Научная статья на тему 'KOREYS TILINI O‘QITISHDA “SALOMLASHISH” VAZIYATIGA TA’SIR ETUVCHI GENDER OMILLARI'

KOREYS TILINI O‘QITISHDA “SALOMLASHISH” VAZIYATIGA TA’SIR ETUVCHI GENDER OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
8
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
muloqot / gender omil / koreys jamiyati / iyerarxiya / xushmuomalalik / madaniyat / ijtimoiy mavqe. / общение / гендерный фактор / корейское общество / иерархия / вежливость / культура / социальный статус.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Gulchexra Alisherovna Yusupova

Dunyodagi barcha xalqlarning o‘zaro muloqotga kirishishida birinchi qadam salom berish va alik olishdan boshlanadi. Salomlashishning asosiy maqsadi – muloqotga kirishishdan oldin insonlar o‘rtasida ishonchni yuzaga chiqarish, dastlabki noto‘g‘ri tasavvurlarni bartaraf etish, suhbat rishtalarini o‘rnatishdan iboratdir. Salom birovni uchratganda, kimgadir yaqinlashganda aytiladigan, xushmuomalalikni ifodalaydigan so‘zdir. Ushbu maqolada koreys tilini o‘qitishda “Salomlashish” vaziyatiga ta’sir etuvchi gender omillarni ochib berish orqali til va madaniyat, til va tafakkur munosabatini rivojlantirishda qo‘llaniladigan ifodalar tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENDER FACTORS AFFECTING THE "GREETING" SITUATION IN KOREAN LANGUAGE TEACHING

Первый шаг во взаимодействии всех народов мира начинается с приветствия и приветствия. Основная цель приветствия – создать доверие между людьми, устранить первоначальные заблуждения и установить разговорные связи перед началом разговора. Привет – это вежливое слово, которое говорят при встрече с кем-то или при приближении к кому-то. В данной статье анализируются выражения, используемые в развитии языка и культуры, взаимоотношения языка и мышления, путем выявления гендерных факторов, влияющих на ситуацию «Приветствие» в обучении корейскому языку.

Текст научной работы на тему «KOREYS TILINI O‘QITISHDA “SALOMLASHISH” VAZIYATIGA TA’SIR ETUVCHI GENDER OMILLARI»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-35-267-273

Pages: 267-273

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

KOREYS TILINI O'QITISHDA "SALOMLASHISH" VAZIYATIGA TA'SIR

ETUVCHI GENDER OMILLARI

Gulchexra Alisherovna Yusupova

tayanch doktorant Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston E-mail: uzsejonguli@,gmail.com

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: muloqot, Annotatsiya: Dunyodagi barcha xalqlarning o'zaro

gender omil, koreys jamiyati, muloqotga kirishishida birinchi qadam salom berish va alik iyerarxiya, xushmuomalalik, olishdan boshlanadi. Salomlashishning asosiy maqsadi -madaniyat, ijtimoiy mavqe. muloqotga kirishishdan oldin insonlar o'rtasida ishonchni

yuzaga chiqarish, dastlabki noto'g'ri tasavvurlarni bartaraf etish, suhbat rishtalarini o'rnatishdan iboratdir. Salom birovni uchratganda, kimgadir yaqinlashganda aytiladigan, xushmuomalalikni ifodalaydigan so'zdir. Ushbu maqolada koreys tilini o'qitishda "Salomlashish" vaziyatiga ta'sir etuvchi gender omillarni ochib berish orqali til va madaniyat, til va tafakkur munosabatini rivojlantirishda qo'llaniladigan _ifodalar tahlilga tortilgan._

GENDER FACTORS AFFECTING THE "GREETING" SITUATION IN KOREAN

LANGUAGE TEACHING

Gulchekhra Alisherovna Yusupova

doctoral student Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan E-mail: uzsejonguli@,gmail.com

