Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY IJODIY MEROSINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI'

ALISHER NAVOIY IJODIY MEROSINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
956
205
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilmiy meros / obraz / barkamol avlod / tarix / saltanat

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M.Komilova

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning ijodiy hayot yo‘li, yaratgan asarlarining yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’siri haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY IJODIY MEROSINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI»

ALISHER NAVOIY IJODIY MEROSINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI

AHAMIYATI

M.Komilova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiyning ijodiy hayot yo'li, yaratgan asarlarining yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta'siri haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Ilmiy meros, obraz, barkamol avlod, tarix, saltanat.

THE SIGNIFICANCE OF ALISHER NAVOY'S CREATIVE HERITAGE IN

YOUTH EDUCATION

M.Komilova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article talks about the creative life path of Alisher Navoi, the positive impact of his works on the education of young people.

Keywords: Scientific heritage, image, mature generation, history, kingdom.

She'riyat mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher G'iyosiddin Bahodir o'g'li «Navoiy taxallusi bilan o'zbek adabiyotining yangi davrda yuqori bosqich sari olib chiqqan, O'rta Osiyo Uyg'onish davrining yorqin vakili, ulug' mutafakkiri sifatida tarix zarvaraqlaridan joy olgan favqulodda shaxsdir. Shoir yashagan davr XV-XVI asrlar Markaziy Osiyoda Uyg'onish davrining so'ngi pallasi bo'ldi. Navoiy yashagan davrni buyuk sohibqiron Amir Temur va boshqa temuriy sultonlarning faoliyatidan ayri holda yoritib bo'lmaydi. Zero, Alisher Navoiy yashagan zamonda mamlakatda tinchlikosoyishtalik va farovonlik hukm surishida, madaniyat, ilm-fan va san'atning rivoj topishida temuriyzodalarning o'rni beqiyos.

XIV asr 70-yillaridan mintaqa siyosiy hayotida mo'g'ullar hukmronligi tugab, Temuriylar davri boshlandi. Buyuk Sohibqiron Amir Temur tanazzulga yuz tutgan va parchalangan Chig'atoy ulusining o'rnida islom mintaqasining markaziy qismini o'z hududiga birlashtirgan ulug' saltanatni vujudga keltirdi. G'arbda Iroq va Suriya yerlari, Eron, Afg'oniston va Markaziy Osiyo o'lkalarini deyarli to'liq qamrab olgan bu mamlakat islom mintaqa xalqlariningyagona siyosiy hududga oxirgi marta birlashuvi bo'lib, Temur mintaqa miqyosida nufuzga ega bo'lgan oxirgi davlat boshlig'i edi. Uning davlatni boshqarish va ulus osoyishtaligini ta'minlash yo'lidagi xizmatlari islom mintaqa madaniyati davlatchilik sohasidagi yutuqlarining yuqori cho'qqisi bo'ldi.

XV asrning ikkinchi yarmida turkiy tilni rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Bunda Hirot hukmdori, Navoiyning do'sti va maktabdoshi Husayn Boyqaroning xizmatlari muqoyasizdir. U faqat davlatni boshqarish bilan mashg'ul bo'lmasdan, ilm-fan, madaniyat va san'at ravnaqiga ham ulkan hissa qo'shdi, ijod ahliga homiylik qildi. Ayni zamonda, u o'zining shaxsiy ijodi, adabiy faoliyati bilan ham bu ishda juda yaqindan ishtirok etdi. Bu davrda Lutfiy, Jomiy, Binoiy, Gadoiy, Atoiy, Hiloliy, Durbek va boshqa mutafakkirlar badiiy ijod bilan shug'ullanganlar. Ular o'z qarashlarida o'sha davr jamiyati uchun dolzarb ahamiyatga molik bo'lgan muammolarni, ularning yechimini, shuningdek, ideal shaxs obrazini turli xil ramziy ma'nolarda aks ettirgan. Shuning uchun ular yaratgan ilmiy merosning badiiy va ijtimoiy qimmati ham shundaki, ideal inson obrazini yaratishdagi say - harakatlar va sotsial ta'limotlar bugungi kunda yoshlar tarbiyasida ayni muddao bo'lib xizmat qiladi.

