Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA MAHALLA INSTITUTI O`RTASIDAGI HAMKORLIGINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA MAHALLA INSTITUTI O`RTASIDAGI HAMKORLIGINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
28
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OTM / mahalla instituti / hamkorlik / ijtimoiy hamkorlik / hamkor sub’ektlar / ijtimoiy xarakterdagi shartnoma / o`zaro ishonch / faol faoliyat / hamkorlikning ijobiy xarakterga e galigi / o`zaro yordam / bir-birini qo`llab-quvvatlash / maqsad / motivlar / resurslar / hamkorlik talablari / hamkorlikning hissiy afzalliklari / ijtimoiy rollar. / вуз / институт махалли / сотрудничество / социальное сотрудничество / партнерские субъекты / договор социального характера / взаимное доверие / активная деятельность / позитивный характер сотрудничества / взаимопомощь / поддержка друг друга / цель / мотивы / ресурсы / требования сотрудничества / эмоциональные преимущества сотрудничества / социальные роли.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — X.A. Raxmatova

mohiyatiga ko`ra turi va shaklida qat’iy nazariy har qanday hamkorlik o`zida ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni namoyon qiladi. Hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirishda mavjud ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni inobatga olish kutilgan natijalarni qo`lga kiritishga yordam beradi. Shu sababli hamkorlik faoliyatini yo`lga qo`yishda uning mazmunini shakllantirish, kutilayotgan natijalarni kafolatlovchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga e’tiborni qaratish talab qilinadi. Oliy ta’lim muassasalari (OTM)ning mahalla instituti bilan hamkorligi ham barcha turdagi kollaborativ faoliyat kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga ega. Maqolada OTMning mahalla instituti bilan hamkorligi mazmunida aks etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar to`g`risida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL FEATURES OF INTERACTION BETWEEN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS AND THE MAHALLA INSTITUTE

оявляет в себе социально-психологические особенности. Учет имеющихся социально-психологических особенностей при организации и осуществлении сотрудничества способствует достижению ожидаемых результатов. Поэтому при налаживании кооперативной деятельности требуется формирование ее содержания, ориентация на социально-психологические особенности, гарантирующие ожидаемые результаты. Сотрудничество высших учебных заведений (вузовИнститутом махалли также имеет социально-психологический характер, как и все виды совместной деятельности. В статье рассматриваются социально-психологические особенности, отраженные в содержании сотрудничества вуза с Институтом махалли.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARI VA MAHALLA INSTITUTI O`RTASIDAGI HAMKORLIGINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© X.A. Raxmatova18_

1Namangan davlat universiteti, Namangan, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mohiyatiga ko'ra turi va shaklida qat'iy nazariy har qanday hamkorlik o'zida ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni namoyon qiladi. Hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirishda mavjud ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni inobatga olish kutilgan natijalarni qo'lga kiritishga yordam beradi. Shu sababli hamkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishda uning mazmunini shakllantirish, kutilayotgan natijalarni kafolatlovchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga e'tiborni qaratish talab qilinadi. Oliy ta'lim muassasalari (OTM)ning mahalla instituti bilan hamkorligi ham barcha turdagi kollaborativ faoliyat kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga ega. Maqolada OTMning mahalla instituti bilan hamkorligi mazmunida aks etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar to'g'risida so'z yuritiladi.

MAQSAD: oliy ta'lim muassasalari va mahalla instituti o rtasidagi hamkorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: OTMning mahalla instituti bilan hamkorligining yana bir muhim ijtimoiy-psixologik jihati hamkor sub'ektlarning birgalikda amalga oshiriladigan ish jarayonida o'z zimmasiga olgan vazifalarni bajarishga nisbatan mas'uliyatli yondashuvida aks etadi.

XULOSA: yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda aytish mumkinki, OTMning mahalla instituti bilan hamkorligi mazmunida ijtimoiy-psixologik jihatlar ham aks etadi. Maqsad, motiv, hayotiy pozisiya, ijtimoiy faollik va mas'uliyat kabilar OTMning mahalla instituti bilan hamkorligining ijtimoiy-psixologik xarakterini tavsiflaydi. SHu bois hamkor sub'ektlar - OTM hamda mahalla instituti o'zaro ijtimoiy hamkorlikka erishishda maqsad, motiv, hayotiy pozisiya, ijtimoiy faollik va mas'uliyat nuqtai nazarida kollaborasiya doirasidagi faoliyat dinamikasi va samaradorligini avvaldan taxmin qilgan holda ko'zda tutilayotgan jarayonni tashkil qilishga e'tiborni qaratishlari zarur.

Kalit so'zlar: OTM, mahalla instituti, hamkorlik, ijtimoiy hamkorlik, hamkor sub'ektlar, ijtimoiy xarakterdagi shartnoma, o'zaro ishonch, faol faoliyat, hamkorlikning

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ijobiy xarakterga egaligi, o'zaro yordam, bir-birini qo'llab-quvvatlash, maqsad, motivlar, resurslar, hamkorlik talablari, hamkorlikning hissiy afzalliklari, ijtimoiy rollar.

