Научная статья на тему 'EKSPORTBOB MАHSULOTLАR IShLАB ChIQАRIShNI TАShKIL ETIShNING MUАMMO VА YeChIMLАRI'

EKSPORTBOB MАHSULOTLАR IShLАB ChIQАRIShNI TАShKIL ETIShNING MUАMMO VА YeChIMLАRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
448
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksport / eksportbob mahsulot / eksport salohiyati / eksport qilish / korxona / ishlab chiqarish / tashqi savdo. / export / export-oriented product / export potential / export / enterprise / production / foreign trade.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ashurov, Makhammadzhon Sotvoldievich, Akmaliddinov, Shukhrat Dilshodzhonovich

Maqola xalqaro iqtisodiy makonning geosiyosiy omillar, ijtimoiy zarbalar ta'sirida transformatsiyalanishi jahon iqtisodiyotining sub'ektlari sifatida O’zbekiston va Farg’ona viloyatlari uchun yangi o'sish nuqtalarini izlash va iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlash yo’llari va choralarini izlashni taqazo etishi sharoitida korxonalarda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksportini samarali tashkil etish asosida ularning rivojlanish va taraqqiy etirish darajasini oshirishga bag’ishlangan.Maqolada korxonalarda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishning muammo va yechimlari, ularning sabablari va hal qilish yo’llari va choralari muhokama qilingan. Shu maqsadda maqolada viloyatning eksport salohiyatini oshirish omillarini aniqlash, uni rivojlantirishning mumkin bo‘lgan imkoniyatlari o’rganilgan. Tadqiqot doirasida viloyat eksportining dinamikasi va tuzilmasi, viloyat eksport salohiyatining tarkibiy qismi sifatida viloyat tashqi savdosining umumiy natijalari tahlil qilingan. Mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqot va tahlil natijalaridan kelib chiqib viloyat korxonalarida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksport salohiyatini rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar taklif qilinib, xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF THE ORGANIZATION OF PRODUCTION OF EXPORT-ORIENTED PRODUCTS

The article describes the transformation of the international economic space under the influence of geopolitical factors, social upheavals, the search for new growth points for Uzbekistan and the Ferghana region as subjects of the world economy, the search for ways and measures to ensure sustainable economic growth, increase the level of development and progress of enterprises based on the efficient organization of production export-oriented products and their exports. The article discusses the problems and ways of solving the organization of production of export-oriented products in enterprises, their causes and solutions and measures. To this end, the article discusses the factors of increasing the export potential of the region and possible opportunities for its development. The study analyzes the dynamics and structure of regional exports, the overall results of regional foreign trade as an integral part of the regional export potential. Based on the results of the study and analysis carried out by the authors, measures are proposed that need to be implemented at the enterprises of the region for the production of export products and the development of their export potential, and conclusions are given.

Текст научной работы на тему «EKSPORTBOB MАHSULOTLАR IShLАB ChIQАRIShNI TАShKIL ETIShNING MUАMMO VА YeChIMLАRI»

Iqtisodiy fanlar /Economic Sciences/Экономические науки

International journal of theoretical and practical research Scientific Journal

Issue: 12 Volume: 2

31.12.2022

Year: 2022

Published: http://alferganus.uz

Ci ta tion:

Ashurov, M.S., Akmaliddinov, Sh. (2022). Problems and solutions of the organization of production of export-oriented products. SJ

International journal of theoretical and practical research, 2 (12), 2838.

Ashurov, M.S., Akmaliddinov, Sh. (2022). Conflict situations in the activities of the enterprise, ways of their reduction and management.

Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (12), 28-38.

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7496344

QR-Article 01^0

Ashurov,

Makhammadzhon Sotvoldievich

Associate Professor of the Department of Management Fergana Polytechnic Institute

Akmaliddinov, Shukhrat Dilshodzhonovich

master's student Ferghana Polytechnic Institute UDC 330.101

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF THE ORGANIZATION OF PRODUCTION

OF EXPORT-ORIENTED PRODUCTS

Abstract. The article describes the transformation of the international economic space under the influence of geopolitical factors, social upheavals, the search for new growth points for Uzbekistan and the Ferghana region as subjects of the world economy, the search for ways and measures to ensure sustainable economic growth, increase the level of development and progress of enterprises based on the efficient organization of production export-oriented products and their exports. The article discusses the problems and ways of solving the organization of production of export-oriented products in enterprises, their causes and solutions and measures. To this end, the article discusses the factors of increasing the export potential of the region and possible opportunities for its development. The study analyzes the dynamics and structure of regional exports, the overall results of regional foreign trade as an integral part of the regional export potential. Based on the results of the study and analysis carried out by the authors, measures are proposed that need to be implemented at the enterprises of the region for the production of export products and the development of their export potential, and conclusions are given.

