SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
UDK: 811.161.1.243+81.23
O'ZBEK XALQ MAQOLLARIDA MIQDOR KONSEPTINING KOGNITIV
XUSUSIYATLARI
Xolmatova Odina O'ktamovna
Farg'ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi odinaxolmatova83 @gmail.com, +99-990-60-09
ANNOTATSIYA
Maqolada o'zbek xalq maqollarida miqdor konseptining bir qator kognitiv xususiyatlari ko'rsatib o'tilgan. Maqollarning majoziy tabiati ulardagi aniq yoki yashirin taqqoslash bilan bog'liq emas - bu har xil turdagi maqollar semantik tuzilishining kognitiv asoslarida turli yo'llar bilan namoyon bo'ladigan kognitiv jarayonlar natijasidir. Insoniyat o 'zi yaratgan maqollarda bir asosdagi tushunchalar bilan ikkinchi tushuncha haqidagi fikrlarini muqoyasa qiladi, to 'ldiradi, ifodalarning obrazli bo'lishini ta'minlaydi. Birlamchi fikrlar ifodasi asosida ikkilamchi, hosila fikrlarni verballashtiradi.Raqamlar o'z vazifasidan tashqari bir qancha kognitiv jihatlarni ham ifodalaydi. Milliy-madaniy ko 'rsatkich sifatida talqin etilayotgan raqamlar har bir xalqning ma'naviy tafakkuri, dunyoqarashi, milliy mintalitetini ifodalovchi o'ziga xos lingvomadaniy belgidir. O'zbek tilidagi maqollarni mana shu nuqtayi nazardan o 'rganish va lingvomadaniy kodlar asosida tasnif qilish orqali o 'zbekona tafakkur modellarini yaratish, millat lisoniy ongiga xos mexanizmlarni yoritib berish mumkin.
Tayanch so 'z va iboralar: madaniy kod, mental birlik, konsept, lingvomadaniy belgi, miqdor, raqam,kognitiv asos, model,semantika.
КОГНИТИВНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА КОНЦЕПТА КОЛИЧЕСТВО В УЗБЕКСКИХ НАРОДНЫХ ПОСЛОВИЦАХ
АННОТАЦИЯ
В статье показан ряд когнитивных особенностей понятия количества в узбекских народных пословицах. Образная природа пословиц не связана с явными или скрытыми сравнениями в них - это результат познавательных процессов, по-разному проявляющихся в когнитивных основах смысловой структуры пословиц разного типа. В пословицах, созданных человечеством, люди сопоставляют и дополняют свои мысли о понятиях, исходя из одного понятия и другого понятия, и следят за образностью выражений. Основываясь на выражении первичных мыслей, он вербализует вторичные,
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
производные мысли Числа представляют собой несколько когнитивных аспектов в дополнение к их функции. Цифры, интерпретируемые как национально-культурный показатель, являются уникальным лингвокультурным знаком, выражающим духовное мышление, мировоззрение, национальный менталитет каждого народа. Изучая с этой точки зрения пословицы в узбекском языке и классифицируя их на основе языковых и культурных кодов, можно создать модели узбекской мысли, пролить свет на механизмы, характерные для языкового сознания нации.
Ключевые слова и выражения: културный код, менталная единица, концепт, лингвокултурный символ, количество, число, когнитивная основа, модель, семантика.
COGNITIVE CHARACTERISTICS OF THE QUANTITY CONCEPT IN
UZBEK FOLK PROVERBS
ABSTRACT
The article shows a number of cognitive features of the concept of quantity in Uzbek folk proverbs. Figurative nature ofproverbs is not related to explicit or hidden comparisons in them - it is the result of cognitive processes that are manifested in different ways in the cognitive bases of the semantic structure ofproverbs of different types. In the proverbs created by mankind, people compare and complete their thoughts about concepts based on one concept and another concept, and ensure that the expressions are figurative. Based on the expression of primary thoughts, he verbalizes secondary, derivative thoughts. Numbers represent several cognitive aspects in addition to their function. The numbers interpreted as a national-cultural indicator are a unique linguistic and cultural sign that expresses the spiritual thinking, worldview, and national mentality of each nation. By studying proverbs in the Uzbek language from this point of view and classifying them on the basis of linguistic and cultural codes, it is possible to create models of Uzbek thought, and to shed light on the mechanisms specific to the linguistic consciousness of the nation.
Key words and expressions: cultural code, mental unit, concept, linguistic and cultural symbol, quantity, number, cognitive basis, model, semantics.
