SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023
BAND BO'LMAGAN AHOLINI MUNOSIB ISH O'RINLARIGA JOYLASHTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI
Qurbonboyev Q.Q.,
TDIU Inson resurslarini boshqarish mutaxassisligi magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola band bo'lmagan aholini munosib ish o'rinlariga joylashtirish dolzarb masalalariga bag'ishlangan. Shu bilan birga zamonaviy dunyoda aholi ish bilan bandligi global tus olganini hisobga olingan holda, bu iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy o 'zgarishlarning natijasi ekanligi belgilangan. Tahlillar natijasida aholini munosib ish o'rinlariga joylashtirish jarayonlarining asosiy mexanizmlari mohiyatini ochib berilgan va ularni bartaraf etish bo 'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: band bo'lmagan aholi, ishsizlik muammolari, munosib ish o 'rinlari, ish o'rinlariga joylashtirish, ishsizlik oqibatlari, globallashuv.
ABSTRACT
This article is devoted to the current issues of placing the unemployed population in suitable jobs. At the same time, taking into account that the employment of the population in the modern world has become global, it is determined that this is the result of economic, political, social and cultural changes. As a result of the analysis, the essence of the main mechanisms of the processes of placing the population in suitable jobs has been revealed, and suggestions and recommendations have been developedfor their elimination.
Key words: unemployed population, unemployment problems, decent jobs, job placement, consequences of unemployment, globalization.
KIRISH
Ilmiy adabiyotlarda band bo'lmagan aholi deganda "aholining doimiy ishsizlik darajasi, o'qish yoki vaqtincha ixtiyoriy ishlamasligi harakati tushuniladi". Hozirgi kunda band bo'lmagan aholini munosib ish o'rinlariga joylashtirish davlat siyosatidagi eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bandlik yoki aholini ish bilan taminlash - mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan va qonunlarga zid kelmaydigon, mehnat daromadi beradigon faoliyatidir. Ishsizlik ham ijtimoiy ham iqtisodiy murakkab jarayon sifatida qaraladi. Ishsizlik jamiyatning ko'plab sohalariga ta'sir ko'rsatadi, chunki ishsizlik insoniyat tarixida muhim rol o'ynaganligi sababli, ular mehnat munosabatlarining rivojlanishi, yerlarning o'zlashtirilishi, madaniyatlar, tillar va xalqlarning shakllanishi bilan bog'liq.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunga kelib ishsizlik oqimlarining intensiv kengayishi kuzatilmoqda, sababi O'zbekiston respublikasi aholisi jadallik bilan ko'payib bormoqda va shu bilan birga, band bo'lmagan aholi barcha global o'zgarishlarning tarkibiy omiliga aylandi. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek " Inson qachon bahtli bo'ladi -qachonki o'ziga munosib ish o'rnida mehnat qilsa va shunga yarasha daromad topsa ana shunda insonlar bahtli bo'ladi. Insonlar bahtli bo'lsa jamiyat ham davlat ham bahtli bo'ladi" deganlar.
Band bo'lmagan aholi hozirgi vaqtda global xususiyat kasb etmoqda va shu bilan birga globallashuvning ham belgisidir. Globallashuv, ma'lumki, xalqlarning, davlatlarning birlashuv jarayoni; xalqlar o'rtasidagi chegaralarning yo'q qilinishiga, yagona siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy makonning vujudga kelishiga olib keladi. Globallashuv umumiy tizimga, jahon bozoriga, turli davlatlarning iqtisodiy tizimlarini birlashtiradi, bu esa xalqlarning madaniyati va turmush tarzini o'zgartirishga yordam beradi. Globallashuv jarayoni butun insoniyatning yangi ixtirolar, texnologiyalar, bilimlardan foydalanishini osonlashtiradi, rivojlanish va ijodkorlik uchun taqiq va cheklovlarni olib tashlaydi, shuning uchun globallashuv tizimli xarakterga ega bo'lib, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi.
