Научная статья на тему 'OILA BILAN BOG‘LIQ TURK MAQOLLARIDA “AYOL” OBRAZINING KONSEPTUALLASHUVI'

OILA BILAN BOG‘LIQ TURK MAQOLLARIDA “AYOL” OBRAZINING KONSEPTUALLASHUVI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
122
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqol / ayol / metafora / konsept / lingvomadaniyatshunoslik. / proverb / woman / metaphor / concept / cultural linguistics

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Altinboyev Nuriddin

Mazkur maqolada turk maqollarida ayol obrazining metaforik va qadriyatga asoslangan (baholovchi) komponentlari tahlil qilinadi. Turk xalqining lisoniy manzarasida ayol obrazi qanday metaforalar orqali ifodalanishi va ayolga nisbatan qanday ko‘rsatkichlar yordamida ijobiy-salbiy baholar berilishi maqolada o‘z aksini topadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONCEPTUALISATION OF THE IMAGE OF “WOMAN” IN TURKISH PROVERBS RELATED TO THE FAMILY

This article analyzes the metaphorical and value-based (evaluative) components of the female image in Turkish proverbs. The image of a woman is expressed through metaphors in the linguistic world view of the Turkish people and some indicators are used to give positive and negative evaluations of women in the article.

Текст научной работы на тему «OILA BILAN BOG‘LIQ TURK MAQOLLARIDA “AYOL” OBRAZINING KONSEPTUALLASHUVI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

OILA BILAN BOG'LIQ TURK MAQOLLARIDA "AYOL" OBRAZINING

KONSEPTUALLASHUVI

Mazkur maqolada turk maqollarida ayol obrazining metaforik va qadriyatga asoslangan (baholovchi) komponentlari tahlil qilinadi. Turk xalqining lisoniy manzarasida ayol obrazi qanday metaforalar orqali ifodalanishi va ayolga nisbatan qanday ko'rsatkichlar yordamida ijobiy-salbiy baholar berilishi maqolada o'z aksini topadi.

Kalit so'zlar: maqol, ayol, metafora, konsept, lingvomadaniyatshunoslik.

CONCEPTUALISATION OF THE IMAGE OF "WOMAN" IN TURKISH PROVERBS RELATED TO THE FAMILY

This article analyzes the metaphorical and value-based (evaluative) components of the female image in Turkish proverbs. The image of a woman is expressed through metaphors in the linguistic world view of the Turkish people and some indicators are used to give positive and negative evaluations of women in the article.

Keywords: proverb, woman, metaphor, concept, cultural linguistics

КОНЦЕПТУАЛИЗАЦИЯ ОБРАЗА «ЖЕНЩИНА» В ТУРЕЦКИХ ПОСЛОВИЦАХ СВЯЗАННЫХ С СЕМЬЕЙ

Нуриддин Алтинбоев

Докторант ТашГУВ nuriddinaltinbaev@gmail.com

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются метафорические и ценностные (оценочные) компоненты образа женщины в турецких пословицах. В статье отражено, как образ женщины выражается через метафоры в языковом

Nuriddin Altinboyev

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti nuriddmaltmbaev@gmail .com

ANNOTATSIYA

Nuriddin Altinboyev

Doctoral (PhD) student of TSUOS nuriddinaltinbaev@gmail .com

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

картине турецкого народа и какие показатели используются для положительных и отрицательных оценок женщин.

Ключевые слова: пословица, женщина, метафора, концепт, лингвокультурология.