Bizni o'rab turgan olamdagi har bir narsa o'zida miqdoriy xususiyatlarni aks ettiradi. Son-miqdor insoniyat rivojining ilk bosqichlaridayoq borliqning hisobini olish, undagi narsa-hodisalarni o'lchash zarurati tufayli yuzaga kelganini ko'rishimiz mumkin.
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
Professor D.Nabievaning aytishicha, sonlami faqatgina matematik belgi sifatida talqin etish va tushunish ularning funksiyasini to'liq ochib berish imkoniyatini sezilarli darajada toraytiradi, tahlil imkoniyatlarini kamaytiradi. Sonlarga bu kabi sirtdan qarash natijasida son faqat tug'ilish va tug'ilgan kun, sana, vaqt, pul, telefon raqami, indentifikatsiya kodi, iqtisodiy ko'rsatkichlarni bildiruvchi birlik bo'lib qolishi, shuning uchun bunday biryoqlamalikdan uzoqlashib, sonlar semantikasiga jiddiyroq yondashish kerakligi haqida aytib o'tadi. Ularni miliy-madaniy belgini ifodalovchi ko'rsatkich sifatida tadqiq etish, lingvistik jihatdan o'rganish uning funksiyalarini yanada to'liqroq namoyon etishini ta'kidlaydi. [4;1183].
Olimaning fikriga qo'shilgan holda shuni aytish mumkinki, miqdor bildiruvchi raqamlar o'z vazifasidan tashqari bir qancha kognitiv jihatlarni ham ifodalaydi. Bu jihatlar olamni raqamlar vositasida anglashimizga yordam beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Milliy-madaniy ko'rsatkich sifatida talqin etilayotgan raqamlar har bir xalqning ma'naviy tafakkuri, dunyoqarashi, milliy mintalitetini ifodalovchi o'ziga xos lingvomadaniy belgidir. Vaqtlar o'tgani sayin raqamlar milliy-madaniy kod darajasiga ko'tarilib, muayyan xalqning marosimlari, urf-odatlari va hayot tarzini ifodalovchi ko'rsatkichlar qatoridan joy oldi. Hatto ularning xususiyatlari v a inson hayotidagi o'rni masalalarini o'rganuvchi maxsus fan - numerologiya paydo bo'ldi. Insonlar raqamlarga ilohiy "libos" kiydirdilar, natijada turli millatlarda raqamlar bilan bog'liq o'ziga xos qarashlar maydonga keldi. Ularning ba'zilari xosiyatli, ba'zilari xosiyatsiz deb baholandi[4;1185].
Sonlarning kognitiv jihati ularning konsept sifatida tadqiq etilishidir. Konsept til birliklarining ma'nosi bilan bog'liq holda o'rganiladi va shunga binoan tafakkur birligi sifatida qaralayotgan konseptni qoliplashtirishda til birliklariga xos xususiyatlarga tayaniladi.
Miqdor kotseptini ifodalashda fonetik vositalar (ohang,tovush takrori, urg'u), leksik vositalar (miqdor semasiga ega bo'lgan leksemalar, frazeologik birliklar, noadabiy so'zlar, atamalar), morfologik vositalar (so'z turkumlari, morfemik birliklar), sintaktik vositalar (gap bo'laklari, undalma, kirish so'zlar, so'z birikmasi, sodda va qo'shma gaplar) ishtirok etadi[2;218].
Yuqoridagi fikrlarga qo'shilgan holda, miqdorning ifodalanishini tilning turli sathlari misolida ko'rish mumkin. Misol tariqasida, o'zbek xalq maqollaridan quyidagilarni keltiramiz.
Bir o 'Iganga tegma, bir - kuyganga maqolida miqdor ifodali birlik morfologik vosita, ya'ni bog'lovchi vositasida qo'llanmoqda.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
Yettining biri - ayyor, yettining biri - Xizr maqolida otlashgan so'z -morfologik birlik sifatida; Kasal bitta - davosi mingta maqolida esa ham morfologik, ham sintaktik birlik sifatida namoyon bo'lmoqda.
Raqamlar hisob-kitob vazifasini bajarishdan tashqari, turli qadimiy e'tiqodlar bilan bog'liq ravishda ramziy ma'nolarga ham ega. Ular nafaqat matematik unsur, balki millatning etnik xususiyatlarini, milliy an'ana va udumlarini, madaniy va mental belgilarini, uning tarixi, urf-odatlarini aks ettiruvchi vosita hisoblanadi. Har bir xalq ongida raqamlar semantikasini yuzaga chiqaruvchi, uning milliy-madaniy ko'rsatkichlarini ifodalovchi turli tushunchalar ko'plab uchraydi. Milliy madaniyatda raqamlar bilan ifodalangan madaniy kodlar o'ziga xos xususiyat kasb etadi.
