Научная статья на тему 'AJDODLARIMIZ TA'LIMOTIDA KOMIL INSON MUAMMOSI'

AJDODLARIMIZ TA'LIMOTIDA KOMIL INSON MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
803
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
komil inson / тасаввуф / хожагон / нақшбандия / nafs / “menlik” / “bizlik”.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qosimov Ubaydullo Axrorovich

Aytish joizki, komillik ijtimoiy voqyelik sifatida kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida mavjud. Ma'lumki, O‘rta Osiyo va ayniqsa, bizning Vatanimizda keng tarqalgan tasavvufning xojagon, naqshbandiya, kubroviya va boshqa tariqatlar ta'limotlari hindlarning yogachar ta'limotlaridan farqli tarkidunyo qilmasdan (xalqdan ajralmasdan) insonning nafaqat jismonan balki ichki ruhiy va ma'naviy dunyosini mukammal tarbiyasini ham qamraganligi bilan yuqori kamolot darajasiga-ya'ni komil inson bo‘lishga erishish uchun xizmat qila oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AJDODLARIMIZ TA'LIMOTIDA KOMIL INSON MUAMMOSI»

AJDODLARIMIZ TA'LIMOTIDA KOMIL INSON MUAMMOSI

Qosimov Ubaydullo Axrorovich

Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi, "Pedagogika va psixologiya, ta'lim texnologiyalari" kafedrasi mudiri, ps.f.n., dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.7500561

Annotatsiya: Aytish joizki, komillik ijtimoiy voqyelik sifatida kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida mavjud. Ma'lumki, O'rta Osiyo va ayniqsa, bizning Vatanimizda keng tarqalgan tasavvufning xojagon, naqshbandiya, kubroviya va boshqa tariqatlar ta'limotlari hindlarning yogachar ta'limotlaridan farqli tarkidunyo qilmasdan (xalqdan ajralmasdan) insonning nafaqat jismonan balki ichki ruhiy va ma'naviy dunyosini mukammal tarbiyasini ham qamraganligi bilan yuqori kamolot darajasiga-ya'ni komil inson bo'lishga erishish uchun xizmat qila oladi.

Kalit so'zlar: komil inson, тасаввуф, хожагон, накдабандия, nafs, "menlik", "bizlik".

Аннотация: Следует сказать, что совершенство как социальная реальность существует на всех уровнях человеческого общества. Известно, что учения Ходжагана, Накшбанди, Кубровия и других напрвлений суфизма, распространенных в Средней Азии и особенно в нашей стране, не отличаются от учений Йогачара индийцев, но заключают в себе совершенное образование не только физический, но и внутренний психический и духовный мир человека до высокой степени совершенства, т.е. может служить достижению становления совершенной личности.

Ключевые слова: совершенный человек, суфизм, ходжагон, накшбандия, похоть, «я-концепция», «мы концепция».

Annotation: It should be said that perfection as a social reality exists at all levels of human society. It is known that the teachings of Khojagan, Naqshbandi, Kubroviya and other sects of Sufism, which are widespread in Central Asia and especially in our country, are not different from the teachings of Yogachar of the Indians, but they encompass the perfect education of not only the physical, but also the inner mental and spiritual world of a person to a high level of perfection, i.e. can serve to achieve becoming a perfect person.

Key words: perfect human being, Sufism, Khojagon, Naqshbandiya, lust, "I concept", "we concept".

O'rta Osiyo mutafakkirlariining ta'limotida komil inson muammosi tasavvuf asosiga qurilgan(Shayx Nasafiy, Hakim Termiziy, Abdulxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar).

Komillikning ichki (sub'ektiv) zaxiraviy manbalar to'g'risida fikr yuritilganda, ularning ta'limotlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Psixologik bilimlarning shaxs ruhiy faolligi haqidagi mulohazalari hind qadimiy asarlari «Maxobxorat» va «Ramayana»da ham uchraydi «Maxobxorat»nmg «Bxagavadgita» (jozibali) bobida psixologik masalalar to'g'risida mulohaza yuritiladi hamda moddiy dunyo tobeligidan, ichki moddiy ehtiyojlar qulligidan, qutilishga da'vat qilinadi. Bu borada yoglar ta'limoti va amaliyotida inson ichki psixologik faoliyatini o'zidan o'zi dasturlashtirishga erishishning yuksak tajribasi to'plangan.

Inson psixikasini shaxsan boshqarishga erishishning yana bir yo'nalishi-dzen buddizmdir. Bu ta'limotning asosiy mohiyati xufyona-ovoz chiqarmasdan, xayolga cho'mish orqali ichki to'g'ri yo'naltirilganlikka erishishdan iboratdir. Ushbu ta'limotda maxsus mashq texnikasi yaratilgan bo'lib, unga amal qilgan holda inson o'z tanasining faoliyatini o'z aqliga tobe qilgan tarzda avval psixikasining muvozanatiga, keyinchalik esa o'zidan o'zi dasturlashtirilish bosqichiga erishiladi.