Key words: export, export-oriented product, export potential, export, enterprise, production, foreign trade.

cc

®

28

T. 2 №12. 2022

1ЭЛР 2022:5.962 Ашуров, Махаммаджон Сотволдиевич

доцент кафедры "Менеджмент ", к.э.н., Ферганский политехнический институт Акмалдинов, Шухрат Дилшоджонович

Магистрант

Ферганский политехнический институт

ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ ОРГАНИЗАЦИИ ПРОИЗВОДСТВА ЭКСПОРТОРИЕНТИРОВАННОЙ ПРОДУКЦИИ

Аннотация. В статье описывается трансформация международного экономического пространства под влиянием геополитических факторов, социальных потрясений, поиск новых точек роста для Узбекистана и Ферганской области как субъектов мировой экономики, поиск путей и мер по обеспечению устойчивого экономического роста, повышением уровня развития и прогресса предприятиях на основе эффективной организации производства экспорт ориентированной продукции и их экспорта. В статье рассматриваются проблемы и пути решения организации производства экспорт ориентированной продукции на предприятиях, их причины и решения, и меры. С этой целью в статье рассматриваются факторы повышения экспортного потенциала региона и возможные возможности его развития. В рамках исследования проанализированы динамика и структура регионального экспорта, общие результаты региональной внешней торговли как составной части регионального экспортного потенциала. По результатам исследования и анализа, проведенного авторами, предложены меры, которые необходимо реализовать на предприятиях региона для производства экспортной продукции и развития их экспортного потенциала, и даны выводы.

Ключевые слова: экспорт, экспортоориентированный продукт, экспортный потенциал, экспортировать, предприятие, производство, внешняя торговля.

Ashurov, Maxammadjon Sotvoldievich

"Menejment" kafedrasi dotsenti, i.f.n. Farg'onapolitexnika instituti

Akmaldinov, Shuxrat Dilshodjonovich

"Menejment" kafedrasi magistrant Farg'ona politexnika instituti

EKSPORTBOB MАHSULOTLАR IShLАB Ch^RIShM TАShKIL ETIShNING MUАMMO УА YeChIMLАRI

Annotatsiya. Maqola xalqaro iqtisodiy makonning geosiyosiy omillar, ijtimoiy zarbalar ta'sirida transformatsiyalanishi jahon iqtisodiyotiningsub'ektlari sifatida O 'zbekiston va Farg'ona viloyatlari uchun yangi o'sish nuqtalarini izlash va iqtisodiyotning barqaror

@ ®

29

T. 2 №12. 2022

o'sishi ta'minlash yo'llari va choralarini izlashni taqazo etishi sharoitida korxonalarda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksportini samarali tashkil etish asosida ularning rivojlanish va taraqqiy etirish darajasini oshirishga bag'ishlangan.Maqolada korxonalarda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishning muammo va yechimlari, ularning sabablari va hal qilish yo'llari va choralari muhokama qilingan. Shu maqsadda maqolada viloyatning eksport salohiyatini oshirish omillarini aniqlash, uni rivojlantirishning mumkin bo'lgan imkoniyatlari o'rganilgan. Tadqiqot doirasida viloyat eksportining dinamikasi va tuzilmasi, viloyat eksport salohiyatining tarkibiy qismi sifatida viloyat tashqi savdosining umumiy natijalari tahlil qilingan. Mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqot va tahlil natijalaridan kelib chiqib viloyat korxonalarida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksport salohiyatini rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar taklif qilinib, xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: eksport, eksportbob mahsulot, eksport salohiyati, eksport qilish, korxona, ishlab chiqarish, tashqi savdo.

Kirish

Mamlakat iqtisodiyotining barqaror o'sishi va uning jahon bozoriga kirib borishini ta'minlovchi asosiy omillardan biri mamlakat eksport salohiyati hisoblanadi. Shu sababli ham rivojlangan va rivojlanayotgan har bir mamlakat o'z daromadini yuksaltirish va valyuta oqimini ko'paytirish maqsadida eksport hajmini oshirishga harakat qiladi. O'z navbatida bu maqsadga erishishda mamlakat barcha imkoniyatlardan foydalangan holda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda bozorga taklif qilishni ko'paytirishga harakat qiladi.

Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida eksportga yo'naltirilgan siyosatni amalga oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirish jarayoni uchun bir qator ijobiy ta'sirlarni yuzaga keltirishi bilan bog'liq:

• eksportga yo'naltirilganlik tufayli mamlakat ichki bozorining bir yoqlamaliligi bilan bog'liq cheklovlar bartaraf etiladi;

• valyuta tushumlarining barqaror kirib kelish mexanizmlari shakllantiriladi;

• korxonalar xalqaro raqobatga kirishadi va bu esa xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish uchun rag'bat yaratadi;

• eksportga yo'naltirilgan mamlakatlar odatda nafaqat katta valyuta zaxiralariga ega, balki jahon kapital bozori resurslariga nisbatan oson kirish imkoniyatiga ega bo'ladi;

• protektsionizm davri tugab, (milliy kapitalning dastlabki to'planish davri uchun juda oqilona) sanoat tizimining ochiqligi va uning liberalligiga asoslangan erkin savdo davri kirib keladi.

Yuqoridagi tajriba natijalaridan ko'rinib turibdiki, eksportning o'sishi iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi. O'sishning bunday manbai nafaqat iqtisodiyotning qolgan qismiga nisbatan multiplikativ ta'sir ko'rsatadi, balki o'sishning to'lov balansi muammolari bilan cheklanmasligi yoki to'xtatilmasligini ta'minlaydi, chunki qo'shimcha import xajmini o'sishini ta'minlovchi to'lov uchun zarur bo'ladigan har qanday xorijiy valyutaga erishish imkoniyatini taqdim etadi.

30

T. 2 №12. 2022

RESEARCH!____,

ISJIF 2022:5.962

Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, bozor talablariga mos va eksportbop mahsulotlari ishlab chiqarishni rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish" bilan bog'liq ustuvor maqsad va vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta'minlash respublikamiz sanoat korxonalarida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish bo'yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni talab etadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

Qo'yilgan muammo bo'yicha milliy va xorijiy adabiyotlar taxlili shuni ko'rsatdiki, ushbu masalaning turli qirralari bo'yicha xorij va maxalliy olimlar tomonidan ko'plab tadqiqotlar olib borilganligi va borilayotganligi va tadqiq etalganligini kuzatishimiz mumkin bo'ladi. Jumladan, xorijlik olimlar E.S.Raynert [7], J.S.Goldstein, J.C. Pevehouse [16], R.Hausmann, Hwang J., D. Rodrik [17], D.D.C.Prince & O.J.Fitton[18], mintaqalarning tashqi iqtisodiy faoliyati, sanoat va qishloq xo'jaligi mamlakatlari eksport strategiyalari bo'yicha tadqiqot olib borishgan bo'lsa, MDH mamlakatlaridan O.S.Belokur, G.S.Svetkova[1] V.A.Dovydenko[2], A.D.Kosmin, O.P.Kuznetsova, Ye.A.Kosmina[3], I.L.Lyubimov, I.V.Yakubovskiy[4], Ye.V. Sapir, A.G. Shmuratkina[10], Ye.A.Popova, N.Yu.Polunina [6] kabi olimlar hududlarning iqtisodiy o'sishining institutsional jihatlari va eksport strategiyasining xatarlarini o'rganishgan.

O'zbekiston olimlari Sh.X.Nazarov [5], A.N.Samadov[9], A.M.Sadikov [8], S.Sh.To'rabekov [13], A.A.Sobirov [11] N.Sirajiddinov [12], B.K.G'oyibnazarov [14], B.Yu.Xodiev [15]lar tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini liberallashtirish va respublika hududlari, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha tadqiqot olib borishgan.

O'rganilgan adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, yuqoridagi mualliflar tomonidan korxonalarda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va u orqali ularning eksport potentsialni oshirish muammolariga e'tibor qaratishmagan.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotning vositaviy - uslubiy apparati tizimli yondoshuv doirasida tadqiqotning umumilmiy uslublari: mantiqiy va vaziyatli tahlil, ekspert baholash, so'rovnoma, kuzatish, intervyu, guruxlash, taqqoslash kabi taxlil vositalarini qo'llashga asoslanadi. Ushbu vositalar tadqiqot olib borishning turli bosqichlarida turli kombinatsiyalarda foydalaniladi, yakuniy natijalar, xulosalar va takliflarni ilmiy asoslanganligini ta'minlashga imkon beradi.

