Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TAʼLIMDA IJTIMOIY HAMKORLIKNI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATINING MAZMUNI VA XUSUSIYATLARI'

ZAMONAVIY TAʼLIMDA IJTIMOIY HAMKORLIKNI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATINING MAZMUNI VA XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2974
190
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy hamkorlik / taʼlim muhiti / maktab-oila munosabati / birgalikda harakat / taʼlim jarayoni obʼekti / taʼlim jarayoni subʼekti / subʼyektivlik darajasi. / Social partnership / learning environment / school-family relationship / interaction / object of educational process / subject of educational process / level of subjectivity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — B. Q. Mamanazarov, U. R. Rustamov, Sh. Bekzatova

Ushbu maqola zamonaviy taʼlim uchun yangi muammo hisoblangan bo„lgan ijtimoiy hamkorlikka bagʼishlangan. Bu muammo taʼlim subʼektlari o„rtasidagi munosabatlar xarakterining prinsiplari o„zgarishi bilan bogʼliq. Ijtimoiy hamkorlik sharoitida taʼlim muassasalarining faoliyati xususiyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy taʼlimda ijtimoiy hamkorlikning holati va uni tadqiqot qilish yo„nalishi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENT AND CHARACTERISTICS OF SOCIAL PARTNERSHIP ACTIVITIES IN MODERN EDUCATION

This article focuses on social partnership, which is a new challenge for modern education. This problem is due to the change in the principles of the nature of the relationship between the subjects of education. The characteristics of the activities of educational institutions in the context of social partnership are analyzed. The state of social partnership in modern education and the development of research areas are analyzed.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TAʼLIMDA IJTIMOIY HAMKORLIKNI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATINING MAZMUNI VA XUSUSIYATLARI»

ZAMONAVIY TA'LIMDA IJTIMOIY HAMKORLIKNI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATINING MAZMUNI VA XUSUSIYATLARI

B. Q. Mamanazarov U. R. Rustamov Sh. Bekzatova

Termiz davlat universiteti Chirchiq davlat pedagogika Chirchiq davlat pedagogika

o'qituvchisi instituti dotsenti instituti o'qituvchisi

[email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola zamonaviy ta'lim uchun yangi muammo hisoblangan bo'lgan ijtimoiy hamkorlikka bag'ishlangan. Bu muammo ta'lim sub'ektlari o'rtasidagi munosabatlar xarakterining prinsiplari o'zgarishi bilan bog'liq. Ijtimoiy hamkorlik sharoitida ta'lim muassasalarining faoliyati xususiyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta'limda ijtimoiy hamkorlikning holati va uni tadqiqot qilish yo'nalishi tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy hamkorlik, ta'lim muhiti, maktab-oila munosabati, birgalikda harakat, ta'lim jarayoni ob'ekti, ta'lim jarayoni sub'ekti, sub'yektivlik darajasi.

CONTENT AND CHARACTERISTICS OF SOCIAL PARTNERSHIP ACTIVITIES IN MODERN EDUCATION

B. K. Mamanazarov U. R. Rustamov S. Bekzatova

Teacher of Termez State Associate Professor of Chirchik Teacher of Chirchik State

University State Pedagogical Institute Pedagogical Institute

[email protected]

ABSTRACT

This article focuses on social partnership, which is a new challenge for modern education. This problem is due to the change in the principles of the nature of the relationship between the subjects of education. The characteristics of the activities of educational institutions in the context of social partnership are analyzed. The state of social partnership in modern education and the development of research areas are analyzed.

Keywords: Social partnership, learning environment, school-family relationship, interaction, object of educational process, subject of educational process, level of subjectivity.

