MIGRANT OILALARIDAGI ER-XOTIN MUNOSABATLARINING O'ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
Mahbuba Bo'riyeva
"Oila va xotin qizlar" ilmiy tadqiqot instituti kichik ilmiy hodimi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada migrant oilalarda migratsiya sababli er-xotin munosabatlarida yuzaga keladigan omillar, sabablar va uning oqibatlari hamda migratsiyaning migrant oilalarda psixologik xulq-atvoriga ta'siri yoritib berilgan.
Tayanch so'zlar: migrantlar oilalar, migratsiya, er-xotin, emotsional munosabatlar, tadqiqot, nikoh, nikohdan qoniqqanlik.
ABSTRACT
This article describes the factors, causes and consequences of migration in marital relations in migrant families, as well as the impact of migration on the psychological behavior of migrant families.
Keywords: migrant families, migration, couple, emotional relationships, research, marriage, marital satisfaction.
KIRISH
Xozirgi zamonaviy ilm-fanda oila instituti bo'yicha juda ko'p tadqiqot ishlari olib borilgan. Psixologiya oilaning mustahkamlig va uning barqarorlig aspektlarini (A.N.Volkova, N.N.Obozov, A.N.Obozova), er-xotinning xarakter xususiyatlaridagi moslik va qadriyatlarga yo'naltirilgan birligi jihatlarini (A.N.Volkova, K. Vitek, T.V. Galkina, A.K. Dmitrenko, D.V. Olshanskiy, A.P. Oshchepkova), oilaviy rollar va oila a'zolarining asosiy funktsiyalarini bajarilishi (Yu.E.Aleshina, A.N.Volkova, A.N.Elizarov, S.V. Kovalyov, M.S.Matskovskiy, A.G.Xarchev, E.G.Eidemiller, V.V.Yustitskis.), oiladagi o'zaro munosabat xususiyatlari va ulardan qoniqish (Yu.E.Aleshina, A.I. Antonov, G.Eisenk, M. Argyle, A.A. Bodalev, L.Ya. Gozman, S.I. Ochlik, A.I. Zaxarov, E.S.Kalmykova, S. Kratokhvil, V.P. Levkovich, H.H. Obozov, B. Satir, V.V. Stolin, V.A. Sysenko) va boshqalar) va boshqa tomonlari o'rganalib kelmoqda. Biroq, shunga qaramay tashqi va ichki migratsiya jarayonlarining keng tarmoqli o'rganilishiga qaramay, bu muammolar tadqiqotlarda etarlicha ochiqlanmay kelmoqda.
XX asrdan XXI asrgcha vaqt oralig'ida oila institutida sezilarli o'zgarishlar kuzitildi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy
June, 2023
263
sharoitlarda an'anaviy oila shakli bilan bir qatorda nikoh munosabatlarining ko'payib borayotgan muqobil shakllari keng tarqalmoqda: ro'yxatdan o'tmagan birgalikda yashash, ochiq, mehmon, uzoq nikohlar, bolalarsiz nikohlar, monovariant turdagi oilalar yoki ularning teskari guruhli oilalari va boshqalar.
Oila bilan bevosita bog'liq bo'lgan o'zgarishlardan tashqari, butun hayot siklidagi o'zgarishlarning har biri oilaga ta'sirini ko'rsatadi. Oila turli xil o'zgarishlarga tayyor turishi kerak. Bunday o'zgarishlarga barqarorlik, stressga chidamlilik oila tuzilishining stabilligidan dalolat beradi va undagi o'zaro munosabatlarning ijobiy natijasini keltirib chiqaradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
V. Satirning fikricha, agar oila a'zolari o'zgarishlarga tayyor bo'lmasa va ulardan qochsa, unda qiyin vaziyatga tushib qolish xavfi ortadi, chunki ular talab qilinadigan joyda o'zgarishlarni xoxlashmaydi.
Migratsiya jarayoni oliaviy munosabatlarga ham o'z ta'sirini otkazmay qolmaydi. Erkaklarning ketishi er-xotinlar o'rtasidagi munosabatlarni jiddiy ravishda murakkablashtiradi, bu asosan ayollar uchun stressga va hatto oilalarning buzilishiga olib keladi. Hissiy begonalashuv, turmush o'rtoqlar o'rtasidagi uzoq masofa, oilaning qiyin iqtisodiy ahvoli va xiyonat - bularning barchasi ajralish uchun asos bo'ladi. Rossiyaga kelgan erkak migrantlarning ko'pchiligi rus ayollari bilan Rossiyada qolib, uyga qaytmaslikni afzal ko'rishadi.
