Научная статья на тему 'NIKOH-OILA MUNOSABATLARI BARQARORLIGINI TA‘MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

NIKOH-OILA MUNOSABATLARI BARQARORLIGINI TA‘MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
248
422
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nikoh / oila / shaxslararo munosabatlar / ota-ona va bola munosabatlari / zamonaviy oila / nikohga da’vogarlik / oilaviy muammolar / oiladagi qadriyatlar / er-xotinlarning rolli ustanovkalari. / брак / семья / межличностные отношения / отношения между родителями и детьми / современная семья / притязания на брак / семейные проблемы / ценности в семье / ролевые установки супругов.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamatova Nazira Djurakulovna

Mazkur maqolada nikoh-oila munosabatlari barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida yondashilgan.Shu bilan birga oila barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarning eksperimental usullardan foydalanish keng yoritilgan. Jumladan oilaning barqarorligi, shaxslararo munosabatning maqsadga muvofiq kechishi uning a’zolari, xususan er-xotinlarning oilaviy qadriyatlarni qanday darajada kundalik turmushda namoyon qilishlariga bog‘liq masalalar ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL FEATURES OF ENSURING THE STABILITY OF MARITAL AND FAMILY RELATIONS

В данной статье представлен особый подход к вопросам обеспечения стабильности семейно-брачных отношений. При этом широко освещается использование экспериментальных методов выявления факторов, влияющих на стабильность семьи. В частности, раскрыты вопросы стабильности семьи, целесообразности межличностных отношений в той мере, в какой ее члены, в частности супруги, проявляют семейные ценности в повседневной жизни.

Текст научной работы на тему «NIKOH-OILA MUNOSABATLARI BARQARORLIGINI TA‘MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Mamatova Nazira Djurakulovna,

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

NIKOH-OILA MUNOSABATLARI BARQARORLIGINI TA MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

UO'K: 159.9:392.5 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_12_7

MAMATOVA N.DJ. NIKOH-OILA MUNOSABATLARI BARQARORLIGINI TA MINLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada nikoh-oila munosabatlari barqarorligini ta'minlash masalalariga alohida yondashilgan.Shu bilan birga oila barqarorligiga ta'sir etuvchi omillarning eksperimental usullardan foydalanish keng yoritilgan. Jumladan oilaning barqarorligi, shaxslararo munosabatning maqsadga muvofiq kechishi uning a'zolari, xususan er-xotinlarning oilaviy qadriyatlarni qanday darajada kundalik turmushda namoyon qilishlariga bog'liq masalalar ochib berilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: Nikoh, oila, shaxslararo munosabatlar, ota-ona va bola munosabatlari, zamonaviy oila, nikohga da'vogarlik, oilaviy muammolar, oiladagi qadriyatlar, er-xotinlarning rolli ustanovkalari.

МАМАТОВА Н.ДЖ. СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ СТАБИЛЬНОСТИ СЕМЕЙНО-БРАЧНЫХ ОТНОШЕНИЙ

В данной статье представлен особый подход к вопросам обеспечения стабильности семейно-брачных отношений. При этом широко освещается использование экспериментальных методов выявления факторов, влияющих на стабильность семьи. В частности, раскрыты вопросы стабильности семьи, целесообразности межличностных отношений в той мере, в какой ее члены, в частности супруги, проявляют семейные ценности в повседневной жизни.

Ключевые слова и понятия: брак, семья, межличностные отношения, отношения между родителями и детьми, современная семья, притязания на брак, семейные проблемы, ценности в семье, ролевые установки супругов.

MAMATOVA N.DJ. SOCIO-PSYCHOLOGICAL FEATURES OF ENSURING THE STABILITY OF MARITAL AND FAMILY RELATIONS

This article presents a special approach to the issues of ensuring the stability of non-family relations.At the same time, the use of experimental methods for identifying factors affecting family stability is widely covered. In particular, the issues of family stability and the expediency of interpersonal relations are revealed to the extent that its members, in particular spouses, show family values in everyday life.

Key words and concepts: marriage, family, interpersonal relations, relations between parents and children, мodern family, claims to marriage, family problems, values in the family, role attitudes of marrieds

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

Kirish.

Nikoh-oila munosabatlari mustahkam, barqaror bo'lishi Davlat va jamiyatimizning barqarorligi, farovonligi, rivoji garovidir. Jahon ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ona va bola munosabatlarini ijtimoiy-psixologik aso-slariga oid ilmiy izlanishlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada oilada bolaga nis-batan sog'lom munosabatni shakllantirish, ota-ona va bola munosabatlarida begonalashuv, oilaviy zo'ravonlik, pedagogik qarovsizlik, emotsional deprivasiya va boshqa ko'rinishdagi salbiy holatlarni psixodiagnostika qilish; ota-ona va bola munosabatlarini psixologik barqa-rorlashtirish maqsadida psixoprofilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish orqali konstruktiv muloqot ko'nikmalarini shakllantirish; ota-onalar bilan tegishli psixologik-ma'rifiy, konsultativ faoliyatga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishga yo'naltirilgan masalalarga e'tibor qaratish zarurati kuzatilmoqda.