KIRISH

Til va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlik masalalarini o'rganish XVIII asrning oxirlariga borib taqaladi. Tilshunos olimlardan Vilhelm fon Humbold (1767-1835), Franz Boas (1858-1942) va Benjamin Uorf (1897-1941) til, tushuncha va madaniyat masalalari xususida to'xtalganlar. Biroq til va madaniyat munosabatlarini birgalikda tadqiq qiluvchi fanlar ichidagi qo'shma fan (lingvomadaniyatshunoslik) to'laligicha rivojlanmagan. Bu soha rus tilshunoslik maktabining mahsuli hisoblanadi. Mazkur tushuncha asosida XX asrning oxirgi choragida mustaqil fan sifatida paydo bo'lgan lingvomadaniyatshunoslik V.Teliya boshchiligidagi iboralar maktabi tadqiqotlari asosida Yu.Stepanov, N.Arutyunova, V. Vorobev, V. Shaklein, V. Maslova kabi izlanuvchilarning ishlari bilan bog'liq ravishda rivojlandi[1]. V.Maslova xalqning o'tmish asrlarga oid qarashlari tildagi maqollarda, frazeologik birliklarda, metaforalarda va madaniy ramzlarda hozirgi kunga qadar saqlanib qolganligini bayon qilib, mazkur fanning tadqiqot doirasini quyidagicha izohlaydi: "Lingvomadaniyatshunoslik, asosan, afsonalar, urf-odatlar, an'analar, marosimlar, madaniyat ramzlari va boshqalarni o'rganadi. Ushbu tushunchalar madaniyatga tegishli bo'lib, ular kundalik va marosimlardagi aloqa-munosabatlar shaklida tilda mustahkamlanadi. Ularni kuzatish mazkur tadqiqot uchun material bo'lib xizmat qiladi"[2]. Qadriyatlar va stereotiplar uzoq vaqt davomida iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatni tartibga soluvchi majoziy ifodalarda, ya'ni maqol va matallarda o'z aksini topadi.

Lingvomadaniyatshunoslik termini tilshunoslar tomonidan turlicha atalgan. Masalan, Palmer "Cultural linguistics" (madaniy tilshunoslik) deb atagan bo'lsa, Underhill, Yevropada til va madaniyat munosabatlarini tadqiq qiluvchi soha sifatida, "ethnolinguistics" (etnolingvistika) terminini qo'llaydi. Professor Farzad Sharifian ham mazkur yangi soha uchun o'zining barcha ilmiy ishlarida "cultural linguistics" terminini qo'llaydi [3]. Zamonaviy turk tilshunosligida mazkur soha hozircha yetarli darajada o'rganilmagan, bu yo'nalishda tadqiqotlar soni barmoq bilan sanarli darajada ozchilikni tashkil qiladi. Bu borada amalga oshirilgan dastlabki ish Olena Kozan to'plagan va muharrirlik qilgan "Kultmdilbilim: Temel Kavramlar ve Sorunlar" (Lingvomadaniyatshunoslik: Asosiy tushunchalar va muammolar) tarjima kitobi bo'lib, mazkur to'plam Olena Kozanga oid Kulturdilbilm nedir?

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

(Lingvomadaniyatshunoslik nima?) nomli kirish so'zi o'midagi maqolasi va yigirma to'rtta sohaga oid rus tilidagi maqolalarning tarjimasidan iborat[4]. Mazkur kitob Turkiyaning G'oziy universiteti doktorantlari tomonidan tayyorlanib turk tilshunosligiga armug'on qilindi. Kitobning ahamiyati faqatgina tarjimasi bilan cheklanmaydi, balki turk tilshunosligida yangi terminlarni olg'a suradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Metin Yurtbashi oila jamiyatning eng muhim bo'g'ini ekanligi, jamiyatning mustahkamligi oila mustahkamligi bilan bevosita aloqador ekanligi, turk oilasining asosi islomiy odob-axloq va qadriyatlariga tayanishini 100 ta oilaga bog'liq maqolni tasniflarga ajratgan holda tahlil qilib yoritib bergan[5]. Xususan, bu tasnifda oila qurish, er, xotin, kelin, qaynona, qaynota, ona, ota, farzandlar va ota-ona munosabati, bobo-momolar va nabiralar munosabati, farzandlar - o'g'il, qiz bilan bog'liq maqollar ko'rib chiqilgan. Xulosa sifatida, sog'lom jamiyat mustahkam tamoyillarga asoslangan oilalardan tashkil topishi, aslida oilaviy munosabatlar universal bo'lib, turli madaniyatlarda unga bo'lgan qarashlargina farqli ekanligi bayon qilinadi.

