Научная статья на тему 'OILAVIY MUNOSABATLARNING IJTIMOIY-AXLOQIY VA ESTETIK JIHATLARINI O’RGANISHGA DOIR KONSEPTUAL QARASHLAR TAHLILI'

OILAVIY MUNOSABATLARNING IJTIMOIY-AXLOQIY VA ESTETIK JIHATLARINI O’RGANISHGA DOIR KONSEPTUAL QARASHLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / nikoh / go’zallik / estetik joziba / retrospektiv / aforizm / Семья / брак / красота / эстетическая привлекательность / ретроспектива / афоризм.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Inoyatova Saodatxon Jahongir Qizi

Oila vorisligining iqtisodiy omillar ta’sirida ilg‘or rivojlanishi oilaning barcha turlarining tarixiy bog‘liqligini, oilaning ijtimoiy institut sifatida ilg‘or rivojlanishining umumiy yо‘nalishini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlar oilaviy munosabatlarni tо‘ldirib, davom ettirsa, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Bunga tarixiy tajribalar ham guvohlik berishi mumkin. Yapon va G‘arb davlatlarining sezilarli muvaffaqiyati ushbu mamlakatlarda ijtimoiy munosabatlar tarkibida oilaning alohida о‘rni bilan bog‘liqligidir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Под влиянием истории экономической эффективности семейной преемственности опережающее развитие всех видов семейного производства зависит от общего направления опережающего развития семьи как социального института. Если общественные отношения дополняют и продолжают отношения, они влияют на развитие общества. Об этом может свидетельствовать исторический опыт. Успех Японии и западных стран обусловлен тем, что общественные отношения в странах связаны с конкретной семьей

Текст научной работы на тему «OILAVIY MUNOSABATLARNING IJTIMOIY-AXLOQIY VA ESTETIK JIHATLARINI O’RGANISHGA DOIR KONSEPTUAL QARASHLAR TAHLILI»

OILAVIY MUNOSABATLARNING IJTIMOIY-AXLOQIY VA ESTETIK JIHATLARINI O'RGANISHGA DOIR KONSEPTUAL QARASHLAR

TAHLILI

Inoyatova Saodatxon Jahongir qizi

"Oila va xotin-qizlar" ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti Электрон no4Ta:saodat010@mail.ru

ANNOTATSIYA

Oila vorisligining iqtisodiy omillar ta'sirida ilg'or rivojlanishi oilaning barcha turlarining tarixiy bog'liqligini, oilaning ijtimoiy institut sifatida ilg'or rivojlanishining umumiy yo'nalishini ta'minlaydi.

Ijtimoiy munosabatlar oilaviy munosabatlarni to'ldirib, davom ettirsa, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bunga tarixiy tajribalar ham guvohlik berishi mumkin. Yapon va G'arb davlatlarining sezilarli muvaffaqiyati ushbu mamlakatlarda ijtimoiy munosabatlar tarkibida oilaning alohida o'rni bilan bog'liqligidir.

Kalit so'zlar: Oila, nikoh, go'zallik, estetik joziba, retrospektiv, aforizm.

АННОТАЦИЯ

Под влиянием истории экономической эффективности семейной преемственности опережающее развитие всех видов семейного производства зависит от общего направления опережающего развития семьи как социального института.

Если общественные отношения дополняют и продолжают отношения, они влияют на развитие общества. Об этом может свидетельствовать исторический опыт. Успех Японии и западных стран обусловлен тем, что общественные отношения в странах связаны с конкретной семьей.

Ключевые слова: Семья, брак, красота, эстетическая привлекательность, ретроспектива, афоризм.

ANNOTATION

Under the influence of the history of the economic efficiency of the family succession, the advanced development of all types of family production depends on the general direction of the advanced development of the family as a social institution.

If social relations complement and continue relations, they affect the development of society. Historical experiences can testify to this. The success of

April 24, 2024

247

Japanese and Western countries is due to the fact that social relations in countries are connected with a specific family.

Keywords: Family, marriage, beauty, aesthetic appeal, retrospective, aphorism.

