Научная статья на тему 'IMOM BUXORIY MEROSINING MA’NAVIY AHLOQIY AHAMIYATI'

IMOM BUXORIY MEROSINING MA’NAVIY AHLOQIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

674
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Imom Buxoriy / hufoz / hadis / ta’lim / fiqh / muhaddis

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xurshid O’lmasjonovich Samatov, Bunyodbek Shoirovich Ro’ziyev

Ushbu maqolada buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hayot yo’li va uning asarlari, hadislari haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IMOM BUXORIY MEROSINING MA’NAVIY AHLOQIY AHAMIYATI»

IMOM BUXORIY MEROSINING MA'NAVIY AHLOQIY AHAMIYATI.

Xurshid O'lmasjonovich Samatov

TATU Samarqand filiali, dotsent

Bunyodbek Shoirovich Ro'ziyev

TATU Samarqand filiali talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada buyuk muhaddis Imom Buxoriyning hayot yo'li va uning asarlari, hadislari haqida fikr yuritilgan .

Kalit so'zlar: Imom Buxoriy,hufoz,hadis,taTim ,fiqh ,muhaddis.

KIRISH

Imom Buxoriy hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan hijriy uchinchi (milodiy to'qqizinchi) asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qo'lga kiritilgan. Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to'plamining (as-sihoh as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Yana shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi Markaziy osiyolik bo'lib, ular: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj (206/819 - 261/874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (209/ 824 - 279/892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (202/817 -275/880), Imom Ahmad An-Nasoiy (215/830 - 303/915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja (209/824 - 273/886) kabi siymolardir. Shular ichidan "Hadis ilmida amir al-mo'miniyn" degan sharafli nomga sazovor bo'lgan Imom al-Buxoriy alohida e'tiborga molik buyuk olimdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Uning to'liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug'iyra ibn Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy bo'lib, u hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13-kuni (810 yil 20 iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan. Boshqa ko'pgina olimlardan farqli o'laroq al-Buxoriy tug'ilgan sana aniq ko'rsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil o'z davrining ilmli odamlaridan bo'lib, o'g'lining tug'ilgan kunini o'z qo'li bilan yozib ketgan qog'oz zamondosh olimlar ixtiyoriga yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yo'q. Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o'sgan. U yoshligidan aql-idrokli, o'tkir zehnli va ma'rifatga

December, 2022

11

havasi kuchli bo'lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo'r qiziqish bilan egallaydi. Manbalarda ko'rsatilishicha, u o'n yoshidan boshlab o'z yurtidagi turli rivoyatchilardan eshitgan hadislarni, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to'plamlarini mutolaa qilib, yodlagan, ustozi Shayx Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg'in bahslarda qatnashgan. 825 yili o'n olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo'l tutadi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab, hadis ilmidan o'z bilimini yanada oshirish maqsadida o'sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag'dod kabi shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta'lim oladi, yirik olimlar davrasida ilmiy bahslaru munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars ham beradi. Imom al-Buxoriy hayotining ko'p qismi xorijiy ellarda, musofirchiliqda o'tadi. Bu haqda uning o'zi: "Misr, Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan, Basraga to'rt marta borganman. Hijozda olti yil yashaganman, Bag'dod va Kufa shaharlariga necha marta borganim hisobini bilmayman", degan ekan. U safar chog'ida ham, bir shaharda muqim turganda ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, to'plagan hadislarini oqqa ko'chirar edi. Muallifning yozishicha, Bag'dodda istiqomat qilgan paytda ko'pincha oyning nurida ijod qilib, qorong'i kechalarda sham yorug'ida kitob yozar ekan.Ilm oshirish maqsadida al-Buxoriy juda ko'plab olimlardan ta'lim oladi. Nishopurlik al-Hakimning (1015 yilda vafot etgan) yozishicha, ustozlarining soni to'qsontalar atrofida bo'lib, ular: Muhammad ibn Yusuf al-G'aryobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy ibn Rohaviyh nomi bilan mashhur bo'lgan Imom Is'hoq ibn Ibrohim, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madaniy va boshqalardir.

O'z navbatida al-Buxoriy ham ko'pgina shogirdlariga ustozlik qilgan. Is'hoq ibn Muhammad ar-Ramodiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn Xalaf ibn Qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjoj kabi yetuk olimlar uning shogirdlaridir. Termizlik mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziy al-Buxoriyga ham shogird, ham safdosh hisoblanib, ularning o'zaro munosabatlari ibratli bo'lgan. Uzoq yillar Sharqning turli-tuman mamlakatlariga safar qilgandan keyin umrining oxirlarida al-Buxoriy besh (863 - 868) yil Nishopurda yashab, madrasada hadis ilmidan dars bergan. O'sha paytda Nishopur musulmon Sharqidagi eng yirik ilmiy markazlardan biriga aylanganligi sababli ko'p mashhur olimlar shu shaharda to'plangan edilar. Al-Buxoriyning at-Termiziy bilan uchrashuvi ham Nishopurda yuz berib, diyorimizdan chiqqan ikki mashhur muhaddis o'rtasida unutilmas, qizg'in ilmiy bahslar, ko'pdan-ko'p ijodiy, do'stona

December, 2022

12

uchrashuvlaг bo'lib o'tadi. At-Temiziyning yozishicha, u o'z asaгlaгi uchun ko'p ma'lumotlami al-Buxoгiy bilan uchrashuvlaridan olgan. Shu bilan biгga al-Buxoriy ham at-Temiziyning bilimini yuqoгi baholab: "Men sendan ko'гgan foyda sen mendan ko'гgan foydadan ortiqroq", deb unga nisbatan chuqrn- huгmatini bildiïgan. At-Teгmiziy o'z ustozi va safdoshi al-Buxoгiyni butun umri davomida hrnmatlab, unga samimiy sadoqatda bo'lgan. Arab tarixchisi Shamsuddin az-Zahabiyning (1274 - 1374) "Tazkirat ul-Hufoz" ("Hofizlaг haqida tazkira") nomli asaгida yozishicha, at-Teгmiziy o'z ustozining vafoti tufayli qattiq qayg'uga botib "ko'p yig'laganidan hatto ko'zlaгi ko'г bo'lib qolib, uzoq yiHa- ko'zi ojiz holda yashadi".

