Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONNING 2030-YILGACHA BO’LGAN DAVRDAGI RIVOJLANISH STRATEGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI'

O’ZBEKISTONNING 2030-YILGACHA BO’LGAN DAVRDAGI RIVOJLANISH STRATEGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
115
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rivojlanish / strategiya / Harakatlar strategiyasi / taraqqiyot strategiyasi / maqsad / vazifa.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Faxriyev D.E.

Ushbu maqolada O’zbekistonning 2030-yilgacha rivojlanish strategiyasi haqida hamda uni amalga oshirish istiqbollari borasida fikr va mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONNING 2030-YILGACHA BO’LGAN DAVRDAGI RIVOJLANISH STRATEGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI»

Faxriyev D.E.

Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy Universiteti Magistratura. Makroiqtisodiyot yonalishi

O'ZBEKISTONNING 2030-YILGACHA BO'LGAN DAVRDAGI RIVOJLANISH STRATEGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRISH

BOSQICHLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonning 2030-yilgacha rivojlanish strategiyasi haqida hamda uni amalga oshirish istiqbollari borasida fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar. Rivojlanish, strategiya, Harakatlar strategiyasi, taraqqiyot strategiyasi, maqsad, vazifa.

Fakhriyev D.E. master's

Macroeconomics ignition National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

THE DEVELOPMENT STRATEGY OF UZBEKISTAN UNTIL 2030 AND THE STAGES OF ITS IMPLEMENTATION

Abstract. This article presents thoughts and opinions about the development strategy of Uzbekistan until 2030 and the prospects for its implementation.

Key words. Development, strategy, Action strategy, development strategy, goal, mission.

Bugun yurtimiz hayotining barcha jabhalarida o'zgarish, islohotlar epkini kuzatilmoqda. Yangi zamon ruhi kirib bormagan, inson manfaatiga ustuvor ahamiyat qaratilmayotgan biror-bir soha yo'q. Ayniqsa, so'nggi yetti yildagi tadrijiy rivojlanish bosqichlariga nazar solsak, ularning mazmun-mohiyatida xalqimiz xohish-irodasi, yillar davomida fuqarolarning tinchlik-xotirjamligiga to'siq bo'layotgan og'riqli muammolar yechimi turgani yanada ahamiyatlidir. Bir so'z bilan aytganda, bunday tarixiy evrilishlar o'z-o'zidan sodir bo'lmaydi. Mazkur islohotlar zamirida aniq va rejali maqsad, qat'iyat, kuchli siyosiy iroda mujassam.

Mamlakatimizning uchta strategik taraqqiyot dasturi:

2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi;

2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi;

"O'zbekiston - 2030" strategiyasi "Kun tartibi - 2030"ga uyg'un bo'lib, O'zbekistonga tegishli bo'lgan 16 ta global Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan milliy maqsad va vazifalarni to'la qamrab olgan.

Masalan, "O'zbekiston - 2030" strategiyasiga e'tibor qaratsak, tahlillar, uning 5ta yo'nalishi BMT tomonidan belgilangan 16ta Barqaror rivojlanish maqsadlarini to'la qamrab olishini ko'rsatadi.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida 2023 yilning o'zida qabul qilinishi rejalashtirilgan 25 ta qonun loyihasi, 39 ta Prezident farmoni va qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar (jami - 118 ta) Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning zarur tashkiliy-huquqiy asoslarni yaratadi. Bu esa, o'z navbatida, "O'zbekistn - 2030" strategiyasida belgilangan maqsad-vazifalar Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish uchun o'ziga xos "Yo'l xaritasi" vazifasini o'tashini hamda Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko'rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarining eng ustuvor vazifasi ekanidan ham dalolat beradi.

2023 yil 30 aprelda o'tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinga ni Yangi O'zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi. Mazkur hujjat yurtimiz taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini takomillashtirish va ulkan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 11 sentyabrida imzolangan "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi farmon hamda "O'zbekiston - 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorga tayanch vosita bo'lib xizmat qildi deyish mumkin. Zero, farmon muqaddimasida "yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda", deb alohida ta'kidlangani bejiz emas. Natijada yurtdoshlarimizning yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, sog'lom, bilimli va ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta'minlash ustuvor maqsad sifatida belgilangani qayd etildi.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri farovonlikka erishish uchun shart-sharoit yaratish. Bunga aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va ish o'rinlarini yaratish orqali erishiladi.

Dasturda tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatli rivojlanish va yuqori natijalarga erishish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko'zda tutilgan.

O'zbekistonning buguni va ertasi uchun muhim bo'lgan ushbu hujjatda ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Dasturda ta'lim, sog'liqni saqlash va madaniyat sohalarini rivojlantirish bilan birga yoshlar va

xotin-qizlarga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish g'oyasi ilgari surilgan. Strategik maqsad - mamlakat aholisiga yuqori sifatli xizmatlardan foydalanish hamda o'z-o'zini rivojlantirish va o'zini o'zi anglash imkoniyatlarini ta'minlashdan iborat.

Ushbu hujjatda belgilangan sud-huquq islohotlari haqida gapirganda, uning 4.2-bandiga alohida to'xtalib o'tish lozim. Bu O'zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligini ta'minlash, inson huquq va erkinlik larini ishonchli himoya qilishni sud-huquq islohotlarining asosiy mezoniga aylantirishni o'z ichiga oladi va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazolarni tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga qisqartirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, sudlar va tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobar oshirish ko'zda tutilgan.

Milliy maqsad va vazifalar o'zida 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasida jami 17 ta maqsad va ular doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni qamrab olgan.

Jumladan, amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida 2030 yilgacha O'zbekistonda o'ta qashshoqlikni tugatish, kam ta'minlangan aholi sonini hozirgiga nisbatan ikki baravarga kamaytirish rejalashtirilgan.

Sog'lom turmush tarzini ta'minlash maqsadida esa aholi o'rtasida yurak-tomir, onkologik, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklar tufayli bevaqt o'limlar sonini 30 foizga qisqartirish, shuningdek 2025 yilgacha yo'l-transport hodisalari sonini ikki baravarga qisqartirish rejalashtirilgan. Shuningdek, umumqamrovli va sifatli ta'limni ta'minlash hamda barchaga butun umri davomida ta'lim olish imkoniyatini rag'batlantirish maqsadi bo'yicha 2030 yilgacha o'qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali o'qituvchilar sonini jiddiy ravishda ko'paytirish mo'ljallangan.

Yangi O'zbekistondagi islohotlar falsafasi ham o'z navbatida "inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishi" hamda 2030-yilgacha mamlakatning barcha belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishini ta'minlash g'oyalariga asoslangan.

O'tgan davr mobaynida mamlakatda bu borada keng ko'lamli va kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi va bu boradagi tajribasi xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e'tirof etildi. Avvalambor, Barqaror rivojlanish maqsadlari va bu boradagi tegishli vazifalar yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 360 dan ziyod qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida o'z aksini topdi.

Shu o'rinda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga Barqaror rivojlanish maqsadlariga oid normalar kiritilganligi borasidagi quyidagi ma'lumotlarni keltirish o'rinli, deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo„limizni qat"iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko„taramiz. T. 1. - Toshkent: O„zbekiston, 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O„zbekiston, 2017.

3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson ma"nfaatlarini ta"minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yiligiga bag„ishlangan tantanali marosimidagi ma"ruzasi. - Toshkent: O„zbekiston, 2017.

4. https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-2030-strategiyasi-maqsad-vavazifalar_532507

5. https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-2030-strategiyasi-yangi-ozbekiston-uchun-yangi-davr_537810

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.