Научная статья на тему 'Iqtisodiy o’sishga texnologiyalar va inson kapitalining ta’siri'

Iqtisodiy o’sishga texnologiyalar va inson kapitalining ta’siri Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
90
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
inson kapitali / innovatsion rivojlanish / iqtisodiy o‘sish / qashshoqlik / fan-texnika tarraqiyoti

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jahongir Kamiljon O’G’Li Xalilayev

Ushbu maqolada inson kapitalini sifat jihatdan rivojlantirish hisobiga innovatsion rivojlanish darajasini yuqori darajaga ko’tarish mumkin ekanligi va o‘z navbatida innovatsion rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda mamlakat YaIMdagi ulushining yuqoriligini taʼminlash, inson kapitalining iqtisodiy o‘sishni taʼminlovchi rolini oshirishga erishish mumkin ekanligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Iqtisodiy o’sishga texnologiyalar va inson kapitalining ta’siri»

Iqtisodiy o'sishga texnologiyalar va inson kapitalining ta'siri

Jahongir Kamiljon o'g'li Xalilayev j ahongir19980724@gmail.com Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada inson kapitalini sifat jihatdan rivojlantirish hisobiga innovatsion rivojlanish darajasini yuqori darajaga ko'tarish mumkin ekanligi va o'z navbatida innovatsion rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan hududlarda mamlakat YalMdagi ulushining yuqoriligini ta'minlash, inson kapitalining iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi rolini oshirishga erishish mumkin ekanligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: inson kapitali, innovatsion rivojlanish, iqtisodiy o'sish, qashshoqlik, fan-texnika tarraqiyoti

The impact of technology and human capital on economic

growth

Jahongir Kamiljan ogli Khalilayev j ahongir19980724@gmail.com Tashkent State University of Economics

Abstract: This article highlights the fact that due to the qualitative development of human capital, it is possible to raise the level of innovative development to a higher level, and in turn, ensure a higher share of the country's GDP in regions with a higher level of innovative development, increase the role of human capital in ensuring economic growth.

Keywords: human capital, innovative development, economic growth, poverty, science and technology development.

Iqtisodiy o'sish mamlakatning umumiy boyligini ko'paytirishga, davlatning qashshoqlik, ochlik, boshqa ijtimoiy muammolarni hal etish bo'yicha imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilidi. Shu boisdan iqtisodiy o'sishning yuqori darajasi jahondagi ko'plab davlatlarda iqtisodiy siyosatning eng asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jahonning yetakchi mamlakatlari taraqqiyoti uchun sanoat rivojlanishidan keyingi bosqich xos bo'lib, bu bosqichda iqtisodiy o'sish omillarining roli va o'rni o'zgarmoqda.

An'anaviy hisoblabgan uch: mehnat, yer va kapital omillariga fan-texnika tarraqiyoti omili ham qo'shildi, eng muhim resurslarga esa axborot va bilimlar aylandi.

Аxbоrot vа bilim^r bevоsitа innovаtsion iqtisоdiyotni shаkllantirib insоn vа uning rivojlanаyotgan sаlohiyаti аsosiy rоlni egаlladi.

Jаhonda shiddat bilan rivojlanayotgan rаqamli texnologiyalar mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati, iqtisodiy siyosаti va dаvlat boshqaruvi tuzilishini sifat hamda texnologik jihatdan tubdan o'zgаrishiga olib kelib, xalqaro integratsiyasini faollashtirishda ham alohida o'rin egallamoqda. Chunonchi, raqamli texnologiyalarning kirib borishi va ularni iqtisodiy va ijtimoiy hayotda keng qo'llash sur'atlarining xilma-xilligi natijasida mamlakatlar o'rtasidagi rivojlanish farqlarining yanada kuchayishiga sabab bo'lmoqda.