I. Sidorina qardosh bo'lmagan ikki til - rus va turk tillari egalari assotsiatsiyalarida "oila" konseptini psixolingvistik eksperiment usulidan foydalangan holda freym tahlil qilishga uringan[6]. Oila a'zolari ichida turklar uchun ona asosiy o'rinni egallaydi (17.8%), ruslarda ham ona (2.2%), turklar uchun otaga nisbatan ijobiy reaksiya (8.9%) bildirilgan, unga nisbatan asosiy assosatsiya hurmat (7.8%) tushunchasi bo'lsa, ruslarda bor-yo'g'i 0.1% tashkil qilgan. Turk madaniyatidan farqli o'laroq, rus madaniyatida otaga nisbatan salbiy reaksiyalar ham kuzatilgan. Maqola muallifi rus madaniyatida yoshlarning otalarga nisbatan nafrati yoki salbiy fikri yuqori ekanligini rus oilasidagi ajrashishlar natijasida to'liqsiz oilalar ko'pligi bilan izohlaydi. Bundan tashqari maqolada oila xususiyatlari va oilaning hissiy qiyofasi ham foizlarda o'z aksini topgan. Maqoladagi tahlillar har ikkala tilda ham oila deyarli bir xil tushunchalar, ya'ni ruslarda bolalar, uy, ona, sevgi, er; turklarda ona, sevgi, ota, uy, bola, bobo, iliqlik, sadoqat kabi assotsiatsiyalarni bersa, ular borasidagi reaksiyalardagi farqlar esa voqelikning turli tomonlari va jamiyatning faollashuvini, rus va turk madaniyati va tilida aks etgan milliy xususiyatlarni ko'rsatadi.

Yana xuddi shu ikki til - turk va rus tillari olam manzarasida oila konsepti turk tadqiqotchisi J.Pashalio'g'lu tomonidan tadqiq qilinadi. Mazkur maqolada tadqiqotchi har ikki tildagi maqollar, iboralar va qolip biriklamalar (soz kaliplari) yordamida konseptual tahlil qiladi. Maqoladagi ota-ona, er-xotin, farzandlar, turmush qurish va bo'ydoqlik mavzularidagi maqol va iboralar oila konseptining asosini tashkil qilgan. Turk tadqiqotchisi ham I. Sidorina singari har ikki madaniyatda oila

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

konseptining o'xshash jihatlari anchagina ekanligini ta'kidlagan. Boshqa bir tadqiqotchi Z.A. Bigtagirova o'zining dissertatsiyasida uch til - ingliz, turk va tatar tillaridagi paremiologiyalar yordamida oila konseptini chog'ishtirma-qiyosiy yo'l bilan tahlil qiladi[7]. Maqollardagi metaforik obrazlar uch til doirasida o'zaro solishtirgan holda tadqiq qiladi. Turmush qurish, juft tanlash, er-xotin, ota-ona, farzandlar va qarindoshlar bilan bog'liq maqollar konseptni ochib berish uchun "ochqich" vazifasini o'taydi. Anketa usulidan foydalangan holda ayollar va erkaklardan oil ava oilaviy munosabatlarni aks ettiruvchi 10 ta maqoldan birini tanlash imkoniyati taqdim qilingan, ya'ni oila deganda ularning tafakkurida juftlikda maqollarda qaysi biri jonlanadi. Anketaning ikkinchi topshirig'i esa oilaviy munosabatlar deganda yana qanday maqollar esga kelishi haqida so'ralgan. So'rovnomada oila tematik guruhida birinchi o'rinda ona (39) va undan keyingi ketma-ketlik quyidagicha ko'rinish olgan: farzand (23), xotin (16), uylanish (15), qarindosh (11), ota (9), er (4). Bundan ko'rinadiki, turklar uchun oila timsolida birinchi galda ona turadi.

Maqolada konseptual tahlil, paremiologik tahlil va tavsifîy tahlil metodlari-dan foydalanildi.

