OILA MUSTAHKAMLIGI BU YURT OBODLIGI VA TARAQQIYOTINING ASOSI Maxmudxo'jayeva Malikabonu Ibroxim Qizi
Toshkent Shahar yuridik texnikumi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10885572
Annotatsiya. Maqolada oilaning asosiy jihatlari bo'lgan islomda oilaning o'rni,oilaning jamiyatdagi ahamiyati, Sharq mutafakkirlarining oila to'g'risida fikrlari, erkak va ayol kishining oiladagi vazifalari, oilaviy ajrimlar to'g'risidafikryuritilgan. Inson zaif holda dunyoga keladi. Bu holda insonga kuch, yordam, ong, aql - zakovat kerak bo'ladi. Buni esayillar davomida tarbiya orqali olinadi. Oila - odam o'zida olijanoblikni shakllantiradigan eng birinchi muhitdir. Oilada baxtimiz mukammal bo'lishi uchun atrofimizdagi odamlarning xayrixohligi va yordamiga muhtoj bo'lamiz. Atrofimizdagi odamlar esa biz ularning baxtiyo'lida ter to'kishiga qay darajada tayyor tursak, ular ham shu darajada bizni sevishi va hurmat qilishi, rejalarimizda yordamlashishi lozim. Bu zaruriy aloqani davom ettirishda insonlar ma 'naviy burch va ma 'naviy vazifa ekanligini his qila olsalar, oilaviy ajrimlar kamayishiga bir imkon yaratiladi. Qolaversa, ajrashish holatlari oilalardagi kelishmovchiliklar, o'zaro muhabbatning yeo'qligi, fe 'l-atvorning to'g'ri kelmasligi, er yoki xotinning kasalligi, achinarlisi, ayrim yigitlarning ichkilikbozlik, giyohvandlikka berilib ketishi yoki boshqa ayollar bilan hayot kechirishi natijasida ham kelib chiqmoqda. Shu sababli ziddiyatlarning turlari va kelib chiqish sabablari pedagogik - psixologik nuqtai nazardan o'rganilib chiqildi.
Kalit so'zlar: inson, jamiyat, oila-kuch, aql-zakovat, erkak, ayol, tarbiya, ajrim, baxt, mehr,ziddiyat, muhabbat.
Oila jamiyatda ma'lum bir vazifalarni bajaruvchi ijtimoiy tizim sifatida faoliyat olib boradi. Ijtimoiy hayot taraqqiylashayotgan bir vaqtda oilaning bajaradigan vazifalari ham yanada kengayib bormoqda. Bugungi kunda jamiyatda oila muhim maskandir. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, "Har qaysi millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o'rni va ta'siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg'ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag'rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma'naviy mezon va qarashlar - yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir". "Oila - mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila - jamiyat negizi bo'lib, ko'p asrlik mustahkam ma'naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo'lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o'giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Oiladagi sog'lom muhit - sog'lom mafkurani shakllantirish manbaidir" . Shu bilan birga ushbu risolada "jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligini, o'zaro hurmat va ahillikni ta'minlash" respublika ma'naviy hayotida ustuvor o'rin tutadigan milliy mafkurani shakllantirish, uning maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo'lishi aytib o'tiladi.