Mamlakat iqtisodiyoti va xo'jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sir ko'rsatishning asosiy vositalaridan biri bu davlat iqtisodiy siyosatining bo'g'inlaridan hisoblangan innovatsiyalar siyosati. Davlat innovatsion siyosati yordamida u ishlab chiqarish hajmining o'sishiga, fan va texnika rivojlanishining tezlashishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o'zgarishiga, ijtimoiy muammolarni hal qilishga bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin.

O'zbekistondа ham iqtisodiyotni modernizatsiyаlash sharoitida innovatsiyalar, avvalo uning barqaror o'sishi uchun zаrurdir. Yangi texnologiyalarga investitsiyаlar raqobatbardosh, yuqori talab bilan iste'mol etiladigan tovarlar ishlab chiqarishga yordаm beradi.

O'zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida innovatsiyalar, birinchi navbatda, uning barqaror o'sishi uchun zarurdir. Shu bois O'zbekiston Respublikasida innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish vа yanada rivojlantirish maqsadida bir qancha asosiy ishlar va tadbirlar o'tkazilmoqda:

- rivоjlangаn mamkkatlardan kerаkli bo'lgan barcha texnologik bilim va yаngiliklarni o'rganish, keyin esа respublikа iqtisodiyoti tarmoqlariga bosqichma-bosqich milliy manfааtlarimizdan kelib chiqqаn holda tаtbiq qilish;

- ichki innovаtsion loyihаlаrdаn аsosiy аhаmiyаtga egаlarigа investor^r^ vа xorijiydаn kаpitаlni jаlb qilish.

Yetаkchi xorijiy institutlаrdаn vа kompаniyаlаridаn biri bo'lgаn Buyuk Britаniyаdаgi Oxford Insights konsаlting kompаniyasi hаmda Kаnаdа dаvlаtining Xаlqаro tаdqiqotlаrni rivojlаntirish instituti hukumаtlаrning sun'iy intellektgа tаyyorlik indeksi bo'yi^ 2022 yilgi nаtijаlаrni ko'radigan bo'lsak;

O'zbekiston 44,51 bаll bi^ 181 ta mamlakatlar o'rtasida 79-o'rinni qo'lga kirishgan, 2021 yilgа nisbаtаn esa 14 pog'onа yuqorilagan.1

Shu bilan birgalikda, rivojkngan davlatlarda inson kapitaliga investitsiyalar kiritish mikro va makro dаrajada raqobatbardoshlikni oshirish va iqtisodiy o'sishni ta'minlashning muhim omili sifatida ko'riladi. Inson kapitali sifatini yаxshilash, butun

1 Manba: https://www.gazeta.uz/oz/ - ( O'zbekiston hukumatlarning sun'iy intellektga tayyorlik indeksida 79-o'rinni egalladi)

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 378 LME^^fi]

hayot faoliyati davomida uzluksiz ta'lim asosida insonlarning kasbiy ko'nikma va tajribalarini takomillashtirib borishga qaratilgan strategiyani izchillik asosida amalga oshirishga qaratilgan faoliyati iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlashning muhim sharti bo'lib hisoblanadi. Jahon banki dunyoning 141 ta davlat misolida global milliy boylik tarkibini tadqiq etish davomida inson kapitalining uning umumiy qiymatidagi ulushi 64 % ni tashkil etishi va so'nggi 20 yil davomida uning hajmi 55% ga o'sgani ma'lum bo'lgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a'zo bo'lgan yuqori daromadli mamlakatlarda inson kapitalining milliy boylikdagi ulushi 70 %ni tashkil etgan bo'lsa, quyi daromadli mamlakatlarda uning hissasi 41%ga to'g'ri keldi.2

Bugungi kunda inson kapitalining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash jarayonlariga ta'sirini o'rganishga qiziqish kundan-kunga ortib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Xususan, BMT, Jahon banki, XVF kabi yirik xalqaro tashkilotlar va muassasalar tomonidan ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borildi va olib borildi.Ammo inson kapitali toifasini aniqlashda uning iqtisodiy o'sishga ta'sirini baholashda ma'lum noaniqliklar saqlanib qolmoqda, shu bilan birga uning asoschilari hali to'liq aniqlanmagan, inson kapitalining milliy iqtisodiyotning iqtisodiy o'sishiga va uning innovatsion rivojlanishiga ta'siri miqdoriy jihatdan baholanmagan.