Tahlil va natijalar

Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini ta'minlashda barcha sohalar qatorida eksport salohiyatini oshirish va eksportyorlarga qulay imkoniyatlar yaratish bugungi zamonning asosiy talabiga aylanmoqda.

Eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida eksportning o'sishi (1-jadval) muqarrar ravishda mamlakat va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining omili sifatida eksport salohiyatining faollashishiga olib keladi, aholining real daromadlarini

31

T. 2 №12. 2022

RESEARCH____,

ISJIF 2022:5.962

oshadi, bu esa aholining turmush sifatini yaxshilaydi va yuqori texnologiyalarning o'sishini tezlashtiradi, korxonalar tomonidan ilg'or texnologiyalardan faol foydalanishga turtki beradi.

Mamlakat yoki alohida xo'jalik yurituvchi subyektning tashqi iqtisodiy faoliyatini uning eksport salohiyati orqali baholash mumkin. Eksportning tuzilishi va murakkabligi iqtisodiy o'sish va tarkibiy o'zgarishlar salohiyati haqida muhim ma'lumot beradi.

Tadqiqotning birinchi bosqichi sifatida mualliflar viloyat eksport salohiyatining tarkibiy qismi sifatida viloyat tashqi savdosining umumiy natijalari ahamiyatini solishtirdilar.

1-jadvalda Farg'ona viloyatining 2021 yildagi tashqi savdosining umumiy natijalari keltirilgan.

1-jadval

Ko'rsatkichlar 2017 2018 2019 2020 2021 O'sish tempi

Tovar aylanishi 949,4 1353,6 1417,8 1463,1 1835,6 193,3

Eksport 514,0 484,3 574,4 556,1 801,3 155,9

Import 435, 4 869,3 843,4 907,0 1 034,3 237,5

Salbdo 78,6 -385 -269 -350,9 -233 x

Manba: https://farstat.uz/ ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan

2021-yilda Farg'ona viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1835,6 ming dollarni tashkil etdi (25 foizga oshgan).

2021 yilda 2020 yilga nisbatan eksportning o'sishi 43,6% darajasida bo'ldi va 556,1 million dollardan 801,3 million dollarlik xajmga o'sdi. O'sish asosan MDH davlatlariga eksport xajmining ortishi bilan kuzatildi, ya'ni 2021 yilda jo'natmalar xajmi 25 % ga ko'payishi hisobiga 429983 ming dollarni tashkil etdi. Uzoq xorij mamlakatlariga jo'natmalar xajmida xam o'sish kuzatilgan. Ya'ni bu ko'rsatkich 371303,1 ming dollarga yetgan.

2021-yilda import narxlari hajmida 2020-yilga nisbatan 14 foizga ko'payib, 1 034,3 ming dollarni tashkil etdi. 2021-yilda savdo balansi salbiy bo'lib, -233 ming dollarni tashkil etdi.

2- jadvalda Farg'ona viloyatining asosiy savdo hamkorlari keltirib o'tilgan.

2-jadval

2021 yilda Farg'ona viloyatining asosiy savdo hamkorlari (ming AQSH doll.)

№ Hamkor davlat 2020 2021 2022 yanvar-sentabr *

1 Afg'oniston 16 490,1 36 630,5 35 517,1

2 Bangladesh 10 303,6 8 573,3 4 901,2

3 Belarus 4 075,6 6 575,0 3 665,4

4 Belgiya 2 276,8 6 909,7 1 401,2

© ©

32

T. 2 №12. 2022

5 Eron Islom Respublikasi 395,6 6 682,6 19 113,0

6 Germaniya 1 622,5 4 967,8 4 024,7

7 Koreya Respublikasi 8 040,6 7 188,3 3 037,1

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8 Misr 10 453,3 17 710,4 11 783,4

9 Qirg'iziston 124 386,6 89 735,1 43 284,6

10 Qozog'iston 30 321,9 50 248,0 20 058,0

11 Rossiya Federatsiyasi 150 946,0 237 015,2 254 864,2

12 Tojikiston 21 006,5 22 949,6 17 568,3

13 Turkmaniston 4 754,1 14 584,1 25 829,5

14 Xitoy 73 623,2 107 095,5 51 793,4

Manba: https://farstat.uz/ ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan

Olingan statistik ma'lumotlarga ko'ra 2020 yil davomida viloyat korxona va tashkilotlari tomonidan dunyoning 68 ta davlati o'rtasida savdo-sotiq faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lsa, 2021 yilda esa 75 ta davlat bilan savdo-sotiq faoliyati yo'lga qo'yilgan. Bu o'tgan yilga nisbatan 10 foizga (yoki 7 ta davlatga) oshgan.

