DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-29-224-230
Pages: 224-230
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS
4th INTERNATIONAL CONFERENCE
KOREYS TILI DARSLARIDA AYOLLAR BILAN BOG'LIQ MELIORATIV MA'NOLI MAQOLLARNING O'QITILISHI
Noila M. Mirhamidova
tayanch doktorant Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston E-mail: noilamirhamidova@,gmail. com
_MAQOLA HAQIDA_
Kalit so'zlar: maqol, Annotatsiya: Mazkur maqolada an'anaviy koreys
ayol, gender, meliorativ, ijobiy, jamiyatidagi ayollarning o'rni, ayollar xarakterini, ularning xarakter, xulq-atvor. fazilatlarini namoyon qiladigan, shuningdek, erkak va ayol
o'rtasidagi munosabatlarni, ular orasidagi gender farqlarini ko'rsatadigan meliorativ maqollar tadqiq etildi. Maqollardagi ayol va erkak o'rtasidagi munosabatlar, ular orasidagi gender farqlari ijtimoiy-madaniy jarayonlar, ijtimoiy-madaniy omillar vositasida tahlil etildi. Ayollar hayotini turli tomonlarini ifodalovchi tizimli xususiyatlar baholash tamoyili orqali yoritib berildi. Shu bilan birga, talabalarga koreys tili darslarini o'qitishda koreys xalqining bebaho xazinasi hisoblangan paremiya fondidan foydalanish, erkak va ayol munosabatlarini, ayniqsa, ayollarning fazilatlarini namoyon qilgan meliorativ maqollarni o'rgatish orqali tilni jamiyat va madaniyat bilan uzviy bog'liqligini asoslash usullari ko'rsatib berildi.
TEACHING PROVERBS WITH AMELIORATIVE MEANING RELATED TO WOMEN
IN KOREAN LANGUAGE CLASSES
Naila M. Mirkhamidova
doctoral student Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan E-mail: nailamirhamidovaagmail. com
_ABOUT ATRICLE_
Key words: proverb, Abstract: This article investigated the role of women female, gender, ameliorative, in traditional Korean society, reclamation proverbs that show positive, character, behavior. the character of women, their qualities, as well as the _relationship between a man and a woman, gender differences
between them. The relationship between a woman and a man in Proverbs, gender differences between them were analyzed by means of socio-cultural processes, socio-cultural factors. Systemic characteristics that represented different aspects of women's lives were illuminated through the evaluation principle. At the same time, the use of the paremia Foundation, which is considered an invaluable treasure of the Korean people in teaching Korean language lessons to students, was shown in ways to justify the inextricable connection of language with society and culture by teaching male and female relationships, especially reclamation _proverbs that showed female qualities._
ПРЕПОДАВАНИЕ ПОСЛОВИЦ С УЛУЧШАЮЩИМ ЗНАЧЕНИЕМ, КАСАЮЩИХСЯ ЖЕНЩИН, НА УРОКАХ КОРЕЙСКОГО ЯЗЫКА
Наиля М. Мирхамидова
докторант
Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан E-mail: nailamirhamidova@,gmail. com
_О СТАТЬЕ_
Ключевые слова: Аннотация: В данной статье исследована роль
пословица, женский пол, женщин в традиционном корейском обществе, мелиоратив, позитив, мелиоративные пословицы, демонстрирующие женский
характер, поведение. характер, их качества, а также отношения между
мужчиной и женщиной, гендерные различия между ними. Отношения между женщиной и мужчиной, гендерные различия между ними в пословицах анализировались через социокультурные процессы, социокультурные факторы. Системные характеристики, представляющие различные аспекты жизни женщин, были освещены через принцип оценки. В то же время студентам были показаны способы обоснования неразрывной связи языка с обществом и культурой посредством использования фонда паремии, который считается бесценным сокровищем корейского народа при обучении урокам корейского языка, обучения отношениям между мужчинами и женщинами, особенно мелиоративным пословицам, демонстрирующим женские качества.