KIRISH

Oxirgi 10 yilliklarda ijtimoiy hamkorlik tushunchasi, ilmiy tadqiqot mazmuniga va pedagogik faoliyat amaliyotiga yanada kengroq va chuqurroq kirib bormoqda. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, bu tushuncha ijtimoiy-iqtisodiy sohadan, pedagogik sohaga ko'chmoqda. Ta'limda hamkorlik nuqtai-nazaridan, oldin iqtisodiy va huquqiy masalalar tahlil qilinadi(pedagogik xodimlarning manfaatlari va ularning huquqiy himoyasi, ish beruvchining, kasaba uyushmasi va jamoaning o 'zaro munosabati, hamkorlik asosida ta'limda qonunchilikning amalga oshirilishi, ta'limda halqaro hamkorlikning modernizatsiya qilinish va h.k.). Ta'lim jarayoni sub'ektlariga tegishli, ta'lim faoliyati mazmuni bilan bog'liq hamkorlik munosabati, shuningdek maktabning tashqi struktura va tashkilotlar bilan hamkorligi, ta'lim sifatini oshirish vositasi sifatida, oxirgi 10 yillikda o'rganila boshlandi. Ilmiy tadqiqotlarda va ta'lim muassasalarida faoliyat amaliyotida doimiy mavjud bo'lgan, oila-maktab munosabatining mazmuni, asosan "sherikchilik", "birgalikda harakat", "maktabning oila bilan ishlashi", "maktabning oilani qo'llab-quvvatlashi" kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. Ko'rinadiki, birinchi 2 ta tushuncha, tomonlarning nisbatan faolroq pozitsiyasini bildiradi. Bunda ta'lim muassasasi xodimlari odatda boshqarish va rahbarlik ishida ishtirok etishmay, ular ta'lim maqsadlarni belgilashda va o'zaro harakat yo'nalishini tanlashda ishtirok etadilar. Bu bilan bir vaqtda ular aniq natijaga ega bo'lgan, umumiy ishning bir qismini bajarishadi. Birgalikda harakat yanada qattiqroq o'zaro bog'liqlik va yordamni o'z ichiga oladi[1]. Ijtimoiy pedagogika nuqtai-nazaridan, "birgalikda harakat" tushunchasi, ta'lim jarayoni ob'ekt(sub'ekt)larning bilvosita yoki bevosita birgalikda faoliyat jarayoni sifatida xarakterlanib, bu jarayon ob'ekt(sub'ekt)larning o'zaro aloqasini yuzaga keltiradi[2]. Ijtimoiy birgalikda harakat - individlar yoki ijtimoiy guruhlarning, ularning manfaatlari yo'lida, birgalikda harakati tushuniladi.

Oxirgi 2 ta tushuncha, ijtimoiy amaliyotning ma'lum variantlarini ifodalab, tomonlardan birining passiv o'rnini ifodalaydi. Ushbu tushunchalarni hamkorlik tushunchasi bilan almashtirish tasodif bo'lmay, bu almashtirish ba'zi jarayonlar mazmunini o'zgartiradi. Ta'lim uchun yangilik bo'lgan hamkorlik tushunchasi, shuningdek oldin ishlatilgan boshqa tushunchalar, ta'lim tizimining turli tomonlari(ta'lim muassasi ma'muriyati - kasaba uyushmasi - pedagogik kollektiv, pedagoglar-(ota-onalar)-ta'lim oluvchilar o'rtasidagi munosabat va aloqalarning mohiyatini ifodalaydi. Shuningdek, tashqi muhit bilan ta'lim sistemasi vakillari orasidagi aloqalar ham e'tiborga olinadi. O'z navbatida, ta'lim muhitiga hamkorlik tushunchasining kirib borishi, unda aloqa va munosabatlarning shakli, mazmuni, xarakteri va mohiyatining o'zgarishi haqida guvohlik berishi kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oxirgi 30 yilda ta'limda ijtimoiy hamkorlik tushunchasi bo'yicha fikrlar va xulosalar A. Yu. Grankin(2003), A. R. Baykulova(2004), E. I. Baldisina(2005) va boshqalarning ilmiy-tadqiqot ishlarida ifodalangan. Ushbu va boshqa tadqiqitlar xulosalari, davlat va oila o'rtasidagi munosabat, davlatning shaxs, oila va jamiyatdan ustivorligi asosida qurilgan. Bu holat davlat organlarining oila va shaxs faoliyatiga aralashishiga olib keldi. Davlat tizimining bir qismi sifatida maktab ham, o'zaro munosabatlarning va birgalikdagi harakatning mos prinsiplarining omili hisoblanadi.

Oxirgi yillarda bu muammoni aniqlash va uning yechimini zaruriyatini anglash zaruriyati yuzaga keldi. Bu muammolar oila va ta'lim muassasasining hamkorligi bo'yicha alohida tadqiqotlarda(Yu. V. Medova(2005), G. L. Mozjuxina(2006), R. M. Vasilyeva(2006), N. G. Odinets(2006), O. D. Nikolskaya(2007) va boshqalar), shuningdek davlat hujjatlarida ifodalangan.

