Научная статья на тему 'INNOVATSION RIVOJLANISHNING ASOSIY DRAYVERLARI'

INNOVATSION RIVOJLANISHNING ASOSIY DRAYVERLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
17
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yosh avlod / ilm-fan / innovatsion rivojlanish / taraqqiyot strategiyasi / Adolatli ijtimoiy siyosat / inson kapitali / oliy o‘quv yurtlari / ilmiy tadqiqot ishlari. / young generation / science / innovative development / development strategy / fair social policy / human capital / higher education institutions / research work.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Tursunboy, Sultonov

Ushbu maqolada yosh avlod ilm-fan va innovatsion bilimlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari bayon etilgan. Unda asosan O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar, oliy ta’lim tizimi va ularda ilmiy tadqiqot ishlari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN DRIVERS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT

This article outlines the current issues of the development of science and innovative knowledge of the younger generation. It will consider the priorities of the fourth direction of the development strategy of Uzbekistan for 2022-2026, related to the implementation of a fair social policy, the development of human capital, the higher education system and research work in them.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION RIVOJLANISHNING ASOSIY DRAYVERLARI»

INNOVATSION RIVOJLANISHNING ASOSIY DRAYVERLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11642851

Sultonov Tursunboy

TDIU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi v.b. professori, f.f.d.(DSc),

tel: (90) 940-04-24 [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yosh avlod ilm-fan va innovatsion bilimlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari bayon etilgan. Unda asosan O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining to 'rtinchi yo 'nalishi Adolatli ijtimoiy siyosatyuritish, inson kapitalini rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan ustuvor yo'nalishlar, oliy ta'lim tizimi va ularda ilmiy tadqiqot ishlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: yosh avlod, ilm-fan, innovatsion rivojlanish, taraqqiyot strategiyasi, Adolatli ijtimoiy siyosat, inson kapitali, oliy o'quv yurtlari, ilmiy tadqiqot ishlari.

АННОТАЦИЯ

В данной стате изложены актуалные вопросы развития науки и инновационных знаний подрастающего поколения. В нем будут рассмотрены приоритеты четвертого направления стратегии развития Узбекистана на 2022-2026 годы, связанные с проведением справедливой сотсиалной политики, развитием человеческого капитала, системы высшего образования и научно-исследователской работы в них.

Ключевые слова: молодое поколение, наука, инновационное развитие, стратегия развития, справедливая сотсиалная политика, человеческий капитал, высшие учебные заведения, научно-исследователская работа.

ABSTRACT

This article outlines the current issues of the development of science and innovative knowledge of the younger generation. It will consider the priorities of the fourth direction of the development strategy of Uzbekistan for 2022-2026, related to the implementation of a fair social policy, the development of human capital, the higher education system and research work in them.

Keywords: young generation, science, innovative development, development strategy, fair social policy, human capital, higher education institutions, research work.

KIRISH.

Agar taraqqiy etgan davlatlar tajribasiga nazar tashlasak, bu yuksalish zamirida ilm-fanni tubdan rivojlantirish turganligiga guvoh bo'lamiz. Misol uchun, Yaponiya ikkinchi jahon urushidan keyin judayam og'ir ahvolga tushib qolgan edi. O'sha paytda bu o'lkada asosiy e'tibor insonning "boshini to'ydirish", ya'ni unga kuchli bilim berishga qaratildi. Natijada ilm-fan taraqqiyotiga ajratilgan sarmoya o'zining ijobiy samarasini ko'rsatib kelyapti. Shu boisdan ham davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev (2016 yil 30 dekabr) mamlakatimizning etakchi ilm-fan namoyondalari bilan uchrashuvida qayd etganidek, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bugun jahonning etakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni zamonning o'zi talab qilmoqda. "Mamlakatimizda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun avvalo yosh, iqtidorli kadrlar zarur,... Ilm-fan yutuqlarini jamoatchilik, avvalo, yoshlarimiz o'rtasida keng ommalashtirish, bu sohaga ularning e'tiborini va qiziqishini kuchaytirish bo'yicha biz hali ko'p ish qilishimiz zarur" [1.173-177]. Buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy aytganidek, "dunyoda ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay".

So'nggi yillarda ilm-fan va innovatsiyalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. Jumladan, 20182021 yillarda ilmiy-innovatsion faoliyat sohasida 2 ta qonun, Prezidentning 5 ta Farmoni va 26 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 35 ta qarori va 7 ta farmoyishi qabul qilindi.