Ayniqsa, buni o'zbek xalq maqollari misolida ko'rish mumkin. Sonlarning o'ziga xos ma'no anglatishi, ulardagi miqdorning ahamiyati juda katta. Maqollarda eng ko'p ishlatilgan miqdor konsepti bir, ikki, sakkiz, yetti, qirq, to'qqiz, ming raqamlaridir. Har bir raqamning maqollarda qo'llanishi turli maqsadlarda amalga oshadi. Barchasi ramziy ma'noga ega yoki kognitivlik jihatdan konseptni yuzaga keltiradi, deb aytish qiyin. Ba'zi raqamlar shunchaki sonlar miqdorini ifodalash uchun qo'llangan. Bunga quyidagi maqollarni misol qilishimiz mumkin: Nonning ikki kunligini ye, Go'shtning - bir kunligini; Bir qo'yga pichoq, Ikki qo'yga tayoq; Berishda bir sana, Olganda - ikki.
Bundan tashqari, bir raqami maqollarda eng ko'p qo'llangan son hisoblanadi va bu sonlar yakka miqdorni bildiradi. Ba'zan bir soni qiyoslash, ayiruv bog'lovchisi vazifalarida ham qo'llanadi: Kasal bitta - davosi mingta; Bir kunlik isitma qirq kunlik kuchni olar; O 'nni ko 'r, birni ol.
Lekin bir raqami ishtirok etgan ba'zi maqollar miqdor ifodalashdan tashqari yakkalik, yolg'izlik, kuchsizlik, ojizlik semalarini ham ifodalaydi: Bir kalla - kalla, Ikki kalla - tilla; Bir tovushni ko 'p tovush yo 'q qilar; Bir tupursa, ne bo 'lar, El tupursa, ko 'l bo 'lar; Bir o 'zing dono bo 'lguncha, ko 'p bilan ahmoq bo 'l; Bir qarg 'a bilan qish kelmas.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O'zbek maqollarida ming raqamining idrok etilishida ham miqdor semasidan tashqari yana bir qancha semalar namoyon bo'ladi.
Ming kulishning biryig'isi bor.
Ming kun shahidlikdan bir kun tiriklik afzal.
Ming Makka ziyoratidan bir ko'ngil imorat yaxshi.
Ming sizu bizdan bir jizu biz yaxshi.
Mingtaning tusini bilguncha bittaning ismini bil.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
Ming qayg 'u bir ish bitirmas.
Ming so 'zdan bir ish yaxshi kabi maqollarda esa ming soni aynan shu miqdorni emas, balki ko'plik, ortiqchalik, jamlik tushunchasini anglatadi. Ming marta eshitgandan bir marta ko 'rgan yaxshi maqolida ham eshitish jarayoni ming marta sanab chiqilmagan, balki uning qayta-qayta aytilaverganlik ma'nosi yuzaga chiqmoqda.
Dunyo xalqlari madaniyatida yetti raqamiga alohida e'tibor qaratiladi. Ularda bu raqam baxt, omad, yaxshilik ramzi sifatida talqin etiladi[7;1183].
Bunday qarash sharq xalqlarida ham mavjud. Yetti raqami bilan bog'liq mo'jizalar, sayyoralar, hafta kunlari, kamalakning yetti xil rangi va hokazolar insonning bu raqamni "sehrli" va "mo'jizaviy"ligiga ishonganligidan bo'lsa kerak. Hozirgi kunda ham yetti raqami "eng omadli" ma'nosini bildiradi. Buni, masalan, yangi mashina sotib olganda unga faqat yetti raqami tanlanishidan ham anglash mumkin.
O'zbek xalq maqollarida yetti soni o'ziga xos ma'nolarni ifodalaydi.
Masalan, Yettining biri - ayyor, Yettining biri - Xizr maqolida har bir insonning o'zidan oldingi avlodlari nazarda tutilgan va yetti raqami bir oilaning yoki butun xalqni ajratish vositasi bo'lgan. Men qilaman ikki, kelinim qiladi yetti maqolida esa yetti raqami oxiriga yetmagan ishning yakunlanganlik semasini ifodalab kelmoqda. Yetti o'lchab, bir kes maqolida esa yetti raqami "chuqur o'ylash" semasini yuzaga chiqarmoqda.