NATIJALAR

Lingvomadaniyatshunoslikning o'rganish predmeti sifatida madaniy tizimda gi ramziy, etalonlashgan, obrazli-metaforik mohiyatga ega bo'lgan hamda mif, afsona, rituallar, urf-odat, folklor va diniy diskurslarda, nasriy va nazmiy matnlarda, ibora va metaforlarda, maqol va matallarda amal qiladigan sof insoniy arxetipik va prototipik bilish natijalarini umumlashtiruvchi til birliklarida namoyon bo'ladi. Xalq maqollari lingvistik tahlilga tilshunoslikning yangi paradigmalari paydo bo'lishi natijasi o'laroq tortilmoqda[8]. Zamonaviy tilshunoslikning, xususan, lingvomadaniyatshunoslikning o'rganish predmeti sifatida maqollar alohida ajralib turadi. Bu sohaga kirish va uning tahlillarini olib borish uchun asosiy "kalit" konseptdir. Maqollar madaniy konseptni yoritishga xizmat qiluvchi logoepistema hisoblanadi. Logoepistema (episteme — yunoncha «bilim») — til birligida saqlanadigan bilim tilini tavsiflash va o'zlashtirish semiotik tizimining birligi; til (belgilovchi) va madaniyat (belgilangan) darajasida tushunishni talab qiladigan belgi deya ta'riflanadi. Maqollar, matallar, frazeologik birliklar, qanotli so'zlar va pretsedent matnlar ko'rinishidagi moddiy shakl orqali logoepistemalar etnosning bilimi, fikri, an'analari, urf-odatlari, belgilari, g'oyalari, uning milliy xarakterining xususiyatlarini ifodalaydi. Logoepistema lingvistik birliklarga qaraganda mamla-katga xos ma'lumotlar hajmi jihatidan ko'proq va kengroq, to'yinganlik darajasi jihatidan chuqurroq va boyroq ma'lumot hisoblanadi[9], ya'ni maqol madaniy konseptni to'liq yoritib berish uchun eng asosiy

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

manba vazifasini bajaradi. Chunki maqollar obrazli-metaforik va qadriyatga asoslangan (baholovchi) bilim va tajriba yig'indisi sanaladi.

MUHOKAMA

Erkaklar va ayollar turli tillardan foydalanishlari sotsiolingvistikada yillar davomida o'rganilayotgan asosiy masalalardan biridir. Ayol ishlatadigan til erkak ishlatadigan tildan farq qilishidan tashqari, Lakoff jamiyatda ayollar va erkaklarga nisbatan qo'llaniladigan til ham turlicha ekanligini ta'kidlaydi. Til jins vakillarining fikrlarini qadrsizlantirishi yoki jamiyatdagi o'rnini pasaytirishi mumkin. U jinsga asoslangan ijtimoiy stereotiplar majmuini yaratadi. "Erkaklar shafqatsiz" yoki "Ayollar matematikani tushunmaydilar" kabi. Jamiyatda ayollar va erkaklarga nisbatan qo'llaniladigan tilni o'rganish ana shu stereotiplarni ochishga yordam beradi[10]. Aristotel davridan beri faqat adabiy tilning bir qismi sifatida ko'rilgan va ritorikadagi ritorikadan biri bo'lgan metafora san'ati kundalik tilning ajralmas qismi bo'lib, madaniy xulq-atvorni ochib berish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Metaforik so'z - bu o'xshash tushunchani ifodalash uchun ishlatiladigan bir yoki bir nechta so'zlarning odatiy, an'anaviy ma'nosidan tashqari, tushuncha uchun ishlatiladigan lingvistik elementlardir. Bu bir semantik maydonni boshqa semantik maydon bilan aniqlashdir. Metaforalar nafaqat fikrni tasvirlash va insonning xohish-istaklari, his-tuyg'ulari va fikrlarini yoritish uchun emas, balki ijtimoiy xulq-atvor modellari va munosabatlarini ham ochib beradi. Til va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlik yoki tilning madaniyatni aks ettirish kuchi yangi nuqtayi nazar emas. Ushbu g'oya va uning asosidagi jarayonlarni chuqur o'rganishni birinchi bo'lib Lakoff va Jonson o'zlarining "Biz bilan yonma-yon yashayotgan metafora" asarida amalga oshirgan. Ular ilgari surgan "Konseptual metafora nazariyasi" bilan metafora nafaqat til bezaklari, balki tafakkur tizimi va madaniyatining ifodasi ekanligini ham taklif qildilar.

