SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
INGLIZ VA O'ZBEK TILIDAGI QARINDOSHLIK HAQIDAGI MAQOLLARNING QIYOSIY TAHLILI
Mirzayeva Dilshoda Ikromjonovna
Farg'ona davlat universiteti, Chet tillari fakulteti Ingliz tili kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD) Qayumova Sayyora Topvoldi qizi Farg'ona davlat universiteti, Lingvistika (ingliz tili) mutaxassiligi magistranti Email: [email protected]
Ushbu maqola yaxshilik va yaxshi hulq haqidagi ba'zi ingliz va o'zbek maqollarining semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Ayrim maqollarning boshqa tildagi ekvivalentlari tarjimaning bir qancha muhim innovatsion usullarini aniqlash va ingliz va o 'zbek tillaridagi o 'ziga xosliklarini qarama-qarshi qo'yish maqsadida ularni boshqa tilda izohlash uchun berilgan. Ushbu ishning natijalari va misollari qarindoshlik va mehr-muhabbat haqidagi ingliz va o 'zbek maqollarining ma 'nolaridagi ba 'zi farqlarni ajratish va ularning lingvomadaniy xususiyatlarini o 'rganishga yordam beradi.
Kalit so izlar: maqol, lingvokulturologiya, madaniyat, pragmatika, sinonimiya, antonimiya, ekvivalent, kontekst.
This paper is devoted to the analysis of semantic and linguocultural features of some English and Uzbek proverbs about good quallitiesof people. The equivalents of some proverbs in a target language are given for interpreting them in the other language to find out several important innovative ways of translation and contrasting their peculiarities in the English and Uzbek languages. The results and examples of this paper can help to distinguish some differences in the meanings of the English and Uzbek proverbs and other different proverbs and to learn linguocultural peculiarities of them.
Keywords: proverb, linguoculturology, cultureme, pragmatics, synonymy, antonymy, equivalent, context, component.
Ushbu qismda ingliz va o'zbek maqollarida eng ko'p uchrovchi yaxshilik va yomonlik, do'stlik va qavm qarindoshlik mavzusiga oid ayrim maqollarning ingliz va o'zbekcha variantlarini tahlil qilgan holda, maqollarning har ikkala tilda uchrovchi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
o'xshash va farqli jihatlarini ko'rib chiqamiz. Kundalik hayotimizda uchrovchi turli xil narsalarni hamisha ikki xil, ya'ni bir-biriga qarama- qarshi jihatlari orqali bilamiz. Bular ichida eng ko'p uchrovchi hodisalardan yaxshilik va yomonlik xislatlaridir. Yoki tilimizda bularni ijobiy bo'yoqdor so'zlar va salbiy bo'yoqdor so'zlarga ajratamiz. Yaxshilik va yomonlik leksemalarining maqollarda keng ko'lamda uchrashi tabiiy holdir. Chunki maqollar xalqning hayotiy haqiqatga nisbatan qarashlarini va munosabatlarini ko'rsatuvchi hodisadir. Shu o'rinda ingliz va o'zbek maqollarida uchrovchi yaxshilik va yomonlik mavzusidagi maqollar xalqning ushbu tushunchalarga bo'lgan munosabatlarini yaqqol ifoda etadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Keltirilgan fikrlarimizni isbotlash maqsadida quyida bir qator yaxshilik va yomonlik mavzusidagi ayrim o'zbek va ingliz maqollarining semantik tahlillarini keltirib o'tamiz.
Inglizcha: A bad excuse is better than none
O'zbekcha: Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan musulmon dinidan.
Inglizcha: A bad beginning makes a bad ending
O'zbekcha: Yomonchilik bo'lganda, qor ustiga muz yog'ar.
Inglizcha: A good beginning makes a good ending.
