Научная статья на тему 'OILALARDA GENDER TENGLIKNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI QIRG’IZ OILALARI MISOLIDA'

OILALARDA GENDER TENGLIKNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI QIRG’IZ OILALARI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
oila / nikoh / qonuniyat / amengerizm / qalin / patronimiya / ko’chmanchi xalq.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Umarova Yulduz Baxtiyorovna

Tarixiy jihatdan qirg’iz nikoh-oila aspektlarini o’rganar ekanmiz, o’zbek oilalari bilan qardosh xalqlarning etnopsixologik hususiyatlarini o’rganish ularning o’xshash hamda farqlarini tahlili uchun muhim omil hisoblanadi. Qirg'iziston qonunchiligining nikoh oila munosabatlarni tartibga soluvchi institutlar xalq hayotining milliy qadriyatlarni o’rganish asosida tashkil topgan. Ushbu huquqiy institutlarni o'rganish jarayonida Qirg’iziston olimlari tomonidan Qirg'izistonda ayollarni sotsialistik yo'l bilan jamiyatga uzviy birikib ketishi, erkinlikka intilishini ko'rsatishga harakat qilib kelganlari tarixan o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILALARDA GENDER TENGLIKNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI QIRG’IZ OILALARI MISOLIDA»

OILALARDA GENDER TENGLIKNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

QIRG'IZ OILALARI MISOLIDA Umarova Yulduz Baxtiyorovna

ISFT instituti o'qituvchisi E-mail: yulduzshahlo@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10663583

Annotatsiya. Tarixiy jihatdan qirg'iz nikoh-oila aspektlarini o'rganar ekanmiz, o'zbek oilalari bilan qardosh xalqlarning etnopsixologik hususiyatlarini o'rganish ularning o'xshash hamda farqlarini tahlili uchun muhim omil hisoblanadi. Qirg'iziston qonunchiligining nikoh - oila munosabatlarni tartibga soluvchi institutlar xalq hayotining milliy qadriyatlarni o'rganish asosida tashkil topgan. Ushbu huquqiy institutlarni o'rganish jarayonida Qirg'iziston olimlari tomonidan Qirg'izistonda ayollarni sotsialistikyo'l bilan jamiyatga uzviy birikib ketishi, erkinlikka intilishini ko'rsatishga harakat qilib kelganlari tarixan o'rganilgan.

Kalit so'zlar: oila, nikoh, qonuniyat, amengerizm, qalin, patronimiya, ko'chmanchi xalq.

Аннотация. Историко-правовой анализ обычного права кыргызов позволяет более глубоко изучить различные аспекты в области брачно-семейных отношений кыргызов. Институты кыргызского права, регулирующие брачно-семейные отношения, отражали дух и мировоззренческие аспекты народной жизни. В ходе изучения данных институтов права отдельные авторы стремились показать результат социалистического пути раскрепощения женщин Кыргызстана.

Ключевые слова: семья, брак, законность, калым, аменгерство, многоженство,

ашар.

Abstract. Historical and legal analysis of Kyrgyz customary law allows us to more deeply study various aspects in the field of marriage and family relations of Kyrgyz people. The institutions of Kyrgyz law regulating marriage and family relations reflected the spirit and ideological aspects of people's life. In the course of studying these legal institutions, some authors sought to show the result of the socialist path of emancipation of women in Kyrgyzstan.

Keywords: family, marriage, legality, bride price, amengerism, polygamy, ashar.