Bizningcha, bir necha asrlar davomida mukammal texnologiyaga erishgan dzen buddizm va yoglar ta'limoti tizimi qat'iy ishonch bilan aytganda inson psixikasini modifikatsiyalashtirishning betakror usullari majmuasi bo'lib hisoblanadi. Shuningdek, tibet buddizmi, kabbala, daosizm va boshqa ta'limotlarga asoslangan psixoterapiya usullari hozirgi zamonda keng ko'lamda qo'llanilib kelinmoqda.

Antik dunyo yunon mutafakkirlari inson xayoti mobaynida barcha psixologik iztiroblarda: affekt, frusturatsiya, stress holatlarida o'z—o'zini boshqara olish va nazorat qila olish, tashkillashtirish muammolariga qadimdan ahamiyat berib kelishgan. Chunki ular inson qisqa umri mobaynida baxtga erishishga har doim ham xaqli deb qarashgan. Shuning uchun ular inson o'zini o'rgana oladi, uning intellektual aqliy sifatlari bunga qodir, insonning o'zi yaratgan ichki timsoliy psixologik obrazlari, tasavvurlari tashqi halol sa'i—harakatlarni tashkillashtirishida o'z ifodasini topishi lozim deb qarashgan.

Sharqning buyuk mutafakkirlari tomonidan barkamol insonning o'ziga hos axloq me'yorlari ishlab chiqilgan bo'lib, bu sifatlarga ega bo'lish har bir odamning orzu—armoni deb qaralgan. Bundan yana shu ham ma'lum bo'ladiki, o'rta asrlardagi yaxshi axloq, barkamol inson haqidagi tushunchalar nisbiy xususiyatga ega - bir tomondan, jami ruhiy—ma'naviy qudrat, zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami hisoblangan ilohiy bir zot tushunchasi, ikkinchi tomondan shu cho'qqiga intilib, muayyan martabalarga erishgan kishi ham barkamol inson deb hisoblangan. Ammo masala qanday qo'yilishidan qat'iy nazar, barkamol inson haqidagi goyalar katta ijtimoiy—axloqiy ahamiyatga ega bo'ldi, insonni sharafli, ezgulik ruhida tarbiyalash, mehr—u muruvvat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qildi. Har zamon, har lahzada insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojo'ya

qiliqlardan saqlanishga ko'maklashdi, iymon va vijdon binosining paydo bo'lishini ta'minladi

Abu Ali ibn Sino fikricha, insonning xulqi va гuhi uch sabab bilan komillikka eгisholmaydi:

• Inson yer yuzida yaгatilganlaг orasida eng mumtozidiг. Ammo insonlar qizg'anchilik sababi bilan biг—birlarining qo'llaгida bo'lgan naгsalaгga ko'z tikadilar. Bu esa o'z navbatida qusurli behalovatlikni keltiгib chiqaradi.

• O'z ishonchini, mazhabini va qabilasini boshqalardan ustun ko'rmoq insonlaг oгasida nifoqlaTga yo'l ochadi.

• Xuгofotlaг va sust(asossiz) ishonchsizlik insonlikning takomilini orqaga suгadi va tushunmovchiliklaгini yuzaga keltiradi.

A.Navoiy ma'naviyat baгkamol shaxs taTbiyasida katta ahamiyatga ega deb biladi. A.Navoiy qarashlarida ma'naviy baгkamol inson aqliy, axloqiy, jismoniy kamol topgan shaxs, ilm—ma'rifatga intilgan ijodkor, qobiliyatli, bilimdon, oqil va dono kishi, sofdil, insonparvar, sahovatli, sata—qanoatli, adolatli, mumvvatli, kamtaг, odobli, xushfe'l shaxs, sog'lom va jismonan baquvvat, maгdlik va jasurlik xislatlaгiga ega insondiг.

A.Navoiy axloq va aql haqiqat mezoni adolat va yaxshilikni barqaror etuvchi omil bo'lgani uchun axloqiy kamolotga intilishni har bir odam uchun zaruriy ish deb biladi hamda shunday intilishni talab qiladi

Barkamol inson, insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo'tabar zotdir. U axloqiy—ma'naviy poklanish jarayonida barkamollikka erishadi.

Alloma Jaloliddin Davoniy bolalarni tarbiyalashda, ularni komil bo'lib yetishishida ilm—fan bilan shugullanishni birinchi o'ringa qo'yadi.