Erkaklar va ayollar o'rtasidagi jinsiy farqlar shunchaki biologik omillardan kelib chiqmaydi. Ayol va erkak o'rtasidagi munosabatlar, ular orasidagi gender farqlari muayyan ijtimoiy-madaniy jarayonlarni, tajribalarni, ma'lum bir ijtimoiy tuzilma doirasidagi kamsitish mexanizmlarini boshdan kechirish orqali shakllanadi. Binobarin, erkaklar va ayollar o'rtasidagi gender farqlariga ijtimoiylashuv va ta'lim orqali erishiladi. Erkaklar va ayollar o'rtasidagi muammo nafaqat gender farqlari, balki gender rolining farqlanishi bilan bog'liq ijtimoiy-
madaniy omillarda ham kuzatiladi. Aslida erkak va ayol o'rtasidagi munosabatlar to'g'ridan-to'g'ri oilaviy munosabatlarga emas, balki ijtimoiylashuv bilan bog'liq oilaviy munosabatlarni tashkil etuvchi asosiy munosabatlarga bog'liq bo'ladi. Shu nuqtayi nazardan, erkak va ayol o'rtasidagi munosabatlarni, ular orasidagi gender farqlarini ta'lim vositasida o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi. Xususan, talabalarga koreys tili darslarini o'qitishda koreys xalqining bebaho xazinasi hisoblangan paremiya fondidan foydalanish, erkak va ayol munosabatlarini, ayniqsa, ayollarning fazilatlarini namoyon qilgan meliorativ maqollarni o'rgatish tilni jamiyat va madaniyat bilan uzviy bog'liqligini asoslashda yaxshi natijalar beradi.
Tarixdan ma'lumki, aksariyat jamiyatlar uzoq yillar davomida gender tengsizligini ko'rsatib, erkaklarni yuqori darajaga ko'tarib, ayollarning qadr-qimmatini kamsitib kelgan. Ibtidoiy jamiyatgacha erkak va ayol o'rtasida maqom bo'yicha ustunlik yoki pastlik borligini aytish qiyin va ular nisbatan teng bo'lgan deyish mumkin. Biroq, xususiy mulk tizimining rivojlanishi bilan erkaklar tomonidan hokimiyat tuzilmasi va iqtisodiy mavqeni shakllantirilishi tufayli ayollar ijtimoiy hokimiyat munosabatlaridan chetlashtirildi.
Koryo davrining oxiri va Choson davrining birinchi yarmidan boshlab gender kamsitishlarini institutsional ravishda kuchaytirish va ayollarni erkak-ayol munosabatlarida bostirish mexanizmi qattiqlashdi. Gender kamsitish qadimgi davrlarda mavjud bo'lsa-da, Koryo davrida Choson davri bilan solishtirganda, ayollarning maqomi tan olingan va erkaklar va ayollar o'rtasidagi munosabatlarda sezilarli erkinlik berilgani ko'rinadi. Choson davrida konfutsiycha ijtimoiy tuzum o'rnatiladi va ayollar tartibga solinadi. Shu bois hozirgi kungacha yetib kelgan ayollar haqidagi maqollarning aksariyati Choson davridan keyin Konfutsiy mafkurasi ta'sirida shakllangan.
Oila munosabatlarida ayol kishining o'rnini ko'rsatuvchi, uning fazilatlarini ifodalovchi maqollarni bir nechta guruhlarga ajratish mumkin. Biz quyida ayolning o'rnini er-xotin munosabatlarini ifodalovchi maqollar vositasida ko'rib chiqamiz.
