Научная статья на тему 'INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BAHOLASH'

INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
22
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
global rivojlanish / raqamli iqtisodiyot / raqamli texnologiyalar / inson kapitali / milliy boylik / innovatsion rivojlanish / bilimlarga asoslangan jamiyat / iqtisodiy farovonlik. / global development / digital economy / digital technologies / human capital / nationalwealth / innovative development / knowledge-based society / economic prosperity.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Saloxitdinov Sherzod Farxodovich

Bugungi kunda global rivojlanish iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’yektlar oldiga o‘z faoliyatlarini raqamlashtirish vazifasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Raqamlashtirish alohida shaxs, mikro, mezo va makro darajada iqtisodiy faoliyat samaradorligin oshirishning muhim manbai hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida inson kapitalini rivojlantirishmasalalari bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT OF DIGITAL DEVELOPMENT OF HUMAN CAPITAL

Today, global development sets economic entities the task of digitizing their activities. Digitalization is an important source of increasing the efficiency of economic activity at the individual, micro, meso and macro levels. Based on this, this article will address the issues of human capital development in the context of digitalization.

Текст научной работы на тему «INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BAHOLASH»

INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BAHOLASH

Saloxitdinov Sherzod Farxodovich

Jizzax politexnika instituti assistenti

Annotatsiya: Bugungi kunda global rivojlanish iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub'yektlar oldiga o'z faoliyatlarini raqamlashtirish vazifasini dolzarb qilib qo'ymoqda. Raqamlashtirish alohida shaxs, mikro, mezo va makro darajada iqtisodiy faoliyat samaradorligin oshirishning muhim manbai hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida inson kapitalini rivojlantirish masalalari bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: global rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, inson kapitali, milliy boylik, innovatsion rivojlanish, bilimlarga asoslangan jamiyat, iqtisodiy farovonlik.

ОЦЕНКА ЦИФРОВОГО РАЗВИТИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА

Салохитдинов Шерзод Фарходович

Ассистент Джизакского политехнического института

Аннотация: Сегодня глобальное развитие ставит перед экономическими субъектами задачу оцифровки их деятельности. Цифровизация является важным источником повышения эффективности экономической деятельности на индивидуальном, микро, мезо и макроуровне. Исходя из этого, в данной статье будут рассмотрены вопросы развития человеческого капитала в условиях цифровизации.

Ключевые слова: глобальное развитие, цифровая экономика, цифровые технологии, человеческий капитал, национальное богатство, инновационное развитие, общество, основанное на знаниях, экономическое процветание.

ASSESSMENT OF DIGITAL DEVELOPMENT OF HUMAN CAPITAL

Salokhitdinov Sherzod Farkhodovich

Assistant teacher of the Jizzakh Polytechnic Institute assistant

Abstract: Today, global development sets economic entities the task of digitizing their activities. Digitalization is an important source of increasing the efficiency of economic activity at the individual, micro, meso and macro levels. Based

on this, this article will address the issues of human capital development in the context of digitalization.

Keywords: global development, digital economy, digital technologies, human capital, national wealth, innovative development, knowledge-based society, economic prosperity.

KIRISH

Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar orasida nisbat o'zgarayotganini yaqqol ko'rsatmoqda. Jahon banki dunyoning "141 ta davlat misolida global milliy boylik tarkibini tadqiq etish davomida inson kapitalining uning umumiy qiymatidagi ulushi 64 %ni tashkil etishi va so'nggi 20 yil davomida uning hajmi 55 % ga o'sgani ma'lum bo'lgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a'zo bo'lgan yuqori daromadli mamlakatlarda inson kapitalining milliy boylikdagi ulushi 70 %ni tashkil etgan bo'lsa, quyi daromadli mamlakatlarda uning hissasi 41 %ga to'g'ri keldi"[1]. Aynan inson kapitalidagi farqlar mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, aholi turmush farovonligi va umuman, inson taraqqiyotidagi farqlarni belgilab bermoqda, xususan, "mamlakatlar o'rtasida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlardagi farqlarning 10-30 % aynan inson kapitali bilan izohlanishi"[2] ma'lum bo'lmoqda. Ta'kidlash lozimki, bugungi kunda iqtisodiy o'sish

omillari o'zgarmoqda. An'anaviy omillar (mehnat, er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar o'rniga fan va ta'lim, ya'ni umumlashtirib aytilganda millatning intellekti bo'lgan omillar birinchi o'ringa chiqmoqda.