Bugungi kunda O'zbekiston fuqarolari 30 mingdan ko'pi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullanadi, ularning 27 mingdan ortig'i oliy ma'lumotga ega. 2021 yilda mamlakat byudjetidan faqat innovatsion rivojlanish va navatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash, ob'ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun 239 milliard so'mdan oshiq mablag' ajratildi. 2022 yilda bu ko'rsatkich 671 milliard so'mdan ortiqni yoki Davlat byudjeti xarajatlarining 0,39 foizini tashkil etadi [2.88(8150)].

Bugungi kunda mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishning barqaror tizimi yaratildi. Yurtimizda ilmiy-tadqiqot muassasalari, vazirlik va idoralar hamda respublika miqyosida ilmiy-texnik va eksport kengashlari shaklidagi ko'p tarmoqli ilmiy-tashkiliy infratuzilma faoliyat yuritmoqda. Bir qator yangi ilmiy-innovatsion tuzilmalar - Genomika va bioinfarmatika markazi, Xalqaro quyosh energiyasi instituti, Kembrij universiteti ishtirokida yuqori texnologiyalar markazi faoliyati yo'lga qo'yildi.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tizimida Fanlar akademiyasi haqli ravishda fundamental tadqiqotlar etakchisi sifatida alohida o'rin egallaydi. Hoziгgi vaqtda Fanlar akademiyasi tizimida salmoqli intellektual salohiyat mujassamlashgan. Chunki zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko'tarishni talab qilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil 17 fevralda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va rag'batlantirish to'g'risidagi Faгmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o'mini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini xar tomonlama qo'llab-quvvatlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag'batlantirish maqsadida Ыг qatoг muhim chora-tadbirlar belgilandi.

O'zbekiston Pгezidentining 2017 yil 17 fevraldagi "Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaгoгi ilm-fan sohasida to'planib qolgan muammolami hal etishga qaratilgan keng ko'lamli aniq maqsadli ishlar amalga oshiгilishi ko'zda tutildi. Mazkur qaгoг munosabati bilan zamonaviy talablar asosida Fanlar akademiyasining asosiy vazifa va faoliyatining ustuvor yo'nalishlari belgilab berildi.

1. Ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yanada mustahkamlash maqsadida Fanlar akademiyasi tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari tashkil qilinib, qator masalalar akademiya tasairufiga qaytarildi. Bu tuгli fan tarmoqlari bo'yicha mavjud ilmiy salohiyatni mujassamlashtirib ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish imkoniyati yuzaga keldi.

2. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tashkiliy tuzilmasi yanada takomillashtirildi. Uning tarkibida fizika-matematika, texnika fanlari, kimyo-biologiya fanlari, ijtimoiy-gumanitaг fan bo'limlari, Fanlaг akademiyasining Navoiy bo'limi tashkil etildi.

3. Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston va Navoiy bo'limlaгi, Xorazm Ma'mun akademiyasi гaislaгi mavqei akademiya vitse-prezidenti darajasiga tenglashtirildi.

4. Ilmiy-tadqiqot muassasalarining xo'jalik va tadbiгkoгlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foiz ajratmalari hisobiga shakllanadigan, salmoqli natijaga erishgan fan ilmiy xodimlaгini гag'batlantiгish jamg'armasi tashkil etildi.

5. O'zbekiston Bosh vaziri гahbaгligida Fan va texnologiyalar bo'yicha davlat komissiyasi tuzilib, uning zimmasiga ilmiy-texnika sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilib, uning ustuvor yo'nalishlari belgilandi.

6. Fan va texnologiyalar bo'yicha davlat komissiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan Ilmiy - texnik faoliyatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg'armasi tashkil etilib, quyidagi maqsadga yo'naltirildi.

1) ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida yangi tipdagi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tashkil etildi;

2) olimlarimiz tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob'ektlarini chet elda ro'yxatdan o'tkazish xarajatlarini qoplay boshlandi;

3) zamonaviy laboratoriyalarni ilmiy asbob va uskunalar bilan uzluksiz ta'minlash yo'lga qo'yildi;

4) ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining jahon etakchi ilmiy elektron ma'lumotlar bazasidan erkin foydalanish uchun sarflanmoqda;

5) yosh olimlarning etakchi xorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish yo'lga qo'yildi [3.13(6707)].