_ABOUT ATRICLE_

Key words: Abstract: The first step in the interaction of all peoples

communication, gender factor, of the world begins with greeting. The main purpose of a Korean society, hierarchy, greeting is to build trust between people, clear up initial politeness, culture, social status. misconceptions, and establish conversational connections

before starting a conversation. A greeting is a polite word _that is said when meeting someone or when approaching

someone. This article analyzes expressions used in the development of language and culture, the relationship between language and thinking, by identifying gender factors that influence the situation of "Greeting" in teaching the Korean language._

ГЕНДЕРНЫЕ ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА СИТУАЦИЮ «ПРИВЕТСТВИЯ» В ПРЕПОДАВАНИИ КОРЕЙСКОГО ЯЗЫКА

Гульчехра Алишеровна Юсупова

докторант

Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан E-mail: HzsejongHli@gmail.com

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Аннотация: Первый шаг во взаимодействии всех

общение, гендерный фактор, народов мира начинается с приветствия. Основная цель корейское общество, приветствия - создать доверие между людьми, устранить

иерархия, вежливость, первоначальные заблуждения и установить разговорные

культура, социальный статус. связи перед началом разговора. Приветствие - это

вежливое слово, которое говорят при встрече с кем-то или при приближении к кому-то. В данной статье анализируются выражения, используемые в развитии языка и культуры, взаимоотношения языка и мышления, путем выявления гендерных факторов, влияющих на _ситуацию «Приветствие» в обучении корейскому языку.

Kirish

Ayol va erkak o'rtasidagi tafovut insoniyat paydo bo'lganidan boshlangan bo'lib, bu tafovut dastlab ularning bajaradigan yumushlarida ko'zga tashlanadi. Keyinchalik kishilik jamiyatining taraqqiy etishi natijasida ayol va erkakning xulq-atvorida, kiyinishida, yurish-turishida, shuningdek, so'zlashida ham farqli jihatlar ajrala borgan [6, b.58-59].

Kuzatishlardan aniqlanishicha, erkaklar va ayollar nutqida biologik va psixologik jihatdan qarama-qarshilik yaqqol ko'zga tashlanadi. Biolog olimlarning ta'kidlashicha, qizchalarning tili o'g'il bolalarga nisbatan ancha tez chiqar ekan. Ular dastlab turli tovushlarni talaffuz etib, shu asosda so'zlarni, jumlalarni talaffuz qila boshlar, o'g'il bolalar esa butun-butun tayyor jumlalarni talaffuz qilar ekanlar. 8 yoshga qadar qizchalar o'g'il bolalarga qaraganda sezilarli darajada me'yordagi nutqqa ega bo'ladilar [7, b.100].

Asosiy qism

Koreys va o'zbek nutqiy muomalasida salomlashish va ko'rishishda gender farqlanishlar kuzatiladi. Chunonchi, tilshunos olima Sh.Iskandarova o'zbek ayol va erkak kommunikantlarning nutqidagi fonetik o'ziga xosliklarni shunday ifodalaydi: "Xotin-qizlar nutqidagi fonetik o'ziga xoslik nutqiy odatning turli vaziyatlarida aniq yuzaga chiqadi. Erkak

kishining ovozi yo'g'on, kuchli, biroz dag'allik aralashgan bo'ladi. Talaffuzda ayol erkakdan ovoz tembri, pauzalarning xarakteri, nutq tempi bilan farqlanadi. Ayollar ancha mayin, ingichka ovozda, urg'uni yanada cho'zib so'zlaydilar" [5, b.88]. Shunga o'xshash fikr tilshunos Mo Yi (i °1) tomonidan ham qayd etilganini ko'rish mumkin: "Ohang (intonatsiya)ning ko'tarilishi so'roq gaplarni qo'llash bilan chambarchas bog'liq. Biroq, ohangning ko'tarilishi aksar tillardagi ayollar nutqida, hatto so'roq gaplardan tashqari holatlarda ham tez-tez qo'llaniladigan hodisadir. Erkaklar bilan solishtirganda, koreys ayollarining ohangi kuchli va gapirish toni keng ko'lamlidir. Ko'tarilgan ohang yoqimli, jonli yoki do'stona tasvirni berishi mumkinligi bois, koreys ayollarining nutqida so'roq, darak, istak va buyruq gaplarda ko'tarilgan ohangdan keng foydalaniladi" [11, b.55]. Binobarin, nazokat uslubining [-eoyo] shaklidan

foydalanganda erkaklarning gaplari qisqa va keskin pasayuvchi ohang bilan tugaydi, ayollarniki esa ancha uzun, sekin va ohangning ko'tarilishi bilan yakunlanadi [15, b.67-78]. Qiyoslang:

il^^^^^?/ 0 [nam: annyeonghasimnikka?/ annyeonghaseyo. 0]

