Научная статья на тему 'OILA HIMOYASIGA OID IXTISOSLASHGAN DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI VA NODAVLAT TASHKILOTLAR'

OILA HIMOYASIGA OID IXTISOSLASHGAN DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI VA NODAVLAT TASHKILOTLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
25
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OILA HIMOYASI / IXTISOSLASHGAN DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI / NODAVLAT TASHKILOTLAR / OILAVIY MUNOSABATLAR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xusainova S.S.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida oila himoyasiga oid ixtisoslashgan davlat hokimiyati organlari va nodavlat tashkilotlarining faoliyati turlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIALIZED STATE AUTHORITIES AND NON-GOVERNMENTAL ORGANIZATIONS ON FAMILY PROTECTION

This article covers the activities of specialized public authorities and non-governmental organizations related to family protection in the Republic of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «OILA HIMOYASIGA OID IXTISOSLASHGAN DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI VA NODAVLAT TASHKILOTLAR»

UDK 34

Xusainova S.S. magistrant

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti O'zbekiston, Toshkent

OILA HIMOYASIGA OID IXTISOSLASHGAN DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI VA NODAVLAT TASHKILOTLAR

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida oila himoyasiga oid ixtisoslashgan davlat hokimiyati organlari va nodavlat tashkilotlariningfaoliyati turlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: oila himoyasi, ixtisoslashgan davlat hokimiyati organlari, nodavlat tashkilotlar, oilaviy munosabatlar.

Khusainova S.S. master student Tashkent State Law University Scientific adviser: Karakhodjayeva O., candidate of legal sciences, associate

professor Uzbekistan, Tashkent

SPECIALIZED STATE AUTHORITIES AND NON-GOVERNMENTAL ORGANIZATIONS ON FAMILY PROTECTION

Annotation: This article covers the activities of specialized public authorities and non-governmental organizations related to family protection in the Republic of Uzbekistan.

Keywords: Family Protection, Specialized state authorities, nongovernmental organizations, family relations.

Oila himoyasiga oid qonunchilikni amalga oshirish va bu munosabatlarni samarali himoya qilishning eng asosiy poydevori- bu sohada samarali faoliyat olib boruvchi tuzilmalarni yaratish bilan bog'liq. O'zbekiston Respublikasida oila himoyasiga ixtisoslashgan davlat hokimiyati organlari haqida gap ketganda, avvalo Respublikada oila va xotin-qizlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolariga tizimli yechim topish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi tashkil etilganligini e'tirof etish lozim. Oila himoyasi tizimini takomillashtirish yo'lida tashkil etilgan bu qo'mita ning asosiy vazifa va faoliyat yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

1. xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta'minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;

2. oila va xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko'rsatish;

3. xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;

4. xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo'yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

5. xotin-qizlar yo'nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam ko'rsatish.

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasining tashkil etilishi bilan quyidagi vazifalar ham belgilab qo'yildi:

Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasini Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi sifatida qayta tashkil etish hamda Qo'mita tuzilmasiga o'tkazish;

"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutini "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etish hamda Qo'mita tuzilmasiga o'tkazish;

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi, "Oila va jamiyat" gazetasi, "Saodat" jurnali, "Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila" xalqaro ilmiy jurnalini Qo'mita tuzilmasiga o'tkazish;

"Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari" faoliyatini isloh qilish va takomillashtirish.

Qo'mita oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi, endilikda, oila va xotin-qizlar masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Qo'mita bilan kelishiladi. Qo'mita tomonidan o'z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, bos hqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi;

Ushbu qo'mitaning tashkil etilishi natijasida har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi har bir mahallada mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha mutaxassis lavozimi o'rniga xotin-qizlar faoli lavozimi mahalliy budjet mablag'lari

hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlangan holda bir nafardan joriy etilishi ham belgilangan. Yangi tuzilma sifatida tashkil etilgan Xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma'naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma'naviy-axloqiy muhitini va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo'yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

• xotin-qizlarning tadbirkorlik g'oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish bo'yicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha tuman (shahar) hokim yordamchisi bilan hamkorlik qiladi;

• "Ayollar maslahat kengashlari" bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka o'qitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga ko'maklashish, "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish;

• xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo'lgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko'rsatish ishlarini tashkil etish.

Oila munosabatlarini himoya qilish va mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan yana bir tuzilma bu Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlaridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar davlat qo'mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.

Ushbu markazlarni tashkil etishning asosiy maqsadi quyidagilarda aks

etadi:

1. zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda "Oila — muqaddas", "Sog'lom oila — sog'lom jamiyat", "Oila — jamiyat va davlat himoyasida" va "Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi" konseptual g'oyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;

2. nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik a soslari, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo'yicha tizimli tayyorlash;

3. oilalar mustahkamligini ta'minlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, oilalarda sog'lom ma'naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo'lish ko'nikmalarini shakllantirish. Ushbu markazlarda fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va o'quv mashg'ulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan o'ttiz yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar, o'quv yuklamasi hajmi o'n olti soatdan kam bo'lmagan dastur asosida bepul o'qitiladi. Markazlar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga (keyingi o'rinlarda — FHDY organlari) nikohni qayd etish bo'yicha ariza bergan shaxslarni oilaviy hayotga tayyorlashga yo'naltirilgan o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish maskani hisoblanadi. Markazlarda tashkil etilgan o'quv mashg'ulotlar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yuqori ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, mustahkam, totuv va baxtli oila yaratishga ko'maklashish, ularga an'anaviy oilaviy qadriyatlarni singdirish, shuningdek, oilaning zamonaviy modelini shakllantirishga qaratiladi.

O'ttiz yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaxslar, nikoh tuzgan shaxslar, shuningdek, ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarning tomonlari ham alohida dastur asosida markazlarda ixtiyoriy o'qishlari mumkin.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida mashg'ulotlar o'qitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilg'or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda o'tkaziladi hamda o'quv mashg'ulotlarining quyidagi asosiy turlari qo'llaniladi: ma'ruza, taqdimot, interfaol seminar, amaliy mashg'ulot (keys-stadi, "kichik" guruhlarda ishlash, "aqliy hujum" va boshqalar). Bu tuzilmalarning tashkil etilishi oilalar mustahkamligiga erishishga katta qadam bo'lib xizmat qiladi va oila munosabatlarini muhofaza qilishga doir mavjud tizimning takomillashishiga ko'maklashadi. Bundan tashqari bu tuzilmalarning faoliyati natijasida mamlakatimiz Konstitutsiyasida belgilab qo'yilgan norma, ya'ni oilaning davlat muhofazasida bo'lishi haqidagi mezon amaliyotda mustahkamlanishiga zamin yaratiladi.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T., 2021.

2. Всеобщая декларация прав и свобод человека и гражданина: принята Генеральной Ассамблеей ООН 10 декабря 1948 г. // Рос. газета. 1995. 5 апр.

3. Рахмонкулова Н.Х,. Халкаро хусусий хукукда никох муносабатлари. - Т.: "ARTFLEX", 2011. - Б.5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.