Научная статья на тему 'KORXONALAR EKSPORT FAOLIYATI VA SALOHIYATINI OSHIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI'

KORXONALAR EKSPORT FAOLIYATI VA SALOHIYATINI OSHIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
657
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksport / eksport faoliyati / eksport salohiyati / eksport qilish / korxona / tashqi va ichki muhit. / export / export activity / export potential / exporting / enterprise / external and internal environment.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ashurov, Makhammadzhon Sotvoldievich, Shakirova, Yulduz Saidaliyevna, Akmaliddinov, Shukhrat Dilshodzhonovich

Maqolada iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlash sharoitida korxonalarda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksportini samarali tashkil etish hamda eksport faoliyatidan oqilona foydalanishga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan, uni tartibga solishning asosiy vositasi bo'lgan tashqi va ichki muhit omillarini oqilona boshqarish muammo va yechimlari, ularning sabablari va hal qilish yo’llari va choralari muhokama qilingan. Maqolada korxonalar eksport faoliyati va salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi tashqi va ichki muhit omillari nazariy va amaliy jihatdan o’rganilgan. Tadqiqot doirasida korxonalar eksport faoliyati va salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi eng muhim tashqi muhit omillari va uning ta’siri natijasida yuzaga keluvchi muammolar tahlil qilingan. Mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqot va tahlil natijalaridan kelib chiqib eksport faoliyati va salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlar taklif qilinib, xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF FACTORS AFFECTING INCREASING THE EXPORT ACTIVITY AND COMPETENCE OF ENTERPRISES

In the article, in the conditions of ensuring stable growth of the economy, the production of export-oriented products in enterprises and the effective organization of their export, as well as the rational management of external and internal environmental factors, which have a significant impact on the rational use of export activities, and are the main means of its regulation, are a problem. and solutions, their causes and solutions and measures are discussed. In the article, the external and internal environmental factors that affect the export activity and increase of the potential of enterprises are studied theoretically and practically. Within the framework of the study, the most important factors of the external environment affecting the increase of the export activity and potential of enterprises and the problems arising because of its influence were analyzed. Based on the results of the research and analysis carried out by the authors, measures to solve the problems affecting export activity and potential increase were proposed and conclusions were given.

Текст научной работы на тему «KORXONALAR EKSPORT FAOLIYATI VA SALOHIYATINI OSHIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI»

Iqtisodiy fanlar /Economic Sciences/Экономические науки

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2023 Issue: 4 Volume: 3 Published: 30.04.2023

http://alferganus.uz

Citation:

Ashurov, M.S., Shakirova, Y.S., Akmaliddinov, S. D. (2023). Analysis of factors affecting increasing the export activity and competence of enterprises. SJ International journal of theoretical and practical research, 3 (04), 6-18.

Ashurov, M.S., Shakirova, Y.S., Akmaliddinov, S. D. (2023). Korxonalar eksport faoliyati va salohiyatini oshirishga ta'sir etuvchi omillar tahlili. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (04), 6-18.

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.8078940

QR-Article

Ashurov, Makhammadzhon Sotvoldievich

Associate Professor of the Department

ofManagement Fergana Polytechnic Institute Shakirova, Yulduz Saidaliyevna senior lecturer of the Department of

Management Ferghana Polytechnic Institute

Akmaliddinov, Shukhrat Dilshodzhonovich master's student Ferghana Polytechnic

Institute

UDC 339.56

ANALYSIS OF FACTORS AFFECTING INCREASING THE EXPORT ACTIVITY AND COMPETENCE OF ENTERPRISES

Abstract. In the article, in the conditions of ensuring stable growth of the economy, the production of export-oriented products in enterprises and the effective organization of their export, as well as the rational management of external and internal environmental factors, which have a significant impact on the rational use of export activities, and are the main means of its regulation, are a problem. and solutions, their causes and solutions and measures are discussed. In the article, the external and internal environmental factors that affect the export activity and increase of the potential of enterprises are studied theoretically and practically. Within the framework of the study, the most important factors of the external environment affecting the increase of the export activity and potential of enterprises and the problems arising because of its influence were analyzed. Based on the results of the research and analysis carried out by the authors, measures to solve the problems affecting export activity and potential increase were proposed and conclusions were given.

Key words: export, export activity, export potential, exporting, enterprise, external and internal environment.

cc

®

б

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRAC1

RESEARCH

Ашуров, Махаммаджон Сотволдиевич

доцент кафедры "Менеджмент ", к.э.н., Ферганский политехнический институт

Шакирова, Юлдуз Саидалиевна

старший преподаватель кафедра «Менеджмент» Ферганский политехнический институт

Акмалдинов, Шухрат Дилшоджонович

Магистрант Ферганский политехнический институт

АНАЛИЗ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА ПОВЫШЕНИЕ ЭКСПОРТНОЙ АКТИВНОСТИ И КОМПЕТЕНЦИИ ПРЕДПРИЯТИЙ

Аннотация. В статье обсуждаются в условиях обеспечения стабильного роста экономики производства экспортоориентированной продукции на предприятиях и эффективной организации ее экспорта, а также рационального управления внешними и внутренними факторами внешней среды, оказывающими существенное влияние по рациональному использованию экспортной деятельности, и являются основными средствами ее регулирования, проблемы и решения, их причины и пути решения и меры. В статье теоретически и практически исследованы факторы внешней и внутренней среды, влияющие на экспортную деятельность и повышение потенциала предприятий. В рамках исследования были проанализированы наиболее важные факторы внешней среды, влияющие на повышение экспортной активности и потенциала предприятий, и проблемы, возникающие в результате их влияния. По результатам исследования и анализа, проведенного авторами, были предложены меры по решению проблем, влияющих на экспортную активность и потенциал роста, и даны выводы. Ключевые слова: экспорт, экспортная деятельность, экспортный потенциал, экспорт, предприятие, внешняя и внутренняя среда.