Respublikamizda so'nggi yillarda oila insti-tuti bilan bog'liq muammolar o'ta dolzarb muammo sifatida e'tirof etilib, uning zarur huquqiy-me'yoriy asoslari yaratildi: jumladan, 2023-yil 30-aprel kuni Referendum orqali qabul qilingan yangi Konstitutsiyaning «Oila, bolalar va yoshlar»ga bag'ishlangan bobining 76-mod-dasida «Davlat oilaning to'laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi»1 deb belgilanganligi hamda «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»2da «bolalar tarbiyasida oilani yakkalab qo'ymaslik» zarurligi, bu borada ijtimoiy hamkorlikni alohida maqsad darajasida belgilanganligi, oilani har jihatdan, qo'llab-quvvatlash, shu jumladan, unda sog'lom muhit, farzandlar kamolotga erishishini ta'minlaydigan ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlar yaratilishi masalalari davlat va jamiyat diqqat markazida turganini ko'rsatadi hamda ushbu muammo doirasidagi ilmiy tadq-iqotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan yangi-

1 Y3ÖeKMCTOH Pecny6.flMKacMHMHr Констмтуцмflсм. - Tow-KeHT: «feöeKMCTOH», 2023. - https: lex.uz/acts/20596

2 Y3ÖeKMCTOH Pecnyö^MKacM npe3MgeHTMHMHr 2022 MIM 28 AHBapgarn «2022-2026 MM.Mapra My^a^aHraH AH™ feöeKMCTOHHUHr TapaK,K,neT CTpaTeruflCM Tyfpucuga»nM nO-60-coH OapMOHM. - https: lex.uz/ru/docs/5841063

cha nazariy yechimlarni topish uchun mustahkam asos bo'la oladi.

Mavzuning dolzarbligi.

Jamiyatda bo'layotgan siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy o'zgarishlar oilani ham chet-lab o'tmaydi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, turmush qurgan shaxslarning alohida yashashi (er yoki xotinning xorijda ishlashi sab-abli), turmush qurayotgan yoshlarning, yosh oilalarning tarbiyaviy, huquqiy, axloqiy bilim-larning yetishmasligi, dunyoqarashining keng emasligi, Oila a'zolarining bir-biriga nisbatan "begonalashuv" hisining shakllanayotganligi mavzuning dolzarbligi isbotidir.

Tadqiqotning maqsadi nikoh-oila munosabatlari barqarorligini ta'minlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini belgilab beruvchi ijtimoiy-psixologik omillarni kompleks tadqiq etish asosida ularni ahamiyatli yo'nalishda konstruktiv rivojlantirish bo'yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqa-cha tahlili.

Nikoh-oila munosabatlari bilan bog'liq izlanishlarga S.V.Kovalev, N.N. Obozev kabi chet el olimlari, G'.B.Shoumarov, V.M.Karimova, M.G.Davletshin, N.A.Sog'inov, A.Shojalilov, T.M.Adizova, F.R.Ro'ziqulov kabi Respublika-miz olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.

N.N.Obozov oilaviy hayotdan qoniqmaslik, nikohning buzilishi va beqarorligini belgilovchi sabablarni er bilan xotin o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyaning tenglashtirilishidandir deb tushuntiradi3.

S.V.Kovalevning ta'kidlashicha, yoshlarda oilaviy hayot va turmush tarziga xos to'g'ri tasav-vurlar yetarli emasligi sababli turmush qurgan-larida oila-nikoh munosabatlaridan qoniqmaslik holatlari ko'p uchraydi4.

Respublikamizning yetakchi psixolog olim-laridan G'.B.Shoumarov o'z tadqiqotlari nati-jalariga tayanib, oilaning mustahkam bo'lishi, er-xotinning baxtiyor hayot kechirishlari va

3 Обозов Н.Н. Психология межличностных отноше-ний.-Киев: изд-во Ун-та. 1990. -192 с.

4 Ковалев С.В.Психология современной семьи. -М.: Просвещение. 1988. - 210 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

tinch-totuv yashashlarida ularning o'zaro qovushishi muhim rol o'ynaydi1 deb ko'rsatadi va uchga bo'ladi. Ular: 1) biologik, 2)psixologik, 3)sotsial qovushuvlardir va tahlili bo'yicha, oila qurgan shaxslarni kasb-faoliyati va oila haqidagi tasavvurlari, xo'jalik ishlarini yurita olmasliklari, jinsiy tarbiyaga ega emaslik, bolalarni tarbiyalashdagi kelishmovchilik far-zandsizlik, rashk va ishonchsizlik ekanligini ko'rsatib o'tadi.

V.M.Karimova tadqiqotlarida oilaviy ijtimoiy tasavvurlar shakllanishida bola shakllanayotgan oila va undagi o'zaro munosabatlar xarakteri muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlangan2.

M.G.Davletshin tadqiqotlarida o'zbek oila-sining etnopsixologik muammolari keng qam-rovli o'rganilgan3.

Maqolaning ilmiy yangiligi shundan ibo-ratki, o'zbek oilasidagi nikoh oila munosabat-larida turli kategoriyadagi omillar kombinatsion ta'sir ko'rsatishi oqibatida yuzaga keladigan differensial psixologik xilma-xillik yo'nalishlari aniqlashtirilgan.

Tadqiqotning maqsadi nikoh-oila muno-sabatlari barqarorligini ta'minlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini belgilab beruvchi ijtimoiy-psixologik omillarni kompleks tadqiq etish asosida ularni ahamiyatli yo'nalishda konstruktiv rivojlantirish bo'yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning obyekti sifatida shahar va qishloqlarda yashovchi 150 oila (er-xotin 300 kishi) qatnashdi. Mazkur tadqiqotning har xil bosqichlariga 600 dan ziyod oilali shaxslar va oilaviy turmushga tayyorlanayotgan o'spirinlar jalb etildi. Tanlab olingan sinaluvchilar ijtimoiy-psixologik so'rovnoma (IPS) yordamida atrofli-cha o'rganib chiqildi.

