OZBEKISTONNING XALQ TA'LIMI TIZIMI SOHASIDA RIVOJLANGAN DAVLATLAR BILAN HAMKORLIK
ALOQALARI
Tashpulatova Dilfuza Xadjumuratovna
AIFU tarix fakulteti II kurs magistr talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.14064936
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01- November 2024 yil Ma'qullandi: 05- November 2024 yil Nashr qilindi: 11- November 2024 yil
KEY WORDS
O'zbekiston, xalq ta'limi tizimi, xalqaro hamkorlik, ta'lim islohotlari, "Ta'lim revolyutsiyasi", uzluksiz ta'lim, ta'lim sifatini oshirish, PISA, PIRLS, YUNESKO, BMT
O'zbekistonning xalq
Mustaqillikka erishgach, O'zbekiston ta'lim tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida bir qator islohotlarni amalga oshirib, global ta'lim dasturlarini tatbiq etdi. Bunda BMT va YUNESKO kabixalqaro tashkilotlarning ko'magi bilan amalga oshirilgan ta'lim loyihalari muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, "Ta'lim butun umr davomida" konsepsiyasi va "Ta'lim revolyutsiyasi" doirasidagi o'zgarishlar O'zbekiston xalq ta'limi tizimining sifatini oshirish va ijtimoiy tenglikni ta'minlashga xizmat qildi. Maqolada ta'lim sifatini oshirish uchun PISA va PIRLS kabi xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati ham yoritilgan.
ta'limi tizimi mustaqillikka erishgach, jahonning ilg'or davlatlari
bilan ta'lim sohasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga katta e'tibor qaratdi. Ta'lim tizimini modernizatsiya qilish va global miqyosda tan olingan ta'lim dasturlarini joriy qilish orqali mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo'shadigan malakali kadrlarni tayyorlash asosiy vazifa sifatida qo'yildi. 1970-1980-yillarda rivojlangan davlatlarda amalga oshirilgan ta'lim islohotlari va "Ta'lim revolyutsiyasi"ning boshlanishi O'zbekistonga ham ta'sir ko'rsatdi. Ushbu islohotlar nafaqat ta'lim sohasidagi innovatsiyalarni, balki xalqaro hamkorlikni ham rivojlantirishda muhim omil bo'ldi. O'zbekiston Respublikasining xalq ta'limi tizimi rivojlanish jarayonida boshqa davlatlar bilan tajriba almashinuvi orqali uzluksiz ta'lim tizimini shakllantirish, o'quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish va ta'lim sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Bu jarayonda BMT, YUNESKO kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan islohotlar, jumladan, "Ta'lim butun umr davomida" (LLL) konsepsiyasi asosida keng miqyosli o'zgarishlar amalga oshirildi.
Asosiy qism. 1970-1980-yillarda rivojlangan davlatlarda ta'lim sohasida islohotlarga qaratilgan keskin ilmiy qarashlar shakllana boshladi. Bu davrni ta'lim sohasidagi jiddiy o'zgarishlar "Ta'lim revolyutsiyasi" deb nomlangan xalqaro islohotlar jarayonini boshlab berdi. Ilmiy jamoatchilik avvalboshdan bu jarayonni ilmiy-texnikaviy inqilobning "ijtimoiy natijalari"dan biri sifatida baholadi. Ammo, aslida, bu global miqyosda ta'lim tizimini tubdan
qayta qurish jarayoni bo'lib, u nafaqat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga, balki jamiyatning umumiy ijtimoiy munosabatlariga ta'sir ko'rsata boshladi.
Bu davrdagi ta'lim islohotlari ko'plab sohalarda yangi texnologiyalarni joriy qilish, ta'lim mazmunini qayta ko'rib chiqish va innovatsion pedagogik yondashuvlarni tatbiq etishni o'z ichiga olgan. Masalan, AKSH va G'arbiy Yevropa davlatlarida ta'lim sohasida texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalari keng joriy etilib, o'quv jarayonlarini modernizatsiya qilishga alohida e'tibor qaratildi. Bunday yondashuvlar orqali ta'lim nafaqat iqtisodiy o'sish va fan-texnika taraqqiyoti uchun muhim omilga aylandi, balki u ijtimoiy status va shaxslarning jamiyatdagi o'rnini belgilashda ham hal qiluvchi rol o'ynadi.
