Научная статья на тему 'ELEKTROTEXNIKA SANOATI MAXSULOTLARINIG EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH RIVOJLANISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA'

ELEKTROTEXNIKA SANOATI MAXSULOTLARINIG EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH RIVOJLANISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
138
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektrotexnika / eksport / maishiy texnika / mahsulot hajmi / eksport geografiyasi / mahalliy mahsulotlar. / electrical engineering / export / household appliances / product volume / export geography / domestic products.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamayusupova, Mashxura Sodiqovna

Maqolada mamlakatimizda elektrotexnika sanoatining iqtisodiy rivojlanishi, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur‘atlari, elektrotexenika mahsulotlarining eksport ko‘rsatkichlari, mahsulotlar eksporti geografiyasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING THE EXPORT POTENTIAL OF ELECTROTECHNICAL INDUSTRY PRODUCTS AS AN IMPORTANT FACTOR OF DEVELOPMENT

The article describes the economic development of the electrical engineering industry in our country, the rate of growth of the production volume of electrical engineering products, export indicators of electrical engineering products, and the geography of export of products.

Текст научной работы на тему «ELEKTROTEXNIKA SANOATI MAXSULOTLARINIG EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH RIVOJLANISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA»

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2023 Issue: 2 Volume: 3 Published: 28.02.2023

http://alferganus.uz

Citation :

Mamayusupova, M. S. (2023). Increasing the export potential of electrotechnical industry products as an important factor of development. SJ International journal of theoretical and practical research, 3 (02), 65-72.

Mamayusupova, M. S. (2023). Elektrotexnika sanoati maxsulotlarinig eksport salohiyatini oshirish rivojlanishning muhim omili sifatida. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (02), 65-72

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7732836

QR-Article

HflfeH

Mamayusupova, Mashxura Sodiqovna

Fergana Polytechnic Institute, PhD student E-mail:

UDC 3398.923

INCREASING THE EXPORT POTENTIAL OF ELECTROTECHNICAL INDUSTRY PRODUCTS AS AN IMPORTANT FACTOR OF DEVELOPMENT

Abstract: The article describes the economic development of the electrical engineering industry in our country, the rate of growth of the production volume of electrical engineering products, export indicators of electrical engineering products, and the geography of export of products.

Key words: electrical engineering, export, household appliances, product volume, export geography, domestic products.

Мамаюсупова, Машхура Содиковна

Базовый докторант, Ферганский политехнический институт

ПОВЫШЕНИЕ ЭКСПОРТНОГО ПОТЕНЦИАЛА ПРОДУКЦИИ ЭЛЕКТРОТЕХНИЧЕСКОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ КАК ВАЖНЫЙ

ФАКТОР РАЗВИТИЯ

Аннотация: В статье описаны экономическое развитие электротехнической отрасли в нашей стране, темпы роста объема производства электротехнической продукции, показатели экспорта электротехнической продукции, а также география экспорта продукции.

сс

И

SS

Ключевые слова: электротехника, экспорт, бытовая техника, объем продукции, география экспорта, отечественная продукция.

Mamayusupova, Mashxura Sodiqovna

Farg'onapolitexnika instituti, tayanch doktorant

ELEKTROTEXNIKA SANOATI MAXSULOTLARINIG EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH RIVOJLANISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA

Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizda elektrotexnika sanoatining iqtisodiy rivojlanishi, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sish sur'atlari, elektrotexenika mahsulotlarining eksport ko'rsatkichlari, mahsulotlar eksporti geografiyasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: elektrotexnika, eksport, maishiy texnika, mahsulot hajmi, eksport geografiyasi, mahalliy mahsulotlar.

Kirish. Elektrotexnika sanoati iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan tarmog'idir. Sanoat mahsulotlarining aksariyati yuqori talabga ega va yuqori qo'shimcha qiymatga ega. Elektrotexnika sanoati va elektron sanoatining rivojlanishi ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga, ilmiy ishlanmalarni jadal joriy etishga, ilmiy-ishlab chiqarish bazasini rivojlantirishga va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishga yordam beradi. Shuning uchun dunyoning ko'plab mamlakatlarida ushbu sohani rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beriladi. Respublikada elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangi turdagi zamonaviy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, tarmoqning investitsiyaviy va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda elektrotexnika sanoati ham jadal rivojlanmoqda. Sanoat korxonalari tomonidan ilgari boshqa mamlakatlardan import qilingan 60 dan ortiq yangi turdagi elektrotexnika va maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish o'zlashtirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2021 yildagi PQ-5011-sonli "Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarorida mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmini 2022 yilda 70 ming tonnaga, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2022 yilda 19 trillion so'mgacha oshirish, mahsulotlar eksporti hajmini 2022 yilda 600 million AQSh dollari miqdoriga, tarmoqdagi ish o'rinlari sonini 2022 yilda 34 mingtaga yetkazish masalalari belgilangan9.