Tadqiqotda qo'llanilgan usullar Tajribada kuzatish, suhbat, biografiya, faoliyat natijalarini tahlil qilish anketa-test, matematik-statistika metodlaridan foydalanildi. Ilmiy tadqiqotning

1 Shoumarov G'.B. Oila psixologiyasi.: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun. - T.: Sharq. - I40 b.

2 Karimova V.M. Oilaviy hayot psixologiyasi //O'quv qo'llanma. - T.: "SHARQ" 2006. - 142 b.

3 Davletshin M.G. Oiladagi nizolar psixologiyasi va uning

bartaraf etish yo'llari. o'zbek oilasining etnopsixologik muammolari. Resp.ilm. amal. anj.ma'ruz. qisqacha bayoni. -T.: 1993. -33-34 b.

maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ma'lumotlar fondini boyitishga, zarur empirik materiallarni olishga xizmat qiluvchi mualliflik «Ijtimoiy psixologik so'rovnoma»si (IPS) ishlab chiqildi.

Asosiy qism.

Zamonaviy insonning ijtimoiy tajribasi, uning dunyo haqidagi bilimlari tobora xilma-xil, zid-diyatli, «uzuq-yuluq» bo'lib borar ekan, shaxs-ning o'z o'rnini erkin topish maydoni, binoba-rin, uning hayotiy muammolari maydoni ham kengaya boradi. Jamiyatning va uning «quyi yacheyka»laridan bo'lgan oilaning rivojlanishi har xil oilaviy muammolar ko'payishiga va oqi-bat natijada zamonaviy oilani umumiy tanazzu-liga olib keladi.

Bu tarzda tanazzulga yuz tutishning ijtimoiy-psixologik sabablarini tahlil qilib ko'raylik. Bun-ing uchun oiladagi qadriyatlar muvofiqligi, er-xotinlarning rolli ustanovkalari, oilaning saqlan-ishini ta'minlovchi motivlar, ular o'rtasidagi fikrlarning nomutanosibligiga olib keluvchi omillarni, ularning hamkorligini ifodalovchi holatlarga aniqlik kiritish lozim bo'ladi. Ushbu jihatlarga aniqlik kiritish, oiladagi inqirozga olib keluvchi sabablarni yoritish maqsadida A.N.Volkovaning «Oiladagi rollar va nikohga da'vogarlikni aniqlash» metodikasiga murojaat qildik4.

Metodika tasdiqlariga javob berishga ko'ra: quyidagicha baholanadi: «to'liq qo'shilaman» - 3 ball, «umuman to'g'ri» - 2 ball, «unchalik to'g'ri emas» - 1 ball, «noto'g'ri» - 0 ball.

Metodikani tatbiq qilish er-xotinlarning oil-aviy hayotdagi bir qator qadriyatlar ahami-yati haqidagi tasavvurlarini baholashga imkon berdi. Metodika tarkibida jinsiy, er-xotinlarning shaxs sifatidagi muvofiqligi, maishiy-xo'jalik, tarbiyachilik, ijtimoiy faollik, emotsional-psixoterapevtik, tashqi jozibadorlikdan iborat qadriyatlarga oid shkalalar o'rin olgan.

4 Изучение согласованности ролевых ожиданий (методика «Ролевые ожидания и притязания в браке» (РОП) А.Н. Волковой) [11]; 11. Олифирович Н.И., Зинкевич-Куземкина Т.А., Велента Т.Ф. Психология семейных кризисов. - СПб.: Речь, 2006. - 360 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

V__

1-jadval. Er-xotinlarning oilaviy qadriyatlar to'g'risidagi tasavvurlari

Ko'rsatkichlar ball hisobida

№ Oilaviy qadriyatlar shkalasi Er Xotin t va p qiymati

M (m2 M(m2

1. Jinsiy munosabatlar 7,13±0,72 6,72±0,67 t=0,41

2. Er-xotinlarning shaxs sifatida muvofiqligi 6,26±0,61 8,63±0,85 t=2,37 P<0,05

3. Maishiy-xo'jalik 6,35±0,54 7,12±0,83 t=0,77

4. Ota-ona tarbiyachilik 7,14±0,82 7,85±0,96 t+ =0,57

5. Ijtimoiy faollik 6,43±0,56 7,08±0,58 t=0,73

6. Emotsional-psixoterapevtik 5,36±0,33 7,28±0,55 t=2,06 p<0,05

7. Tashqi jozibadorlik 8,20±0,68 8,61 ±0,81 t= 1,05

Metodikadan olingan natijalar uch bosq-ichda qayta ishlanadi:

1. Er-xotinlarning rollarga mosligi, niko-hga da'vogarlik va oilaviy qadriyatlar shkalalari bo'yicha individual ko'rsatkichlari tahlil qilinadi. Bunda er-xotinlarda oilaviy qadriyatlar iyerarxi-yasi haqidagi tasavvurlari tavsiflanadi. Ularning oilaviy munosabatlardagi rolli xatti-harakatlari, oiladagi funksiyalarini bajarishdagi faolliklari izohlanadi.

2. Er va xotinning oilaviy qadriyatlar haqidagi va rolli ustanovkalar yuzasidan tasavvurlari qiyosiy tahlil qilinadi.

3. Bu bosqichda oilaviy shaxslararo muno-sabat va o'zaro ta'sirlashuvda er-xotinlarning rollari muvofiqligi darajasi 3-7 oilaviy qadriyatlar shkalalari yordamida aniqlanadi.