Ma'lumki, er-xotin munosabatlari oilaviy munosabatlarning asosini tashkil qiladi. An'anaviy jamiyatda turmush qurish, oila qurish erkak va ayolning eng muhim burchi bo'lgan. Koreyada Koryo davrigacha o'g'il va qizga teng munosabatda bo'lingan noyob nikoh tizimi mavjud bo'lgan. Biroq, Choson sulolasi davrida konfutsiychilikning kirib kelishi bilan uyushtirilgan nikohlar va erta nikohlar keng tarqaldi. Bunday nikohlar nikoh tuzuvchilarning xohishiga ko'ra emas, balki ota-onalar yoki oilalarning xohishiga ko'ra amalga oshirilardi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, o'sha paytdagi nikohda erkak va ayolning yangi oilani tashkil qilish uchun birlashishi emas, balki xotinning erning oilasiga singib ketishi nazarda tutilgan. An'anaviy tushunchalarga ko'ra, xotinlar va erlar teng munosabatlarga ega emas edi. Nasl urug'i
erkak zotiga asoslangan deb hisoblanganligi sababli, oilaning asosiy o'qi erkak, ya'ni er bo'lib, xotinga esa naslni davom ettirishning yordamchi vositasi sifatidagina qaralgan.
Masalan:
Keksa xotinlar erlarini yaxshi ko'radilar
Mazkur maqolda yoshi kattaroq xotinning o'zidan yoshi kichik bo'lgan erini qadrlashi va sevishi tufayli er-xotin o'rtasidagi munosabatlar janjalsiz, yaxshi bo'lgani uqtiriladi. Bu o'tmishda erta turmush qurishning keng tarqalganligini ko'rsatadi. Erta turmush qurish - yosh yigitlarning nikoh yoshiga yetmasdan uylanishini anglatadi. O'sha davrlarda, odatda, 14 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlarning erta turmush qurish tendentsiyasi davom etdi va nikoh yoshi asta-sekin pasaydi. Nikoh yoshining pasayib borishining sababi, imkon qadar tezroq avlodga ega bo'lish orqali oila vorisligini barqarorlashtirish edi. Ko'p hollarda turmush qurayotgan ayollarning yoshi erkaklarnikidan kattaroq bo'lgan. Chunki patrilineal jamiyatda oilani davom ettirish uchun erkak muhim ahamiyatga ega edi va u nasl uzilib qolmasligini ta'minlashi uchun tez homilador bo'la oladigan yoshi kattaroq ayolga uylanishi kerak deb hisoblangan.1
Odatda, adabiyotlarda maqol quyidagicha ta'riflanadi: "Maqol - [arabcha-maqola, kichik asar; so'z, nutq] hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda, pand-nasihat mazmuniga ega bo'lgan ixcham, obrazli, tugal ma'noli va hikmatli iborali gap".2
Oila ahil bo 'lishi uchun er kar, xotin esa soqov bo 'lishi kerak
Bu maqoldan kelib chiqadigan xulosa shuki, er o'zini eshitganini eshitmaganday, xotin esa o'zini ko'rganini ko'rmagandek tutib, bir-birlari bilan sabr qilib yashasa, oilada ahillik, inoqlik bo'ladi. Mazkur maqol vositasida uydagi totuvlik va tartibni saqlay olgan nikoh, mehr-oqibatga asoslangan oilaviy hayotdan muhimroq degan g'oya ilgari surilgan.
Qadimgi koreys an'anaviy oilalarida yosh kelin ertalabdan kechgacha uy yumushlari bilan shug'ullanishi, qaynana-qaynataning xizmatini qilishi, ularga g'amxo'rlik qilishi lozim edi. Hatto yosh kelin-kuyov kunduzi bir-birlari bilan gaplasha olmasdi, ular faqat tundagina ko'rishib, gaplashish imkoniga ega bo'lishgan. Buni quyidagi maqol misolida ko'rish mumkin:
më- zW
Kunduzi boshqalarga, kechasi esa o'zingizga g'amxo'rlik qiling
2 Madvaliyev A. va boshqalar. O'zbek tili izohli lug'ati. 5 jildli. - Toshkent: O'zbekiston, - 2021. 1, b. 315. SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 227
An'anaviy koreys jamiyatida erkaklar va ayollar o'zlarining rollariga ko'ra "tashqi" va "ichki" rollarga bo'lingan. Hatto "tashqi" va "ichki" rollar xususida qat'i qoidalar ham belgilab qo'yilgandi. Jumladan, "uy qurishda ichki va tashqi qismlar ajratilib, tashqarida erkaklar, ichkarida ayollar yashardi, eshiklar ham qattiq himoyalangandi. Erkaklar ziyofatga ruxsatsiz kirishmasdi, ayollar esa tashqariga chiqmasdilar. Ayollarning tashqi faoliyati qat'iyan man etilgandi. "Tashqi" va "ichki" rollardagi tafovutlar ma'lum maqollarda ham o'z aksini topganini ko'rish mumkin:
ofLpf- Hm tygoiqié
Xotini aqlli bo 'Isa ham, tashqi ishlarga aralashmaslikni aytdi
oLLpf- tyjn,
Xotin uyda, er uydan tashqarida hamjihatlikni saqlaydi
Maqollardan ko'rinadiki, agar xotin eridan aqlliroq bo'lsa, shuningdek, u masla hat bera olsa ham tashqi ishlarga bevosita aralashmasligi kerak. Shuningdek, oiladagi, uydagi ahillik xotinning o'ziga bog'liqdir.