Iqtibos uchun: Raxmatova X.A. Oliy ta'lim muassasalari va mahalla instituti o'rtasidagi hamkorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №8. B. 462-474.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ

ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ И ИНСТИТУТА МАХАЛЛИ_

© Х.А. Рахматова1И

1Наманганский государственный университет, Наманган, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: по существу, тип и форма строго теоретические любое сотрудничество проявляет в себе социально-психологические особенности. Учет имеющихся социально-психологических особенностей при организации и осуществлении сотрудничества способствует достижению ожидаемых результатов. Поэтому при налаживании кооперативной деятельности требуется формирование ее содержания, ориентация на социально-психологические особенности, гарантирующие ожидаемые результаты. Сотрудничество высших учебных заведений (вузов)с Институтом махалли также имеет социально-психологический характер, как и все виды совместной деятельности. В статье рассматриваются социально-психологические особенности, отраженные в содержании сотрудничества вуза с Институтом махалли.

ЦЕЛЬ: выявление социально-психологических особенностей взаимодействия высших учебных заведений и Института махалли и разработка рекомендаций.

Материалы и методы: в процессе исследования использовались такие методы, как беседа, социально-психологический опрос, наблюдение, а степень статистической достоверности полученных результатов подтверждалась факторным анализом.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: еще один важный социально-психологический аспект сотрудничества вуза с Институтом махалли находит отражение в ответственном подходе субъектов-партнеров к выполнению задач, которые они берут на себя в процессе совместной работы.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: опираясь на вышеизложенное, можно сказать, что в содержании сотрудничества вуза с Институтом махалли отражаются и социально -психологические аспекты. Такие как цель, мотив, жизненная позиция, социальная активность и ответственность характеризуют социально-психологический характер сотрудничества вуза с Институтом махалли. Поэтому субъектам - партнерам-вузу и институту махалли-необходимо сосредоточиться на организации рассматриваемого процесса с предварительным прогнозированием динамики и эффективности деятельности в рамках коллаборации с точки зрения целей, мотивов, жизненной

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

позиции, социальной активности и ответственности в достижении взаимного социального сотрудничества.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: вуз, институт махалли, сотрудничество, социальное сотрудничество, партнерские субъекты, договор социального характера, взаимное доверие, активная деятельность, позитивный характер сотрудничества, взаимопомощь, поддержка друг друга, цель, мотивы, ресурсы, требования сотрудничества, эмоциональные преимущества сотрудничества, социальные роли.

Для цитирования: Х.А. Рахматова Социально-психологические особенности взаимодействия высших учебных заведений и института махалли. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 462-474.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL FEATURES OF INTERACTION BETWEEN HIGHER

EDUCATIONAL INSTITUTIONS AND THE MAHALLA INSTITUTE_

© Xayrixon A. Raxmatova1®

1Namangan State University, Namangan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in essence, the type and form are strictly theoretical. Any cooperation manifests socio-psychological features. Taking into account the existing socio-psychological characteristics in the organization and implementation of cooperation contributes to achieving the expected results. Therefore, when establishing cooperative activities, it is necessary to form its content, focus on socio-psychological characteristics that guarantee the expected results. Cooperation of higher education institutions (universities)With the Mahalla Institute, it also has a socio-psychological character, as well as all types of joint activities. The article examines the socio-psychological features reflected in the content of the university's cooperation with the Mahalla Institute.

AIM: to identify the socio-psychological features of the interaction between higher educational institutions and the Mahalla Institute and to develop recommendations.

MATERIALS AND METHODS: in the course of the study, such methods as conversation, socio-psychological survey, observation were used, and the degree of statistical reliability of the results obtained was confirmed by factor analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: Another important socio-psychological aspect of the university's cooperation with the Mahalla Institute is reflected in the responsible approach of partner entities to the tasks they undertake in the process of working together.

Conclusion: based on the above, we can say that the content of the university's cooperation with the Mahalla Institute also reflects socio-psychological aspects. Such as purpose, motive, life position, social activity and responsibility characterize the socio-psychological nature of the university's cooperation with the Mahalla Institute. Therefore, partner entities -the university and the mahalla Institute - need to focus on organizing the process under consideration with a preliminary prediction of the dynamics and

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

effectiveness of activities within the framework of collaboration in terms of goals, motives, life position, social activity and responsibility in achieving mutual social cooperation.

Key words: university, mahalla institute, cooperation, social cooperation, partner entities, social contract, mutual trust, active activity, positive nature of cooperation, mutual assistance, support for each other, purpose, motives, resources, requirements of cooperation, emotional benefits of cooperation, social roles.

Ijtimoiy faoliyat turi va jarayon sifatida OTM va mahalla instituti o'rtasidagi hamkorlik qayd etilgan ikkita ijtimoiy sub'ektning tashkiliy-metodik, tarbiyaviy imkoniyatlarini yagona maqsad - hududiy birliklarda tinchlik, barqarorlik, soglom muhitni qaror toptirishga yo'naltirilishini anglatadi. Mazmunan mazkur hamkorlik negizida muayyan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar namoyon bo'ldi. Ushbu xususiyatlar, aytish mumkinki, OTM va mahalla instituti o rtasidagi hamkorlikning ijtimoiy-psixologik tavsifini yoritishga xizmat qiladi. Tegishli hamkorlikning eng muhim ijtimoiy-psixologik tavsiflari nimalarda aks etadi? Ayni o'rinda shu xususida so'z yuritiladi.

Dastlab OTM va mahalla institutining ijtimoiy maqomini anglab olish maqsadga muvofiqdir.

