Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING NUTQIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING NUTQIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
359
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy o’quv dasturi / til / nutq / nutqiy kompitensiya / nutqiy rivojlanish / leksika / psixologik shakllanish. / national curriculum / language / speech / speech competence / speech development / vocabulary / psychological formation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — F. Xo’Jamberdiyeva

Maqolada yangi milliy o’quv dasturi, o’quvchilarning fikrlash doirasi, nutqiy kompitensiyasi, nutqiy rivojlanish bosqichlari, o’quvchilar nutqini o’stirishdagi belgilangan talablar haqida so’z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES OF SPEECH DEVELOPMENT OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

The article talks about the new national curriculum, students' thinking framework, speech competence, stages of speech development, established requirements for the development of students' speech

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING NUTQIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQIY RIVOJLANISH

BOSQICHLARI Xo'jamberdiyeva Fotima Ne'matovna

Andijon davlat pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7295364 Annotatsiya. Maqolada yangi milliy o'quv dasturi, o'quvchilarning fikrlash doirasi, nutqiy kompitensiyasi, nutqiy rivojlanish bosqichlari, o'quvchilar nutqini o'stirishdagi belgilangan talablar haqida so 'z boradi

Kalit so'zlar: milliy o'quv dasturi, til, nutq, nutqiy kompitensiya, nutqiy rivojlanish, leksika, psixologik shakllanish.

ЭТАПЫ РЕЧЕВОГО РАЗВИТИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В статье говорится о новой национальной учебной программе, основах мышления учащихся, речевой компетенции, этапах развития речи, установленных требованиях к развитию речи учащихся.

Ключевые слова: национальная учебная программа, язык, речь, речевая компетенция, развитие речи, словарный запас, психологическая сформированность.

STAGES OF SPEECH DEVELOPMENT OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS Abstract. The article talks about the new national curriculum, students' thinking framework, speech competence, stages of speech development, established requirements for the development of students' speech

Key words: national curriculum, language, speech, speech competence, speech development, vocabulary, psychological formation.

KIRISH

Insonning ichki dunyosi, ma'naviy qiyofasi, xulq-atvori, muomalasi, odob- axloqi, madaniyati tili orqali namoyon bo'ladi, chunki har qanday kishining madaniyatliligi, odobi, bilim doirasi, fahm-farosati, fikrlash doirasining kengligi yoki torligi nutqida o'z aksini topadi. Kishining nutqi boy bo'lsa, so'zlarning adabiy til vositasida to'g'ri, aniq, ravon ifodali talaffuz qilsa, o'z ona tiliga chuqur hurmat va ehtirom bilan qarasa, u bilimli sanalib, kishilar o'rtasida obro'-e'tibor qozonadi. Shuning uchun xalqimiz "Til-yurakning kaliti"-, deb bejiz aytishmagan. METOD VA METODOLOGIYASI

Til orqali kishilarning ma'naviy va axloqiy qiyofasi namoyon bo'lar ekan, demak, avvalo ma'naviy olamni go'zal qarashlar bilan boyitish zarur. Ma'naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi. Hammasining zaminida tarbiya yotadi. Demak, biz har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Aytib o'tish joizki, bugungi kun yoshlarining rivojlanish darajasi juda yuqori. Psixologlarning ta'kidlashicha, bu akseleratsiya jarayoni bo'lib, bolaning odatdagidan tezroq rivojlanishini nazarda tutadi. Ta'lim tizimimiz shuni hisobga olgan holda ilg'or metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib ta'lim berish, hamda xorijiy tajribalar asosida dars tashkil qilish orqali sifat samaradorligini oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalashni o'z oldiga maqsad qilib oldi.

O'zbekiston Respublikasining 2016-yil, 14-sentabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil, 7- fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PF-4947-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil, 6- apreldagi «Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi 187-sonli qarori, 2019-yil, 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator vazifalar o'quvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. «Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari» shiori ostida o'zining Uchinchi Renessansiga qadam qo'ygan O'zbekiston uchun yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi ustida jiddiy bosh qotirish, yoshlarning tafakkurini o'stirish, estetik didini yuksaltirish muhim vazifalarimizdan biridir. Bunfay vazifalar avvalo, boshlang'ich ta'lim jarayonining zimmasiga yuklatiladi. O'quvchilarni maktab ostonasiga kelishlari bilan bu faoliyat boshlanadi, deyishimiz mumkin, chunki savod o'rgatish davridan boshlab o'quvchilar ta'lim-tarbiya birligi asosida o'qitiladi.

TADQIQOT NATIJASI

Milliy o'quv dasturi asosida ona tilini o'qitishga bo'lgan yondashuv ham tubdan o'zgardi. Endilikda grammatika yodlashga asoslangan ta'limdan tinglab tushunish, o'qib tushunish, fikrni og'zaki va yozma bayon qilishdan iborat til o'rgatishning to'rt ko'nikmasini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim shakliga o'tildi.