Migrant oilalardagi eng keng tarqalgan muammolardan biri turmush o'rtoqlardan birining migratsiyasiga ketishi sababi oilani majburiy ajralishidir. Oila va nikoh munosabatlar sohasida ajralish, bu oiladan vaqtinchalik yoki doimiy uzoqda bo'lish sifatida belgilanadi. Oiladan uzoqda bo'lishning yuzaga kelishi ob'ektiv va sub'ektiv xarakterdagi sabablar bilan bog'liq bo'ladi. Subyektiv sabablar orasida o'zaromunosabatlardan emotsional va psixologik charchash yoki qoniqmaslik. Bunda har ikkala turmush o'rtoqlar yoki ulardan biri majburiy ajralishni boshdan kechirishlari mumkin. Ob'ektiv sabablarga: uzoq xizmat safari, mavsumiy yoki doimiy ish, armiya safarbarligi, o'qish, qamoq va boshqalar kiradi. Bunday vaziyatdagi oilalar masofaviy oilalar deb ataladi.
Gritsenko V.V., Efremenkova M.N., Murashchenkova N.V., Smotrova T.N. tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, mehnat migratsiyasi tufayli turmush o'rtoqlarning majburiy ajralishi oilada shakllangan nikoh munosabatlari tizimining o'ziga xos katalizator bo'lishi mumkin: bunda majburiy ajralish oilalarni yanada mustahkamlaydi yoki ajralish yoqasida turgan oilalarni parchalanishiga olib keladi. Mehnat migratsiyasi
June, 2023
264
natijasida turmush o'rtog'i (kamroq hollarda xotini) etarlicha pul topish uchun oilasini uzoq muddatga (bir-ikki yil yoki undan ko'proq) tark etishga majbur bo'ladi. Shu sababli turmush o'rtoqlar ajralishga majbur bo'lgan oilalarni distant oilalar deb tasniflash mumkin.
Turmuh o'rtoqlarning migratsiya sababli majburiy ajralish sharoitida, har bir oila a'zosi u yoki bu darajada stressni boshdan kechirganda, oila roli tuzilishining o'zgarishi, odatiy munosabatlarning tizimining buzilishi (er-xotin, ota-ona-bola) migrant oilalarining yangi bir funksiyalashgan darajaga o'tkazadi.
Ushbu stressorning tizim sifatida oilaga va alohida oila a'zolariga psixologik ta'sirining kuchida bir qator omillar muhim rol o'ynaydi:
• turmush o'rtoqlardan birining to'satdan ketishi omili, agar oila ushbu hodisaga tayyor bo'lmagan bo'lsa;
• hodisaning o'ziga xosligi omili, oilada turmush o'rtoqlardan birini uzoq vaqt ajralishni boshdan kechirish qiyinroq bo'lishi bilan bog'liq bolishi;
• oilaning qolgan a'zolarida sub'ektiv yolg'izlik hissi omili.
Shu bilan birga, ob'ektiv ravishda odam еtarli resurslarga ega bo'lsa ham, qiyin hayotiy vaziyatni engish, uni hal etib bo'lmaydi deb hisoblaydi, bu holat esa shaxsga sezilarli stressli ta'sir ko'rsatadi. Bu fikrni yuqorida ko'rsatib o'tilgan tadqiqotchilarning o'tkazilgan tadqiqot natijalari tasdiqlaydi. Migratsiya nitijasida er-xotinning vaqtinchalik bir-biridan uzoqlashishi er-xotinlar uchun faqat salbiy hodisa deb hisoblash noto'g'ri bo'lar edi.
Shunday qilib, erkaklar uchun migratsiyaning ijobiy tomonlari bo'ladi: o'zini oilaning boquvchisi sifatida anglash va an'anaviy oilada erkak uchun boquvchi rolida o'zini oqlash, oilaning moddiy farovonligini ta'minlash, oilaviy tashvishlardan tanaffus qilish, ba'zilar uchun nikohdan tashqari munosabatlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish va boshqalar uchun nikoh munosabatlarida ma'lum bir yangilanishni boshdan kechirishdir.
Migrant erlar uchun turmush o'rtog'idan uzoqda bo'lishning salbiy tomonlariga esa: beqaror hayot, jinsiy aloqadan voz kechish, kasbiy o'zini namoyon qila olmasligi, karyera qila olmasligi, agar kerak bo'lsa, past malakali ishlarni bajarish uchun professional malakasining yo'qligi, oila tomonidan psixoterapevtik funktsiyani amalga oshirish bilan bog'liq tushunish, qabul qilish, emotsional yordamga bo'lgan ehtiyojni qondira olmaslik. o'z ehtiyojlarini qondira olmaslik bo'ladi.