Oilada nafaqat ma'naviy-ruhiy qoniqish, balki insonning moddiy ehtiyojlari ham shakllanadi. Forobiyning «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishish haqida ko'rsatmalar», «Baxt-saodatga erishish haqida», «Fuqarolik siyosati», «Davlat arbobining aforizmlari» kabi asarlarida[1] davlat va oila, ularni boshqarish haqidagi ilmiy bilimlar tizimini yaratdi. Uning fikricha, inson jamoalari va jamiyat kishilarning yashashi va kamolotga erishishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun intilishlari natijasida kelib chiqqan. Binobarin, inson yakka holda hech qachon asl ma'noda baxtli bo'lolmaydi: «Har bir inson o'z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi; u bir o'zi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi, ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug'iladi».[2]

Oila tuzilishi ortida, birinchi navbatda, uning asosiy elementlari, ya'ni uni tashkil etuvchi yosh guruhi va shaxslarning hayotiyligini ta'minlash yo'li yotadi. Oila tuzilishining tabiati pirovard natijada ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan belgilanadi. Uning turmush tarzi va tuzilishi, urf-odat va an'analari, boshqa oilalar bilan munosabatlari oila va butun jamiyat tuzilishi bilan chambarchas bog'liqdir. O'z davrida Abdulla Avloniy «Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir»[3] degan edi.

Oilaning ijtimoiy faolligining ikkita asosiy manbai mavjud: ijtimoiy talablar va oilani tashkil etishning o'ziga xos xususiyati. Bularning har ikkalasi ham tarixiy jihatdan o'zgaruvchan, shuning uchun oila rivojlanishining har bir bosqichi ularning bir qismini yo'q qilish yoki o'zgartirish, shuningdek, uning ijtimoiy faoliyati ko'lami xarakterining o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan boshqa funksiyalar bilan bog'liq. Lekin jamiyatning har qanday tarixiy davrida bu o'zgarishlar bilan birga aholi sonining ham uzluksiz o'sib borishi zarur. Shuning uchun u doimo bu uzluksiz o'sishni tashkil qilish shakli sifatida oilaga bog'liq. Jamiyatning bu talabini ta'minlash uchun oila zarur emas, degan fikrlar mavjud. Agar biz aholining o'sishini faqat bolalar tug'ilishi bilan bog'liq deb hisoblasak, unda bunday fikrga qarshi chiqish haqiqatan ham qiyin. Va agar bu o'sish nafaqat ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, balki jamiyatning ma'naviy tiklanishi nuqtai nazaridan ham, nafaqat tug'ilish, shu bilan birga, agar biz bolani shunga mos ravishda tarbiyalash kontekstida to'g'ri tushunsak, unda oila juda zarur bo'ladi.

Oila - bu nikoh-ota-ona-qarindoshlik munosabatlari bilan bog'liq yagona umumiy oilaviy faoliyatga asoslangan odamlar guruhi bo'lib, aholini ishlab chiqarish

April 24, 2024

248

va davom ettirish, bolalarni ijtimoiylashtirish, oila a'zolarining hayotini qo'llab-quvvatlash uchun javobgardir. Ayni shu ma'noda, M.Xolmatova "Yosh avlodni kelajakka ishonch hosil qilish uchun avlodimiz ma'naviy-ahloqiy merosini chuqur o'rganib, o'z faoliyat, iste'dod va qobiliyatini hayot yo'nalishini yurt, xalq, davlat maqsadi bilan uyg'unlashtirish lozim"[4] deb yozadi.

Oila kichik davlat hisoblangani uchun bu davlatda har kimning o'z huquq va burchlari bor. Ba'zan oilaning eng kichik a'zolari hisoblangan bolalarning eng kichik nojo'ya xatti-harakatlari ham oiladagi muvozanatni buzadi.

Shu nuqtai-nazardan qaraganda, jamiyat axloqi ko'p jihatdan oilalarga bog'liq. Oila jamiyatning asosidir. Shu bois davlat oilaning mustahkam bo'lishi, nikohning muvaffaqiyatli bo'lishi, oilada farzandlarning to'g'ri tarbiyalanishidan manfaatdor. Bu ham tabiiy. Oilada tarbiyalangan yoshlar ertaga jamiyatda mehnat qiladi, bilim oladi, turli lavozimlarda ishlaydi. Ular qanchalik ma'naviy sog'lom bo'lsa, jamiyat poydevori ham shunchalik sog'lom bo'ladi. Binobarin, jamiyat va davlatning kuchi va qudrati ko'p jihatdan oilalar mustahkamligiga, bu oilalardagi ma'naviy-ruhiy muhitning sog'lomligiga bog'liq.