Yangicha iqtisodiy munosabatlarning tarkib topishi sharoitida milliy iqtisodiyotda iqtisodiy o'sishni ta'minlashda inson kapitalidan foydalanish va uning sifatini ta'minlash uslubiyoti borasida ko'plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, jumladan, 2022-yilning may oyida Jahon banki ikkinchi marta O'zbekiston uchun mamlakatning tizimli diagnostik tadqiqotlarini e'lon qildi. Unda hukumat uchun xususiy sektor o'sishi borasidagi to'siqlarni olib tashlash, davlatning 341 iqtisodiyotdagi ishtirokini cheklash, inson kapitalini rivojlantirish va mamlakatni yashil iqtisodiyotga o'tish bo'yicha tavsiyalar o'z aksini topgan.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasining asosiy maqsadi - 2030 yilgacha yuqori darajali inson kapitali shu bilan birgalikda innovatsiyalarga asoslangan real sektorning takomillashishi va natija olishga qaratilgan investitsiya siyosatini yuritilishi orqali ijtimoiy siyosatga yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllantirilishi, respublikani Jahon banki klassifikatori bo'yicha o'rtadan yuqori daromadli mamlakatlar guruhiga kirishini ta'minlaydi.3

Kontseptsiyada belgilangan ustuvor yo'nalishlarning o'z vaqtida amalga oshirilishi mamlakatni 2030 yilda aholi jon boshiga YaIMni ikki baravar oshirishga, mehnat bozorida barqaror yuqori daromadli ish o'rinlarini yaratishga va aholining kam daromadli qatlamini ikki baravar kamaytirishga olib keladi. Ushbu maqsadlarga

2 Manba: https://www.vsemirnyjbank.org/ - World Bank Group

3

Manba: https://kun.uz/uz (O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi qaytadan e'lon qilindi)

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 379 LME^^fi]

quyidagi miqdoriy va sifat ko'rsatkichlarini amalga oshirish orqali erishish ko'zda tutilgan edi:

- aholi jon boshiga YalM ikki baravarga oshish, mehnat bozorida doimiy yuqori daromadli ish o'rinlarining yaratilishi hamda aholi kam ta'minlangan qatlamini ikki martaga qisqarishiga olib kelishi:

- iqtisodiy o'sish sur'atlari o'rtacha yillik 6,4 foiz, kapital qo'yilmalar 9,9 foiz, eksport 9,6 foizni tashkil etishi;

- ishsizlik darajasi 9,3 foizdan 5,2 foizga, inflatsiya darajasi 14,3 foizdan 4,3 foizga pasayishi;

- YaHM o'rtacha yillik o'sish sur'atini 107,3 foiz, hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi hajmi o'sish sur'atlarini 108,6 foiz, xizmatlar sohasini 108,1 foizni tashkil etishini ta'minlash;

- mamlakat hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining nomutanosibligini qisqartirish, jumladan, YaHM 3,7 martadan 2,8 martaga, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni 13,5 martadan 8 martaga, xizmatlar sohasini 8,9 martadan 6,3 martaga, shuningdek respublika urbanizatsiya darajasini 60 foizga yetkazish va boshqalar.4

1-jadval.

