Научная статья на тему 'BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH MAQSADLARIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI NOTARIF TARTIBGA SOLISHNING XORIJ TAJRIBASINI MILLIY AMALIYOTGA IMPLEMENTATSIYASI ISTIQBOLLARI'

BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH MAQSADLARIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI NOTARIF TARTIBGA SOLISHNING XORIJ TAJRIBASINI MILLIY AMALIYOTGA IMPLEMENTATSIYASI ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
9
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tashqi iqtisodiy faoliyat / bojxona organlari / tarif va notarif choralar / xalqaro savdo / xorij tajribasi / eksport va import.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Muratova Shohista Nimatullayevna, Nomozov Azizbek Xayrulla Oʻgʻli

Maqolada bojxona xizmatining tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif tartibga solishda bugungi kundagi faoliyati tahlili amalga oshirilib, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish usuli sifatida notarif tartibga solishning xorij tajribasidagi mavjud samarali choralarining amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan taklifar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH MAQSADLARIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI NOTARIF TARTIBGA SOLISHNING XORIJ TAJRIBASINI MILLIY AMALIYOTGA IMPLEMENTATSIYASI ISTIQBOLLARI»

BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH MAQSADLARIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI NOTARIF TARTIBGA SOLISHNING XORIJ TAJRIBASINI MILLIY AMALIYOTGA IMPLEMENTATSIYASI

ISTIQBOLLARI 1Muratova Shohista Nimatullayevna, 2Nomozov Azizbek Xayrulla o'g'li 1Bojxona instituti, i.f.d., professor 2Bojxona instituti magistratura tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11032331

Annotatsiya. Maqolada bojxona xizmatining tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif tartibga solishda bugungi kundagi faoliyati tahlili amalga oshirilib, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish usuli sifatida notarif tartibga solishning xorij tajribasidagi mavjud samarali choralarining amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan taklifar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: tashqi iqtisodiy faoliyat, bojxona organlari, tarif va notarif choralar, xalqaro savdo, xorij tajribasi, eksport va import.

Аннотация. В статье проведен анализ деятельности таможенной службы в сфере нетарифного регулирования внешнеэкономической деятельности, выработаны предложения о внедрении в практику существующих эффективных мер нетарифного регулирования в качестве метода осуществления внешнеторговой политики.

Ключевые слова: внешнеэкономическая деятельность, таможенные органы, тарифные и нетарифные меры, международная торговля, зарубежный опыт, экспорт и импорт.

Abstract. The article analyzed the activities of the customs service in the field of non-tariff regulation offoreign economic activity, developed proposals for the introduction into practice of existing effective measures of non-tariff regulation as a method of implementing foreign trade policy.

Key words: foreign economic activity, customs authorities, tariff and non-tariff measures, international trade, foreign experience, exports and imports.

O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmonining 93-maqsadi - Jahon savdo tashkiloti (keyingi o'rinlarda - JST) JSTga to'laqonli a'zo bo'lish bo'lib, milliy qonunchilikni va huquqni qo'llash amaliyotini JSTning qoida, me'yor va bitimlariga moslashtirishni talab etadi [1]. Ushbu Farmondan kelib chiqib, barcha sohalarda a'zolik masalalari chuqur tahlil qilinib, milliy qonunchiligimizni JST talablari doirasida qayta ko'rib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyat (keyingi o'rinlarda - TIF) sohasida ham amaldagi qonunchiligimiz JST standartlari talablariga deyarli moslashib ulgurdi. Bu borada so'nggi yillarda qilingan o'zgarishlar milliy qonunchiligimizda o'z aksini topdi va JSTga a'zolik masalasini yana bir qadam oldinga olib chiqdi. Albatta, bu ancha mashaqqat talab qiladigan jarayon bo'ib, hanuz bajarilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar mavjud.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini jadallashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida ham "JSTga a'zo mamlakatlar bilan bozorga kirish bo'yicha O'zbekiston

Respublikasining pozitsiyasini aniq belgilab berish hamda ikki va ko'p tomonlama muzokaralar jarayonida tashqi savdo rejimini tarif va notarif choralar orqali o'zgartirish bo'yicha qarorlar qabul qilish" masalasi keltirib o'tilgan [2].