Er va xotinning o'zaro mehr-muhabbati, bir-birini tushunishi, samimiyligi, bir-birining quvonch va qayg'usiga sherik bo'lishi, o'zaro yordam, bir-birining sog'lig'iga g'amxo'rlik qilish; shu bilan birga, farzandlarini sevish, ota-ona va farzand o'rtasida o'zaro hamjihatlik sharoitlariga ega bo'lish, ota-onalar o'z o'g'il-qizlarining kelajagi va muvaffaqiyati uchun mehnat qilishi, farzandlarning ota-onasini hurmat qilishi, obro'-e'tiborini himoya qilishi oilaning ma'naviy asoslarini tashkil etadi. Har bir oila a'zosi oila sha'nini himoya qilishi, uni namunali oila sifatida targ'ib qilishi kerak. Shu boisdan ham Abdurauf Fitrat nikoh yoshi borasida "erkaklarga yigirma uch yosh va qizlarga o'n sakkiz yoshdan oldin uylanmaslikni"[5] maslahat beradi.

Hozirgi vaqtda jamiyatimizda, oilada yangi turdagi ma'naviy munosabatlar shakllandi. Oilaga asoslangan eng muhim tamoyillari sifatida, mehr-muhabbat, burch, o'zaro tushunish va hurmat, ota-onalarning farzandlariga g'amxo'rlik qilishlari, ularning tarbiyasiga e'tibor berishlari. Mamlakatimizda ko'pchilik oilalar niyat yoki manfaat asosida emas, balki o'zaro mehr-muhabbat asosida qurilgan.

Ota-onalar o'rtasidagi o'zaro hurmat va samimiylik ham farzandlar uchun eng ibratli tarbiya maktabiga aylanadi. Oila yoshlarning o'zaro mehr-muhabbatiga asoslanadi. Ammo tan olaylik: oila mustahkam bo'lishi uchun faqat sevgining o'zi yetarli emas. Moddiy g'oyalarga asoslangan oila sevgiga asoslangan oiladan ko'ra muvaffaqiyatli va kuchliroq bo'lishi mumkin. "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan 2018 yilda o'tkazilgan so'rovlar natijalariga ko'ra, aksariyat respondentlar

April 24, 2024

249

zamonaviy namunali oila - bu sog'lom va muayyan ma'lumotga ega bo'lgan oila a'zolariga, moddiy farovonlik va qulay psixologik muhitga ega bo'lgan, farzandlarni an'anaviy milliy qadriyatlar asosida tarbiyalovchi, FHDYoda rasmiy ro'yxatdan o'tkazilgan to'liq (ota va ona mavjud) oila ekanini ta'kidlashgan[6].

Nikoh va oilaviy burch juda muhim ma'naviy boylikdir. Ota-ona o'g'liga xotin qidirar ekan, qiz oilasiga axloqiy qadriyatlar nuqtai nazaridan yondashadi. Turmush o'rtoqlar va ularning farzandlari o'rtasidagi munosabatlar, oilaning tarbiyaviy salohiyati, axloqiy-psixologik iqlimi qanday? Qizning oldiga xabarchi kelsa, yigitning uyi haqida ma'lumot to'playdi. Bu ham tabiiy. Ota-onalar qizining oilada qanday yashashini, bu oilada o'zaro munosabatlar axloqiy meyorlarga muvofiq o'rnatilganmi yoki yo'qligini bilishni xohlashadi. Ular bolaning o'zi va uning ota-onasi o'z oilaviy majburiyatlarini qanday bajarayotgani, ular oila uchun javobgarmi yoki yo'qmi, aniqlik kiritmoqchi. Oilada yoqimli, samimiy munosabatlar, er va xotinning u yoki bu muammoda bir-biri bilan maslahatlashishi, agar kerak bo'lsa, oilaning boshqa a'zolari - o'g'il va qizlar, bobo va buvilarning fikrini o'rganish oilaning axloqiy asoslarini mustahkamlaydi. Oiladagi ma'naviy muhitning muvaffaqiyati har birimizga bog'liq. Vaholanki, er va xotin ma'lum bir qarorga kelganda, avvalo, oila manfaatini, farzandlar taqdirini o'ylashlari kerak.