2-jadvaldagi ma'lumotlarga asosan 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 2020 yilning shu davriga nisbatan savdo hajmining o'sganligini ko'rsatib, Afg'oniston, Eron Islom Respublikasi, Germaniya, Misr, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan savdo aloqalari mustahkamlanishi natijasida ushbu mamlakatlar bilan tashqi savdoda ijobiy o'zgarishlar kuzatilgan.

2021 yilda uzoq xorij mamlakatlariiga eksport hajmi 73 % ga ko'payishi hisobiga 371302,1 ni tashkil etdi. Import esa, aksincha, 2020 yilga nisbatan 0,9 foizga oshdi va 487833,5 million dollarni tashkil etdi.

2021 yilda Farg'ona viloyatining MDH davlatlari bilan eksport 429983 ming dollarni (o'sish 125 foiz), import 546459,3 ming dollarni (27 foizga oshdi) tashkil etdi).

Eksport qiymatining o'sishiga, birinchi navbatda, Rossiya, 157 % ga yoki 150 946,0 ming aqsh dollaridan 237 015,2 ming AQSH dollarigacha, Qozog'iston bilan 165% yoki 30 321,9 ming AQSH dollaridan 50 248,0 ming AQSH dollarigacha o'sishi ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, eksport xajmi Qirg'iziston Respublikasi bilan 124 386,6 ming AQSH dollaridan 89 735,1 ming AQSH dollarigacha yoki 27,8% ga, Bangladesh bilan 10 303,6 ming AQSH dollaridan 8 573,3 ming AQSH dollarigacha yoki 26,8% ga kamaygan.

Import qiymatining o'sishi, asosan, Belarus Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Chexiya, Hindiston, Iroq, Litva, Polsha, Qirg'iziston, Qozog'iston, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Xitoy, Vyetnam, Turkiya kabi mamlakatlardan yetkazib berishlar sonining o'sishi bilan bog'liq.

Import qiymatining kamayishi, asosan, AQSh, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Latviya, Tojikiston, Yaponiya kabi mamlakatlar bilan yetkazib berishlar sonining kamayishi bilan bog'liq.

© ®

33

T. 2 №12. 2022

ISJIF 2022:5.962 3-jadval

Farg'ona viloyatining eksport va import tarkibi

2019 2020 2021 yanvar-sentabr * 2022 y.

Eksport tarkibi

shu jumladan:

paxta tolasi 0,0 0,5 0,2 0,0

oziq-ovqat mahsulotlari 40,2 37,4 31,8 32,1

kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 0,7 2,4 3,7 6,5

energiya manbaalari va neft mahsulotlari 3,7 1,2 1,3 1,6

qora va rangli metallar 0,1 0,5 0,2 0,4

mashina va asbob-uskunalar 0,1 0,2 0,5 0,8

xizmatlar 1,7 1,8 2,4 1,3

boshqalar 53,4 56,0 59,9 57,3

Import tarkibi

shu jumladan:

oziq-ovqat mahsulotlari 9,7 13,1 13,9 13,1

kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 10,7 10,4 8,7 8,9

energiya manbaalari va neft mahsulotlari 9,2 21,3 25,8 16,9

qora va rangli metallar 7,0 4,5 6,8 10,9

mashina va asbob-uskunalar 42,2 32,1 28,9 35,6

xizmatlar 1,3 1,3 0,5 0,2

boshqalar 19,8 17,2 15,4 14,4

Manba: https://farstat.uz/ ma'lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan

Tahlil natijalari shuni ko'rsatayaptiki, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida eksportning tovar tarkibida an'anaviy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari (32,1%) ustunlik qildi. Ikkinchi o'rinda kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (6,5%). Eksportda energetika va neft mahsulotlarining ulushi 1,6%, qora va rangli metallar 0,4%, mashina va asbob-uskunalar 0,8% ni tashkil etgan.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida import tarkibida eng katta ulushni (35,6%) mashina va asbob-uskunalar egalladi. Import tarkibida energiya manbaalari va neft mahsulotlari 16,9 %, oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 13,1%, qora va rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar 10,9 %, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 8,9 % boshqa tovarlar 14,4% ni tashkil etgan.

