qilish insonga sarf etiladigan investitsiya hisoblanadi.

NATIJALAR

Davlat faoliyati jamiyat a'zolarining faoliyati asosida amalga oshadi. Sub'ektlar faoliyatining mohiyati, bu jarayonda ularning faolligi davlat tomonidan qo'yilgan vazifalarning bajarilishini belgilaydi. Davlat qabul qilgan qarorlar va boshqa ko'rsatmalarning muhim va dolzarbligini, jamiyat ehtiyojlariga mos tushishini sub'ektlar tomonidan to'g'ri anglab yetilishi, qaysi sohada faoliyat ko'rsatmasin, sub'ektiv omilning faolligiga ta'sir etadi va ularda mas'uliyat va daxldorlik hissini shakllantiradi. Daxldorlik esa uning salohiyatini ishga solishiga turtki bo'ladi. Demak, kelajakda yoshlar ongida faol hayotiy pozitsiyani, shunchaki kundalik ehtiyojlarni emas, ahamiyatli, dolzarb xususiyatga ega bo'lgan anglangan ehtiyojlarni shakllantirish hamda ularni vatanimiz, millatimiz ehtiyojlariga uyg'unlashtirish ular hayotining yaxshilanishiga va bu orqali vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

O'zbekistonda demokratik islohotlarning, bozor munosabatlarini shakllantirish natijalarining samaradorligi kishilar tafakkurining o'zgarishi, unda jamiyat ehtiyojlari va davr ruhini aks ettiruvchi innnovatsion qadriyatlarning aks etishi bilan ham bog'liq. "Tafakkur o'zgarishi jamiyat hayoti uchun muhim bo'lgan iqtisodiy sohani isloh qilish, mulkning hilma-xil shakllari tengligini ta'minlash va ularni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, demokratik bozor islohotlarini amalga oshirish bilan chambarchas bog'liq jarayon hamdir" [5,B.5]. Hozirda kadrlarning innovatsion salohiyatiga qo'yilayotgan talablarning bajarilishi ham ma'naviy yangilanishga xizmat qiladi.

G'arb mamlakatlarida demokratik jamiyatning shakllanishida "fuqarolarning mas'uliyatni his qilishi" jamiyatning mo'tadilligini ta'minlaydi. Bu narsa shunchaki mas'uliyatni his qilish sifatida emas, quyidagi gumanistik omillar orqali namoyon bo'lishi muhim:

- insoniy munosabatlarni saqlab qolish;

- ijtimoiy hamkorlikni ta'sis etish;

- barqaror rivojlanishni yo'lga qo'yish [6,B.80].

Qonun ustuvorligi, ijtimoiy mas'uliyat G'arb ma'naviyatida yetakchi unsur hisoblanadi. G'arb mentaliteti ham shunga asoslangan. Bundan farq qilgan holda, Sharq ma'naviyatida axloq, din, jamoaviylikka asoslangan insoniy munosabatlar

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

yetakchi o'rinda turadi. Bu holat ma'naviy yangilanish jarayonida jamiyatda yuz berayotgan hodisalarga nisbatan insonda daxldorlik hissini shakllantirishga ta'sir etadi. Kishilarda daxldorlik hissini shakllantirish orqali ularning faolligini ta'minlash ma'naviy yangilanish jarayonida jamiyat oldida turgan vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.

MUHOKAMA

Ma'naviy yangilanishning ob'ekti - faol va kreativ, ijodiy hamda innovatsion shaxsdir. "Jamiyatda yangi ijtimoiy buyurtma paydo bo'ldi: barcha topshiriqlarni so'zsiz bajaruvchilar o'rniga turli vaziyatlarda tez yo'l topa oladigan, yuzaga kelgan muammolarni ijodiy hal etib, tushunarli qaror qabul qilib, uning mas'uliyatini oladigan, ijodiy va moslashuvchan aqlga ega bo'lgan, yangilikni his etadigan, tanlov imkoniyatiga ega bo'lgan, ijtimoiy islohotlarda faol ishtirok etadigan kishil ar talab etilmoqda" [7,B.132]. Ko'rinib turibdiki, M.Yu.Molostovaning fikricha, bugungi tarbiya sur'atlari o'ta tezlashib borayotgan davrda yoshlardan yuksak ijtimoiy, kreativ moslashuvchanlik, intiluvchanlik kabi zarur xislatlarga ega bo'lishi talab etilmoqda. Amerikalik olim Aleks Inkeles bunday kishilarning xususiyatlari yangilanish jarayonlarini qabul qilayotgan va ularda o'zining o'zgarishlarga ochiqligi, dunyoqarashini o'zgartirishdan qo'rqmasligi, fikrlar xilma-xilligini tan olishi, hozirgi davrgagina emas, kelajakka yo'nalganligi, o'ziga qattiq ishonch va to'siqlarni yengib o'tishga harakat qilish kabilardan iborat bo'ladi, deb ta'kidlaydi [8]. Bu borada mamlakatimizda "Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi qonunning [9] qabul qilinishi jamiyat a'zolarining faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 6 bob, 39 ta moddadan iborat mazkur Qonunda quyidagilar innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari etib belgilanmoqda:

- innovatsion rivojlantirishning huquqiy jihatdan tartibga solinishini ta'minlash;

- ustuvor yo'nalishlarni belgilash;

- zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish;

- innovatsion faoliyat sub'ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish;

- respublika, tarmoq va hududiy davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

- investitsiyalarni jalb etishga ko'maklashish;

- davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;

- kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

- xalqaro hamkorlikni rivojlantirish [10].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ma'lumki, ijtimoiy taraqqiyot innovatsiyalarning kirib kelishi asosida amalga oshib kelgan. Ijtimoiy - tarixiy evolyusiya innovatsiyalar bilan yonma-yon amalga oshib kelgan. Faqat innovatsiyalarning tarqalishi barcha tarixiy davrlarda bir xilda bo'lmagan. Hozirgi kunga kelib innovatsiyalar jamiyatning barcha qatlamlarida tez sur'atlar bilan tarqalayotganligining guvohi bo'lyapmiz.

