Научная статья на тему 'PSIXOLINGVISTIK TADQIQOTLAR AHAMIYATINING DOLZARBLIGI'

PSIXOLINGVISTIK TADQIQOTLAR AHAMIYATINING DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4227
630
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixolingvistika / lingvopsixologiya / nutq / nutq patologiyasi / til / nutq genezisi / matn / retsipient / психолингвистика / лингвопсихология / речь / речевая патология / язык / речегенез / текст / реципиент

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nasirova Gulnora Madaminovna

Ushbu maqolada psixolingvistika, ya’ni lingvopsixologiya yo‘nalishining yuzaga kelish shartlari, o‘ziga xosligi va bugungi kundagi zarurati xususida so‘z boradi. Uning matnni idrok etish va tushunish jarayonida tutgan o‘rni hali ham yetarlicha o‘rganilmagan, bu esa, o‘z navbatida, matn tahlili va semantik idrok etish qoidalarini aniqlash masalasida jiddiy e’tibor qaratishni talab qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ДЕЙСТВИТЕЛЬНОСТЬ ЗНАЧИМОСТИ ПСИХОЛИНГВИСТИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

В данной статье говорится об условиях возникновения психолингвистики, то есть направления лингвопсихологии, ее уникальности и необходимости на сегодняшний день. Его роль в процессе восприятия и понимания текста еще недостаточно изучена, что, в свою очередь, требует серьезного внимания к вопросу определения правил анализа текста и смыслового восприятия.

Текст научной работы на тему «PSIXOLINGVISTIK TADQIQOTLAR AHAMIYATINING DOLZARBLIGI»

PSIXOLINGVISTIK TADQIQOTLAR AHAMIYATINING DOLZARBLIGI.

Nasirova Gulnora Madaminovna

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7183952

Annotatsiya. Ushbu maqolada psixolingvistika, ya'ni lingvopsixologiya yo'nalishining yuzaga kelish shartlari, o'ziga xosligi va bugungi kundagi zarurati xususida so'z boradi. Uning matnni idrok etish va tushunish jarayonida tutgan o'rni hali ham yetarlicha o'rganilmagan, bu esa, o'z navbatida, matn tahlili va semantik idrok etish qoidalarini aniqlash masalasida jiddiy e 'tibor qaratishni talab qiladi.

Kalitso'zlar: psixolingvistika, lingvopsixologiya, nutq, nutqpatologiyasi, til, nutqgenezisi, matn, retsipient.

ДЕЙСТВИТЕЛЬНОСТЬ ЗНА ЧИМОСТИ ПСИХОЛИНГВИСТИЧЕСКИХ

ИССЛЕДОВАНИЙ

Аннотация. В данной статье говорится об условиях возникновения психолингвистики, то есть направления лингвопсихологии, ее уникальности и необходимости на сегодняшний день. Его роль в процессе восприятия и понимания текста еще недостаточно изучена, что, в свою очередь, требует серьезного внимания к вопросу определения правил анализа текста и смыслового восприятия.

Ключевые слова: психолингвистика, лингвопсихология, речь, речевая патология, язык, речегенез, текст, реципиент.

VALIDITY OF THE SIGNIFICANCE OF PSYCHOLINGUISTIC RESEARCH.

Abstract. This article talks about the conditions for the emergence of psycholinguistics, that is, the direction of lingu-psychology, its uniqueness and its necessity today. Its role in the process of text perception and understanding is still not sufficiently studied, which, in turn, requires serious attention to the issue of determining the rules of text analysis and semantic perception.

Key words: psycholinguistics, linguistic psychology, speech, speech pathology, language, rechegenesis, text, recipient.

KIRISH

Til nutqiy faoliyatda yuzaga chiqqani tufayli tilshunoslikda ham, psixologiya fanida ham tekshirish obyekti hisoblanadi. Shunga asosan, bu ikki fanning sintezi sifatida, kesishgan nuqtada psixolingvistika (lingvopsixologiya) yo'nalishi yuzaga keldi. U ichki nutqni tekshirish jarayoni, nutqni qabul etish, tilni egallash kabi masalalarni o'rganadi. Ushbu atama dastlab 1946-yilda amerika psixologi N.Pronko tomonidan qo'llangan bo'lib, XX asrning 50-yillaridan keng yoyildi.

