PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
O'ZBEKISTONNING BUTUN JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A'ZO BO'LISHIDA XITOY TAJRIBASIDAN FOYDALANISH
Sh. Shadmankulov
1Institute of Problem Solving, XYZ University, My Street Number Str., Post Code My Town, My Country 2Department of Computing, Main University, My Street Number Str., Post Code My Town, My Country 3Anhalt University of Applied Sciences, Bernburger Str. 57, 06366 Köthen, Germany {f_author, s_author}@ips.xyz.edu, [email protected], [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13353182 Annotatsiya: Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda davlatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvidir. Yuqoridagi maqsadga erishish yo'lidagi eng muhim qadam O'zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) kirishidir. JSTning vazifalari ma'lum qoidalarga asoslangan tizim doirasida savdo jarayonini tartibga solishga yordam berish, savdo nizolarini hukumatlar o'rtasida xolisona hal etish, savdo muzokaralarini tashkil etishdan iborat. Ushbu faoliyat mazkur tashkilotning 60 dan ortiq kelishuvlariga—xalqaro savdo va savdo siyosatining asosiy huquqiy normalariga asoslanadi. Xitoy davlatining JSTga qo'shilish tajribasi o'rganilib bizning iqtisodiyotimizga mos jihatlarnini tajriba asosida qabul qilishumiz mumkin.
Kalit so'zlar: Xalqaro iqtisodiyot, integratsiya, strategiya, iqtisodiy rivojlanish, savdoni erkinlashtirish.
KIRISH
Hozirgi vaqtda JST mamlakatlar o'rtasidagi savdo qoidalarini tartibga soluvchi yagona xalqaro tashkilotdir. Tashkilotning asosiy vazifalari xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo kelishuvlarining adolatliligini ta'minlash, iqtisodiy o'sish va xalq farovonligini oshirishdan iborat. U a'zo mamlakatlardan ichki bozorni liberallashtirishni qat'iy talab qiladi.
JSTga a'zo davlatlarning tashqi savdosini tartibga soluvchi asosiy hujjat Tariflar va savdo bo'yicha Bosh kelishuvdan tashqari Savdoni osonlashtirish to'g'risidagi bitim (TFA) hisoblanadi. Ushbu Bitim soddalashtirish, muvofiqlashtirish, avtomatlashtirish, xususan, tovarlarni olib kirish va olib chiqish bilan bog'liq tartib-taomillarni rasmiylashtirish, ularni rasmiylashtirishni tezlashtirish, bojxona to'lovlari tartibini o'rnatadi, tovarlar va bojxona hamkorligi masalalari bo'yicha tranzit mexanizmlarini batafsil bayon qiladi.
Mamlakatimizning jahon bozorlarida mustahkam o'rin egallashi va tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi ko'p jihatdan milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini yanada oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga bog'liq. Jahon savdo tashkilotiga a'zolik ham ayni maqsadga qaratilgani, mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan ahamiyatli.
Mazkur tashkilot xalqaro savdo munosabatlarida tashkilotga a'zo mamlakatlar uchun qulay huquqiy tizimni taqdim etadi. Ular tomonidan o'zaro kelishilgan holda qabul qilingan hujjatlar mamlakatlarning o'z savdo siyosatini belgilangan mezonlar doirasida olib borishlarida mas'uliyat yuklaydi. Tashkilotda qarorlar ishtirokchi mamlakatlar yordamida konsensus — umumiy ovoz berish orqali qabul qilinadi.
JST doirasida savdo bilan bog'liq investitsiya choralariga oid alohida hujjat - 1994-yil 15-yanvarda Marokashda tuzilgan Savdo bilan bog'liq investitsiya
hamkorlik, Xitoy, Jahon savdo tashkiloti, xizmatlar sohasi,
choralari to'g'risidagi bitim (TRIMS) mavjud. Ushbu shartnoma faqat tovarlar savdosiga taalluqlidir va xorijiy investorlarga nisbatan qo'llaniladigan va milliy rejimni ta'minlash majburiyati bilan mos kelmaydigan choralarni bekor qilishni va miqdoriy cheklovlarni bekor qilishni talab qiladi.
