Научная статья на тему 'Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim tarbiyaga ta’siri'

Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim tarbiyaga ta’siri Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
362
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Islom dinining yoyilishi / arablarning ko’plab islohotlari / davlatdagi boshqaruv tizimlari / o’sha davrdagi ullomalarning ta’lim jarayoniga qo’shgan xissalari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Javohir Jahongir O’G’Li Nishonboyev

Arablarning o’zbek zamiriga kirib kelishi natijasida, islom dinining yoyilishi va uning ta’limotiga asoslangan qonun va ta’limning joriy qilinishi hamda hozirgi kunda diniy va dunyoviy ilmlarning farqliligi va uyg’unligi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim tarbiyaga ta’siri»

Islom dinining tarqalishi va uning ta'lim tarbiyaga ta'siri

Javohir Jahongir o'g'li Nishonboyev boxingday5959@gmail. com ToshDO'TAU

Annotatsiya: Arablarning o'zbek zamiriga kirib kelishi natijasida, islom dinining yoyilishi va uning ta'limotiga asoslangan qonun va ta'limning joriy qilinishi hamda hozirgi kunda diniy va dunyoviy ilmlarning farqliligi va uyg'unligi.

Kalit so'zlar: Islom dinining yoyilishi, arablarning ko'plab islohotlari, davlatdagi boshqaruv tizimlari, o'sha davrdagi ullomalarning ta'lim jarayoniga qo'shgan xissalari

The spread of Islam and its influence on education

Jawahir Jahangir oglu Nishonbayev boxingday5959@gmail. com TashSUULL

Abstract: As a result of the penetration of the Arabs into the Uzbek core, the spread of the Islamic religion and the introduction of law and education based on its teachings, as well as the difference and harmony of religious and secular sciences today.

Keywords: spread of Islam, many reforms of the Arabs, management systems in the state, the contributions of the scholars of that time to the educational process

Ilm-u fan - dengiz, ko'rinmas unda had,

Tolibi ilm unda g'avvosdir abad.

(Jaloliddin Rumiy)

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, arablar VII asrda Mavorounnahrga kirib kelishi natijasida, hozirgi O'rta Osiyo, xususan, o'zbek diyorini ham arablar o'z qo'liga oldi. Asta - sekinlik bilan arablar o'z qadriyati, dini va qonunlarini joriy qila boshladilar. Arablar davlatni boshqarishda Qur'oni karim hamda hadisi sharifga tayangan holda boshqaradilar. Misol uchun, o'lkamizga islom dini kirib kelmasidan oldin, biz zardushtiylik dinida edik. Ta'lim jarayonlari esa toshga bitilib yozilar, o'qitilar edi, negaki u paytda qog'oz qimmat edi. Nisbatan ta'lim jarayonidan ko'ra, bizda tijorat va homashyoga bo'lgan e'tibor kuchli edi. Arablar yurtimizga kirib kelishi natijasida, fan-texnika, adabiyot, tibbiyot kabi yo'nalishlar rivojlandi desak xato aytmagan bo'lsamiz. Arablar bizdan qoloqlikni yo'qotish, haq bo'lgan dinni sevish,

yagona Alloh va uning rasuliga ergashish, inson qadri va huquqini muhofaza qilish va h.k larga harakat qilganlar. Qu'ron va hadisi sharifga to'xtaladigan bo'lsak, bilasiz islom dini asoschisi Muhammad Mustafo s.a.v hisoblanadi va bu dinning asosi Qur'oni Karimdir. Bu ilohiy kitobda hamma qonun belgilanib batafsil tushuntirilib o'tilgan. Hadisi sharifda payg'ambarimiz aytgan gaplari, nimaga ahamiyat berishligimiz hammasi aytilib o'tilgan ishonchli muhim manbaa hisoblanadi. Arablar bu manbaalarga asoslanib chiqargan qonunlari haqiqiy, adolatli qonundir. Bora - bora ilmga, bilimga bo'lga ishtiyoq qoloq bo'lgan xalqni oldinga intilishiga sababchi bo'ldi. Xususan, arab tili va ijodida qalam tebratgan ulamolar bizning yurtimizda, xatto boshqa mamlakatlarda ham yashab ijod etib o'tganlar.

Imom al-Buxoriy to'liq ismi (Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) U zot islom dini olimlaridan biri hisoblanib, Buxoro shahrida tijoratchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Ismoil o'z davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo'lib, tijorat hunarlari bilan shug'ullangan. Onasi taqvodor, din-diyonatli, oqila inson edi. Otasi olamdan o'tgach, uning kelajagi va tarbiyasi onasi vakolatiga yuklatilgan. U 5-6 yoshidan islom ilmlarini, payg'ambar alayhissalomning (Muhammad Mustafo ibn Abdulloh) hadislarini o'rganishga va yodlashga tushadi. Mashhur muhaddislar - Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan ilm egallagan. Azaldan muhaddislar safarga ketishidan, avval, o'z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo'lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga chiqishi mumkin edi. Imom Buxoriy 16 yoshga to'lguncha, o'z vatanidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomonga safarga chiqadi. 825-yil Buxoriy oyisi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga jo'naib, o'zi Makka shahrida qoladi. Bu yerda faoliyat ko'rsatayotgan olimlarning ilmiy majlisida qatnashadi. 827-yil Madina shahriga boradi. Madina shahridagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan aloqada bo'lib, ulardan hadislar bo'yicha tahsil oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli davlatlarga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad alayhissalomning hadislarini jamlash turli shahar va davlatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir qancha tarixchi olimlarning e'tirof etishlaricha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan. Keyin, Basra, Kufa va Bag'dodga safar uyushtirdi. Shom va Misrga o'tadi. Bundan tashqari, Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo'lib, bu shaharlardagi olimlardan tahsil oldi va hadislar yig'di.

