Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILA MUHOFAZASI- KONSTITUTSIYAVIY TAMOYIL SIFATIDA'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILA MUHOFAZASI- KONSTITUTSIYAVIY TAMOYIL SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
397
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OILA / QARINDOSHLIK / NIKOH / ONALIK / BOLALIK

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xusainova S.S.

Jamiyatning asosiy va birlamchi bo‘g‘ini sifatida oila instituti va uning muhofazasining Konstitutsiyaviy asoslari ushbu maqolaning tadqiqot obektidir. Maqolada shuningdek, oila tushunchasining mazmun mohiyati, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda bu institutni mustahkamlash yo‘lida qilinayotgan salmoqli islohotlar ham atroflicha muhokama etiladi. Oila kategoriyasiga bo‘lgan milliy yondashuvining Konstitutsiyaviy asoslari tahlil etilib, xorijiy manbaalar tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROTECTION OF FAMILY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AS A CONSTITUTIONAL PRINCIPLE

The concept of family as the main and primary link of society and its constitutional foundations are the research facility of this article. The article also discusses the essence of the concept of family, as well as analyses the significant reforms to strengthen the normative basis of this institution in Uzbekistan. The constitutional foundation of the national approach to the family category is analyzed and foreign sources are also discussed during the research.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILA MUHOFAZASI- KONSTITUTSIYAVIY TAMOYIL SIFATIDA»

UDK 34

Xusainova S.S. magistrant

Toshkent davlatyuridik universiteti

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OILA MUHOFAZASI -KONSTITUTSIYAVIY TAMOYIL SIFATIDA

Annotatsiya: Jamiyatning asosiy va birlamchi bo'g'ini sifatida oila instituti va uning muhofazasining Konstitutsiyaviy asoslari ushbu maqolaning tadqiqot obektidir. Maqolada shuningdek, oila tushunchasining mazmun mohiyati, so'nggi yillarda O'zbekistonda bu institutni mustahkamlash yo'lida qilinayotgan salmoqli islohotlar ham atroflicha muhokama etiladi. Oila kategoriyasiga bo'lgan milliy yondashuvining Konstitutsiyaviy asoslari tahlil etilib, xorijiy manbaalar tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: Oila, qarindoshlik, nikoh, onalik, bolalik.

Khusainova S.S. master student

PROTECTION OF FAMILY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AS

A CONSTITUTIONAL PRINCIPLE

Annotation: The concept offamily as the main and primary link of society and its constitutional foundations are the research facility of this article. The article also discusses the essence of the concept of family, as well as analyses the significant reforms to strengthen the normative basis of this institution in Uzbekistan. The constitutional foundation of the national approach to the family category is analyzed and foreign sources are also discussed during the research.

Keywords: family, kinship, marriage, motherhood, childhood.

"Oila" tushunchasining mohiyatini bir necha jihatlariga ko'ra aniqlash mumkin. Birinchidan, oila jamiyat uchun o'ziga xos vazifalardan birini -insoniyatni takror ishlab chiqarishni amalga oshiradigan ijtimoiy institutdir. Ikkinchidan, oila - bu odamlarning kichik guruhi, ya'ni umumiy vazifalari, maqsadlari, manfaatlariga ega bo'lgan, shuningdek, o'zlarining ichki qonuniyatlari bo'yicha rivojlanib, faoliyat ko'rsatadigan turli xil odamlarning birlashmasi. Oila konseptsiyasini ko'rib chiqishda psixologik, ij timoiy, huquqiy va boshqa yondashuvlarni qo'llash mumkin, chunki bu tushunchaning keng qo'llanilishi nafaqat sotsiologiya, psixologiya, pedagogikada, balki huquqshunoslikda, xususan, huquqiy hujjatlarda - qonunlarda ham qo'llaniladi.

O.G. Proxorova oilani nafaqat erkak va ayolni, balki ularning farzandlarini, shuningdek, boshqa qarindoshlarni birlashtiruvchi murakkab

