Научная статья на тему 'OILANI MUHOFAZA QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

OILANI MUHOFAZA QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
230
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OILA / MUHOFAZA / JAMIYAT / MA’NAVIYAT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mavlonov F.O.

Mazkur maqolada bugungi kunda oila tushunchasining mohiyati va mazmuni, oilani muhofaza qilishning o'ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF FAMILY PROTECTION

In this article, the essence and meaning of the concept of family today, the specific features of family protection are revealed by the author.

Текст научной работы на тему «OILANI MUHOFAZA QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Mavlonov F.O.

SamISI Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi OILANI MUHOFAZA QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda oila tushunchasining mohiyati va mazmuni, oilani muhofaza qilishning o'ziga xos xususiyatlari muallif tomonidan ochib berilgan.

Kalit so'zlar: oila, muhofaza, jamiyat, ma'naviyat.

Mavlonov F. O. teacher

department of Social Sciences

SamIES

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF FAMILY PROTECTION

Abstract. In this article, the essence and meaning of the concept of family today, the specific features offamily protection are revealed by the author.

Key words: family, protection, society, spirituality.

Oila qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bog'langan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Ko'p jamiyatlarda oila bolalar ijtimoiylashuvi uchun asosiy institut vazifasini o'taydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari bo'lsa, nuklear oila deyiladi) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.

Oila — nikoh yoki tug'ishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a'zolari ro'zg'orining birligi, o'zaro yordami va ma'naviy mas'uliyati bilan bir-biriga bog'langan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a'zolarining turmush sharoitini va bo'sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta'sirida o'zgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat o'zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o'rnatadi.

Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud bo'lmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar to'da-to'da bo'lib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega bo'lmay, to'dadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, so'ngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib, guruhli oila paydo bo'lgan,

lekin bu oilalarda hali er-xotin nikohi barqaror alohida xo'jalikka ega bo'lmagan. Bu davrda tabiiy omil o'z vazifasini tugalladi, ya'ni jinsiy munosabatlar doirasidan qon-qarindoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana qarang: Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).

Oila Kodeksini oilada tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta'minlashga xizmat qiladigan huquqiy hujjat sifatida qabul qilishimiz xato bo'lmaydi. Oila qurish avvalo bu katta mas'uliyatli ish bo'lib, yoshlarning o'zlari uchun yangi bo'lgan ijtimoiy maqomga har tomonlama tayyorgarlik ko'rishlarini taqozo yetadi. Ularni oiladagi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilikning o'rni ajralib turadi. Yoshlarning oila to'g'risidagi qonunchilikni bilib o'rganish o'z huquqlarini himoya qilish, mustahkam va sog'lom oila qurish uchun zarurdir.

Oila a'zolariga yoki oilaning sobiq a'zolarida tegishli, qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadiryatlar yuzasida oila huquqi subektlari qabul qiladigan harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning obektlari bo'lishi mumkin;

Bir-biriga nisabatan uyzaga kelgan muommolarni hal qilish jarayonida oilaviy huquqiy munosabatlarning subektlariga ega bo'lgan huquq va majburiyatlarning yig'indisi huquqiy subyektlardir.

Ma'lumki ibtidoiy jamoa tzumidan boshlab nikoh munosabatlari mavjud. Ilk davrda odamlar bilar-bilmas er-hotin, farzand tuyg'ularini his qilib, bir-birlari orasida burchlarini ham bajarar edilar. Avvalo, bu munisabatlar "guruh nikoh", keyinchalik "juft nikoh"deb ataladi. Jamiyatda inson ongi rivoj topgan sari nikoh munosabatlarida ham o'zgarishlar yuzaga keldi. Jamiyatdagi urug'chilik davri-onalik davridan patriarxat-otalik davriga o'ta boshladi. Bu davrga kelib erkaklar o'z hotiniga, ulardan tug'ilgan farzandlarga, topilgan daromadiga o'zi ega bo'lishi tuyg'usi vujudga keldi. Bu davr sivilizatsiya deb atalib yakka nikoh monogamiyaning kelib chiqishiga asos soladi. Shunday qilib, nikoh munosabattidagi o'zgarishlar, oilada ham ulkan o'zgarish tug'dirdi.