OTM - oliy ta'lim fanlari bo'yicha o'quv rejalari va dasturlarini amaliyotga tatbiq etuvchi yuridik shaxs bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil qilinadi va o'zining ustavi hamda "Oliy ta'lim to'gYisida"gi (2003 yil 4 mart) Nizom asosida faoliyat ko'rsatadi [38]; turli yo'nalishlar bo'yicha oliy malakali mutaxassislarni tayyorlovchi va ilmiy faoliyatni tashkil etuvchi yuridik shaxs bo'lgan o'quv yurti [32, - 22-b.]; oliy professional ta'limni beruvchi o'quv yurti [5].

Mahalla instituti " (arabcha "mahallun"; "mahallatun" - "joy", "hudud") - asrlar davoida ma'lum bir hududda yashovchi, nafaqat qo'shnichilik munosabatlari, balki ichki xulq-atvor qoidalari, ma'naviy-axloqiy me'yorlar, urf-odatlar va an'analar bilan ham boglangan kichik jamoa [3, - 142-143-b.]; o'ziga xos ijtimoiy-hududiy birlashma [26, - s. 538]; SHarq tamadduni, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari turmush tarzi, tafakkuri va qadriyatlariga xos bo'lgan jamiyat hayotini tashkil etadigan an'anaviy ijtimoiy institut; o'zbek xalqining turmush tarzi, ruhiy-ma'naviy ehtiyoji, mafkurasi, tafakkuri, insonlarning o'zaro qo'shnichilik aloqalari, oilaviy munosabatlarni shakllantiruvchi ma'naviy-ma'rifiy maskan, kengash, maslahat, xashar kabi milliy udumlar, xalq sayillari, bayramlar uyushtiriladigan, qo'ni-qo'shnichilik, quda-andachilik kabi masalalar hal etiladigan serqirra ijtimoiy tuzilma [35]; musulmonlarning odatda machitlar atrofida shakllangan an'anaviy jamoaviy birlashmasi; shaharlarning aholisi tomonidan o'z-o'zini boshqarish yo'lga qo'yilgan dahalarga teng qismi [16]; oiladan keyingi tarixan shakllangan kishilar

For citation: Xayrixon A. Raxmatova. (2024) 'Socio-psychological features of interaction between higher educational institutions and the mahalla institute', Inter education & global study, (8), pp. 462-474. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

birligi [23]; o'zbek jamiyati ijtimoiy hayotining yuqori shakli bo lib, u asrlar davomida mahalliy birlashmalar, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari faoliyatini tashkil qilishning o'ziga xos shakli bolib kelmoqda [21, - p. 515].

Mazmunan OTM va mahalla instituti o'rtasidagi hamkorlik quyidagi ikki holatni ifodalaydi. "bir tomondan, sub'ektlarning birgalikdagi ishida umumiy maqsad (hamkorlik maqsadi)ga erishish yo'lida bir qator vazifalar hal qilinadi. Ikkinchi tomondan, hamkorlik ishtirokchilarning birgalikdagi ishni amalga oshirish vaqtidagi kommunikasiyasini anglatadi" [24].

OTM va mahalla instituti o'rtasidagi hamkorlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hamkorlik sub'ektlarning maqsadlar birligiga erishishlari, ob'ekt va uning faoliyatiga hissiy-kognitiv ta'sir ko rsatish malakalariga egaliklari, tegishli faoliyatni yo'lga qo yishdagi motivlari, mavjud resurslarni yagona nuqtaga jamlay olishlari, ijtimoiy muloqotni samarali tashkil qilishdagi kompetensiyaviy yondashuvlari hamda tegishli kollaborasiya doirasida ijtimoiy rollarning oqilona bajarilishi kabi holatlarda namoyon bo'ladi.

Ushbu hamkorlikning muvaffaqiyati OTM tegishli kafedralarining mahalla muammolaridan yetarlicha xabardor bo lishi, hamkorlik doirasida tashkil qilinadigan tadbirlarga jalb qilinadigan pedagoglarning yetarli darajada tegigli mahallaning hayoti, ijtimoiy yutuqlari va muammolari to'g'risida yetarlicha tasavvurga ega bo'lishlari, OTM kafedralari hamda mahallaning mavjud resurslarini o'zaro muvofiqlashtira olishlari, mahalla fuqarolari bilan samarali muloqot qila olish uchun yetarlicha kommunikativ kompetensiyalarga egaliklari, ijtimoiy kollaborasiyaga erishish tajribasini o'zlashtira olganliklari, kafedraning vakili sifatida tegishli vakolatdan ko'zlangan ijtimoiy-ma'rifiy, ma'naviy-axloqiy natijalarni qo'lga kiritish yo'lida oqilona foydalanish, hamkor sub'ektlarga do'stona, samimiy munosabatda bo'lish, ularga nisbatan ishonch bildira olish, muammolarni hal qilishga profesional yondashish malakalariga tayanishlari muhim ahamiyatga ega.