Agar oilani insonning ma'naviy-psixologik nuqtai nazardan tasalli va xotirjamlik topadigan joy deb hisoblasak, u (oila) bosh harf bilan yozilishi kerak bo'lgan Uydir. "Oila" va "uy" so'zlari odamlar ongida sinonim sifatida muhrlanib qolgan. Oila deganda uyimizni, uy deganda oilamizni ko'z oldimizga keltiramiz. Tarkibi, turmush tarzi, qiziqishlari va bu manfaatlar uchun to'lov qobiliyati jihatidan bir-biridan farq qiladigan juda ko'p turli xil oila turlari mavjud. Qolaversa, oilaning har bir a'zosining o'ziga xos qiziqishi, urf-odatlari va didi, estetika va go'zallik haqidagi o'z g'oyalari mavjud. Qori Rahmatulloh Vozeh "Aqoid un-niso" (Ayollar qoidalari) asarida jamiyatdagi ayollar mavqei, ijtimoiy ahvoli haqidagi fikri diqqatga sazovordir: "Bilginki, har qaysi ayolning yoshi katta bo'lib, unga keksalik yetishgan bo'lsa, uning gapiyu ishi mo'tabar sanaladi. Qaysi ayol agar ularning aytganiga xilof qilsa, hayotda topadiganlardan yo'qotadiganlari ko'p bo'ladi"[7].

Oilani shakllantirishning asosiy shartlaridan biri er-xotinlar - erkak va ayol o'rtasidagi muhabbatdir, bu o'zaro hurmat va o'zaro tushunishga asoslanishi kerak. Ikki yosh oilani mehr-muhabbatga qursa, ularning maqsadi bir, ya'ni bir-biriga sadoqat, sog'lom va baxtli farzandlar voyaga yetkazishdir. Ular o'z hayotlaridan mamnun, manziliga yetaklagan ota-onasidan mamnun va minnatdor. Lekin ba'zida hayotda shunday bo'ladiki, sevishganlar orzulariga erishmaydilar. Ikkala tomonning yoki bir tomonning ota-onasi ularning nikohiga rozi bo'lmay, o'z xohishlariga qarshi

April 24, 2024

250

iOzbekistonMil^^

qizga uylanishadi. O'g'il ham xuddi shunday uylangan. Ota-onasini hurmat qilgani uchun ular e'tiroz bildirmaydilar va taqdirlariga tan berishadi. Ammo ular ajralishlariga sabab bo'lganlarni hech qachon kechirmaydilar. Shunday qilib, ota-onalar va bolalar o'rtasida adovat paydo bo'ladi, bu ularning munosabatlarining yomonlashishiga olib keladi. Ota-onasining xohishi bilan turmush qurgan bolalarning hayoti unchalik shirin emas. Ota-onasi o'z xohishiga qarshi turmushga bergan qiz taqdirga taslim bo'lib, eri bilan yashaydi. Yosh ayolning xayoliga ham kelmagan erini sevib qolishi qiyin. Bundan tashqari, ayol erini baxsizligining sababchisi deb biladi va birinchi kunlardanoq unga nisbatan nafratlanadi.

Bolaning oilaviy hayoti ham xuddi shunday davom etadi. O'zining baxsizligiga xotinini ham sababchi deb biladi. Umrining har bir muvaffaqiyatsizligida u xotinini men seni sevmasdan oldim, deb tanbeh qiladi. Umuman olganda, oiladagi bunday mehr-muhabbatning yo'qligi ko'plab adovat va nizolarning sababi bo'lib, yoqimsiz oqibatlarga olib keladi. Odatda, bunday nomuvofiq oilalarda bir-biriga nisbatan rashk olovi alangalanadi va bu ularning halokati bilan tugaydi. Bunday oilalarning yana bir qismi farzandli. Farzandli bo'lish bilan ular uning tarbiyasi uchun mas'uliyatni o'z zimmalariga oladilar.