O'zbek mentalitetida qirq raqamining alohida o'rni bor. Bu son bilan bog'liq diniy marosimlar (vafot etgan odam uchun aza tutish, mehmon chaqirish), urf-odatlar (chaqaloq va kelin-kuyov uchun chilla saqlash) saqlanib qolgan.
Qirq sonining qadimgi turk tilidagi ma'nolari V.A.Gordlevskiy tomonidan o'rganilgan. Uning aytishicha, qirq soni aniq miqdorni emas, balki "ko'p" tushunchasini ifodalaydi. Qadimgi turklarda qirq soni marosimlarda qilinadigan qurbonliklar miqdori sifatida qo'llanilgan.
Qirq raqamiga e'tiqod qo'yish sabablari haqida o'z mulohazalarini bildirgan qoraqalpoq tilshunosi A.Bekbergenovning fikriga ko'ra, qadimgi davrlarda sanash qiyin bo'lgan predmetlar, diniy tushunchalar qirq soni bilan belgilangan[1;45].
O'z maqolasida turk olimi Y.Kerim qirq raqamining folklor asarlarda qo'llanishini, ertak, afsona, maqol va iboralar tarkibidagi qirq soni lingvopoetikasini keng tahlil qilgan.Turk folklori materiallariga tayangan olim "qirq soni xalq tasavvurida omadli yoki omadsiz tushunchalardan tashqari, so'ngsizlik va ko'plikni ham bildiradi" degan xulosaga keladi[3;752].
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
Darhaqiqat, tilimizda qo'llanilgan ba'zi iboralar va birikmalarda qirq raqami matematik miqdorni bildirmagan. Xususan, juda ham eski, yamog'i ko'p, quroqli kiyim kiygan qalandarlar doston va tarixiy asarlarda "choponi qirq yamoq", deya ta'riflanadi. Ertaklarda ham "qirq kecha-yu qirq kunduz to'y qildi", "qirq kunlik yo'l" , "qirq kunlik muhlat" kabi ifodalarda ham qirq soni ishlatiladi.
Rus tilshunosi L.Uspenskiyning fikricha, qadimiy odam sanash mumkin bo'lmagan narsalarni aniq miqdorini ifodalashga ehtiyoj sezganda o'sha narsaning soni shunchaki "qirq"ta deb qo'ya qolingan. Qirq ko'p, son-sanoqsiz predmetlar sonini ifodalashga xizmat qilgan[6;285].
Bundan tashqari, yana bir qancha olimlar qirq raqami juda ko'p xalqlarda sanoq sistemasidagi eng "katta" raqam, sanoqning chegarasi vazifasini bajargan deb hisoblaydilar. Hisob-kitobda yangi usullar kashf etilishi bilan qirq soni o'zining an'anaviy "hudud"laridan mahrum bo'lib, xalq qarashlarida miqdoriy ko'rsatkichga aylangan[5;40].
Qadimda tabiat kuchlari oldida ojiz bo'lgan odamlar son-sanoqsiz, buning ustiga ilohiy bo'lib ko'ringan narsalarning aniq miqdorini hisoblay olmagan. Shuning uchun ajdodlarimiz o'zi aqli yetmagan, tasavvuriga sig'dira olmagan narsalarni ilohiylashtirib qabul qilganlar. Sanab bo'lmaydigan narsalar miqdorini bildiruvchi "qirq" soni dastlabki marosimlarda ritual (taomil, odat) ko'rsatkich sifatida qo'llangan. Keyinchalik sanoq sistemasida aniq raqam atamasiga aylangach, ibora va tushunchalarda, umuman, ko'plikni, sanoqning ma'lum chegarasini anglata boshlagan. Dastlab jamlik, buyuklik, ko'plik, umumiylik ma'nolarini anglatgan qirq raqami keyinchalik turli iboralar va tushunchalar tarkibiga singib ketib, bora-bora an'analarga aylanib qolgan, maqol va topishmoqlarda, frazeologik birliklarda saqlanib qolgan.
Ayniqsa, xalq maqollarida ushbu miqdor bildiruvchi leksema juda ko'p o'rinlarda uchraydi. Unda madaniy konsept sifatida o'zbek madaniyatiga xos belgilarni ko'rish mumkin.
Qirq yil qirg'in kelsa, beo'ylovga baribir.
Bir gapning qirq fahmi bor.
Qirq kun yoqqan yog 'indan,
Yelib o 'tgan suv yaxshi.
Bir yil tut ekkan kishi
Qirq yil gavhar teradi.
Qirq uydan etak to 'lar.