Viloyatning eksporti aniq resurs ixtisoslashuviga ega. Eksport tarkibida eng katta ulushni oziq-ovqat mahsulotlari, ya'ni sabzavot va ba'zi iste'mol qilinadigan ildizlar va ildiz mevalari, iste'mol qilinadigan mevalar va yong'oqlar; tsitrus mevalarining qobig'i

@ ©

34

T. 2 №12. 2022

RESEARCH!____,

ISJIF 2022:5.962

yoki qovun po'stlog'i, un va yorma mahsulotlari; solod; kraxmallar; inulin; bug'doy kleykovina tashkil etadi, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar tarkibida esa o'g'itlar, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, energetika va neft mahsulotlari mineral yoqilg'i, neft va ularni distillash mahsulotlari; bitumli moddalar; mumlar, mineral organik kimyoviy birikmalari, shuningdek, ipak, paxta, kiyim aksessuarlari, to'qima matolar yoki qo'lda to'qilgan to'qima matolar, keramika mahsulotlari, shisha va shisha buyumlari eksportining salmoqli ulushini egallaydi.

O'rganishlar shuni ko'rsatdiki, viloyatning eksport salohiyati oziq-ovqat mahsulotlari va ipak, paxta, kiyim aksessuarlari, to'qima matolar yoki qo'lda to'qilgan to'qima matolar ulushining ortishi hisobiga shakllanmoqda. Bu mintaqada agrosanoat kompleksini rivojlantirish tendentsiyasi, qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha joriy dasturlar bilan bog'liq.

Ta'kidlash joizki, O'zbekistonda yiliga 20 million tonna meva-sabzavot yetishtiriladi. Lekin ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi qariyb 15 foiz bo'lib, shundan 7-8 foizi eksport qilinmoqda. Go'sht va sut mahsulotlarining 16 foizigina sanoat darajasida qayta ishlangan, xolos. Infratuzilma yetarli emasligi tufayli yig'ishtirish va saqlash jarayonida 30 foiz mahsulotlar yo'qotilmoqda [20]. Jumladan, Farg'ona viloyati ham bundan mustasno emas.

Mavjud vaziyat sohada amalga oshirilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirishni taqozo etadi. Ushbu mahsulotlar tashqi bozorlarda talabga ega, bu viloyat hududining raqobatbardosh ustunligi ham hisoblanadi. Bugungi dunyo miqyosida global oziq - ovqat xavfsizligini ta'minlashda yuzaga kelayotgan muammolar, ushbu mahsulotlarga talabning oshishiga olib kelmoqda. Shu tufayli viloyatda faoliyat yuritayotgan meva-sabzavot, go'sht va sut mahsulotlarini yetishtirish bilan shug'ullanuvchi qishloq xo'jaligi sanoati korxonalari savdo geografiyasini, jumladan, tashqi bozorlarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Taxlillardan ma'lum bo'ladiki, O'zbekistonda meva-sabzavotlar yetishtirish ichki iste'molga nisbatan bir necha barobar yuqoridir. Bu holatlar meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimini tashkil etish va eksport qilishda aniq strategik yo'nalishlar belgilashni talab etadi.

Sababi, eksportda avvalo, potentsial iste'molchiga qaysi mahsulot kerakligi va uning ehtiyojini tushunish kerak. Chunki, hozir mahsulot ishlab chiqarishdan ko'ra, uni sotish yechimini topish kerak bo'lgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Bu borada esa jahon bozorini, undagi talab va taklifni o'rganish, uni tadqiq qilish kabilarni qamrab oladigan marketing faoliyati bilan shug'ullanish talab etiladi. Bu orqali bozorlarni o'rganish jarayonida paydo bo'ladigan qanday tovarlarni, kimlar uchun, qanday hajmda, qay ko'rinishda va qancha miqdorda kabi savollarga javob bo'ladigan marketing kontseptsiyalaridan foydalanish o'zining ijobiy natijasini beradi. Marketingda ishlab chiqarish, tovar, sotish, an'anaviy marketing, ijtimoiy-axloqiy marketing, o'zaro aloqa marketingi kabi kontseptsiyalar mavjud. Bu kontseptsiyalarda mamlakat yoki mintaqaga qanday mahsulotlarni eksport qilish o'rganilishi ham mumkin[15].