Ishsizlik inson manfaatlariga tog'ridan - tog'ri ta'sir qiladigon yirik ijtimoiy -iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yo'qotish ko'p i nsonlar uchun oilaviy turmush holatining pasayishi, insonga jiddiy ruhiy ta'sir ko'rsatadi. Iqtisodiy hayotda ishsizlik ishchi kuchi taklifining unga bo'lgan talabdan oshib ketishida namoyon bo'ladi. Ishsizlik sababi turlicha bo'ladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ishchi kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ishchi kuchining bir qismi ortiqcha bo'lib qoladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ishchi kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak bo'lmay qoladi; aholi ishchilarga nisbatan tez o'sgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bo'lib, ishsiz qoladi.
Bandlik - mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg'ul bo'lishi, fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyatdir. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda yakka tartibdagi tadbirkorlik, o'zini ish bilan mustaqil ta'minlash, shaxsiy tomorqa xo'jaligidagi ishlash, uy xo'jaligida band bo'lish va bolalarni parvarishlash bilan shug'ullanishni ham o'z ichiga oladi. Bandlik - bu ikki tomon o'rtasidagi munosabatlar, odatda ish haqi to'lanadigan shartnoma asosida bir tomon foyda olish uchun, notijorat tashkilot, kooperativ yoki boshqa tashkilot ish
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023
beruvchi, ikkinchisi esa xodimdir. Bandlik odatda mehnat sohasidagi me'yoriy-huquqiy xujjatlar asosida tartibga solinadi.
2021-2030 yillarda Mehnat bozorida amalga oshiriladigon ishlar va erishilgan natijalar sharhi
Aholining munosib va rasmiy ish bilan bandligini ta'minlash maqsadida "O'zbekiston Respublikasining 2021-2030 yillarda aholi bandligiga ko'maklashish strategiyasi" ishlab chiqildi. Ushbu strategiyani amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsadli ko'rsatkich va indikatorlar 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar samarali va munosib ish bilan bandlikni oshirish asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o'sishga xizmat qiladi.
O'zbekistonda demografik holatning keskinligi, aholi sonining yuqori sur'atlarda o'sishi va har yili 500 mingdan ortiq yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishi aholining barqaror ish bilan bandligi masalasini o'ta dolzarb qilib qolmoqda.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
O'zbekistonda 2021 yil 1 yanvar holatiga mehnat resurslari 19,1 mln. kishi, iqtisodiy faol aholi 14,8 mln. kishi, jami ish bilan bandlar 13,2 mln. kishi, shundan iqtisodiyotning rasmiy sektorida 5,7 mln. kishi (43,3%), iqtisodiyotning norasmiy sektorida 5,6 mln. kishi (42,8%), ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar 1,6 mln. kishi (10,5%) va chet elda ishlash uchun ketganlar 1,8 mln. kishini tashkil qildi.
O'tgan 5 yil ichida mehnat sohasida ham aksariyat jarayonlarni raqamlashtirish, mehnat statistikasini Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga moslash, uning real ko'rsatkichlarini ta'minlash, ish bilan bandlikning yangi shakllarini rivojlantirish va keng foydalanish, shaffoflikni ta'minlash va mumkin qadar aholiga barcha xizmatlarni elektron platformalar orqali qulay va tezkor amalga oshirishga erishildi.