Yoshlarning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o'z umri va salohiyatini bag'ishlagan allomalarimizning asarlarida sog'lom avlod tarbiyasi bilan bog'liq masalalarga alohida o'rin berilgan. Sharq mutafakkirlarining Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Maxmud
Qoshg'ariy, Kaykovuslarning g'oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo'lganki ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo'yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va ahloqiy kamolotida oilaning o'rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo'naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e'tibor berganlar.Zardushtiylikning qadimiy kitobi "Avesto"da oila muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida er va xotinning teng mas'ulligi, farzand tarbiyasi to'g'risidagi fikrlar bayon etilgan. Oilaviy munosabatlar va bu sohaga oid qarashlar tizimida Sharq mutaffakkirlaridan biri Abu Ali Ibn Sino barcha hodisalarning ilmiy mohiyatini ochib borishga harakat qilgan. Ibn Sinoni pedagogik va psixologik qarashlari ijtimoiy asosda qurilgan bo'lib, u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyilning qo'llanilishini yoqlab chiqqan va tarbiyachi ota-onalarga bolani tana jazosidan ko'ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash ma'qulligini uqtirgan. Mutaffakkirning qalamiga mansub bo'lgan "Donishnoma", "Risolayi ishq", "Tib qonunlari", "Uy xo'jaligi"kabi qator asarlari O'rta Osiyo xalqlari axloq-odobi, psixologiyasi va tabobat olamida alohida o'rin tutgan yirik ilmiy tadqiqotlar hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda oila mustahkamligi, kelin - kuyovning baxtli, tug'ilajak zurriyodlarning sog'lom bo'lishini o'ylab, davlatimiz nikoh oldidan kelin- kuyovni tibbiy ko'rikdan o'tkazishdir. Zero, oila katta jamiyatning bir bo'lagi hisoblanadi. Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalar mustahkamligining o'rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sog'lomligiga bog'liq bo'lganidek, butun organizm o'z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirishda har bir hujayraning munosib o'rni bo'lganidek, oila xam davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi xujayradir. Har bir oilaning sog'lom bo'lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning xukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so'ng o'zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o'z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini ta'minlovchi, hal qiluvchi omil bo'lgan inson kamolotida oilaning tutgan o'rni beqiyosdir.. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga to'sqinlik qiluvchi, uning inqirozga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishida ham oilaning hissasi kattadir. Oilaning psixologik muhiti asosan quyidagilar bilan belgilanadi:
-o'zaro munosabatdan, mehnatdan, birga bajariladigan ishlardan qoniqish;
- bir - birini tushunish;
- emotsional xolatning, kayfiyatning barqarorligi;
- birdamlik, jipslik;
- oilani va o'zini o'zi boshqarishda qatnashish darajasi
Oila nikohga yoki a'zolarining ijtimoiy turmush tarzi, o'zaro axloqiy javobgarligi va o'zaro yordamiga asoslangan qon-qarindoshlarning kichik guruhi . Insonparvar demokratik huquqiy davlatda mavjud bo'lgan oilaga quyidagicha ta'rif mavjud: "Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo'g'ini bo'lib, yuridik ma'noda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog'langan shaxslar doirasidan iborat bo'lgan milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an'analarga asoslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib, uni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan iboratdir" Biz juda ko'p guvohi bo'lganmiz va bu jarayondan o'tganmiz. Ota go'dak farzandini suyganda ko'kka otadi. Bu "mendan-da ulug' bo'l, bolam" degani. Bu xaqiqiy g'amxo'rlik va farzandni barcha narsadan, xatto, o'z-o'zidan-da aziz bilish ifodasi. Ota farzandi maktabga borganida uni quchog'iga olar ekan, peshonasidan o'padi. Bu "toleying porloq bo'lsin" degani. Ertaning umidi bor unda, farzandining iqboli uchun
har narsaga tayyorlik mujassam bo'ladi ushbu mehrda. Harbiyga kuzatayotganda ota o'g'lining belidan dast ko'taradi. Bu "Vatan xizmatiga bog'lagan beling mustahkam bo'lsin" degani. O'qishni bitirib, o'g'li qo'lidan ish olganida ota duoga qo'l ochadi: "yo'ling yorug' bo'lsin, bolam" O'shanda uning ko'zlari yoshlanganini ko'rmaysiz, qalbidagi iftixorni tasavvur qila olmaysiz. Farzandining ulug' ishlarni qilganini ko'rganida esa "otam" deb suyadi, qiziga esa "ona qizim" deb murojaat etadi. Buning tagida shunday hikmat bor: "bugun seni suysam ertaga senga suyanaman!" Biz qurmoqchi bo'lgan baxtli va faravon oila uchun hozirdan, ya'ni shu vaqt va shu soniyadan yoshlarga ta'lim va tarbiyani to'g'ri olib bormog'imiz zarur.
Oila hayoti ko'p tomonlamali munosabatlar bilan tavsiflanadi: ijtimoiybiologik, xo'jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining har bir bosqichi bir funktsiyasining tugashi, boshqasining paydo bo'lishi, uning a'zolarining ijtimoiy faoliyatining o'sib borish ko'lami va tavsifi bilan bog'liq. V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Isaevlarning fikricha, oila jamiyat va shaxsga munosabati bo'yicha muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funktsiyalarni bajaradi.