Bojxona organlari TIFni tartibga solishdagi tarif va notarif choralarning qo'llanishini nazorat qiladigan asosiy organlardan biridir. Tarif choralari qonun hujjatlari bilan belgilab qo'yilgan va nazoratini amalga oshirish qulay hisoblanadi. Notarif choralar esa, ko'proq milliy qonunchilik darajasida belgilanganligi sababli ularni umumiylashtirish va to'liq nazoratini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelinadi.

Tarif va savdo bo'yicha bosh kelishuv (GATT - General agreement on tariffs and trade) 1994ning XX moddasi GATT (JST) qoidalaridan istisnolar shaklida bir qator chora-tadbirlardan foydalanishga ruxsat beradi. Bunday choralarga quyidagilar kiradi: jamoat manfaatini himoya qilish, aholi, hayvonlar va o'simliklarning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish uchun taqiqlar va cheklovlar, shuningdek oltin, kumushni olib kirish va olib chiqish bilan bog'liq choralar va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza qilish choralari. Bu qatorga hukumatlararo tovar shartnomalari bo'yicha majburiyatlarning bajarilishi ham kiradi. Ushbu modda, shuningdek, milliy, badiiy va arxeologik qadriyatlarni muhofaza qilish choralarini va boshqa ba'zi choralarni qo'llashga imkon beradi. Yuqoridagi choralarni qo'llash xalqaro savdoni yashirin cheklash bo'lmasligi va ular o'zboshimchalik va kamsituvchi tarzda qo'llanilmasligi lozim [3].

GATT 1994ning XXI moddasi milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan turli xil choralarni qo'llashga ruxsat beradi va qurol va o'q-dorilar, shuningdek, yadroviy materiallar va ular ishlab chiqarilgan materiallar savdosiga taqiqlarni qo'llash imkonini beradi [4]. Ushbu chora-tadbirlarni notarif tartibga solish choralariga misol sifatida ko'rsatsak bo'ladi.

Notarif choralar deganda, tariflarni tartibga solish choralari guruhiga kirmaydigan, ammo ma'muriy boshqaruv doirasida amalga oshiriladigan tashqi savdo siyosati tushuniladi. Notarif choralar ba'zan notarif cheklovlar deb ham talqin qilinadi, chunki ular yashirin proteksionizm choralari bo'lib, mamlakat ichki bozorida xorijiy tovarlardan foydalanishni cheklaydigan ko'plab tadbirlarni o'z ichiga oladi. Tashqi savdo siyosatini amalga oshirish usuli sifatida notarif tartibga solish choralari samarali hisoblanadi:

✓ birinchidan, notarif choralar hech qanday xalqaro majburiyatlar bilan bog'liq emas; ularni qo'llash hajmi va metodologiyasi mamlakat milliy qonunchiligi bilan to'liq tartibga solinadi;

✓ ikkinchidan, notarif choralar tashqi iqtisodiy siyosatda aniq natijaga erishish uchun qulaydir;

✓ uchinchidan, notarif choralar iqtisodiyotda yuzaga keladigan muayyan vaziyatni hisobga olish va ma'lum bir muddat ichida milliy bozorni yetarli darajada himoya qilish choralarini qo'llash imkonini beradi;

✓ to'rtinchidan, notarif cheklovlar aholi uchun qo'shimcha soliq yuki hisoblanmaydi.