Imom Buxoriyning asarlari ichida judaham mashhur tanilgani "Al-jome' as-Sahih" nomli asaridir. Qolaversa, tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan bo'lgan ilmlarga oid bir qator o'ta ahamiyatli kitoblar yozdi.

Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati kuchli bo'lgan bir nechta asarlar tasnifini qildi: "Al-jome' as-sahih", "Al-adab al-mufrad", "At-tarix al-kabir", "At-tarix as-sag'ir", "At-tarix al-avsat", "At-tafsir al-kabir", "Birrul volidayn", "Asmo as-sahoba", "Kunyalar" va boshqalar. Ular ichidagi "Al-jome' as-sahih" asari islom dunyosida Qur'ondan keyingi eng muhim manba sifatida e'zozlanuvchi manba hisoblanadi. Imom Buxoriy sababli Movarounnahr hududida IX-XII asrlarda ko'plab hadisshunoslik maktablari tuzildi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi davrda allomaning asarlari dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilingan va islom olamida uning ijodidan ko'plab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Xorijiy davlatlardagi safardan keyin Buxoroga kelgach, hadis ilmini targ'ib qilishga kirishadi. U zotning bu sa'y - harakatlari bu vaqtda Buxoroda hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan "Kitob al-favoid" ("Foydali ashyolar haqida kitob"), "Al-Jome' al-kabiyr" ("Katta tayanch"), "Xalq af'ol alibod", ("Alloh bandalari ishlarining tabiati"), "Al-Musnad al-kabiyr" ("Katta tayanch"), "At-tafsir al-kabiyr" ("Katta tafsir"), "Kitob al-xiba" ("Xayr-ehson haqida kitob") va boshqa asarlarning ko'plari hali bizgacha yetib kelmagan, ba'zilari dunyoning turli davlatlarining kutubxonalarida saqlanayotganligi to'g'risida ma'lumotlar bor. Buxoriyning yana boshqa asarlari ichida "Tafsir al Qur'on" ("Qur'on tafsiri") kitobini ham alohida ta'kidlash lozim. Buxoriy asarlari islom olamining barcha madrasa va dorilfununlarida payg'ambar (a.s) sunnatlari bo'yicha asosiy va muhim darslik, qo'llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olim-u ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayngan holda ish ko'radilar. Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o'chmas merosi el-yurti bag'riga qaytdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo'yicha 1225-yilligini nishonlash to'g'risida"gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o'rganish va targ'ib qilish, xotirasini abadiylashtirish to'g'risida ko'plab katta ishlar bajarildi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley to'y-tantanalari o'tkazildi. Olim abadiy qo'nim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlog'ida ulkan yodgorlik majmuasi ochildi. (qarang Buxoriy yodgorlik majmui). Buxoriyning boy ma'naviy merosini chuqur o'rganish va keng targ'ib va tashviq etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning rahbarligi asosida Imom al-Buxoriy xalqaro jamg'armasi tuzildi (1998-yil 4-noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg'armaning asosiy maqsadi - Qur'oni karim va Buxoriyning "al-Jome as-sahih" asari tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq qilish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy konferensiyalar o'tkazish va buular ko'magida yosh avlodlarni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida voyaga yetkazishdan iborat. 2000-yildan boshlab mazkur jamg'arma o'zining ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-adabiy "Imom al Buxoriy saboqlari" jurnalini nashr qila boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-ma'naviy merosimizdan bahramand qilish, milliy, diniy qadriyatlarning sog'lom idrok

qilinishiga ko'maklashishni o'z maqsadi qilib olgan. Islom dini sof va haqiqiy din hisoblanib, milliy axloqiy tizimning chinakam na'munasidir. Misol tariqasida keltirilgan Islom olamining imomlaridan biri Imom Buxoriy islom ta'limotiga oid o'z qarasglari va qadriyatlarini to'plgan bilimlari va payg'ambar alayhissalom aytgan hadisi shariflar orqali yorqin tatbiq qilib qoldirgan insondir. Islom ta'limoti axloqiy, jismoniy va aqliy hayotga va ilmga juda katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Moziydan taralgan ziyo. Imom al Buxoriy, T., 1998;

2. Uvatov U., Imom alBuxoriy, T., 1998;

3. Madaminov S, Imom Buxoriy ta'rifi, T., 1996;

4. Imom alBuxoriy — muhaddislar sultoni [nashrga tayyorlovchilar Usmonhoji Temurxon o'g'li, Baxtiyor Nabixon ugli], T., 1998;

5. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

6. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.

7. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 27957365.

8. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.

9. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 710-719. (2023)

10. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 734-745 (2023).

11. Sattorov V.N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no.02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995

12. Sattorov V.N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no.02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414

13. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.