Ashurov Maxammadjon Sotvoldievich

"Menejment" kafedrasi dotsenti, i.f.n. Farg'onapolitexnika instituti

((

((

Shakirova Yulduz Saidaliyevna

Menejment" kafedrasi katta o'qituvchisi Farg'ona politexnika instituti

Akmaldinov Shuxrat Dilshodjonovich

"Menejment" kafedrasi magistranti Farg'ona politexnika instituti

((

© ®

T. 3 №4

SJIF 2023:5.971

KORXONALAR EKSPORT FAOLIYATI VA SALOHIYATINI OSHIRISHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI

Annotatsiya. Maqolada iqtisodiyotning barqaror o'sishi ta'minlash sharoitida korxonalarda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksportini samarali tashkil etish hamda eksport faoliyatidan oqilona foydalanishga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan, uni tartibga solishning asosiy vositasi bo'lgan tashqi va ichki muhit omillarini oqilona boshqarish muammo va yechimlari, ularning sabablari va hal qilish yo'llari va choralari muhokama qilingan. Maqolada korxonalar eksport faoliyati va salohiyatini oshirishga ta'sir etuvchi tashqi va ichki muhit omillari nazariy va amaliy jihatdan o'rganilgan. Tadqiqot doirasida korxonalar eksport faoliyati va salohiyatini oshirishga ta'sir etuvchi eng muhim tashqi muhit omillari va uning ta'siri natijasida yuzaga keluvchi muammolar tahlil qilingan. Muallflar tomonidan olib borilgan tadqiqot va tahlil natijalaridan kelib chiqib eksport faoliyati va salohiyatini oshirishga ta'sir etuvchi muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlar taklif qilinib, xulosalar berilgan. Kalit so'zlar: eksport, eksport faoliyati, eksport salohiyati, eksport qilish, korxona, tashqi va ichki muhit.

Kirish

Korxonaning eksport salohiyati va faoliyati ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining tarkibiy qismi bo'lib, u xorijiy hamkorlar, mahsulot assortimentini tanlashda, shartnomaning narxi, hajmi va etkazib berish muddatlarini belgilashda to'liq mustaqillikka egaligi bilan tavsiflanadi. Bu imkoniyat eksport operatsiyalari samaradorligiga ta'sir etuvchi omillarni to'g'ri boshqarish orqali yanada natijador bo'ladi.

Shu munosabat bilan korxonalar eksport salohiyati va faoliyatini rivojlantirishda ularga ta'sir etuvchi omillarni boshqarishni o'rganish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

"Omil" atamasi qandaydir jarayon yoki hodisaning harakatlantiruvchi kuchi sifatida ta'riflanadi. "Eksport samaradorligi omili" tushunchasi korxonaning eksport samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan holat sifatida belgilanishi kerak.

Omil - tashkilot faoliyati, eksport strategiyasi va taktikasi, tashqi bozor, mahsulot yoki tarmoqning ko'p qirrali tavsifi bo'lib hisoblanadi. U bir o'lchovli va o'lchanadigan o'zgaruvchilar to'plami bilan tavsiflanadi.

S.I.Ojegov tomonidan tahrirlangan, 1953 yilda nashr qilingan rus tili lug'atida "omil" atamasining quyidagi ta'rifi berilgan: "Omil - bu qandaydir jarayon yoki hodisaning harakatlantiruvchi kuchi", 1997 yil nashridagi bu atamaning kengroq talqinini beradi: "Omil - bu qandaydir jarayon yoki hodisaning harakatlantiruvchi kuchi bo'lib, uning xarakteri yoki individual xususiyatlarini belgilab beradi" [1]. Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda eksport salohiyatiga ta'sir etuvchi omillarni tasniflashga turlicha yondashuvlar mavjud. Bir necha omillar guruhlari mavjud: korxonaning xususiyatlari (hajmi, xalqaro kompetentsiyasi, xalqaro ish tajribasi va boshqalar), tarmoq va bozor; psixologik xususiyatlar; maqsadli segmentni tanlash.

8

Mavjud manbalar tahlili Uskova S.I.[2], Asailov A.A.[3], Deniels Djon D. [4], Kislova Yu.E.[5] kabi olimlar eksport salohiyatiga ta'sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga birlashtirishga harakat qilgan: taqsimlanish darajasiga ko'ra - xususiy va umumiy; ta'sir qilish muddatiga ko'ra - doimiy va o'zgaruvchan; kelib chiqish sohasiga ko'ra - tashqi va ichki; faoliyat tavisifiga ko'ra - intensiv va ekstensiv; ta'sir darajasiga ko'ra - asosiy va ikkilamchi.; nazorat darajasiga ko'ra - nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan omillarga ajratadi.

Ba'zi iqtisodchilar omillarni faqat ikki guruhga ajratadilar: tashqi va ichki, ichki omillar doirasida esa ekstensiv va intensivni o'rganadilar. Bir qator tadqiqotchilar yuqorida muhokama qilingan tasnifni omillar bo'linishining qo'shimcha belgilarini kiritish orqali kengaytiradilar, bu mahalliy va global, ijobiy va salbiy, miqdoriy va sifat omillarini va boshqalarni ajratib ko'rsatish imkonini beradi.

Shuni hisobga olish kerakki, xalqaro maydonda faoliyat yuritayotgan korxonaning tashqi muhiti milliy bozorda faoliyat yuritayotgan korxonaning tashqi muhitidan sezilarli darajada farq qiladi. Bundan tashqari, tashqi iqtisodiy faoliyatni ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida hisobga olgan holda, eksportga yo'naltirilgan korxona faoliyatini rejalashtirayotgan potentsial tashqi bozorning tashqi muhitining ta'sirini hisobga olish juda muhimdir. Garchi globallashuv sharoitida xalqaro muhitning ta'sirini ichki bozorda, qoida tariqasida, o'xshash tovarlarni jahon ishlab chiqaruvchilari bilan raqobat sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar ham boshdan kechirayotganini inkor etib bo'lmaydi.