Bojxona xizmatining TIFni notarif tartibga solish faoliyatining bugungi kundagi holati

tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, aslida tashqi iqtisodiy faoliyatda birinchi bor tarif emas, notarif choralar qo'llanilgan. Vizantiya imperiyasi davrida hali hech qanday bojlar bo'lmagan davrda ba'zi bir tovarlarni faqatgina qirollik omboridan sotib olish mumkin bo'lgan. Bugungi kunda notarif tartibga solish yo'nalishida O'zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va sohaga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bojxona organlari tomonidan quyidagi yo'nalishlarda notarif tartibga solish bo'yicha nazorat ishlari amalga oshirilmoqda. Bular:

1. Sertifikat va ruxsatnoma hujjatlari nazorati doirasida "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi orqali sertifikatlashtirish organlari tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning rasmiylashtiruvi amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda, 12 ta davlat nazorati organlarining 60 dan ortiq sertifikat va ruxsatnoma hujjatlaridan 46 tasi "Yagona darcha" bojxona axborot tizimiga ulangan.

2. Intellektual mulk obyektlarini himoya qilish doirasida O'zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son qaroriga muvofiq, bojxona organlari tomonidan tovar belgilari bo'yicha intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlar himoya qilinadi. Bugungi kunda, ushbu reyestrga kiritilgan huquq egalarining 210 turdagi tovar belgilari bo'yicha (asosan, Yel, AQSh, Rossiya va Yaponiya) intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqlari himoya qilib kelinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoni bilan intellektual mulk obyektlari reyestrini yuritish jarayonlari raqamlashtirilgan bo'lib, intellektual mulk obyektlari bo'yicha murojaatlarni elektron qabul qilish tizimi ishlab chiqilgan.

3. Tovarlarning raqamli markirovkalanishi bo'yicha nazorat doirasida bir qator iste'mol tovarlari, jumladan tamaki, alkogol mahsulotlari, maishiy texnika, dori vositalari, tibbiy buyumlar, suv va salqin ichimliklarga majburiy raqamli markirovkalash tizimi joriy etilgan bo'lib, majburiy raqamli markirovkalash bo'yicha axborot almashinuvi tizimi yo'lga qo'yilgan. Bunda, bojxona rasmiylashtiruvi avtomatik tekshirish jarayonlari o'tkazilgandan so'ng amalga oshiriladi.

4. Tovarlarga qo'llanilgan taqiqlar, cheklovlar va kvotalar nazorati hamda sanksiyaviy choralar doirasida oziq-ovqat eksportiga o'rnatilgan cheklovlar doirasida 2022-yil 1-iyundan paxta, kungaboqar, makkajo'xori va soya yog'i, kungaboqar urug'lari hamda boshqa yog'li o'simliklarning urug'lari va mevalarini eksport qilish vaqtincha to'xtatilgan [5].

Tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif tartibga solishning xorij tajribasini ko'zdan kechirsak, notarif choralar ancha keng tushuncha ekanligiga guvoh bo'lamiz. Notarif tartibga solish choralari odatiy boj tariflari bilan tartibga solishdan ko'ra siyosiy chora hisoblanadi. Ammo xalqaro tovarlar savdosiga iqtisodiy ta'sir o'tkazish kuchiga ega. Notarif tartibga solish choralarining TIFni tartibga solishdagi o'rni ancha oshib bormoqda. Bunga asosiy sabab Tarif va savdo bo'yicha bosh kelishuv (GATT) talablari hisoblanadi. Notarif tartibga solish choralari bu vaziyatdan chiqish uchun yaxshi yechim hisoblanadi. TIFni notarif tartibga solish deganda, odatda mamlakatdagi boj tariflaridan tashqari eksport va importga nisbatan qo'llaniladigan amaldagi chora-tadbirlar tushuniladi. Chora-tadbirlar sifatida savdoda ixtisoslashgan cheklovchi choralar, kvotalar, texnik to'siqlar o'rnatish (standartlarga muvofiqligini tekshirish, sanitariya va boshqalar) ixtiyoriy eksport cheklovlari va boshqalarni qarashimiz mumkin. Bunday chora-tadbirlar, birinchi navbatda, davlatning faol savdo balansini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi. Notarif tartibga solish ayrim vaziyatlarda, ya'ni mahalliy mahsulotlarni xorijiy raqobatdan himoya qilish chorasi sifatida qo'llanganda, xorijiy mamlakatdagi faol savdo balansining o'sishini rag'batlantirish va narx raqobatbardoshligini oshirish uchun to'siq bo'lmasligi lozim. Bu esa, tashqi iqtisodiy faoliyatda notarif tartibga solishni kompleks choralar sifatidagina emas, balki uning aniq mazmun-mohiyatini yoritib beradi.