XV asrni buyuk mutafakkir, shoir, Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiysiz tasavvur qilish mumkin emas. Alisher Navoiy Jomiyning tavsiyasi bilan naqshbandiylik sulukiga e'tiqod qiladi, Jomiyni faqat do'stgina emas, ustoz, pir hisoblaydi. Navoiy biror asar yozishdan oldin o'z maslakdoshi - Jomiy bilan maslahatlashar, uning qimmatli fikr-mulohazalarini inobatga olar edi. Turkiy xalqlarning shams ul-millati bo'lgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy jahon adabiyoti xazinasini o'zining hassos she'riyati, buyuk «Xamsasi, fan sohalarining turli tarmoqlariga bag'ishlangan boy ilmiy merosi bilan boyitgan so'z san'atkoridir. O'z ijodiy merosida 26 mingdan ortiq lug'at boyligidan foydalangan bu buyuk daho mana besh asrdan oshibdiki, asarlaridagi chuqur falsafiy mushohadakorlik, ma'no-mohiyatning keng ko'lamligi va nazmiy merosidagi fasohat dengizining bepoyonligi bilan jahon ahlini hayratga solib keladi. Dunyoda Alisher Navoiy kabi asarlari keng tarqalgan, jahonning deyarli har bir chekkasida kitoblarining nusxalari saqlanayotgan boshqa bir ijodkorni topish qiyin. Hazrat Navoiy hayotining so'nggiyillaridayoq uning asarlari tiliga lug'at ishlanganligi biz hozir navoiyshunoslik deb atayotgan sohaning ancha qadimiy ekanligini ko'rsatadi.

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ilk ma'lumot beruvchi manba bu shubhasiz ulug' shoirning o'z asarlaridir. Shoir garchi o'z tarjimai holini maxsus yozib qoldirmagan bo'lsa-da, lekin Navoiyning deyarli barcha asarlarida uning shaxsiyati, ijodiy va ijtimoiy faoliyati haqida muayyan fikrlar keltiriladi. Xususan, "Vaqfiya", "Munshaot" asarlarida ulug' shoirning ijtimoiy faoliyati aks etsa, «Majolis-un-nafois», «Xamsa», «Munojot», «Xazoyinu-l-maoniy» kabi asarlarida shaxsiy hayoti, «Muhokamatu-l-lug'atayn», «Xamsatu-l-mutahayyirin, «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» kabi asarlarida shoir qalamiga mansub ba'zi asarlarning yozilish tarixi bilan bog'liq ma'lumotlarni uchratish mumkin. Husayn Boyqaroning «Risolasida ham hazrat Navoiyning turkiy tildagi ijodi, xususan, she'riyati hamda

«Xamsa» asariga yuksak baho berilib, buyuk shoir «so'z mulkining kishvaristoni, sohibqironi», deb ulug'lanadi. G'iyosiddin Humomiddin Xondamirning «Xulosatu-l-axbor» va «Habibu-s-siyar» asarlarida Husayn Boyqaroning Xuroson taxtiga o'tirishi va Alisher Navoiyning Hirotga qaytishidan boshlab, ulug' shoirning vafot etishigacha bo'lgan davr oralig'idagi voqealar bayon qilinadi. Tarixchining «Makorimul-axloq» asari esa Navoiyning yuksak axloqiga bag'ishlangan maxsus risola bo'lib, shoir tarjimai holiga doir muhim faktik ma'lumotlarning keltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

Alisherning tog'alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G'aribiylar ham shoir bo'lishgan. Bo'lajak shoir ana shunday muhitda, alohida tarbiya va nazoratda o'sadi. Kichiklik chog'idan o'z davrining mashhur olimu fozillari davrasida bo'ladi. Bu Navoiy ijodiga ta'sir etgan eng asosiy birlamchi, ijodiy faoliyatni yuzaga kelishiga turki bergan omil sifatida e'tirof etiladi. 1445 yilda maktabga borgan va yosh Husayn bilan birga o'qigan.