Ba'zi maqollarda miqdor bildiruvchi sakkiz, o'n, o'ttiz, qirq, olti kabi birliklar muayyan leksemalar bilan fonetik jihatdan mutanosibligiga ko'ra qo'llanishini
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
ko'rish mumkin. Bunga Sanamay sakkiz dema, o'ylamay - o'ttiz; Sakkiz sigir asraguncha, Bir govmish asra; Orachiga olti musht; O'nta bo'lsa, o'rni boshqa, qirqta bo 'Isa - qilig'i kabi maqollarni misol sifatida keltirish mumkin.
Yana shuni aytib o'tish muhimki, ikki raqami ba'zida inson hayotining ma'lum davrida salbiy ma'no ottenkasini bildiradi. Chunki inson kichikligidan maktab va umuman, ta'lim bilan aloqador davrni boshidan kechirganda bu raqam miqdorni emas, uning bilimiga, axloqiga qo'yilgan baho sifatida ongiga o'rnashib qolgan. Lekin bu raqam maqollarda birdamlik, inoqlik, hamjihatlik ma'nolarini bildiradi:
Ikki sirtlon bir sirtlonning sirtin yirtar.
Ikkovga birov botolmas.
Otliqqa yayov yetolmas.
Ikki qo 'l qilgan ishni bir qo 'l qilolmas.
Ikki sichqon biriksa, Yo 'Ibars quyrug 'in kertar.
Shuningdek, uch raqami maqollarda miqdor semasidan tashqari ikki xil, ya'ni qarama-qarshi ma'noda ham qo'llanadi. Masalan, Uch bor yerda kuch bor maqolida "uch" soni ahillik, birdamlik semalarini anglatsa, Uch kishi bilgan sirni yuz kishi bilar maqolida esa "uch" raqami salbiy ma'no ottenkasini, ya'ni bu yerda ortiqchalik, sir saqlovchining son jihatdan ortishi (ya'ni ikkitadan uchtaga ortishi) sirning tarqalishiga olib kelishining salbiy baholanishini namoyon etmoqda.
Demak, raqamlar insoniyat diniy, madaniy va ma'naviy hayotining ajralmas qismigina bo'lib qolmay, uning xulq-atvori, kishilar o'rtasidagi o'zaro aloqasini ham belgilovchi muhim madaniy kodlardir. Shunday ekan, raqamlar hisoblash yoki oTchash natijalarini ifodalashga xizmat qiluvchi tushuncha emas, o'zbek xalq maqollarida milliy-madaniy birlik sifatida tilshunoslikning ham o'rganish obyektidir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Bekbergenov A. Qaraqalpaq tilindegi sanliqlar. - No'kis: 1976. - bet 45. (Bekbergenov A. Numbers in the Karakalpak language. - No'kis: 1976. - page 45)
2. Egamberdiyeva N.Miqdor konseptining kognitiv va lingvokulturologik jihatlari // EducationalResearch in Universal Sciences, 2023. - B.217-218.( Egamberdiyeva N. Cognitive and linguistic cultural aspects of the concept of quantity // Educational Research in Universal Sciences, 2023. - B.217-218.
3. Kerim U. Turk Dilinde 40. - Ankara,1983. - S. 752 (Kerim U. Turk Dilinde 40. - Ankara, 1983. - S. 752)
4. Nabiyeva D.Abduryimov A.Raqamlar - "olam tili"ni ifodalovchi obyekt//Academic Research,Uzbekistan 1183-b.( Nabiyeva D. Abduryimov A.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
Numbers - an object representing the "language of the universe" // Academic Research, Uzbekistan 1183-p.)
5. Бородин А.И. Число и мистика. - Донеск, 1975. - С.40-42. (Borodin A.I. Chislo i mystica. - Donetsk, 1975. - P.40-42.)
6. Успенский Л. Слова о словах. - Москва, 1970. - С.285-288. (Uspensky L. Slova or Slovak. - Moscow, 1970. - P.285-288.)
7. Умарова, Наргиза Рустамовна, and Бахрамова, Мунира Мадаминовна. "ИССЛЕДОВАНИЕ КОНЦЕПТА КАК МНОГОМЕРНОГО МЕНТАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 2, no. 6, 2022, pp. 871-877.
8. Умарова, Наргиза Рустамовна, and Бахрамова, Мунира Мадаминовна. ""АЁЛ" КОНЦЕПТИНИНГ АССОЦИАЦИЯЛАРИ (Концептнинг ижтимоий, жисмоний, шахсий сифатлари)" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 2, no. 10, 2022, pp. 24-32.