Farzand sevgisi er va xotinni bir-biriga yaqinlashtiradi, o'zaro munosabatlari yaxshilanadi. Taqdirga taslim bo'lgan bir naqlga ko'ra, ular oilada, bir-birlari va qarindoshlari bilan bo'lgan munosabatlarida tinchlik va murosa yo'lini tanlaydilar, lekin birinchi muhabbat xotiralari bir umr qalblarida qoladi. Faqat sevgi er va xotinni do'st, yordamchi, bir-biriga g'amxo'rlik qilishi mumkin. Erkak va ayol o'rtasidagi sevgi o'ziga xos estetik joziba hosil qiladi.

Har kimning o'ziga xos ta'mi bor. Bir kishiga jozibador bo'lgan narsa boshqasiga yoqmaydi, lekin yaxshi fazilatlar hamma tomonidan qadrlanadi va hayratga tushadi. Bu haqda Qur'onning bir qator suralarida oyatlar keltiriladi: «Er-o'zlari va oilasiga taalluqli barcha narsalar to'g'risida doimo xotini bilan bamaslahat ish qilishi lozim, chunki ular so'zsiz ravishda teng sherikdirlar» (3-sura, 159-oyat).[8] «Alloh sizlarni onalaringiz qornidan biron narsa bilmagan holingizda chiqardi va shukur qilishingiz uchun sizlarga quloq, ko'zlar va dillarni berdi» (16-sura, 78-oyat).[9] «Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Olloh ularning birovlarini birovlaridan (ya'ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o'z mol-mulklaridan sarf-harajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari yo'qligida Ollohning hifzu himoyati bilan (erlarining molmulklarini va o'z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir».[10]

Oila faoliyatning barcha sohalarida ham ijtimoiy, ham individual funksiyalarni bajaradi. Oila funksiyalari tarixiy kategoriyalar bo'lib, an'anaviy va zamonaviy

April 24, 2024

251

iOzbekistonMil^^

xususiyatga ega. E.Fromm (1900-1980) oilaning ma'naviy funksiyasini ijtimoiy-psixologik tahlil qilganlardan biri edi. 1956 yilda nashr etilgan "Sevish san'ati" asarida u o'zining asosiy mavzularidan biri sifatida texnik sivilizatsiyaning salbiy tomonlarini, iste'molni tartibga soluvchi tabiiy resurslarni ko'rib chiqdi va jamiyatning shakllanishida ijtimoiy omillarning rolini baholashga harakat qildi.

E.Fromning ta'kidlashicha, sevish ham sevilish, ham seva bilish demakdir. Sevimli bo'lish uchun erkaklar odatda o'z ishlarida muvaffaqiyat qozonishga, kuchli va kuchli bo'lishga harakat qilishadi. Ayollar esa tashqi ko'rinishini, kiyimini chiroyli qilishga intiladi: erkak ham, ayol ham odob-axloqni o'rganadi, qiziqarli suhbat qurishga harakat qiladi, yordam berishga intiladi, kamtar va hokazo. Fromm esa sevish mahorat ekanligini va sevgi ko'r bo'lmasligi kerakligini ko'rsatdi. Yoqtirish har doim ham sevishni anglatmaydi. Sevish san'ati nazariya va amaliyotga ega. Ikkalasini ham o'rganish mumkin; lekin uchinchi shaxs hisobga olinmasa, sevish san'atini egallash mumkin emas. Bu odamning o'zi kechayu kunduz, u o'z kuchini va qobiliyatini sevishga bag'ishlaydi. Insonni sevish, sevish kerak, lekin u uchun obro', kuch, pul, shon-shuhrat muhimroq, u bor kuchini shu sohalarga sarflaydi, chunki ulardan foyda olish mumkin, muhabbat esa faqat ma'naviyat va qalb uchun kerak.

Oilaviy hayotning shakllarini jiddiy o'rganish 19 asrda boshlangan. Y.I.Semenovning "Nikoh va oilaning kelib chiqishi" nomli asarida ta'kidlanishicha, "Oila shakllanishining tarixiy bosqichida ishlab chiqarish faoliyati yaxshi bo'lishi uchun nafaqat ishlab chiqarish munosabatlarining ma'lum tizimi bo'lishini talab qilgan, ya'ni xususiy mulkchilik munosabatlari, taqsimlash va balki ishlab chiqarish birlashma a'zolari o'rtasida jinsiy munosabatlarga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan[11].