Oilaning barqarorligi, shaxslararo muno-sabatning maqsadga muvofiq kechishi uning a'zolari, xususan er-xotinlarning oilaviy qadri-yatlarni qanday darajada kundalik turmushda namoyon qilishlariga bog'liq. Shu bois, tadq-iqot natijalariga murojaat qilaylik. Er-xotinlarn-ing oilaviy qadriyatlar to'g'risidagi tasavvurlari yuzasidan olingan natijalar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

1. Jinsiy munosabatlar. Metodikaning birin-chi shkalasi jinsiy munosabatlarni aniqlashga yo'naltirilgan bo'lib, er-xotinlarning jinsiy munosabatlardagi muvofiqligini, oilaning tinch-totuvligida ularning ahamiyatini yoritish imko-nini beradi.

O'zbek etnosida ko'pincha er-xotin o'rtasidagi jinsiy munosabatlar ancha nozik masala sanalib, ular uzoq vaqt mobaynida bu muammoni tahlil qilish mumkin emasdek qaralar edi. Jinsiy munosabatlar ham oilan-

ing barqarorligi, er-xotinlarning o'zaro yoqtiri-shi, sog'lom farzand dunyoga kelishi va undagi ahillikni ta'minlashning asosiy shartlaridan biri sanaladi.

Tadqiqot natijalariga murojaat qiladi-gan bo'lsak, ushbu shkala yuzasidan erlar 7,13+0,72, ayollar 6,72+0,67(r-farqlar ishon-chliligi kuzatilmadi) ballni namoyon qilgan-liklarini guvohi bo'lamiz. Natijalar er-xotinlarda o'rtachadan yuqori ekanligidan dalolat bermo-qda. Metodikaning shartiga ko'ra, natijaning bunday ko'rinish olishi, oilada, er-xotin muno-sabatlarida jinsiy masalalarni e'tibordan chetda qoldirish kerak emas, degan xulosani keltirib chiqaradi.

Er-xotin munosabatlarining nozik qirralar-ini oshkor qilmaslik o'zaro hurmat va oilani saqlashni bir yo'li sifatida tushuniladi. Ayrim holatlarda jinsiy uyg'unlikning yetishmasligi qadriyatlarni sindirib, oilaning buzilishiga olib kelmoqda.

Jinsiy nomutanosiblik er-xotinlar o'rtasidagi fiziologik jarayonning meyorida bo'lishi emas, balki psixologik va ijtimoiy psixologik omil-larning ham yetishmasligi oqibatidir. Ruhiy taranglik er-xotin o'rtasidagi jinsiy nomu-tanosiblik, ko'ngilni topa olmaslik, emotsional qo'zg'alishning hosil bo'lmasligi, oilaviy shart-sharoitlarning yetishmasligi va ayolning qo'ni-qo'shni ayollar orasidagi mavqening shak-llanganligi bilan ham bog'lash mumkin. Ayol yoki erda ruhiy taranglik, asabning buzilishi, kayfiyatning yo'qolishi, depressiya, asteniklik, g'azablanish va norozilik hislarining paydo bo'lishi kabilarni er-xotinlar o'rtasidagi jinsiy nomutanosiblik deb qarash o'rinlidir. Nomu-tanosiblik esa oila barqarorligini ta'minlay

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

olmaydi. Bundan ko'rinadiki, zamonaviy o'zbek oilalarida barqarorlikni ta'minlashda jinsiy munosabatlarga:

• asosiy omillardan biri sifatida qarashni:

• shaxslik mazmunini inobatga olgan holda er-xotinlar o'rtasidagi jinsiy nomutanosi-blikni ijobiy hal etish pozitsiyasiga ega bo'lish:

• er-xotin o'rtasidagi jinsiy nomutanosib-lik bo'lishi mumkin hodisa va undan fojia yasa-maslik lozim degan ijtimoiy fikrni (xususan er-xotinlarning o'zida, qon-qarindoshlar hamda qo'shnilar orasida) shakllantirish lozim.

Oila barqarorligini faqat er-xotin o'rtasidagi jinsiy garmoniya hal etadi degan mulohazadan yiroqmiz. Chunki yagona omil butun bosh-liq, bir tizim yuzasidan xulosalashga asos bo'la olmaydi. Shu sababli, qolgan shkalalar nati-jalariga ham murojaat qilaylik.

2. Er-xotinlarning shaxs sifatida muvo-fiqligi. Hamkorlik psixologiyasi, o'ziga sherik tanlash va birgalikda faoliyat ko'rsatish kunda-lik turmushda uchraydigan hodisalar. Ular shaxslarning ma'lum vaqt mobaynida amalga oshiradigan faoliyatlaridir. Aksincha oiladagi er-xotinlarning birgalikdagi, hamkorlikdagi faoliyatini qisqa muddatli biron-bir meyor bilan chegaralab bo'lmaydi. Agar mehnat jamoasida xodimlar o'rtasidagi nizo sababli biri o'zining ishchi o'rnini boshqa jamoaga o'zgartirishi yoki jamoaning boshqa a'zolari bilan yaxshi muno-sabat o'rnatish orqali o'z xatti-harakatlarini kompensatsiyalashi mumkin. Oilada er-xotin o'rtasidagi kelishmovchilik, nizolar oqiba-tida esa yuqoridagi tarzda ish tutib bo'lmaydi. Er-xotinning shaxs sifatida bir-birlarini qabul qilishlari xalq orasida qo'llaniladigan «er-xotinning urishi doka ro'molni qurishi» naqli hojat qoldirmaydi. Shunday ekan, natijalarga murojaat etib ko'raylik, erlar 6,26+0,61 va ayollar 8,63+0,85 ball (r<0,05 ga teng bo'ldi) bilan qanoatlanganlar. Olingan miqdoriy ko'rsatkichlar, erlarni turmush o'rtog'iga muvo-fiq kelishi to'g'risida o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori ekanligidan dalolat bermoqda.