"O'zbekiston—2030" strategiyasining 93-maqsadi Jahon savdo tashkilotiga to'laqonli a'zo bo'lish belgilanganlO. O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishining milliy iqtisodiyotga ta'siri borasida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bo'lim boshlig'i Abdurashid Bozorov quyidagi fikrlarni bildirdi: "Erkin savdo rejimi asosida respublikamiz importining 42 foizi amalga oshirilmoqda va 55 foiz import eng ko'p qulaylik rejimi joriy etilgan mamlakatlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ushbu mamlakatlar uchun belgilangan savdo tariflarida asosiy o'zgarishlar amalga oshiriladi"
JSTga qo'shilishimiz mamlakatimiz iqtisodiyotiga asosan ikkita yo'nalishda ta'sir qiladi. Tarif (bojlar bilan bog'liq) va notarif to'siqlarning kamayishi yoki bekor qilinishi orqali import narxlarining pasayishi, ma'lum guruh mahsulotlar uchun jami import hajmining ortishi kuzatiladi. Bu esa o'z navbatida ichki bozorni sifatli va arzon mahsulotlar bilan to'ldiradi. Ichki bozorda raqobat muhitini yaxshilaydi. Narxlarning arzonlashishi esa aholi real daromadlarining ortishiga olib keladi va boshqa turdagi iste'mol mahsulotlarini xarid qilish, bu orqali esa umumiy iqtisodiy o'sish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda amaldagi o'rtacha bojlar ko'rsatkichi 7,4 foizni tashkil etmoqda va bu ko'rsatkich jahonda tariflash orqali ichki bozorlarni himoyalash bo'yicha o'rtacha hisoblanadi. O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lishi JSTga a'zo bo'lgan mamlakatlar tomonidan O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun tarif va notarif to'siqlarni bekor qilinishi hisobiga eksport hajmining ortishi va bu orqali mamlakatda ishlab chiqarish ko'rsatkichlarining ortishiga olib keladi.
ASOSIY QISM
PPSUTLSC-2024
. . .E.jíl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I ™ ^^ CENTURY
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
Mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvi mamlakatlarning iqtisodiy o'zaro bog'liqligini oshirish jarayonidir. Bu erkin savdo zonalari yoki xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ishtirok etish kabi turli mexanizmlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Integratsiyaning maqsadi global savdoni oshirish, iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va mamlakatlar o'rtasida texnologiya va resurslarni almashishdir.
Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga ta'siri bo'yicha o'tkazilgan tahlillarga ko'ra, 15 ta mamlakatdan 12 tasida eksportning, 10 tasida esa yalpi ichki mahsulot (YalM)ning o'sish sur'ati tezlashgan. 12 tasida inflyatsiya sekinlashgan va 10 tasida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar ko'lami oshgan12 .
Xitoy 1947-yildagi Tariflar va Savdo bo'yicha Bosh Bitimning (GATT) dastlabki shartnoma tarafdorlaridan biri bo'lgan. 1949-yildagi inqilob va Tayvandagi siyosiy vaziyat tufayli u a'zo bo'lishdan chetlatiladi. 1986-yilda Xitoy GATTga shartnoma tuzuvchisi sifatidagi maqomini tiklash uchun ariza topshirdi va muzokaralar boshlandi. 15 yildan ortiq davom etgan muzokaralardan so'ng, Xitoy yana Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a'zo bo'ldi va uning 2001-yilning dekabr oyida 143-a'zosiga aylandi.
Graham Boden o'zining "Xitoyning JSTga kirishi: iqtisodiy yutuqlar" maqolasida quyidagi fikrlarni ilgari surgan, "Xitoyning JSTga a'zo bo'lishi Xitoyliklar uchun ham jahon iqtisodiyoti uchun ham katta turtki bo'ldi. JSTga a'zolik eksport hajmining hayratlanarli darajada o'sishi, Xitoy importiga tariflarning kamayishiga olib keldi. O'sib borayotgan eksport bozori hamda investitsiyaga to'siqlarning kamayishi Xitoy kapitali ortishini ta'minlab berdi. A'zolik talablari Xitoy xalqiga buyuk savdo liberalizatsiyasini, davlat aralashuvi passiv bo'lgan tadbirkorlikni hamda xususiy sektorga katta kuch olib kirdi. Bundan tashqari, Xitoy hukumati JSTga a'zo bo'lishni Xitoy iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi uchun noyob imkoniyat deb hisobladi. Tashqi bozorga kirishning kengayishi Xitoy mahsulotlari eksportining o'sishiga olib keldi. 2000-yildan 2005-yilgacha Xitoyda sof eksporti yalpi ichki mahsulotdagi ulushi sifatida 20,83 %dan 33,68 %gacha o'sdi.