[yeo: annyeonghaseyo~? Q ] Erkak: Assalomu alaykum. /Salom./Yaxshimisiz? 0 Ayol: Salom./Yaxshimisiz? Q

Yuqoridagi misoldan ko'rinadiki, odatda, "Salomlashish" vaziyatida koreys erkaklari pasayuvchi ohangda, ayollar esa ko'tarilgan ohangda so'rashishadi.

Aksariyat tadqiqotchilarning ishlarida koreys tilida hurmat uslublarining nihoyatda rivojlanganligi va bu uslubdan foydalanishda koreys erkak va ayollarining nutqida gender farqlarining kuzatilishi mumkinligi qayd etilgan: "Yuqori hurmat uslubi ko'pincha rasmiy uslub qo'shimchasi [-seumnida] va nazokat uslubi qo'shimchasi [-yo] bilan

ifodalanadi. Odatda, erkaklar rasmiy hurmat uslubidan, ayollar esa norasmiy hurmat uslubidan foydalanadilar".

Koreys va o'zbek nutqiy etiketining "Salomlashish" vaziyatida ayollar nutqida nazokat, muloyimlik belgilari kuzatilishi bilan birga, ular emotsional-ekspressiv birliklarga, qo'shimcha ma'no ifodalovchi vositalarga boyligi bilan ham erkaklar nutqidan ajralib turadi. Masalan, koreys xotin-qizlari nutqida aksar hollarda ô} [a] va ^ [oe] undovlari qo'llanadi. U o'zbek tilidagi "voy" undoviga muqobil bo'ladi. Qiyoslang:

"Ô, ^^HIA." [14, b.317]. ["A, annyeonghaseyo."

Gyeonghiga andohan useumeul jieotda.]

- "Voy, assalomu alaykum!", - dedi Kyonxiyengilnafas olib va kulib qo 'yib. O'zbek ayollarining nutqida "voy" undovi juda faol qo'llanadi:

Ichkaridan avval karavotning g 'irchilagani, keyin oyoq dupurlari eshitildi. Sal o 'tib, yo 'lak boshida kelini ko 'rindi.

- Voy, assalomu alaykum, oyijon - dedi u qo 'lidagi ro 'molini shoshgancha boshiga o 'rarkan [2, b.8].

Shuni alohida ta'kidlash joizki, bugungi kunda koreys ayollari nutqida sermahsul qo'llaniladigan ô} [a] v ^ [oe] undovlari "Salomlashish" vaziyatida erkaklar tomonidan ham ishlatilishi mumkin. Misollarni qiyoslang:

^^HIA!" ["Eo, annyeonghaseyo!"]

[13, b.29]. [Machim jinagadeon yeopjip iusi useumyeo soneul heundeureotda. gyeouldo yeuisang miso jieumyeo kkubeok gogaereul sugyeotda.]

- Iye, salom!

Shunchaki o'tib ketayotgan qo'shnisi jilmayib, qo'l silkitdi. Kyoul muloyim jilmayib, boshini egdi.

Bu o'rindagi salomlashishda ^ [oe] undovi erkak kommunikanti tomonidan qo'llangani uchun uni o'zbek tilida "iye" undovi bilan ifodalash maqsadga muvofiq. Garchi, erkaklar nutqining Toshkent shevasida "voy" undovining ishlatilishi tez-tez uchrab tursa-da, o'zbek nutq odobida mazkur qo'shimcha ma'no ifodalovchi vositaning erkaklar tomonidan qo'llanilishi unchalik xushlanilmaydi.