Olib borilgan omillar tahlilidan kelib chiqib, biz tomonimizdan korxonaning eksport imkoniyatini belgilovchi omillar tasnifini amalga oshirdik. Unga ko'ra bu omillarni ikkita katta guruxga tashqi va ichki muhitga ajratdik. Tashqi muhit omillarini eksport imkoniyatlardan kelib chiqib, bevosita va bilvosita tashqi muhit omillariga ajratib oldik. Ichki muhit omillarini esa eksportni amalga oshirishga ta'sir ko'rsatadigan omillar hamda eksport imkoniyatlarini belgilovchi omillarga guruxladik. Unga ko'ra bu omillar korxonaning eksport faoliyatini samarali amalga oshirishga yordam beradi.

Tadqiqot koreonalar eksport imkoniyatiga ta'sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash imkonini berdi (1-rasm).

Xalqaro miqyosda faoliyat yuritayotgan korxonalarning tashqi muhiti ichki bozor doirasida faoliyat yurituvchi korxonalarning tashqi muhitidan sezilarli darajada farq qiladi. Bundan tashqari, faoliyat yuritadigan xalqaro tashqi muhit omillarining eng muhim ta'siri eksportga yo'naltirilgan yoki eksport faoliyatini ustuvor yo'nalishlardan biri deb hisoblaydigan korxonalar uchundir. Hozirgi globallashuv va milliy iqtisodiyotlarni liberallashtirish sharoitida xalqaro muhitning ta'sirini faqat ichki bozor doirasida faoliyat yuritayotgan korxonalar ham boshdan kechirayotgani shubhasizdir. Bular, masalan, xalqaro raqobat, xalqaro texnik va ekologik standartlar va boshqalar.

M.S.Mokiy, L.G.Skamay, M.I.Trubochkynalar fikricha korxonaning tashqi muhiti deganda korxona joylashgan davlat va hududning, shuningdek iste'molchilar, yetkazib beruvchilar, raqobatchilarning ta'siri tushuniladi, ular birgalikda bevosita va bilvosita ta'sir etuvchi omillarni tashkil qiladi [6].

9

Korxonaning eksport imkoniyatini belgilab beruvchi omillar

Tashqi muhit omillari

Bevosita Bilvosita

1 r 1 r

• davlat, bojxona tarif va notarif tartibga solish; •jahon bozorlari kon'yunkturasi;

• iste'molchilar;

• raqobatchilar

• korxona joylashgan davlat

• yetkazib beruvchilar

• iqtisodiyot

• qonunchilik

• geografik masofalar;

• siyosiy omillar;

• ijtimoiy-madaniy omillar;

• ilmiy-texnik taraqqiyot;

• korxona joylashgan hudud

• yetkazib beruvchilar

• iqtisodiyot

• qonunchilik

• davlat tomonidan tartibga solish

• transport-logistika tizimi

xususiy va umumiy <- taqsimlanish darajasiga ko'ra

doimiy va o'zgaruvchan

ta'sir qilish muddatiga ko'ra

Ichki muhit omillari

Eksportni amalga oshirishga ta'sir ko'rsatadigan omillar

• korxona strategiyasi, imidji;

• investitsiya salohiyatidan foydalanish qobiliyati;

• eksport faoliyatini axborot bilan ta'minlash;

• tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi mutaxassislarning ish prinsiplari;

• tovarlar

raqobatbardoshliginin g zarur darajasini ta'minlash;

• eksport qiluvchi mamlakatdagi vaziyatni makroiqtisodiy o'rganish sifati

Eksport imkoniyatlarini belgilovchi omillar

1

• asosiy ishlab chiqarish fondlari, hajmi, tarkibi, tuzilishi, yoshi, amortizatsiyasi;

• korxonaning tashkiliy tuzilmasi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• korxonaning texnologik, resurs, tashkiliy

moslashuvchanligi;

• resurslarning mavjudligi;

• eksport buyurtmalarini bajarishda ishlab chiqarish va transport aloqalari ishi;

• mahsulotga bo'lgan mavjud ehtiyojlarni qondirish qobiliyati;

• kadrlar salohiyati

• mehnat unumdorligi

asosiy va ikkilamchi ta'sir darajasiga ko'ra <— • kapital unumdorligi

intensiv va ^— faoliyat tavisifiga ._y nazorat darajasiga —► nazorat qilinadigan

ekstensiv ko'ra ko'ra va nazorat

1- rasm. Korxonaning eksport imkoniyatini belgilovchi omillar1

1 Mualliflar ishlanmasi

@ ®

10

Yana bir xorijiy mualliflarning H. Holzmuller va X. Kasper [7] o'z ishlarida eksport natijalariga ta'sir qiluvchi bir necha o'nlab omillarni aniqladilar va keyinchalik ularni beshta guruhga birlashtirdi:

- korxonaning ob'ektiv xususiyatlari;

- korporativ madaniyat;

- boshqaruvning obyektiv xususiyatlari;

- boshqaruvning psixologik xususiyatlari;

- ekologik omillar.

Xorijiy tadqiqotchilar Kotler F., Armstrong G. [8], Meskon M.X., Albert M., Xedouri F.[9], Porter M [10] xalqaro biznes faoliyat yuritadigan muhit omillarini tahlil qilganda, xususan, korxonaning o'zi odatda kompaniyaning tashqi bozorlardagi faoliyati samaradorligiga ta'sir qiluvchi to'rtta asosiy omilni - madaniyat, iqtisodiyot, qonunchilik va davlat tomonidan tartibga solish, siyosiy muhitni ajratib ko'rsatishadi. Ichki bozordan tashqarida biznes yuritishda tegishli tartiblar tashqi muhitning muayyan o'ziga xos omillari uchun o'zgartirilishi kerak deb hisoblaydilar.

