SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
OLAMNING KONSEPTUAL MANZARASIDA "YER - TIERRA" LEKSEMASINING KOGNITIV-SEMANTIK TAHLILI
Dilrabo Baxronova,
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, DSc Saodat Kamoliddinova, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti
Ushbu maqolaning dolzarbligi tarixiy kontekstni hisobga olgan holda lingvokognitiv va lingvomadaniy tushunchalar mazmunini verballashtirish usullarini chuqur o'rganish zarurati bilan izohlanadi. Biz bu tushunchalarni nazariy, hamda aynan "Yer-Tierra" konsepti orqali tahlil qilishga harakat qildik. Bundan oldingi tadqiqotlarda universal hisoblangan "Yer" tushunchasi asosan sinxron tadqiqotlarda yer haqidagi bilimlar (geologiya) jo'g'rofiy, tektonik, toponimik va topografik kabilar nuqtai nazardan o 'rganilgan (A.Beruniy, A.Arxangelskiy, A. Wegener, G.Hess, A.Abidov va hk.), ammo bu muhim va ko 'p qirrali tushunchani tilshunoslik sohasida ham to 'liq va har tomonlama o 'rganish kognitiv va lingvomadaniy bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.
Tilshunoslikning til va tafakkur, til va madaniyat, til va jamiyat kesimidagi yo'nalishlari doirasida "Yer-Tierra" leksemasining kognitiv-semantik va milliy-madaniy xususiyatlarini o 'rganish haligacha olib borilmagani ham ushbu maqola mavzusining dolzarbligini ko 'rsatadi.
Kalit so'zlar: leksema, konsept, Yer, Tierra, funksional-semantik model, kognitiv-semantik model.
The relevance of this article is explained by the need to deeply study the methods of verbalizing the content of linguocognitive and linguocultural concepts, taking into account the historical context. We tried to analyze these concepts theoretically and precisely through the concept of "Earth-Tierra". In earlier studies, the concept of "Earth", which is considered universal, was mainly studied in synchronic studies, knowledge about the earth (geology) from the point of view of geography, tectonics, toponymy and topography (A. Beruniy, A. Arkhangelsky, A. Wegener, G. Hess, A. Abidov, etc.), but a complete and comprehensive study of this important and multifaceted concept in the field of linguistics serves to enrich cognitive and linguistic-cultural knowledge.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
The fact that the study of the cognitive-semantic and national-cultural features of the lexeme "Earth-Tierra" has not yet been conducted within the framework of linguistics in the areas of language and thought, language and culture, language and society shows the relevance of the topic of this article.
Key words: lexeme, concept, Earth, Tierra, functional-semantic model, cognitive-semantic model.
So'nggi yilllarda konseptual kategoriyalar va ularning tilda verballashuvi bo'yicha tadqiqotlar tilshunoslikning zamonaviy sohalari doirasida, ya'ni lingvokulturologik va kognitiv yondashuvlar doirasida jadal olib borilmoqda va shuning uchun bu yo'nalishlarda olam manzarasining konseptual, milliy-madaniy va ijtimoiy tabiatini o'rganish dolzarb muammolardan biri sifatida maqsad-vazifa qilib qo'yilmoqda.
Antropotsentrik paradigmada til inson ongi va tafakkuri, uning ma'naviy dunyosi bilan chambarchas bog'liq holda o'rganiladi. Olam manzarasi va inson dunyoqarashini tavsiflashda muayyan konseptlarning tuzilishi va mazmunidagi universal va o'zgaruvchanlik o'rtasidagi munosabatlarni aniqlash global dunyoda muhim masala sanalmoqda.
XX-XXI asrlarda jahon lingvistikasida, jumladan o'zbek tilshunosligida tilning leksik tarkibini tizimli tadqiq qilishning jadal jarayoni zamonaviy tilshunoslikning uchta - tarkibiy-semantik, qiyosiy-tarixiy va antropotsentrik ilmiy paradigmalarida olib borildi va so'nggi paradigma jadal rivojlanmoqda.
METODOLOGIYA VA TAHLIL
Biz tadqiqotimiz davomida asosan semantik-kognitiv tahlilga murojaat qildik. Bu tahlil ma'no mazmunidan konsept mazmuniga yo'naltirilgan tahlildir. Semantikkognitiv tahlilning asosiy bosqichi kognitiv talqinga yo'naltirilganlik hisoblanadi. Kognitiv talqin bo'lmasa, tadqiqot faqatgina lingvistik semantika doirasida amalga oshirilgan bo'ladi.