Diniy-falsafiy nuqtai nazarda ham er-xot-inga nisbatan bir pog'ona yuqori bo'lishi lozim deyilsa-da, ammo bu talqin erkakning tabiiy imkoniyatlarini, (jismonan baquvvat, xo'jalik ishlarini boshqarishga moyil) inobatga olib ayt-

ilgan. Erkaklarning natijasi nisbatan avtonomi-yaga, ya'ni turmush o'rtoqlarining ularni xohish-irodasi, qiziqishlariga muvofiqlashish-laridan dalolat beradi.

Xotinlarning natijalari esa erlarinikiga nisbatan anchagina yuqori. Bu esa ayollarn-ing (qizlarni) o'zlariga turmush o'rtoq tan-lashda oqilona yondashishga moyil ekanligini anglatadi. Ayollar o'zbek etnosidagi xotinning eriga tobe bo'lishi, uning manfaatlariga muvo-fiq xulq-atvori va qiziqishlarini moslashtirish kerak degan an'anaviy tamoyilga amal qilsalar-da, lekin bunday holat kuchli hissiy zo'riqish, frustratsiyaga moyillik, noroziliklar bildirib tur-ish, ajralish xohishining paydo bo'lishiga olib keladi.

Ayollarning natijalari erlariga nisbatan ancha yuqori ekanligi ularni umumiy qiziqishga ega ekanligi, ehtiyojlar, qadriyatlar yo'nalishi, vaqtni o'tkazish usullariga ega bo'lishi lozim deb hiso-blaydilar. Metodikaning ushbu shkalasidagi xususiyatlarga ayollar ancha ijobiy qarar ekan-lar. Ammo ayollar turmush o'rtoqlari (erlar) ko'pincha yuqoridagi xususiyatlarning ham-masiga ham ahamiyat bermasligini bildiradi-lar degan nuqtai nazarni ilgari sursak bo'ladi. Chunki zamonaviy oiladagi inqirozlarni aynan er-xotin o'rtasidagi shaxslilik identifikatsiyasin-ing mujassamlashmaganlik oqibati deb qarash mumkin. Bu esa oilalarda quyidagi holatlarni e'tibordan chetda qolayotganligini ifodalaydi:

- er bilan xotinlar o'rtasidagi shaxslilik muvofiqlashuvi doimo ham oila qurish jarayon-ida inobatga olinmayapti;

- erlarda turmush o'rtoqlari bilan umumiy manfaat va qiziqishlar hosil qilishga intilish yet-arli emas;

- qizlarning (ayollarning) er bilan identi-fikatsiyalashuvlari ideal rejada bo'lib, reallikka oshmasligi ko'p kuzatiladi.

- erlarni xotinlari bilan bo'sh vaqtni birga qiziqarli, maroqli o'tkazish to'g'risidagi faoliyat-lari shakllanmagan.

Aytish joizki, shaxslilik identifikatsiyasi oiladagi shaxslararo munosabatlarning meyorida bo'lishini ta'minlashda boshqa omillarni ham inobatga olishga chorlaydi.

3. Maishiy-xo'jalik yuritish. Ushbu shka-ladagi natijalarga ko'ra, erlar 6,35(0,54, xotin-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

lar 7,12(0,83 ballni (r-farqlar ishonchliligi kuza-tiladi) namoyon qildilar. Milliy an'analarimiz hamda islom dini tamoyillariga ko'ra, nikoh o'qitilayotgan vaqtda yigit kishiga (kuyov bolaga) ijtimoiy buyurtma sifatida xotinni yolg'iz qoldirmaslik, asosiy xo'jalik ta'minotini ta'minlash talablarini qo'yadilar. Ammo zamo-naviy oilalarda er-xotinlarning maishiy-xo'jalik yuritishdagi rollarini o'zgarayotganligi ham muayyan nizoli vaziyatlarga olib kelmoqda.

Oiladagi maishiy-xo'jalikni yuritish uzoq vaqt shakllangan ko'nikma va malakalarning natijasi-dir. Ota-onalar farzandlariga oila qurish osto-nasida emas, yoshlik davridanoq yo'nalish beri-shi o'rinli hisoblanadi.

Maishiy-xo'jalik faoliyatining meyorda bo'lmasligi oilaviy munosabatlarga doimo zarar yetkazadi. Shu o'rinda er-xotinlar maishiy-xo'jalik faoliyatiga aloqador yumushlarni baja-rishda hamjihatlikni, o'zaro tushunishni va voqelik bilan imkoniyatning mosligini inobatga olishlari lozim.

Er-xotinlarni maishiy-xo'jalik yuritishga tayyorliklari an'anaviy hodisadir. Chunki, o'ylanayotgan har qanday yigit:

• xo'jalikdagi jihozlarni tuzata olish;

• duradgorlik, elektr, qurilish yumushlarini uddalash;

• ba'zi bir taomlarni tayyorlay bilish;

• uy hayvonlarini parvarishlash;

• o'simliklarga ishlov berish va boshqa yumushlarni bajarish malakalariga ega bo'lishi joiz.