"Ta'lim revolyutsiyasi" doirasida ta'lim sohasidagi tub o'zgarishlar nafaqat tayanch bilimlarni berish, balki yoshlarni zamonaviy jamiyatning talablariga moslashtirishga qaratilgan. Ya'ni ta'lim va ijtimoiy status o'rtasidagi bog'liqlik kuchaydi. Bundan tashqari, bu davrda ta'limni boshqarishning yangi modellari yaratildi, jumladan, ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro reyting va baholash tizimlari, masalan, PISA, TIMSS va PIRLS kabi dasturlar paydo bo'ldi. Ular orqali turli davlatlarda ta'lim darajasi o'rganildi va tajribalar almashinuvi jarayoni kuchaydi.
Shuningdek, ta'limda ijtimoiy tenglikni ta'minlash, fuqarolarning ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Bu islohotlar natijasida rivojlangan davlatlar jamiyatdagi tengsizlikni kamaytirishga, kam ta'minlangan va imkoniyati cheklangan qatlamlarning ta'limga bo'lgan dastaklarini kuchaytirishga intilishdi. Natijada ta'lim nafaqat iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni berishning asosiy omiliga aylandi, balki ijtimoiy statusni belgilashda hal qiluvchi rol o'ynadi.
Ta'limning iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi bu ahamiyatini to'g'ri anglagan davlatlar uzluksiz ta'lim tizimini yo'lga qo'yish va innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etishga alohida e'tibor qaratdi.
Ta'lim revolyutsiyasining dastlabki ko'rinishi ta'limni keskin demokratlashuvida, uning yanada qulay va gumanistik asosdagi qarashlari keng yoyilishi bilan boshlandi. Xususan, YUNESKO "Ta'lim bosqichlari"ning umumiy standartlarini shakllantirish masalasi yuzasidan o'tkazgan ilmiy tahlillariga tayanib, "Ta'limning xalqaro standartlar tasnifi" (TXST) ni yaratdi. Natijada, 1972-yilda YUNESKO tomonidan ta'lim tizimining tamomila yangi ko'rinishi -"Uzluksiz ta'lim tizimi konsensiyasi" yaratildi .
Demak, insoniyatning jamiyatda ta'lim sohasiga bo'lgan extiyojlarini progressiv oshib borishi sohaning raqobatbardoshligini ta'minlashga qaratilgan islohotlar mexanizmini yaratish talabini yuzaga keltirdi.
Bu borada 1982-yil BMTTD hamda YUNESKO hamkorligida ishlab chiqilgan "Ta'lim innovatsiyalari va islohoti" ("Education innovation and reform") loyihasi alohida ahamiyat kasb etadi . Loyihaning "Ta'lim tizimiga innovatsiyalarni yo'naltirish asoslari" batafsil yoritilgan uchinchi qismida innovatsiyalarni tatbiq etish mexanizmini qo'llashning 3 ta guruhi asoslab berildi.
Ta'limni rivojlantirish va uni global miqyosda integratsiya qilish masalalariga bag'ishlangan muhim tadbirlardan biri, shubhasiz, 1990-yilda BMTning Taylanddagi Djomtiyen shahrida o'tkazilgan Xalqaro konferensiyadir. Mazkur anjumanda dunyoning 140 dan ortiq davlat va hukumat vakillari ishtirok etgan bo'lib, ta'limning kelgusidagi harakat yo'nalishlarini aniq belgilab berishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilingan. Konferensiya doirasida "Ta'lim
to'g'risida Umumjahon Deklaratsiya" imzolandi, u kelajakda global ta'limni rivojlantirish uchun muhim harakat rejasini belgilab berdi .
Bu deklaratsiya ta'lim olishni inson huquqi sifatida e'tirof etgan bo'lib, har bir insonning ta'lim olishga bo'lgan teng huquqi ta'minlanishi lozimligini ta'kidlagan. Shuningdek, barcha jamiyatlarda uzluksiz ta'limga bo'lgan ehtiyojni tan olish va buni amalga oshirish uchun davlatlar, hukumatlar va xalqaro tashkilotlarning hamkorligi talab etilishi qayd etilgan. Anjumanda ta'limga umumiy kirish imkoniyatini ta'minlash, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash va barcha uchun bosqichma-bosqich bepul va majburiy ta'limni joriy qilish bo'yicha aniq harakat rejalari tuzildi. Xalqaro darajada ta'lim sifatini oshirish, har bir bola, yosh va katta yoshdagi shaxslarga bilim olish imkoniyatini yaratish, iqtisodiy jihatdan qiyin ahvoldagi, hamda nomuvofiq sharoitlardagi hududlarda ham ta'lim tizimini rivojlantirish yo'llari muhokama qilindi.