O'zbekistonda milliy boylik tarkibida inson kapitali ko'rsatkichining ulushi 62% ni tashkil qiligani holda, jahon banki mutaxassislarining fikriga ko'ra dunyo mamlakatlari bo'yicha milliy boylik tarkibida jismoniy kapitalning ulushi o'rtacha 16% ni, tabiiy kapital - 20% ni, inson kapitali - 64% ni tashkil etadi (Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya singari taraqqiy etgan mamlakatlarda milliy boylik tarkibida inson kapitali ulushi 80% ga yetadi).

Bugungi kunda inson kapitalining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash borasidagi jarayonlarga ta'sirini o'rganishga qiziqish kun sayin ortib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Bu borada tadqiqotchilar tomonidan ko'p sonli ilmiy izlanishlar olib borilgan bo'lsada, "inson kapitali" kategoriyasini aniqlashtirishda muayyan noaniqliklar saqlanib qolmoqda, shu bilan birga, uning tashkil etuvchilariga hanuz to'liq oydinlik kiritilmagan, milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishiga inson kapitalining ta'siri miqdor jihatdan baholanmagan. Yangicha iqtisodiy munosabatlarning tarkibi topishi sharoitida milliy iqtisodiyotda

inson kapitalidan foydalanish va uning sifatini ta'minlash uslubiyoti borasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining salmog'i yetarlicha emas.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Inson kapitali nazariyasiga mustaqil nazariya sifatida XX asrning 50-60-yillarida Chikago maktabi namoyondalari tamonidan asos solingani holda Bekker (1962), Mincer (1958), Polachek (1974) ishlarida uning nazariy va uslubiy asoslari shakllantirildi va yanada rivojlantirildi. Bundan tashqari, inson kapitalining iqtisodiy o'sish sifatiga ta'siri bo'yicha tadqiqot olib borgan g'arb iqtisodchi olimlari sirasiga Agiyon, Meghir (2004) va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Bu tadqiqotlarda, inson kapitalining iqtisodiy o'sish sifatiga ta'sirini zamonaviy fan nuqtai-nazaridan yondashgan va innovatsion faoliyat ko'lamidan o'sib boruvchi samaradorlikni hisobga olib, o'zida endogen iqtisodiy o'sish nazariyalarini mujassamlashtirgan Agiyon (2004)ning tadqiqotlari muhim o'rin tutadi.

O'z navbatida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan ham mazkur muammoning turli jihatlarini tadqiq qilishga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda. Jumladan akademiklar Ubaydullaeva (2017), Abduraxmonov (2017) va G'ulomov (2019) inson kapitalining turli jihatlarini tatqiq etganlar. So'nggi yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Akramova (2019) tomonidan yaxlit bir tizim sifatida talqin qilinuvchi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga inson kapitalining ta'siri masalalari atroflicha o'rganilgan.

Mazkur tadqiqotlar O'zbekistonda inson kapitali rivojlanishini baholash masalalariga ulkan hissa qo'shgan bo'lsada, yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishning zarurati mazkur ilmiy- tadqiqot ishi mavzusini tanlashga asos bo'lib xizmat qiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Inson kapitalining raqamli rivojlanishini baholash, raqamlashtirish jarayonlarining korxonalarning inson kapitali sifati va korxona yakuniy natijalariga ta'sirini tadqiq qilishda inson kapitalining shakllanishi va rivojlanishi masalalariga katta e'tibor qaratgan olimlar va soha mutaxassislarining ilmiy asarlaridan keng foydalanildi. Maqolada ilgari surilgan fikrlarni asoslash maqsadida tadqiqot ishida guruhlash, taqqoslash, iqtisodiy-matematik modellashtirish usullariga urg'u beriladi.

TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi korxonalarni qayta tashkil etishga undaydi va inson kapitalining tarkibiy va mazmunan tashkil etuvchilariga yangi talablarni

qo'ygan holda ish o'rinlariga tarkibiy talabni shakllantiradi. Zero, mahsuldorlikning yuqori o'sishini ta'minlash borasida yangi texnologiyalarning paydo bo'lishi va uning rivojlanishi asnosida xodimlar va foydalanuvchilar yangi ko'nikma va qobiliyatlarga muhtojlik sezadilar. Raqamli inson kapitalini rivojlantirishning global chaqiriqlarining asosiy tamoyili -bu raqamli muhitda muvaffaqiyatga erishishda ustuvor bo'lgan ko'nikmalar guruhiga bo'lgan qarashlarni o'zgartirish hisoblanadi.

IHTTning "Raqamli iqtisodiyot istiqbollari 2017"[3] hisobotida raqamlashtirish biznes innovatsiyalarini rivojlantirishning katalizatori sifatida ko'rib chiqiladi. Raqamlashtirish keng imkoniyatlar taqdim etishi bilan bir qatorda, u bir qator muammolarni ham paydo qiladi, xususan, kompaniyalar samaradorlikni oshirish borasida raqamlashtirishdan qanday foydalanish va raqamli muhitda xodimlarni qanday rivojlantirishni anglab etishlari lozim bo'ladi. Biroq, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning o'sish sur'ati raqamli ko'nikmalarni o'zlashtirishning o'sish sur'atlaridan orqada qolmoqda. Jumladan, IHTT ma'lumotlariga ko'ra, hozirda 55-65 yoshdagi to'liq o'rta ma'lumotga ega bo'lmagan va past malakali insonlar hatto asosiy raqamli ko'nikmalar va kompyuterda ishlash malakasiga ham ega emaslar.

Ushbu toifadagi katta yoshdagi aholi orasida mazkur ko'nikmalarning etishmasligi ularni inson kapitalidan foydalanishdagi hozirgi texnologik o'zgarishlar va yangi tarkibiy talablar bilan bog'liq bo'lgan ish joylarini yo'qotishning risk guruhiga tushib qolish ehtimolini oshiradi. Shunday qilib, mehnat bozoridagi tarkibiy texnologik o'zgarishlar, birinchi navbatda, raqamli ko'nikmalarga ega bo'lgan va rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotda ishlash uchun zarur bo'lgan malakalarini oshirishga tayyor bo'lmagan ishchilarga ta'sir qiladi.

2015-yilda o'tkazilgan PIAAC tadqiqotining tahliliy natijalari ishsizlik riski va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda muammolarni hal qilish ko'nikmalarining rivojlanish darajasi o'rtasida bevosita bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish darajasiga qarab aholining bandligi 1-rasmda keltirilgan.

AKT sohasida tajriba yo'q 1 darajadaii past 1-daraja 2va3daraja

■ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) rivojlanish darajasiga qarab aholibandligi

1-rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish darajasiga

qarab aholini ish bilan ta'minlash [4]

Ko'rinib turibdiki, texnologik jihatdan to'yingan raqamli muhitda professional vazifalarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'lgan xodim-largina ishsizlar guruhiga tushib qolish xavfidan yuqori darajada himoyalangan.

Raqamli kompetentsiya, raqamli muhitda muammolarni hal qilish va hamkorlik-bu 2018-yil yanvar oyida kuchga kirgan raqamli ta'limni rivojlantirish bo'yicha harakatlar rejasi (DEAP) doirasida Yevropa komissiyasining diqqat markazida bo'lgan korxona inson kapitalining tarkibiy va muhim qismlari hisoblanadi[5].