Uzatilayotgan qiz esa:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- uyni saranjom-sarishtalash;

- pishiriqlar va mazali taomlar tayyorlay olish;

- oshxona idishlarini toza-ozoda saqlash;

- mehmon kutishni uddalash va shu sin-gari ishlarni mohirona bajarish talab etiladi.

Sanab o'tilgan jihatlar nikohdagi sheriklarn-ing maishiy-xo'jalik faoliyatini psixomotorik tomonidan amalga oshirishni ifodalaydi. Bu xususiyatlarga qo'shimcha ravishda er-xotin-larga shaxslilik sifatlari ham kamol topganligi shart hisoblanadi: xushmuomalalik, sabr-toqa-tlik, estetik did, sezgirlik, talabchanlik, samim-iylik, hamjihatlik, saranjomlik, bag'rikenglik, va mehmonnavozlik.

4. Ota-ona tarbiyachilik funksiyasi. Bu

shkala er-xotinlarning ota-onalik majburiyat-lariga munosabati, farzandlar shakllanishdagi shaxsiy pozitsiyalari, ota-onalik funksiyalariga taalluq tasavvurlarini ifodalaydi.

Er-xotinlarning ota-onalik hamda tarbiyachilik funksiyalari to'g'risidagi tasav-vurlari, ularning shaxslilik pozitsiyalari, ijtimoiy talablarga mas'uliyat, jamiyat va oila munosabatlaridagi o'rinlarini belgilaydi. Bu shkala bo'yicha er-xotinlar nisbatan yuqori ko'rsatkichlarni, ya'ni 7,14 (0,82 ball. (erlar) va 7,85 (0,96 ball (xotinlar) (1 ilovaga qaralsin) bilan qanoatlanganliklari guvohlik bermoqda. Ota-onalik va tarbiyachilik funksiyasiga ularning ijobiy tasavvurga egaligi o'zbek xalqining azaldan «bolajon»ligi natijasidir. Ijtimoiy-iqti-sodiy o'zgarishlar er-xotinlarning bu boradagi funksiyalariga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qol-maydi. Natijalar er-xotinlarning ota-onalik, tarbiyachilik ustanovkalari bo'yicha tasavvurlari ijobiy bo'lsa-da, lekin real muhitda bu majburi-yatlar «begonalashayotganga o'xshab qolmo-qda».

5. Ijtimoiy faollik. Mazkur shkala er-xotin-larning tashqi ijtimoiy faolligini, ya'ni kasbiy va jamiyat hayotidagi oilaviy munosabatlar barqa-rorligini belgilovchi ustanovkalarni aks ettiradi.

Ijtimoiy faollik shkalasi er-xotinlarning maishiy-xo'jalik va tarbiyachilik funksiyala-rini sifat ko'rsatkichi hisoblanadi. Albatta, oil-aviy munosabatlarning barqarorligi er-xotin-ning savodxonlik darajasi, kasbiy faoliyati va mahalla-ko'y orasidagi mavqelariga bog'liq.

Er-xotinning oilaviy munosabatlarida e'zozlanishi, muammolarning joy-joyida hal qil-inganligi ijtimoiy munosabatlar (er yoki xotin-ning mehnat qilayotgan jamoasidagi, yashayo-tgan mahallasidagi, qon-qarindoshlar orasidagi shaxsiy mavqe)dagi rolini belgilaydi.

Erkak kishi oilani moddiy ta'minlash uchun qandaydir ishning boshini tutgan bo'lishi kerak.

Er-xotinning oiladan tashqari qiziqishlari shaxslararo ta'sirlashuv jarayonining asosiy qadriyati hisoblanadi.

Natijalarda esa quyidagicha manzara kuzatiladi, ya'ni erlar 6,43(0,56 ball, ayollar 7,08(0,58 ball to'pladi. Bu esa ayollarda tur-mush o'rtoqlarining kasb-kori, mavqei, ularn-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

ing qiziqishlari muayyan ahamiyat kasb etishini ko'rsatmoqda. Erkaklarga ayollarini qan-day faoliyat mazmuniga ega bo'lishi (so'zsiz o'zgarishlarga olib keladi) unchalik ahamiyat kasb etmas ekan.

6. Emotsional-psixoterapevtik. Bu shkala er-xotinlarning oiladagi emotsional-psixoter-apevtik funksiyalari ahamiyatini belgilovchi hisoblanadi. Shkala-mazmuniga ko'ra, ikki xil jihatli ma'noga ega. Birinchidan, er-xotinlarn-ing oiladagi emotsional liderlikni, psixologik muhitni, axloqiy va hissiy qo'llab-quvvatlash hamda «psixoterapevtik muhitni» shakllantirish masalasini aks ettirsa, ikkinchidan, er-xotin-larning oila «psixoterapevtik» rolini bajarishga intilishini belgilaydi. Natijalarning umumiy mazmuni er-xotinlarning o'zaro axloqiy va hissiy jihatdan oila a'zolarini qo'llab-quvvatlashi, uni ardoqlashi, unda psixologik xotirjamlik va barqarorlikni muvofiqlashtirishni taqozo etadi.