O'zbeklarda ham erkak va ayollar salomlashish va ko'rishishlarida bir qator farqlar mavjud. Tilshunos X. Doniyorovning fikricha, buning bir jihati musulmon xalqlarining muqaddas kitobi bo'lgan Qur'on ayollarning erkaklar bilan to'liq shaklda salomlashishga ruxsat etmaganligiga borib taqaladi. Shu sababdan Samarqand shahri atrofidagi ayollar erkaklarga umumiy salomlashishning qisqargan shaklida "assalom" deb salom bergan. Xuddi shu sababga ko'ra qipchoq dialektlarining vakillari bo'lgan ayollar erkaklar bilan "keling" deb salomlashgan. Hozir salomlashishning bu formasi ayol tomonidangina emas, erkaklar tomonidan ham tez-tez ishlatiladi [3, 111-112].

Aytilgan fikrlarni quyidagi misollar tahlilida ko'rib chiqamiz:

Kompyuter kolonkasidan Sarvarning ovozi keladi. Kompter aloqasiga xos, aks-sadoli, sal sun'iy ovoz.

SARVAR (kadr ortidan): - Salom, Dilorom, meni eshityapsizmi?

QO'SHNI DILOROM: - Voy, assalom! Ha, eshityapman [18, b.146].

Darhaqiqat, mazkur misolda birinchidan, ayol kommunikant Dilorom erkak kommunikant Sarvarning salomiga "assalom" deb javob qaytaryapti. Ikkinchidan, Diloromning nutqida o'zbek SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 270

xotin-qizlari nutqida nihoyatda faol "voy" undovi qo'llanilyapti. Demak, bu o'rinda o'zbek ayollarining o'ziga xos salomlashish tarzi va erkaklar nutqidan farqli ravishda emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi vosita namoyon bo'lgan.

- Keling, Oqibatposhsha, - ochiq chehra bilan kutib oldi Qadimaxon. - Esonmisiz, uy ichlaringiz bilan tinchmisiz? Hayallatib qo'ymadimmi, ishqilib? [4, b.3]

Keltirilgan bu misolda ayollar nutqiga xos bo'lgan salomlashishning "keling" hamda "esonmisiz" shakllarini ko'rish mumkin. Odatda, o'zbek muloqotida xotin-qizlar "Eson-omonmisiz?", erkaklar esa "Salomatmisiz?", "Bardammisiz?" deb ko'rishishadi.

Ayollarning erkaklar bilan turli qisqargan shakllar orqali salomlashish holatini ham ko'plab kuzatish mumkin. Jumladan, shahar joylarda yosh yoki o'rta yoshdagi erkak adresantlar o'zlari bilan teng yoki kichik notanish ayol adresatlarga "Assalomu alaykum", - deya murojaat etsalar, ular "va alaykum assalom" deyish o'rniga "...alaykum assalom", "...alaykum..." yoki "yaxshimisiz" deyishlari mumkin [8, b.179]. Masalan:

SALIMA OPA: - Vaalaykum! Voy, assalom, O'tkir... Yaxshimisiz? Hoy, Akmal aka, qarang! Muncha ko 'tarinibyuribsizlar, Jumagul, menga ber [1, b.46].

Er-xotin orasidagi "Salomlashish" vaziyatida gender farqlarini ko'zga tashlanishidagi muhim belgi bu - murojaat shakllaridir. Jumladan, xotinning erga otasi, dadasi, adasi, buvasi va h.k., erning esa xotinga onasi, oyisi, ayasi, momosi yoki ayolining ismi bilan xitob qilish hollari kuzatiladi. "Nutqiy odat uchun tegishli vazifalarning xususiyatlarini aniq aks ettirish murojaat shakllari vositasida amalga oshadi. Murojaat shakllarining vazifasi ko'p qirralidir"[5, b.56]. Chunonchi, "Salomlashish" vaziyatidagi quyidagi murojaat shakliga e'tibor qaratamiz:

Qodirboy to'g'ri ichkari hovliga o'tib, ayvonda ko'rpa-to'shak qilib yotgan yoshgina, ozg'in, rangsiz xotinidan hol so 'radi:

- Qalay? Yaxshimisan, Umri?

- Shukur [11, b. 4].