Xorijiy mualliflar, shuningdek, tashkilotning tashqi muhitida etkazib beruvchilar, iste'molchilar, raqobatchilar, qonunlar va davlat organlari, kasaba uyushmalari va bilvosita ta'sir etuvchi omillar muhitini - xalqaro voqealar, iqtisodiyotning holati, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, siyosiy omillar, ijtimoiy - madaniy omillarni o'z ichiga olgan bevosita ta'sir qiluvchi omillar muhitini ajratib oladilar.

Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati imkoniyatiga ta'sir etuvchi tashqi muhit omillaridan tashqari korxonaning ichki - muhiti ham mavjudki, ichki muhit deganda u korxonaning strategiyasi, imidji, boshqaruvi, aktivlari, resurslari, ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati, mahsuloti, asosiy kapitalning yoshi, moliyaviy tushumlar, kadrlar salohiyati, bozor imkoniyatlari, hamda korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari (asosiy ishlab chiqarish fondlari, ularning hajmi, tarkibi, tuzilishi, yoshi, amortizatsiyasi, mehnat unumdorligi, kapital unumdorligi va boshqalar) kiradi.

Demak, bular sanoat korxonalarining eksport faoliyatining rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy ichki muhit omillaridir. Ushbu omillarni tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish orqali bu omillarni hisobga olish korxonalarning eksport faoliyati va salohiyatini samarali rivojlantirishning zarur shartidir.

Tahlil va natijalar

Eksport faoliyatidan oqilona foydalanishga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan, uni tartibga solishning asosiy vositasi bo'lgan tashqi muhit omillaridan biri bojxona tizimi va uni rivojlantirish vazifalaridir. Bojxona tizimining hozirgi holati, tariflarni tartibga solish tashqi savdoni erkinlashtirish darajasini ham tavsiflaydi.

O'zbekiston "Biznes yuritish 2020" tadqiqotida "Transchegaraviy savdo" kabi ko'rsatkich bo'yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 152-o'rinda bo'lib, bu ko'rsatkich bo'yicha yon qo'shnilarimiz Qirg'iziston 89-o'rin, Qozog'iston 105 -o'rin va Tojikiston 141-o'rinni band etib, bizni ortda qoldirmoqda. (1-jadval).

ll

T. 3 №4

SJIF 2023:5.971 1-jadval

"Biznes yuritish 2020" tadqiqotida "Transchegaraviy savdo" ko'rsatkichi bo'yicha

ma'lumotlar2

Mamlakatlar "Transchegaraviy "Transchegaraviy savdo" Eksport qilish uchun

savdo" ko'rsatkichi Eksport uchun vaqt: vaqt: hujjatlarni

bo'yicha chegara va bojxona rasmiylashtirishga

mamlakatning o'rni nazorati (soatlarda) (soatlarda)

Moldova 38 3 48

Armaniston 43 27 2

Gruziya 45 6 2

Azarbayjon 83 17 33

Qirg'iziston 89 5 72

Qozog'iston 105 105 128

Tojikiston 141 27 66

O'zbekiston 152 32 96

Mongoliya 143 134 168

Bangladesh 176 168 147

Afg'oniston 177 48 228

Qo'shnilarmizda transchegaraviy savdoga ko'maklashish va bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish bilan bog'liq islohotlar natijasida Tojikiston chegara va bojxona tartib-taomillariga 27 soat, ham hujjatlarni rasmiylashtirishga (66 soat) vaqt sarflayotgan bo'lsa, Qirg'iziston 5 soat va 72 soat hamda Moldova 3 soat va 48 soat sarflaydi. Agar O'zbekistonda chegara va bojxona tartib-qoidalari 32 soatni talab qilsa, Tojikistonda bu tartib 27 soat, Qozog'istonda esa 105 soat, Gruziyada 6 soat va Armanistonda 27 soat davom etadi.

2-jadval

"Biznes yuritish 2020" tadqiqotida "Transchegaraviy savdo" ko'rsatkichi bo'yicha

ma'lumotlar3

Mamlakatlar "Transchegaraviy Eksport qiymati: Eksport qiymati:

savdo" ko'rsatkichi chegara va bojxona hujjatlarni

bo'yicha mamlakatning nazorati (AQSH rasmiylashtirishga

o'rni dollarida) (AQSh dollarida)

Moldova 38 76 44

Armaniston 43 100 100

Gruziya 45 112 0

Azarbayjon 83 214 250

Qirg'iziston 89 10 110

Qozog'iston 105 470 200

Tojikiston 141 313 330

O'zbekiston 152 278 292

Mongoliya 143 225 64

Bangladesh 176 408 225

Afg'oniston 177 453 334

2 https://archive.doingbusiness.org/ru/doingbusiness

3 https://archive.doingbusiness.org/ru/doingbusiness

12

O'zbekistonda xalqaro savdoda hujjatlarni rasmiylashtirish vaqti 96 soatni, Tojikistonda esa 66 soatni, Qirg'izistonda 72, Qozog'istonda 128 soatni oladi. Armaniston va Moldovada bu tartib ancha kamroq vaqt mos ravishda: 2 va 48 soatni oladi.

Erishilayotgan yutuqlarga qaramay, O'zbekiston chegara va bojxona tartib-qoidalari (278 dollar) va qog'ozbozlik (292 dollar) bo'yicha ham yuqorida qayd etilgan mamlakatlardan sezilarli darajada past.

