Научная статья на тему 'TALABA YOSHLARNING AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA ISLOMIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

TALABA YOSHLARNING AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA ISLOMIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
76
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ongu tafakkur

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G. Eshonova

Qadriyatlar tizimida islom dini hozirgi kunda shaxs ma’naviyatini yuksaltiruvchi omillardan biri ekanligi ko‘pgina olimlar diqqatini jalb qilmoqda. Hozirgi kunda milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish hamda shuning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish asosida talaba yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish dolzarb masaladir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABA YOSHLARNING AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA ISLOMIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

TALABA YOSHLARNING AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA ISLOMIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

G. Eshonova

Nizomiy nomidagi TDPU Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, f.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.10004233

Qadriyatlar tizimida islom dini hozirgi kunda shaxs ma'naviyatini yuksaltiruvchi omillardan biri ekanligi ko'pgina olimlar diqqatini jalb qilmoqda. Hozirgi kunda milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o'rganish hamda shuning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhitni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo'shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o'rganish asosida talaba yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish dolzarb masaladir.

Islom qadriyatlari va tasviriy san'at integratsiyasi tarixiy ildizlarga ega bo'lib, komil inson tarbiyasiga hissa qo'shib kelgan.

Hozirgi kunda ta'lim sohasida komil inson barkamol insonni tarbiyalash masalasiga to'g'ri keladi. Talaba "yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, xuquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ularda sog'lom turumsh tarziga rioya etish, inson huquqlari, gender tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish"1 dolzarb masaladir.

Tarixdan ma'lumki, Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga islom dinining kirib kelishi yurtimizning ulkan hududida ilmiy-ma'naviy markazlarni maydonga keltirdi. Arab tilining yagona ilmiy til sifatida e'tirof etilishi madaniyat va ma'naviyat rivojini yangi bosqichga ko'tardi. Shu bilan birga tan olish kerakki, musulmonlarning Movarounnahrni fath etishi ham bu hududda ilgari mavjud bo'lgan din bilan bog'liq madaniyatiga putur yetkazdi.

Bu o'lkada islomgacha zardushtiylik, buddaviylik, moniylik, xristianlik, mazdakiylik, shomoniylik diniy e'tiqodlari bilan bog'liq tasviriy san'at, haykaltaroshlik asarlari juda ko'p va go'zal tarzda ishlangan edi. VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyoga kirib kelgan arablar mahalliy aholining diniy e'tiqodlari bilan bog'liq bo'lgan san'ati, milliy merosini, madaniyatini inkor etdi. Abu Rayhon Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida arablar kelmasidan oldin ham mahalliy xalqning madaniyati, adabiyoti, ilm-fani taraqqiy topganini, san'atning hamma turlari rivojlanganini ta'kidlaydi.

Butlarni tasvirlashni taqiqlash haqida Abu Rayhon Beruniy va Narshahiydan tashqari Tabariy va boshqa tarixchilar ham o'z asarlarida yozib qoldirganlar. "Tabariyning ma'lumotiga qaraganda, Qutayba Samarqandni ishg'ol qilganida juda ko'p haykallar va sanamlar oltin, bronza, kumush butlarni eritib yuborishga farmon bergan. Arablarning Farg'onadagi noibi xalq tomonidan haydalganida ko'p miqdordagi qimmatbaho haykallarni olib ketganligi haqida ma'lumotlar bor. Ma'sudiy esa Farg'onada quyoshga sajda qilinadigan juda katta ibodatxona buzib tashlanganligini sharhlaydi" .

1 O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son https://lex.uz/docs/4545884

2 Rahmonov M. O'zbek teatri. - Toshkent: Fan, 1975. - B. 189.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Demak, yuqoridagi tarixchilarning bergan ma'lumotlariga ko'ra, yerlik xalqning diniy madaniyati bilan bog'liq but, sanamlarga sig'inish timsoli bo'lgan haykaltaroshlik san'at turiga musulmon ruhoniylarining munosabati ijobiy bo'lmagan. Shuning uchun islom madaniyatining dastlabki davrida tasviriy san'at masalasi juda nozik muammolardan biri bo'lgan.