Lakoff va Jonsonning kontseptual metaforalari ikki qismdan iborat: manba kontseptual soha va maqsadli kontseptual soha. Ushbu ikkita kontseptual soha uchun ikkita asosiy vazifa mavjud: metafora ifodalari uchun "manba domen" (source domen) va biz tushunishga harakat qilayotgan "nishon domen" (target domen). Xarita deb ataladigan tasvir maqsad va manba maydonlarini tashkil etuvchi elementlar o'rtasidagi tizimli aloqalar seriyasidir. Maqsadli hududning ko'plab elementlari manba hududidan keladi. O'xshashning barcha xilma-xil tomonlari bu taqsimotda o'xshash va o'xshatish o'rtasidagi munosabatda taqdim etiladi va uni har tomonlama tavsiflaydi. Ushbu taqsimotni miyadagi kontseptual metaforalarga misol sifatida keltirish mumkin, Lakoff va Jonson ishidagi "vaqt" tushunchasi. Vaqt tushunchasini "pul" tushunchasi yordamida tushuntirish yoki tushunish mumkin[11]. Mas alan, u

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

sarflanadigan, qimmatli narsa. Yana "hayot" tushunchasi sayohat tushunchasi bilan izohlanadi. "Hayot - bu sayohat". "Uning boshlanishi va oxiri bor", "Bu jarayon", "Uning maqsadi bor", "Bu harakat" kabi.

Turk tilida oila bilan bog'liq maqollarning 60 - 65%ini ayollar bilan bog'liq maqollar tashkil qiladi. Bu esa o'z navbatida mazkur xalq madaniyatida ayolga bo'lgan e'tibor namunasi sifatida baholanishi mumkin. Boshqa tomondan esa, maqollardagi ayollarga xos salbiy xislatlarning ko'p ekanligi ularni tarbiyalash, yaxshilikka chaqirish yoki odatda, erkaklarni ulardan ogoh bo'lishga chaqirish mazmunini ham ifodalashi mumkin.

Yaxshi va yomon xulqli xotin: Asilzadeyi almak zordur, geçinmek kolaydir [12] (Yaxshi qizni olish qiyin, u bilan yashash oson); Asili almasi zor, saklamasi kolaydir (Asilni olish qiyin, asrash - oson); Atin iyisini genç, kadinin iyisini ihtiyar alir (Otning yaxshisini yosh, xotinning yaxshisini qari oladi); Avradi kotu olanin sakali erken/tez agarir (Xotini yomon odamning soqoli tez oqaradi); iyi adam e§eginden, iyi kari do§eginden belli olur (Yaxshi er eshagidan, yaxshi xotin to'shagidan ma'lum bo'ladi).

O'g'il farzand xotinning oiladagi o'rnini belgilovchi omil: Kadin ister ki bey dogura (Ayol bek (o'g'il) tug'sam deydi), Oglan doguran ovunsun, kiz doguran dovunsun (O'g'il tug'gan maqtansin, qiz tug'gan tizzasini mushtlasin); Oglani her kan doguramaz, er kari dogurur (O'g'ilni har ayol emas, er ayol tug'adi); Oglu olmayan avrattan eski hasiryegdir (O'g'li yo'q xotindan eski bo'yra yaxshi).

Epli va epsiz xotin: Avrat vardir arpadan a§ eder, avrat vardir bulguru le§ eder (Shunday xotin borki, arpadan ham osh qilar, shunday xotin borki bulg'ur (guruch)ni bo'tqa qilar); Kadin eli ka§ik sapindan kararir (Xotinning qo'li qoshiq sopidan qorayadi).

Muammo chiqaruvchi xotin: Bal aridan, kavga karidan çikar (Asal aridan, janjal xotindan chiqadi); Geçinmeye gonlu yok ki adini ogrensin (Munozara bilan yashashga xohishi yo'q-ku, biron narsani o'rgansa); Geçinmeyene dokuz koca, okumayana dokuz hoca az gelir (Munozara bilan yashamaydiganga to'qqiz er, o'qishni xohlamaydiganga to'qqiz o'qituvchi oz ko'rinadi).

Chiroyli va xunik ayol: Beyazin/ Akin adi/var, esmerin/karanin tadi var (Oq tanlining nomi bor, qoramag'izning mehri bor); Çirkin kan evin toplar, guzel kari dugun/ sokak gezer (Xunik xotin uy yig'ishtiradi, chiroyli xotin to'y kezadij; Er kemaliyle, avrat cemaliyle anilir (Er kamoloti bilan, xotin jamoli bilan tilga olinadi).

