INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
OZBEKISTONDAGI TOJIK TILLI MAKTABLARNING BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARIDA NUTQ O STIRISHNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI
Zokirova.S.M
Fargona davlat Universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (PhD) Maxkamov.M.R - FarDU
magistranti https://doi.ore/10.5281/zenodo.11046134
Annotatsiya. Ushbu tezisda psixolingvistika tushunchasi, psixolingvistikaning vujudga kelish ta'rixi, psixolingvistika togrisidajahon hamda o^zbekolimlariningqarashlari, talim tojik tilida olib boriladigan maktablarda boshlangich sinf oquvchilarning o^zbek tilini organish jarayonidayosl qoyadigan fonetik, leksikxatolari organiladi va tahlil qilinadi.
Kalit so^zlar: psixolingvistika, nutq, nutq o stirish, egosentrik nutq, ikkinchi til, tovush.
Globallashuv, axborot texnologiyalari asrida zamon bilan bir qatorda inson ongi, tafakkuri, ruhiyati va tilida ham yangiliklar, o'zgarishlar kozga tashlanadi. Har bir davr oz navbatida, har bir fan va soha uchun dolzarb muammo va vazifalarni yuklaydi, zaruriyat deb hisoblaydi. Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ham ozining "Geodeziya" asarida grammatika, aruz va mantiq fanlari ehtiyojlar natijasi ekanligini keltiradi. Har qanday jamiyat rivoji, zamon o'zgarishi va davr yangiligi, avvalo tilda aks etadi. Inson qaysi jamiyatda yashamasin fikrlaydi, aloqa qiladi. Bugungi jamiyatimiz talablaridan biri tilni inson bilan birgalikda organish, tadqiq etishdir. Endilikda insonning jamiyatdagi orni nafaqat uning jismoniy xatti-harakati bilan, balki nutqiy faoliyati, muloqoti, ongi va ruhiyati bilan ham belgilanishini tilshunoslikda psixolingvistika kabi sohaning maydonga kelishiga zamin hozirladi [4].
Psixolingvistika va lingvistika birlashishidan paydo bo'lgan psixolingvistika tilshunoslikning boshqa sohalari bilan uzviy bog'langan. Psixolingvistika inson ongini tili vositasida va inson tilini ongi vositasida o'rganadi. Psixolingvistika psixik jarayonlarning til bilan ajralmas tomonlariga e'tibor qaratadi hamda nutqiy faoliyaning psixik faoliyati mahsuli ekanligini tadqiq etadi [4].
Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli tilshunoslikda ham, psixologiya fanida ham tekshirish obyekti hisoblanadi. Shunga asosan, bu ikki fanning sintezi sifatida, kesishgan nuqtada psixolingvistika (lingvopsixologiya) yo'nalishi yuzaga keldi. U ichki nutqni tekshirish jarayoni, nutqni qabul etish, tilni egallash kabi masalalarni o'rganadi. Ushbu atama dastlab 1946-yilda amerika psixologi N.Pronko tomonidan qollangan bo'lib, XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi [1].
Berlin universiteti professori Geyman Shteyntal (1823-1899) psixologizm talimotining asosiy namoyandasidir. U V.Gumboldt va psixolog Iogann Gerbertning shogirdi hisoblanadi. Shteyntal talimotidagi eng muhim g'oya nutq, tilni tafakkur quroli, fikr ifodalash vositasi, deb qaralganligida, biroq psixologizm tilning ijtimoiy hodisa ekanligini inkor qiladi. Shteyntal ilmiy qarashlariga Potebnya va Paul, Boduen de Kurtene ham Sossyur, Sepira va Shcherbalar e'tibor qaratadi. Psixologik tushunchalar til aloqasining shaxs va xalqqa bog liqligini, shuningdek, tilning tarixiy-madaniy faktor ekanligini ifoda etadi. Shuni ham alohida takidlash kerakki, lingvistik biologizmning oziga xos xususiyatlari Shleyxer talimotida oz ifodasini topgan bo'lsa, logik grammatizm Bekker ta limotida jonlantirildi. Shteytal esa o'z ijodiy ishlarida bu jarayonni individning xatti-harakati va xalq psixologiyasi taraqqiyotiga tayanib o'rganadi. Biroq psixolingvistika bir xalq misolida rivojlangan emas [1].