Islom madaniyatining nazariy asoslarini Qur'on hamda hadislar tashkil etadi. Islom falsafasi markazida Allohning yagonaligi haqidagi ta'limot yotadi. Qur'on yakkaxudolikni targ'ib etadi. Qur'onning eng asosiy ta'limotlaridan biri - Allohning o'zigagina ibodat qilishdir. Qur'oni karimga ko'ra, "Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) hamisha barhayot va abadiy Turuvchidir"3.

Islom dinida sunna islomning sunniylik yo'nalishidagi Qur'ondan keyingi ikkinchi huquqiy manba hisoblanadi.

Ilk islomda tasviriy san'atga munosabat ikkinchi muqaddas manba - hadis asosida shakllantirilgan. Jonli narsalarni tasvirlashni taqiqlash hadislarda ham bayon etildi. Masalan, "Sahih al-Buxoriy"da: "Alloh Taolo dargohida qiyomat kuni eng qattiq azob chekuvchilar -surat chizuvchilar! Bu suratlarni chizuvchilar qiyomat kuni azob chekadilar. Ularga: O'zingiz yaratgan narsalarga jon ato etingiz!", "Farishtalar suratlar bor uyga kirmaydilar " va yana "Oysha onamizning gulli jun pardalari bo'lardi. U bilan uylarini bir tomonini to'sib qo'ygandilar. Janob Rasululloh (s.a.v.): "Bu pardangni bizning ro'paramizdan olib tashlag'il, chunki undagi suratlar men namoz o'qiyotganimda ko'rinib turg'aydir (xayolimni bo'lg'aydir)" kabi hadislar keltiriladiki, bularda tasvirlash san'ati taqiqlandi4.

E'tibor berilsa, Muhammad payg'ambar kiyim va gilamdagi suratlarga e'tiroz bildirmagan. Biroq o'rta asrlardagi mutaassiblar yarim hadisni iqtibos qilib olib, har qanday jonli narsa tasvirini taqiqlagan. Vaholanki, yuqoridagi hadislar Muhammad payg'ambar tomonidan islom dinini mustahkamlash davrida aytilgan hadislardir. Chunki "Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiqlanishiga asosiy sabab - payg'ambar va aziz-avliyolar rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sig'inib ketish xavfining mavjudligi bo'lgan"5.

Demak, islom dini paydo bo'lgan davrda avj olgan butparastlik, surat hamda haykalga sig'inishni bartaraf etish maqsadida Muhammad (s.a.v) rasm solishni taqiqlab qo'yganlar va bu hadislarda o'z aksini topgan.

Qur'onning bironta surasida tasvirlash san'ati taqiqlanmagan. Islom dinida tasviriy san'at muammosi faqat sig'inish ob'ekti bilan bog'liq masalalar yuzasidan bo'lgan. Shuning uchun islom ta'limotiga ko'ra, Alloh qiyofasi tasvirlanmaydi.

Keyinchalik payg'ambar vafotidan so'ng, endi sunna kifoya qilmas edi, ilm bo'lmasa, ibrat taqlidga aylanishi xavfi bor edi. Shuning uchun keyinchalik islomda ma'rifatchilik davr ehtiyoji sifatida yuzaga kelgan; islom dinini mantiqiy tafakkur vositasida kishilar ongiga singdirish lozim bo'lgan.

Arab-islom madaniyati Shom, Eron, Turonzamin xalqlari madaniyati bilan qo'shilib, o'zaro boyib borgach, falsafa, ilmu fan, san'at rivojlandi, tasviriy san'atga ham mo'tadil munosabatning nazariy asoslari yaratildi. Musulmon faylasuflarining ilohiyot haqidagi falsafiy

3 Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. / Tarjima va tafsir muallifi: Shayx Abdulaziz Mansur. - Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa-birlashmasi, 2007. - B. 42.