Xusayn Boyqaro bilan bo'lgan munosabat esa abadiy do'stlik sifatida shoirning kelgusi hayoti va ijodiga katta ta'sir ko'rsatgan. shahrida yosh Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, «Zafarnoma»ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashgan va ulug' tarixchi 6 yoshli Alisherning haqqiga duo o'qiydi. Ushbu voqea yosh shoirning xotirasiga bir umr muhrlanib, o'ziga bo'lgan ishonchni yanada yuksalishiga sabab bo'lgan. 1451 yilda Xuroson ancha tinchib, Alisherlar xonadoni Hirotga qaytadi. 1452 yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o'tiradi va notinchliklar ancha bosiladi. Abulqosim Bobur ma'rifatli hukmdor bo'lib, tasavvuf ilmidan xabardor, tab'i nazmga moyil shaxs edi. Abulqosim Bobur Alisherning otasi G'iyosiddin Muhammadni Sabzavorga hokim qilib tayinlaydi, G'iyosiddin Muhammad o'z oilasi bilan shu shaharga ko'chib o'tadi va Alisher o'qishni davom ettiradi. Alisher Sabzavorda o'z davrining shoiru fozillari Xoja Ahmad Mustavfiy, Mavlono Yahyo Sebak, Darvesh Mansur, Hofiz Ali Jomiy, Xoja Mahmud, Mavlono Nomiylar bilan tanishadi, Darvesh Mansurdan aruz ilmini o'rganadi. Sa'diy Sheroziyning «Guliston», «Bo'ston» asarlarini o'qiydi, Farididdin Attorning «Mantiq-ut-tayr» dostonini yod oladi.

Navoiy asarlarining g'oyaviy tarbiyada tutgan muhim o'rni uning komil insonni, bugungi kun nuqtai nazari bilan aytganda, barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyati bilan belgilanadi. Komil inson masalasi qadimgi davrdan bashariyatni qiziqtirib, u haqidagi ma'lumotlar og'zaki va yozma manbalarda, mifologiyaga bag'ishlangan asarlarda, mutafakkirlarning ijtimoiy-falsafiy merosi va badiiy adabiyotda saqlanib kelgan. Komil insonni voyaga yetkazish asrlar mobaynida kishilarning orzusi, istagi bo'lib kelgan. U to'g'risidagi tushuncha va tasavvurlar turli davrlarda turlicha talqin qilingan. Komillik to'g'risidagi fikrlarning evolyusiyasi, takomillashuvi, uning qanday bo'lishi tuzumning xarakteri, ishlab chiqarish darajasi, davlatni boshqarish uslubi, ilm-fan va madaniyatning rivojiga bog'liq bo'lgan.

Shuningdek, komil inson g'oyasi o'z mohiyat-e'tibori bilan milliy, umuminsoniy va gumanistik mazmunga egadir. Har bir jamiyat yetuk, har tomonlama kamolga yetgan, o'zida butun ijobiy, oliyjanob fazilatlarni to'plagan barkamol avlodni tarbiyalashni orzu qiladi. Alisher Navoiy komil inson to'g'risida butun bir ta'limot yaratdi. Uning nasriy va nazmiy asarlari, g'azallari, «Xamsaga kirgan dostonlari, «Nasoyim ul-muhabbat, «Tarixi anbiyo va hukamo, «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Mahbub ul-qulub», «Majolis un-nafois», «Lison ut-tayr» va boshqalarda komil inson qanday bo'lishi kerakligi, qaysi fazilatlarni egallashi lozimligi haqidagi fikrlar har tomonlama yoritib berilgan.