Inson xususiyatlarni yoshlikdan, tarbiya natijasida kishilar bilan o'zaro munosabatda kasb qiladi. Davoniyning fikricha, har bir fazilat vaqt o'tishi bilan yangilanish va o'zgarishga qobildir, u doimo rivojlanadi, takomillashadi. Davoniy insoniy fazilatlarni to'rtga bo'ladi: bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir.

Yusuf Hos Xojib e'tikodiga ko'ra, axloqiy kamolot — insonning butun xayot va faoliyatining birlamchi asosidir. U, jumladan, bunday deb yozgan edi: "Kimning odobi yaxshi va axloqi to'g'ri bulsa, u kishi o'z maksadiga yetadi va baxt unga kulib boqadi", zero "yaxshi axloq — jamiki, yaxshiliklarning zaminidir".

Ma'lumki, O'rta Osiyo va ayniqsa, bizning Vatanimizda keng tarqalgan tasavvufning xojagon, naqshbandiya, kubroviya va boshqa tariqatlar ta'limotlari yuqorida keltirilgan hindlarning yogachar ta'limotlaridan farqli tarkidunyo qilmasdan (xalqdan ajralmasdan) insonning nafaqat jismonan balki ichki ruhiy va ma'naviy dunyosini mukammal tarbiyasini ham qamraganligi bilan yuqori kamolot darajasiga-ya'ni komil inson bo'lishga erishish uchun xizmat qila oladi.

Tasavvufda barkamol inson - insonlarning eng mukammali, eng oqili va eng donosi, barkamol inson Olloh bilan odamlar orasidagi vositachi, ilohiy amr, g'ayb asrorini oddiy odamlarga yetkazuvchi ulug' homiydir, barkamol inson shu sifatlari bilan mutlaq ilohiy hislatlarni jamlagan kayxoniy mavjudlikdir, u agar oddiy inson suratida ko'rinsa ham, lekin ma'nan koinotni qamrab olgan hamisha bedor va hamma narsadan xabardor bir olamning haqiqiy mohiyatini anglagan karomat sohibidir

Zero, Abdulxoliq G'ijduvoniy asos solgan xojagon (naqshbandiya) tasavvuf tariqati ta'limotining «Hush dar dam», «Nazar bar qadam», «Safar dar Vatan», «Xilvat dar Anjuman», «Yodkard», «Bozgasht», «Nigohdosht», «Yoddosht», qoidalariga erishishi (o'zlashtirishi, yetishishi) va unga batamom amal qilish insonni komillik pog'onasiga ko'tarishga qodirdir.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Abdulxoliq G'ijduvoniy tariqati ta'limotining tahlili va talqini quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi.

Abdulxoliq G'ijduvoniy ta'limoti to'g'risida shuni aytish joizki, zohiriy bilimlarning harakatlantiruv-chisi aql hisoblansa, botiniy bilimlarniki ishq hisoblanadi. Chunki haqiqiy ishq barcha qiziqishlar, turtkilar, intilishlar, ehtiyojlar, motivlarning tabiiy yo'naltiruvchisi hisoblanadi. Shuning uchun ham ishq tasavvufda Ollohga yaqinlashtiruvchi yagona qurol bo'lib xizmat qiladi

Aytish joizki, tasavvuf shayxlaridan Najmiddin Kubro ham psixologik ta'sir o'tkazishning (tarbiyaning, interaksiyasining) inson ichki psixologik faolligini uyg'otish va uni shakllantirishning o'ziga xos o'nta talabi (Tavba, Zuhd, Tavakkul, qanoat, Uzlat, Tavajjuh, Sabr, Muroqaba, Zikr, Rizo) asosida usullar majmuasini ishlab chiqqan(7). Piri komillarimiz inson psixikasinining favqulodiy jihatlarini laduniy ilmi orqali chuqur bilganliklari tufayli uning ichki dunyosini o'zini o'zi boshqarishga, dasturlashtirishga erishish yo'llarini ko'rsatganlar, uni har xil modifikatsiyalarini ham tushunganlar. Jumladan, uzlatda chilla o'tirish orqali yoglarga o'xshab mukoshafaga erishganlar. Shayx Najmiddin Kubro fikriga ko'ra inson «Olami sug'ro», ya'ni kichik olam bo'lib, unda «olami Kubro»ning, binobarin, katta olamning barcha xususiyatlari mujassamdir. Uning talqinicha inson taraqqiy etib borsa, u Ollohning «Rahim va Rahmon» sifatlaridan boshqa barcha sifatlarini egallay oladi.