Umuman, iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini ta'minlashda ilm-fanning rolini kuchaytirishda amalga oshirilayotgan tizimli mantiqiy davomi bo'lib, 20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakat strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi "Oliy o'quv yurtlaridan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, nomzodlik va doktorlik ilmiy darajasini berish qayta ko'rib chiqildi.

Ta'lim tizimining tarkibiy qismi bo'lgan oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish, ta'lim va ilm-fan sohalarini sifat jihatdan rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb eta boshlandi. Farmon bilan 2017 yilning 1 iyulidan boshlab mamlakatimizda oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning ikki pog'onali tizimi joriy qilindi. Ushbu farmon oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlari kengaytirildi. 2017 yil 22 maydagi "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori esa, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limga qo'yiladigan talablar, oliy o'quv yurti (OO'Yu)dan keyingi ta'lim to'g'risidagi Nizom hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar davlat attestatsiyasiga oid muhim qoidalar tasdiqlandi.

Ilmiy darajalar berish tartibi to'g'risida Nizomda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertasiyalari, nashr ishlariga qo'yiladigan talablar aniq belgilab berildi. Shu bilan birga farmasevtika fanlari bo'yicha dissertasiya himoya qilish -farmasevtika sohasi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslarga ruxsat etilish qoidasi kiritildi. Undan tashqari, tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa xulosasi va

Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida muhim ilmiy yangilikka ega, impakt-faktori yuqori va xalqaro tizim ro'yxatiga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy -gumanitar fanlar bo'yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga eksperiment tariqasida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilib kelinmoqda. Shuningdek, 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo'yicha talablar bajarilgan holda eksperiment tariqasida fan doktori (DSc) ilmiy darajasi berilmoqda. Yana bir ahamiyatli jihati, ilk bor muhim ilmiy yangiliklar yaratgan va katta ahamiyatga ega bo'lgan uchtagacha ixtiro patentiga ega muallifga falsafa doktori (PhD) va uchtadan ortiq ixtiro patenti muallifga esa fan doktori (DSc) ilmiy darajasini dissertasiya himoyasisiz berish qoidasi kiritildi [4.69(9030)].

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev etakchi ilm-fan namoyondalari bilan bo'lgan muloqotda ko'p masalalar muhokama qilinib, taklif va mulohazalar o'rtaga tashlandi, ya'ni quyidagi dolzarb masalalar tilga olindi:

1. Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida e'tirof etilgan olimlar ko'pligi, ular o'z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim.

2. Jahonning etakchi institutlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish kerak. O'zbek olimlari juda ham katta zaxira to'plaganlar, uni takomillashtirish zarur.

3. Yuqori salohiyatga ega kadrlar tayyorlash masalasini takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash dunyo darajasidagi yangi olimlar avlodini tarbiyalash darkor.

4. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Aynan ular orqali yangi bilimlar o'zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusidagi amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratilmoqda.

5. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmog'i taraqqiyotida katta o'rin tutadi. Davlat esa bu yo'lda, avvalo, olimlarga suyanadi. Chunki, ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida integratsiya bo'lishi dolzarb masala.

6. O'zbek xalqining tarixiy, madaniy va intellektual merosini ko'z-qorachig'idek asrab-avaylash hamda ko'paytirish, shuningdek, yosh avlodni umuminsoniy va milliy an'analar hamda qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor zarur. Ta'kidlash kerakki, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Fanlar akademiyasi a'zolari bilan o'tkazilgan uchrashuv va muloqot davomida qat'iy ishonch bilan ikkita asosiy vazifani hal etish lozimligini bayon etdi:

Birinchi - ilmiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini ilg'or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofiq sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart.

Ikkinchi - akademiklarni har taraflama qo'llab-quvvatlash, jumladan moddiy rag'batlantirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish [5].

Mamlakatimizda innovatsiyalarni joriy etish ishlari tizimli yo'lga qo'yilmagan bo'lib, bunda quyidagi muammolar mavjudligi aniqlandi:

1. Davlat dasturlarida zamonaviy va innovatsion texnologiya yutuqlari, rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilib o'rganilmasdan kelingan.

2. Innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni strategik prognoz qilib, uni qo'llab-quvvatlaydigan yagona organ yo'qligi.

3. Innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklar imkoniyatlari tatbiq etilmagan, innovatsion mahsulotlarni joriy etish infratuzilmasiga e'tibor yo'qligi.

4. Yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni joriy etish bo'yicha tizimli va maqsadga yo'naltirilgan faoliyat yo'lga qo'yilmaganligi aniqlandi.

5. Innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bo'yicha yuqori salohiyatga ega xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik past darajada.

Mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. 2023 yili yanvaridan boshlab bu vazirlik O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.

Endilikda vazirlikning ilmiy-texnikaviy yo'nalishlar va iqtisodiyot tarmoqlarining dolzarb muammolari kesimida ishlab chiqqan qator muhim fundamental va amaliy tadqiqot loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur va loyihalarning amalga oshirishida tadqiqotchi olimlar hamda injenerlar uchun moliyaviy, texnikaviy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilmoqda. So'nggi besh yillik davrda davlat byudjetidan ilm-fanga ajratiladigan mablag'lar qariyb 4 marta oshirildi.

Innovatsion g'oya, ishlanma va texnologiyalarni tahlil qilib, qo'llab-quvvatlash va joriy etishni ta'minlovchi yagona organ mavjud bo'lmaganligi sababli fan, ta'lim va ishlab chiqarishning to'liq integratsiyalashishiga imkon bermay kelardi. Shu boisdan ham oldimizda turgan birinchi galdagi vazifa ilmiy natijadorlikni ta'minlash, ya'ni ilmni mablag'ga aylantirish edi. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasida ko'prik

vazifasini o'tovchi organning qisqa vaqt ichida katta natijalarga erishishida, albatta islohotlarning o'rni beqiyosdir. Birinchi galda ilmiy infratuzilmani rivojlantirishga e'tibor berildi. Chunki, g'oyani mahsulotga aylantirish muhim jihat. Oliy ta'lim muassasasi (OTM)lari tarkibida maxsus fondlar tashkil etilib, talaba va professor-o'qituvchilarning ilmiy ishlarini tijoratlashtirish yo'lga qo'yildi. Innovatsiyalar bo'yicha prorektorlar hamda direktor o'rinbosarlari lavozimi joriy etildi. Mana shu jarayon izlanuvchan iste'dodli yoshlarni topish, ularni qo'llab-quvvatlashda samarali omil bo'ldi. Ilmdan manfaat ko'rish, ishlab chiqarishga yo'naltirish, degan tushuncha barchada qiziqish va ishonch uyg'otadi. "Avvallari OTMlari biror ilmiy ish, kashfiyot qilsa, uni tijoratlashtiradigan mexanizm qonunchiligimizda yo'q edi. Endilikda o'quv muassasalari ham bemalol korxona tashkil etib, o'z g'oyalarini daromadli mahsulotga aylantiradigan yaxlit tizm yo'lga qo'yildi. Mana shunday mahsulotlardan olinadigan foydaning 70 foizi ishlanmaning egasi, ya'ni loyiha muallifiga tegishli bo'ladi. Albatta, bu olimlar uchun chinakam imkoniyat, ularning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishining yaqqol namunasi. Sohani rivojlantirishga qaratilgan etibor sabab biz ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalovchi salohiyatli tashkilotga aylandi. So'nggi besh-olti yil esa, ilmiy natijadorlikni ta'minlaydigan "oltin" davr bo'ldi"[6.179(701)].

Aslida ilmga asoslangan iqtisodiyotning va innovatsion ekosistemani shakllantirish quyidagilardan iborat:

Innovatsion ekotizmni rivojlantirishda mamlakatimizning ko'plab hududlarida biznes va startap-akseleratorlari, yoshlar texnoparklari, innovatsion markazlar, INNO o'quv-ishlab chiqarish texnoparklari faoliyati yo'lga qo'yildi. Innovatsion ekotizimning bunday elementlari har bir viloyatda tashkil etilmoqda. Ko'pchilikka yot bo'lgan tushunchalar, yangi tizim chekka hududlargacha kirib bordiki, odamlar olib kelinayotgan har qanday mahsulotni o'zimizda ishlab chiqish mumkinligiga ishona boshladi. Laboratoriyalar jihozlandi. Global innovatsion indeksning tegishli indikatorida ilmga beriladigan e'tibor va mablag'ning yo'naltirilishi bo'yicha 81 -o'rinni egalladi.

Sanoat ishlab chiqarilishida sarmoya kiritilib va o'sha sarmoyadan ortiqroq foyda ko'riladi, xolos. Innovatsion ishlab chiqarish degani, ilmga asoslangan iqtisodni rivojlantirishdir. Ya'ni, bu jarayonda qo'shimcha qiymat yaratiladi, xarajat kam, foyda esa yuqori bo'ladi. Mana shu birinchi qismning kam bo'lishi uchun ham iqtisod ilmga asoslangan bo'lishi kerak. Har qanday loyihani amalga oshirishda ishchi kuchi, energiya, sarmoyaning kam sarflanishi e'tiborga olinadi.

