Научная статья на тему 'OILA MUHOFAZASI TUSHUNCHASI'

OILA MUHOFAZASI TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
79
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OILA / MUHOFAZA / JAMIYAT / MA’NAVIYAT

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mavlonov F.O.

Mazkur maqolada bugungi kunda oila tushunchasining mohiyati va mazmuni, oila muhazasining ahamiyati va uni mustahkamlash imkoniyatlari muallif tomonidan ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONCEPT OF FAMILY PROTECTION

In this article, the essence and meaning of the concept of family today, the importance of the family concept and the possibilities of its strengthening have been revealed by the author.

Текст научной работы на тему «OILA MUHOFAZASI TUSHUNCHASI»

Mavlonov F.O.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

SamISI

OILA MUHOFAZASI TUSHUNCHASI

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda oila tushunchasining mohiyati va mazmuni, oila muhazasining ahamiyati va uni mustahkamlash imkoniyatlari muallif tomonidan ochib berilgan.

Kalit so'zlar: oila, muhofaza, jamiyat, ma'naviyat.

Mavlonov F. O. teacher

department of Social Sciences

SamIES

CONCEPT OF FAMILY PROTECTION

Abstract. In this article, the essence and meaning of the concept of family today, the importance of the family concept and the possibilities of its strengthening have been revealed by the author.

Key words: family, protection, society, spirituality.

Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir. Jamiyat oilalardan iborat. Bu oilalar qanchalik mustahkam bo'lsa, jamiyat ham shunchalik mustaham bo'ladi. Biz qurayotgan adolatli fuqarolik jamiyatida oilaning asosiy qomusimiz bo'lgan konstitusiyada ham oila mavzusiga alohida bob ajratilganligi oilaning bu xususiyati birinchi navbatda uning jamiyat manfaatlari bilan bog'liqligida hamda ijtimoiy vazifalarda ifodalangan. Mamlakatda har bir oila va har bir insonning turmush farovonligini, fuqarolar totuvligini mustahkamlashga qaratilgan dasturiy maqsadlarga asoslanib ish olib borilmoqda.

1998-yil respublikamizda "Oila yili" deb ye'lon qilindi. Shu yilning 30-aprelida O'zbekiston Respublikasining Oila kodeks i tasdiqlanib, 1-sentabridan amalga kiritildi23. Adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilgan yekanmiz, jamoat birlashmalari, notijorat va nodavlat tashkilotlari, jumladan, fondlarning ahamiyati, oilani muhofazasiga bo'lgan yetibor oshib boraveradi. Jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o'rni va ahamiyatini kuchaytirish, ya'ni "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" tamoyilini hayotga joriy yetish demakdir.

Oila o'z ichki munosabatlariga asoslanadi. Oilaning ichki munosabatlari qonun hujjatlariga, milliy va axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Oilaviy

23 F.M.Karaxodjayeva, N.M. Akayeva, Sh.R. Yuldasheva, Fuqarolik va oila huquqi. -T.: ILM ZIYO 2012-yil 9-bet

munosabatlar tabiiy, iqtisodiy, ma'naviy yehtiyojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi.

Bugungi kunda respublikamizda o'n mingtaga yaqin mahalla va qishloq fuqarolari yig'inlari oilalar bilan jamoatchilik asosida katta tashkiliy va ommaviy ishlarni olib bormoqdalar, oilalarni saqlab qolish va ularni mustahkamlashga, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini himoya qilishga o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar. Oila davlat muhofazasida davlat tomonidan oilaga kun sayin g'amxo'rlik qilish, unga har taraflama moddiy yordam berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir.

Ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasi kun tartibida "Oila va ayollar muammolari komissiyasi" tashkil yetildi. Ushbu komissiya oila va ayollar muammolari bo'yicha davr talablariga javob beradigan oilani saqlash va mustahkamlashga, kelajaravlodni tarbiyalashga qaratilgan yangi qonunlar loyihalarini tayyorlash vazifalarini o'z oldiga qo'yadi. Oilaning davlat muhofazasida yekanligi Respublikamiz prezidentining farmonlarida o'z aksini topmoqda. Prezidentning birinchi farmoni 1990-yil 3-mayda qabul qilingan bo'lib, "Ko'p bolali onalarga nafaqa miqdorini ko'paytirish to'g'risida" deb nomlangan. Unda ko'p bolali onalarning moddiy ahvolini, yosh avlodning o'sish sharoitlarini yaxshilash maqsadida onalarga to'lanadigan oylik nafaqa ikki martaga ko'paytirildi. Mazkur Farmon o'zbek xalqining bolajonlik tabiatini ko'rsatadi. Faqat keyingi yillarda Respublika Prezidentining oilaga aloqador bir qator farmonlari qabul qilindi. 1998-yil 27-yanvarda "Oila manfaatlarini ta'minlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar davlat dasturi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori imzomlandi. O'zbekistonda "Sog'lom ona va bola yili" deb ye'lon qilingan joriy yilda ham bu boradagi ishlar izchil davom yettirilib, yanada kengaytiriladi. 2016-yil 9-fevralda davlat rahbari tomonidan "Sog'lom ona va bola yili" Davlat dasturi (11-bo'lim 88-moddadan iborat) tasdiqlandi24. Unda "Ona va bola sog'lom bo'lsa, oila baxtli, oila baxtli bo'lsa, jamiyat mustahkam bo'ladi" degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g'oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik hamda bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-yehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko'zda tutilgan.