O'z navbatida, ta'lim muhitiga hamkorlik tushunchasining kirib borishi, unda aloqa va munosabatlarning shakli, mazmuni, xarakteri va mohiyatining o'zgarishi haqida guvohlik berishi kerak. Hozirgi vaqtda ta'lim tizimida hamkorlik munosabatlarining asosiy turlari[1]:

Formal-statistik munosabat - ta'lim tizimi tomonlarining mavjudlik fakti rasman hisobga olinadi. Bir tomondan, o'quvchi oilaga tegishli, ikkinchi tomondan u maktab jamoasining a'zosi hisoblanadi. Oila va maktab bir-biriga minimal talab quyadi. Chunki bir tomon ko'rsatadigan faoliyati qiymatini ikkinchi tomon uchun uncha katta hisoblamaydi.

Iste'molchilik munosabati - ta'lim tizimi tomonlari o'z tomonidan iloji boricha kamroq hissa qo'shishga intilib, boshqa tomondan ko'proq narsa talab qiladi. Ta'lim jarayonida tomonlar bir-biridan natija kutishi, odatda negativ xarakterga ega bo'ladi.

Xayr-sahovat munosabati - moliyaviy(material) yoki mehnat shaklida bo'lgan, beg'araz va ixtiyoriy yordam ko'rinishni ifodalaydi. Bu yordam bir yoki ko'p martalik bo'lib, bu yordamni beruvchi tomon ta'lim jarayonida hech qanday huquqqa ega bo'lmaydi. Bu bir tomonlama ko'mak hisoblanib, hamma vaqt ham o'zaro foydali amaliyot hisoblanmaydi.

Homiylik munosabati - maktab odatda, muassasaning muammolarini hal qilish uchun ota-onalardan moddiy ishtirok etishini kutadi. Oila esa, eng zarur hollarda, u yoki bu resurslarning yetishmasligi sezilganda jalb qilinadi. Ota-onalar o'z tomonidan, ta'lim muassasi faoliyatiga aralashmaslikka intiladi. Ular maktabga hamma faoliyat va ma'suliyatni yuklab, o'z bolasining ta'lim va tarbiyasini masalasini moddiy resurs tomondan hissa qo'shish bilan hal qilishga intilishadi. Ota -

homiyning ota-sahovatpeshadan farqi shundaki, ta'lim muassasiga zarurli bo'lgan faoliyat uchun mehnat, moddiy yoki moliyaviy shakldagi homiylikni ko'rsatadi. Keyin yana homiylik qilish masalasini hal qilish uchun, u ushbu homiylikning hisobotini maktabdan so'raydi.

Kooperativ munosabati - oila va maktab orasida ma'suliyatlarni taqsimoti bo'lib, har-bir tomon umumiy ishga o'z hissasini qo'shadi. Bu tomonlarning maqsadlari va qadriyatlarini aniqlashtirib olmasdan sodir bo'ladi. Shuningdek ota-onalarni, bir martalik mehnat aktsiyalariga jalb qilish va h.k. Maktab-oila hamkorligi - lokal yoki davriy xarakterli amaliyot bo'lib, bu ma'lum konkret natijalarga erishishga yo'nalgan. Bu amaliyot maktab tomonidan umumiy rahbarlik va faol o'rin tutishni talab qiladi. Xodimlar esa, rahbariyat ishiga ishtirok etishmaydi. Ta'lim natijasi uchun ma'suliyatni bo'yniga olmay, ta'lim jarayoniga o'zining hissasini qo'shib boradi.

Investitsion munosabati - oila ta'lim muassasining o'ziga xos "buyurtmachisi" hisoblanadi. U maktabga o'zining talablarini qo'yib, u ta'lim jarayoniga o'zining xususiy moddiy va intellektual resurslarini kiritadi. Masalan, ta'lim muassasasining moddiy-texnik ta'minoti va maishiy muammolarini hal qilish, uning hayot faoliyati sharoitlarini ta'minlab, investor kabi unga egalik qilishga, investitsiya amaliyoti ob'ektlari va natijalarini boshqarish huquqiga egadir. O'z navbatida, ta'lim muassasasi investorning sifat talablariga munosib bo'lishga intiladi. Bu munosabatlar kontrakt bilan mustahkamanadi.

