Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM JARAYONIDA NAQSHBANDIYLIK TA’LIMOTIDAGI PEDAGOGIK FIKRLARDAN FOYDALANISH'

OLIY TA’LIM JARAYONIDA NAQSHBANDIYLIK TA’LIMOTIDAGI PEDAGOGIK FIKRLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tanqidiy

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — V Atoxo‘jayev

Vatanimiz mustaqillikka erishib, istiqlol yo‘lini tanlab olishi jamiyatimizning har tomonlama ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Mustaqil davlatimiz hamma jabhalarining rivojlanishi eng avvalo kishilarimizning yuksak axloqiy, insoniy fazilatlariga bog‘liqdir. Buning uchun yoshlarda milliy g‘ururni tarbiyalash joiz. Milliy g‘urur esa, kishida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur bilmasdan turib shakllanmaydi. Masalan, jahlni bosish uchun kishida kuchli iroda zarur. Xalqda “jahl chiqqanda aql qochadi”, deyilishi bejiz emasdir. Jahlga berilmaslik uchun tik turgan odam o‘tirishi yoki „astag‘furullo“ kalimasini qaytarishi zarur bo‘ladi, deyilgan hadislarda. Islom ta’limotida odamlarning o‘z hayot tarzlariga doimo tanqidiy qarab, qilgan va qiladigan ishlariga insof, diyonat, axloq, odob nuqtai nazaridan baho berishga undab kelingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM JARAYONIDA NAQSHBANDIYLIK TA’LIMOTIDAGI PEDAGOGIK FIKRLARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

OLIY TA'LIM JARAYONIDA NAQSHBANDIYLIK TA'LIMOTIDAGI PEDAGOGIK

FIKRLARDAN FOYDALANISH V.Atoxo'Jayev

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti O'zbek tili, pedagogika va jismoniy

madaniyat kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10012155 Vatanimiz mustaqillikka erishib, istiqlol yo'lini tanlab olishi jamiyatimizning har tomonlama ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy jihatdan rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Mustaqil davlatimiz hamma jabhalarining rivojlanishi eng avvalo kishilarimizning yuksak axloqiy, insoniy fazilatlariga bog'liqdir. Buning uchun yoshlarda milliy g'ururni tarbiyalash joiz. Milliy g'urur esa, kishida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur bilmasdan turib shakllanmaydi. Masalan, jahlni bosish uchun kishida kuchli iroda zarur. Xalqda "jahl chiqqanda aql qochadi", deyilishi bejiz emasdir. Jahlga berilmaslik uchun tik turgan odam o'tirishi yoki „astag'furullo" kalimasini qaytarishi zarur bo'ladi, deyilgan hadislarda. Islom ta'limotida odamlarning o'z hayot tarzlariga doimo tanqidiy qarab, qilgan va qiladigan ishlariga insof, diyonat, axloq, odob nuqtai nazaridan baho berishga undab kelingan.

