BILIMLI YOSHLAR - KELAJAK POYDEVORI Madina Ismoiljonova
talaba, Farg'ona davlat universiteti, O'zbekiston, Farg'ona sh. https://doi.org/10.5281/zenodo.7769184
Annotatsiya: Ma 'lumki, yurtimiz aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizning kelajagi bo'lgan yigit-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasi doimo eng ustuvor vazifa bo'lib kelgan. O'zbekiston haqiqiy ma'noda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulg'ayotgan yig'it-qizlarning orzulari va o'z oldiga qo'ygan maqsadlari bisyor.
Maqolada mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, bilimli yoshlar - kelajak poydevori ekanligi tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: ma'naviyat, yoshlar, innovatsiya, ta'lim samaradorligi, ta'lim-tarbiya. ОБРАЗОВАННАЯ МОЛОДЕЖЬ - ЗАЛОГ БУДУЩЕГО
Аннотация: тк meecmHo, 6onee 60 прoцeнтoв HaceneHUH нaшeй стрaны-мoлoдeжь. Bonpoc eocnumaHUH юнoшeй и дeвушeк, являющихся будущим нaшeй cmpami, шк ececmopoHHe 3penbix, oбрaзoвaнныx, nomeнцuaльныx лuчнocmeй, coвeршeнныx людeй ecezda был neрвooчeрeднoй зaдaчeй. Y36emcmaH - эmo no-нacmoящeму мoлoдeжнaя cmpaHa. У юнoшeй и дeвушeк, рacmущux в эmoй cmpaHe, ecmb ceou мeчmы и щли.
В cmambe uccлeдуюmcя вoзмoжнocmu, nрeдocmaвляeмыe мoлoдeжu в нaшeй cmpaHe, oбpaзoвaннaя мoлoдeжь - ocHoea будущeгo.
Ключевые слова: дуxoвнocmь, мoлoдeжь, uннoвaцuu, oбpaзoвameльнaя эффeкmuвнocmь, oбpaзoвaнue-вocnumaнue.
EDUCATED YOUTH IS THE FOUNDATION OF THE FUTURE
Astrackt: it is known that more than 60% of the population of our country is made up of young people. The issue of educating young men and girls, the future of our country, as a mature, educated, potential person, a perfect person in every possible way, has always been a top priority. Uzbekistan is a country of youth in the real sense. In this land, the dreams and goals of the mourning girls who are growing up are bisyor.
The article explores the opportunities given to young people in our country, the foundation of educated youth - the future.
Keywords: spirituality, youth, innovation, educational efficiency, education and training.
KIRISH
Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, Ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Yoshlar dunyo aholisining tez ko'payib borayotgan qismini tashkil etadi. Hozir yer shari aholisi umumiy sonining 18% ularning hissasiga to'g'ri keladi. Yoshlar mamlakat miqyosida rivojlanish jarayonini jadallashtirish uchun innovatsion g'oyalarni yaratish ga qodir qudratli resurs,ijtimoiy o'zgarishlarga sabab bo'ladigan, bunyodkorlik g'oyalarini hayot ga tatbiq etadigan katta kuchdir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYA
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan ma'lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va
kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga chambarchas bog'liq. Binobarin, O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Jamiyat davlat taraqqiyotiga inson aql-zakovati bilan erishiladi. Insonning
aqliy taraqqiyotini tadqiq qilish bugungi kundagi fan
oldida turgan muhim vazifalardan biri bo'lib qolmasdan, balki bu muommo qadimdan mutafakki rlar olimlar diqqai markazida bo'lib kelgan. Hatto mazkur muommo antik dunyoda yashab ijod etgan faylasuf olimlar diqqatini
o'ziga jalb etgan. Ular dunyoni bilishning asosi aql ekanligini ta'kidlaganlar. Haqiqatdan ham intellekt insonning har tamonlama rivojlanishini, obro' qozonish, e'tiborga ega bo'lish, hayotda o'z o'rnini topishga ham ko'mak beradi. O'quvchilar aqliy
kamolatini o'rganish ayni kunning dolzarb muommolaridandir. Aqliy kamolatning rivoji ko'p jihatdan o'quv faoliyati bilan bog'liq masaladir. Atrofni bilish va anglashni, fikr yuritish va mus taqil mushohada yurita olish, sezgirlik va zehn, qobiliyat va iqtidor aql bilan bog'liq.
Inson aqlining o'sishi jamiyat taraqqiyoti bilan ham bog'ldiqdir.
Yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi yo'lida zamonaviy, ilg'or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O'zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ma'naviy yetuk, jismonan sog'lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e'tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha yuqori bo'ladi. Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo'yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda:
- faoliyat yo'nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi);
- kiritilgan o'zgarishlarning tasnifiga ko'ra (radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan);
- o'zgarishlar ko'lamiga ko'ra (lokal, modulli, tizimli);
- kelib chiqish manbaiga ko'ra (shu jamoa uchun ichki va tashqaridan olingan).
Innovatsion ta'lim - shunday innovatsion ta'lim texnologiyalari va dasturlariki, unda
pedagog innovatsion faoliyati natijasi bo'lib, o'qitayotganlar innovatsion g'oyalarni yaratuvchisi (generatsiya) hisoblanadi. Innovatsion loyiha - bu loyiha maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan texnik, tashkiliy, rejaviy, va hisoblash - moliyaviy hujjatlarning yig'indisidir.
O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-
mamot masalasiga aylanib bormoqda"[1]. O'zbekiston mustaqilligi sharoitida yoshlar siyosati mamlakat ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Mamlakatimiz yoshlariga e'tibor haqida gap borar ekan, ularning bilimli va zamon talablariga to'la mos insonlar bo'lib yetishishida axborot texnologiyalari va til bilishning ahamiyati naqadar muhim ekanini alohida ta'kidlash lozim. Shuni inobatga olgan holda, davlatimiz tomonidan ayni sohalar rivojiga katta e'tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning yoshlarga oid siyosatida ikkita eng muhim yo'nalish bor: birinchisi -ularga zamonaviy bilim berish, ikkinchisi - yoshlar bandligini ta'minlash. Keyingi yillardagi islohotlar, tashabbus va yangi tizimlar zamirida ana shu maqsad mujassam.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA
Xususan, yoshlarning bilim va iqtidorini rivojlantirish maqsadida yangicha shakl va mazmundagi Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar tizimi yaratildi. Umuman, barcha maktablarga e'tibor, o'qituvchilarga rag'bat va hurmat oshdi. Yosh avlodda bilimga intilish kuchaydi. Inson ijtimoiy faolligining asosida uning huquqiy kafolati, erkinligi, jamiyatda demokratik mezonlarning mavjudligi yotadi. Insonlarning birgalikda yashashining kafolati bu jamiyatda, butun dunyoda huquqning, huquqiy madaniyatinig mavjudligidir. Ya'ni, insonlarning va ularning kelajagi bo'lgan yoshlarning yashash, o'qish, moddiy va ma'naviy boyliklardan foydalanish kabi huquqlari real qonuniy asosga qo'yilgan jamiyatdagina shaxsning erkin inson sifatida faoliyat ko'rsatishiga imkon yaratildi.
Yangi rivojlanish bosqichida yoshlarning ijtimoiy faolligini, ma'naviyatini, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda dunyoviy bilimlarni e gallash, ilg'or texnologiyalaridan unumli foydalanish kabi masalalar ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Ona vatanni sevish, yurt qayg'usi bilan yashash, yuksak ma'naviyatga ega bo'lish, atrofida bo'layotgan voqea-hodisalarga befarq bo'lmaslik hozirgi globallashuv jarayonlarining asosiy talabidir. Yoshlarimiz bunday xislatlarni o'zlarida mujassamlashtirishi uchun esa yuksak ezgu maqsadlarga intilishi, kuchli irodaga ega bo'lishi, samarali mehnat qilishi lozim. Ijtimoiy-siyosiy faol, huquqiy bilimli, g'oyaviy yetuk, yuksak ma'naviyata ega bo'lgan yoshlargina, davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning ishtirokchisiga aylana oladi.
Jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi ana shunday ijtimoiy-siyosiy faol yoshlarga tayanadi. Bunday mas'uliyatni yurtimizning har bir yigit-qizi qalban his etgan holda, pok va halol yashab, vijdonan mehnat qilishi kerak.
Yoshlarning ijtimoiy faolligi jamiyatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va modernizatsiya jarayonlarida o'ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy-siyosiy faollik jamiyat rivojlanishining yangi bosqichidagi talab va ehtiyojlar, mavjud shart-sharoit va imkoniyatlarga tayangan holda takomillashadi. Ana shu nuqtai-nazardan yondoshadigan bo'lsak, istiqlol tufayli huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi o'ziga xos innovatsion mazmun-mohiyat kasb etmoqda. Shu ma'noda, nazarimizda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda qo'yidagi innovatsion metodlarga e'tibor qaratish lozim:
- yoshlarning raqamli texnologiyalarni puxta o'rganishlari uchun sharoit yaratish kerak;
- yoshlar siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish zarur;
- yoshlar orasida g'oyaviy tarbiyaviy ish olib borish, milliy g'oya asoslarini singdirish;
- raqamli iqtisodiyot va zamonaviy bilimlardan xabardorligi oshirish zarur;
- yoshlarning intellektual salohiyatini, innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash;
- vatan tuyg'usi va ekologik madaniyatni shakllantirish;
- yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash masalalariga demokratik islohotlar darajasida e'tibor berish kerak.
XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda qayd etmoqchimizki, hozirgi davrdagi yoshlarimizning faolligini oshirish uchun qadimiy urf- odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz, davlatchiligimiz tarixi nazariy asos bo'lib hizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda ta'kidlash lozimki, yoshlar faolligini oshirishda nafaqat milliy urf-odatlarimiz, balki dunyoviy demokratik jarayonlar ham etakchi omil bo'la oladi. Demak, fikrimizcha, yoshlar faqat iqtisodiy,
siyosiy sohalardagina emas, balki, madaniyatli, bilimli inson sifatida demokratik islohotlardagi
ishtiroki bilan ham faol bo'lishi lozim.
ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi.//https://www/gazeta.uz/uz/2017/07/01/nutq/ (10.07.2017)
2. J.Hasanboyev va boshqalar. Pedagogika. Darslik. Toshkent, 2004.
3. Vaxobjon, I. (2022). BARKAMOL AVLODNI MAFKURAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYALASHNING MUHIM JIHATLARI. Research Focus, 1(4), 328-332.
4. Ibragimov, V. (2022). METHODOLOGY OF STUDYING FOREIGN LANGUAGE LESSONS BY THE METHOD OF EXTRACURRICULAR PROJECT WORK ADVANTAGES. Oriental Journal of Social Sciences, 2(06), 60-65.
5. Zumratkhon, I. (2022). INNOVATIVE ASPECTS OF TEACHING SPECIALTY SUBJECTS IN THE SYSTEM OF HIGHER EDUCATION. Research Focus, 1(4), 341-345.
6. Karimov, U., Karimova, G., & Makhamadaliev, L. (2022). The role and significance of spiritual values in youth education. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(2), 181-185.
7. Rasulova, A., & Karimov, U. (2022). Socio-Pedagogical aspects of the formation of reading culture and skills. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(4), 114-118.
8. Bakhrom, B. (2022). Information technologies in physical culture and sports. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(10), 288-292.
9. Mamasoliev, R. (2020). BENEFITS OF INTRODUCING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 314-316).
10. Ibragimjanovna, A. M. (2022). About the Development Competence of Students Intercultural Communicative. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(11), 350-356.
11. Aлимжoнoвa, М. (2022). ГЛOБAЛЛAШУВНИНГ МAДAНИЯТЛAРAРO МУЛО^ОТ^ ТAЪСИРИ BA УНИ TA^H^ ЭТИШНИНГ ИЛМИЙ ПЕДAГOГИК ACO^APR INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 323-328.
12. Kurbanovna, Y. F. (2022). THE GROWTH OF ENGLISH STANDARD ENGLISH PRONUNCIATION IN ENGLISH. Scientific Impulse, 1(4), 1960-1962.
13. Yusupjanova, F. (2021). EFFICIENCY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LEARNING FOREIGN LANGUAGES. Интернаука, (14-3), 51-52.
14. Yuldashev, I. A. (2020). Pedagogical Bases Of Formation Of Social Activity In Pedagogical Sciences. Теория и практика современной науки, (5), 67-69.
15. HGparaMoB, В. (2022). ИЖТИМОИЙ ФAOЛЛИК BA TOЛЕPAНTЛИКНИ ЮКCAЛTИPИШНИНГ МУ^ИМ ЖИXДTЛAPИ. Research Focus, 1(4), 351-354.
16. 21. Rasulov, A. M. (2021). ^E^CTO^Ara OMMABM AХБOPOT ВOCИTAЛAPИНИНГ TAPMO^APK Scientific progress, 2(4), 836-838.
17. Dadaboeva, J. (2022). THE BASICS OF CIVIL LEGAL REGULATION OF SEPARATION FROM MARRIAGE. Research Focus, 1(4), 253-261.
18. Salieva, N., & Saliev, U. (2021). Women In Medicine-Gender Aspects. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(05), 292-295.
19.Caлиeвa, Н., & Caлиeв, У. (2023). Cущнoсть и сoдeржaниe пeдaгoгичeскoй дeoнтoлoгии. Общество и инновации, 4(1), 110-112. Uzbekistan, 1999. - P.52