Agar O'zbekistonda chegara va bojxona nazoratidan o'tishda eksport narxi 278 dollarni tashkil qilsa, Tojikistonda 313 dollar, Qirg'izistonda atigi 10 dollar, Qozog'istonda 470 dollar, Armaniston va Moldovada mos ravishda 100 va 76 dollarni tashkil etadi.

O'zbekistonda xalqaro savdo uchun hujjatlar rasmiylashtiruvi narxi 292 dollarni, Tojikistonda 330 dollarni, Qirg'izistonda atigi 110 dollarni, Qozog'istonda 200 dollarni, Armaniston va Moldovada mos ravishda 100 va 44 dollarni tashkil qiladi.

O'zbekistonda xususiy sektorni o'rganish shuni ko'rsatadiki, hujjatlarning takrorlanishi eksport operatsiyalari uchun asosiy to'siqlardan biriga aylangan.

Shunday qilib, topshirish uchun zarur bo'lgan hujjatlar nusxalari soni ko'pincha 200 yoki undan ortiq sahifaga etadi.

Korxonaning eksport faoliyati va salohiyatini tahlil qilishda e'tiborga olinishi zarur bo'lgan yana bir omil - bu mamlakat transport - logistika tizimidir. Korxonaning eksport faoliyatining salohiyatini oshirish va uni o'z vaqtida va sifatli bajaralishida davlatning arzon, sifatli va tezkor transport - logistika tizimini shakllantirmasdan erishib bo'lmaydi.

Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida uning qon tomiri bo'lgan logistika tizimi juda muhim ahamiyatga ega. Samarador logistika tizimi ichki bozorda tayyor mahsulot va xom-ashyo harakatini optimallashtirish orqali tovar va xizmatlarning xaridorlar uchun qulay sharoit va arzon narxlarda etkazib berilishini ta'minlaydi, bozordagi raqobatni rag'batlantiradi. Tashqi bozorda esa mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiradi va jahon iqtisodiyotiga integratsiya jarayonini tezlashtiradi. Rivojlanib borayotgan mamlakatimiz uchun samarador logistika tizimini tashkil qilish juda ham muhim.

Jahon Banki tomonidan 2023 yilda chop etilgan logistika samaradorligi hisobotida O'zbekiston 160 davlat orasida 88-o'rinni egalladi. Hisobotni ishlab chiqishda bojxona samaradorligi, transport infratuzilmasi sifati, xalqaro tashimalarni tashkil qilish osonligi, soha mutaxassislarining bilim va salohiyati, yuklarni kuzatish imkoniyati va yuklarni o'z vaqtida etkazish darajasi kabi me'zonlar hisobga olingan.

Afsuski mintaqamiz LPI darajasi maqtanarli darajada emas. Bu borada respublikamiz mintaqada Qozog'istondan keyingi ikkinchi o'rinni egallaydi. Quyida LPI reytingida birinchi o'rinni egallagan Singapur va O'zbekistonning me'zonlar bo'yicha farqini ko'rishingiz mumkin:

CC

®

13

T. 3 №4

Qiyoslanayotgan davlatlarning logistika samaradorlik indeksi4

3-jadval

Davlat LSI Ball Bojxona Infra- Xalqaro Logistika Kuzatuv O'z

rey- tuzilma tashuvlar raqobat va vaqtida

tingi va tenglik raqobat yetkazish

Singapur 1 4.3 4.2 4.6 4.0 4.4 4.4 4.3

Finlandiya 2 4.2 4.0 4.2 4.1 4.2 4.2 4.3

Daniya 3 4.1 4.1 4.1 3.6 4.1 4.3 4.1

Germaniya 3 4.1 3.9 4.3 3.7 4.2 4.2 4.1

Niderlandiya 3 4.1 3.9 4.2 3.6 4.2 4.2 4.0

Shveytsariya 3 4.1 4.1 4.4 3.6 4.3 4.2 4.2

Yaponiya 13 3.9 3.9 4.2 3.3 4.1 4.0 4.0

Xitoy 19 3.7 3.3 4.0 3.6 3.8 3.7 3.8

Belarus 79 2.7 2.6 2.7 2.6 2.6 2.6 3.1

Qozog'iston 79 2.7 2.6 2.5 2.6 2.7 2.8 2.9

Ukraine 79 2.7 2.4 2.4 2.8 2.6 2.6 3.1

Rossiya 88 2.6 2.4 2.7 2.3 2.6 2.5 2.9

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O'zbekiston 88 2.6 2.6 2.4 2.6 2.6 2.4 2.8

Tojikiston 97 2.5 2.2 2.5 2.5 2.8 2.0 2.9

Armaniston 97 2.5 2.5 2.6 2.2 2.6 2.3 2.7

Qirg'iziston 123 2.3 2.2 2.4 2.4 2.2 2.3 2.4

O'z vaqtida yetkazish va logistika raqobat va tenglik indikatorlari bo'yicha qo'shnilarimiz Qozog'iston va Tojikistondan ham past o'rinni egallab turibmiz, mos ravishda reytingda bu ko'rsatkichlar bo'yicha logistika raqobat va tenglik Tojikiston 76, Qozog'iston 81 o'rinda, o'z vaqtida yetkazishda ikkala davlat ham 93 o'rinda, MDH davlatlari ichida bu ko'rsatkich Belarus va Ukraina 3,1 ko'rsatkich bilan 76 o'rinni egallagan.

Singapur, Finlandiya, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Shveytsariya kabi davlatlarda logistika xizmatlari tashuv hajmining yuqoriligi evaziga yuqori tejamkorlik imkoniyatini yaratadi hamda innovatsion va texnologik o'zgarishlar, yangiliklarning manbasi hisoblanadi.