Oliy ta'lim jarayonida Naqshbandiylik ta'limotidagi pedagogik fikrlardan foydalanib talabalarga ta'limotdagi insonning o'z-o'zini tarbiyalashi, o'z xulq-atvoridagi kamchiliklarni doimiy tahlil qilib, ularni bartaraf qilishi, o'z hissiyoti, hatti-harakatini o'zi tartibga solishi kabi xatti-xarakatlar pedagog kadrlar uchun muhim hisoblanadi. Shu jihatdan olganda mazkur ta'limot pedagoglarga axloqiy, ruhiy, ma'naviy poklanish vositasi bo'la oladi. Prezident Islom Karimov shunday deydi: "Din, shu jumladan, Islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud bo'lib kelganligining o'zidayoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan, uning o'ziga xos bo'lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma'naviy hayotining muayyan sohasi bo'lgan din umuminsoniy axloq me'yorlarini o'ziga singdirib olgan, ularni shakllantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor normalariga aylantirgan. Madaniyatga katta ta'sir ko'rsatgan, insonning odamlar bilan bahamjihat yashashiga ko'maklashgan va ko'maklashmoqda" Kadrlarimizni ukitishda milliy merosimizning g'oyaviy va axloqiy asosini tashkil etuvchi islom ta'limoti va hadislar juda katta tarbiyaviy va ta'limiy ahamiyatga ega. Ulardagi markaziy masala insondir. Insonning axloqiy pokligi, sofligi, komil imoni ularning kundalik hayotiy munosabatlari, yashash tarzlari bilan chambarchas bog'liqlikdir. Dabdababozlik va hashamatga berilish jamiyatning ko'p sohalarini qamrab olib, millatning umumiy taraqqiyotiga zarar yetkazadi va ko'plab kishilarni kambag'al, nochor yashashiga sabab bo'ladi. Islom ta'limotiga ko'ra to'g'rilik va kishilarga qilingan yaxshilik abadiyligi ta'kidlanadi. Inson ko'p boylik orttirganda o'zida ortiqcha qudrat his qilib, haddidan oshadi, bosar-tusarini bilmay qolib, adolat chegarasini unutadi va nomaqbul ishlarga qo'l urishi "Alaq" surasida aytilgan. Unda kishilarni ortiqcha kekkaymaslikka, kibr-havoga, davlatga berilmaslikka, qanoat bilan yashashga chaqiradi. Islomda baxillik qoralanadi. Baxillik xudbinlik odamlar o'rtasidagi mehr-muhabbatning yo'qolishiga olib keladi, ular odamlar o'rtasida izzat-hurmatdan mahrum bo'ladi va ularning nafratiga uchraydi. "Xashf' surasida: „Kimki o'z nafsi baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o'shalar iqbollidirlar", - deyiladi. "Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur". Milliy merosimizda axloqiy poklik, burch va sadoqat, samimiylik, vatanparvarlik, mehr-oqibatlilik eng muhim insoniy fazilat hisoblanadi.

O'z-o'zini tarbiyalash ongli jarayon. Bunda inson yaxshilik va yomonlik, nomus va uyat, burch va sadoqat nuqtai nazaridan o'z hatti-harakatlariga baho beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Buyuk alloma Imom Buxoriy islom dinini huzurbaxsh din, degan edilar, bu g'oya hadislarda o'z talqinini topgan. Ayniqsa, hadislarda kishilarning o'zaro muomalada rahmdil, mehribon bo'lishi, shuningdek, qarg'ash, bir-birini kamsitish bo'lmasligiga alohida e'tibor beriladi. Odamlar g'azabi kelganda o'zini bosishi lozim, g'azabini bosa oladigan kishi kuchlidir: "Og'ir-bosiqlikda foyda bor va shoshma-shosharlikda zarar bordir", - deyiladi hadislarda. Kishilarda yuqorida keltirilgan ijobiy xislatlarni tarbiyalashda va salbiylarini bartaraf qilishda ilm-fan muhim rol o'ynashini islom ta'limoti inkor qilmaydi, insondagi ijobiy xislatlarni tarbiyalashda, uning rivojida ilm muhim vosita ekanligi hadislarda qayd qilinadi.

Hadis - arabcha so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi "hikmatliso'z" demakdir. Hadis va islomning boshqa muqaddas kitoblarida ilmga insonlarni ezgulik, poklikka yetaklovchi, turli ofatlardan asrovchi vosita, deb qaraladi. Hadislarda ilmni poklik, halollik, kishilarni yaxshilik sari boshlovchi, qorong'ulikda yo'l ko'rsatuvchi mash'ala tariqasida talqin qilinadi, ilm avvalo imon, e'tiqoddir, imon bilan ilm egizak, har qanday imonli odam o'z ilmiga amalqilishi, ilmidan kelib chiqib, kishilarga to'g'ri yo'lni ko'rsatib, maslahat bermog'i lozim. Dinning asosini imon, e'tiqod tashkil etadi.

Ilmni chuqur, mukammal o'rganish zarur: "Kimki tabobat ilmini bilmay turib, tabiblik qilsa, u zolimdir". Ilm bilan shug'ullanishning o'zi yetarli emas, uni boshqalarga o'rgatish ham lozim, bu haqda hadislarning birida bunday deyiladi: "Kimki ummatlarimdanmening sunnatimga oid 40 hadisni yodlab yetkazsa, qiyomat kunida men uni shafoatimga loyiq kishilar safiga kirgizaman". Ilm o'zlikni anglash demakdir.