Psixologik yo'nalish bilan bog'liq muammolar tilshunoslikka naturalistik va logik ta'lim egalarining g'oyalari bilan bog'liq ravishda kirib kelgan. Bu borada V.fon Gumboldtning semantik qurilishda nutqiy ijodiy yondashuv xususidagi konsepsiyasi e'tiborga loyiq. Tilshunoslikdagi psixologizm oqimi naturalizmni qattiq tanqid ostiga oladi, ular tilning taraqqiyotini shaxs tafakkuri, ruhiyatidagi taraqqiyot bilan bog'liq, deb hisobladilar. Uning ildizlari XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida vujudga kelgan psixologizm oqimiga borib taqaladi.

Berlin universiteti professori Geyman Shteyntal (1823-1899) psixologizm ta'limotining asosiy namoyandasidir. U V.Gumboldt va psixolog Iogann Gerbertning shogirdi hisoblanadi. Shteyntal ta'limotidagi eng muhim g'oya nutq, tilni tafakkur quroli, fikr ifodalash vositasi, deb qaraganligida, biroq psixologizm tilning ijtimoiy hodisa ekanligini inkor qiladi. Shteyntal ilmiy

qarashlariga Potebnya va Paul, Boduen de Kurtene ham Sossyur, Sepira va Shcherbalar e'tibor qaratadi. Psixologik tushunchalar til aloqasining shaxs va xalqqa bog'liqligini, shuningdek, tilning tarixiy-madaniy faktor ekanligini ifoda etadi. Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, lingvistik biologizmning o'ziga xos xususiyatlari Shleyxer ta'limotida o'z ifodasini topgan bo'lsa, logik grammatizm Bekker ta'limotida jonlantirildi. Shteytal esa o'z ijodiy ishlarida bu jaryonni individning xatti-harakati va xalq psixologiyasi taraqqiyotiga tayanib o'rganadi. Biroq psixolingvistika bir xalq misolida rivojlangan emas [2, B. 83-84].

Psixolingvistika tilshunoslik ilmiga xos bo'lgan qator yangi sohalardan biri bo'lmish kommunikativ tilshunoslik va matn lingvistikasi, matnni o'rganishdagi antroposentrik yondashuv, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika, lingvoo'lkashunoslik, etnolingvistika sohalariga oid masalalarni tahlil qilish yo'nalishidagi tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog'liq.

NATIJA VA MUNOZARA

Tilshunoslik nafaqat individning psixologik xarakterini, balki uning nutqini ham tadqiq etadi. Qariyb yuz yildirki, psixologiyaning turli xil aspektlarida nutq o'stirishning nutqiy ijodiy yondashuvdagi suhbat me'yorlari faoliyatiga aloqadorligi alohida o'rganilgan. Inson ma'lum miqdordagi tajriba, qoidalar yordamida yangidan yangi jumlalarni yaratish qobiliyatiga ega.

Psixolingvistika sohasidagi nazariy va amaliy xarakterdagi ayrim umumiy hamda xususiy masalalar bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Birinchidan, matnning semantik tuzilishini modellashtirish, qabul qiluvchi va matnning o'zaro ta'sirida shakllanadigan matn tushunchasini yetarli darajada aks ettirish muammosini hal qilish zarur. Ikkinchidan, matnning semantik tuzilishini shunday o'rganish kerakki, ushbu tadqiqot natijalari aloqa jarayonini optimallashtirish, semantik ma'lumotlarni mashinada qayta ishlash, chet tillarini o'qitish usullari va tarjima faoliyatini optimallashtirish uchun pragmatik ahamiyatga ega. Psixolingvistik tadqiqotlar rus psixologiya maktabi doirasida L.S.Vigotskiy (1956), A.A.Leontyev (1977, 1981) va A.R.Luriya (1959, 1962, 1975, 1979) tomonidan ishlab chiqilgan nazariy tamoyillarga asoslanadi. Psixologik maktab XIX asrning birinchi yarmi va XX asr boshlarida vujudga kelgan bo'lib, til va nutq muammosiga doir tilning funksional (vazifaviy) belgilarini, shuningdek, til qurilishini va nutqiy-ijodiy yondashuvni o'rgangan edi. Ma'lumki, vazifaviy-struktur yo'nalish psixolingvistika uchun muhim.