Logistika samaradorlik indeksiga nazar tashlansa, mamlakatimizning eng yuqori natijalari aynan bojxona, infratuzilma va o'z vaqtida yetkazib berish kabi indikatorlarida nisbatan ijobiyligini kuzatish mumkin, ammo ayrim xorijiy mamlakatlarning logistika samaradorlik ko'rsatkichlari bilan taqqoslaganda sezilarlicha pastligini ko'rishimiz mumkin (4-jadval).

^ www.worldbank.org/en/search?q=international+lpi+global+ranking+2023&currentTab=1&x=0&v=0

14

T. 3 №4

Xalqaro logistika samaradorligi reytingi jurnallarining nashr

natijalari

4-jadval5 yillari kesimidagi

№ Davlatlar 2023 y. 2018 y. 2016 y. 2014 y. 2012 y. 2010 y. 2007 y.

ball/ ball/ ball/ ball/ ball/ ball/ ball/

o'rni o'rni o'rni o'rni o'rni o'rni o'rni

1 Ukraina 2,7/79 2,83/66 2,73/80 2,98/61 2,85/66 2,57/102 2,55/73

2 Qozog'iston 2,7/79 2,80/71 2,75/77 2,70/88 2,69/86 2,83/62 2,12/133

3 Rossiya 2,6/88 2,75/75 2,57/99 2,69/90 2,58/95 2,61/94 2,37/99

4 Armaniston 2.5/97 2,60/92 2,20/141 2,67/92 2,56/100 2,52/111 2,14/131

5 O'zbekiston 2,6/88 2,57/99 2,40/118 2,39/129 2,46/117 2,79/68 2,16/129

6 Belorus 2,7/79 2,57/103 2,39/120 2,64/99 2,61/91 - 2,53/74

7 Qirg'iziston 2,3/123 2,54/108 2,16/146 2,21/149 2,35/130 2,62/91 2,35/103

8 Moldaviya 2,5/97 2,45/116 2,61/93 2,65/94 2,33/132 2,57/104 2,31/106

9 Turkmaniston - 2,40/126 2,21/140 2,30/140 - 2,49/114 -

10 Tojikiston 2,5/97 2,33/134 2,06/153 2,53/114 2,28/136 2,35/131 1,93/146

11 Ozarbayjon - - - 2,45/125 2,48/116 2,64/89 2,29/111

Jadval natijalaridan, mamlakatimiz o'tgan 17 yil, ya'ni 2007 yildan 2023 yilgacha bo'lgan davrda Jahon bankining Logistika samaradoriligi indeksi (LPI) da o'z mavqeini yaxshilab borishga xarakat qilayotganligini va bugungi kunda 2010 yilga ko'rsatkichga yaqinlashayotganligi ko'rinib turibdi. 129 o'rindan 88 o'ringa ko'tarilganligini kuzatishimiz mumkin. Bular mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan islohotlar natijasidir. Biroq, bu borada amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora tadbirlar talaygina.

Mamlakatimizda multimodal logistika markazlari etarli darajada yo'lga qo'yilmaganligi, eksport va import operatsiyalari uchun ketadigan vaqt, yukni kuzatib borish va nazorat qilib borish kabi ko'rsatkichlar pastligi sababli, 160 ta davlat ichida O'zbekiston mos ravishda 88 o'rinni egallagan.

Transport-logistika xizmatlarining keng ko'lamli nomenklaturasi va ularning sifat jihatidan o'zgarishi mumkin bo'lgan keng diapazon, xizmatlarning raqobatbardoshliligiga va sarfxarajatlar qiymatiga ko'rsatishi mumkin bo'lgan ta'siri, shu bilan bir qatorda, boshqa omillar korxona uchun iste'molchilarga logistika xizmati ko'rsatish sohasida aniq, muayyan strategiyaga ega bo'lish zaruratini taqozo etadi. Transport turlarida yuk tashish xarajatlarining qiyosiy tahlili keltirilgan (5-jadval)

5-jadval. Transport turlarida yuk tashish xarajatlarining qiyosiy tahlili

20 tonna yukni 1km.ga avtombilda tashish narhi (tekstil mahsuloti misolida)

O'zbekiston Qozog'iston Qirg'iziston Tojikiston Turkmaniston

2,45 $ 1,70 $ 1,55 $ 1,35 $ 0,92 $

1 ta standart vagon yukni 1 km.ga tashish narxi (100 km.gacha)

O'zbekiston Qozog'iston Qirg'iziston Tojikiston Turkmaniston

7,29 $ 4,24 $ 2,65 $ 6,83 $ 2,65 $

Eksport va import uchun kerakli protsedura xujjatlari soni

10/11 10/12 9/10 11/12 6/5

_https://lpi.worl dbank.org/report

@ ®

15

Qiyosiy asosdagi narxlar tahliliga e'tibor qaratilsa, yurtimiz ishlab chiqaruvchilarining bir muncha xarajatlari yuqoriligini ko'rishimiz mumkin. Masalan, bir standart vagon yukni (60 tonna to'qimachilik mahsuloti) bir kilometrga etkazib berish uchun temir yo'l transporti xizmatiga 7,29 dollar to'lashga to'g'ri keladi. Xuddi shu ko'rsatkich qo'shni Qozog'istonda 4,24 dollarni, Qirg'izistonda 3,65 dollarni, Tojikistonda 6,83 dollarni, Turkmanistonda 2,65 dollarni tashkil etmoqda. Bu esa, yurtimiz temir yo'l transportining xalqaro tashuvlarda raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda

Xulosa va takliflar

Natijalarga qaraydigan bo'lsak, sohani rivojlantirish uchun hali juda ham ko'p ishlar qilinishi kerakligini tushunish qiyin emas. Bunda asosan chegara va mamlakat hududiga bojxona jarayonlari samaradorligini oshirish, soha mutaxassislarini ko'paytirish, tizimga innovatsion yondashuvni tatbiq qilish orqali quyidagi mavjud muammolarni hal etish muhim.