Hamkorlik munosabati - tomonlarning kelishilgan pozitsiyalarining mavjudligi, ularning o'zaro foydali faoliyati jarayonida, amalga oshirishga tayyorligi, harakatlarni muvofiqlashtirishga bo'lgan ehtiyoj, faoliyat jarayoni va uning natijalarini birgalikda baholash, ta'lim va tarbiya natijasi uchun birgalikda javobgarlik, umumiy ta'lim faoliyatiga o'z ulushini qo'shishga har-bir tomonning intilishidir. Bu shuningdek, jamiyatning qo'shimcha resurslarini ta'lim jarayoniga jalb qilish hisobidan amalga oshiriladi.

MUHOKAMA

Ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bo'yicha tadqiqotlariga tayanib, ta'kidlash kerakki, ta'lim jarayonida hamkorlik-ijtimoiy dialogga asoslangan, ijtimoiy munosabatlarning yuqori darajali shakli hisoblanadi. Pedagogik adabiyotlarda hamkorlik tushunchasi qo'llanila boshlaganiga ko'p bo'lgan bo'lmasada, ta'lim tizimida hamkorlik tushunchasini quyidagi pozitsiyalar nuqtai-nazardan qarash shakllanib bormoqda[1].

1. Ta'lim tizimida hamkorlik - oila va ta'lim muassasasi o'rtasidagi aniqlangan o'zaro munosabatlarning sistemasi sifatida, o'quvchilarning rivojlanishi,

tarbiyasi va ta'limida, ikkala tomon manfaatdorligi asosida shakllanga n, teng huquqli sub'ektlarning birgalikdagi harakati.

2. Ta'lim tizimida hamkorlik - umumiy masalalarni hal qilish buyicha faoliyat jarayonida paydo bo'ladigan ma'lum munosabatlar shakli. U o'zaro manfaatli va umumiy muammolarni hal qilish yo'llarini tanlashda tomonlarning teng huquqiylik va ixtiyoriylik printsiplari asosida qurilgan.

3. Ta'lim tizimida hamkorlik - ta'lim muassasasi bilan tashqi ijtimoiy strukturalar o'rtasidagi munosabat darajasi.

4. Ta'lim tizimida hamkorlik - ta'lim muassasining turli ijtimoiy guruhlar vakillari bilan maxsus tashkil etilgan umumiy faoliyat jarayonidir. Bu guruhlar ta'lim tizimida sifatni oshirishdan manfaatdor hisoblanadi.

5. Ta'lim tizimida hamkorlik - sub'ektlarning dialog munosabati asosida qurilgan, ijtimoiy o'zaro harakat turi hisoblanadi. Bu munosabatlar yagona harakat strategiyasini ta'minlaydi.

6. Ta'lim tizimida hamkorlik - ish beruvchi, kasaba uyushmasi va xodim o' rtasidagi normativ-huquqiy va iqtisodiy munosabatlardir.

7. Ta'lim tizimida hamkorlik - ta'lim tizimida ish beruvchi, kasaba uyushmasi va davlat boshqaruv organlari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi vositasi va jarayonidir.

Ta'lim tizimida ijtimoiy hamkorlikning tashkiliy-muvofiqlashtirish shakllari:

1. Vasiylik kengashi- ta'lim muassasasi nizomi asosida faoliyat yuritadigan, yuridik shaxs statusiga ega bo'lmagan kengash.

2. Vasiylik kengashi - mustaqil yuridik shaxs(notijorat fond).

3. Ta'lim muassasasi hamkorlari kengashi - muassasining ta'lim ehtiyojlarini amalga oshirishga manfaatdor bo'lgan, ixtiyoriy ravishda fizik va yuridik shaxslarni birlashtirgan, jamoat-notijorat tashkiloti(veteranlar kengashi, ilmiy-metodik markazlar, jamoat tashkilotlari va h.k.).

4. Ta'lim muassasasi bazasida ijtimoiy hamkorlikning resurs markazi.

5. Qo'shma tarbiyaviy dasturlarni ishlab chiquvchi va amalga oshirishni boshqaruvchi, territorial idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash.