Bizning tadqiqotimizda «emotsional-psix-oterapevtik» shkalasi bo'yicha tekshiriluvchilar quyidagi ko'rinishdagi ma'lumotlarni namoyon qildilar. Erkaklar 5,36 (0,23 ball, ayollar 6,10 (0,55 ball (r<0,05 ga teng bo'ldi). Natijalarimiz bir tomondan ajoyib ma'lumotlar berishga, ikkinchidan, ancha taajjubli holatga olib kelmoqda. Chunki erkaklarda natijaning o'rtacha miqdorini namoyon qilganligi, oiladagi liderlik funksi-yasini ayollarga berib qo'ymayotganmikanlar degan mulohazaga imkon yaratmoqda. «Ijti-moiy-faollik» shkalasidagi natijalar ham buni tasdiqlamoqda. Bugungi oilalardagi inqiro-zli holatlarda erkaklarning undagi yetakchilik funksiyasi o'zgarganligi ancha sezilib qolmo-qda. Ba'zan xalq orasida «erkak ko'cha odami» degan odatiy jumlalarni eshitamiz. Ammo oil-aning mustahkamligi, ijobiy-psixologik muhit, er-xotinning hamda undagi ma'naviy-hissiy qullab-quvvatlashda erkakning rolini oshirish bugungi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Natijalar bo'yicha korrelyatsion tahlil ham buni yana bir bora haqchil xulosa ekanligini ko'rsatmoqda.

Ayollarning natijalari o'rtachadan ancha yuqori 6,10(ball). Bu ayolning oiladagi lider-likni, hissiy-psixologik muhitni stabillashtiruvchi unda psixoterapevtik rol bajarayotganligidan dalolat bermoqda. Oila a'zolarining ma'naviy

va hissiy qo'llab-quvvatlashda ayolning o'rni yuqori ekanligini tasdiqlasakda, ammo jid-diy hayotiy masalalarda va nizoli vaziyatlarda ayolning hissiy xulosalarga kelishini e'tibordan chetda qoldirmaslik ma'qul. Mabodo, ota va onaning farzandlariga nisbatan mehr-muhab-batlari ham oiladagi ijtimoiy-psixologik muhit-ning belgilovchi omillaridan biri deb qaraydigan bo'lsak, klassik psixologiya vakili E.Frommning1 quyidagi fikriga e'tibor qaratish joiz: «Otaning farzandlariga muhabbati majburiyat doirasi-dan, onaning bolalariga sevgisi esa tabiiydir». E.Fromm fikrining o'ziga xos (jihati) tomoni bor. Agar ushbu mulohazani ayolning faoliyati bilan bog'laydigan bo'lsak, uning oilada «psixoterapevtik» funksiyani amalga oshirish uchun mas'ul shaxs sifatida sanash mumkin. Farzan-dlar kamoloti, oiladagi ozodalik-sarishtalik, erga e'tibor qaratish, a'zolar o'rtasida mehr-muhabbatni tarkib toptirishda ayolning rolini oshirish tabiiy holdir. Ammo oiladagi ayol bilan erkakning funksiyalarini keskin ravishda taqsim-lab qo'yish maqsadga muvofiq bo'lmasa kerak. Funksiyalar tengligiga erishishga qaraganda vazifalar uyg'unligini ta'minlash ma'quldir (Psixoterapevtik muvofiqlik bo'yicha III bobda bataf-sil to'xtalib o'tiladi).

7. Tashqi jozibadorlik. Mazkur shkala er-xotinlarning tashqi qiyofalari va ularning kiy-inishlarini zamon talablari darajasiga mosligi ahamiyatini belgilovchi ustanovka hisoblanadi. Shkaladan ko'rinib turgandek er-xotinlarning eng yoqimtoy juftlik bo'lishi tashqi jozibador-likka egalik, bejirim va zamonaviy kiyinishga intilishi masalasi oilaviy munosabatlarning muhim shartidir.

«Onangni otangga bezaksiz ko'rsatma» degan maqolning o'zi shkalaning to'liq maz-munini ochib beradi. Umumiy psixologiya va ijtimoiy psixologiyada insonni inson tomonidan idrok qilishda tashqi qiyofaning ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar talay-gina.

Ular insonni inson tomonidan idrok qilishda tashqi ko'rinish, kiyinish va gavda tuz-ilishi muhim o'rin tutishini ilmiy asoslashgan. Yigit qizni yoki aksincha bir-birlarini yoqtirish-

1 Э. Фромм. Искусство любить. Исследование природы любви. Пер. с анг. яз. - М.: Педагогика. 1990. - 158 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

2-jadval. Er-xotinlarning oilaviy qadriyatlar shkalalari bo'yicha ko'rsatkichlar

Jinsiy intim Shaxsiy identifika-siya Xo'jalik maishiy Ota-ona tarbiyachi Ijtimoiy faollik Emotsi-onal psixo-terapevtik Tashqi jozibadorlik

Oilaviy qadriyatlar shkalasi: erkaklar 4 8 7 5 5 5,5 6

Oilaviy qadriyatlar shkalasi: ayollar 3 6 6,5 8 8 6 7

Oilaviy qadriyatlar: me'yor 1 2 1,5 0,5 3 0,5 1

larida tashqi qiyofa va joziba yetakchi o'ringa egaligi kundalik hayotda ko'pincha kuzatilmo-qda. Chunki, shaxs to'g'risidagi dastlabki taas-surotlarni idrok orqali va nazar tashlash tufayli olinganligi bois bunday holatni tan olmasdan ilojimiz yo'q.

Oilaviy munosabatlarda er-xotinning bir-bir-lariga nisbatan yoqtirish va yoqtirmasliklarida didga mos kiyinish, go'zal qiyofaga va husnga egalik, o'zaro ta'blarini hisobga olgan holda kiyim tanlashlari, kiyimlarning orastaligini e'tiborga olishlari ham muhimdir. Erkak ham, ayol ham tabiatan tashqi jozibadorlik, go'zallikka da'vogar. Ammo bu da'vogarlikni kim qanchalik darajada amalga oshirishi shaxs kamolotiga bog'liq. «Tashqi» jozibadorlik shkalasiga ko'ra erlar ham, ayollar ham shaxsiy yoqimtoylik, zamonaviy va orasta kiyinishga intilishlaridan dalolat bermoqda.