• Respublikaning transport-logistika sohasi bugungi kun talablariga mos emasligi;

• transport avtoparklarining eskirganligi, ya'ni xalqaro tashuvlarda ishtirok etgan yuk avtomobillarining 68% ishlab chiqarilganiga 15 -20 yil, 10% esa, 20-30 yil bo'lgan hamda

• tovarlarni tashqi savdosi bilan bog'liq vakolatli davlat organlarining integratsiyalashgan axborot platformasi mavjud emasligi,

• transport-logistika tizimida yagona boshqaruv mexanizmi mavjud emasligi;

• bugungi kunda yo'lga qo'yilgan transport-logistika tizimini muvofiqlashtirish mexanizmining ishlamayotganligi;

• logistika tizimida ortiqcha bo'g'inlarning mavjudligi,

• mamlakat avtomagistrallarining 70% dan ortig'i transport vositalarining optimal harakatlanish tezligini ta'minlay olmayotganligi kabi muammolar transport-logistika tizimini rivojlanish jarayoni sust darajada kechishiga ta'sir ko'rsatmoqda

Yuqoridagi muammolarning oldini olish maqsadida quyidagi asosiy kontseptual yo'nalishlar belgilab olinishi maqsadga muvofiq bo'lar edi:

• logistika tizimida samaradorlikni oshirish uchun O'zbekiston kelajakda faoliyatning ayrim turlarini autsorsing qilishni ko'rib chiqishi hamda temir yo'l tashuvlari bozorini muntazam ochib borishi;

• O'zbekiston dengizga chiqish uchun kamida ikkita davlat hududidan o'tishi kerak va bu jahon bozoriga chiqishda salbiy ta'sirga ega, ammo hukumat buni transport xarajatlarini pasaytirish, tashuvlar tezligini oshirishga qaratilgan samarali transport siyosatini o'tkazishi, transport marshrutlarini diversifikatsiyalash;

• mamlakatda onlayn qidiruv bozorlar bazasini shakllantirish;

• ayrim muhim avtoyo'llarning sifati jahon standartlaridan past bo'lib, bu tezlikning pasayishi va transport vositalarining tez ishdan chiqishiga olib keladi. Buning uchun yo'l qurilishi va ta'mirlash bo'yicha fond tashkil etilishi hamda barcha sohalarda samaradorlikning oshirib borilishi lozim.

CC

®

16

Shuningdek, O'zbekiston tranzit oqimlar nuqtai nazaridan a'lo joylashuvga ega, Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropani birlashtiradigan tarixiy Ipak yo'li u orqali o'tadi. O'zbekiston yaxshi temir yo'l tizimiga ega, ammo hamisha uni takomillashtirish imkoniyati bor. Respublikamiz mintaqamizdagi eng yaxshi transport infratuzilmasiga ega. Davlatimiz hududidan 42530 km avtoyo'l, 4500 km temir yo'li (har 10000 km ga 150 km) o'tadi va mamlakatimizni mintaqaning muhim transport koridorlariga ulaydi.

Mamlakatimizda transport-logistika tizimi hamda tegishli infratuzilmaning rivojlanish darajasi jahon standartlaridan ortda qolmaqda. Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan transport-logistika operatsiyalarining asosiy qismi 1PL hamda 2PL formatda, xolos. 3PL formatda faoliyat ko'rsatayotgan kompaniyalar etarli emas. Bugungi kun transportning barcha turlarini (avtomobil, temir yo'l, aviatsiya, dengiz) qamrab oluvchi yirik logistika operatorlariga ega korxonalar faoliyatini tashkil etishni taqozo qilmoqda, ya'ni transport turlari o'rtasida samarali hamkorlikni yo'lga qo'yuvchi yirik operatorlar faoliyatini yo'lga qo'yish zarur.

Hozirda Markaziy Osiyodagi qator davlatlar o'zlarini tranzit mamlakat sifatida ko'rmoqda, ammo ular bir-birlari bilan kooperatsiyalashishi va sa'y-harakatlarini birlashtirishi lozim. Bu mablag' kiritiladigan yo'laklarni puxtalik bilan tanlash kerakligini anglatadi. Bundan tashqari, bu davlatlar nafaqat xalqaro yo'laklar, balki mahalliy transport bog'lamasi, ya'ni alohida shaharlar, korxonalar hamda mintaqadagi davlatlar o'rtasidagi bog'lamalarga ham e'tibor qaratishlari kerak.

Xulosa qilib aytganda, korxona eksport faoliyati va salohiyatini rivojlantirishning tashqi muhit omili hisoblangan bojxona tizimi hamda transport-logistika tizimini samarali rivojlanishi butun ishlab chiqarish va moddiy resurslar tejamini ta'minlash, ishlab chiqarishning jadallashuvi, transport xarajatlarining kamayishi va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlanishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ожегов С. И., Шведова Н. Ю. (1997) Толковый словарь русского языка / Российская академия наук. Институт русского языка имени В. В. Виноградова. — 4-е изд., доп. — М.: Азбуковник.

2. Ускова С.И. (2013) Экономический потенциал предприятия как основа предпринимательской деятельности [Электронный ресурс] / С.И. Ускова. - Режим доступа: http://science-bsea.narod.ru.

3. Асаилов А.А. (2001) Экспортный потенциал региона и механизм его развития (На примере Республики Дагестан): дис. канд. экон. наук: 08.00.05 / А.А. Асаилов.

- Махачкала. - 195 с.

4. Дэниелс Джон Д. (1994) Международный бизнес: внешняя среда и деловые операции / Джон Д. Дэниелс, Ли Х. Радеба ; пер. с англ., 6-е изд. - М. :"Дело ЛТД".