Jahon iqtisodiy forumi materiallari va korporativ tahliliy xizmatlarning hisobotlarida asosiy ko'nikmalar guruhlarini transformatsiya qilish bo'yicha o'xshash vazifalar ta'kidlangan. Korxonalar xodimlarining kompetentsiyalariga bo'lgan talab 2-rasmda keltirilgan.

Ko'rinib turibdiki, IBM Institute for Business Value instituti tomonidan kompaniyalar o'rtasida o'tkazilgan so'rovlar natijasiga ko'ra, barcha respondentlarning 61 foizi xodimlarning eng ko'p talab qilinadigan kompetentsiyalari kompyuterda ishlash ko'nikmalari ekanligini qayd etishgan, ixtisoslashgan tarmoq bilimlari blan bog'liq kompetentsiyalar esa atigi 20% ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, sun'iy intellektni rivojlantirish, tashkiliy tuzilmalarni o'zgartirish va avvalambor, o'zgarish tezligining oshishi kompaniya xodimlariga yangi talablarini belgilaydi.

Bugungi kunda kompaniyalar uchun ularning o'tgan davrlarda erishgan natijalari unchalik ham muhim emas, ular kelgusida muvaffaqiyatni ta'min etuvchi

tajriba va ko'nikmalar haqida so'z yuritishni afzal biladilar. Kelajakda muvaffaqiyatni kafolatlaydigan ko'nikma va fazilatlarga ega bo'lish muhimdir. Kerakli fazilatlar ro'yxati muttasil tarzda yangilanib boradi. Dunyoning etakchi ish beruvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovlar zaruriy "kelajak ko'nikmalari" turli-tuman ekanligini ko'rsatadi.

2-rasm. Korxona xodimlarining asosiy kompetentsiyalariga bo'lgan talab, % [6]

Kutilmalar ro'yxatiga dasturlash qobiliyati va hissiy intellekt kabi turli xil jihatlar kiradi (Arntz and other 2016). Qo'l mehnati bilan bir qatorda moliya va moddiy resurslarni boshqarish qobiliyati o'z ahamiyatini yo'qotadi.

McKinsey Global Institute tahliliy tadqiqotiga ko'ra korxonalar xodimlari uchun zarur bo'lgan kompetentsiyalarga bo'lgan talabning joriy va istqbol baho-lashlari

3-rasmda keltirib o'tilgan.

Ko'rinib turibdiki, kompaniyada turli darajadagi raqamli kompetentsiyalarga ega bo'lgan yuqori darajadagi xodimlar uni raqobatdosh ustunlik bilan ta'minlaydi. Yuqorida aytilganlarning barchasi inson kapitalini boshqarishda yangi yo'nalish -bilim va ko'nikmalar to'plami, ijodiy komponent, lateral fikrlash, raqamli iqtisodiyotning VUCA- muhitida ishlash qobiliyati bilan belgilanadigan inson kapitalining raqamli rivojlanishi zarurligi, shuningdek, raqamli iqtisodiyotning yangi chaqiriqlariga moslashish asosi sifatida xulq-atvorning moslashuvchanligi dolzarb qilib qo'yadi.

Maxsus sanoat bilimlari 70

Etika va halollik

Jamoaviy ish

■ joriy talab ■ kelgusida

52

3-rasm. 2030-yilgacha bo'lgan muddatda kompetentsiyalarga bo'lgan talab, %

[7]

Xulq-atvorning moslashuvchanligi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida inson kapitalini rivojlantirishning asosiy omilidir. Biologik turlarning evolyutsiyasi va omon qolishi yoki zamonaviy inson o'zgaruvchan dunyo sharoitlariga qanday moslashishidan qat'i nazar, u turli darajalarda o'zini namoyon qiladi. Xulq-atvorni o'zgartirish asnosida inson kapitali tashqi muhit chaqiriqlariga moslashib boradi. Xulq-atvor umumiy ma'noda atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlarning shakllangan va qat'iy usuli sifatida tushuniladi. Shu bilan birga, qiyinchiliklarga javoban (masalan, o'zgaruvchan sharoitlar yoki yangi omillarning paydo bo'lishi) harakat rejimi o'zgaradi. Bu atrofda sodir bo'layotgan voqealarga moslashuvchan javob berish va muvaffaqiyatli strategiyalarni tanlash imkonini beradi.