Maqolada kognitiv-semantik tahlilning leksikografik ma'no tahliliga asoslandik. "Yer-Tierra" leksemalaridan iborat lug'at maqolalari, so'zlarning lug'atlardagi izohi, tarjima matnlar komponent tahlil metodi asosida tadqiq qilindi.
Quyidagilar vazifa sifatida taqdim etiladi:
- "Yer-Tierra" konseptining kishilik jamiyati va isnon ongida universal va unikal aks etishi.
KIRISH
SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
- "Yer-Tierra" konsepti lingvokognitiv va lingvomadaniy tushuncha bo'lib, u o'ziga xos ko'p qirrali, aqliy rivojlanishning bilim, ong, tafakkur, obrazlilik va qadriyat kabi komponentlarini o'z ichiga oladi.
- "Yer-Tierra" konsepti mohiyatini turli jamiyatlarni har xil lingvistik vositalar, masalan frazeologiya, metafora kabilar orqali taqqoslash.
- "Yer-Tierra" konsepti tushunchasining shakllanishida presedent hodisalar ta'sirini o'rganish, ayniqsa, geografik obyektlarni bildiruvchi presedent nomlarni tadqiq etish.
- "Yer-Tierra" konseptining predmet-kontseptual komponenti sifatida sayyora, yer, mamlakat, tuproq va boshqa bir qator turkumlarga ajratuvchi leksik birliklar bilan ifodalash.
- "Yer-Tierra" konseptining o'zbek, ispan va boshqa xalqlar badiiy adabiyotidagi tasvirlarini tahlil qilish va semantik-kognitiv modellarini tuzish.
Kognitiv ilm "Yer-Tierra" konseptini chuqur anglash, ana shu vazifalarni yechish imkoniyatlarini beradi, tilshunoslikdagi mumkin bo'lgan hamda buning uchun zarur bo'lgan tushuntirishlar doirasini kengaytiradi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida, birinchi marta "Yer-Tierra" konsepti ispan va o'zbek tillarida chog'ishtirilib lingvokognitiv va lingvomadaniy jihatlari taqqoslangan, asosiy mazmuniy xususiyatlari aniqlangan, o'ziga xos "Yer-Tierra" komponentli leksik birliklar, frazeologiya, toponimiya va boshqa ko'rinishlari o'rganilgan.
Zamonaviy tilshunoslikga konsept tushunchasining kirib kelishi til faktlarini tavsiflashda aniq va maqsadli bog'lanishga o'tish hamda til, tafakkur va madaniyatning o'zaro munosabatlarini tushunish va tushuntirish imkonini bermoqda. Konseptlarga bag'ishlangan ko'p sonli lingvistik tadqiqotlarga qaramay, bu konsepsiya nazariyasida hali ko'plab hal etilmagan masalalar saqlanib qolmoqda.
Avvalo, konsept va tushuncha o'rtasidagi munosabatlar bahsli ekanligini ta'kidlash joiz. Bu borada olimlar qarashlarida turli yondashuvlarni ko'rish mumkin. Birinchi yondashuv tarafdorlari tushunchani konseptning analogi deb hisoblashadi. Bu tushuncha konseptning mantiqdagi talqiniga mos keladi, konsept atamasini tilshunoslik shu yerdan olgan, degan nazariyani keltirishadi. Boshqa olimlar ularni ajratib o'rganishni maslahat beradilar (N.Arutyunova, S.Vorkachev va hk.), ya'ni ikkinchi taraf tushuncha kengroq, konsept esa faqat tafakkur, inson ongi bilan bog'liq rivojlanadi, degan aqidani mahkam tutishadi. Kognitiv fan konseptga ana shu imkoniyatlarni taqdim etadi, ya'ni tilshunoslikda mumkin bo'lgan va buning uchun zarur bo'lgan tushuntirishlar doirasini kengaytiradi" (V.Karasik, N.Ilyuxina va b.).
SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Hozirgi vaqtda antroposentrik paradigmaning o'rnatilishi tufayli tadqiqotchilarning diqqat markazida olamning lisoniy manzarasi va uning tarkibiy qismlari - konseptlarga bo'linib o'rganilmoqda. Shu bilan birga, ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, mavjud asarlar asosan mavhum va konkret tushunchalarni ifodalovchi til va nutqni tavsiflaydi (S.Vorkachev, V.Karasik, Sh.Safarov, D.Xudayberganova, D.Baxronova).