Ota-ona oila tarbiyasini tashkil etishda farzandlarning manfaatlariga zid hech bir xatti-harakatni sodir etishi mumkin emas. Aksincha, ularning xatti-harakatlari farzandlar manfaatlarini ta'minlashga xizmat qilishi zarur. Shuningdek, otaonalarning farzandlar bilan munosabatlari ularning jismoniy hamda ruhiy sog'liklariga, axloqiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalar farzandlarga nisbatan shafqatsiz, qo'pol munosabatda bo'lish, ularning insoniy qadr-qimmati, g'ururini poymol etish taqiqlanadi. Respublikada amalda bo'lgan qonunchilik asoslariga ko'ra ota-ona tomonidan farzandlarni mensimaslik, haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Umuman odamlar jamiyatining saqlanib qolishida ham oila ayrim alohida olingan shaxs bilan yaxlit jamiyat o'rtasida o'ziga xos "bufer" - ko'prik rolini o'ynab kelmoqda. Zero, madaniy va ma'naviy qadriyatlarni saqlab, avloddanavlodga etkazishda davlat va jamiyatdagi ta'lim muassasalari, madaniyat o'choqlarining ham muayyan roli bor, lekin ularda o'zgarishlar tez-tez ro'y bergani sababli, ularning avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan qadriyatlarni asrab-avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo'lolmaydi. SHuning uchun davlat oilaning mustahkam va farovonligi, odamlarning unda tinchlik, xotirjamlikda yashashlaridan hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham muayyan qonunlar va yuridik tizimni ushlab turadiki, ular orqali nafaqat nikohning o'zi, balki ota-ona va farzandlar o'rtasidagi munosabatlarni ham muvofiqlashtirib boradi. XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: shunday vaziyatlarda azalazaldan oila keksalari, mahalla nuroniylari tomonidan uchqunning alanga olmasligi choralari ko'rilgan. Ya'ni yoshlarga pand-nasihatlar, ibratli voqealar so'zlab berilgan. O'ylanmay tashlangan qadamlarning og'ir oqibatlari va asoratlari haqida ogohlantirilgan. Ajrimlarning yana bir jiddiy sababi o'tkinchi hoyu-havaslar ortidan qarzga botib qolish hisoblanadi. "Shohona" yashash, qimmat mashina minish, dang'illama to'ylaru- ziyofatlar qilish niyatida bemaqsad, rejasiz qarz va kreditlar olish, so'ngra uni qaytarolmagani uchun yuzaga keladigan noxush vaziyatlar oilaviy ajrimlarning sabablaridan biriga aylanayotgani ham bor gap. Nahotki qarzga botishdan oldin ularning atrofida "Ko'rpangga qarab oyoq uzat" degan naqlning mag'zini chaqib beradigan birorta nuroniy hozir bo'lmagan bo'lsa?! Har bir oilaviy ajrimga jamiyatning katta fojiasi sifatida qaraladigan fursat yetib keldi. Har bir insonning oilaviy baxt topishga, hayotini tinchlik-totuvlikda kechirishga haqqi bor.Oilaning mustahkamligida ikki yoshning oilaviy hayotdan qoniqishida, oilada axloqiy - psixologik muhitning yaxshi bo'lishida dunyoqarash,
xarakter, hayotiy qadriyatlarga bir xil amal qilish ahamiyati g'oyat kattadir.Xonadonlarda baqir-chaqirlar emas, farzandlarning quvnoq kulgusi yangrab turishi yo'lida fidoyi va faolroq bo'laylik. Zero, bu bizning ma'naviy burchimizdir.
REFERENCES
1. Миллий истик;лол гояси: асосий тушунча ва тамойиллар. - Тошкент:Узбекистон, 2000. - 66-бет
2. Педагогический энциклопедический словарь - Москва: Владос, 2002. - С.257.
3. Каримова О. Оила хукуки асослари - Тошкент: "Ук;итувчи", 2003.
4. T.Maqsudov ,." Oila etikasi va psixologiyasi",T.: " O'qituvchi", 1991
5. Ikramov, B. F. (2023). EFFECTIVE METHODS AND MEANS FOR DEVELOPING BALANCE IN PRESCHOOL CHILDREN. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 16(2), 54-56.