DEMOKRATIK JAMIYATDA PEDAGOGIK HAMKORLIK MUHITI ASOSIDA
MUSTAQIL FIKRLOVCHI BARKAMOL SHAXSNI SHAKLLANTIRISH
1Mirzayeva F.O 2Abulova M.K
1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Pedagogika " kafedrasi mudiri, p.f.d (PhD) 2Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Pedagogika " kafedrasi
o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10114468
Annotatsiya. Ushbu maqolada etibor olib borilayotgan ta'limiy islohotlarning asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishda pedagogik hamkorlik muhiti asosida mustaqil fikrlovchi barkamol shaxsni shakllantirish masalasi yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: farmon, pedagogik hamkorlik muhiti, ta'limiy islohotlar, mustaqil fikrlovchi, barkamol shaxs, malakali mutaxassis, tarbiya, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-siyosiy.
Demokratik jamiyatda pedagogik hamkorlik muhiti asosida mustaqil fikrlovchi barkamol shaxsni shakllantirish, bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchan, yuqori malakali , turli soha egalarini tayyorlash kasb - hunar ta'limi oldiga qo'yiladigan talablarga mutonosib insonlar qilib shakllantirish ular shaxsiga yangicha yondashish - tarbiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta'limning asosiy maqsadi. Ijtimoiy munosabatlar ko'larnining kengayishi o'sib kelayotgan avlodni o'ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlarna yetuk etib tayyorlash vazifasini qo'ymoqda.
Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan yetuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg'unchi g'oyalar ta'siriga tushib qolish, nosog'lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o'zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlovchi asosiy omildir.
O'zbekiston Respublikasida, demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro'y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o'zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko'rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo'lgan shaxs o'z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta'limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir.
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo'yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta'kidlansa, islom ta'limoti g'oyalariga ko'ra yetuklikning bosh mezoni - ilmlilik, bilimli bo'lishdi.
Tarbiya jarayonida o'quvchining ongigina emas, balki his tuyg'ularini ham o'stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim.
Tarbiyada o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo'ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Faoliyat jarayonida hosil bo'lgan malaka va odatlar axloq me'yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.
Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri - o'quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o'qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o'yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta'sir etish muhimdir. Aks holda xulq me'yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta'sirga beriluvchan bo'lib qolishi mumkin.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo'ladi.
Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo'lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o'ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'zini-o'zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o'rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun m a'lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi.
Bugun mustaqil O'zbekistonimizda yoshlar tarbiyasi va kelajagi uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda, umumiy o'rta ta'lim va uning uzviy davomi bo'lgan kasb-hunar hamda oliy ta'lim sifatini oshirishga, o'g'il-qizlarimizning malakali kadr bo'lib yetishishiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda va yoshlar tarbiyasi, davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.
Yangilangan O'zbekiston taraqqiyotini belgilaydigan islohotlar va modernizatsiya jarayonlari jamiyat hamda uning barcha tizimlari oldiga ulkan vazifalar qo'ymoqda. Bu ta'lim sohasiga ham bevosita taalluqlidir. Aytish mumkinki, keyingi ikki yarim yilda ta'lim sohasida boshlangan tub islohotlar uning sifatini oshirishni, o'quvchi yoshlarning ixtisoslik bo'yicha chuqur bilim egallash bilan birga, barkamol shaxs bo'lib shakllanishiga sharoit yaratish, uzluksiz hamda umumiy o'rta ta'lim tizimini yangidan modernizatsiya qilish kabi vazifalar belgilanganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Aynan ta'lim jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga va har bir davlatning asosi bo'lgan inson kapitalini shakllantirishga muayyan ta'sir qiladi. Ta'lim va davlatning bunday mushtarakligi ushbu sohaning siyosatdagi ijtimoiy munosabatlar va davlatni boshqarish tizimida tutgan o'rnini belgilaydi.
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan borishi, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga chambarchas bog'liq. Shu ma'noda, O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Jumladan, mamlakatimizda ham O'zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'naviy rivojlantirishning muhim omili bo'lgan yoshlar tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor darajasiga ko'tarilgan.
O'zbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlarnent tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.
Shu bois ham Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko'p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BMT minbarida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O'zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo
miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xalqaro terrorizm va esktremizm shiddat bilan o'sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.
Yana shuni ham qayd etish zarurki, Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati - 2016-yil 14-sentabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko'prog'i yoshlardan iborat bo'lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlarna yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o'z qat'iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo'lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg'ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O'zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o'rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.
O'zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 27-iyunda imzolangan "Yoshlar -kelajagimiz" Davlat dasturi to'g'risida"gi Farmon bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjat bo'ldi. Farmon bilan "Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi tashkil etildi va ushbu jamg'arma yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g'oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berishi belgilab qo'yildi. Ushbu hujjatga e'tibor qaratilsa, yoshlar tadbirkorligi va tashabbuskorligini kompleks rivojlantirish vazifalari aniq va tizimli belgilanganini ko'rish mumkin.
O'zbekistondagi barcha o'zgarishlarning negizi hisoblangan ta'lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta'lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlari umumiy qiymatining yarmidan ko'prog'ini tashkil etmoqda. Tabiiyki, har qanday davlat ham bunday katta xarajatlarni ko'tara olmaydi, ammo qanchalik og'ir bo'lmasin, buning uchun zarur mablag' va resurslar izlab topilmoqda. Chunki, islohotlarning taqdiri, natijasi, birinchi navbatda, kadrlar saviyasiga, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog'li javob bera olishiga bog'liq.
Shu maqsadda mamlakatda Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi, maktab ta'lim tizimi tubdan isloh qilinib, 11 yillik umumiy o'rta ta'lim qayta joriy etildi. Viloyatlarda yangi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy va ijodiy markazlar tashkil etilmoqda. Oliy o'quv yurtlariga qabul kvotalari sezilarli darajada kengaytirildi. Sirtqi va kechki oliy ta'lim shakllari tiklandi. Keyingi ikki yil ichida 15 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlari filiallari ochildi.
Muxtasar aytganda, O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko'zlagan holda, bosqichma bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda.
Bu borada Shavkat Mirziyoev tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi sa'y-harakatlarni tizimli asosda yo'lga qo'yish bo'yicha 2019-yil 19-martda 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi O'zbekiston tarixida yoshlar ta'lim-tarbiyasi bo'yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.
Birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan.
Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To'rtinchi tashabbus - yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng taro'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan.
Beshinchi tashabbus - xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi. Umuman, yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi yo'lida zamonaviy, ilg'or - innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O'zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlarna qo'llab-quvvatlash, ma'naviy yetuk, jismonan sog'lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e'tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha yuqori bo'ladi.
Xullas, hozirgi demokratik jamiyatda har tomonlarna rivojlangan mustaqil fikr yuritadigan erkin shaxsni shakllantirish - tarbiyaning maqsadidir. Har tomonlarna yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o'quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo'shib olib borilishini ta'minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g'oyalariga amal qilishni talab etadi. Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamiyat, odamlar hamda o'ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo'lsa, uning ma'naviy dunyosi shunchalik boy bo'ladi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz (1-jild). - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 592 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 48 b.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3907 qarori // https://lex.uz/docs/-3864155.
4. Azarov Yu.P. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.-Toshkent: O'qituvchi, 1991. - 67 b.
5. Azimova N.E. Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchisini ma'naviy-axloqiy tarbiyalash texnologiyasi (Pedagogik yo'nalishdagi fanlarni o'qitish misolida). Ped. fan. fal. dokt. (PhD). ... dis. - Toshkent, 2012. - 178 b.