Psixolingvistika tarafdorlari o'z e'tiborlarini tilning ichki tomoniga, jonli nutqqa, bevosita nutqiy jarayonga, so'z va gaplarning ma'no tomoniga qaratib, assotsiativ psixologiya tushunchalarini va amalini kiritishga harakat qildilar. Psixolingvistikaning o'rganish obyektiga quyidagilar kiritilgan [1, B. 70]:

1. Nutq faoliyatning vujudga kelish mexanizmi.

2. Bolalar nutqining shakllanish jarayoni.

3. Muayyan nutqiy vaziyatlarda so'zlovchi bilan tinglovchi o'rtasidagi munosabatlar.

4. Nutqning axborot tashish funksiyasini o'rganish va boshqarish.

Hozirgi kunda tilshunoslikning ushbu yo'nalishi yanada kengaygan bo'lib, nutqdagi inson omili, individuallik, ichki nutq va tashqi nutq masalalari keng o'rganilmoqda.

Psixolingvistik tadqiqotlar, birinchi navbatda, matn semantikasini eksperimental o'rganishga, matn mazmunini uni qabul qiluvchi tomonidan semantik idrok etish kontekstida shakllanishi va tuzilishini o'rganishga qaratilgan. A.A.Leontyevga ergashgan holda biz matnni aloqa aktining (muloqot holati) obyektivlashtirilgan shakli sifatida tushunamiz, uning tarkibiy

qismlari aloqa predmeti, muallif va qabul qiluvchi [6]. Matn esa o'z navbatida: 1) hosila sifatida (shakl sifatida); 2) bu shaklda ifodalangan qandaydir tushuncha sifatida qaraladi.

Psixolingvistika fani tilning real psixik birligi muammosi, nutq hosil qilish modeli: nutq madaniyati, nutq patologiyasi, fikr va nutq o'rtasidagi o'zaro munosabat, nutq genezisi yoki nutqning paydo bo'lishi kabi masalalarni ham o'rganadi.

Shveytsariyalik tilshunos Sharl Ballining (1865-1974) nomi dunyo tilshunoslari uchun yaxshi tanish. Uning ta'limotida hayajonli nutq holatini o 'rganish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Olimning fikricha, tilda affektiv (hayajonli) vaziyatning yuzaga kelishi ikki asosiy maqsadni ko'zlaydi:

1) so'zlovchining his-tuyg'usi, kayfiyatini ifodalash hamda ma'lum qilinayotgan axborotga baho berish;

2) muloqot ishtirokchilariga ta'sir o'tkazish maqsadida ma'lum turdagi lisoniy vositalardan foydalanish [Qarang: 4, B. 60, 68].

Umuman olganda, Sh.Balliga tegishli tilning ta'sir etish vositasi sifatidagi fikrlari diqqatga sazovor. Hozirgi kunda bu fikr-mulohazalar psixolingvistika, kommunikativ tilshunoslik, pragmalingvistika kabi yo'nalishlarda faollashgan qator muammolarni muhokama qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Sh.Balli lisonda intellektual va affektiv xususiyatlar munosabatini aniqlashda psixologiya fanida ushbu xususiyatlarning inson ongida alohida aks etishi haqidagi g'oyaga asoslanadi. Tafakkur faoliyati hamda ongdagi bunday ikki tomonlamalik to'g'ridan to'g'ri til tizimiga ham ko'chadi va Balli "intellektual" va "affekt" tillarini farqlaydi. Tilning hayajonli-affektiv xususiyatlari haqidagi Ballining fikrlari ekpressivlikning nutqiy faoliyatdagi o'rnini aniqlash uchun muhim. Olim hayajonli nutq faoliyati tadqiqiga sotsiologik nuqtayi nazardan yondashadi. Bunday yondashuv o'sha davr uchun yangilik edi va shu asosda tilshunoslikda tamoman yangi yo'nalish - lingvostilistika yuzaga keldi. Lingvostilistikaning til tizimi va nutqiy faoliyatni funksional jihatdan tadqiq qilish borasidagi mahsuldor natijalari barchaga ma'lum [4, B. 68].