Koreys maqollarining ayrimlari bevosita ayollarning fazilatlari bilan bog'liq bo'lib, ularda ayolning uy ishlarida tirishqoq, chaqqon va tejamkor bo'lishi bayon etiladi. Ushbu maqollarda xotin-qizlar uchun uy-ro'zg'origa yaxshi g'amxo'rlik qilish fazilat hisoblanganini ko'rish mumkin. Misollarga e'tibor qarating:
Mehnatsevarlik va tejamkorlik xotinning fazilatidir
sto TTUT'-r
Bu qozon qopqog'i mashina haydovchisidir
oLLé- ¥m¿i ^
Xotinni oshxonadan, erni esa yozuv xonasidan ol deyishadi
ugg oLLé ÉOz/cf
Er chelak, xotin esa qozon.
Yuqoridagi maqollar an'anaviy jamiyatlarda xotinlarning oilalarda o'ziga bo'ysunuvchi mavqeda bo'lganligini va barcha uy yumushlari ayollar zimmasida bo'lganini ko'rish mumkin.
An'anaviy koreys jamiyatida ayollarning donoligini e'tirof etuvchi quyidagi maqollarni ham uchratish mumkin.
oLL$ w^O
Xotiningizning gaplarini tinglashingiz kerak
ЛЯ ШШ Ш ЕШЛ ЛЯ ШШ & ШУ
Qiz bolani diqqat bilan eshitsang boshqalarni o'g'riga aylantirasan, qizni eshitmasang oilani sharmanda qilasan.
Yuqorida qayd etilgan birinchi maqolda maqol ayolning aytganlarini diqqat bilan o'ylab ko'r, so'ziga quloq tut deyilyapti. Ikkinchi maqolda esa ayolingizning gapiga ishonib, uning gaplarini qanday bo'lsa shunday bajarsangiz xato qilishingiz mumkin. Shuning uchun uning gapini ham inobatga olib o'zingiz ham fikr qo'shib ishni hal qilsangiz to'g'ri bo'ladi degan ma'no ifodalangan. Ko'rilgan maqollarning qiziq jihati shundaki, ularda er xotinining maslahatini hurmat qilishi kerak, lekin uni so'zsiz qabul qilmasligi kerak degan talqin mavjud. Umuman, konfutsiychilik ijtimoiy muhitida ham erning haqiqiy oilaviy hayotida xotinini qadrlashi muhim shartlardan biri hisoblangan.
Zikr qilingan maqollar bilan birga, xotinning sevgisini va uning ahamiyatini namoyon qilivchi maqollarni ham kuzatish mumkin. Masalan:
Xotiningiz yoqimli bo'lsa, siz xotiningizning uyidagi temir ustuniga ham ta'zim qilasiz
Bu o'rinda agar xotin yoqimli bo'lsa, nafaqat qaynona va uning oila a'zolari, balki qaynona uyining hayvonlari va buyumlari ham yoqimli tuyuladi degan ma'no anglashiladi. Ya'ni xotinga bo'lgan muhabbat xotin va sevgi qaynona-qaynota, oila a'zolari va xotin bilan bog'liq bo'lgan hamma narsaga tegishlidir.