6. Ta'limda hamkorlarning sub'ektivlik darajasini oshiruvchi refleksiv seminarlar.

7. Sotsiumning ijtimoiylashish imkoniyatlarini birlashtiruvchi, ijtimoiy hamkorlikning resurs markazi.

NATIJALAR

Real ijtimoiy hamkorlik endi shakllana va anglana boshlanmoqda. Tajriba ko'rsatadiki, hamkorlik ma'lum darajagacha o'sishi kerak. Ya'ni yuqorida ko'rsatilgan darajalarni o'tishi kerak. Birgalikda harakat holatini ifodalash uchun ushbu kategoriyalardan foydalanish mumkin[2].

- Birgalikda harakatning yo'naltirilganligi - ta'lim va ijtimoiy muammolarni hal qilish.

- Maqsadli guruh-birgalikda harakat yo'naltirilgan muammoni hal qilishga mo'ljallangan.

- Birgalikda harakat sub'ektlari.

- Tomonlarning ishtirokchilik motivlari.

- Birgalikdagi harakatni ta'minlovchi faoliyat turlari(dasturlar, pro yektlar, rejalar, sektsiyalar va h.k.).

- Tomonlar faoliyatini muvofiqlashtirishning tashkiliy shakllari.

- Tomonlarning muammolarini hal qilishga kirishganligi(sahovatpeshalik, homiylik, tovar almashish).

- Har-bir tomondan birgalikda harakatga jalb qilingan resurslar(xodimlar, moliyaviy, moddiy, tashkiliy va h.k.).

- Munosabatlar-bir martali, davriy, uzoq muddatli.

- Birgalikda harakat natijasida kutiladigan o'zgarishlar - lokal, modul, sistemali.

- Birgalikda harakat xarakteri - ta'lim muassasi ichida yoki idoralararo, sektorlararo.

- Ta'limda birgalikda harakatning huquqiy-normativ bazasi.

1-jadval. Ta'limda birgalikda harakat holati.

Birgalikda harakat parametrlari Birgalikda harakat darajalari.

past o'rta yuqori

Birgalikda harakatning yo'nalganligi Muassasaning ta'lim faoliyati lokal muammosi yechimi Muassasaning ta'lim faoliyati muammosi sistemali yechimi Ijtimoiy-ta'lim muammosi yechimi.

Maqsadli guruh Ijtimoiy himoyalanmagan kategoriyaga tegishli o'quvchilar O'quvchilar, pedagoglar, ota-onalar-ta'lim jarayonining sub'ektlari Shahar, tuman yoki ta'lim muassasi joylashgan punkt aholisi toifalari.

Suby'ektlar Pedagoglar, ta'lim muassasasi o'quvchilari Pedagogik jamoa, ota-onalar, o'quvchilar, maktab kengashi, vasiylik kengashi. Pedagogik jamoa, ota-onalar, o'quvchilar, investorlar, hamkorlar, sotsium vakillari.

Ishtirok motivlari Moddiy-moliyaviy, ta'lim jarayonining Ta'limning hamma sub'ektlari uchun motiv Nomoddiy, turli ijtimoiy guruh vakillariga yordam

ishtirokchilari uchun motiv izlash. izlash. berishga intilish, tashqi sub'ektlar uchun ham motiv izlash.

Faoliyat turlari Bir martalik tadbir Rejalar, dasturlar, ta'lim muassasida lokal proektlar. Ijtimoiy muhim proyektlar va aksiyalar.

Tashkiliy shakllari Mavjud emas. Maktab kengashi, ta'lim muassasasi bazasida vasiylik kengashi. Fondlar, resurs markazi, territorial idoralararo kengashlar.

Tomonlarning jalb etilganligi Saxovatpeshalik, tovar almashish Homiylik, investitsiya. Investitsiya, hamkorlik.

Resurslar Moliyaviy-moddiy Kadrlar, tashkiliy, moliyaviy. Kadrlar, tashkiliy, moliyaviy.