Semantik-psixologik qarashlarda nutqiy jarayoni aynan nutqning qurilishi, nutqning vaziyati, shuningdek, nutqning kontekstda tutgan o'rni masalalari to'laqonli ravishda o'rganilgan va o'rganilib kelinmoqda.

Tilshunoslikda matn mohiyati, unga xos bo'lgan asosiy belgilar haqida mavjud bo'lgan fikrlar [Qarang: 10, B. 49-70] matnni psixolingvistik aspektda o'rgangan tadqiqotchilar tomonidan ham e'tirof etiladi. Jumladan, yaxlitlik, informativlik, bog'lanishlik kabi xususiyatlar matnning asosiy belgilari ekanligi bir qator psixolingvistlarning ishlarida ham qayd etib o'tilgan [3, B. 8-13; 7, B.10; S, B. 15]. Shu bilan birga, ushbu tadqiqotchilar matnning psixolingvistik o'ziga xosligi haqida ayrim qarashlarni ham ilgari surdilar. Jumladan, matnni psixolingvistik aspektda o'rgangan Yu.A.Sorokin uning bog'lanishlik va yaxlitlikdan iborat belgilariga quyidagi tarzda yondashadi: "Matn yaxlitligi psixologik nuqtai nazardan retsipient va matnning o'zaro munosabati jarayonida yuzaga keluvchi yashirin proeksion (konseptual) holatdir, shuningdek, bog'lanishlik til /nutq qurilishi unsurlari barobarida uning qurilish unsurlari bo'lmagan qismlarning o'zaro hamkorligi natijasi hamdir [9, B. 61-73]. Yana bir tilshunos A.I.Novikovning fikriga ko'ra esa matn yaxlitligi faqat uning mazmuniy tuzilishiga xosdir [7, B. 10]. A.I.Novikovning ushbu xulosasi psixologik va kognitiv nuqtayi nazardan to'g'ri bo'lsa-da, matnning tashqi tuzilishi - sintaktik-struktur jihatini e'tiborga olmaganligi bilan munozaralidir.

Psixolingvistik tadqiqotlarda matnning "matn tuzuvchi - matn - retsipient"dan iborat uchlik [5, B. 318] nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi unda shaxs omilining rolini chuqur o'rganishni taqozo etadi. Ma'lumki, matn inson tomonidan inson uchun yaratiladi. Bu matn yaratilishi va uning idrokidan iborat faoliyat zanjirining antropotsentrik xususiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Psixolingvistik tahlilda muallif-retsipient munosabatlarida amal qiluvchi lisoniy va nolisoniy omillar borki, ularni o'zaro uyg'unlikda tadqiq etish kutilgan natijalarni olishga imkon yaratadi.

Psixolingvistikaga doir ko'plab tadqiqotlar yaratgan rus tilshunosi va psixologi V.P.Belyanin "Основы психолингвистической диагностики (модели мира в литературе)" nomli asarida matnga lingvistik va psixologik yondashuv haqidagi o'z konsepsiyasini yaratdi. Olimning mazkur kitobdan o'rin olgan, matn haqidagi qarashlarini aks ettiruvchi quyidagi 5-6-banddagi fikrlari bu borada alohida e'tiborga loyiq:

(5) Matn voqelik - ong - olam manzarasi - til - matn tuzuvchi - retsipient - matn proeksiyasidan iborat tizim unsuri hisoblanadi (V.P.Belyanin ushbu bandda matn yaratilishi va idrokining barcha lisoniy va nolisoniy omillarini qayd etgan).