Mazmunan hamkor sub'ektlar o'rtasidagi "ijobiy xarakterga ega interaksiya" [2]da "umumiy maqsadga asoslangan ishning bo'lmasligi, kelishuvning bo'lmasligi, o'zaro bir-birini tushunishning bo'lmasligi, o'zaro yordamning bo'lmasligi, hamkorlik masalalari bo'yicha har tomonlama fikrlashib olishga tayyor bo'lmaslik, hamkorlarning bir-birlariga nisbatan ishonchga ega bo'lmasligi" [24] birgalikda amalga oshiriladigan faoliyat jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi va oqibatda kutilgan natijalar qo'lga

Har qanday faoliyat yoki jarayon muayyan omillar ta'sirida kechadi. SHu nuqtai nazaridan OTM va mahalla instituti o'rtasidagi hamkorlikni samarali, kutilganidek muayyan natijalarni kafolatlagan holda tashkil qilishga muayyan omillar o'z ta'sirini ko'rsatadi. Muammoni nazariy va amaliy jihatdan o'rganish so'z yuritilayotgan jarayonda quyidagi omillarning ta'siri sezilarli bo'lishini tasdiqladi: hamkorlikning asosiy ishtirokchilari -

kiritilmaydi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

birgalikdagi faoliyatdan ko'zlangan maqsad birligiga erishish, hamkor sub'ektlarning ijtimoiy faolligi va mas'uliyatni his qilishi, kollaborasiya borasidagi tajribasi, hamkor sub'ektlar ega bo lgan resurslarning muvofiqlashtirilish darajasi, hamkorlik talablarining mavjudligi va unga rivoya qilinish darajasi.

Faoliyatning muvaffaqiyatli natijasini ta'minlash uchun maqsadni aniq belgilab olish talab qilinadi. Muyyan jarayon yakunida kutilgan natijaning qo'lga kiritilmasligi ko'p holatlarda maqsadning noaniqligi bilan bogliq. SHu sababli OTMning va mahalla instituti bilan hamkorligiga erishishda maqsadni aniq belgilash talab qilinadi. Zero, maqsad "faoliyatni tashkil qilishda muhim bo lgan talablarini belgilovchi manbai, shuningdek, jarayon hamda faoliyat yakuni yuzasidan qarorlarni qabul qilishning boshlang'ich negizi" [11]; sub'ekt qo'lga kiritishga harakat qilayotgan "istiqbolning kutilayotgan holati" [8, - s. 91] bolib xizmat qiladi. Subekt faoliyatida maqsad uning avvaldan "kelgusida erishiladigan natijani ko'ra olish" [1] imkoniyatiga egaligini anglatadi.

Sub'ektning maqsadga nisbatan munosabati uning maqsadni qo'ya olish kompetensiyasiga egaligi bilan belgilanadi. Binobarin, maqsadni qo yish faoliyatda muvaffaqiyatga erishish sari qoyilgan dastlabki qadamdir. "Maqsadni qoyish - maqsadni belgilash va unga erishish strategiyalarini ishlab chiqish jarayoni" [37] bo lib, yo'nalishni to'g'ri olish, imkoniyatlar va resurslarni chamlash, ularni to'g'ri taqsimlashga yordam beradi.

Maqsadning aniqligi faoliyat yo'nalishlarini belgilab olish, mavjud resurslarni to'gïi taqsimlash, faoliyatni bosqichma-bosqich muayyan izchillikda amalga oshirish, ishtirokchi sub'ektlar oïtasida rollar, vazifalarni to^ri aqsimlash, kutilayotgan natijalar to'g'risidagi tasavvurni oydinlashtirish, favqulotda yuzaga keladigan muammo yoki to siqlarni bartaraf qilish, qarorning to'g'ri bo lishiga erishish, jarayon mexanizmining samarali ishlash imkoniyatini yaratadi. SHundagina qisqa muddatda kam kuch sarflagan holda ayrim yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan to'siqlar, muammolarning oldi olinadi yoki mavjud muammolar bartaraf qilinadi.

Maqsadning to'g'ri belgilanishi bevosita natijaning samarasiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Qolaversa, ishtirokchi sub'ektlarning "mas'uliyatini oshiradi va ularning faoliyati natijasini baholash mezoni ham bo lib xizmat qiladi" [11]. Bordi-yu, maqsad noaniq bo'lsa, u holda "ishni to'g'ri tashkil qilishni talab etish amaliy jihatdan befoyda, chunki, bu holatda maqsadga erishishga imkon beruvchi vositalarni oqilona tanlashning imkoni bolmaydi; maqsadga erishganlikni baholovchi mezonlarga ega bo'linmaydi; tuzilmaviy bo'linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan joriy ishning samaradorligini o'lchash imkonsiz; amaliy jihatdan boshqaruv apparati ishini aniq tashkillashtirish va uning samaradorligini baholashga erishish mumkin emas; boshqaruv apparati xodimlari o'rtasida vazifalarni samarali, to^ri taqsimlash har bir xodimning faoliyatini xolis baholanmaydi [18, - s. 79].

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

SHu nuqtai nazardan ilmiy menejment maktabining asoschisi bo'lgan F.U.Teylor maqsadni qo'ya olish va uni to'laqonli realizasiyasini ta'minlashni "nimani bajarish va qanday bajarishning eng samarali va iqtisodiy jihatdan arzon vositalaridan xabardor bo lish" [31, - s. 10] san'at deya e'tirof etgan edi.

Maqsad OTM va mahalla instituti o'rtasida hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirishning muhim omil va asosiy elementlaridan biri bo lib, uning to'g'ri qoyilishi, hamkorlar tomonidan uning birligiga erishish kutilgan natijani kafolatlaydi.

OTM va mahalla instituti o'rtasida hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirishda umumiy va juz'iy maqsadlar ko'zlanadi.