munosabatlar tizimi deb tushunadi [1. B. 7]. A. I. Antonovning ta'rifiga ko'ra, oila - bu nikoh - ota-onalik - qarindoshlik rishtalari bilan bog'langan va shu orqali oilaviy funksiyalarni bajaradigan yagona umumiy oilaviy faoliyatga asoslangan odamlar jamoasi[2. b. 12]. Qonun nuqtai nazaridan oila deganda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilishning boshqa shakllaridan kelib chiqadigan huquqlar va o'zaro majburiyatlar bilan bog'liq bo'lgan shaxslar doirasi tushuniladi. Oila nikoh, qon -qarindoshlik va shu kabi kishilar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikdan hosil bo'ladigan ijtimoiy tuzilmadir. O'ziga xos bo'lgan mazkur ijtimoiy tuzilmadagi jismoniy shaxslar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni tartibga solish, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash huquqning vazifasi sanaladi[2. b. 20]. Oila -jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida har qanday davlatning negizini tashkil etadi. Nafaqat O'zbekiston Respublikasida, balki butun dunyoda ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy voqealar davlat va jamiyat tomonidan yordam va ko'makka muhtoj bo'lgan oilaviy munosabatlar ishtirokchilarining huquqlariga bevosita daxldor bo'lgan ko'plab muammolarni ochib berdi. Ularni hal qilish zarurati va shu orqali oila institutini isloh qilish inson va uning huquqlari oliy qadriyat bo'lgan huquqiy, ijtimoiy davlatni yaratishga qaratilgan demokratik islohotlar bilan bevosita bog'liq. Mamlakatimizda oila va davlat o'rtasidagi munosabatlarning asosiy tamoyillari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-bobi oilaga bag'ishlangan bo'lib, asosiy qonunimizning 63-moddasiga binoan, "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi[3]", deya belgilab qo'yilgan.

Bundan tashqari "ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga bo'lgan majburiyatlari", "farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi", "onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi", "voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga bo'lgan majburiyatlari" ham Asosiy qonunimizning ushbu bobida belgilangan.

Oilani himoya qilishning konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlanishi uning o'zbek jamiyatidagi rolining muhimligini, davlatning uni qo'llab-quvvatlash, muhofaza qilish va sifatli rivojlantirishdan manfaatdorligini ko'rsatadi.

O'zbekistonda oilani rivojlantirishga global darajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida, shuningdek, 20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida qaraladi.

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida oila institutining har tomonlama mustahkamlanishi yo'lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2018 yil 29 -

iyundagi qarori "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmonining qabul qilinishi, "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VMQ-810 sonli qarori, va shu qarorga ilova tarzida tasdiqlangan Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida mashg'ulotlarni tashkil qilish tartibi to'g'risidagi nizom ham oila institutining huquqiy asoslarini mustahkamlash yo'lida qadam bo'ldi.

Prezidentimizning "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni bilan milliy hamda ma'naviy qadriyatlarimiz asosida ushbu sohada yillar davomida to'planib qolgan, e'tibordan chetda qolib kelgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari oldiga eng muhim va dolzarb vazifalar qo'yildi.

Oila muhofazasining xalqaro tajribadagi asoslariga qaraydigan bo'lsak, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1994 yildan e'tiboran har yili 15 may kunini Xalqaro oila kuni sifatida nishonlashga qaror qilgani bejiz emas. Shuningdek, 1993-yildan buyon Vena, Qohira, Kopengagen, Pekin va dunyoning boshqa shaharlarida bo'lib o'tgan xalqaro anjumanlar kun tartibiga oila masalasining maxsus kiritilishida ham katta ma'no bor. Umuman olganda, har yili belgilanayotgan va amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning barchasida oila va uning mustahkamligi muammosi umuminsoniy vazifa sifatida e'tirof etib kelinmoqda[2. b.21].

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila instituti mustahkamligi turli xil milliy omillarga ham asoslanganligini ta'kidlab o'tish lozim. Bunda, milliy xususiyatlardan kelib chiqib, oila tizimida keksa yoshlilarning maqomi va ularning muhofazasi ham mustahkamlangan. O'zbekiston olib borayotgan siyosat har bir kishini, jumladan, mehnatga layoqatsizlar, yolg'iz keksalarning ham to'laqonli hayot kechirishini, iqtisodiy va siyosiy turmushda faol ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan. Bunday shaxslarning tibbiy xizmatdan foydalanish, mehnat qilish, bilim olish, dam olish huquqlari alohida imtiyozlar belgilanishi bilan yanada kuchli himoya qilinadi.

Bir so'z bilan aytganda, oila institutining Konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashdan ko'zlangan asosiy maqsad mamlakatdagi har bir oilaning huquq va manfaatlarini to'liq ro'yobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar muvozanatini ta'minlash, oila farovonligini oshirish, muxtasar aytganda, oila institutini har tomonlama qo'llab-quvvatlagan holda, davlatning izchil va barqaror taraqqiyotiga erishishdir.

Foydalanilgan шапЬаа!аг ro'yxati:

1. Прохорова О.Г. Основы психологии семьи и семейного консультирования: Учебно - методическое пособие по курсу. Москва, 2005. - С. 15.

2. Оила хукуки. Дарслик /Муаллифлар жамоаси. Проф. О.И.Окюловнинг умумий тахрири остида. -Т.: ТДЮ нашриёти, 2016. 181 бет.

3. Антонов А. И. Социология семьи. - М.: Изд-во МГУ: Изд-во Международного университета бизнеса и управления, 1996. - С. 344.

4. Узбекистон Республикаси Конституцияси, 08.12.1992 й.

5. www.lex.uz

6. www.constitution.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.