9 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 02.03.2021 yildagi PQ-5011-son "Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori. https://lex.uz/docs/5316731

66

Т. 3 №2 2023

RESEARCH__.

ISJIF 2023:5.971

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.01.2019 yildagi "Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4090-sonli qaroriga asosan 2021 yilda tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarning eksport hajmini 400 mln. AQSh dollari miqdoriga yetkazish ko'zda tutilgan10. Amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli 465 mln. investitsiya o'zlashtirilib, 163 ta yangi loyiha ishga tushirildi. Natijada, ushbu davr mobaynida ishlab chiqarish hajmi 4 barobarga oshdi — 4 trln. so'mdan 17 trln. so'mgacha, eksport hajmi 3 barobar oshdi - 190 mln dollardan 565 mln dollargacha, ish o'rinlari soni esa ikki barobar oshib, 32 mingtaga yetdi. 2022 yilda 800,8 mln dollorlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi. "O'zeltexsanoat" uyushmasi Axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra 196 turdagi mahsulotlar 60 ta mamlakatga eksport qilindi. Eng ko'p mahsulotlar eksporti Turkiya, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlar hissasiga to'g'ri keladi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

O'zbekiston hududlari va sanoatining eksport salohiyatini rivojlantirishning nazariy va amaliy muammolari M.Abdusalomov, A.Vahobov, A.Rasulev, R.Raxmonov, L.Mingashov, N.Sirojiddinov, N.Otajonov, D.Xaydarov, N.Asqarov, M.T.Bo'taboev va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.

A.B.Petrochenko11 o'z tadqiqotlarida elektrotexnika sanoat korxonalarining energiya-axborot modeli ikki bosqichini: birinchi bosqich alohida elementlarning modellarini yaratish, ikkinchi bosqich ularning o'zaro ta'siri modelini taklif etgan [1].

V.V. Xrenov12 o'z ilmiy izlanishlarida elektronika sanoati korxonalarida rangli metallurgiya eksport faoliyati o'rganilgan [2].

M. I. Semuxin13 tadqiqotlari elektrotexnika sanoati korxonalarining tashqi bozoriga kirishning o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan. Uning fikricha, tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining asosi import qiluvchi mamlakatning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks strategiyani ishlab chiqishdir. Shuningdek, elektr jihozlarini ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini hisobga olish kerak. Shu munosabat bilan elektrotexnika korxonalari faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqilib, mahsulotlarni tashqi bozor talablariga moslashtirish yo'llari belgilandi [3].

10 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 04.01.2019 yildagi PQ-4090-son "Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori. https://lex.uz/docs/4136526

11 Петроченков, А. Б. (2014). Энергоинформационная модель электротехнических комплексов промышленных предприятий. Электротехника, (11), 47-51.

12 Хренов, В. В. (2021). Экспортная деятельность предприятий электротехнической промышленности и цветной металлургии города свердловска в отношении КНДР в 1958 Г. Корееведение в России: направление и развитие, 2(4), 137-144.

13 Семухин, М. И. (2019). Особенности выхода на внешний рынок электротехнических компаний. !п Фундаментальные и прикладные научные исследования: инноватика в современном мире (pp. 63-67)._

67

T. 3 №2 2023

RESEARCH__.

ISJIF 2023:5.971

S.J.Tursunxo'jaev14 o'zining tadqiqotlarida O'zbekistonda elektrotexnika sanoati korxonalarining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish masalalarini o'rgangan.

Biroq, eletrotexnika sanoati korxonalarining eksport salohiyati, tashqiliy-iqtisodiy mexanizmlari xorijiy va mahalliy olimlarimiz tomonidan yetarli darajada o'rganilmagan.

Mazkur sohada tadqiqotlarni olib borish "yashil" iqtisodiyotni ta'minlash, yashil iqtisodiy o'sishga erishish hamda mamlakat sanoat mahsulotlari eksporti tarkibida jadal rivojlanib borayotgan elektrotexnika sanoati mahsulotlarini eksport salohiyatini oshirish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish zururligini ko'rsatadi.

