Научная статья на тему 'OILA BARKAMOL AVLOD POYDEVORI'

OILA BARKAMOL AVLOD POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
55
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
oila / Konstitutsiya / fuqarolik / onalik / bolalik / reproduktiv / demografik / modda

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Usmonova Sh

Mazkur maqolada oilada farzandning tarbiyasidagi ota-onaning o‘rni va ahamiyati, uning bitmas-tuganmas tarbiya o‘chog’i ekanligi, respublikamizda oila institutlarini rivojlanishi bo‘yicha qilinayotgan ishlar ko‘lami haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILA BARKAMOL AVLOD POYDEVORI»

OILA - BARKAMOL AVLOD POYDEVORI Usmonova Sh

NOTM "University of economics and pedagogy" Filologiya kafedrasi o'qituvchisi

E.mail:gulamovna1973@gmail.com

+998979934989 https://doi.org/10.5281/zenodo.10665290

Annotatsiya. Mazkur maqolada oilada farzandning tarbiyasidagi ota-onaning o'rni va ahamiyati, uning bitmas-tuganmas tarbiya o'chog'i ekanligi, respublikamizda oila institutlarini rivojlanishi bo 'yicha qilinayotgan ishlar ko'lami haqida so'z boradi.

Kalitso'zlar:oila, Konstitutsiya, fuqarolik, onalik, bolalik, reproduktiv,demografik,modda

Аннотация. B данной статье говорится о роли и значении родителей в воспитании ребенка в семье, о том, что она является неисчерпаемым источником воспитания, о масштабах работы по развитию институтов семьи в нашей республике.

Ключевые слова: семья, Конституция, гражданство, материнство,. детство, репродуктивное, демографическое

Abstract. This article discusses the role and importance of parents in the upbringing of children in Uzbek families, the fact that it is an inexhaustible source of education, the scope of work on the development of family institutions in our Republic.

Keywords: family, Constitution, citizenship, motherhood, childhood, reproductive, demographic, substance

Har qanday jamiyat ravnaqi, davlatning kuch-qudrati, ta'lim-tarbiya tizimining samaradorligiga bog'liq.Yoshlar tarbiyasi uchun birinchi navbatda oilada ota-ona mas'ul. Oila -mehr va baxt qo'rg'onidir.Ushbu qo'rg'onni baxtli qilish esa er va xotinning zimmasidadir.Oila -ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini ta'minlaydigan, kelajak avlod, qadriyatlar tizimiga o'z ta'sirini ko'rsatadigan ijtimoiy makon. Inson borki, oilada tug'iladi, voyaga yetadi. Oilalardan jamiyat tashkil topadi. Baxtli va farovon oilalar ko'paysa, jamiyat rivojlanadi.Oilalarning rivojida, albatta, onalarning o'z o'rni bor. Mutafakkir jadid adibimiz Abdurauf Fitrat ta'biri bilan aytganda, "Onalar - butun bashariyatning tarbiyachilaridir".

Oilada ma'naviy muhitning shakllanishida, albatta, ota-onalarning, buvi va bobolarning beqiyos o'rni mavjud. "Qari bilganni pari bilmas", "Qush uyasida ko'rganini qiladi" kabi maqollarda ta'kidlanganidek, qarilari e'zozlangan, ota-onalari ahil va totuv bo'lib yashaydigan oilada kamol topayotgan farzandlarga kattalar ibrat maktabi vazifasini o'taydi. Zero kattalarga hurmat ko'rsatish, ularning oldida odob va tavozeda bo'lish, duosini olish eng katta fazilatlardan biridir. Mana shu an'analar, qadriyatlarga amal qilib yashashimiz, yosh avlodni sharqona odob-axloqqa o'rgatmog'imiz lozim.

Yangi O'zbekistonni barpo etishda oilaning beqiyos o'rni bor.Oila - jamiyatning bir bo'g'inidir.O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutiya-sining 4-bobi "Oila" deb nomlanib, u quyidagi moddalardan iborat:

63-modda.Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega.Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.