O'zbekcha: Yaxshi yil — bahoridan,
Yomon kun — saharidan ma'lum
Ushbu maqollar eng ommabop maqollar sirasiga kiradi. Biror ishning natijasi qanday bo'lishi, uning qanday boshlanishiga bog'liq ekanligi maqollarda ham o'z aksini topa olgan. Odatda boshlagan ishimizning yakuni uni qanday ruhiyatda boshlashimizga va yon- atrofimizdagilarni bunga bo'lgan munosabatiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham ishni yaxshi boshlasak yaxshi, aksincha yomon boshlasak yomon yakun topishi maqollarda ifodalangan. Bu kabi maqollar har ikki xalqda ham batafsil aks etgan. Maqollardan yana shuni ko'rish mumkinki, inglizlar ham o'zbeklar ham yaxshi bilan yomonni qarama- qarshi qo'yish orqali ichki ma'noni ifodalashga harakat qilgan. Bunga qo'shimcha qilib quyidagi maqolni ham keltirib o'tsak bo'ladi.
Inglizcha: In every beginning think of the end.
O'zbekcha: Yaxshi yerga yotsang,
Yaxshi tush ko'rasan. Yomon yerga yotsang, Yomon tush ko'rasan.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Demak, har bir boshlamoqchi bo'lgan ishimizning yakuni uni qanday boshlashimizga bo'g'liq ekanligi yuqorida keltirib o'tgan maqollarimizda ifodalangan. Ushbu maqollarning tahlilidan kelib chiqib, har ikki tildagi variant bir xil ma'no-mazmun anglatayotganini ko'rishimiz mumkin.
O'zbek va ingliz tillaridagi maqollarda o'zining g'oyat mazmunga boy ekanligi bilan ajralib turuvchi maqollardan yana biri "Every cloud has a silver lining" va maqolning o'zbekcha varianti qilib: "Har yaxshida bir "ammo" bor, Har yomonda — bir "lekin" olingan.
Inglizcha keltirilgan "Every cloud has a silver lining" aslida o'zbek tiliga -"Har bir bulutning kumush hoshiyasi bor"- deb tarjima qilinadi.
Semantik maydon, leksikaning yana bir muhim tashkiloti sifatida, ma'lum bir faoliyatga yoki mutaxassislarning bilim sohasiga tegishli leksemalar guruhi sifatida tavsiflanadi, masalan, ovqat pishirish, suzib yurish atamalari yoki shifokorlar, ko 'mir qazib oluvchilar yoki tog 'alpinistlari tomonidan ishlatiladigan so'zlar . Turli xil sohalarning semantik maydoni, hech qanday tarzda, bir xil darajada katta yoki kichik bo'lishni anglatmaydi, ya'ni teng miqdordagi so'zlarga ega. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, qarindoshlikning semantik maydoni, boshqa semantik maydonlardan anchagina katta. Qarindoshlik haqidagi ozbek maqollarida ko'p uchraydigan yana bir badiiy tasviriy vositalardan biri metaforadir. U badiiy adabiyotlarda qisqacha o'xshatish deb ham yuritiladi. Maqollarda istioraviy ko'chimlar asosan yetakchi semantik vazifani bajaradilar. Masalan: "Et bilan tirnoqni ajratib bo'lmas" maqolidagi "et va tirnoq" so'zlari yaqin qarindosh-urug', og'a-ini o'rtasidagi yaqinlikka ishora qiladi. Bundan tashqari "er - xotinning urishi, doka- ro'mol qurishi" maqoli ham shular jumlasidandir. Tilimizda bu kabi maqollar juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Shu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, har bir xalq o'z turmush tarzi va muhitdan kelib chiqib maqollarni yaratadi bu narsa o'zbek tilidagi ayrim maqollarda juda yorqin aks etadi. Ayrim o'zbek maqollaridagi so'zlar va ma'nolar boshqa xalq maqollarida uchramaydi. Masalan, "Onangni boshingda tutsang, singlingni kaftingda tut" maqolida onalarga va singillarga mehr oqibatli bo'lish ularni ardoqlash nazarda tutilgan. "Quda andalik joyingdan qulunli biyangni ayama" ushbu maqolda xalqimizga xos bo'lgan noyob urf odatni guvohi bo'lishimiz mumkin. Yana shuni ham e'tirof etish kerakki, "qaynona" va "kelin" obrazlari faqatgina o'zbek maqollariga xosdir. Ya'ni, ingliz xalq maqollariga nisbatan aynan o'zbek maqollarida bu mavzu ko'proq yoritiladi. Buning sababi o'zbek xalqi bu munosabatlarga ancha jiddiyroq yondashganidadir. Masalan:
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
• Kelin bo'ldim — qaynonamga yoqmadim, qaynona bo'ldim — kelinimga yoqmadim.