Imom al-Buxoгiy nafaqat yirik olim, balki o'zining go'zal xulq-atvori, odamoxunligi, muгuvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalaráan tamomila ajralib tuгgan. U zehni o'tkiгligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g'oyat shuhrat qozongan. Manbalaráa al-Buxoгiyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan.Imom al-Buxoгiy xoгijdan qaytgach, o'z vatani Buxoroda ko'plab shogiгdlaг va ulamola^a hadis ilmidan saboq berish bilan mashg'ul bo'ladi. Ko'pchilik uni hrnmat qilgan, ammo ba'zi hasadgo'y, qora niyatli kishilar al-Buxoгiyni ko'rolmas edilaг. Natijada hasadgo'ylaming xatti-haгakati tufayli Buxoro amiгi Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan al-Buxoriyning aloqasi buzilib qoladi. Bunga sabab, amiï olimdan huzuriga kelib "Al-jome' as-sahih", "At-ta'rix" kitoblaгini o'qib beгishni talab qiladi. Lekin al-Buxoriy "Men ilmni xo! qilib, uni hokimlaг eshigi oldiga olib boimayman, kimga ilm kerak bo'lsa, o'zi izlasin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashimay uni toliblaгga sarf qilgani uchun meni kechiradi", degan javobni aytadi. Amkga javob yoqmay, fitnachi, bo'toon^m shaxslaming gapiga kiгib al-Buxoгiyga shahami taгk etishni buyuгadi. Shundan keyin al-Buxoriy Sama^andga qaгab yo'l oladi va bimuncha muddat Xaгtang qishlog'ida o'z shogiгdlaгi va qarindosh-uгug'laгinikida yashagandan keyin og'iï kasalga chalinib, hijriy 256 yil (melodiy 870 yil 1 sentyab г) 60 yoshida vafot etadi va shu yeráa dafn qilinadi.

Imom al-Buxoriy avlodtoga boy va qimmatli ilmiy meros qoldiïgan bo'lib, u yozgan asariaming soni yignmadan ortiqdir Ulaгdan "Al-jome' as-sahih", "Al-adab al-mufгad", "At-ta'гix as-sag'tf", "At-ta'гix al-avsot", "At-ta'гixal-kabiг", "Kitob al-ilal", "Ban ul-volidayn", "Asomi us-sahoba", "Kitob al-kuna" va boshqalami ko'reatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, "Al -jome' as-sahih"diг. Bu asaг "Sahiyh al-Buxoriy" nomi bilan ham mashhuг. Uning g'oyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o'tgan muhaddislaг o'z to'plamlariga eshitgan baгcha hadislaгini tanlab o'tnmay qatoгasiga kiгitaveгganlaг. Imom al-Buxoгiy esa turii

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo'lib, ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratdi.Alloma ibn Salohning ta'kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislaming soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo'lib, takrorlanmaidigan holda esa 4000 hadisdan iborat. Bu sharafli ishni birinchi al-Buxoriy boshlab bergan bo'lib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar to'plamini yaratganlar. Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil bo'ldi, o'sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u islom ta'limotida Qur'ondan keyingi ikkinchi o'rinda turadigan muhim manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda.

1974 yilda O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari Diniy boshqarmasi tashabbusi bilan jumhuriyatimizda butun islom dunyosi vakillari ishtirokida allomaning 1200 yillik yubileyi nishonlangan edi. Uning shoh asarlari hisoblanmish "Al-Jome' as-sahih" va "Al-adab al-mufrad" kitoblari Toshkentda qaytadan nashr qilinishi al-Buxoriy merosini o'rganishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Toshkentdagi diniy oliy ma'hadning Imom al-Buxoriy nomi bilan atalishi bundan o'n ikki asr muqaddam ilm-fan yo'lida beqiyos katta xizmat qilgan buyuk olimga chuqur hurmat-etiborning ramzidir. Allomaning Xartang qishlog'ida joylashgan salobatli maqbarasi eng obod va ko'rkam qadamjolardan biri sifatida ardoqlanib, islom ahli va barcha mehmonlar uchun tabarruk ziyoratgoh sifatida mashhurdir. 1998 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti formoni bilan buyuk hadisshunos allomaning 1225 yillik tavallud kuni keng jamoatchilik tomonidan katta hurmat va ehtirom ila nishonlanib, uning maqbarasi qayta qurildi.

REFERENCES

1. Ma'naviyat yulduzlari" (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.

2.Axloq-odobga oid hadis namunalari.-Toshkent:''Fan'' 1990-yil 32-bet .

3.Axloq-odobga oid hadis namunalari.-Toshkent;''Fan'' 1990-yil 106-bet.

XULOSA

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.