Bolalar dastlabki axborot, bilim, ko'nikmalarni eshitish, ya'ni tinglab tushunish orqali qabul qiladilar va bu borada asta-sekinlik bilan tajriba, malaka hosil qilib boradilar. Aslida "Inson bolasi homilalik davrida eshitishni boshlaydi. Psixolingvistik tadqiqotlarda yangi tug'ilgan bola o'z ona tilisini boshqa tillardan farqlashi isbotlangan. Inson tilni eshitib qabul qiladi, shu asosda inson ongida til tizimi shakllanadi" Demak, bolalarda nutqiy kompitentlik go'dakligidanoq rivojlana boshlaydi.

Nutqni rivojlantirish — bolaning yakka tartibdagi psixologik rivojlanishida markaziy o'rin tutadigan ijtimoiy — tarixiy tajribani o'zlashtirishdagi o'ta murakkab ko'p omilli jarayondir. Bu ijodiy jarayon, ammo u pedagogik rahbarlikni talab etuvchi tasodifiy jarayon emas. O'quvchilar nutqini rivojlantirishga doir ishlarni o'zida bolalarga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirgan, yaxshi nazariy hamda amaliy tajribaga ega bo'lgan mutaxassis tashkil qilishi va amalga oshirishi lozim.

Bola atrofni o'rab turgan borliqni qabul qilish va anglash uchun tarqoq predmetlardan foydalana olmaydi, u ahamiyatga molik jihatlarni (kublar, mashinalar va h.k.) ajratib ko'rsatgan holda ob'ektlar, toifalarni birlashtira boshlaydi va oxir-oqibatda belgilarni umumlashtirish natijasida so'z bilan ifodalanadigan tushunchalar paydo bo'ladi. Biron-bir tushunchaning, xoh u maishiy bo'lsin, xoh ilmiy bo'lsin, uning so'z qobig'isiz yashashi qiyin. SHu tufayli biz o'z bilimlarimizni tilimizda qayd etishimiz, ularni boshqa odamlarga etkazishimiz va til orqali yangi bilimlarga ega bo'lishimiz mumkin. Amerikalik olim CH. Pirs shunday qayd etadi, «Til shunday bir narsaki, biz uni bilish orqali yanada ko'proq narsalarni bilib olamiz». Shunday qilib, tilning boshqa yana bir muhim vazifasi ko'zga tashlanmoqda, ya'ni: til insonning bilish qurolidir.

MUHOKAMA

Bolaning borliqning yangi tomonlariga yo'naltirilganligi: amaliy faoliyatdan olamni, so'ngra odamlarni, ularning munosabatlarini o'rganishga o'tish yangi maqsadlarga xizmat qiluvchi yangi muloqot vositalari zaruratini keltirib chiqaradi.

O'quvchilar leksikasini kengaytirish, uning o'z kechinmalarini yanada keng va xilma-xil ifodalashni o'zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi. Nutqni zamonaviy va to'laqonli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

rivojlantirish uchun atrofdagi odamlar bilan o'zaro hamkorlik bolaning muloqotga bo'lgan ehtiyoji tarkibini boyitishi zarur. Bolalarning nutqni egallab olishlarining sabablari ularning muloqot faoliyatlarining asosini extiyoj-motivatsiya tashkil qilishi, uning tarkibi o'zgarganligidadir. Verbal bosqichda bolada sust nutq shakllanadi. Ushbu bosqichga bo'lgan davrning asosiy ahamiyati shundan iboratki, uning ichida navbatdagi bosqich - faol nutq paydo bo'lishi bosqichiga o'tish uchun zarur bo'lgan sharoit vujudga keladi.

Bolaning faol nutqni o'zlashtirishining ikkinchi bosqichida uchta asosiy jihat ajralib chiqadi: emotsional munosabatlar; birgalikda faoliyat (hamkorlik) davomidagi munosabatlar; tovushli munosabatlar. Bolaning kattalar bilan muloqot qilishining ko'rib chiqilayotgan har bir jihati uning oldiga kattalar tomonidan qo'yilayotgan va so'zdan jamiyatda o'zaro bir-birini tushunish uchun shartli ravishda qabul qilingan vosita sifatida foydalanishni talab qilishdan iborat bo'lgan kommunikativ vazifani qabul qilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, kommunikativ omilning ko'rib chiqilayotgan har bir jihati u yoki bu darajada va o'z holicha bolalarning kommunikativ vazifani hal etishlariga, ya'ni nutqdan foydalanishlariga yordam beradi.

XULOSA

Bolaning psixologik shakllanishida nutqning hal qiluvchi o'rinni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi. Nutq rivojini harakatlantiruvchi kuchlar haqidagi masala ular shiddat bilan va to'satdan amalga oshirilishi tufayli ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar nutqini rivojlantirishni rag'batlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni ko'zlagan holda pedagogik sa'y-harakatlarni uyushtirish kalitidir.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli // O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o'ttiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutq // Xalq so'zi. - Toshkent, 2019 yil 22 oktyabr. - № 218. - B. 1-4.

2. Azimova I.A. Ona tili ta'limida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi.//"Global ta'lim va milliy metodika taraqqiyoti" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent: O'TAU, 2019, 20-aprel. 219-bet.

3. Qosimova K., Matjonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi.

4. Buyurtma. "5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda kognitiv qobiliyatlarni yaxshilash", Moskva - Voronej, 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.