Bizningcha. o'zini o'zi anglashni komillik alomati sifatida talqin qilish hozirgi zamon psixologiya fani talablariga mutlaqo mos tushadi. Chunki o'zini o'zi anglash («Men» va «Biz» munosabati) ijtimoiy psixologik voqyelik (hodisa) tariqasida namoyon bo'lishi uni tadqiq etish zaruratini kafolatlaydi. Ushbu masalaning ijtimoiy psixologik tabiatini tushuntirishda ikki xil yondashuv vujudga kelgan bo'lib, ular o'zaro keskin darajada tafovutga egadir. Birinchi yondashuv talqinicha, o'zini o'zi anglash-bu o'z yo'nalishini o'zgartirgan ongning aynan o'zidir (L. S. Vbigotskiy(3)) Ikkinchi yondashuv S. L. Rubinshteynning(6) ilmiy izlanishlarida aks etgan bo'lib,

keyinchalik uning shogirdi K. A. Abulxanova-Slavskaya tomonidan ushbu muammo rivojlantirilmoqda(l). Ikkinchi yondashuv mohiyati shuki, o'zini o'zi anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat bo'lmasdan, balki insonning ijtimoiy muhitda tarkib topishi hamda rivojlanishi sanaladi.

Psixologiya fanida komil insonning hozirgi zamon nazariyalari mavjud bo'lib ular: 1) tabiatning biotik va abiotik omillari-inson; 2) jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti-inson; 3) inson-texnika, texnologiya; 4) inson-madaniyat, ma'naviyat, qadriyat va ruhiyat; 5) inson va jamiyat-yer va fazo; 6) o'zini o'zi anglash tizimi (o'tmishdagi «Men», hozirgi «Men», bo'lg'usi «Men», ideal «Men», dinamik «Men»); 7) komil insonning psixologik tuzilmasi va boshqa shakllarga egadir.

Bizningcha, murtaklik davrda ona bilan bola munosabatlarining nozik tomonlari va jabhalari ro'yobga chiqadi, buning oqibatida ruhan sog'lomlik yoki ruhan nuqsonlik omillari yuzaga kelishi mumkin. Onaning psixologik va fiziologik jihatdan barkamolligi, jismonan baquvvatligi mukammal, to'kis farzand tug'ilishini ta'minlaydi. Murtaklik davri-komillik genezisidir(lO).

Komillik sifatlarini bosqichma bosqich(murtaklik, odam, inson, shaxs, sub'ekt, komil inson) eggallab borilishida fazoviy, makoniy aloqa hamda moddiy va ijtimoiy muhit ta'sirini hisobga olgan holda senzitiv davrdan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir. Komil inson intelektual, ma'naviy, jismoniy barkamollikdan tashqari quyidagi sifatu xislatlarga ham ega bo'lishi joizdir: ichki va tashqi sayi-harakatida o'ta halollik(nafsiy poklanganlik); o'z nafsini tiya olish evaziga moddiylik ta'siridan butkul xalos bo'lishlik; ichki ruhiy imkoniyatlaridan mukammal foydalana olishlik orqali komillik xislatlarini ro'yobga chiqarish; har qanday muomala, munosabatda umumbasha-riy(baynalmilal) xususiyatlarga ega bo'lish bilan «Men»likdan «Biz»lik sifatlariga o'sib o'tish; botiniy ilm orqali karomatlilik(lO).

Yuqoridagi mulohazalarga tayanib komillik ijtimoiy voqyelik sifatida kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida mavjud bo'lganligini va uni ommaviylashtirish-ning ham ichki, ham tashqi omillari mavjudligini hamda ularga ijtimoiy institutlar tomonidan qat'iy e'tibor qilish zarurligini takrorlash, uqtirish bilan ijtimoiy tasavvurni kengaytirish lozim ekanligini unutmaslik kerak.

Adabiyotlar:

1. Абульханова-Славская К.А. Деятельность и психология личности. -М., 1980, с. 113-259

2. Выготский Л.С. Собрание сочинений: Т.1.-М., 1982, с.168-174.

3. Валлон А. Психическое развитие ребёнка.-М., 1967, с. 58- 151.

4. Komilov N.Najmiddin Kubro-T. A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1995, 46b.

5. Navoiy A. Mahbub ul-qulub - T. G'.G'ulom Adabiyot va san'at nashriyoti, 1983.-111 bet

6. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. -М.: Наука, 1989, с.156- 190.

7. Sultonmurod Olim Naqshband va Navoiy. T.,O'qituvchi,1996-21 bet.

8. Qosimov U. Xoja Abdulxolik G'ijduvoniy-Buxoro, 2002-82 bet.

9. Qosimov U. Xoja Abdulxolik G'ijduvoniy Xufiya zikri-Buxoro, 2003.42 bet.

10. Qosimov U. Tasavvuf psixologiyasi shaxs taraqqiyotida muhim omil-"IJOD-PRESS" nashriyoti: Toshkent, 2019 yil, 192 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.