4 Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis I. Al-Jomi' as-sahih (ishonarli to'plam). - Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1991. - 118-72-73 betlar.

5 Islom ensiklopediya. Z.Husnitdinov tahriri ostida. -T: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2004. -B. 117.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

qarashlari islom tasviriy san'atining qadriyatlari va o'ziga xos yo'nalishlarini belgilab berdi. Musulmon faylasuflaridan Abu Nasr Forobiy shunday deydi: "Birinchi mavjud (Tangri) - turli-tuman kamchiliklarning barchasidan ozod-pokdir. Shuningdek, uning suvrati ham bo'lmaydi. Suvrat moddada bo'lishi mumkin, xolos. Agar suvrat bo'lganida edi, u holda modda suvratdan tuzilgan bo'lar edi"6.

Islom dinidan ilgari mavjud diniy ong badiiy tafakkurda sintezlashgan bo'lib, bu antropomorfizmga olib kelardi. Muhammad (s.a.v.) payg'ambar davrida esa Qur'on hali kitob holiga keltirilmagandi.

Din va san'atning uzoq davom etgan va o'zaro munosabatlari jarayonida har bir dinda o'sha dinning o'ziga xosligini, mazmun-mohiyatini ifodalaydigan san'at tizimi shakllangan. U yoki bu dinlar o'zlari uchun o'sha dinning mohiyati, mazmunini aks ettiradigan u yoki bu san'at tizimini shakllantirgan.

Islom madaniyatidagi o'ziga xos tasviriy san'at turi - bu realistik san'at turi emas, ya'ni majoziy san'at (nafis tasviriy san'at, naqsh, yozuv san'ati, kitob san'ati, devoriy rasmlar san'ati, me'morchilik san'ati) din bilan integratsiyalashgan va bu bilan bog'liq san'at keyinchalik musulmon san'ati sifatida dunyoga mashhur bo'lgan.

Demak, islom dinida tasvirlash san'ati inkor qilinmagan, ammo Xudoni tasvirlash taqiqlangan.

Islomda sig'inish ob'ekti bilan bog'liq muammo kelib chiqqan. Tasviriy san'atning realistik turi tavhid g'oyasining mazmun-mohiyatiga to'g'ri kelmagani bois, islom diniga xos san'at shakllangunga qadar mavjud tasviriy san'at turlaridan diniy targ'ibotda foydalanilmagan. Tasviriy san'atning majoziy san'at turi shakllanganidan so'ng u "nafis tasviriy san'at", "islom tasviriy san'ati" yoki "musulmon san'ati" deb yuritilgan.

Islom ta'limoti va ma'naviyatining muhim jihatini ilm tashkil etadi. Muhammad (s.a.v) Payg'ambarga birinchi nozil bo'lgan "al-Alaq" surasida ham ilmga da'vat bor. Birinchi vahiydanoq ilm olishga da'vat, avvalo, og'zaki shaklda bo'ldi, so'ng yozuvda o'z ifodasini topdi. Zero, yozuv san'at darajasiga ko'tarildi. Qur'on ta'limotiga ko'ra, "Alloh taolo hamma narsadan avval qalamni yaratdi, unga: "Yoz!" deb buyurdi. Qalam: Yo Rabbim, nimani yozaman?" deb so'radi. Alloh unga: "Qadarni yoz!" dedi. Qalam shu onda bo'lgan va bo'ladigan narsalarni yozdi" , deyiladi.

Islomda ilmga muhabbat bilan qaralgani uchun kitob bezash, hattotlik hamda miniatyura san'atlari rivojlandi. O'z navbatida, yozuv va kitobat san'ati islomning rivojlanishiga katta yordam berdi. Bunga Samarqanddagi Tillakori madrasasining osmon-o'par gumbaziga ishlangan juda go'zal, jimjimador naqshlari ranglariga tilla suvi yuritilib, undagi o'simlik shakllari va gullarini jannatning ramziy tasviri deb talqin qilinishi yorqin misol bo'ladi.