- 456 с

5. Кислова Ю.Е. (2013) Оценка влияния факторов внешней среды на экспортную стратегию предприятия [Электронный ресурс] / Ю.Е. Кислова // Корпоративный мене1джмент. - Режим доступа: http://www.cfin. ru/press/management/2002-1/04.shtml.

ce

®

17

T. 3 №4

SJIF 2023:5.971

6. Mокий M.C., Скамай Л.Г., Трубочкина M^. (2002) Экономика предприятия: Учеб. пособие / Под ред. проф. M.r. Лапусты. M.: ИНФРА M.

7. Holzmuller H.H., and Kasper H. (1990) "The Decision-Maker and Export Activity: A ¥ Cross-National Comparison of the Foreign Orientation of Austrian Managers" //Management International Review. 30 (3), P.58

8. Котлер Ф., Армстронг Г. (1998) Основы маркетинга / Пр. с англ. 2-е изд-е. К.; M.; СПб.: Издат. дом «Вильяме».

9. Mескон M.X., Альберт M., Хедоури Ф. (1992) Основы менеджмента: Пер. с англ. M.: «Дело».

10. Портер M. (2001) Конкуренция: Пер. с англ. M.: Издательский дом «Вильямс».

© ©

1B

ISSN 2181-2357

XALQARO NAZARIY VA AMALIY TADQI QOTLAR

JU RNALI

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL RESEARCH

JURNAL FARG'ONA POLITEXNIKA INSTITUTI HAM KORLIGIDA NASHR

ETI LADI

9772181235007

«Al-Ferganus» MChJ. A. M. Abdullayev

«Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali» Ilmiy jurnal.

2021 yil noyabrdan beri nashr etilmoqda. Oyiga bir marta nashr etiladi. 16+

T. 3 №4

ISJIF 2023:5.971

ISSN 2181-2357

3-tom, 4 -son. Aplel 2023 y.

Tahririyat kengashi raisi Salomov O'ktam Raximovich, FarPIrektori

Bosh muharrir K. I. Kurpayanidi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tahririyat hay'ati: A.M.Abdullaev, M.S.Ashurov, E.A.Mo'minova, K.X.Abduraxmonov, A.N.Asaul, A.V.Burkov, U.V.G'ofurov, M.A.Ikromov, D.Kudbiev, E.S.Margianiti, B.Obrenovich, L.NA Sultonov, L.NA. , A.Xasanov, Sh.T.Karimov, Sh.Sh.Salixanova, U.K.Alimov, S.M.Turabdjanov, B.A.Alimatov, R.J.Tozhiyev, A.A.Risqulov, B.M.Tursunov, S. F. Ergashev, J.D.Axmedov, Kh.A. Akramov, M.X. Xakimov, Sh.M. Iskandarova, Z.M. Sobirova, A.M. Muxtarova, L.M. Babakhodjaeva..

Tahririyat manzili: 150107

Farg'ona shahri, Farg'ona ko'chasi, 86 -

uy

Ten. +99888-8600400 https://alferganus .uz/en/site/index E-mail: [email protected]

IV

Academic p- Resource

Index ResearchBib

IF(Impact Factor) 9.88 /2022 http://journalseeker.researc hbib.com/view/issn/2181-2357

SJIF 2023: 5,971

http://sj ifactor.com/passp ort.php?id=21994

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ro'yxatga olingan. Ro'yxatga olish № 1189 Berilgan sanasi: 17-06-2021.

Xalqaro nazariy va amaliy tadqiqotlar jurnali Crossref, OpenAIRE, Google Scholar bazalariga kiritilgan.

Impact-faktor 2021 Evaluation Pending

Il^Hj^H CC litsenziyasi turi: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0).

Jurnal jahon va mintaqaviy darajada fan va amaliyotning rivojlanish masalalariga bag'ishlangan. Jurnal olimlar, o'qituvchilar, doktorantlar, talabalar uchun mo'ljallangan.

Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali. 2023. T.3. №4.

© «Al-Ferganus» MCHJ, 2023 Farg'ona, O'zbekiston

2

9772181235007

TABLE OF CONTENTS Iqtisodiy fanlar /Economic Sciences/Экономические науки

1. Ashurov, Makhammadzhon Sotvoldievich; Shakirova, Yulduz 6 Saidaliyevna; Akmaliddinov, Shukhrat

Analysis of factors affecting increasing the export activity and competence of enterprises

2. Muminova, Elnorakhon Abdukarimovna 19 Green economy as a mechanism of sustainable development

3. Muminova, Elnorakhon Abdukarimovna; Tukhtasinova, Mukhaye 29 Mirzasultonovna; Khakimova, Madinakhon

Issues of regulation of the structure and turnover ofpersonnel in the banking system

4. Nabieva, Nilufar Muratovna; Mahammadzhonova, Tamanno 39 Muminovna

Some development issues the use of innovative technologies in production

5. Tukhtasinova, Dildorakhon Raxmonberdiyevna 45

Mechanism for managing the innovative potential of textile industry enterprises in the regions

6. Shmatko, Sergey Gennadievich; 53

Lovyannikov, Denis Gennadievich

E-learning development experience in Europe

7. Zalivanskiy Boris; Samokhvalova Elena 66

Interaction between the regional labour market for young professionals and the education market: Opportunities and prospects

8. Kurpayanidi, Konstantin Ivanovich; Nabieva, Nilufar Muratovna; 71 Abdurahmonov, Otabek Bakhtiyorovich

Problems and solutions to the low efficiency of small businesses

9. Kurpayanidi, Konstantin Ivanovich; Urmonov, Alisherjon 76 Adhamovich; Muxammadjonov, Jamshidbek

Analysis of mortgage programs in banking institutions of the Republic of Uzbekistan

Advertisement 84

Our publications 94

QR CODE of this issue of the magazine https://dx.doi.org/

cc

®

5

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.