Sobiq tuzum davrda gender tenglik masalari o'rganish jarayonida qator masalalar aniqlandi: qirg'iz ayolining inqilobgacha bo'lgan ojiz mavqei, qalim - jamiyatning o'tib bo'lgan zararli qoldig'i, qirg'iz jamiyatidagi beva ayolning huquqsiz mavqei, sobiq Sovet hukumatining "qirg'iz ayoli mustaqilligiga ahamiyatsizligigi va boshqalar. [1] Kommunistik partiyalar tomonidan yuqoridagi muammolar bo'yicha turli propaganda etuvchi adabiyotlarning chop etilishi, ommaga tarqatilishi munosabati bilan, sobiq sovet tuzumi davrida, Qirg'iziston ayollari O'rta Osiyo ayollari Ichida xaq-huquqlarini poy mol etilishigacha olib keldi. Hozirgi vaqtda Qirg'izistonda nikoh va oila institutlarining ijtimoiy mohiyatini, qadriyatlar negizini ko'rib chiqish natijasida huquqiy normalarida o'ziga xos yo'nalishlari va insonparvarlik tamoyillarini alohida o'rin egallab, gumanistik yondashuv huqiqiy asos hisoblanmoqda. Qirg'iziston jamiyatining bunday institutlarini, tabaqalashtirishga rozi bo'lmaslik, yuqori sinflar tomonidan quyi sinflarni ekspluatatsiya qilish vositasi sifatida qabul qilingan qalin, amengerizm (beva ayolning vafot etgan turmush o'rtog'ining aka yoki ukasiga turmushga chiqishi), ko'pxotinlilik, ashar va boshqalarni E.A.Ballerning fikrini keltirib o'tish o'rinlidir. U "hukmron sinflarga xizmat qiladigan ma'naviy

madaniyatni o'zining ideologik mohiyati va amaliy yo'nalishida doimo reaksion bo'lishini ta'kidlash noto'g'ri bo'ladi" deb hisoblagan [2].

Aslida, bu institutlar jamoaning o'zaro yordamni o'z ichiga olgan bo'lib, unda inson huquqlari butun qavm idora tomonidan himoyalanib, huquqlari poy mol etilgan a'zoning huquqlarini himoya qilishda ulkan ma'suliyatni o'z zimmasiga olgan. Ko'chmanchilik jamiyatida idora yashash uchun kafolat bo'lgani uchun, jamoadagi har bir shaxsning mol-mulkining himoyalanishida, hayoti va xavfsizligi oila a'zolarining xavfsizligi, fuqarolik va iqtisodiy manfaatlarini himoyalovchi asosiy tizim bo'lgan.

Shunday qilib, Qirg'iziston jamiyatining ko'chmanchi sivilizatsiyasining asosiy dominantlovchi omili patronimiya qonuni degan xulosaga kelish to'g'ri bo'ladi. Patronimiya (grekcha patronymía) —jamiyatning bir shakli bo'lib, patriarxik-avlodiy tizimiga xos bo'lgan ijtimoiy tuzumdir. Patronimiya qonuni huquqiy-iqtisodiy aspektga ega bo'lib, aynan patronimik munosabatlar tizimida, shaxsiy mulk masalasi ko'tarilgan. Patronomiya har bir ko'chmanchilik jamiyatidagi sub'yektning huquq va majburiyatlarining hajmini belgilab bergan bo'lib, asosiysi bo'ysunish prinsipi patronomiya bo'lish asosida esa hususiy-oilaviy xususiyati yotadi. [3]Ammo patronomiya asosida insonlar ustidan zo'ravonlik emas, balki umumiy ho'jalik qiziqishlari hamda, birgalikdagi mulk himoyasi haq huquqlari yotadi. Shuning uchun, aynan patronomiyada insonlar himoya va yordam topgan. Ushbu prinsipga qat'iy rioya etish oila-nikoh munosabatlarida, mulkchlilik munosabatlarida, shakllanayotgan qirg'iz davlatining qonunchiligida alohida o'rin egallagan. Qadimgi tarixga nazar solar ekanmiz, qalin berish jarayonida tuya, otlar, jimjimador gilamlar, choponlar, po'stinlar va boshqa uy jihozlaridan foydalanilgan. Bundan tashqari qalindan boshqa sovg'a almashinuvlar ham kelin va kuyov oilalariga taqdim etilgan. F.D.Lyukshevichning "O'rta Osiyo xalqlaridagi o'zbek-tojik oilalari o'rtasidagi an'analar" nomli maqolasida shunday xulosaga kelgan: "Kelin ota-onasi kuyovning ota-onasiga, momo-bobosiga va boshqa yaqin qarindoshlariga turli-tuman shoxona, qimmatli kiyim kechaklar, uy va shaxsiy jihozlar sovg'alar taqdim etishgan shu bilan birga o'ziga hos tovar ayirboshlash vujudga kelgan. [4] Ko'chmanchi xalqlarda yashash sharoti tarzining o'ziga hos hususiyatlari ularning uy jihozlari olishning imkoni yo'qligi ana shu an'analar orqali jihozlarni ayirboshlaganlar. Huquqiy tarafdan nazar soladigan bo'lsak, kelinlarni qalin puli evaziga "sotib olish" noto'g'ri talqin xisoblanadi vaholanki qirg'iz xalqida quldrolik tushunchasi bo'lmagan. Sharqiy Arab mamlakatlariga qaraganda ko'chmanchi qirg'iz millati haram va kanizaklar, qamoq va zindonlar nima ekanini bilmagan. Bundan tashqari qirg'iz ayollari erkin, o'z sepi va shaxsiy mulkini erkin o'z foydasida foydalanishi, me'ros ulushini olish, ajrashish masalarida ham o'z nuqtai nazaridan foydalanishi mumkin bo'lgan. [5]