Har bir yangi narsani o'rganish-bu xulq-atvorning o'zgarishi demakdir. Avval mavjud bo'lmagan ko'nikma va malakalarga ega bo'lish uchun siz hatti-harakat tarzini o'zgartirish talab qilinadi. Olingan tajriba (o'qigan, ko'rgan, eshitgan, o'ylagan va qo'llaniluvchi hamma narsa) ta'siri ostida miya tuzilmalari yangi axborot kanallarini yaratadi va o'rganish amalga oshadi.

Xulq-atvor moslashuvchan funktsiyani bajaradi, bu tananing o'zini yo'qotmasligi va kutilmagan omillar ta'siri ostida rivojlanishni to'xtatmasligiga imkon beradi. Moslashish va kompensatsiya jarayonlarini boshlagandan so'ng, organizm yoki tuzilma yanada murakkablashadi va rivojlanadi. Tana qancha ko'p ma'lumotni saqlashi, o'zlashtirishi va qo'llashi mumkin bo'lsa, u shunchalik murakkab bo'ladi. Inson miyasi 100 milliardga yaqin neyronlardan iborat bo'lib, ular

bir-biri bilan bog'lanib, taxminan 100 trillion aloqadan iborat tarmoq hosil qiladi. Impulslar (ma'lumotlar)ning uzatilishi sinaps neyronlarning maxsus aloqa nuqtasi yordamida sodir bo'ladi.

Ushbu birikmalar kompyuterning operativ xotirasi bilan o'xshash funktsiyalarga ega bo'lgan miyaning qisqa muddatli xotirani saqlash uchun mas'ul bo'lgan qismi gippokamp to'qimasini hosil qiladi. AQShning Solk biologik tadqiqotlar institutida amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar inson miyasi petabayt ma'lumotni saqlashi mumkinligini tasdiqlaydi - bu deyarli butun Internet tarmog'iga teng demakdir. Axborotni olish va o'zlashtirishga ongli yondashuv odamga miyasida mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanishga va tezroq va samaraliroq o'rganishga yordam beradi.

Kerakli ko'nikmalarni rivojlantirish mavzusida global kompaniya-larning 5600 nafar menejerlari o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra: korxonalarning atigi 49 foizi zarur ko'nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish va saqlash uchun javobgardir; respondentlarning 39 foizi o'z-o'zini tarbiyalash yo'nalishi bo'yicha xodimlarning o'zlariga javobgar-likni yuklaydilar; 78% respondentlar kasbiy mahoratni shakllantirish va rivojlantirish borasida davlatning mas'ul ekanligini ta'kidlashadi.

Shu bois, korxonalar rahbarlari va xodimlarining inson kapitalini raqamli rivojlantirish uchun zarur bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash uchun javobgarligini tushunib etmasliklari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida inson kapitalini boshqarish sohasida jiddiy muammo hisoblanadi.

Oliy ta'lim tizimini raqamlashtirish jarayoni sifatiga yangicha o'qitish mexanizmining asosiy omillaridan samarali foydalanish holatidagina erishish mumkin: 1) ta'lim dasturlarini diversifikatsiya qilish; 2) o'qituvchilarning raqamli texnologiyalarni qabul qilish va ulardan faol foydalanish borasida xabardorligining o'zgarishi; 3) inson kapitalining raqamli rivojlanishi sharoitida fan va biznesning integratsiyalashuvi.