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
O'zbek tilshunosligida ham bu sohaga xos bir qator ilmiy ishlar bajarilgan bo'lsa-da, hali chuqur taqlil qilingan psixolingvistik tadqiqotlarimiz yetarli emas. Keying yillarda bu sohadagi qiziqish va talabning ortishi natijasida jiddiy ilmiy ish va tadqiqotlar yuzaga kelmoqda. Bu fanning yondosh sohalari bilan bog'liq tomonlariga ham e'tibor qaratilib, til(nutq)birliklarining psixolingvistik aspekti chuqur o'rganilmoqda. Bugungi kunda psixolingvistika sohasiga doir ishlar o'zbek tilshunosligida S.Saidxonov, Sh.Safarov, M.Hakimov, S.Karimov, Sh.Iskandarova, D. O'rinboyeva, S.Mo'minov, M.Hakimov, A.Pardayev, Sh.Usmanova, M.Maxsudova, M.Shamsiyeva kabilarning tadqiqotlarida amalga oshirilganini ko'ramiz [4].
Inson tilni to'liq o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'lib tug'iladi. Biroq oldinda ushbu imkoniyatni amalga oshirish lozim bo'ladi. Buni qanday kechishini tushunish uchun psixolingvistika bola nutqining rivojlanishini o'rganadi [2].
Bolalar nutqidagi o'ziga xos hodisalardan biri egosentrik nutqdir. O'z genezisiga ko'ra egosentrik nutq maktab yoshigacha bo'lgan bolaning o'yin yoki boshqa mashg'ulotlar jarayonida o'zi bilan gaplashishdan shakllanadi. Bolaning bu nutqi suhbatdoshining bor-yo'qligidan qat'iy nazar, amalga oshadi. Jan Piaje mazkur hodisaga xos ikki holatni ajratib ko'rsatadi:
1) suhbatdoshsiz nutq (kommunikatsiyaga qaratilmagan nutq)
2) suhbatdosh fikri inobatga olinmaydigan, bolaning o'z nuqtayi nazariga asoslangan nutq.
J.Piajega ko'ra, 3-4 yoshdagi bola nutqining 40%ni egosentrik nutq tashkil qiladi. Bola
maktab yoshiga yetganda, bu asta-sekin yo'qoladi [2].
Ona tili - bu "tug'ma" til emas (bunday bo lishi mumkin ham emas: bir millatga mansub bolalarning boshqa millat oilasida tarbiya topganligi va boshidan o'sha oila tilida so'zlasha boshlagan holatlar ko'plab tavsiflangan). Ona tili - bu bola birinchi so'zlarini aytgan tildir. 5-6 yoshda bola ona tilining murakkab tuzilishini o'zlashtiradi. Ona tilini rad etish bolaning o'z rivojlanishidan bir necha yil orqaga ketishiga olib keladi, ona tilining tirgaki bilan esa u ikkinchi tilni muayyan lingvistik tajribaga ega bo'lgan holda o'zlashtiradi. Shuning uchun zamonaviy bilingvologlar ona tilining rolini kuchaytirishni tavsiya qilishadi [3].
Bizning diyorimizda ham qadim davrlardan buyon turli millat vakillari istiqomat qilib kelayotganliklari sababli bilingvizm hodisasi vujudga kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda chet tillarni o'rganishga bo'lgan talabning oshishi sababli blingvizm keng yoyilib, har bir oilada bilingval bolalar ko'paymoqda.
Respublikamiz miqyosida ta'limni tojik tillida olib boradigan ko'plab ta'lim maskanlarida o'zbek tilini o'qitish jarayonida grammatika bilan uni nutqda qo'llash borasida bog'liqlik etishmayotganligi, o'quvchilarning grammatik qoidalarni a'lo darajada o'zlashtirganliklari holda o'z bilimlarini nutqiy faoliyatda qo'llashda ojizlik qilayotganlari sezilib qolmoqda. Zero, har bir o'quvchining nutqiy madaniyati til ta'limidagi kommunikativ faoliyatga bevosita bog'liqdir. Fonetik jihatdan o'quvchilarning bilishi zarur bo'lgan holatlardan - o'zbek adabiy tilida 26 ta harf, 3 ta harf birikmasi va bitta tutuq belgisi, tojik tilida esa 35 ta harf mavjud. O'zbek tilidagi ng, o', u tovushlari va tutuq belgisini o' quvchilar og' zaki hamda yozma nutqda ishlatishda xatolarga yo' l qo'ymoqda. Masalan keling - kelin, dengiz - dengiz, bo'ldi - buldi, o'rdak - urdak, ko'z-kuz, kuz-ko'z, san'at - san'at (chuqur talaffuz qilish), is'hoq-ishoq, mus'haf-mushaf, as'hob- ashob Shuningdek, d (jarangli) va t (jarangsiz) tovushlari yonma-yon kelgan paytda bitta t tovushiga aylantirib talaffuz qilish va yozish. Masalan, ketdi o'rniga ketti, yetdi o'rniga yetti. Boshlang'ich sinflar o'quvchilari o'zbek tili darslarida olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llay olish-olmasliklarini ma'lum darajada ulargan yozgan yozma ishlarda yo'l qo'yadigan xatolardan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
ham bilish mumkin. Shunday fikr bilan So x tumanidagi ta lim tojik tilida olib boriladigan boshlang'ich sinflarda diktant, bayon kabi yozma ishlar otkazildi.