Ma'lumki, leksemaning ma'nosida borliqdagi voqea-hodisalarning inson ongidagi in'ikosi ifodalanadi, demak, ma'nolar tizimidagi butun-bo'lak munosabati negizida ham, aslida, borliqdagi butun-bo'lak munosabatlarini tilda ifodalash zarurati yotadi. Leksemalarning ma'no munosabatlarida darajalanish hodisasining o'rganilishi ham ko'p jihatdan ahamiyatlidir: negaki, lug'at boyligining tizim sifatidagi tavsifini berishda, sinonimlar va antonimlar lug'atini tuzishda, lug'aviy birliklarning uslubiy vosita (stilistik figura) sifatidagi qiymatini belgilashda graduonimik tadqiqotlar natijasidan foydalanish mumkin1.
Konseptni o'rganayotgan tadqiqotchilar uchun uning tuzilishini o'rganuvchi ishlar alohida qiziqish uyg'otadi. Turli madaniyatlarga mansub konseptlarning strukturaviy xususiyatlarini o'rganish ularning milliy-madaniy o'ziga xosligini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi vaqtda tilshunos olimlar konseptning turli komponentlarini aniqlashmoqda (Vorkachev, 2002; Karasik, 2004).
Z.Popova va I.Sterninlar konseptning tuzilishini quyidagicha ta'riflaganlar: 1) obraz (idrok va kognitiv); 2) axborot mazmuni; 3) baholovchi, ensiklopedik, utilitar, tartibga soluvchi, ijtimoiy-madaniy va paremiologik zonalarni o'z ichiga oluvchi interpretatsiya (sharhlash) sohasi.
Konsept mazmuni maydon tamoyiliga ko'ra tartiblangan xususiyatlardan iborat: yadro va periferiya. Konseptning eng dolzarb xususiyatlari uning yadrosi ya'ni o'zagini tashkil qiladi, kamroq tegishlilari periferiyadan iborat bo'ladi. Ko'pgina tadqiqotchilar yaqin, uzoq va ekstremal periferiya o'rtasida qo'shimcha farqlaydilar, ammo ba'zi tadqiqotchilar yadro va periferiya chegarasini aniqlashning murakkabligi va odatiyligi tufayli bunday bo'linishni amalga oshirishni xushlamaydilar.
«Konsept» atamasi kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, bu sohada ishlaydigan olimlar tomonidan ancha vaqtdan beri qo'llaniladi. Biroq, «konsept»ga nisbatan qat'iy ishonchning yo'qligi xususiy xarakterdagi bir qator savol va mulohazalarni keltirib chiqaradi: konseptning individualligi, konseptni jamoaviy yoki individual birlik sifatida tan olish, konsept va madaniyat o'rtasidagi munosabatlar, umuminsoniy konseptlarning mavjudligi kabilar.
1 https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/5704/7744
SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Konsept, bu til, madaniyat va ong o'rtasidagi dialektik bog'liqlik bilan tavsiflanuvchi mental mohiaytdir. U til va nutqda turli darajadagi birliklar, jumladan, metafora va frazeologik birliklar yordamida ob'ektivlashadi.
Zamonaviy frazeologiya fanida uning tarkibi, leksik-semantik va konseptual mazmuni, semantik invariantligi hamda og'zaki va yozma nutqdagi variantlarining o'zaro munosabatlari muammosi konseptosfera doirasida o'rganilmoqda (N.Alefirenko, A.Babushkin, L.Gasheva, D.Ashurova, M.Galiyeva, D.Baxronova va b.). Frazeologik semantika yetarli darajada chuqur yoritilgan bo'lsa-da, biroq olamning konseptual manzarasida frazeologik birliklarning ishlashi, ular orqali madaniy belgilarni lingvistik vositalar bilan kodlash kabi jihatlar haligacha tizimli tadqiq qilinmagan.
YER tushunchasi mazmunining shakllanishiga ijtimoiy, madaniy va tarixiy, shu jumladan mifologiya va din, ijtimoiy jarayonlar, iqtisodiy rivojlanish, shuningdek, yerning boshqa xususiyatlari (unumdorlik, ta'minot hamda oziq-ovqat manbai va hk.) sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Nafaqat o'zbek xalqi, balki dunyodagi barcha elatlar uchun YER muqaddasdir. Bu tushuncha "Tierra Santa" tarzida ispan tilida ham ifodalanadi. Butparastlik davridan boshlab yerga muqaddas narsa-hodisa sifatida qarashlar deyarli barcha diniy qarashlarda rivojlangan. Yer - Ona-Yer sifatida e'zozlangan. Insoniyat muqaddas zaminni haqoratlashni gunoh hisoblagan.