Taraqqiyotning jadal sur'atlari hamda innovatsiyalarning ijtimoiy fenomenga aylanib borishi jamiyatning innovatsion xususiyat kasb etib borishini ham belgilamoqda. Bu sohada O'zbekiston va xorij olimlari tomonidan ko'plab nazariyalar yaratildi: innovatsion jamiyat, innovatsion shaxs, innovatsion faoliyat, innovatsion ong, kreativ guruhlar va boshqalar o'rganildi [11].

Rossiyalik tadqiqotchi O.V.^uplenkovning fikricha, innovatsiyalar taraqqiyoti innovatsion shaxsni shakllantirishni taqozo etadi, uning yangi xususiyatlari yangicha qadriyatlar, madaniyat, axloq, ma'naviyatga asoslanadi. Lekin innovatsion shaxs an'anaviy axloq, madaniyat va ma'naviyatni ham saqlab qolishi zarur. Bu vazifani ta'lim tizimi bajaradi. Bunday shaxs taraqqiyot omili, uning "axborot yuki" ulkan, tinmay oshib boradi. U yangiliklar asosida inqiloblarni amalga oshiradi [12,B.21].

XULOSA

Iqtisodiy jihatdan kuchli davlatlarda insonning intellektual va ma'naviy salohiyati taraqqiyotning omiliga aylandi. Bunday davlatlarning izidan borib, intellektual va ma'naviy salohiyat omilining muhimligiga e'tibor qaratish va uning yuzaga chiqishini ta'minlash mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega. Chunki bu sohada raqobatning kuchayib borishi jamiyatdan shaxs salohiyatiga jiddiy yondashuvni talab etadi. "Intellektual sohada raqobat shiddatli tus olayotganiga guvohmiz. Bu borada rivojlangan va rivojlanish yo'liga kirgan davlatlar orasida gi farq esa yer bilan osmoncha! Xo'sh biz-chi, ertaga jahoniy raqobatga dosh bera olamizmi? Yurtimizda ta'lim sifati xalqaro sifat standartlariga nechog'li uyg'un?...Bu kabi dolzarb savollarga aniq javobimiz bo'lishi, bu borada strategik dasturlar ishlab chiqishimiz kerak. Mamlakat kelajagini aholining intellektual salohiyati belgilashini unutmasligimiz lozim" [13,B.8;13].

Insonning maqsadi, ehtiyojlari va manfaatlari uning kapitali bilan bog'liq. Ularning barchasi ijtimoiy antropologik hodisalardir. Ularning dinamikasi, xususiyatlari hamda namoyon bo'lishi dialektik aloqadorlik asosida namoyon bo'ladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 22 декабрь, 2017 йил. - Т:, Узбекистан, НМИУ,2018.-Б.79.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

2. Саидов А. Конституционное регулирование прав в Узбекистане. // Ижтимоий фикр. Инсон Хукуклари. -Т:, 2014. № 4.-С.15.

3. Мирзиёев Ш. Гузал ва бетакрор улка. (Наманган вилояти сайловчилар вакиллари билан учрашувдаги нутк). Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан бирга курамиз. - Т:, Узбекистон, 2017.-Б. 103.

4. Гарафиев И.З. Инновационный человеческий капитал в регионе (социологический анализ). Автореферат дисс. на соискание степени кандидата соц. наук. Пенза, 2013.-С.4.

5. Назаров К^. Дунёкараш ва тафаккуримизни узгартираётган маънавий мезонлар. // Узбекистон демократик ислохотлар ва фукаролик жамиятини ривожлантириш йулида. Республика илмий-амалий конференция материаллари туплами.-Т:, Академия,2012.-Б.5.

6. Йонас Г. Принцип ответственности.-М:, Пионер, 2000.-С.80.

7. Молостова М.Ю. Теоретико-методологические основания понятия "инновационное поведение. // Известия Самарского научного центра Российской академии наук. Самара. Т. 12,2020, № 5.-С.132.

8. Инкелес Алекс. https://studopedia.Org/6-74263.html Мурожаат этилган сана: 02.02.2022

9. https://lex.uz/docs/4910391 Мурожаат этилган сана: 17.09.2023

10. https://lex.uz/docs/4910391 Мурожаат этилган сана: 07.10.2023

11. Гимуш Р.И.,Матмуродов Р.М. Инновацион менеджмент. - Тошкент, 2008; Мавлонова Р., Рахмонкулова Н. Бошлангич таълим педагогикаси. Инновация ва интеграция. - Тошкент: Voris-nashriyot, 2012; Бегматов А. Инновацион онг: мохияти,функциялари ва шаклланиш шартлари.-Тошкент; Молостова М.Ю. Теоретико-методологические основания понятия "инновационное поведение". // Известия Самарского научного центра Российской академии наук. Самара. Т. 12,2020, № 5; Щупленков О.В.,Щупленков Н.О. Проблема формирования инновационной личности в современном обществе// Психология и психотехника.-2013.-№ 8. 2016. Карпова ЮА. Введение в социологию инноватики:. Учебное пособие. -СПб.: Питер, 2004. и др.

12. Щупленков О. В. Проблема формирования инновационной личности в современном обществе. // Психология и психотехника.-М:, 2013.-№ 8.-С.21.

13. Укиган укдан узар. С.ф.д., проф. Алишер Файзуллаев билан сухбат.// Тафаккур. - Т:, 2018. № 1.-Б.8-13.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.