Mualliflar tomonidan ilgari olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, viloyatda ta'lim xizmatlari va turizm sanoati eksportni ko'paytirish imkoniyatiga ega. Ta'lim xizmatlari

@ ®

35

T. 2 №12. 2022

RESEARCH!____,

ISJIF 2022:5.962

istiqbolli eksport mahsuloti, viloyat hududini tashqi bozorga olib chiqadigan "yumshoq kuch" hisoblanadi. Viloyatdagi ta'lim xizmatlarining asosiy "eksportchilari" bo'lib, Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona politexnika instituti, Farg'ona jamoatchilik salomatligi tibbiyot instituti, Koreya halqaro universiteti, Qo'qon universiteti hisoblanishi mumkin.

Shuningdek, viloyatning eksport salohiyatini oshirishda xizmatlar eksporti tarkibida IT-mahsulotlar, dasturiy ta'minot va ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishni oshirishga e'tibor qaratish kerak.

Buning uchun istiqbolli mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish uchun aqlli texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga "nuqta"li investitsiyalarni nazarda tutuvchi yuqori texnologiyalarni, ya'ni elektron tijoratni rivojlantirish va mintaqa iqtisodiyotini raqamlashtirishni amalga oshirish eng dolzarb hisoblanadi. Zarur chora sifatida elektron tijorat va viloyat iqtisodiyotini raqamlashtirish sur'atlarini oshirish zarur, deb hisoblaymiz.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, Farg'ona viloyatida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va uni eksport qilish bo'yicha ulkan tashqi iqtisodiy va tabiiy zaxiraga ega bo'lib, bu uning xalqaro iqtisodiy makonga bir qator yangi turdagi eksportbob mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish orqali halqaro integratsiyalashuvni yanada rivojlantirishi va eksport salohiyatini oshira olishiga imkon beradi. Biroq, mahalliy korxonalar tomonidan eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo'yicha xarakatlar sust olib borilmoqda, bunga eksportni amalga oshirishda ular tomonidan duch kelayotgan mavjud bir necha kamchilik va muammolar sabab bo'lmoqda nazarimizda.

Shunga asosan viloyat korxonalarida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksport salohiyatini rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz:

• davlat organlari eksportbob mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarini sotish bo'yicha ixtisoslashtirilgan ulgurji bozorlar, yarmarkalarni uyushtirish va ular faoliyatlarini tashkil qilishda ko'maklashishi;

• eksportbob mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish, xaridorlarni izlash, shartnomalarni tayyorlash va tuzish, eksport operatsiyalarini amalga oshirish, eksport qiluvchilarni ehtimoliy xavf-xatarlardan ishonchli himoya qilish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi bo'yicha talab etiladigan zarur litsenziyalar, sertifikatlar hamda boshqa ruxsatnomalarni olish va to'lashda yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko'rsatilishini takomillashtirish;

• mamlakat miqyosida eksport jarayonlarini sug'urtalash mexanizmini shakllantirish.

• O'zbekiston Respublikasida eksportga yo'naltirilgan korxonalarning aksariyati o'rtacha eksport salohiyati darajasiga ega, shuning uchun ularga davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, tashqi savdo infratuzilmasini takomillashtirish

• viloyatda xalqaro savdosining mustahkamlanishiga tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning maqsadli kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, hududiy infratuzilmani hamda viloyatning xorijdagi vakolatxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish bo'yicha ishlarning izchilligini oshirish

36

• import o'rnini bosadigan mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish

• mahsulotlarni xorijga elektron savdo maydonchalari orqali sotish bo'yicha ham zamonaviy mexanizmlar joriy etish

• mahalliy eksportyor korxonalarning tovarlarini xorijiy xaridorlar tomonidan sotib olish imkoniyatini beradigan milliy savdo elektron maydonchasini ishga tushirish

• qanday eksportchi korxonalar borligi va ularning qanday tovarlar ishlab chiqarishi to'g'risida xorijiy korxonalar ham, mahalliy korxonalar va davlat idoralari ham axborot oladigan to'liq manba mavjud emas. SHu bois har bir eksportchi korxona to'g'risidagi elektron axborotlar bazasini shakllantirish, ularning mahsulotlari to'g'risida to'liq ma'lumot, marketing tadqiqotlari natijalari, eksport hajmi kabi ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi elektron pasportni joriy etish zarur.

Xulosa qilib aytganda, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirish, jahon bozori talablariga javob beruvchi eksportbob mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish yo'li bilan mamlakat eksport tarkibini sifat va son jihatdan o'zgartirish, yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va xorijga sotishni rag'batlantirishga qaratilgan milliy eksport siyosatini amalga oshirish hozirgi kunning asosiy vazifasi, deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Белокур О.С., Цветкова Г.С. (2021) Сценарии развития экспортного потенциала провинциального региона // Экономика, предпринимательство и право, (11(7)), 1689-1704.