Djomtiyen deklaratsiyasi ta'limning global rivojlanishi uchun yangi istiqbollar yaratib, hukumatlar va Xulosa qilib aytish mumkinki, O'zbekistonning rivojlangan davlatlar bilan ta'lim sohasidagi hamkorligi xalq ta'limi tizimining modernizatsiyasiga katta hissa qo'shdi. Xalqaro reyting va baholash dasturlari, masalan, PISA, PIRLS kabi tizimlar orqali ta'lim darajasi o'rganilib, O'zbekiston xalq ta'lim tizimiga yangi texnologiyalarni tatbiq etish, o'quv jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar bu boradagi sa'y-harakatlarning muhim qismidir.
Ta'lim tizimini rivojlantirishda ko'plab xorijiy tajribalar o'rganilib, xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish orqali O'zbekistonning xalq ta'limi sifati oshirilmoqda. Ta'limda ijtimoiy tenglikni ta'minlash va barcha fuqarolar uchun ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etildi. Shu bilan birga, kelgusidagi rejalar ta'lim jarayoniga xalqaro standartlarni to'liq joriy qilish va xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarni egallashga qaratilgan.
Xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga turtki bo'ldi. Shu bilan birga, ta'lim tizimining zamonaviylashtirilishi, innovatsion metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali ta'limni keng miqyosda rivojlantirish zaruratiga alohida urg'u berildi. Bu tadbir ta'limda global o'zgarishlar davrini boshlab bergani bilan birga, jahon miqyosida ta'lim standartlarini yangilash va ularni global miqyosda integratsiya qilishga doir strategik yo'nalishlarni belgilab berdi. Anjumanning ahamiyati ta'lim olishni hamma uchun kafolatlash, ta'lim sifatini oshirish va jamiyatda tenglikni ta'minlash orqali barqaror rivojlanishga erishish yo'lida muhim tarixiy qadam bo'ldi.
Xulosa. O'zbekistonning xalq ta'limi tizimida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlikka asoslangan islohotlar mamlakatning ta'lim sohasidagi yutuqlariga va yangi bosqichga ko'tarilishiga xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida O'zbekiston o'z ta'lim tizimini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida BMT, YUNESKO kabi tashkilotlar bilan birgalikda turli loyihalarni amalga oshirdi. Bu islohotlar doirasida "Ta'lim butun umr davomida" konsepsiyasi, PISA va PIRLS kabi xalqaro baholash dasturlari ta'lim sifatini oshirishda muhim vosita sifatida joriy etildi.
Kelgusida ushbu tajribani yanada rivojlantirib, ta'lim tizimini raqamlashtirish, o'quv dasturlarini modernizatsiya qilish va o'qituvchilarning malakasini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarur. Xalqaro tajribani o'zlashtirish bilan birga, mahalliy ehtiyojlarni
inobatga olgan ta'lim siyosatini davom ettirish O'zbekistonning xalqaro maydonda ta'lim sifatini oshirishda raqobatbardoshligini ta'minlaydi.
Adabiyotlar:
1. "Returning Singaporeans - Mother Tongue Policy". Ministry of Education, Singapore (25-avgust 2006-yil).
2. "Subject-based Banding". Ministry of Education Singapore. 28-yanvar 2013-yil
3. Abdullayeva Sh.Sh. Pedagogicheskiye texnologii razvitiya poznavatelnbix tvorcheskix sposobnostey ucham,ixsya mladshix klassov: Diss. kand. ped. nauk. -Toshkent, 2005. - 230 s.
4. Anne Pakir. „Bilingual education with English as an official language: Sociocultural implications" (pdf). Georgetown University Press (1999). 28-yanvar 2013-yil
5. Doniyorov M., Eshquvatova M. PIRLS xalqaro baholash tizimida boshlang'ich ta'limning tutgan o'rni // Current approaches and new research in modern sciences. International scientific-online conference. - Poland, 2021. - p. 84-90.
6. Elmuratova U.F. O'zbekiston ta'lim tizimiga innovatsiyalarning tatbiq etilish jarayonlari (1991-2016 yy.): Tarix fan. fal. dok (PhD) dis. ...avtoref. - Toshkent, 2021. - 57 b.