• Qaynonaga tosh otsang tosh olasan, qaynonaga osh bersang osh olasan. Aynan o'zbek xalqida quda-anda va ular o'rtasidagi aloqa, oldi berdi
munosabatlari juda muhimligini maqolda aks ettirgan lekin bu maqolni ingliz xalqiga yetkazib berish bir muncha mushkilroq buning sababi shundaki ingliz tilida va madaniyatida bu maqolni ifodalash va ularga tushuntirish uchun ekvivalent maqol topib bo'lmaydi. Bundan tashqari inglizlar quda- anda bilan aloqalarga umuman olganda unchalik etibor qaratmaydi. Shu o'rinda yana bir qancha maqollarga e'tiboringizni qaratadigan bo'lsak, o'zbek xalqi ovsin, qaynona, qaynog'a, qaynisingil singari so'zlardan foydalanib turli xil maqollarda hayot haqida so'z ochishni maqsad qilgan lekin bunday holat ingliz xalqida umuman uchramaydi va ularga bu maqollar ozgina noodatiy tuyulishi mumkin. Misol uchun,
> Qaynisingil - yarim kundosh.
> Qaynisingil- yarim qaynona,
> Qaynegachi- butun qaynona.
> Ovsinim- aj inim,Ko ' rganda kelar g ' ij inim.
> Kelinning tili yo'q,Qaynonaning- iymoni.
> Kelin kimhob kiyar,qaynona qarg'ab kuyar.
> Kelining yaxshi bo'lsa, berdi hudo,Kelining yomon bo'lsa, urdi hudo.
Bu maqollarda kelin kelishi, qaynona va kelin munosabati, o'zbek xalqiga xos bo'lgan va boshqa xalqlarda ayniqsa ingliz xalqida umuman uchramaydigan qaynisingil,ovsin va shu kabi qarindosh urug'chilik munosabatlari chuqur ma'no orqali ochib berilgan. . Uyat, andisha, hayo kabi mavzular ham faqat o'zbek maqollarida ko'proq uchraydi desak yanglishmaymiz. Chunki asrlar davomida ota bobolarimizdan kelayotgan bu kabi fazilatlar o'zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan. Isbot uchun quyidagi maqollarni keltiramiz: • Andishaning oti qo'rqoq. • Sharmsizlik - sharmandalik nishoni. Endi ingliz xalqi tomonidan yaratilgan ayrim maqollarni ko'rib chiqsak, ularda oilaviy aloqalar va ularning hayotdagi ahamiyati ochib berilgan lekin aynan qarindoshlarga ahamiyat berilmagan.
Demak, xalqning tilida mavjud bo'lgan har bir so'z tilda ifodalanar ekan, ma'lum xalqning maqollari o'sha xalq tilida keltirilgan so'zlardan shu xalq vakillari tomonidan shu xalqning o'ziga xos xususiyatlari bilan, yasalish usuli bilangina ifodalanadi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Abdullaeva N.E., SEMANTIC AND LINGUOCULTURAL FEATURES OF ENGLISH AND UZBEK PROVEBRS WITH CONCEPT OF FRIENDSHIP. January 2017.
2. Teliya V.N. Phraseology in the context of culture. Languages of Russian culture. Moscow, 1999. P. 17-20.
3. Honeck, R. A proverb in mind: the cognitive science of proverbial wit and wisdom. - USA.: Lawrence Erlbaum, 1997.
4. Karamatova K.M., Karamatov H.S. Proverbs-Maqollar- Пословицы. - T.: Mehnat, -2000
5. Madayev O., Sobitova T. Xalq og'zaki poetik ijodi. - T.: Sharq, 2010