XX asr tarixga industrial jamiyat sifatida kirgan bo'lsa, hozirgi (XXI asrni) davrni postindustrial jamiyat, ya'ni globallashgan, tez o'zgaruvchan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar integratsiyalashgan asr,

deb atashmoqda. Asosiy farqi shundaki, oldingi asrda iqtisodiy munosabatlarda va ishlab chiqarishda mashina, uskuna, avtomatik liniyalar, bir so'z bilan aytganda, kapital ustuvor bo'lgan. Biz yashayotgan davrda esa asosiy ishlab chiqarish omili bo'lib inson kapitali yuzaga chiqdi. Dunyoga mashhur shved olimlari Ch.Nordstryon va I.Ridderstrale tomonidan chop etilgan va 36 tilga tarjima qilingan. "Kapital iste'dodning musiqasiga raqsga tushadi" kitobida qayd etilganidek, taraqqiyotning asosiy omillari vaqt va iste'doddir. Ma'naviyat nazariyachilari fuqarolarda ezgulik, odamiylik va gumanistik tafakkurning shakllanishini ularning daromadi ortishi, turmush sharoitining yaxshilanishi hamda har kim o'zining statusini boshqalar tan olishini talab qilishi bilan bog'laydi [7.232(8012)]. Bizningcha, har bir fuqaro bo'layotgan jarayonlarga o'z fikrini bayon etishi ijobiy hol, chunki befarqlik, loqaydlikdan yomoni yo'q. Albatta, shaxsiy fikrlar mantiqqa, ommaviy faktorga tayansa, turli fikrlar o'zaro integratsiyalashib, mushohadadan ommaviy, ijtimoiy fikrga aylanadi.

Yosh avlod innovatsion bilimlarini, ilmga asoslangan iqtisodning asosini ilmfan va innovatsion bilimlar, ratsionaliztorlik g'oyalari, intellektual qobiliyat, innovatsion salohiyat, yoshlar "ilmiy markaz"lari, inson kapitalini rivojlantirish, "aql markazlari" faoliyati, yoshlar texnoparklari, "startap" loyihalari, akseleratsiya dasturi, biotexnologiya, sun'iy intellekt, global innovatsion indeks kabi tushunchalar tashkil qiladi. Shu bilan birga, uni sotib olishga hammaning qurbi etishi ham inobatga olinadi. Yangi maxsulot turdoshlaridan arzon bo'lsagina bozorga moslashishi, foyda berishi osonlashadi. Olim ham o'zi ko'zlagan foydani oladi. Innovatsion ekotizimning qulayligi ham shunda. E'tirof etish joiz, yurtimizda ilmga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar odamlar uchun yot bo'lgan ekotizimni oson amalga oshirish imkonini beradi.

Mamlakatimizda yosh avlod ilm-fan va innovatsion bilimlari doirasida ilmiy va innovatsion ekotizim va tegishli infratuzilmalarni rivojlantirish hamda kadrlar intellektual salohiyatini oshirishda xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni chuqurlashtirish ishlari muhim o'ringa ega. Bugun bu borada Xitoy, Rossiya, Hindiston, AQSh, shuningdek, Yevropa, Markaziy Osiyo, yaqin va uzoq Sharq davlatlari hamda boshqa ko'plab mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy ilmiy muassasalar bilan yaqin aloqalar o'rnatilgan. Hozirgi vaqtda ushbu mamlakatlar bilan sog'liqni saqlash, axborot texnologiyalari, qishloq xo'jaligi, energetika va ekologiya hamda boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda. Xorijlik hamkorlardan 2022 yilning o'zida 20,7 milliard so'mlik 43 turdagi laborotoriya asbob-uskunalari xarid qilindi. Qo'shma loyihalarning aksariyati bugun ham davom etmoqda. 2022 yil 14-21 avgust kunlari Saudiya Arabistoni Podshohligi ta'lim vaziri bilan o'zbekistonlik iste'dodli yoshlarning ushbu yurtda tahsil olishi va innovatsion texnologiyalarni ta'lim sohasiga