Turk xalq maqollarida ayol metaforik talqin orqali tabiatdagi juda ko 'p narsa va hodisalarga o'xshatiladi. Turk madaniyatida ayol kishiga nisbatan "ishonib bo'lmaydigan borliq" sifatida qaraladi: At ile avrada guven olmaz (Ot bilan xotinga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

ishonib bo'lmaydi); Kadinda vefa, borçluda sefa aranmaz (Xotinda vafo, qarzdorda safo bo'lmas); Ak akçe ile ak baldira güven olmaz (Oq aqcha bilan, oq tovonga ishonib bo'lmaydi); Kadin deniz gibidir, güvenmek olmaz (Ayol dengiz kabidir, ishonib bo'lmaydi). Maqollarda ayol ot, oq tovon, dengiz kabi obrazlar orqali ifodalanadi.

Ayrim maqollarda ayol "zabt qilib bo'lmaydigan, biroq boshqarilishi kerak bo'lgan borliq" sifatida namoyon bo'ladi: Kadinla tavuk baglanmaz (Xotin bilan tovuqni boylab bo'lmaydi); Avrat attir, gemini bo§ tutma (Xotin ot kabidir, jilovini bo'sh qo'yma); Ersiz avrat, yularsiz at (Ersiz ayol, jilovsiz ot); Avrat nikahla, tarla tapuyla zaptolunur (Ayol nikoh bilan, maydon(dala) hujjat bilan zabt qilinadi); Avradi ar zapt eder, er zapt etmez (Ayolni er zabt etolmaydi, ori zabt qiladi). Bu maqollarda ham ot, tovuq, ekin maydoni, or-nomus singari obrazlar yordamida ayolning qayd qilingan xususiyatlari yoritilgan.

Turk madaniyatida islom dini ta'sirida yangi obrazlar paydo bo'ldi va ayol kishiga nisbatan, Odam Atoning Jannatdan quvilishiga sababchi bo'lgan va insoniyatni makr-aldov bilan yo'ldan ozdiradigan Shayton obrazi ayolga qiyoslanadi. Uning bu xususiyatlari ayolda ham uchraganligi bois unga nisbatan "shaytoniy xususiyatlari bor borliq" sifatida qaraladi: Kadin §eytana pabucunu ters giydirir (Ayol shaytonga kovushini teskari kiygizadi); Erkegin §eytani kadindir (Erkakning shaytoni ayoldir); Kadin §erri §eytan §errine eçittir (Ayolning yomon-liklari shaytonning yomonliklariga teng); Kadinin §errinden Allah'a siginmali (Ayolning yomonliklaridan Allohdan panoh so'rash kerak). Maqollarda ayol shaytonga, makkorligi jihatidan undan ham ustun turishiga, qilgan yomonliklari ham shaytonning yomonliklariga tenglashtiriladi va hatto uning yomonliklaridan Allohdan panoh so'rash kerakligi bilan uning yomonliklarining "qiymati" qancha-lik yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Makrga, yolg'onga moyilligi yoki uzoqni ko'ra olmaslik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turk madaniyatida ayolga nibatana "so 'zi/fikri inobatga olinmaydigan, sir saqlay olmaydigan, qilgan ishi hech narsaga yaramaydigan mavjudot" sifatida qarash borligini ularning maqollarida uchratishimiz mumkin: Ari sirri, kari sirri (Ari siri, ayol siri); Kadina, çocuga, sarho§a sirrini açma (Ayolga, bolaga, sarxushga siringni aytma); Kadinin söyledigi kirk sözden sadece birine inan (Ayol aytgan qirq so'zdan biriga ishon); Kadinlarin i§i tavuklarin e§inmesine benzer (Ayolning ishi, tovuqlarning yer titishiga o'xshaydi). Ayol sir saqlash borasida ari, bola va sarxushga, qirq so'zidan bittasiga ishonilishi kerak bo'lgan "yolg'onchi"ga, qilgan ishining ahamiyati 'tovuqning yer titishi'ga, u qazgan quduqdan suv chiqmasligi va ortgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

yuki uzoqqa bormasligi bilan no'noq, qo'lidan ish kelmaydigan narsaga tenglashtiriladi.