Fransiyalik iqtisodchilar Marco Fugazza va Anne-Célia Disdier o'zlarining ilmiy asarlarida notarif tartibga solish choralarini quyidagi tasniflaydilar (1-jadval).

Shunday qilib, ma'lumotlar tahlili natijasida bojxona xizmatining TIFni notarif tartibga solish faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiluvchi quyidagi takliflar beriladi

1-jadval

Notarif tartibga solish choralarining tasnifi [6]

« 0) ._ •■2 « A Sanitar va fitosanitar choralar

ar -M © JS B Savdoda texnik cheklovlar

a * .ss Ä ® P^ VI C Jo'natishdan oldingi tekshiruv va rasmiylashtiruvlar

D Savdoni himoyalashning shartli choralari

E Avtomatik bo'lmagan litsenziyalash, kvotalash, taqiqlar va miqdorni nazorat qilish choralari

'•I « "S al F Narxlarni nazorat qilish choralari, shu jumladan qo'shimcha soliqlar va yig'imlar

« © JS G Moliyaviy choralar

-= w w JS H Raqobatga ta'sir qiluvchi choralar

JS I Savdo bilan bog'liq investitsiya choralari

© « W) J Tarqatish cheklovlari

« W) ■fi K Sotishdan keyingi xizmatlarga cheklovlar

« L Subsidiyalar (eksport subsidiyalari bundan mustasno)

en £ M Davlat xaridlarini cheklash

« X a N Intellektual mulk

© Z © Z O Kelib chiqish qoidalari

Birlashgan millatlar tashkilotining Savdo va taraqqiyot konferensiyasida notarif choralar biroz boshqacha, ya'ni quyidagicha klassifikatsiya qilishgan:

• paratarif usullari (importdan tashqari har qanday to'lovlar);

• narxlarni nazorat qilish choralari (dempingga qarshi choralar) va eksportga qarshi kompensatsiya choralari (subsidiyalar);

• moliyaviy choralar (valuta operatsiyalarini nazorat qilish);

• avtomatik litsenziyalash;

• miqdoriy nazorat;

• monopollashtirish;

• texnik to'siqlar.

- xorijiy tajribani va amaldagi qonunchiligimizni tadqiq etish natijasida tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif tartibga solish, ya'ni notarif choralar yoki cheklovlar tushunchasiga aniq ta'rif va uning tasnifi keltirib o'tilishi lozim. Bu orqali qonunchiligimiz va Jahon savdo tashkiloti rasmiy hujjatalari orasidagi nomuvofiqlardan yana birini bartaraf etgan bo'lamiz. Ushbu tushunchaning aniq ta'rif va tasnifini keltirib o'tish kelajakda tashqi iqtisodiy faoliyatda xalqaro aloqalarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tushunmovchiliklarning oldini oladi.

- bojxona organlarining bugungi kundagi tashqi iqtisodiy faoliyatni nazorat qilishda egallagan muhim rolini inobatga olib, bojxona organlarini ham vakolatli organ sifatida kiritish maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni. URL: https://lex.uz/docs/-6600413

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi "O'zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini jadallashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-181-son qarori. URL: https://lex.uz/uz/docs/-6480161.

3. URL: https://www.wto.org/english/res_e/booksp_e/gatt_ai_e/art20_e.pdf

4. URL: https://www.wto.org/english/res_e/booksp_e/gatt_ai_e/art21_e.pdf

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi "Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta'minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta'sirchanligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-145-son Farmoni. URL: https://lex.uz/uz/docs/-6041630

6. Anne-Célia Disdier, Marco Fugazza. A Practical Guide to the Economic Analysis of Non-Tariff Measures. - P.24 URL: https://unctad.org/system/files/official-document/ditctab2019d4_book_en.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.