Migratsiyaning ayollar uchun turmush o'rtog'ining uzoqda bo'lishining ijobiy tomonlari kundalik burch va tashvishlardan qisman qochish, moddiy muammolarni hal qilinishi, hayotda
June, 2023
265
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,9б7 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: б,1
moddiy farovonlik hissini paydo bo'lishi, nikoh munosabatlarida ma'lum bir yangilanish tajribasi, ya'ni eri bilan har bir uchrashuv bayramga aylanadi, bu xuddi shu sherik bilan sevgi munosabatlarining yangi bosqichini boshdan kechirish, o'zini yana sevilganday his qilish imkonini beradi.
Salbiy tomoni esa, birinchi navbatda ayol uchun ilgari oilada erkak tomonidan bajarilgan funktsiyalar va rollarni bajarish zarurati va bir vaqtning o'zida boshdan kechirilgan funktsional-rolning haddan tashqari yuklanishi, shuningdek, yaqin odamdan emotsional yordam ololmasligi.
Tadqiqotchilar Ilene Hyman, Sepali Guruge va Robin Meyson tomonidan migratsiyaning er-xotin munosabatlariga ta'sirini Torontodagi efiopiyalik muhojirlarni o'rganish misolida tadqiqot ishlarini olib borishgan. Kichik tadqiqot doirasida migratsiyaning nikoh munosabatlariga qanday ta'sir qilishini yoki immigratsion juftliklar yangi sharoitlarga moslashish jarayonlarini o'rganib chiqildi. Torontoga turmush qurgan, ajrashgan yoki alohida yashaydigan yangi kelgan efiopiyaliklar bilan olib borilgan tadqiqot loyihasining maqsadi yangi kelgan juftliklar hayotidagi migratsiyadan keyingi o'zgarishlarni va migratsiyadan keyingi o'zgarishlarning nikoh munosabatlariga ta'sirini o'rganishdir. Tadqiqotda doirasi 25 nafar ishtirokchidan iborat bo'lib, ularning barchasi Torontoga kelgan efiopiyalik migranrlar edi. Ham individual, ham fokus-guruh suhbatlari o'tkazilgan. Tadqiqot ishtirokchilari tomonidan tasvirlangan migratsiyadan keyingi o'zgarishlarning asosiy turlari uy xo'jaligida yordamning yo'qolishi, emotsional qo'llab-quvvatlash, daromad va maqomni va gender rollarining o'zgarishi edi. Ushbu o'zgarishlarning er-xotin munosabatlariga ta'siri nikohdagi nizolarning kuchayishi, ayollar uchun avtonomiyaning kuchayishi, o'zaro qaramlikning kuchayishi, ko'proq birgalikda qaror qabul qilish, muloqot va yaqinlikdagi o'zgarishlar sifatida tasvirlangan. Bundan tashqari tadqiqotchilar tomonidan migratsiyadan keyin er-xotin munosabatlaridagi ijobiy va salbiy o'zgarishlar tashkilotlar uchun yangi kelgan juftliklar va jamoalar uchun zo'ravonlikning oldini olish strategiyalarini ishlab chiqish haqida ma'lumot berishi mumkin degan fikrni ta'kidlab o'tishgan.
Shunday qilib, bizning fikrimizcha, oilani migratsiya natijasida er-xotinlarning majburiy bir-biridan uzoqlashish ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud bo'lib, buni yanada batafsilroq ktng ko'lamli tadqiqot ishlarini olib borib empirik ko'rib chiqishni talab qiladi.
XULOSA
June, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
REFERENCES
1.Социально-психологическая адаптация мигрантов в современном мире: материалы 5-й Международной научнопрактической конференции Пенза -2020. -210 с.
2. В. Сатир. Как строит себя и свою семю / В. Сатир. - М.: ПедагогикаПресс, 1992. -192 с.
3. Гриценко.В.В. Семи трудовых мигрантов: социално-психологическая адаптация к условиям вынужденной разлуки / Гриценко В.В., М.Н. Ефременкова, Н.В. Муращенкова, Т.Н. Смотрова. - Смоленкс: Смоленский гуманитарный университет, 2014. 19- 256 с.
4. Зацепин, А.И. Брак и семья / А.И. Зацепин // Психология семьи. Хрестоматия/Под ред. Д.Я. Райгородского. — Самара: «Бахрах-М», 2007. - С. 3-
34.
5. https://www.jstor.org/stable/41604208
June, 2023