Shu tariqa, zamonaviy ta'limning asosiy vazifasi raqamli muhitdagi o'zgarishlarga javob beradigan moslashuvchan ta'lim tizimini shakllantirish va inson kapitalining raqamli rivojlanishining alohida (shaxsiylashtirilgan) traektoriyalarini amalga oshirish uchun sharoit yaratishdan iboratdir.

Raqamli ta'limning turli tiplari va ko'rinishlari orqali inson kapitalining shaxsiylashtirilgan va moslashuvchan raqamli rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish mumkin bo'ladi.

78

Davlat Oliy ta'lim Xususiy sektor O'rtata'lim Alohida

muassasalari muassasalari shaxslar

4-rasm. Zarur ko'nikma va bilimlarni qo'llab-quvvatlash uchun mas'ullar [8]

Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi yangi axborot-ta'lim muhitini modellashtirishga olib keladi. Bugungi kunda ta'lim tizimi o'qitishda innovatsion usullardan foydalanishga yo'naltirilgan-likni talab qiladi. Faxrutdinova (2014): "yangi axborot texnologiyalari talabaning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik vazifalarni hal qilishga imkon beradi". Oliy ta'limdagi axborot texnologiyalari asrida shuni ta'kidlash kerakki, raqamli ta'limdan foydalanish ta'lim davomida hamroh bo'ladigan kommunikativ, ijtimoiy va kognitiv jarayonlarni qo'llab-quvvatlashga imkon beradi.

XULOSA

1. Ilmiy jamoatchilikda inson kapitalining qiymati va uning ta'lim tarkibiy qismi to'g'risida munozaralar hanuz davom etmoqda, shu bilan bir qatorda, har bitta tadqiqotchi ushbu nazariyaning shakllanishiga hissa qo'shmoqda. Inson kapitali qiymati nazariyasi haqidagi bilimlarni tadqiq qilish va tizimlashtirish shuni ko'rsatdiki, inson kapitalidagi barcha turdagi xarajatlar tarkibida uni o'lchashda eng muhimi ta'lim xarajatlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan ta'limni inson kapitalining muhim hal qiluvchi omili sifatida baholashning kontseptual yondashuvlariga katta e'tibor qaratiladi.

2. Raqamli iqtisodiyotda korxona xodimlarining inson kapitalini boshqarish metodologiyasi doirasida unga investitsiyalarning asosiy shakli raqamli ta'lim bo'lib, u barcha professional guruhlar va xodimlar toifalari uchun zarurdir, chunki raqamli iqtisodiyotda aynan raqamli axborotni boshqarish, saqlash, uzatish va qayta ishlash

bo'yicha raqamli bilimlar asosiy ishlab chiqarish resursi hisoblanadi.

3. O'zaro tajriba almashish bugungi kunda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida yangi yo'nalish - inson kapitalining raqamli rivojlanishini boshqarish to'g'risida gapirishga imkon beradi. Raqamli iqtisodiyotning asosiy xususiyati VUCA-o'zgaruvchanlik, noaniqlik, murakkablik va ko'p qirralilik hisoblanadi. Shu bois, inson kapitalini raqamli rivojlantirishda boshqarishning an'anaviy strategiyasidan VUCA -strategiyaga o'tish talab qilinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Lange, Glenn-Marie, Quentin Wodon, and Kevin Carey, eds. 2018.

2 World Bank Group. Human Capital: A Project for the World, 2018. October,

13

3 https://www.oecd.org/digital/oecd-digital-economy-outlook-2017-9789264276284-en.htm

4 PIAAC. Survey of Adult Skills / OECD. - 2015.

5 European Commission. The Digital Economy and Society Index (DESI) / European Commission.; European Union. Digital Education Action Plan / European Commission. - 2018.

6 IBM Institute for Business Value «Facing the storm. Navigating the global skills crisis, 2016»

7 McKinsey Global Institute «A future that works: automation, employment and productivity, 2017»

8 IBM Institute for Business Value «Facing the storm. Navigating the global skills crisis, 2016»

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.