Bu misolda er xotinidan Qalay? Yaxshimisan? deb ko'ngil so'rab, mehribonlik qilish bilan muloqotni kerakli tarzda davom ettirishga harakat qilyapti. Ayoliga uning ismi bilan, ya'ni Umri? deb murojaat qilish orqali esa er-xotin o'rtasidagi kontaktni boshlash - fatik, xitob -appelyativ, adresatga ijobiy ta'sir o'tkazish - impertiv funksiyalarni bajaryapti.

"Salomlashish" vaziyatida erkak va ayol kommunikantlarning verbal vositalar bilan birga, noverbal vositalarni qo'llashlarida ham o'ziga xos farqli jihatlar namoyon bo'ladi. Jumladan, "Salomlashish" vaziyatida o'zbek ayol kommunikantlari ikkala qo'l ko'ksda, o'ng qo'lni yurak ustiga qo'yish, ikki yuzidan o'pish, o'ng yelkasiga qoqish, quchoqlashish singari noverbal vositalarni qo'llab ko'rishishsalar, o'zbek erkak kommunikantlari ikkala qo'lni kindik ustida

qovushtirib, qo'l qovushtirib to'xtagan holda ikki bukilib, ikkala qo'l qorinda, ikkala qo'l ko'ksda, qo'l olishib, peshona o'pib hamda quchoqlashib so'rashishadi.

Koreys va o'zbek an'analaridagi turli marosimlar chog'ida ham erkak va ayollarning verbal va noverbal so'rashishlarida gender differensiyasi ko'zga tashlanadi. Jumladan, o'zbeklarda "ta'ziyaning ertasi va undan keyingi kunlarda yaqin kishisidan ayrilgan xonadon egalariga hamdardlik bildirib, fotiha o'qigani borilgan paytda erkak va ayollarning salomlashish va ko'rishishlarida, ayniqsa, katta farq seziladi. Ya'ni, ayollar hovli ichkarisiga bir-birlari bilan ovoz chiqarib yig'lab ko'rishishsalar, erkaklar fotihaga keluvchilarni darvoza yoki eshik oldida keluvchilar yoshi va miqdoridan qat'i nazar, o'rinlaridan turib, qo'l qovushtirib "keling", "kelinglar" deb odob bilan kutib oladilar. Fotiha o'qib ketayotganlarida ham shu tarzda kuzatib, "rahmat", "xush ko'rdik" deya qisqa-qisqa minnatdorchilik izhor etadilar" [8, b.179].

"Odatda, erkaklar mahalla ahllari, masjid qavmlari bilan birgalikda ko'pchilik bo'lib kirib keladilar. Ularga imomlar, ahli ilmlar, hurmatli qariyalar yo'lboshchilik qiladilar. Katta jamoatni boshlab kelayotgan kishilar juda ziyrak va hushyor kishilar bo'ladilar. Ular bunday katta yig'inlarda so'rashish va salomlashish odobini juda yaxshi o'zlashtirgan bo'lib, agar o'zlari kutib oluvchilar bilan qo'l berib so'rashib qo'ysalar, orqadagilar ham beixtiyor shunday qilishlari, oqibatda keluvchi va ketuvchilar mahtal bo'lib qolishlarini tajribadan biladilar. Shuning uchun o'ng qo'lni ko'krakka qo'yib masofada turib ko'z bilan so'rashishni ma'qul ko'radilar" [9, b.5].

Salomlashishning gender xoslanishi, ayniqsa, nikoh to'yidagi kelin salomda yaqqol namoyon bo'ladi. Binobarin, "Kelin salom" - o'z nomi bilan faqat qizlarga xos salomlashishning bir ko'rinishi bo'lib, kelin salomni qiz tomondan kelgan kelinning dugonalari aytadi, kelin egilib salom berib turadi. Kelin salom turkiy va boshqa xalqlarda turli shakllarda uchraydi [10, b.291].

Koreys an'analarida esa o'zbek urf-odatlaridan farqli o'laroq, nikoh to'yida kelin ham, kuyov ham salom beradilar.