Umumiy maqsadni belgilashda O'zbekiston Respublikasining mahalla instituti faoliyatini kuchaytirish, oila institutini mustahkamlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, davlat organlarining mahalla instituti faoliyatini tashkil qilish jarayoniga jalb qilishga oid qonun va qonun osti hujjatlarining g'oyalariga tayanib ish koriladi.

OTM va mahalla instituti o'rtasida hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirishda hamkor sub'ektlarning ijtimoiy-g'oyaviy, psixologik, tarbiyaviy hamda rekreativ (mahalla osoyishtaligini ta'minlash, bolalar va o'smirlar uchun mahalla hududida sport-soglomlashtirish, aholi uchun ma'rifiy, ko'ngilochar tadbirlarni uyushtirish borasidagi) imkoniyatlarini o'zaro muvofiqlashtirish, kadrlar, moddiy-texnik resurslarni ijtimoiy masalalarni ijobiy hal qilishga yo'naltirishdan iborat umumiy maqsad ko'zlanadi.

Tabiiyki, hamkorlik doirasida asosiy sub'ekt bo'lgan ishtirokchilar tomonidan juz'iy maqsadlar ham ilgari suriladi. Ilmiy izlanishni olib borish chog'ida hamkor sub'ektlar -OTM va mahalla institutining ijtimoiy hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirishdagi juz'iy maqsadlari ham o'rganildi.

O'rganish natijasiga tayangan holda aytish mumkinki, OTM va mahalla instituti o'zaro ijtimoiy hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirishda quyidagi juz'iy maqsadlarni ilgari suradi:

OTMning maqsadi - ijtimoiy-g'oyaviy, psixologik, tarbiyaviy hamda rekreativ (mahalla osoyishtaligini ta'minlash, bolalar va o'smirlar uchun mahalla hududida sport-soglomlashtirish, aholi uchun ma'rifiy, ko'ngilochar tadbirlarni uyushtirish borasidagi) imkoniyatlarini, shuningdek, kadrlar va moddiy-texnik resurslarini mahalla instituti faoliyatini qo'llab-quvvatlashga yo naltirish, mahalla hayotiga oid muammolarni ijobiy hal qilishda professional pedagogik, psixologik va ijtimoiy xarakterdagi amaliy yordamni korsatish.

Mahalla institutining maqsadi - mahallada osoyishtalikni ta'minlash, milliy qadriyatlarni saqlash, aholi, xususan, yoshlarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik hamda tibbiy-reproduktiv madaniyatini oshirish, ularda oilaviy hayotni tashkil qilish va farzandlar tarbiyasiga nisbatan mas'uliyatni kuchaytirish, vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalash borasida malakali professional yordam olish.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

OTM va mahalla instituti o'rtasida hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirishda hamkor sub'ektlar ega bo'lgan motivlar ham ahamiyatli bo'lib, ular hamkor sub'ektlar ega bo'lgan maqsad negizida shakllanadi.

Mazmuniga ko'ra "motiv" (lot. "moveo" - harakatga keltirmoq) [20] tushunchasi dastlab nemis faylasufi Artur SHopengauer tomonidan "Etarli sababning to'rtta tamoyili" ("The Four Principles of Sufficient Reason") nomli ilmiy ishi [12, - s. 65]da qo'llanilgan. E.A.Utkin motivlar birligini ifodalovchi motivasiya sub'ektning "faollik darajasi hamda muayyan vaziyatlardagi harakatlari yo'nalishini belgilovchi holat" [33, - s. 145] sanaladi.

Tadqiqotni olib borish jarayonida OTMning pedagoglari hamda mahalla instituti faollari bilan tashkil qilingan suhbatlarda ma'lum bo'ladiki, ushbu ikki sub'ekt o'rtasida hamkorlikka erishishda ijtimoiy sub'ektning jamiyatning tarkibiy elementlardan biri ekani, sub'ektlar faoliyatining jamiyat hayotiga oid voqeliklarda o'ziga xos ahamiyat kasb etishi, jamiyat taraqqiyotini ta'minlash, xalq farovonligiga erishishdan iborat maqsadlar birligi, ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va huquqiy masalalarni ijobiy hal qilishga ko'maklashish imkoniyatiga egalik, hamkorlik doirasida muloqot doirasining kengayishi, ijtimoiy faol bo'lish orqali shaxsda o'z-o'zini hurmat qilish hissining yuzaga kelishi kabi motivlar o'ziga xos ahamiyat kasb etgan.

Hamkor sub'ektlarning hayotiy pozisiyasi ham birgalikda tashkil qilinadigan faoliyatning samarali kechishi, kutilgan natijalarni qo'lga kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hayotiy pozisiyaga egalik, ayniqsa, global axborotlashuv, g'oyalar to'qnashuvi hamda shaxs ongini egallashga intilishga bo'lgan kurashning keskinlashuvi, milliy qadriyatlarga, milliy axloq tamoyillariga nisbatan xurujning kuchayishi sharoitida davrning muhim talablaridan biri sanaladi. SHu sababli ijtimoiy hamkorlik doirasida OTMning pedagoglari va mahalla instituti faollarining faol hayotiy pozisiyasi o'zaro bir-biriga mos kelishi tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazishda yutuqlarga erishishni izchil kafolatlaydi.