"Milliy qonunchiligimiz oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni mustahkam huquqiy asosda qurishga ko'maqlashmoqda. 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Oila Kodeksi ushbu sohadagi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi.

Oila Kodeksini oilada tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta'minlashga xizmat qiladigan huquqiy hujjat sifatida qabul qilishimiz xato bo'lmaydi. Oila qurish avvalo bu katta mas'uliyatli ish bo'lib, yoshlarning o'zlari uchun yangi

24 https://www.norma.uz/oz/ . 2016-yil 9-fevralda davlat rahbari tomonidan "Sog'lom ona va bola yili" Davlat dasturi (11-bo'lim 88-moddadan iborat.

bo'lgan ijtimoiy maqomga har tomonlama tayyorgarlik ko'rishlarini taqozo yetadi. Ularni oiladagi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilikning o'rni ajralib turadi. Yoshlarning oila to'g'risidagi qonunchilikni bilib o'rganish o'z huquqlarini himoya qilish, mustahkam va sog'lom oila qurish uchun zarurdir.

O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 65-moddasini 2-qismi va Oila kodeksining 4-moddasi 1-qismiga binoan oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. Insonni dunyoga kelishligi juda katta bahtdir. U muomala layoqatiga to'lib mustaqil ravishda o'z xohishi bilan nikoh munosabatiga kirib oilasida bolalar tug'ilsa unga berilgan yeng ulug' nom, unvon bu onalik, otalik va bolalikdir. Onalik. Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida onalikni himoya yetishga alohida ahamiyat beriladi. Chunki ayolning asosiy vazifasi insoniyat zanjirini bardavom yettirish, onalik ham jamiyat hayotidagi muhim bir ish bo'lib qoladi. Onalikni boshqa hyech bir vazifa bilan almashtirilishi mumkin yemas. Ayol kishi uchun dunyoda onalik baxtidan buyukroq baxt yo'q. Ona bo'lish, farzand ko'rish, alla aytish ayol uchun baxtdir. Otalik. Oila huquqining tamoyili bo'lgan "Onalik va bolalikni muhofaza qilinishi" jumlasi yoniga amaldagi Oila kodeksiga "Otalik" degan so'z ham qo'shildi. Bu mustaqillik sharofati tufayli bo'ldi. Chunki to'liq ma'noda "Oilaning, onalik, otalik va bolalikning muhofaza qilinishi" bilan belgilanadi. Xotinni homiladorlik davri bo'lajak ota uchun ham jiddiy sinovdir. Bu davrda yer bo'lajak ona va bola to'g'risida g'amxo'rlik qilishi, xotinning yesonomon qutulib olishga tayyorlanib borishi uchun yaxshi shart-sharoit yaratib berishda qo'lidan kelgancha harakat qilishi lozim. Unga tegishlicha ruhiy-iqtisodiy muhitning yaratilishi homiladorlikning sog'lom kechishini ta'minlaydi. Otalikning davlat tomonidan himoya qilish kafolati sifatida oilasida har bir bola tug'ilganda yerkaklarga ish haqi saqlangan holda bir haftalik ta'til berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki oilada bolani dunyoga kelishida yerkak ham ayol bilan teng ishtirok yetib u ham imtyozli huquqqa yega bo'lishi belgilansa to'g'ri bo'ladi.

2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyoti strategiyasining 20-maqsadida, faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o'rtasida qonunga xurmat va itoat qilish hissini shakillantirish.

Oila kodeksi haqida to'xtalib shuni aytish kerakki, uning muvaffaqiyatli jihatlaridan biri, Kodeksning 4-moddasiga oila, onalik, otalik va bolalikning davlat himoyasiga olinganligi, shuningdek, onalik va otalik izzat-ikromga hamda hurmatga sazovorligi normalanganligi oilaga bo'lgan hurmat -ye'tiboming yuqori pog'onaga ko'tarilganligini ko'rsatadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, respublikamizda oila jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lib uning muhofazasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. So'nggi yillarda oila muhofazasiga oid qonun hujjatlarini takominllashtirish va amaliyotga jalb yetish orqali oila muhofazasini ta'minlashga harakat qilinmoqda. Bunga yaqqol misol qilib Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasini qarorlari soha rivojiga xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. F.M.Karaxodjayeva, N.M. Akayeva, Sh.R. Yuldasheva, Fuqarolik va oila huquqi. -T.: ILM ZIYO 2012-yil 9-bet.

2. https://www.norma.uz/oz/. 2016-yil 9-fevralda davlat rahbari tomonidan "Sog'lom ona va bola yili" Davlat dasturi (11-bo'lim 88-moddadan iborat.

3. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil, Onalar va bolalar muhofazasi

4. https ://uz.wikipedia.org/wiki/ Onalar_va_bolalar_muhofazasi

5. Прохорова О.Г. Основы психологии семьи и семейного консультирования: Учебно - методическое пособие по курсу. Москва, 2005. - С. 15.

6. Оила хукуки. Дарслик / Муаллифлар жамоаси. Проф. О.И.Окюловнинг умумий тахрири остида. -Т.: ТДЮ нашриёти, 2016. 181 бет.

7. Антонов А. И. Социология семьи. - М.: Изд-во МГУ: Изд-во Международного университета бизнеса и управления, 1996. - С. 344.

8. Узбекистон Республикаси Конституцияси, 08.12.1992 й.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.