Navoiyning komil inson ta'limoti negizini tabiat, inson va Allohga bo'lgan muhabbat belgilaydi. U payg'ambarlar, aziz avliyolar, piru komillar, orifu so'fiylar to'g'risida so'z yuritganda, g'azal va ruboiylarida tabarruk zotlarning xislatu fazilatlari haqida ishqmuhabbat bilan yozgan. Mutafakkir payg'ambarlar, avliyo va oriflarni, yirik karomat sohiblarini komil insonlar qatoriga qo'shadi. Bunday zotlar doimo xalq g'amida yashaydilar, atrofdagilarga mehr-muruvvat ko'rsatib, beva-bechoralarga yordam beradilar. Barkamol zotlar insonlarning eng a'losi bo'lib, butun umr poklanish va Haq yo'lini ixtiyor qilgan kishilardir. Ulug' mutafakkirning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonida ham tasavvuf ta'limoti nuqtai nazaridan badiiy timsollarni talqin qilish muhim o'rin egallaydi. Dostonda Farhod va Shirin, Layli va Majnun o'rtasidagi sevgi-muhabbat majoziy ishq, ya'ni Shirin, Laylilar siymosida Allohga bo'lgan ishq bir-biri bilan bog'lanib ketgan. Unda zohiriyliksiz ilohiy ishqqa, dunyoviyliksiz Haqqa yetishib bo'lmasligi to'g'risida fikr yotadi. Navoiy nazarida insonni sharaflovchi jamiki fazilatlarni komil inson g'oyasini ustuvor jihatlari deb kiritish mumkin. Ammo bular orasida u imon, qanoat, saxovat, ilm-ma'rifat, vafo, himmat, xoksorlik, adolat, adab kabi sifatlarni ajratib olib, qariyb hamma asarlarida qayta-qayta turli voqealar tasviri munosabati bilan ta'kidlab o'tgan. Bu sifatlar nainki odamni ulug'vor, fozil va mo'tabar etadi, balki Ilohga yaqinlashtiradi, ilohiy xislatlarga moyil qiladi, deydi ulug' mutafakkir. Bu axloqiy talablar Navoiy davri mafkurasidan kelib chiqadi, aniqrog'i asrlar davomida ishlangan, qoidaga kiritilgan, ta'lim-tarbiyaga singdirilgan g'oyalardir.

Ta'kidlash kerakki, Alisher Navoiy asarlarining ustuvor tamoyillari haqida yakuniy so'z sifatida shuni aytish mumkinki, Navoiy merosining yosh avlod tarbiyasida, bugungi kunni barkamol insoni sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: birinchidan, Navoiy nazarida komil inson, ya'ni har qanday kamchilik va nuqsonlardan xoli bo'lgan barkamol shaxs hayoliy bir timsol emas, balki o'zida butun zohiriy va botiniy bilimlarni, insoniy fazilatlarni mujassam etgan real hayotda bor kishi. Ikkinchidanaxloqiy poklik, nafsni tiyish, jabr-zulm, adolatsizlik, haqsizlik singari hayot qiyinchiliklariga qarshi kurashish Farhod insonparvarligining o'zagini tashkil qiladi va komil inson sifatida shakllanishining asosi bo'lib xizmat qiladi.

Unda naqshbandiylik tariqatining, futuvvat, ya'ni javonmardlik oqimining ta'siri seziladi. Uchinchidan, sho'rolar davrida Navoiy dostonlaridagi ikki yoshning bir-biriga muhabbati faqat dunyoviy, zohiriy nuqtai nazardan talqin qilindi, vaholanki, komil inson va barkamol avlodni tarbiyalash to'g'risidagi ta'limotlarni tahlil qilganda, uning dunyoviy va ilohiy, zohiriy va botiniy jihatlari, ularning bir-biri bilan chambarchas bog'liqligini yoritish zarur masalalardan biridir. Inson yuksak fazilatlar va qadriyatlarni egallamasdan, o'zida insonga muhabbat tuyg'usini shakllantirmasdan, xulqli, odobli, insonparvar, vatanparvar bo'lmasdan turib yetuk shaxs, komil inson bo'lib yetishuvi mumkin emas.

Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so'z bilan ham, ko'ngil bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi, xalq manfaatini o'ylaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy inson deb biladi. Kishilar g'amida bo'lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko'rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo'lgan. Uning qabrida shunday so'zlar bitilgan: «Shohi g'aribon», ya'ni g'ariblar, yolg'izlar, faqirlar shohi. Navoiy sahovat va muruvvatda benazir inson bo'lgan. O'zining joylardagi yer-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to'laligicha xayriya ishlariga sarflagan. Hazrat Navoiy saxiylikni insonparvarlik va komillikning muhim xislati deb biladi. Odamiylik insonni inson qiladigan, uni boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turadigan nodir fazilatdir. Navoiy asarlarida chinakam insonparvar, mard va qahramon yigit sifatida «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod obrazini ko'rsatadi. Ilm-fan bilan bolalikdan qiziqib kelgan Farhodni o'z davridagi barcha hunarlarni o'rganganligi, robotlar sistemasini yovuz kuchlarga qarshi qurol sifatida foydalanishi bugungi kun yoshlariga ham ayni damda amalga oshirishi kerak bo'lgan ishlarini belgilab beradi.

O'zbek milliy an'analariga ko'ra dardmandlarga malham topish, ojizlar va kambag'allarning ko'nglini ko'tarish, yetimlar va beva ayollarga yordam, rahm-shavqat qilish insoniylik jihatidan burchdir. Shoir bu haqda quyidagi misralarni yozgan: «Kimki bir ko'ngli buzug'ning xotirin yod aylagay, Oncha borkim, Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay. Demakki, bir muhtojning, noiloj, chorasiz qolgan odamning ko'nglini ko'tarish, dardiga malham topish savoblik darajasi jihatidan vayron bo'lgan Ka'bani qayta tiklashdan afzaldir. Vatanparvarlik insonparvarlik tushunchachi bilan hamohangdir. Milliy mustaqillik halqimizda, ayniqsa, o'sib kelayotgan yosh barkamol avlodimizda vatanparvarlik tuyg'ularining tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Shoirlarimiz Vatanni inson hayotining ma'no-mazmunini belgilaydigan qadriyat deb bilgan. Har ne bo'lsa ham o'z vataniga sodiq qolish g'oyasi hozirgi kun uchun ham dolzarb masala hisoblanadi. «Odam savdosi deb atalmish girdobning qurboniga aylangan insonlar soni tobora ko'payib bormoqda. Undan tashqari hozirgi kunda o'zlarining g'arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish maqsadida yurtimizga har-xil yo'llar bilan kirib kelayotgan, mustaqil

dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizni qalbi va ongini qandaydir zararli va buzg'unchi g'oyalar bilan egallashga harakat qilayotgan yovuz kuchlarga qarshi kurasha olish va o'z yurtini g'animlardan himoya qilish vatanparvar insonlar uddalay oladigan topshiriqdir. Muxtasar qilib aytganda, mutafakkir ma'naviy merosining yosh avlodni g'oyaviy tarbiyasida tutgan o'rni, inson tarbiyasi bilan bog'liq o'git-nasihatlari, fikr-mulohazalari, talab-ko'rsatmalari, orzu-istaklarini bir yerga jamlab, ularni tartib bilan joylashtirib chiqsa, insoniy kamolotga erishish yo'llari ko'rsatilgan o'ziga xos nazmiy dastur, qo'llanma vujudga keladi. Navoiy asarlarining g'oyaviy tarbiyadagi o'rnini o'rganar ekanmiz, g'oyaviy tarbiyaning muhim vositasi bo'lgan adabiyotning naqadar buyuk kuch va katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi!..

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Komilov N. Xizir chashmasi. T. 2005, «Manaviyat» nashriyoti.

2. Komilov N. Tasavvuf. T. 2009, «Mavoraunnahr» nashriyoti.

3. Haqqulov I. Navoiyga qaytish. T. 2007, «Fan» nashriyoti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.