Xitoyning JSTga a'zo bo'lishi deyarli barcha JST a'zolariga butun dunyo bo'ylab potensial iste'molchilarning deyarli 20 %ini tashkil etadigan 1.3 mlrd.dan ortiq kishilik ulkan bozorga kirish imkoniyatini berdi. JSTning o'zi uchun Xitoyning a'zo bo'lishi juda ko'p oqibatlar va xavflarni keltirib chiqardi va bunday gigantning qo'shilishi bilan muvaffaqiyatli kurashish qobiliyatini xavf ostiga qo'ydi. Muvaffaqiyatli bo'lishiga qaramay, JSTga a'zo bo'lishning uzoq davom etgan jarayoni oson va silliq kechmadi. Xitoyning ham rivojlanayotgan, ham rivojlangan davlat ekanligi muzokaralarga to'sqinlik qildi. Xitoy hukumati muzokaralar davomida Xitoyning rivojlanayotgan davlat maqomini doimiy ravishda ta'kidlagan bo'lsa-da, G'arb davlatlari Xitoyga iqtisodiy
www.in-academy.uz
kuch sifatida qarashdi va uning qo'shilishi o'z iqtisodiyotlariga jiddiy zarar yetkazishidan qo'rqishdi. Bu Xitoyni nihoyat 2001-yilda JSTga to'liq kirish evaziga misli ko'rilmagan shartlar va majburiyatlarni qabul qilishga olib keldi.
Xitoy JSTga a'zo bo'lganidan so'ng tez sur'atlar bilan savdo o'sishiga erishdi. Qisman tariflarni pasaytirish tufayli Xitoyning tovarlar savdosi 2001-yildagi 516,4 mlrd. dollardan 2017-yilda 4,1 trln. dollarga ko'tarildi. 1992-yilda Xitoyning o'rtacha 32,2 %lik tarif stavkasi jahon bo'yicha o'rtacha 7,2 %dan ancha oshib ketdi. 2002-yilga kelib bu ko'rsatkich 7,7 %ga kamaydi. Biroq, o'shandan beri Xitoy tariflari deyarli o'zgarmadi va 2003 va 2017-yillar orasida o'rtacha 4,8 % tashkil etdi.
Xitoy JSTga a'zo bo'lganidan keyin quyidagilarni amalga oshirishga kelishadi:
Telekommunikatsiya sohasida
Telekommunikatsiyalar bo'yicha asosiy kelishuvga qo'shiladi, xizmatlarga nisbatan barcha geografik cheklovlarni 5 yil ichida bekor qilishni belgilaydi va qo'shilgandan keyin 3 yil ichida barcha telekommunikatsiya xizmatlarida 49 % xorijiy mulkka ruxsat berish;
Bank sohasida xorijiy banklarga 2 yildan so'ng Xitoy korxonalari bilan milliy valyutada, 5 yildan so'ng esa chakana savdoni amalga oshirishga ruxsat berish va bankdan tashqari kompaniyalarga qo'shilishda avtomobil moliyalashtirishni taklif qilishiga ruxsat berish;
Qimmatli qog'ozlar biznesida xorijiy firmalarga qimmatli qog'ozlar fondlarida minimal ulushlarga ega bo'lishlariga ruxsat berish, maksimal ulushlar dastlab 33 %dan 3 yildan keyin 49 %gacha ko'tariladi.
Tarqatish va sotishda mavjud mahalliy investitsiyalari bo'lgan xorijiy kompaniyalarga qo'shilish bo'yicha xitoylik hamkor bilan ulgurji biznesni amalga oshirishga ruxsat berish, 2003-yil yanvarigacha barcha miqdoriy va geografik cheklovlar olib tashlangan holda yirik shaharlarda xorijiy investitsiyalar chakana biznesiga kirishga ruxsat berish va xorijiy firmalarga qo'shilganidan keyin 3 yil o'tgach, import va eksport huquqlaridan to'liq foydalanish imkonini beradi.