Tadqiqot metodologiyasi. Izlanishlarimiz natijasida elektrotexnika sanoati maxsulotlarini ishlab chiqish,eksport geografiyasini kengaytirish va mavjud imkoniyatlarimizdan samarali foydalanish yo'llarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotni olib borishda makon va zamon, miqdor va sifat, abstrakt fikrlash, mantiqiy yondoshuv, qiyosiy tahlil hamda istiqbolli bashoratlash kabi usullaridan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar

"O'zeltexsanoat" uyushmasi kafolatlariga asosan, elektrotexnika mahsulotlarini eksport qilish natijasida yuzaga keladigan QQS (qo'shimcha qiymat solig'i) summasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan 3 kun muddatda qoplab berish, elektrotexnika mahsulotlarini barcha davlatlarga, jumladan qo'shni davlatlarga eksport qilishda barcha turdagi transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni rag'batlantirish agentligi tomonidan subsidiya qilish kabi imtiyozlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Taraqqiyot jadallashuvi mamlakatimizda eng yosh bo'lgan elektrotexnika sanoatini tez sur'atlarda rivojlanib borayotganligini ko'rsatadi. Xususan, LCD va LED televizorlar, maishiy kir yuvish mashinalarining yangi modellari, elektr pechlar va plitalar, konditsionerlar, muzlatgichlar, elektr va quyosh suv isitgichlari, LED lampalar, elektr hisoblagich va boshqa elektr jihozlari, o'quv-laboratoriya uskunalari, transformatorlar va ularning butlovchi qismlari, yangi zamonaviy kabel va simlarni ishlab chiqarish bo'yicha yubqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlari o'zlashtirildi.

Elektrotexnika mahsulotlari eksporti iqtisodiy murakkablik indeksi bilan ijobiy bog'liq bo'lib, bu mamlakat eksport savatining texnologik jihatdan qanchalik takomillashganligini ko'rsatadi.

14 S.J.Tursunxo'jaev. Korxonalar iqtisodiy havfsizligini ta'minlashda marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish. (PHd) il. dar. Olish uchun avtoreferat.-T.-2022, -58 b.

68

T. 3 №2 2023

RESEARCH__.

ISJIF 2023:5.971

Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sishi bilan uning eksport ko'rsatkichlari ham ko'tarilib boryapti. So'nggi 5 yilda bu ko'rsatkich 3 baravar (189,7 mln dollardan 562,5 mln dollarga), maishiy texnika eksporti 6,6 baravar (20,6 mln dollardan 135,2 mln dollarga), xorijga kabel-sim mahsulotlari yetkazib berish 2,6 baravar (146,9 mln dollardan 386,7 mln dollarga), quvvat uskunalari va boshqa mahsulotlar eksporti esa 1,8 baravarga (22,1 mln dollardan 40,7 mln dollarga) oshdi. Quyimdagi jadval ma'lumotlaridan elektrotexenika mahsulotlarining eksport ko'rsatkichlarini ko'rishimiz mumkin (1-jadval) .

1-jadval

Elektrotexnika maxsulotlari eksport hajmi ko'rsatkichlari

(mln.dollor)

Maxsulot nomenklaturasi 2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil 6 oylik

Jami 116.5 250.2 326.5 526.5 360,4

Maishiy texnika 26.4 45.3 94 135.2 81,4

Umumiy hajmdagi ulush 22.7% 18.1% 28.8% 24.0% 22,6 %

Kabel-sim maxsulotlari 65.5 157.5 164.9 386.7 246,4

Umumiy hajmdagi ulush 56.2% 62.9% 50.5% 68.7% 68,4 %

Quvvat uskunalari va boshqa maxsulotlar 24.6 47.4 67.6 40.7 32,6

Umumiy hajmdagi ulush 21.1% 18.9% 20.7% 7.2% 9,0 %

Ta'kidlab o'tish joizki, umumiy eksport hajmida eng katta ulushni kabel-sim mahsulotlari - 68,4%, maishiy texnika - 22,6%, quvvat uskunalari va boshqa mahsulotlar - 9% egallaydi.

Mahsulotlar eksporti geografiyasi tobora kengayib, hozirda 48 ta mamlakatga, shu jumladan, Avstriya, Vengriya, Ruminiya, Niderlandiya, Finlyandiya, Chexiya, Afrikaga yetkazib berilmoqda. O'tgan davr mobaynida soha korxonalari yangi bozorlarga chiqish uchun 41 ta xalqaro sertifikat oldi. Eksport nomenklaturasi ham kengaytirilib, eksport qilinadigan qariyb 200 turdagi mahsulotlar tarkibiga suv nasoslari, lift va eskalatorlar, sanoat sovutkichlari va quyosh suv isitgichlari ham kirdi (2-jadval) .