Xullas, birinchidan, ijtimoiy-falsafiy tushunchalarni tahlil qilish dunyoqarash ta'limotlarining oila va nikoh munosabatlari mohiyatiga ta'sirini aniqlashga imkon berdi. G'arb va mahalliy faylasuflarning oilaviy va nikoh munosabatlari tushunchalarini tahlil qilish natijasida jamiyat tarixiy rivojlanishining turli bosqichlarida oila va nikoh munosabatlarining faoliyati diniy bo'lishi mumkin bo'lgan turli xil qoidalar bilan boshqariladigandek, mafkuraviy ta'limot jamiyatida hukmronlik qilishiga qarab axloqiy va huquqiy ideologemalar ustuvor ahamiyat kasb etadi. G'arb falsafiy an'analariga ko'ra, oila va nikoh munosabatlarining rivojlanishini belgilovchi asosiy omil bu iqtisodiy omil (ishlab chiqarish usuli, xususiy mulk). Ikkinchidan, retrospektiv tahlil oila va nikoh munosabatlari institutini hukmron g'oyaviy ta'limot tomonidan ilgari surilgan qadriyatlarning haqiqiy tashuvchisi sifatida ko'rsatishga imkon berdi, chunki qadriyatlar va ideallar dunyoqarash ta'limotining asosiy elementlari hisoblanadi. Oila butun hayoti davomida ma'naviy boshpana beradigan maskan rolini o'ynagan, bu

April 24, 2024

252

iOzbekistonMil^^

kо'rsatkicЫardan biri bola tarbiyasi bilan bog'liq. Oilaviy munosabatlarda madaniy an'analarning mavjudligi tarbiya jarayoniga о'ziga ijodiy ta'sir fo'rsatadi. Chunki aynan oiladagi madaniy tajribani, urf-odat va an'analarni, kо'nikma va qobiliyatlarni uzatish va idrok etish jarayoni avlodlar о'rtasidagi mustahkam aloqani belgilab berdi.

REFERENCES

1. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2016. - Б. 187.

2. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2016. - Б. 187.

3. А. Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлок;. "Узбекистан Миллий Энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти. Т-2004. -Б.7.

4. Халматова М. Оилавий муносабатлар маданиятини такомиллаштириш ва соглом авлодни тарбиялаш муаммолари: Фалсафа фанлари д-ри...дис.Тошкен давлат аграр ун-ти. - Тошкент, 1998. 270-бет.

5. Аbdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. - Toshkent: Ma'naviyat, -B. 43.

6. Узбекистонда замонавий оила (Ижтимоий тад;и;отлар натижалари асосида). / Д.Ташмухамедова, Д.Каримова, Б.Мавлонов. Илмий-услубий кулланма. Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси хузуридаги "Оила" илмий-амалий тадкикот маркази. - Тошкент: "Yurist-media markazi", 2019. - 136 б. -Б.12

7. Qori Rahmatulloh Vozeh. Аqoid un-niso. / O'zR FА ShI. Inv №y94, sah.

150.

8. Куръони карим. (Таржима ва изохлар муаллифи Аллоуддин Мансур). -Т.: Чулпон. 49-б.

9. Куръони карим. (Таржима ва изохлар муаллифи Аллоуддин Мансур). «Нахл» сураси, 190-б.

10. Куръони карим. (Таржима ва изохлар муаллифи Аллоуддин Мансур). «Нисо» сураси, 34-оят, 59-б.

11. Семенов Ю.И. Происхождение брака и семьи. - Изд. 2-е, доп. -Москва : URSS, 2010. - 307 с.

12.Лалихон Ашуралиевна Мухамеджанова, & Комил Кадирович Инаков

(2023). РОЛЬ НРАВСТВЕННЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ПРЕДОТВРАЩЕНИИ СЕМЕЙНЫХ РАЗВОДОВ. Academic research in educational sciences, 5 (NUU Conference 2), 8-18.

April 24, 2024

253

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.