OTMning mahalla instituti bilan hamkorligining yana bir muhim ijtimoiy-psixologik jihati hamkor sub'ektlar tomonidan namoyon qilinadigan faollik (yoki ijtimoiy faollik)dir. Binobarin, sub'ektning ijtimoiy faolligi uning "ijtimoiy borliqni anglash va qayta shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida jamiyat bilan ajralmas holda boglanganlik" [37, - s. 94-95]ni anglatib, "qabul qilingan yoki mustaqil ravishda qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun yo'naltirilgan motivasiya hamda harakatlarning o'ziga xos qorishmasini namoyon qiladi" [27, - s. 165].

Har qanday davlatning vazifalaridan biri ijtimoiy faollik bo'yicha umummilliy siyosatni amalga oshirish doirasida "aholining barcha ijtimoiy guruhlarini jalb qilgan holda zarur resurslar bilan ta'minlash orqali ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda ishtirok etish imkoniyatini yaratish" [37, - s. 95]dan iborat.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

OTMning ijtimoiy faollik ko'rsatish asosida jamiyat, uning tarkibiy bo'g'ini bo'lgan mahallaga doir muammolarni ijobiy hal qilish orqali mavjud tuzum rivojini ta'minlash, jahonning innovasion osish tendensiyalariga moslashish yo'lidagi harakati uning bu boradagi "ehtiyojini qondirish bilan bogliq faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi" [13], "tanlangan harakat asosida yotadigan sababning mohiyatini tavsiflovchi" [14], "umumiy jarayon ishtirokchilarini harakatga undovchi" [19] entuziazm, motiv sanaladi.

Birgalikda umumjamiyat yoki umumjamoaviy muammolarni hal qilishga intilish o'zaro hamkor sub'ektlar - OTM hamda mahalla institutining milliy rivojlanish va taraqqiyotga nisbatan befarq emasligini, aksincha, asriy qadriyatlarni saqlab qolishga bo'lgan munosabatini, bu yo'ldagi faolligini ifodalaydi. SHu sababli hamkorlarning motivasion muhitida "motiv, ehtiyoj, qiziqish, intilish, maqsad, ahd, manfaat, intilish, qadriyat" [29, - s. 37], "hissiyot, amaliy dastur, o'lchov" [25, - s. 7], "ishtiyoq, ideal, tadlid, ijtimoiy me'yor va rollar" [4] kabilar muhim o'rin tutadi.

Ilmiy izlanishni olib borish jarayonida gohida ijtimoiy hamkorlikka jalb qilingan pedagoglar orasida OTMning mahalla instituti bilan hamkorligi majburiy xarakterga ega, degan fikr ham ilgari surildi. To'g'ri, bu fikrni yoqlovchilar soni ko' pchilikni tashkil qilmaydi. Biroq, kam sonli bo'lsa ham bunday fikrga ega pedagoglarni umum manfaatini ko'zlovchi faoliyatga jalb qilinmagani ma'qul. Zero, ularning faoliyatida salbiy motivlar ustuvor bo'lgani sababli belgilangan vazifalarni ishtiyoq bilan bajarish, jarayonning o'zidan, natijalaridan zavqlanish hissi yuzaga kelmaydi. Oqibatda tashqaridan qaralganda barchasi kutilganidek o'tgan bo'lsa ham tadbirlarni tashkil qilishda past samaradorlikka erishiladi. Bu esa OTM ham mahalla institutlari ham dastlabki bosqichda o'zlarining hamkorlikka oid motivlar borasidagi yondashuvlarini tahlil qilishlari, bordi-yu, salbiy motivlar mavjud bo'lsa, ularni bartaraf etishlari zarur.

Birgalikda faoliyat ko'rsatishdagi faollik hamkor sub'ektlar - OTM yoki mahalla institutining jamoaviy ishlarni tashkil qilish borasidagi mavjud tajribalari negizida yuzaga keladi. Qolaversa, hamkor sub'ektlarning ijtimoiy faolligi o'z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishga bo'lgan munosabatlari, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalana olish kompetensiyasiga egaliklari, bir-birlarini yetarli darajada qo'llab-quvvatlay olishlari, yuzaga kelgan psixologik to'siq yoki muammolarni tezkor hal qilish metodlaridan qanchalik xabardor va ularni qo'llay olish malakalariga ham bogliq. SHu bilan birga OTM hamda mahalla instituti faoliyatida ustuvor o'rin tutadigan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ular tomonidan ijtimoiy faollik ko'rsatilishiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Bu jarayonnda qadriyatlar nafaqat "madaniy, shu bilan birga ijtimoiy munosabatlar tizimini ham qamrab oladi" [15].

Manbalarda "mas'uliyat" hamda "ijtimoiy mas'uliyat" tushunchasi turlicha yoritilgan. Dastlab "mas'uliyat" tushunchasining talqini xususida to'xtalib o'tiladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

"O'zbek tilining izohli lug'ati" (2-jild)da "mas'uliyat" tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: "biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo'lgan javobgarlik" [39, - 555-b.]. Darhaqiqat, mas'uliyat - shaxsning u tomonidan tashkil qilinayotgan muayyan faoliyati, xatti-harakati yoki tashkil qilingan jarayon uchun javobgarligi sanaladi. Boshqa bir luhat xarakteridagi manbada bo4sa, mas'uliyat bevosita faoliyati yoki xatti-harakatini tashkil qilish chog'ida, sodir bo'layotgan jarayon vaqtida shaxsning axloqiy tamoyillarga amal qilishi ekani ko'rsatilib, tegishli atama ma'naviy-axloqiy kategoriya sifatida talqin qilinadi. CHunonchi, "ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning bajarilishiga, oqibatiga, xatti-harakati negizida yotgan axloqiy tamoyillarga amal qilinishiga muayyan kimsa yoki sosial guruhning javobgarligini bildiradi" [33, - 243-b.].

