Mamedova M.M.
Buxoro davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA TARBIYANING O'RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada oilada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy xususiyatlarini shakllantirishda tarbiyaning o'rni, oilaning o'z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog'lomligiga ham ta'sir etishi, oilaviy munosabatlarni yo 'lga qo 'yish, oilaning faqat ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammolarini hal qilish xususidagi fikrlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy xususiyatlar, ota- onaga munosabat, ma'naviy qadriyatlar, tarbiya masalalari.
Mamedova M.M.
lecturer
department of preschool education Bukhara State University
THE ROLE OF EDUCATION IN THE FORMATION OF SOCIAL CHARACTERISTICS OF PRESCHOOL CHILDREN
Abstract: The role of upbringing in the formation of the social characteristics of preschoolers in the family, the successful performance of its functions affects not only its internal state, but also the social health of society, the establishment of family relations, not only intrafamily problems, ideas for solving common social problems.
Keywords: preschoolers, family relationships, social characteristics, attitude towards parents, spiritual values, upbringing.
Bola oilaning quvonchi, ota-onaning ko'magi, jamiyatning hayotiy kuchidir. U hayotimiz va naslimiz davomchisi, orzularimiz mevasi, oilaviy g'urur, yorqin kelajagimiz, kulgan baxtimzdir. Biroq, tarbiya qiyin vazifa bo'lib, ota-onalar har doim ham farzand tarbiyasida kerakli natijalarga erisha olmaydilar.
Oila - bu jamiyatning bir qismi, unda yangi odam tug'iladi; bu kichik ijtimoiy guruh uchun hayotning boshlang'ich maktabi hisoblanadi. Ota-onalar bolaning birinchi ustozi va tarbiyachisi sifatida birinchi navbatda ruhiy jihatdan tayyor bo'lishi kerak.
Har bir ota-ona farzandining bilimli, baxtli, saodatli, istiqboli porloq bo'lishini orzu qiladi va shu maqsadga erishish uchun butun umrini, bor-yo'g'ini sarflaydi. Ayniqsa, bu bolasevar xalqimizning qalbiga singib ketgan fazilatdir. Sharq mutafakkirlaridan biri Abul Lays Samarqandiy "Bo'ston-ul orifiyn" asarida «Ey o'g'il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o'zingni tarbiyala, tarbiya ko'rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga etadi» -yaxshi tarbiya muhimligini ta'kidlaydi. U ota-onalarning huquqlari va burchlari, saxovati, baxt-saodati, insonning olijanob fazilatlari, qadr-qimmati, sadoqati va samimiyligi, sog'lig'i haqida qimmatli tushunchalar berdi. Farzand tarbiyasida ota-onaning o'rni ko'plab xalqning qimmatli durdona hikmatlarida ham uchraydi. Ota-onalarning bola tarbiyadagi o'rni to'g'risida quyidagi maqolni keltirish mumkin: Agar bog'ingiz bo'lsa, uni barpo eting, agar o'g'lingiz bo'lsa, mulla quring. Agar daraxtdan meva olishni istasangiz, uni Nijolidan o'stiring. Ekinlarni suv bilan, ta'lim bilan o'stir - inson. Bizning madaniy va ma'naviy merosimiz bo'lgan hadisda ota-onalar va bolalarning huquqlari, ta'lim, axloq, do'stlik, qarindoshlik, mehr-oqibat, adolat va insof bilan bir qatordadir deyilgan
Farzandlar tarbiyasida ota-onalarning jamiyatdagi o'rni va nufuzi juda muhimdir. Bu narsa martaba bilan belgilanmaydi. Eng yaxshi obro' - halol mehnat. Jamiyatda halol mehnatning obro'si oilada bolalar tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bola ham ota-onasiga o'xshab qolishga intiladi. Mehmondo'st oilada tarbiyalangan bolalar ham mehmondo'st. Pedagogik bilimlar, albatta, ota-onalar farzandlarini qanday odamlar tarbiyalaydi va ularda qanday fazilatlarni shakllantirishi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishi ta'minlaydi. Bolani to'g'ri tarbiyalash uchun uni yaxshi bilish va tushunish kerak va buning uchun pedagogik - psixologik bilim talab etiladi. Ular ota-onalarga bolaning xatti-harakatlarini tahlil qilishda va uning tarbiyasi uchun to'g'ri yo'lni tanlashda yordam beradi. Ota-onalar bolalarni tarbiyalashda pedagogik - psixologik axloq qoidalariga rioya qilishlari shart.
Jamiyatda farzandni tarbiyalash ota-onalarning shaxsiy ishi emas, balki ularning ota-onalarining ijtimoiy burchidir. Ota-onalar farzandlarining tarbiyasi uchun ijtimoiy mas'uldirlar. Insonning qadr-qimmati, uning jamiyatga keltiradigan foydalari bilan o'lchanadi. Ota-onalar farzandlarining asosiy tarbiyachilari. Shuning uchun ular o'z farzandlarini olijanob fazilat, bilim va madaniyat sohibi sifatida o'z xalqlarining eng yaxshi an'analari va oilaviy an'analari ruhida tarbiyalashlari kerak. Oiladagi bolaning axloqiy shakllanishi bola tug'ilishidan boshlanadi. U ko'plab omillar ta'siri ostida shakllanadi. Bu omillarga oilaviy munosabatlarning mohiyati, ota- onalarning namunasi, ularning ma'lumot darajasi, madaniyati darajasi va ularning estetik madaniyati va pirovardida oilani tashkil etish kiradi. Ushbu omillar oilada axloqiy tarbiyaning mazmunini tashkil etadi va bir qator xususiyatlarni o'z ichiga oladi: Ba'zi oilalarda farzand tarbiyasi faqat onaning zimmasida, ota buni qilishdan tiyiladi.