Deyarli, har ikki jins vakillari shkala bo'yicha ancha yuqori natijani namoyon qilishgan, chu-nonchi, erlar 8,20(0,68 ball, ayollar esa 8,61(0,81 ball to'plashgan. Natijalarning bunday yuqori darajada bo'lishi tekshiriluvchilarning tasavvur timsollari mahsuli hamdir. Tasavvur va xohish istaklarni ruyobga chiqarish esa ijtimoiy-iqti-sodiy shart-sharoit, madaniy muhit, shaxsning dunyoqarashi va his-tuyg'ulariga bog'liqdir. Ammo qanday bo'lishidan qat'i nazar er-xotin-lar «tashqi jozibadorlikka» da'vogar ekanlar. Biz metodika natijalarini uch bosqich bo'yicha tahlil qilishni mo'ljallagan edik. Shu sababli, ikkinchi bosqichdagi ko'rsatkichlar qo'yidagi 2-jadvalda keltirib o'tilgan.

Er-xotinlarning oilaviy qadriyatlar shkalalari bo'yicha ko'rsatkichlar qo'yidagi xulosani keltirib chiqardi:

1. Tadqiqotimiz natijalariga ko'ra, er-xotin-lar juftligining oilaviy qadriyatlar bo'yicha muvo-fiqligi ma'lum darajada ekan. Er-xotinlarning oilaviy turmush faoliyatining muhim sohalari bo'yicha farqlari belgilangan meyordan oshib

ketgan (belgilangan meyor-3 balldan oshmasligi kerak).

2. Er-xotinlar oilaviy munosabatlarida ota-onaning tarbiyachi sifatida, ehtiyojlar, tasavvur-lar, ularning turmush maqsadlari muhim o'rin tutar ekan.

3. Oilaviy munosabatlardagi beqarorlik ota-onalik majburiyatlariga yetarlicha tayyor emaslik, e'tiborsizlik, g'amxo'rlik va iliq o'zaro munosa-batga, jozibadorlik va zamonaviy tashqi qiyofan-ing yo'qligi hamda maishiy muammolarni hal etishga imkoni kamligidan dalolat bermoqda.

4. O'zbek oilalarida nikoh oila barqarorligini belgilashda er-xotin munosabatlaridagi o'zaro hurmat va ishonch, bir-birini yaxshi tushunish, farzandlar, muomala odobi, onglilik va ma'naviy axloqiy mavqe, uning moddiy ta'minlanganligi, uy-joy bilan ta'minlanganlik, rollar taqsimotining mosligi, jinsiy moslik muhim omillar hisoblanadi.

Xulosalarga tayangan holda quyidagicha amaliy takliflar kiritildi:

1. Nikoh-oila munosabatlariga kirishuv-chi yoshlarni psixologik tayyorlash maqsadida maktab dasturiga kiritilgan "Oila psixologiyasi" darslariga oila muqaddasligi, unda xalqimizga xos bo'lgan sharqona munosabatlarning ustu-vorligi haqida ko'proq tushunchalar kiritish.

2. Oilaning har bir a'zosi shaxsi va uning huquqlariga nisbatan hurmat va daxlsizlik hisini shakllantirib borish muhim

3. Oila quruvchi yoshlarda ularning oiladagi roli statusi va o'zaro hamjihatliklari haqida real tushunchalarni shakllantirib borish va ular ora-sida bir-biriga nisbatan hurmatni ustivor ekan-ligini tushuntirish.

4. Oilada shaxslararo munosabatlarni barqarorligini ta'minlash uchun yoshi katta a'zolari (bobo-buvi, ota-ona)ning farzandlar shaxsi va ularning qabul qilayotgan qarorlariga nisbatan tolerantligi va hurmat hisini shakllan-tirib borish.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

с ОИЛА ПСИХОЛОГИЯСИ / ПСИХОЛОГИЯ СЕМЬИ 67 и

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Узбекистон Республикасининг Конституцияси. - Тошкент: «Узбекистон», 2023. https: lex.uz/acts/20596

2. Узбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сон «2022-2026 йилларга мулжалланган Янги Узбекистоннинг тарак,к,иёт стратегияси тyFрисида»ги Фармони. - https: lex.uz/ru/docs/5841063

3. Davletshin M.G. Oiladagi nizolar psixologiyasi va uning bartaraf etish yo'llari. o'zbek oilasining etnopsixologik muammolari. Resp. ilm. amal. anj.ma'ruz. qisqacha bayoni. - T.: 1993. - 33-34 b.

4. Karimova V.M. Oilaviy hayot psixologiyasi // O'quv qо'llanma. - T.: "Sharq" 2006. -142 b.

5. Shoumarov G'.B. Oila psixologiyasi.: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun. - T.: Sharq. - I40 b.

6. Ковалев С.В. Психология современной семьи. - М.: Просвещение. 1988. - 210 с.

7. Обозов Н.Н. Психология межличностных отношений. - Киев: изд-во Ун-та. 1990. -192 с.

8. Олифирович Н.И., Зинкевич-Куземкина Т.А., Велента Т.Ф. Психология семейных кризисов. - СПб.: Речь, 2006. - 360 с.

9. Фромм Э. Искусство любить исследование природы любви. Пер. с анг. яз. - М.: Педагогика. 1990. - 158 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 12 (133)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.