«Aholi bandligi to'g'risida»gi Qonunning yangi tahriri 2020 yilda qabul qilindi va u to'g'ridan-to'g'ri amal qilish kuchiga ega Qonun bo'ldi. Unda davlatning bandlik sohasidagi asosiy tamoyillari aks etib, hozirgi zamon mehnat huquq normalariga asoslangan. Jumladan, mehnat bozorini tartibga solishning yangi vositalari xususan, tadbirkorlikni rag'batlantirish, o'zini o'zi band qilish, ishsizlarni kasb-hunarga o'qitish, malakasini oshirish, ish stajini hisobga olish, ishsizlik nafaqasini to'lash, ishga joylashtirish bo'yicha agentliklar, respublikadan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyati amalga oshirayotgan fuqarolar va boshqa muhim yo'nalishlardagi masalalar qamrab olindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi passiv choralardan (ishsizlik nafaqalarini to'lash) faol bandlik siyosatiga o'tmoqda (ayniqsa, yoshlar, ayollar, nogironligi bo'lgan shaxslar) va ishsizlarni kasbga, tadbirkorlikka o'qitish, mikrokreditlar va subsidiyalar ajratish orqali ularning ish bilan bandligiga ko'mak berishni keng yo'lga qo'ydi.
Ilk bor mamlakatimizda norasmiy mehnat bilan bandlik va yashirin iqtisodiyot muammolari ochiq muhokama qila boshlandi va davlatimiz tomonidan uning ko'lamini kamaytirish bo'yicha keng chora-tadbirlar qabul qilindi. Aholining norasmiy mehnat bilan bandligi hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud bo'lib, u nafaqat salbiy balki ba'zi muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topa olmagan inson resurslarini ish bilan va natijada daromad olishlarini ta'minlab, ishsizlikni kamaytiradi (nochor qolganlar uchun haqiqiy ijtimoiy himoya vositasi), qashshoqlikni oldini oladi hamda o'z daromadlarini rasmiy sektorda sarflab, ichki talabni oshishi va YaIMning o'sishiga turtki bo'ladi.
Ikkinchidan, norasmiylik ko'p hollarda biznes boshlashning bir usuli sifatida rasmiy sektorga o'tishga qadam hisoblanadi.
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1/2), Jan., 2023
Norasmiy mehnat bilan bandlik butun dunyoda keng tus olgan hodisa bo'lib, uning ko'lamini kamaytirish davlatning bu sohada tizimli kompleks siyosat olib borishini talab qiladi. Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotiga ko'ra, dunyoda 10 ta ishchidan 6 ta (ish bilan bandlarning 61%) va 5 ta korxonadan 4 tasi yashirin iqtisodiyotda norasmiy faoliyat yuritadi.
Norasmiy mehnat bilan bandlikning shakllanishini iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va madaniy omillarga ega bo'lgan hamda pirovard maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan va aksariyat hollarda majburiy ko'rinishdagi iqtisodiy faoliyat hisoblanadi (1-rasm).
1-rasm. Norasmiy mehnat bilan bandlikning kelib chiqish omillari
Norasmiy mehnat bilan bandlik yashirin iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida uning darajasini kamaytirish to'g'ridan-to'g'ri yashirin iqtisodiyot ulushini
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
qisqartirish bilan uzviy bog'liqlikni va davlatning samarali keng kompleks chora-tadbirlar orqali hal etish zaruratini ko'rsatadi.
Norasmiy mehnat bilan bandlikning yuqori darajasi mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun turli xavflarga sabab bo'lishi tufayli uni iqtisodiy xavfsizlik tizimi mezonlariga kiritish muhimligi ilmiy asoslandi. Uning yuqori darajasi mamlakat taraqqiyoti, ijtimoiy ziddiyat, teng raqobat muhiti, tengsizlik, tabaqalanishning kuchayishi, aholining rasmiy ijtimoiy tizimida to'liq qamrab olinmasligi, jamiyatda huquq tartibotiga amal qilmaslik, moliyaviy yo'qotishlar va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi (2-rasm).
Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son "Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni, 2020 yil 8 iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4742-son va 2020 yil 11 avgustdagi "Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4804-son qarorlari yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlik darajasini kamaytirishga qaratilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1/2), Jan., 2023
2-rasm. Norasmiy mehnat bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariUshbu hujjatlar yashirin iqtisodiyot va norasmiy mehnat bilan bandlik faoliyatiga ma'muriy usullar, taqiqlash orqali bartaraf etishga emas, balki uning qonun doirasida iqtisodiy jihatdan afzal bo'lgan institutsional muhit va sharoitlarni yaratish orqali shaffof faoliyat yuritishini nazarda tutadi.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
O'zbekistonda 2020 yilda norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi 2001 yilga nisbatan 52,6 foizga oshgan, iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlik 3,3 foizga kamaygan. Hisobot davrida respublikadan chet elda ishlash uchun ketganlar soni 8 martaga, ishsizlik darajasi 42 martaga, iqtisodiy faol aholi esa 62 foizga oshgan. Iqtisodiy faol aholining jami mehnat resurslariga nisbati 2001 yilda 71,6 foiz va 2020 yilda 77,3 foizni tashkil qilgan (1-jadval).
Norasmiy mehnat bilan bandlik darajasiga iqtisodiy, huquqiy omillar bilan bir qatorda ijtimoiy-demografik omillar ham ta'sir qiladi. Aksariyat hollarda mehnat bozorida aholining huquqiy savodxonligi bo'lmagan, o'rta va o'rta maxsus ma'lumotli, o'z kasbi va malakasi bo'yicha iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topa olmagan guruhlari norasmiy mehnat munosabatlariga kirishadilar.
O'zbekistonda norasmiy mehnat bilan bandlarning ijtimoiy-demografik holatini tahlili ularning 32,1 foizi - umumiy o'rta, 61,1 foizi - o'rta-maxsus va 6,8 foizini -oliy ma'lumotli shaxslar tashkil qilishi aholining ma'lumot va malaka darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, mehnat bozorida norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi mos holda kam bo'lishini ko'rsatmoqda.
Dunyoda ishsizlik global muammo sanaladi. Xalqaro mehnat tashkiloti ishsiz insonni baxtsiz inson deya e'lon qildi. Shuni o'zidan ko'rinib turibdiki inson nafaqat moddiy balki ma'naviy ehtiyojlariniyam qondirishi uchun mehnat qilishi kerak. Bundan tashqari inson mehnat qilish orqali turmush sharoitini yaxshilaydi. Jamiyatga va davlatga foyda keltiradi. Kelajak avlodni nafaqat ta'minlaydi balki kelajak avlod uchun muhim poydevor quradi.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub maqsadi - bu inson farovonligi, uning munosib turmush darajasini ta'minlash hisoblanadi. Bu esa, o'z navbatida davlat tomonidan aholining samarali ish bilan band bo'lishiga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishi, shu jumladan, tadbirkorlar uchun qulay biznes yuritish muhiti, investitsiya, soliq siyosati, shaffoflik, sud-huquq tizimining adolatli bo'lishi kabi omillarga bog'liq. Chunki mamlakatmizda yaratilayotgan ish o'rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to'g'ri keladi va aynan iqtisodiyotning taraqqiyoti kichik va o'rta biznesning rivojlanishi bilan bog'liq.
Mamlakatimizda boshlangan tub islohotlarning asosini 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi tashkil etadi va unda aholining ish bilan bandligi masalasi alohida o'rin tutadi.
Shuningdek, Mehnat kodeksi ham ilg'or mamlakatlar tajribasi asosida qayta ishlandi va turli muhokamalardan o'tib, 2021 yilda qabul qilinishi belgilangan. Unda mehnat munosabatlarini tartibga solishning zamonaviy usullari, ish beruvchi va
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
yollangan xodim o'rtasida, ijtimoiy sherikchilik, yakka tartibdagi mehnat munosabatlar va boshqa masalalar o'z yechimini topgan.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyulda "O'zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada PQ-3839-son va 2020 yil 15 sentyabrda takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4829-son qarorlari qabul qilindi.
2. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son "Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni, 2020 yil 8 iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4742-son va 2020 yil 11 avgustdagi "Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4804-son qarorlari yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlik darajasini kamaytirishga qaratilgan.
3. Abdurahmonova G . Inson resurslarini boshqarish 2020.