JST a'zo davlatlar bank sektoriga ham ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Xitoy xorijiy banklar uchun juda jozibali bozor hisoblanadi. Uning katta aholisi va barqaror iqtisodiy o'sishi Xitoy moliya sektorining tez kengayishiga olib keladi. Xorijiy banklar Xitoyda mavjud bo'lgan har qanday bankka kirish va ularni boshqarishga intilishadi. Bundan farqli o'laroq, Xitoy hukumati mahalliy bank faoliyatini himoya qilishni maqsad qilgan holda, Xitoyda xorijiy banklarning faqat cheklangan aralashuvini qabul qiladi. Xitoy hukumati Xitoy faqat ma'lum xorijiy institutlarga Xitoy-xorijiy qo'shma korxona banklarini tashkil etishga ruxsat berish, lekin Xitoy banklarini sotib olishni cheklash majburiyatini olganligini tasdiqlaydi. Shuningdek, Xitoyning xorijiy kapital ishtirokidagi mahalliy
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
banklarida transchegaraviy qo'shilish jarayonlari so'roq ostida qolmoqda.
Xulosa o'rnida , JSTga a'zo bo'lganidan so'ng mamlakat markaziy hukumat darajasida 2300 ta qonun, me'yoriy-huquqiy hujjatlar va idoraviy hujjatlarni hamda mintaqaviy hukumatlar darajasida 190 000 ta yo'riqnoma va me'yoriy hujjatlarni ko'rib chiqdi va qayta ko'rib chiqdi. Ushbu qonunlar savdo, investitsiyalar va intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq edi.
JSTga qo'shilganidan beri Xitoy ko'p tomonlama savdo tizimi doirasida o'z va'dalari va majburiyatlarini faol ravishda bajarib, mas'uliyatli va ishonchli kuch va rivojlanayotgan yirik iqtisodiy subyekt sifatida harakat qilmoqda. Tovarlar savdosida ochiqlikni kengaytirish maqsadida Xitoy import bojxona to'lovlarini sezilarli darajada kamaytirdi, notarif to'siqlarni kamaytirish va bozorga kirish va 56 tashqi savdoning to'liq erkinligini maqsad qilib qo'ydi. Bojxona tariflarining umumiy darajasi 2001-yildagi 15,3 %dan 9,8 %gacha kamaydi. 2021-yil oxirida xorijiy kapital ishtirokidagi xususiy korxonalar va korporatsiyalar mamlakatning umumiy eksport va import hajmining 83,7 %ini 2001-yildagi 57,5 %ni tashkil etdi. Xizmatlar savdosidagi ochiqlik haqida gapirganda, Xitoy tashqi dunyoga o'z bozorini ochdi va o'z bozorlarini rivojlantirdi. 2010-yilda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi bo'yicha xizmat ko'rsatish sohasi birinchi marta ishlab chiqarish sanoatini ortda qoldirdi va 2021-yilda u barcha to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmining 73 %ini tashkil etdi.
XULOSA
Ta'kidlash joizki, tashkilot tarkibiga kiruvchi davlatlar eksport va import bo'yicha asosiy hamkor davlatlar sifatida muhim o'rin egallaydi. Yana bir muhim jihat: O'zbekistonning ushbu tashkilotga a'zolikka kirishi xalqaro savdo qoidalarini ishlab chiqish jarayonida to'laqonli ishtirokini ta'minlaydi va bu orqali tashqi savdo munosabatlarida boshqa davlatlar tomonidan qo'llaniladigan diskriminatsion cheklovlarni bartaraf etishga imkoniyat yaratadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishi mamlakatimiz uchun bir qator qulaylik va afzalliklarni taqdim etadi.
Jumladan, tashkilotga a'zo mamlakatlar bozorlariga kirish uchun teng huquqli imkoniyat paydo bo'ladi. Yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish orqali eksport salohiyatini oshirishga qulay sharoit yaratiladi. Tashqi savdoda xalqaro standartlar qoidalariga muvofiq, milliy standartlarni ishlab chiqish eksportyorlarga chet el bozori talablariga moslashishda yordam beradi.
Bundan tashqari, raqobat muhiti yaxshilanadi va monopoliyaning oldi olinishiga erishiladi. Raqobatlashuv jarayonining kuchayishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish faollashadi. Shuningdek, jahon miqyosidagi savdo siyosati bo'yicha qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish huquqi beriladi,
www.in-academy.uz
asosiysi, eksportyorlarimizning tashqi savdodagi huquqi himoya qilinadi. O'zbekistonning jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Shuningdek, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, aholi turmush darajasini oshirishga yordam beradi.