Bugungi kunda Vatanga yoki tug'ilgan yeriga Ona Vatan misolida qarash oliy qadriyatlarning tashuvchisi sifatida milliy ongning barqaror dominanti bo'lib ko'rinadi. Shuning uchun yerni sotish qaroriga o'zbek madaniyatida salbiy qaraladi. Masalan: Yer olgan - er, Yer sotgan - qora yer; Benavente, buena tierra y mala gente.
Umuman olganda, YER-TIERRA konseptini lingvomadaniy jihatdan o'rganish o'zbek va ispan tillarining universal va unikal jihatlarini yorqinroq aniqlash imkonini beradi.
YER-TIERRA tushunchasining tavsifi frazeologik birliklarning lingvistik, kodli ma'nolari va frazeologik ma'nolarini tahlil qilishga, ularning turli kontekstlarda muvofiqlashtirilishiga asoslanadi. Ushbu tadqiqotda ilgari surilgan gipoteza YER-TIERRA konsepsiyasini milliy ahamiyatga ega bo'lgan konsepsiya sifatida tasdiqlashdan iborat bo'lib, uning asosiy (yadro) va periferik zonalari bilan aniq ierarxik tuzilma hosil qilish bilan tavsiflanadi, bu esa o'z navbatida qiymat-semantik munosabatlarni ifodalovchi slotlar ierarxiyasini o'z ichiga oladi. Milliy konseptosferaning o'zagi, o'rta qismi barcha xalqlarga xos bo'lgan va nisbatan cheklangan konsept va konstantalardan tashkil topgan xususiyatlardan iborat.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Ularning har bin so'z yoki frazeologik birlikda ifodalangan holda konseptning faqat verbal ko'rinishini ifodalaydi.
YER-TIERRA maydoni ierarxik, geterogen, ko'p o'lchovli tuzilishga ega. Maydonning asosiy kengaytmasi quyidagicha taqsimlanadi: maydonning yadrosi: tuproq, yer, vatan, yurt bo'lsa, periferiya: mulk, sayyora, materiya, fazo, qishloq hayoti, olam kabilardan tashkil topadi.
Quyida, YER-TIERRA funksional semantik maydonining konseptual modelini taqdim etishga harakat qilindi:
PERIFERIYA YADRO PERIFERIYA
Quruqlik YER Tuproq
Vatan, o'lka, joy Hayot, olam
Sayyora Modda (gil, loy)
Shaxsiy, xususiy Kenglik
XULOSA
O'zbek tilining o'ziga xos, boshqa ko'p tillarda uchramaydigan jihati - juft so'larning mavjudligidir. Yer so'zi bilan hosil bo'luvchi juft so'zlarga quyidagilar misol bo'ladi: yeru-osmon; yeru-ko 'k; yeru-samo; har yer-har yerdan kabi.
Har bir so'z ijodkori uning ona tilida mustahkamlangan madaniyat kodlaridan foydalanadi. Madaniyat kodlari muayyan millat olam manzarasiga xos tushunchalarning verballashuvi natijasidir (Baxronova, 2022). Biroq ba'zi konseptlar borki, ular universal bo'lib turli tizimli tillarda bu konseptlardan foydalanilsa-da, mazmun-mohiyati to'gridan-to'gri anglashiladi. Masalan, YER-TIERRA mavzusiga deyarli barcha adiblar o'z asarlarida murojaat qilganlar. Quyida Z.Mo'minova, G.Mistral, T.Murod asarlaridan parchalar keltirib o'tildi: Momo yer, ona tuproq Ko'klam isi taralmoqda havodan, Havodanmi yoki mayin sabodan, Sendek aziz topilmayman dunyodan, Momo yer, ona tuproq. Yer yuziga atru havo sochildi, Yuraklardan go'zal navo sochildi, Oshiq dilga ishdan davo sochildi, Momo yer, ona tuproq. Olma bog'lar, novvotu bol sendadir,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Qut - baraka, baxtu iqbol sendadir, Bahor chog'i, gulgun jamol sendadir,
Momo yer, ona tuproq. (Zulfiya Mo'minova). Ushbu she'rda quyidagi modelni ko'rish mumkin:
YER = MOMO TUPROQ = ONA
Nobel mukofotiga sohibasi chililik shoira Gabriyela Mistral ham La tierra (Yer) nomli poemasiga YERga nisbatan o'ziga xos chizgilar bergan: Todo lo toma, todo lo carga el lomo santo de la Tierra: lo que camina, lo que duerme, lo que retoza y lo que pena; y lleva vivos y lleva muertos
el tambor indio de la Tierra (G.Mistral). Ushbu she'rda quyidagi modelni ko'rish mumkin:
TIERRA = INDIO TIERRA = TAMBOR
Tog'ay Murodning "Ona-Yer - tuproq demakdir. Tuproq esa ona yurt demakdir. Qator asrlarki, ana shu ona-Yor buyuk o'g'illarini bag'riga bosib allalab keladi. Shu sababdan oddiy tuproqni peshonamizga surtamiz. Ona-Yor, deya ardoqlaymiz. Ona-Yer - onamiz! "2. Ushbu matnda quyidagi modelni ko'rish mumkin: ONA-YER = TUPROQ TUPROQ = ONA YURT TUPROQ = ONA-YOR ONA-YER = ONA.