Mualliflar E.YOziev, M.K. Xolmuratova hamda "mas'uliyat tushunchasi ma'naviy-axloqiy kategoriyadir" degan fikrga qo'yiladi: "boshqalar oldidagi burchni anglash va uni xulq omiliga aylantirish, shaxsning o'z faoliyatini boshqalarga ko'proq yaxshilik qilishga ongli va ixtiyoriy ravishda yo'naltirishi" [10, - 175-b.]. K.U. Najmidinova esa mas'uliyatning qobiliyat ekani, shu sababli ham barcha shaxs birdek mas'uliyatli bo'la olmaydi, degan fikrni ilgari suradi: "shaxsning har bir amali, faoliyati mahsulini to'liq tasavvur qilgan holda uning o'zi va oilasi uchun nima naf keltirishini anglay olish qobiliyati" [22, - 50-b.].

"Mas'uliyat" tushunchasi, yana shuningdek, quyidagicha ta'riflangan: shaxsning o'z xatti-harakati va faoliyati natijasi uchun javobgarlikni his etishidir [6, - 231-b.]; shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat, kasbiy yoki ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda, shuningdek, ma'lum guruh yoki shu guruh a'zolari oldidagi burchni to'la anglagan holda javobgarlikni his etish [30, - 21-b.].

Ijtimoiy mas'uliyat individual xarakterdagi mas'uliyatga nisbatan keng ma'noga ega bo'lib, u o'z mohiyatiga ko'ra shaxsning jamiyat oldida burchli ekanini, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi javobgarligini ifodalaydi. Masalan, shaxs tomonidan o'z zimmasiga ijtimoiy majburiyatlarni olganligi va ularni sifatli bajarishga bo'lgan javobgarligi [17, - s. 106]; shaxsning anglangan xohishi hamda jamiyat farovonligi to'g'risida qayg'urgan holda uning hayotida ishtirok ishtirok etish qobiliyati [9]. Mazmuniga ko'ra, "ijtimoiy mas'uliyati negizida shaxs xulq-atvorining ijtimoiy tabiati yotadi va u shaxsning jamiyat, davlat, jamoa va boshqa ijtimoiy guruhlar - atrofdagi barcha sub'ektlar bilan o'zaro munosabatlarining xarakterini yoritadi" [28].

O.V.Doneva tomonidan qayd qilinishiga ko'ra, ijtimoiy mas'uliyat ijtimoiy burchni bajarish chog'ida nafaqat tegishli qarorni qabul qilgan shaxs yoki tashkilotmanfaatlarini, balki ijtimoiy guruhlarning keng auditoriyasi hamda umuman olganda jamiyatning manfaatlari, qadriyatlari va maqsadlarini ham inobatga olishi zarur [7, - s. 580-581]. Haqiqatdan ham ijtimoiylik, shu jumladan, shaxs yoki muayyan guruhning ijtimoiy mas'uliyati ular ega bo'lgan qarashlarning jamiyat tomonidan e'tirof qilingan umumiy manfaatlarga muvofiqlikni ifodalaydi.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Мой

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Абдукаримова К. Целеполагание: как правильно определить направление своей жизни // https://trends.rbc.ru/trends/ education/61b6fa889a 794724аа1 ae3b2?from=copy.

2. Баранов В.М., Трофимов В.В. Социальное сотрудничество и социальный конфликт как объективная основа содержания и структуры права // https://cyberleninka.ru/article/n/sotsialnoe-sotrudnichestvo-i-sotsialnyy-konflikt-kak-obektivnaya-osnova-soderzhaniya-i-struktury-prava.

3. Вах,обов А. Давлат х,окимиятининг мах,аллий бошк,арув ва узини узи бошк,ариш органлари // Узбекистон Республикаси мустак,ил давлат. - Т.: "Адолат", 1995. -142-143-6.

4. Виды мотивов в психологии: понятия, характеристика // https://www.napishem.ru/spravochnik/psihologiya/prochie-stati-po-psihologii/ vidy-motivov-v-psihologii.html.

5. Высшие учебные заведения Узбекистана // https://www.uzinform. com/ru/vuz_uz.html.

6. Джураев Р.Х., Турfунов С.Т. Таълим менежменти. - Т.: "Voris-nashriyot" нашриёти, 2006. - 231-б.

7. Донева О.В. Критерии сформированности социальной ответственности студентов ВУЗа // Ж. Фундаментальные исследования. - М.: 2014. - № 3. Ч. 3. -С. 580-581.

8. Егорова Ю.А. Роль целеполагания в системе управления // Ж. Международный журнал прикладных и фундаментальных исследований. - М.: 2010. - № 9. - С. 91.

9. Ельцина Е.Н. Что такое социальная ответственность, и как её развить // https://school.synergy. ru/materials/chto-takoe-socialnaya-otvetstvennost-i-kak-ee-razvit.

10. Ёзиев Э., Холмуратова М.К. Рах,бар шахсида ижобий характер хислатларини шакллантириш // Карши ду хабарлари ж. - Карши: 2020. - № 3 (45). - 175-б.