Hadislarda ilm, hikmat ham umumabshariyat mulki bo'lmog'i lozim, deyilgan. Hadislarning ilmiy-ma'naviy qimmati, insonparvarligi, axloqiyligi shundaki, ularda barcha masalalar xolisona qo'yilgan. Ularda ta'limning hozirgi ko'p muammolari o'ziga xos tarzda qo'yilgan, bular: ta'lim tamoyillari, ta'limning umumiyligi, majburiyligi va hokazolardir. Quyidagi hadisda: "Har bir musulmonga ilmga intilish farzdir!" - deyilgan . Bu fikr ta'limning umumiyligi, majburiyligiga ishoradir. Ushbu fikrlar Ya.A.Komenskiyning mashhur "Buyuk didaktika"si yozilmasidan bir necha asr avval aytilgandir. Hadislardagi fikrlarning qimmatli tomoni yana shundaki, ular umumbashariydir, ular biror-birijtimoiy guruh, ular insoniyat ma'naviyati, axloqiva madaniyati taraqqiyotining sarchashmalaridir.

Naqshbandiya tariqatining milliy va diniy qadriyatlar tizimidagi o'rni shundaki, u alohida guruh yoki maxsus tayyorlangan dinpeshvolari uchungina emas, balki har qanday sog'lom fikr yurituvchi, halol yashashni o'zining insoniy burchi hisoblagan har birkishi ehtiyojiga mos keladi. Uning bu xususiyatlarini quyidagilarda ko'rish mumkin:

1. Naqshbandiya tariqatining 11 rashhasi (asosiy qoidalari) shunday xususiyatga egaki, ularni solik ham, so'fiy ham - istalgan musulmon yoki tasavvufga aloqasi bo'lmagan odam ham bilishi, rioya qilishi ko'zda tutilgan holda ishlab chiqilgan.

2. Umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish (kattalarga, ota-onaga, ustozlarga hurmatda bo'lish, kichiklarga izzatda, mehr-shafqatda bo'lish; zino, o'g'rilik qilmaslik, odam o'ldirmaslik, o'zgalarga zulm qilmaslik) naqshbandiya tariqati talablarining amaliyoti yanada universal va insonparvarlik mohiyatiga ega bo'lganligini ko'rsatadi.

3. Naqshbandiya tariqati amaliyotining ba'zi maxsus talablari: so'zlashish odobida xush muomalalik, luqmada halollik, xudbinlikni inkor etish, o'zi va atrofdagilardan ogoh bo'lish, har bir ishda hushyor bo'lish, kibrdan qochish kabi umuminsoniy qadriyatlarga rioya etish, o'z hatti-harakatlarining oqibatlarini oldindan ko'ra bilish, o'z ongi va diqqat-ye'tiborini ish bilan band qilish uni mukammal suluk (ta'limot) darajasiga yetkazdi.

4. Naqshbandiya tariqati amaliyotining yana bir maxsus talabi tasavvufni, tariqatni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

islomga mos ravishda o'zaro uyg'unlashtirdi, islom hamda shariat qonunlari, qoida-me'yorlariga qat'iy, izchil va ongli tarzda rioya qilish talablarini qo'yishi uning umummilliy qadriyatlardan hisoblanib, uning insonparvarlik mohiyatiga ega ekanligini ko'rsatadi.

5. Naqshbandiya tariqati amaliyotining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri mehr-shafqatni nafaqat insonlarga, balki hayvonlarga, o'simliklarga, tabiatga ham ko'rsatmoq joizligini uqtirishidadir, bu esa hozirgi zamon ekologik tarbiyasi talablariga mos keladi.

Bayon qilingan fikrlardan ko'rinmoqdaki, naqshbandiya tariqatining ijtimoiy mohiyati uning inson hayotiga yaqinligi hamda odamlarni halol mehnat qilib, imon-e'tiqod bilan yashashga chaqirishida namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Navro'zova G. Naqshbandiya tasavvufiy ta'limoti va barkamol inson tarbiyasi. -Toshkent: Fan, 2005 yil. -B. 12.

2. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi.Birinchi kitob.-Toshkent, 1996 yil. -B. 47.

3. Buxoriy Xoji Abdulg'afur Razoq. Tariqatga yo'llanma (Naqshbandiya ta'limoti asosidir). -Toshkent: Movarounnahr, 2003 yil. -B. 25.

4. Durdona Mir Kulol vash oxi Naqshband makomatlari.- Toshkent, 1993.-B. 46.

5. Zaripova G.K. Bahouddin Naqshband ta'limotida tarbiyaning o'ziga xos texnologiyasi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. -Buxoro, 2006 yil. -B. 14-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.