Urug'chilik davrida ham, bugun ham oilaviy munosabatdagilarning asosiy maqsadi bir-birlariga yordam berish, tarbiyalash, g'amxo'rlik qilsh hysusiyatlari bilan bog'liq bo'lib, bu tashkilotda eng yaqin insonlar birlashadi. Ma'lumki, kishi oilada rivojlanadi, kamol topadi. Mustaqil Respublikamiz kelajagiga o'z hissasini qo'shadigan shaxs eng avvalo o ilada tarbiyalanadi. Oila, nikohdailarning o'rtasida ahillik bo'lsagina, mustahkam bo'la oladi. Shuning uchun nikph nima, qanday tuziladi, jamiyatimizda uning o'rnini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Oila bu ota-ona, er-hotin, farzand va qarindosh-urug'lardan tuzilgan uyushma bo'lib, oila a'zolari o'rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir.

Oilaning davlatimizning kelajagidagi o'rniga keng baho berib, asosiy qonun Konstitutsiyaning "jamiyat va shaxs" bobida oila jamiyatning asosiy

bo'g'ini ekanligi, u davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan.

Oila munosabatlari "O'zbakiston Respublikasi oila kodeksi"bilan tartibga solinadi.Bu munosabatlarni nikoh, er-hotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a'zolari o'rtasidagi munosabatlardir.

Oila qonunlarning asosiy vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o'zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'ullik hissi asosida ko'rishdan, biron bir shaxsning oila masalalariga o'z boshimchalik bilan aralashishga yo'l qo'ymaslik, oila a'zolari o'z huquqlarini to'sqinliksiz amalga oshirishni hamda bu huquqlarnig himoya qilishdan iboratdir.

Oila bu - jamiyatning bir bo'lagi, kichik bir vatan, insoniy muhabbat ifodasi, insonni dunyoga keltiradigan makon, ilk tarbiya o'chog'i yurt boyligi va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi.bu barcha fuqorolardan o'z oilasini mustahkamlash, uning har bir a'zosini vatanparvar, davlatimiz uchun sidqidildan xizmat etuvchi, sodiq farzand qilib tarbiyalashni talab qiladi.

Oila-jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga keladigan ichtimoiy hodisa bo'lib, u muayyan ijtimoiy munosabatlarni o'zida aks ettiradi. Respublikamizning Birinchi Prezident I.A. Karimov takidlaganidek: "Oila-bu jamiyatning asosi va boshlang'ich zarrachasidir. Oila farovonligi, bolalarni ma'naviy va jismoniy jihatdan sog'lom qilib tarbiyalash mamlakat boyligining va kuch-qudratining negizidir"

Respublikamizda oilaning jamiyatdagi tutgan o'rni va ishtirokini yanada oshirish oilaning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy ma'naviy-axloqiy manfatlarini va farovonligini davlat tomonidan qo'llab-quvatlashni kuchaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyoti strategiyasining 20-maqsadida, faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o'rtasida qonunga xurmat va itoat qilish hissini shakillantirish.

Oila kodeksi haqida to'xtalib shuni aytish kerakki, uning muvaffaqiyatli jihatlaridan biri, Kodeksning 4-moddasiga oila, onalik, otalik va bolalikning davlat himoyasiga olinganligi, shuningdek, onalik va otalik izzat-ikromga hamda hurmatga sazovorligi normalanganligi oilaga bo'lgan hurmat-ye'tiboming yuqori pog'onaga ko'tarilganligini ko'rsatadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, respublikamizda oila jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lib uning muhofazasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. So'nggi yillarda oila muhofazasiga oid qonun hujjatlarini takominllashtirish va amaliyotga jalb yetish orqali oila muhofazasini ta'minlashga harakat qilinmoqda. Bunga yaqqol misol qilib Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasini qarorlari soha rivojiga xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil, Onalar va bolalar muhofazasi

2. https ://uz.wikipedia.org/wiki/ Onalar_va_bolalar_muhofazasi

3. Прохорова О.Г. Основы психологии семьи и семейного консультирования: Учебно - методическое пособие по курсу. Москва, 2005. - С. 15.

4. Оила хукуки. Дарслик / Муаллифлар жамоаси. Проф. О.И.Окюловнинг умумий тахрири остида. -Т.: ТДЮ нашриёти, 2016. 181 бет.

5. Антонов А. И. Социология семьи. - М.: Изд-во МГУ: Изд-во Международного университета бизнеса и управления, 1996. - С. 344.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.