2. Довыденко В.А. (2017) Влияние внешней торговли на экономику страны (на примере России) // Современное общество и власть, (3(13)), 194-196. URL: https:// elibrary. ru/item .asp?id=30737983.

3. Косьмин А.Д., Кузнецова О.П., Косьмина Е.А. (2019) Проблемы повышения экспортного потенциала России (или о повышении степени ее вовлеченности в мирохозяйственный оборот) // Экономические отношения. № 2

4. Любимов И.Л., Якубовский И.В. (2020) Структурная трансформация и отраслевая производительность: учет направлений экспорта в индексе экономической сложности // Журнал новой экономической ассоциации, (3 (47)),12-39.

5. Назаров Ш.Х. (2014) Методологические аспекты повышения конкурентоспособности регионов. -Ташкент: IFMR,212 с.

6. Попова Е.А., Полунина Н.Ю. (2019) Интенсификация экспортного потенциала как фактор социально-экономического развития Воронежского региона // Экономические отношения. № 2

7. Райнерт Э.С. (2011) Как богатые страны стали богатыми, и почему бедные страны остаются бедными. - М.: Изд. дом Гос. ун-та Высшей школы экономики.

8. Садыков А.М. (2019) Новая стратегия развития Узбекистана: формирование, приоритеты, реализация. Монография. - Ташкент.

9. Самадов А.Н. (2017) Иктисодиётни янги боскичга олиб чикиш мукаррар. Узбекистон иктисодий ахборотномаси журнали, №2. 34-36 б

сс

®

37

T. 2 №12. 2022

RESEARCH!____,

ISJIF 2022:5.962

10. Сапир Е.В., Шмураткина А.Г. (2019) Институциональный механизм повышения экспортного потенциала региона // Государственное и муниципальное управление. Ученые записки. № 3. - c. 169 -176.

11. Sobirov A.A. (2018) Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalari. «Biznes-Ekspert» ilmiy jurnali, №10. 54-56 b.

12. Сиражиддинов Н. (2004) Либерализация внешнеторговых операций и конкурентоспособность национальной экономики.//Экономическое обозрение, №11, с.67

13. Турабеков С.Ш., Мухаммедов М.М. (2016) Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларининг экспорт салохиятини ривожлантириш истикболлари Иктисод ва молия / Экономика и финансы, №2

14. Гойибназаров Б.К. (2007) Иктисодий юксалиш омиллари. //Халк сузи, 27 февраль

15. Ходиев Б.Ю. (2018) Миллий товарлар ракобатбардошлигини оширишнинг замонавий маркетинг концепциялари.//Миллий товарлар ракобатбардошлигини оширишда замонавий маркетинг концепцияларидан фойдаланиш. Республика илмий-амалий анжумани илмий макола ва тезислари туплами (2018 йил, 27 ноябрь). -Т.: Фан ва технологиялар, 498 б.

16. Goldstein J.S., Pevehouse J.C. (2008) International Relations. - New York: Pearson Longman.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17. Hausmann R., Hwang J., Rodrik D. (2007) What You Export Matters. // Journal of Economic Growth. - (12(1)), pp.1-15.

18. Prince D.D.C. & Fitton O.J. (2016) The North West cyber security industry: Export pote ntial assessment.

19. Margianti, E. S., Ikramov, M. A., Abdullaev, A. M., Kurpayanidi, K. I., & Ashurov, M. S. (2014). Systematical analysis of the position and further development of Uzbekistan national industry in the case of economic modernization. Monograph. Indonesia, Jakarta. Indonesia. Jakarta. Gunadarma Publisher.

20. Kurpayanidi, K., Abdullaev, A., Ashurov, M., Tukhtasinova, M., & Shakirova, Y. (2020). The issue of a competitive national innovative system formation in Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 159, p. 04024). EDP Sciences.

21. Курпаяниди, К. И., & Ашуров, М. С. (2019). Узбекистонда тадбиркорлик мухитининг замонавий холати ва уни самарали ривожлантириш муаммоларини бахолаш. Монография. GlobeEdit Academic Publishing, European Union.

22. Ашуров, М.С. ва б. (2020). COVID-19 пандемия шароитида тадбиркорлик ва уни ривожлантириш масалалари: назария ва амалиёт Монография. и.ф. д., профессор М.А. Икрамов, тахрири остида. GlobeEdit, European Union.

23. https:// www. president.uz /

24. https://farstat.uz/

© ©

38

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.