Mamlakatimizning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvni kuchaytirishga qaratilgan siyosati, avvalo, eksport salohiyatimizni oshirish orqali milliy iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta'minlashga yo'naltirilgan. Shu boisdan O'zbekistonning ushbu tashkilotga a'zo bo'lishi unga a'zo mamlakatlar bilan faol hamkorlik aloqalarini o'rnatish va istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojida alohida ahamiyat kasb etadi.
Xitoy davlatining tajribasi ko'rinib turibdiki, JSTga qo'shilgandan so'ng xizmatlar savdosi juda tez rivojlanganligi bois daromadining ko'p qismini tashkil etmoqda. O'zbekiston JSTga a'zo bo'lish natijasida iste'molchilar tanlovning ko'payishi, tovarlar sifatining yaxshilanishi va narxlarning pasayishidan natijasida foyda ko'radi. Bundan tashqari, mamlakat xizmat ko'rsatish sohasini 57 liberallashtirishdan foyda ko'radi. Masalan, moliya va qurilish sohalarida xizmatlar bozoriga kirish imkoniyatini berish mamlakatga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni ko'paytirishi va shu bilan yangi ish o'rinlari va o'sish imkoniyatlarini yaratishi mumkin. Boshqa tomondan, importning ortishi bilan raqobatlashayotgan ishlab chiqaruvchilar yutqazuvchi tomonda bo'lib, zaif tarmoqlar bozorni tark etishga majbur bo'ladi. Bu qisqa muddatda mahalliy sanoat uchun yo'qotishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida kichik tarmoqlarga ma'lum muddatga imtiyozlarni saqlab qolgan holda qo'shilish natijasida davlat daromadi yuqoriga o'sish kuzatiladi.
Xizmatlar savdosi uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash uchun asosiy savdo hamkorlari bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama muzokaralar olib borish.
ADABIYOTLAR:
[1] https://www.wto.org.
[2] Davlatyarova Nilufar Toxirovna. "Xitoy xalq respublikasining JSTga a'zo bo'lishi va uning xizmatlar sohasi rivojiga ta'siri" maqolasi, "Journal of universal" jurnali. 2023-y. 575-578-b.
[3] Odinayev Nuriddin Ramozon o'g'li. O'zbekiston Respublikasining jahon savdo tashkilotiga qo'shilishi hamda huquqiy jarayonlarini qiyosli tahlili. "Educational Research in Universal Sciences" jurnali. 2023-y. 264-266-b.
[4] Obidov Xakim Mirg'ozi o'g'li. Iqtisodiy integratsiya jarayonlarida milliy manfaatlarni ta'minlashning xorij tajribasi. "Oriental Renaissance:Innovative, educational, natural and social sciences" ilmiy jurnali. 2021-y. 847-849-b.
[5] Sodikov Zokir Rustamovich. Jahon savdo tashkilotining milliy iqtisodiyotlar integratsiyalashuviga
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY
tashkent.mm.y2om www.in~academy.uz
ta'sirlari. "Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil" ilmiy jurnali. 2023-y. 64-69-b.
[6] А.Ф.Расулев, К.В.Павлов, Н.Р.Асадуллина. Экономика Узбекистана в условиях интеграционных процессов на постсоветском пространстве. с.157-167
[7] Alisher Mahmudovich Abdullayev. Innovation as a driver of modernization of economy of Uzbekistan. "International journal of theoretical and practical research" ilmiy jurnal. 2022-y. p.22-27
[8] Н.Р.Асадуллина. Развитие интеграционных процессов в инновационной сфере в республике Узбекистан, кандидат экономических наук, Институт экономики Академии наук Республики Узбекистан, с.42-52
[9] Azizbek Boboyorov. "Tashqi savdo munosabatlarini tartibga solish xususiyatlari va tamoyillari" ilmiy maqola, 2022-y. 462-464-b.
[10] Н.Б.Тихонова. ВТО:Либерализация международной торговли и возможности экономического развития, аудитор департамента консалтинга ООО «Аудиторская компания "Бетроен"» с.46-54