(6) Retsipientning badiiy asar haqidagi o'z talqini bo'lishi mumkin. Bu talqin matn bilan birga retsipientning psixologiyasiga ham bog'liq bo'ladi [3, B. 8-9]. (Bu bandda V.P.Belyanin matn idrokining xususiy hodisa ekanligini ta'kidlagan) [2, B. 86-87].

Demak, insonning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida tildan va uning elementlaridan foydalanishi muhim. Bunda til elementlari yordamida hosil qilingan ma'nolar til belgilari yordamida ma'no hosil qilib, ular ayni zamonda inson xatti-harkatiga xos tushunchalarni tushunish imkonini beradi.

XULOSA

Xullas, lingvistik psixologizmning paydo bo'lishida naturalizm va logizmning alohida o'rni bor. Psixologiya ana shu jarayonlarning bir ko'rinishi bo'lib, psixolingvistika tilning boshqa xususiyatlarini, xususan, til birliklaridan nutqiy jarayonda foydalanish va ularda shaxsning xususiyatlari, ruhiyati va tafakkuri, xarakteri va kayfiyati bilan bog'liq ma'no, tushuncha ifodalanishi kabi masalalarni o'rganadi.

Til va millat, til va xalq, til va shaxs, til va tafakkur, til va jamiyat kabi tushunchalar bir-biridan ajralmas, bir-biriga ma'no jihatdan bog'langan bo'lish bilan birlikda, bir-birini boyitib, to'ldirib boruvchi hodisalardir. Kishilar til yordamida fikr almashadilar. Til tafakkur bilan chambarchas bog'liq bo'lib, fikrni moddiylashtiradigan, reallashtiradigan vositadir. Tafakkur inson oliy nerv sistemasinning faoliyati bo'lib, tilda o'z ifodasini topadi. Uning moddiy qobig'i tildir. Demak, til materiallarisiz fikr yuzaga chiqmaydi. Til bilan tafakkur murakkab qarama-qarshiliqlarga boy bo'lgan dialektik birlikni tashkil etadi. Ko'rinadiki, til jamiyatning asosiy aloqa-aralashuv vositasi sifatida tushuniladi, shuning uchun tilni har tomonlama o'rganish va tahlil qilish lozim. Qolaversa, matnning tuzilishi va semantik idrok etish mezonlarini aniqlash, birinchi navbatda, nutq faoliyatining operativ tarkibini psixolingvistik tahlil qilish asosida matn strukturasining tarkibiy qismlarini o'rganish bilan bog'liq bo'lib, u hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Madjidova R.U., Muxitdinova X.S., Sultonova Sh.M. Umumiy tilshunoslik fanidan ma'ruzalar matni. - Toshkent - 2016.

2. Primov A., Qodirova X. Tilshunoslikning dolzarb muammolari. O'quv-uslubiy qo'llanma.

3. Белянин В.П. Основы психолингвистической диагностики (модели мира в литературе). - М: Тривола, 2000.

4. Каримов С.А. Назарий тилшунослик масалалари. - Самарканд - 2012.

5. Ковшиков В.А., Пухов В.П. Психология. Теория речевой деятельности: Учебник для вузов. - М.: Астрель, АСТ, 2007.

6. Леонтьев А.А. Психолингвистические единицы и порождение речевого высказывания. - М.: Наука,1969.

7. Новиков А.И. Текст как объект исследования лингвопсихологии // Методология современной психолингвистики: Сб. статей. - Москва; Барнаул: Изд-во Алт. ун-та, 2003.

8. Пешкова Н.П. Психолингвистические аспекты типологии научного текста: Автореф. дис. ... д-ра филол. наук. - Уфа: БашГУ, 2002.

9. Сорокин Ю.А. Текст: цельность, связность, эмотивность // Аспекты общей и частной теории текста. -М., 1982.

10. Юлдашев М.М. Бадиий матннинг лингвопоэтик тад и и: Филол. фан. д-ри ... дис. - Тошкент: УзР ФА ТАИ, 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.