Islomda muqaddas so'zning yozma ko'rinishi sifatida hattotlik nihoyatda rivojlandi va san'at darajasiga ko'tarildi. Bundan tashqari monumental me'morchilik, tasviriy san'at, musiqa san'atlari ham g'oyat darajada taraqqiy eta boshladi. Yozma adabiyotga e'tibor, badiiy madaniyatning yuksak rivoji, so'z san'ati bilan shug'ullanish madaniylikning muhim belgisiga aylanib qoldi. Masalan, mohobatli bino Allohning yolg'izligi, buyukligi va ulug'vorligi ramzi bo'lib, bino ichidagi Qur'on oyatlarining go'zal naqshlarda aks ettirilishi, bu yozuvlar ilohiy kalom, Allohning insonlarga hidoyati, ilmi sifatida nihoyatda qadrliligidan dalolat beradi.

6 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. - B. 99.

7 qohjqb P. naiHraMoap-iap TiipuxH hc-omihiit TaipuxHjHp. - TomKeHr: MoKipoy HHaxp, 2005. - E. 28._

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Shunday qilib, so'z bu Allohning kalomi deb tushunilib, musulmon madaniyatining muhim elementi sifatida qabul qilindi. Qur'ondagi so'zlar badiiy mahoratning noyob namunasi sifatida baholandi.

Movarounnahr madaniy hayotida adabiyot, tasviriy san'at, musiqa kabi sohalar yuksak taraqqiyotga erishdi. Bu makondagi ulamolar ham tavhidga qarshi bo'lmay, Alloh yaratgan go'zal narsalarni chiroyli tasvirlash mumkin, degan aqidani yoqlab chiqdilar. Albatta, tasviriy san'atda ham ustuvorlik yozuv, kalligrafiya, kitobat san'atiga berildi. Shu asosda islom miniatyurasining ham o'ziga xos falsafasi, axloqi, g'oyalarining badiiy ifoda shakllari, usullari ishlab chiqildi.

Islom falsafasining mohiyatini ilm tashkil etgani bois, ilm ham Alloh ma'naviyati insonga qadriyatdir, insonning tafakkur go'zalligi, axloqi, ruhiy go'zalligi diniy qadriyatdir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Islom falsafasida insonparvarlik, axloq, go'zallik kabi g'oyalari talabalar dunyoqarashini shakllantiradi.

Ushbu materiallaridan, falsafa, o'zbek filologiyasi, san'atshunoslik, jurnalistika, islomshunoslik, sharqshunoslik fakultetlarida milliy ma'naviyatimizning axloqiy, estetik, diniy asoslari, ma'naviyat tizimida san'at, diniy qadriyatlar va san'at xususidagi fanlarni o'qitishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Milliy ma'naviyatimiz timsolini din va san'at asarlaridan izlashimiz va uni qadriyat sifatida ta'lim-tarbiyada ko'proq yangi pedagogik texnologiyalar usulida qo'llashimiz lozim bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son https://lex.uz/docs/4545884

2. Rahmonov M. O'zbek teatri. - Toshkent: Fan, 1975. - B. 189.

3. Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. / Tarjima va tafsir muallifi: Shayx Abdulaziz Mansur. - Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa-birlashmasi, 2007. - B. 42.

4. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy Hadis I. Al-Jomi' as-sahih (ishonarli to'plam). - Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1991. - 118-72-73 betlar.

5. Islom ensiklopediya. Z.Husnitdinov tahriri ostida. - Toshkent: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2004. - B. 117.

6. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. - B. 99.

7. Obidov R. Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir. - Toshkent: Movarounnahr, 2005. - B. 28.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.