integratsiya qilish bo'yicha Podshohlik tajribasini o'rganish hamda ushbu, tajribani O'zbekiston sharoitida qo'llash masalalari muhokama qilindi. Har yili 20 nafar o'zbekistonlik yosh olimlarning Podshohlikning etakchi universitet va ilmiy markazlarida malaka oshirish yo'lga qo'yilib, ikki davlat olim va tadqiqotchilari o'rtasida umumiy qiymati 1 million dollar bo'lgan ilmiy tadqiqot tanlovlarini o'tkazish, Saudiya Arabiston Ta'lim vazirligi tomonidan muhandislik yo'nalishida o'zbekistonlik yoshlar uchun bakalavr, magistr va doktorlik darajalarida tahsil olish uchun alohida kvotalar ajratish masalasi ko'rib chiqildi. Shuningdek, O'zbekistonda Saudiya Arabistonining yoshlar "Ilmiy markazi"ni tashkil etish ham rejalashtirildi. 2022 yilning 17-21 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "InnoWeek.uz-2022" haftaligida Saudiya Arabistoni olimlari, qator soha vakllari ishtirokida O'zbekiston - Saudiya Arabistoni ilmiy forumi tashkil etildi.

2022 yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1,5 trln. so'm yo'naltirildi. Bu esa 2017 yildagiga nisbatan qariyb olti barobar ko'p, olimlarning ish haqi esa shu vaqt ichida 4,5 barobar oshdi. Buning sharofati bilan 18 ta yangi ilmiy yo'nalish ochildi [8.206-208]. 2023 yili ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so'm ajratildi.

XULOSA.

Innovatsion salohiyat ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning amalda, jumladan, ishlab chiqarishda qo'llanilishini ta'minlashga xizmat qiladigan shart-sharoitlar va resurslarning yig'indisi hisoblanadi.

"Dunyoda ilm-fan sohasidagi yutuqlar aynan fundamental tadqiqotlar yo'nalishida qo'lga kiritilgani tasodifiy emas. Shuning uchun endilikda fundamental fanlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, sohani iqtidorli yosh kadrlar bilan ta'minlash davlatimizning muhim vazifalaridan biri sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda. Endigi vazifa - nafaqat ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, balki ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratishdan iborat" [9.239].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T.1.-T.: O'zbekiston NMIU, 2017.-b.173,177.

2. Rasulov A., Xo'jaev Sh. O'zbekistonda ilm-fan rivoji. U nimalarga bog'liq // Xalq so'zi, 2022 yil 28 aprel, №88(8150).

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy -tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori // Xalq so'zi, 2017 yil 18 fevral, №13(6707).

4. Bozorov E. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim yanada takomillashtirildi // Ma'rifat, 2017 yil 30 avgust, №69(9030).

2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. // Xalq so'zi, 2017 yil 16 yanvar.

3. Jo'raev F. Ilmiy natijadorlikni oshirgan "oltin" davr // Yangi O'zbekiston, 2022 yil 1 sentyabr, №179(701).

4. Shodiev T. Barqaror rivojlanish kafolati // Xalq so'zi, 2021 yil 30 oktyabr, №232(8012).

5. Sultonov T. Yangi O'zbekiston: iqtidorli yoshlar intellektual salohiyatini o'stirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari. Monografiya. "Innovatsion rivojlanish" nashriyoti-matbaa uyi, 2023.-206-208 b.

6. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -T.: "O'zbekiston", 2022.-239 b.

7. Saifnazarov, I., & Umarjonov, S. (2022). State and religion relations in New Uzbekistan. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2, 414-424.

8. Saifnazarov, I. (2023). Yangi O'zbekiston: inson qadri ulug'langan yurt. -Tashkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" MChJ. - 209.

9. Маматкулов, Ш. Т. (2022). Ёшлар фаоллигини шакллантириш механизмлари: муаммо ва ечимлар. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 985-993.

10. Sultanov, T. (2014). Intellectual potential-spiritual heritage. Europaische Fachhochschule, (6), 67-68.

11. Sultanov, T. (2023). Socio-philosophical analysis of youth intellectual potential and human capital development. Academia Science Repository, 4(05), 1-10.

12. Султанова, Ш. (2022). Ахрли миграцияси-жамият ривожининг омили. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 1068-1079.

13. Саифназаров, И. (2022). Pragmatizm tadbirkorlik falsafasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 924-929.

14. Mamatkulov, S. (2024). Some Aspects of Increasing the Social Activity of Young People in Uzbekistan (Harmony of National and Foreign Experience). Central Asian Journal of Social Sciences and History, 5(1), 116-135.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.