Xulosa qilib aytganda, koreys va o'zbek nutqiy etiketida "Salomlashish" vaziyati bilan bog'liq bir qator gender farqlanishlar kuzatiladi. Avvalo, har ikkala madaniyatda ham erkak va ayollarning nutqida fonetik o'ziga xoslik ko'zga tashlanadi. Binobarin, erkak kishining ovozi yo'g'on, kuchli, biroz dag'allik aralashgan, ayollarniki esa ancha mayin, ingichka, urg'uni cho'zib so'zlashi bilan xarakterlanadi. "Salomlashish" vaziyatida odatda, erkaklar pasayuvchi ohangda, ayollar esa ko'tarilgan ohangda so'rashishadi. Bu xususiyat ayniqsa, koreys ayollarining nutqida yaqqol namoyon bo'ladi. Shuningdek, ayollar nutqida belgilangan talaffuz me'yorini aksar hollarda buzilishi, so'zlarning qisqarishi kuzatiladi.

Koreys va o'zbek nutqiy etiketining "Salomlashish" vaziyatida erkaklarning so'rashishi qisqa, ayollarniki esa ancha uzun, dialogga boyligi bilan ajralib turadi. Koreys erkak va

ayollarining nutqida hurmat uslubidan foydalanishda ham gender farqlari kuzatiladi. Odatda, erkaklar rasmiy hurmat uslubidan, ayollar esa norasmiy hurmat uslubidan foydalanadilar.

Har ikkala tilda ham ayollar nutqida nazokat, muloyimlik belgilari kuzatilishi bilan birga, ular emotsional-ekspressiv birliklarga, qo'shimcha ma'no ifodalovchi vositalarga boyligi bilan erkaklar nutqidan farqlanadi. Koreys xotin-qizlari nutqida ko'pincha ô} [a] va Ч [oe], o'zbek xotin-qizlari nutqida esa "voy" undovi sermahsul qo'llaniladi. Shuningdek, koreys erkaklarining nutqida vaziyatga ko'ra, Ô [a] va Ч [oe] undovlarining ishlatilishi kuzatiladi.

"Salomlashish" vaziyatida erkak va ayol kommunikantlarning noverbal vositalarni qo'llashlarida, shuningdek, koreys va o'zbek an'analaridagi turli marosimlar chog'ida ham erkak va ayollarning verbal va noverbal so'rashishlarida gender differensiyasi ko'zga tashlanadi. Nikoh to'yida o'zbeklarda faqat kelin salom bersa, koreys to'ylarida kelin-kuyovning har ikkalasi salom beradi.

Adabiyotlar

1. A'zam A. O'zi uylanmagan sovchi. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.

2. Bekmuradova I. Hayitlik. https://www.samdu.uz/cy/news/18413

3. Doniyorov X. Qipchoq dialektlarining leksikasi. - Toshkent: Fan, 1979.

4. G'afurov O. Ayol ori. «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasining 2013 yil, 36-soni.

5. Iskandarova Sh.M. O'zbek nutq odatining muloqot shakllari: Filol.fan. nomz. ... diss. -Samarqand, 1993.

6. Kaxarov Q. O'zbek va nemis nutqiy etiketlarining qiyosiy tadqiqi: Filol. fan. bo'yicha falsafa d-ri (PhD) ... diss. - Farg'ona, 2020.

7. Колесов В. В. Язык города. - М.: Высшая школа, 1991.

8. Mo'minov S. O'zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari: Filol. fan. dokt. ... diss. - Toshkent, 2000.

9. Nurullaxon hoji Abdullaxon o'g'li. Ta'ziya odoblari // O'zbekiston adabiyoti va san'ati, 1993, 12 mart.

10. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. - Toshkent: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti. "K" harfi.

11. Qodiriy H. Eski Toshkantda. https://shosh.uz/habibullo-qodiriy-eski-toshkantda-qissa/

12. . ^ ^^ ^^Ч^^

■^И^ад. 2015.

13. . A^: oj^, 2022.

14. oj^, 1. 2022.

15. ■ ЧЩ Ч^Ч. ■ Ч^^Ч^" ^M^. 1993. SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 273

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.