Munosabatlar davomiyligi Bir martalik Davriy Uzoq muddatli

Normativ-huquqiy baza Mavjud emas Ta'lim muassasasi bazasida lokal aktlar. Sektorlararo, idoralararo yoki idora buyicha shartnomalar

Birgalikda harakat xarakteri Tegishli idora bo'yicha Idoralararo Sektorlararo

XULOSA

Yuqorida keltirilgan jadvalning o'ng ustuni buyicha, hamkorlik munosabati darajasi eng samarali va perspektiv hisoblanadi. Boshqa tomondan tushunarliki, hamkorlik darajasiga darrov erishib bo'lmaydi, real holatda, hamkorlikning ma'lum etaplarida turli parametrli darajalar majmuasi namoyon bo'ladi. Masalan, tomonlarning birgalikdagi harakatga yuqori darajada jalb qilinganligi, tashkiliy shaklning o'rta darajasi bilan namoyon bo'lishi mumkin. Real daraja, parametrlar majmui buyicha hal qiluvchi xarakteristika bilan aniqlanadi. Bunda hisoblanadiki, darajani aniqlashda matematik aniqlik muhim emas. Bunda o'sha vaqtdagi ijtimoiy birgalikda harakatni sifatiy baholash muhim hisoblanadi. Bu birgalikda harakatni effektivligini oshirish uchun tomonlarning keyingi faoliyati perspektivini ko'rishga imkon beradi.

Xulosa sifatida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-ta'lim hamkorlikda, maktabning alohida pozitsiyasi, uning jamiyat bilan birgalikdagi harakatdagi pozitsiyasidan ushbu jihatlar bilan farq qiladi.

- Maktab ta'limda hamkorlik faoliyatida bog'lovchi halqa bo'lishi kerak. Chunki, gap kelajak avlodning ta'limi va tarbiyasi haqida ketadi. Shuningdek, birgalikda harakatning bir tomonning ustunligidan voz kechish kerak.

- Maktab o'zining rahbarlik va yo'naltiruvchi o'rnini, tashkilotchi -muvofiqlashtiruvchi o'rniga almashtirib, keyin bu o'rinni muvofiqlashtiruvchi organlarga berish.

- Pedagogik jamoaning vazifasi, ta'lim-tarbiya sohasida faollik ko'rsatuvchi tomonlarni qidirishdir. Bu tomon individual maqsadga erishish uchun o'zaro harakatga kelishda ularga yordamni taklif etishi kerak.

- Tomonlardan birining aniq hamkorlik pozitsiyasi mavjud bo'lmaganda, avval hamkorning sub'ektlilik xususiyatini oshirish kerak. Bu oshirish, tomonlarning hamkorlik borasida harakatga bo'lgan ehtiyojni anglashigacha davom etadi. Keyin ular bilan yuqorida ko'rsatilgan prinsiplar asosida munosabat qurish kerak.

- Hozirgi ta'lim tizimida hamkorlik - yangi va dolzarb hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ta'lim amaliyoti-ijtimoiy hamkorlik deb ataladigan hodisa hisoblanadi. Aslida bu hodisa - investorlik, hamkorlik, homiylik va sahovatpeshalik elementlarini o'z ichiga olgan aralash ta'lim hamkorligidir.

Hozirda ta'lim jarayonida hamkorlik munosabatlari sohasining kengayishi bilan bog'liq jarayonlar(bir idora doirasidan idoralararo yoki sektorlararo darajagacha), eng qiyin bo'lgan ijtimoiy muammolarni yechishda, jamiyatning resurslarini birlashtirishning dolzarbligi oshadigan sharoitlarda, hamkorlik ta'lim sohasida shaxs o'zaro munosabatlarning yangi turini shakllantiruvchi muhim pozitiv an'anaga aylanadi. Ko'rinadiki, ta'lim sohasi uchun yangi bo'lgan, ko'p ishlab chiqiladigan va tadqiqot qilinmagan yangi mavzular qoladi. Shuningdek, amaliyot nuqtai-nazardan, ijtimoiy hamkorlikning yo'li, etaplari, shakllari va mexanizmlari, ta'lim sifatini oshirish vositasi sifatida qo'shimcha o'rganishni talab etadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Хоменко И. А. (2007). Школа и родители: этапы развития социального партнерств. Директор школы. 4, 86-90.

2. Usarov D.E., Suyarov K. T. Developing pupils' learning and research skills on the basis of physical experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. Vol.24, Issue 02,2020, P.1338-1346.

REFERENCES

1. Хоменко И. A. (2007). Школа и родители: этапы развития социального партнерств. Директор школы. 4, 86-90.

2. Usarov D. E., Suyarov K. T. Developing pupils' learning and research skills on the basis of physical experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24 (02), 2020, pp. 1338-1346.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.