Oquvchilar yo'l qo'yadigan xatolarning bir qismi kelishik qoshimchalari imlosi va uni notog'ri qo'llash, yuklamalar imlosi, ot soz turkumidagi sozlarni sifat soz turkumi deb tushinish bilan bog'liq, masalan: maktabka (maktabga o'rniga), terakga (terakka o'rniga), buloqga (buloqqa o'rniga), o'ynadikda (o'ynadik-da o'rniga). Ular bazan ot + ot birikuvida yuzaga kelgan sozlarni sifat deb noto'g'ri aytdilar: temir darvoza, yog'och eshik, kumush tovoq, tilla soat, tilla uzuk kabi. Oquvchilar sozlarni noto'g'ri bo'g'inga ajratdilar: chiq-ib (chi-qib o'rniga), dar-axt (da-raxt o'rniga), kalt-a (kal-ta o'rniga), kam-on (ka-mon o'rniga).
Oquvchilar yo'l qo'yadigan xatolarning yana bir qismi esa sinonimlarni (manodosh sozlar) noorin qollash, omonimlarni, yani shakldosh sozlarni faqat bitta manosini tushunish bilan bog'liq, masalan: Bashara (yuz o'rniga), xo'rak (ovqat o'rniga), olma-meva, harakat, ot-hayvon, harakat. Oquvchilar omonimlarni faqatgina birinchi ma'nosini, ya'ni ot soz turkumida bolgan manosini tushinishlari malum boldi.
Shu tariqa, sozni tushunish bu uning manosini oddiy bilish emas. Sozni tushunish jarayoni boladan koplab ehtimoliy manolardan birini tanlash, qator qoshimcha manolarini, shuningdek, bir sozni boshqasi bilan ehtimoliy bog'lanishlarini hisobga olishni talab qiladi. Toliq kompleksni qabul qilish bir vaqtda ikki va undan ortiq metaforik komponentlar asosida yuzaga keluvchi bir necha kognitiv belgilarni faollashtirishga olib keladi [3].
Xulosa ornida aytish mumkinki, bilingvizm ijobiy ta'sir qilishi uchun bolaning birinchi -ona tilida yetarli darajada bilim hamda konikmaga ega bolishi lozim. Agar bolada tartibsiz ravishda shakllangan ikki tillilik vujudga kelsa, ikki tillilik ikkinchi tilni tolaqonli va to'gri o'zlashtirishga to'sqinlik qiladi. Bu esa yarim tillilikning vujudga kelishiga sabab bo ladi va bola ikkinchi tilni ham, o'z ona tilini ham chuqur o zlashtira olmasligiga olib keladi. Oilada ikkinchi tilni qollash jarayonida ona tilini unutib qoymaslik lozim. Ikkala tilni ham har kuni bir me'yorda qollash maqsadga muvofiq, agar bu bolaga qiyinchilik tug'dirsa, unda bolada sun'iy, ya'ni o'quv bilingvizmini shakllantirish maqsadga muvofiq boladi. Bolaning harakatlari uchun maqtash, unga dalda berish kerak. Oila va talim muassasalari til o'rganishga ham tormoz bo lishi, ham ruhan ijobiy turtki bo lishi mumkin. Ta limni tojik tilida olib borayotgan umumiy orta talim muassasalarining boshlang'ich sinflarida ozbek tili talimida nazariy malumotlarni amalda qo'llash, nazariy malumotning tarkibiga farqlab yondashish kerakligi, darsda bolalarni til hodisalarni tadqiq etishga undash, ularga ozlari tushunmagan narsalarni sozlashlari uchun sharoit yaratib berish bolalarda ozbek tilida vujudga keladigan kommunikatsiya bilan bogliq muammolarni bartaraf etishlariga zamin yaratadi.
REFERENCES
1. Nasirova G. Psixolingvistik tadqiqotlar ahamiyatining dolzarbligi//RESEARCH FOCUS, 2022, 1. - 208-209 betlar
2. Usmanova Sh. "Psixolingvistika" fanidan maruza kurslari. - Toshkent: Universitet, 2014. -36
3. Shamsiyeva M. Bilingval bolalar nutqining psixolingvistik tadqiqi. fil. Fanl. bo'yicha falsafa doktori (PhD). .. .diss. avtoref. - Andijon-2018
4. Otaqulova A.O. Psixolingvistikada muloqotning ahamiyati (Shuhratning "Oltin zanglamas" romani qahramonlari muloqotining psixolingvistik tahlili misolida)//Educational Research in Universal Sciences, 2023, 10. - 352-353 betlar.