2-jadval

Alohida maishiy texnika turlari eksportining mamalakatlar bo'yicha ko'rsatkichlari (2022 yil 1-yarmi).

Maxsulot turi Sovutgichlar Televizorlar Konditsionerlar

Eksport xajmi (mln.dollar) 25.6 11.2 16.2

Eksportning miqdoriy ko'rsatgi chl ari (i ng dona),j uml adan, 110.6 57.0 35.3

Tojikiston 36.1 1.8 6.5

Qozog'iston 33.6 8.0 3.5

69

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

T. 3 №2 2023

Rossiya 20.3 17.5 2.8

Qirg'iziston 10.0 1.2 3.1

Turkmaniston 5.2 2.2 2.7

Ozarbayjon 1.8 24.5 15.3

Mongoliya 1.7 - -

Gruziya 1.0 - -

2022 yilning 7 oyi yakuni bo'yicha eksport hajmi 438 mln dollarni (o'sish 40 foizga) tashkil etgan bo'lib, Turkiya (185 mln doll.), Rossiya (87 mln doll.), Qozog'iston (50 mln doll.), Xitoy (22,5 mln doll.), Tojikiston (22 mln doll.), Ozarbayjon (19 ml. doll.) asosiy eksport mamlakatlariga aylandi.

Xulosa va takliflar

Mahalliy elektrotexnika sanoati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini, uning assortimentini va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish nuqtai nazaridan jadal rivojlanayotganiga qaramay, soha oldida hali ham bir qator muammolar mavjud bo'lib, ularning yechimi uni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab beradi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining geografik joylashuvini hisobga olgan holda, yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan, lekin katta transport xarajatlariga ega bo'lmagan sanoat tovarlarini ishlab chiqarishga e'tibor qaratish zarur. Bundan tashqari, sanoat bozorga kirish uchun yuqori chegaraga ega. O'zbekistonning jahon kasaba uyushmalariga (masalan, JST) integratsiyalashuviga e'tiborini bosqichma-bosqich oshirib borayotganini hisobga olsak ushbu integratsiya birlashmalariga qo'shilish mahalliy bozorda yirik global o'yinchilarning paydo bo'lishiga olib keladi, bu esa soha dinamikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

O'zbekiston elektrotexnika sanoati eksport tarkibida elektrotexnika mahsulotlari ulushini sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo'lgan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflangan mablag' o'rtacha yalpi ichki mahsulotning 1 foizini tashkil qiladi. O'zbekiston Respublikasida bu ko'rsatkich mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 0,1 foizini tashkil etadi.

Elektrotexnika sanoati izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bunda tarmoq korxonalariga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, davlat xaridlarida ishtirok etish uchun qulay sharoitlar yaratish ko'rinishida salmoqli davlat ko'magi ko'rsatiladi, eksportchilarga esa transport xarajatlarining hamda xorijiy mamlakatlarda o'z mahsulotlari ko'rgazmasini o'tkazish uchun sarflanadigan mablag'larning ma'lum qismi qoplab beriladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Elektrotexnika sanoati korxonalarida raqobat razvedkasini joriy etish, o'zgaruvchan bozor talablarini hamda tashqi muhitni o'rganish asosida mahsulot turi bo'yicha ishlab chiqarish dasturini optimallashtirish zarur.

Elektrotexnika sohasidagi mamalkatimiz potensiali hali yuqori. Birgina yashil energetika yo'nalishida amalga oshirilayotgan gigant loyihalar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yiliga kamida 1 milliard dollarlik yangi bozorlarni ochib beradi.

70

Т. 3 №2 2023

RESEARCH__.

ISJIF 2023:5.971

Elektrotexnika klasterini tashkil etish uchun puxta zamin yaratib, minglab yangi ish o'rinlariga yo'l ochadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 02.03.2021 yildagi PQ-5011-son "Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori. https://lex.uz/docs/5316731

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 04.01.2019 yildagi PQ-4090-son "Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori. https://lex.uz/docs/4136526

3. Петроченков А.Б. (2014). Энергоинформационная модель электротехнических комплексов промышленных предприятий. Электротехника, (11), 47-51.