64-modda.Ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarni rag'batlantiradi.

65-modda.Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

66-modda.Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar.

69-maqsad: Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada oila va nikoh munosabatlarini saqlash ustuvor masala sifatida belgilanmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 76-moddasida an'anaviy oila va nikoh munosabatlarini saqlash eng ustuvor masala sifatida muhrlanmoqda.Unga ko'ra davlat oila jamiyatning asosiy bo'g'ini hamda u jamiyat va davlat muhofazasida ekanligini saqlab qolgan holda, nikoh O'zbekiston xalqining an'anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi belgilanmoqda.

Ilk marotaba 78-moddada O'zbekiston xalqinining millatidan qat'iy nazar O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etishini inobatga olib, respublikada yashovchi barcha fuqarolarning an'anaviy oilaviy qadriyatlarini hurmat qilishi e'tirof etilmoqda.Amaldagi Konstitutsiyaning 63-moddasida oila jamiyatning bo'g'ini hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lishi, nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi belgilangani bilan respublikada yashovchi barcha fuqarolarning an'anaviy oilaviy qadriyatlarini hurmat qilishi e'tirof etilmagan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 18- fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanda qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF5938-son Farmoni zamonaviy oilani shakllantirishda va uning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy asoslari samaradorligini oshirishda metodologik asos bo'lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda oila institutini takomillashtirishning asosiy maqsadi - zamonaviy oilani barpo etishdan iboratdir. Qaysi jamiyatda barpo etiladigan bo'lsa o'sha jamiyat talablariga monand shakllanadigan oila-zamonaviy oila hisoblanadi. Buguni kun zamonaviy oilasi qo'yidagi tamoyillarga javob bermog'i lozim: o'zaro muhabbat,biologik moslik asosiga oila barpo etish; reproduktiv va jinsiy yetuklik;

- oila va jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligi, barqarorligi uchun fidokorlik, tashabbuskorlik va ijodkorlik;

- milliy oilaviy qadriyatlarga sadoqatlilik; sog'lom ma'naviy-ruhiy muhit yaratish, malaka va ko'nikmalariga ega bo'lish; kommunikativ kompetentlik mezonlariga rioya etish;

- oilaviy tadbirkorlik madaniyatiga ega bo'lish;

- "O'z bolangizni, o'z uyingizni, o'z Vataningizni ko'z qorachig'idek

asrang!" shioriga fidoyilik; "halollik vaktsinasi" bilan emlangan bo'lish va "jaholatga qarshi ma'rifat" g'oyasiga amal qilish;

- oilaparvarlik, mehnatsevarlik; xalqlararo, millatlararo totuvlikka rioya etishdan

iborat.

O'zbekistonda "Uchinchi Renessans davri"ning shiddat bilan boshlanishi zamonaviy oilalarning ham shiddat bilan shakllanishi uchun zamin hisoblanadi. Albatta, uning o'ziga xos andozasi mavjud bo'lib, u mazmunan quyidagi ustuvor yo'nalishlarni o'z ichiga oladi:

- oilaning jamiyat va davlat himoyasida ekanligi, uning huquqiy asoslari;

- oilaning iqtisodiy jihatdan farovonligi;

- oilaning ijtimoiy jihatdan barqarorligi;

- oilaning axloqiy-ma'naviy jihatdan shakllanganligi;

- oilaning to'liq bo'lishi;

- oilaning ta'limiy jihatdan qoniqarli darajasi;

- oilaning demografik jihatdan mustahkamligi;

- oilaning ma'naviy va jismoniy salomatligi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Oila - mehr va baxt qo'rg'oni.Oila bor

ekan, farzand degan bebaho ne'mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma'naviyat bor.Oilaviy baxt bu

- ulug' saodatdir".

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanda qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF5938-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi "Oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-3808-son Qarori.

3. "Mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish — doimo e'tiborimiz markazida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.07.03.2023 yil

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Lex.Uz

5. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Yangi tahriri. Lex.Uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.