Yoki:
Xotiningizyoqimtoy bo'lsa, itga bo'tqa bersa ham mazali bo'ladi
Maqoldan ko'rinadiki, xotin pazanda bo'lmasa ham, uning qo'li bemaza bo'lsa ham muhimi u yoqimtoydir. Ya'ni xotin "agar yoqimli bo'lsa" shartidan kelib chiqib, ayollar uchun eng muhim fazilat sanalgan pazandalikning ham muhim emasligiga urg'u berilmoqda. Ushbu maqolda "yoqimli" so'zi "sevimli" ma'nosini anglatadi, ammo uni "itoatkor" ma'nosida ham talqin qilish mumkin.
Qadimgi koreys jamiyatida "yaxshi xotin" tushunchasi uy ishlarini oqilona, aql bilan boshqaradigan va ota-onasiga yaxshi g'amxo'rlik qiladigan kishini anglatgan. Boshqacha qilib aytganda, ayollarning "mas'uliyati" asosan uy ishlari bilan chegaralangan. Oilaning yuksalishi va qulashi nafaqat erkakka, balki xotin kishiga ham bog'liq bo'lgan. Shu bois xotin-qizlarning odob-axloqini shakllantirishga, ularning o'z xatti-harakatlarini nazorat qilishlariga katta
ahamiyat berilgan. Binobarin, xotinning shaxsiyati oiladagi uyg'unlikka sezilarli darajada ta'sir ko'rsatgan. Bunday yondashuvlar natijasida xotin erining xulq-atvoriga sezilarli ta'sir ko'rsatishi, turmush o'rtog'i qanday turmush o'rtog'i bilan uchrashishiga qarab o'zgarishi mumkinligini ko'rsatadigan maqollar ham shakllanganini kuzatish mumkin:
°tLHw ш шчь ч в чос
Yaxshi xotinni uchratish eng katta ne 'matdir
ытн зяо/ шь omît ош?/ то/ц
Erning tashvishi yo'qligining sababi xotinning xushmuomalaligidadir
ОЯ oLLPt ЫШВ Wo/ Q ÄHTjnf
Agar erning xotini mehribon bo'lsa, hech qanday muammo bo'lmaydi
0Щ°/ Wé'o/ gg ШШО ШОЯС
Xotinningxulq-atvoriyaxshi bo'lsa, erningyuzi keng (yorug')bo'ladi.1 Umuman, Koreyada Koryo davrining oxiri va Choson davrining birinchi yarmidan boshlab gender kamsitishlarini institutsional ravishda kuchaytirish va ayollarni erkak-ayol munosabatlarida bostirish mexanizmi qattiqlashdi. Gender kamsitish qadimgi davrlarda mavjud bo'lsa-da, Koryo davrida Choson davri bilan solishtirganda, ayollarning maqomi tan olingan va erkaklar va ayollar o'rtasidagi munosabatlarda sezilarli erkinlik berilgani ko'rinadi. Choson davridagi konfutsiycha ijtimoiy tuzum ta'sirida shakllangan ayollar haqidagi aksariyat maqollar bugungi kunda ham koreys madaniyatida qo'llanilmoqda. Ular orasida erkak va ayol munosabatlarini, ayniqsa, ayollarning fazilatlarini namoyon qiladigan meliorativ maqollar ham talaygina. Mazkur maqollardan koreys tili darslarini o'qitishda foydalanish talabalarning koreys tilidagi lug'at bazasini boyitish bilan birga, ularning koreys madaniyati, shuningdek, Koreya tarixi haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Madvaliyev A. va boshqalar. O'zbek tili izohli lug'ati. 5 jildli. - Toshkent: O'zbekiston, - 2021.
2. "ЙЧ РЦ ^^Ош^Д^ QQ E^", 2022,
^ЛЬ ^Л2|ЧОЧ^Д ШУЧ^Е 12~31Щ
3. ^2^(1990), , 60 Щ
1 "ЙЧ РЦ ЙЧО£4Д^ 2022,
ШУЧ^, 12~31Щ
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 230