4. Хренов, В. В. (2021). Экспортная деятельность предприятий электротехнической промышленности и цветной металлургии города свердловска в отношении КНДР в 1958 Г. Корее ведение в России: направление и развитие, 2(4), 137-144.

5. Семухин, М. И. (2019). Особенности выхода на внешний рынок электротехнических компаний. In Фундаментальные и прикладные научные исследования: инноватика в современном мире (pp. 63-67).

6. S.J.Tursunxo'jaev. Korxonalar iqtisodiy havfsizligini ta'minlashda marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish. (PHd) il. dar. Olish uchun avtoreferat.-Т.-2022, -58 b.

7. Ivanovich, K. K. (2020). About some questions of classification of institutional conditions determining the structure of doing business in Uzbekistan. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(5), 17-28. Doi: https://doi.org/10.5958/2249-877X.2020.00029.6

8. Kurpayanidi K. I. Institutional conditions for the development of entrepreneurship in the context of the transformation of the national economy //Economic innovations. -2022. - Т. 24. - №. 3 (84). - С. 67-76.

9. Kurpayanidi, K. (2021). Modern Concepts and Models of Entrepreneurship Development. Bulletin of Science and Practice, 7(9), 425-444. (in Russian). https://doi.org/10.33619/2414-2948/70/40

10. Kurpayanidi, K. (2021). National innovation system as a key factor in the sustainable development of the economy of Uzbekistan. Published online: 20 May 2021. Doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125805026

11. Kurpayanidi, K. I. Innovation and innovative activity in a transforming economy/ K. I. Kurpayanidi // Scientific and analytical journal Science and Practice of the Plekhanov Russian University of Economics. - 2023. - Vol. 15, No. 1(49).

12. Kurpayanidi, K. I. Institutional conditions for the development of entrepreneurship in the context of the transformation of the national economy / K. I. Kurpayanidi //

71

Т. 3 №2 2023

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

Scientific and analytical journal Science and Practice of the Plekhanov Russian University of Economics. - 2022. - Vol. 14, No. 4(48). - P. 103-116. - EDN CHNDOE.

13. Kurpayanidi, K. I. Management of innovative activities of business entities in industry / K. I. Kurpayanidi, D. E. Mamurov : AL-FERGANUS, 2022. - 200 p. - ISBN 978-9943-7707-3-7. - DOI 10.5281/zenodo.6475830. - EDN LFTZCB.

14. Kurpayanidi, K. Methodological approaches to the analysis of the institutional environment of entrepreneurship / K. Kurpayanidi // Economy: Analysis and Forecasts. - 2022. - No. 3(19). - P. 37-46. - EDN ITCPWP.

15. Mamurov D.E. Management of innovative activity of business entities in industry: monograph / Kurpayanidi K.I., Mamurov D.E.; edited by M.A.Ikramov. - Fergana polytechnic institute. AL-FERGANUS, 2022. - 200 c.

16. Scenarios for the development of the economy of Uzbekistan in the conditions of instability of the world economy/ K. Kurpayanidi, A. Abdullaev// E3S Web of Conferences: International Scientific Conference "Fundamental and Applied Scientific Research in the Development of Agriculture in the Far East" AFE-2022, Volume 371, 2023. Article Number 05016 Number of page(s)8. Section Environmental Economics and Management. Doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202337105016 Published online 28 February 2023.

17. Курпаяниди, К.И. (2021). Создание малых предприятий: саморазвитие или интеграционное развитие - какой путь выбирают страны мира. Проблемы современной экономики, 3 (79).

18. Курпаяниди, К.И. (2022). Вопросы разработки стратегии инвестиционной политики в условиях институциональной трансформации. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (3), 7-23.

19. Курпаяниди, К.И. (2022). Факторы и направления развития институтов в сфере малого предпринимательства. Проблемы современной экономики, 3 (83). С. 142-147.

20. Курпаяниди, К.И. (2023). Интеграция инновационной деятельности и ИКТ как источник трансформации. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (02), 45-55.

21. Набиева, Н.М. (2022). Хизматлар маркетинги стратегиясига куйилган талаблар тах,лили. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (3), 24-41 Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6503406

22. Основы экономических знаний. Учебное пособие. Для неэкономических направлений бакалавриата высших образовательных учреждений /К.И.Курпаяниди, Э.А.Муминова - Ферганский политехнический институт. Фергана: AL-FERGANUS, 2022.-280 с., AL-FERGANUS, Uzbekistan, Fergana, pp. 280 (978-9943-7707-9-9).

72

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.