Shunday ayollar ham bo'lganki, odatda "baybiche" (ovul boshlig'i) larning to'ng'ich hotinlari erining uzoq ma'lum sabablarga ko'ra yo'qligidan ma'suliyatni zimmasiga olib, ovulni mustaqil boshqargan barcha ovul vakillari tomonidan esa alohida hurmat va itoatkorlik bo'lgan. A.K.Muxtarovaning bildirishicha, erning yo'qligi paytida ayolining uyda boshqaruvchi bo'lishi, uy-ro'zg'or nazorati ma'suliyatini olishi xamda erni uy egasi va oila boshlig'i darajasini tutgan holda yo'l tutgani alohida e'tiborlidir. Qirg'iz jamiyatida ayol va erkakning teng huquqliligi to'grisida A.S.Ibrayeva ham shunday degan: "Ko'chmanchilik jamiyatida ayol ham erkak ham bir birida ustun ham past ham hisoblanmagan". Ayollarga e'tibor boshqa joylarga qaraganda yuqori turgan. Dono hamda dadil, chaqqon qizlar qozoq va qirgizlarda alohida fahr bo'lib, ota-ona va yaqin qarindoshlarning qizlarni jismoniy jazolash mumkin bo'lmagan. Bu va boshqa holatlar qirgiz xalqining ayollarga nisbatan adolatsizlik qo'pollik va zo'ravonlik bo'lmaganiga aniq asos bo'la oladi.

Amengerlik instituti qirg'iz xalqida qadimdan beri qirg'iz xalqi orasida mavjud bo'lgan bir necha sabablar bilan izohlangan. Asosiy sabab naslni saqlab qolish bilan asoslangan. Haqiqatdan ham, amengerlikning ijtimoiy an'anasinig fazilati bu aka-ukaning vafotidan so'ng oilani saqlab qolishga intilish bo'lib, farzandlarni yetim, ayolni yolg'iz bo'lishidan saqlashdir. [6]

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, qirg'iz xalqi gender tenglik munosabatlariga alohida e'tibor bilan qarashi an'analarni tarixan o'rganish jarayonida, patronimiya, amengerlik, qalin berish kabi urf-odatlarining gender tenglik munosabatlarida alohida o'rin egallashi er-hotin munosabatlarida teng huquqliliknig namoyon bo'lishi asoslab o'tilgan. O'zbekiston xalqining qo'shni xalqlar bilan chatishib ketgan an'analari gender tengligi masalalrining o'hshash jihatlarini kuzatishimiz mumkin. o'zgaruvchanlik ko'rsatishi mumkin.

REFERENCES

1. Мукамбаева Г.А. Манас и право. Бишкек, 2003,с. 243. 16 Люшкевич Ф.Д. Традиции межсемейных связей узбекско-таджикского населения Средней Азии.// Советская этнография. 1989. № 4. С.17.

2. Черниловский М. Всеобщая история государства и права. М. 2002. С.53.

3. Нуртазина Н.Д. Введение в теорию гендера. Алматы, 1998, с.22

4. Люшкевич Ф.Д. Традиции межсемейных связей узбекско-таджикского населения Средней Азии.// Советская этнография. 1989. № 4. С.

5. Наливкин В. И Наливкина М. указ. соч., с.129. 14 Кисляков Н.А. Очерки по истории семьи и брака у народов Азии и Казахстана. Л., 1969, с. 71.

6. 17Мухтарова А.К. Права женщин Казахстана: история и современность // Право и государство. 2002, №3, с. 23

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.