11. Значение целей, принципы и правила их постановки // https://www.homework.ru/spravochnik/ znachenie-celej-principi-i-pravila-ih-postanovki.

12. Ильин Е.П. Мотивация и мотивы — СПб.: Питер, 2011. - С. 65.

13. Ключевые мотивы человека. Мотивация // https://dedovkgu.narod.ru/ porm/porm11.htm.

14. Коврова А. Понятие мотива и мотивации // https://zaochnik.com /spravochnik/psihologija/ psihologija-i-pedagogika/motivy-i-motivatsija.

15. Коморникова О.М. Социальная активность и ценностные ориентации // https://elar.urfu.ru/ bitstream/10995/32456/1/klo_2015_30.pdf.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

16. Махалля // https:// ru.wikipedia.org/wiki/Махалля.

17. Мацефук Е.А., Разбегаев П.В. Ответственность как ценность: теоретический аспект // Ж. Вестник Волгоградской академии МВД России. - Волгоград: 2014. -№ 4. - С. 106.

18. Менеджмент / Учебник для вузов. Под ред. М.М.Максимцова, М.А.Комарова. -М.: ЮНИТИ-ДАНА, Единство, 2002. - С. 79.

19. Мотивация, ее природа // https://www.e-xecutive.ru/wiki/index.php/ Мотивация,_её_ природа.

20. Мотивация персонала // https://games4business.ru/articles/motivaciya-personala-2.

21. Muzaffarov U.I., Kandov B.M. The Role of Education and the Mahalla Institute in Forming the Personality of the Person // J. Central asian journal of theoretical and applied sciences. - Las Palmas de Gran Canaria (Spain): Vol. 3. Issue 6. 2022. - p. 515.

22. Нажмидинова К.У. Оила тарбиясида миллий ва умуминсоний ахло кий маданиятнинг урни. - Т.: "Адолат", 2016. - 50-б.

23. Norbekov A.Sh. Mahalla is a hotbed of education for the younger generation // https://cyberleninka.ru/article/n/mahalla-is-a-hotbed-of-education-for-the-younger-

24. Прагматика сотрудничества. Как достигать целей вместе? // https://psy.su/feed/2648

25. Пряжников Н.С. Мотивация трудовой деятельности / Учеб.пособие для студентов высших учебных заведений. - М.: Академия, 2008. - С. 7.

26. Рахматова Х.А. Институт махалли как учреждение социального воспитания молодёжи // Ж. Научный аспект. - 2021. Т. 5. - № 2. - С. 538.

27. Ситаров В.А., Маралов В.Г. Социальная активность личности (уровни, критерии, типы и пути ее развития) // Ж. Знание. Понимание. Умение. - М.: 2015. - № 4. -С. 165.

28. Суровицкая Ю.Ю., Мадимухаметов М.Н. Понятие o мoтивaции в психологии // Ж. Наука и реальность/Science & Reality. 2023. - № 1 (13). - С. 37.

29. Узоков И.А. Бошлан^ч синф укувчиларида масъулият х,иссини шакллантиришнинг педагогик асослари: пед.фанл.номз. ... дис. - Т.: 2009. - 21-б.

30. Управление организацией / Учебник. Под ред. А.Г. Поршнева, З.П. Румянцевой, Н.А. Саломатина. - М.: ИНФРА-М, 2005. - С. 10.

31. Усмонбоева М.Х,. Олий мактаб педагогикаси / Укув кулл. - Т.: "Молия-иктисод", 2013. - 22-б.

32. Уткин Э.А. Мотивационный менеджмент / Учебник. - М.: ЭКМОС, 2007. - С. 145.

33. Фалсафа. Комусий луfат /Масъул мух,аррир К.Назаров. - Т.: Узбекистон Файласуфлар миллий жамияти нашриёти. 2004. - 243-б.

generation.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

34. Холикова Нм. Мах,алла институтининг ижтимоий потенциалини ривожлантиришнинг бугунги муаммолари // https:// api.moiti.uz/media/book/Ижтимоий_маx1алла._Статья._МК.pdf.

35. Челышева В.С., Воротников А. Социальная активность как неотъемлемая часть поддержания общественного благополучия // Журнал социологических исследований. -М.: 2021. Т. 6. - № 2. - С. 94-95.

36. Целеполагание: что это такое, виды, примеры // https://gb.ru/blog/ czelepolaganie.

37. Узбекистон Республикаси Олий ва урта махсус таълим вазирининг "Олий таълим т^рисида"ги Низомни тасдиклаш туfрисидаги 1222-сон (2003 йил 4 март) Буйру^и // https://lex.uz/docs/838630.

38. Узбек тилининг изошли луfати. Е - М / 5 жилдли. Бешинчи жилд. А.Мадвалиев тах,р.остида. Тах,рир х,айъати: Э. Бегматов ва бошк. - Т.: "Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2006. - 555-б.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Raxmatova Xayrixon Ashiralievna, Namangan davlat inversiteti professori, [Рахматова Хайрихон Аширалиевна, Наманган давлат инверситети профессори, [Xayrixon A. Raxmatova, Professor at Namangan State University]; manzil: O'zbekiston, Namangan sh., Uychi ko'chasi, 316-uy [адрес: Узбекистан, ул. Уйчи, 316, г. Наманган], [address: Uzbekistan, 316, Uychi st., Namangan city]

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.