Xorazm viloyati mehnat resurslarining iqtisodiy faol va nofaol aholi bo'yicha taqsimlanishi 2020-2022 yillar kesimida5

ming kishi

2020 2021 2022

Jami mehnat resurslari 1044,8 1047,1 1050,9

shahar 387,0 359,3 360,7

jamiga nisbatan foizda 37,0 34,3 34,3

qishloq 657,8 687,8 690,2

jamiga nisbatan foizda 63,0 65,7 65,7

Iqtisodiy faol aholi 804,5 806,4 815,5

shahar 302,7 273,6 265,4

jamiga nisbatan foizda 37,6 33,9 32,5

qishloq 501,8 532,8 550,1

jamiga nisbatan foizda 62,4 66,1 67,5

Iqtisodiy nofaol aholi 240,3 240,7 235,4

shahar 84,3 85,7 95,3

jamiga nisbatan foizda 35,1 35,6 40,5

qishloq 156,0 155,0 140,1

jamiga nisbatan foizda 64,9 64,4 59,5

2022 yil 1 yanvar holatida O'zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 million 345 ming kishini tashkil etdi. Mamlakatda 1 million 441,8 ming kishi ishga muhtoj bo'lib, ishsizlik darajasi 9,6 foizga yetdi. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi 15,1 foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo'lganlar orasida ishsizlik

4 Manba: https://kun.uz/uz (O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi qaytadan e'lon qilindi)

5 https://www.xorazmstat.uz/ (Xorazm viloyati statistik boshqarmasi sayti) ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan

darajasi - 15,1 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa - 13,3 foiz bo'ldi. 2022 yilning 1 yanvar holatida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4 million 364,2 ming kishini tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga yoki 19,8 ming kishiga ortishi kuzatilgan. 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko'maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so'rab murojaat qilgan. Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming nafari ish bilan ta'minlanganligi (2021 yilda 281,3 ming ishsiz aholini ishga joylashtirish belgilangan bo'lib) ta'kidlangan. Bundan tashqari, 98,8 ming nafar ishsizlarga 87,1 mlrd so'm ishsizlik nafaqasi tayinlangan va to'lab berilgan, deyiladi Mehnat vazirligi xabarida. 2021 yil davomida 37,3 ming ishsizlar hamda "ayollar daftari", "yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsizlarga 83,1 mlrd so'm subsidiya mablag'lari ajratilgan.6

Xulosa qilib aytganda, inson kapitalining sifatli rivojlanishi tufayli innovatsion rivojlanish darajasini yuqori darajaga ko'tarish mumkin. Innovatsion rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan hududlarda, o'z navbatida, mamlakat YaIMning yuqori ulushini ta'minlash, iqtisodiy o'sishni ta'minlashda inson kapitalining rolini oshirish mumkin bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. World Bank Group. Human Capital: A Project for the World, 2018. October, Development Committee Meeting https://www.devcommittee.org

2.YcMaHOB А., Холбaевa С. МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ФОНДА ЖИЗНЕННЫХ СРЕДСТВ РАБОТНИКА //Экономии и 06pa30Ba™e. - 2022. - Т. 23. - №. Maxsus_son. - С. 25-34

3. Холбaевa Сaбинa Рустaмовнa ВЛИЯНИЕ ПОТЕРЬ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА НА ЭКОНОМИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ СТРАНЫ // Вестник Притамского социaльного институтa. 2021. №1 (88). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vliyanie-poter-chelovecheskogo-kapitala-na-ekonomicheskoe-razvitiestrany (дaтa обрaщения: 03.05.2023).

4. Yo'ldoshev N.Q. va boshqalar. «Innovatsion menejment». Darslik. TDIU. 2011y. — 300 b

5.https://www.gazeta.uz/oz/ - ( O'zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil

etdi)

6.https://www.xorazmstat.uz/ (Xorazm viloyati statistik boshqarmasi sayti)

7. https://kun.uz/uz (O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi qaytadan e'lon qilindi)

8. https://www.gazeta.uz/oz/ - (O'zbekiston hukumatlarning sun'iy intellektga tayyorlik indeksida 79-o'rinni egalladi)

6 Manba: https://www.gazeta.uz/oz/ - ( O'zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi)

9. https://www.vsemirnyjbank.org/ - World Bank Group

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.