Yoki T.Murodning yuqoridagi asarida Hazrat Yassaviydan keltirilgan iqtibosida ham Yerning o'ziga xos konseptual tomoni ochib berilgan:
Boshim tufroq, o'zim tufroq, jismim tufroq... Ushbu misrada quyidagi modelni ko'rish mumkin:
BOSH = TUFROQ O'Z = TUFROQ JISM = TUFROQ.
Yer tushunchasi ko'plab fundamental fanlarning o'rganish predmeti va ko'plab san'atlarning tarkibiy qismidir. Vaholanki, shu paytgacha yer biror bir fan yoki butun bir yo'nalish doirasidagi umumiy tushunchaga ega emas.
2 Tog'ay Murod Momo Yer qo'shig'i (qissa)// http://uzsmart.ru/kutubxona/asarlar/3281-momo-yer-qo%CA%BBshig%CA0/oBBi-qissa-tog%CA%BBay-murod.html
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Yer, yuqorida aytib o'tilganidek, madaniyatning doimiy omillaridan biri yoki tamoyillaridan biri bo'lib, u nafaqat umumiy, balki madaniy xotirada shakllanish, rivojlanish, mustahkamlash yo'llarini aks ettiruvchi o'ziga xos rivojlanish modeli bo'lib xizmat qilish, milliy rang-barang madaniy ahamiyatga ega tushunchalar haqida aniqroq tasavvur va tafakkur qilish imkonini beradi. Ko'pgina madaniy hodisalarni yerning ahamiyatini hisobga olmasdan tushunish mumkin emas.
FOYDALANILGAN MANBALAR (REFERENCES)
1. Бахронова Д. К. Узбек ва испан тилларида олам манзарасининг лингвокогнитив категорияланиши: DSc дисс. - Тошкент, 2022. - 243 б.
2. Воркачёв С. Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт: становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // Филологические науки. Москва, 2001. - № 1. - С. 64-72.
3. Исаева Е В. Лингвокультурный концепт «Земля «Новой Франции» // Информационно-образовательные ресурсы обучения языку и культуре традиции и новации Тезисы докладов международной научно-практической конференции. - Москва: Пресс, 2007. - С. 48-49.
4. Карасик В.И. Языковой круг: личность, концепты, дискурс. - Волгоград, 2002. - 477 с.
5. Попова З.Д., Стернин И.А. Семантико-когнитивный анализ языка. -Воронеж, 2007. - С.36.
6. Семенов, А.Е. Концепт ЗЕМЛЯ, вербализованный фразеологическими единицами (лингвокультурологический аспект) // Вестник Челябинского госуниверситета. Сер. Филология. Культурология, науч. журн. - Челябинск, Изд-во ЧелГУ, 2009.
7. Gabriela Mistral. La tierra. https: //www.gob.mx/semamat/articulos/la-tierra
8. https://researchedu. org/index.php/openscholar/article/view/5704/7744
9. Ne'matov H., Rasulov R. O'zbek tili sistemasi leksikologiya asoslari. -Toshkent: "O'qituvchi", 1995. - 110-bet.
10. Qo'chqo'rtoyev I. So'zlarning leksik-semantik to'dalari haqida. //ToshDU ilmiy asarlari 359- chiqishi. - Toshkent, 1969.
11. Tog'ay Murod Momo Yer qo'shig'i (qissa)// http://uzsmart.ru/kutubxona/asarlar/3281-momo-yer-qo%CA%BBshig%CA%BBi-qissa-tog%CA%BBay-murod.html