Chunki u turk madaniy tafakkurida "jismoniy va aqliy jihatdan zaifa borliq" hisoblanadi: Kadinlar ege kemiginden yapilmi§tir (Ayollar qovurg'a suyagidan yasalgan); Avrat kitlik bilmez, çoban yokluk bilmez (Ayol ocharchilik, cho'pon yo'qchilik bilmaydi). Qovurg'a suyagi nozik va sinishga moyil bo'lib, shu jihatda ayol qovurg'a suyagiga o'xshatiladi, ya'ni hamisha himoyaga muhtoj. Cho'pon yo'qchilik bilmaydi, chunki u hamisha uning ichida va bu holatni u anglamaydi. Shu tarzda ayol kishi ham ba'zi holatlarni tushunishga ojizlik qiladi.

Turk maqollarida ayol "olov" obrazida ham kelganligiga guvoh bo'lamiz: Ate§le oynama elini yakar, kadinla oynama evini yakar (Olov bilan o'ynashma qo'lingni kuyidradi, xotin bilan o'ynashma uyingni kuydiradi); Kadin var kardan soguk, kadin var kordan sicak (Ayol bor qordan sovuq, ayol bor qo'radan issiq. Ushbu maqollarda ayol olov, qo'ra obrazlari orqali uning vayronkor xislati borligi, u bilan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish lozimligi uqtiriladi.

XULOSA

Maqollarda asosan salbiy jihatlardan yorilsa-da, oila quruvchisi sifatida qaraladi va ulug'lanadi. Turk madaniyatida ayol birinchi galda erta yoshda turmush qurishi bilan ardoqlanadi. Bulardan tashqari xulq-atvor masalasi va turmushdagi ro'zg'or tutimi - pazandalik, ozodalik ayollarda kutiladigan xususiyatlar sanaladi. Tug'ilganidan to tusmushga chiqmaguniga qadar 'qadrsiz' bo'lgan ayol, tusmushga chiqishi bilan qadrlana boshlanadi. Turmushga chiqishi uning bu yo'ldagi ilk qadami hisoblanadi. Farzandli bo'lishi, ayniqsa, o'g'il farzandni dunyoga keltirishi uning oiladagi mavqeyini birdan yuksaltirib yuboradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. PA§AOGLU, Canan, Rus ve Türk Dil Dünya Görü§lerinde Aile Konsepti, Avrasya Uluslararasi Araçtirmalar Dergisi, C.8, Sayi:25, s.165

2. Маслова, В.А., Лингвокультурология, Москва, Academia, 2001, c.17

3. Sharifian F. Cultural Linguistics. Amsterdam / Philadelphia: John Benjamins Publishing Company - 2017, p.2

4. Kozan O. Kültürdilbilim: Temel Kavramlar ve Sorunlar. Ankara: Gazi Kitabevi

- 2014, s.1-9

5. Yurtbaçi, M. Learning about "family relations" in Turkey through proverbs, International Journal of New Trends in Arts, Sports &ScienceEducation - ISSN: 2146

- 9466, 2015, volume 4, issue 4, 31-37 pp.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

6. Сидорин И.П. Концепт семья в ассоциациях носителей русского и турецкого языков. Общественные и гуманитарные науки, С. 323-329

7. Биктагирова, З.А. Концепт «Семья» в парамиологии английкого, турецкого и татарского языков, Дисс. канд. фил. наук, Казань.: 2007, 228 стр.

8. ^аландаров Ш.Ш. Узбек лингвомаданий мухдтида хал; маколлари эвфемизацияси, PhD илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертация, Кукон.:2019, 41 б.

9. Сергеева Т.Г. К вопросу определения основных единиц в лингвокультурологии https: //uchebana5 .ru/cont/1672441-p13.html

10. Alagozlu, N. Dil ve Cins: Turkfe Atasozlerinde ve Deyimlerinde Kadin Uzerine Egretilemeler ve Toplum-Bili§sel Yapi, International Journal of Central Asian Studies, Volume 13, 2009, 38.s.

11. Lakoff G.Johnson M. Metaphors We Live by, The University of Chicago Press, Chicago - 1980, p.9.

12. Yurtba§i M. Smiflandmlmi§ Atasozleri Sozlugu. 10.bsk. Istanbul: 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.