Hozirgi sharoitda oilalarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan, sharqona axloqiy xususiyatlar aks etgan ma'naviy-axloqiy munosabatlar qaror topmoqda va oilalarda huquqiy, axloqiy va ruhiy asoslar takomillashib bormoqda. Uyda sog'lom axloqiy muhit, o'zaro muomala madaniyati, axloqiy tamoyil chuqur ildiz otmasa, oilada bo'shliq, salbiy holatlarning qaror topishi muqarrardir.
Aslini olganda, har bir oila ijtimoiy tizim, struktura sifatida jamiyat oldida ma'lum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funksiyalari haqida gapirganda, bir tomondan jamiyatning oilaga ta'sirini, ikkinchi tomondan esa umumiy ijtimoiy tizimda oilaning o'rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy (jamoatchilik) funksiyalarini hisobga olish lozim. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki, oila quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
• iqtisodiy;
• reproduktiv;
• tarbiyaviy;
• rekreativ;
• kommunikativ;
• regulyativ.
Yuqorida sanab o'tilganlar hozirgi zamon oilasi asosiy funksiyalarining yagona klassifikatsiyasini tashkil eta olmaydi. Chunki, ayrim manbalarda: naslni davom ettirish, tarbiyaviy, xo'jalik va o'zaro yordam kabi funksiyalar hozirgi zamon oilasining muhim funksiyalari sifatida ko'rsatib o'tilgan.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti o'zining asosiy vazifasi etib har bir bola shaxsini maksimal rivojlantirish va uni keyingi rivojlanish bosqichiga tayyorgarligini ta'minlash maqsadida tashkilotda ijobiy psixologik mikroklimat va sharoit yaratishni belgilaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning oilada o'z "men"ini anglashi juda muhim hisoblanadi. Pedagoglar va psixologlar oila muammolarini, uning an'ana va udumlarini, bola shaxsining shakllanishida oilaning ta'sirini ko'plab tadqiqotlarda o'rganganlar. Bola ota - onaning faqatgina tarbiyaviy ta'sir etish mahsuli emas. U o'z oilasini o'zicha tushunadi va qabul qiladi. Oiladagi o'z o'rnini o'zaro aloqada belgilaydi va oilada o'zini shaxs sifatida anglaydi. Bolalar oilada ro'y berayotgan hodisalarga kattalarga nisbatan boshqacha baho beradilar. Biz qachonki atrofimizdagi olamni bola ko'zi bilan ko'rishga o'rganib olganimizdan so'nggina, ularni to'g'ri tushunamiz, hayajonlariga, qayg'ulariga yordam bera olamiz. Bugungi maktabgacha pedagogikada maktabgacha yoshdagi bolalarning oilada bolani shaxs sifatida idrok etilishi va uning ijtimoiy xususiyatlari taraqqiyotiga ta'siri, oila a'zolarining o'zaro munosabatlari doirasida ijtimoiy rollar haqidagi tasavvurlar shakllanishi, kattalarga taqlid orqali muloqot ko'nikma va malakalarining tarkib topishi kabi masalalar o'rganilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, har bir oilada sog'lom muhit, totuvlik, o'zaro tushunish, o'zaro hurmat, mehr-oqibat hukm surmog'i, oilada farzand
tarbiyalashda ijtimoiy xususiyatlarni shakllantirishda ota va ona o'z huquq va burchlarini ado etishsa, oilada farovonlik, ijtimoiy muhit, ma'naviy qadriyatlar tarkib topib, oila hayoti va farzand tarbiyasi barqaror kechadi. Bu orqali biz keljak avlodni ajdodlar orzusidek kamolga yetkazishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mamedova, M. (2022). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ДОШКОЛЬНЫХ ДЕТЕЙ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. Uz),
2. Mamedova M. M. TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O 'RNI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 7. - С. 1230-1234.
3. Turdiyeva M. J. TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA PEDAGOGIK O'YINLAR VA ULARNING SHAXSRIVOJLANISHIGA PSIXOLOGIK TA'SIRI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 7. - С. 990-995.
4. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.
5. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВAЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРAЗОВAНИЯ //Academy. - 2020. - №. 5 (56).
6. Хайруллоева Д. THE GRADUAL DEVELOPMENT OF NATIVE LANGUAGE TEXTBOOKS FOR GRADES 3-4 IN PRIMARY SCHOOL //ЦЕНТР НAУЧНЫХ ПУБЛИКAЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 7. - №. 7.
7. Xayrullayeva D. N. Q. BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDAGI IJODIY MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 7. - С. 1235-1242.
8. Temirovna O. L., Choriyevna R. L. Mental Arithmetic is a Non-Traditional way to Teach Preschoolers Verbal Arithmetic //International Journal of Culture and Modernity. - 2021. - Т. 11. - С. 205-208
9. Temirovna O. L. EQUATION, IDENTITIES, EQUIVALENT EQUATION, EQUATION WITH ONE UNKNOWN OF THE FIRST ORDER, FRACTIONAL RATIONAL EQUATIONS AND THEIR SOLUTION //Archive of Conferences. - 2021. - С. 103-106.
10. Очилова Л. Т. Обучение математической науке в начальном образовании с помощью информационных технологий //Научный журнал. - 2019. - №. 6 (40).