DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-1173-1176
MATN GRAMMATIKASINING ASOSIY MUAMMOLARI
Gulrux Nazir qizi Shodiyeva
FarDU, Lingvistika yo'nalishi, 1-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada matn grammatikasining uchrashi mumkin bo'lgan muammolari bayoni, ularning uchrash holatlari, tariflar, tahlillar va farqlash jihatlari bayon etiladi. Kalit so'zlar: Grammatika, matn, tilshunoslik, muammo,
The article describes the problems of text grammar, their meetings, definitions, analysis and differences.
Keywords: grammar, text, linguistics, problem,
Matn grammatikasi muammolari qatoriga tilshunoslik tomonidan asrlar davomida yechib kelingan, lison hamda nutq hodisalarini imkoniyat doirasida tadqiqi va hamisha jamiyatning o'quv-o'qituv ishlarini talab darajasida tashkil etishga yo'naltirilgan amaliy ishlarni kiritish mumkin. Yangi muammolar qatorida quyidagilarni sanash mumkin: mashinaviy tarjimaning lingvistik asoslarini yaratish, informatsion tillar va ularning inson tabiiy tiliga munosabati, terminologiyasi va uning axborot izlashga munosabati, hujjatlarni avtomatik indekslashtirish, hujjatlarni avtomatik tarzda referatlash va annotatsiyalash, axborot tizimi ishlarini lingvistik jihatdan ta'minlash, avtomatik axborot izlash uchun lug'at - tezauruslar tuzish, matnni avtomatik sintezlash va lisonning nutqiy voqelanishining mukammal tadqiqi kabilar.
Sanab o'tilgan muammolardan tashqari tilshunoslikda, grammatikada uchraydigan global muammolar ham mavjud. Bu muammolar quyidagilar hisoblanadi:
- lingvokulturologik muammolar;
- sotsiopragmatik muammolar;
- neyrolingvistik muammolar;
- tilning milliy korpusini yaratish muammolari;
- lingvokognitiv muammolar;
- psixolingvistik muammolar va boshqalar.
ABSTRACT
Endi bu muammolarni batafsilroq yoritamiz.
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-1173-1176
Antropotsentrik tilshunoslikning etakchi yo'nalishlaridan biri hisoblangan lingvokulturologiya (lot. lingua - til + lot. cultura - ishlov berish + yun. logos -ta'limot) tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari hamkorligida yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o'zaro aloqasi va ta'sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o'rganuvchi sohadir.[1]
"Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog'i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo'lgan inson to'g'risidagi antropologik paradigmaga xos bo'lgan yutuqlar majmuasidir". [2]
So'zsiz, dunyoni bilish faoliyati tasnif va tavsifsiz kechmaydi. Tasniflash harakati - inson bilish faoliyatining muhim amalidir, zero, voqelikni idrok etish niyatidagi shaxs dastlab ushbu voqelikni boshqasiga qiyoslaydi va uning umumiy, xususiy belgilarini topish yo'li bilan ma'lum turga kiritadi. Lisoniy hodisalarni bilish istagi ham aynan tasniflash harakatidan boshlanadi. Lisoniy birliklarning tuzilishini bilishda murojaat etiladigan dastlabki amallardan biri ham formal-mantiqiy tasniflash amali bo'ldi. Ammo bu amalga tovush va grammatik tizimlar oson «bo'ysunishgan» bo'lsa, lisoniy semantik hodisalarning unga «bosh egishi» o'ta qiyin kechdi. Natijada, lingvistika «qarama-qarshiliklar» qiyosiga asoslangan struktur uslubli tasnifdan tilni harakatdagi tizim sifatida tasavvur etish g'oyasini targ'ib etuvchi tizimlashtirishga o'tishga majbur bo'ldi. [3]
Neyrolingvistika fanining o'rganish obyekti haqida. Neyrolingvistika neyron va lingvistika so'zlarining O'zaro birikuvidan, qo'shilishidan hosil bo'lib, inson miyasidagi nerv hujayralarining- neyronlarning tilni-so'zlarni hosil qilishdagi vazifasini o'rganadi. Neyron nerv (asab) sistemasining asosiy qismi, tarkibiy elementi sifatida tilni-til va nutq birliklarini yaratishda faol xizmat iiladi, yetakchi hisoblanadi. Shunga ko'ra neyrolingvistika inson nerv sistemasi bilan aloqa quroli-til orasidagi uzviy, doimiy, zaruriy munosabatni yoritadi.
Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo lib, u og zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi.
Matn so'z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham oz kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn
Matn - nutq ko'rinishi bo'lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir.
so'zining lug'aviy ma'nosida birikish, bog'lanish
April, 2022
National University of Uzbekistan Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-1173-1176 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari
tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o'zaro qaysidir bog'lovchilar yordamida birikishni o'rganish "Matn tilshunosligi" sohasining asosiy muammolaridan biridir.
Tilshunos I.Rasulov matnni quyidagicha ta'riflaydi: "Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo'lib, u fikran va sintaktik jihatdan o'zaro bog'liq bo'lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to'liq bo'ladi"
Matn hajm va mazmun belgisiga ko'ra ikkiga bo'linadi: 1. Hajm belgisiga ko'ra matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko'ra matn turlari.
1. Hajm belgisiga ko'ra matn turlari. Matn gapdan ko'ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko'rinishidir. Matn hajm belgisiga ko'ra ikkiga ajratiladi. Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn ( makromatn).
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag'ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog'lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Milliy korpus tilshunoslikning korpus lingvistikasi mutaxasislari tomonidan tuziladiki, bu ilmiy tadqiqot va til o'rganish uchun xizmat qiladi. Jahonning ko'pgina yirik tillari allaqachon ilmiy ishlanganligi, hajmi va ko'lamiga ko'ra o'zaro farqlanuvchi o'zining milliy korpusiga ega. Masalan, ko'pchilik tomonidan e'tirof etilgan Britaniya milliy korpusi (BMK)dir. Aksariyat milliy korpuslar mazkur loyiha asosida shakllangan.
Dunyo tilshunosligida pragmalingvistika, diskursiv tahlil, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya kabi sohalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi matn yaratilishi hodisasining talqinida ham jiddiy nazariy qarashlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Xususan, matn tahliliga antropotsentrik nuqtai nazardan yondashish bugungi tilshunoslikning etakchi yo'nalishlaridan biriga aylandi. Murakkab va serqirra hodisa hisoblangan matn tadqiqida so'zlovchi - matn -tinglovchi (matn muallifi - matn - retsipient) dan iborat uchlik asosiy obyekt bo'lishi lozimligi ko'plab tadqiqotchilar tomonidan ta'kidlanmoqda.[4]
Tilshunoslikda psixologik yo'nalish bilan bog'liq muammolar naturalistik va logik ta'lim egalarining xatti-harakatlari bilan bog'liq ravishda kirib kelgan. Bu borada V. fon Gumboldt konsepsiyasiga e'tibor bergan holda, semantik qurilishda nutqiy ijodiy yondashuv
April, 2022
1175
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-1173-1176
lozimligini ta'kidlashida kuzatiladi. Bu holat psixolingvistika bilan shug'ullangan barcha maktab a'zolarining diqqat-e'tiborida bo'lib kelgan. Qariyb yuz yildirki, psixologiyaning turli xil aspektlarida nutq o'stirishning nutqiy ijodiy yondashuvdagi suhbat me'yorlari faoliyatiga aloqadorligi alohida o'rganilgan.
Xullas, zamonaviy tilshunoslik tobora kengayib, taraqqiy etib bormoqda. Buning asosini, shubhasiz, tilshunoslik va boshqa fanlar o'rtasidagi aloqadorlik ta'minlaydi. Psixolingvistika ham ana shunday jarayonning mahsulidir.
REFERENCES
1. Сабитова З.К. Лингвокультурология: Учебник. - М.: Флинта: Наука, 2013. -
2. Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. - М.: Школа "Языки русской культуры", 1996. - b. 222.
3. A. Primov, X. Qodirova. TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI. Urganch - 2019. 25-b
4. Кубрякова Е.С. О тексте и критериях его определения // Текст. Структура и семантика. - М., 2001. - Т.1. - b.72-81.
5. Mirtojiyev M. O'zbek tili semasiologiyasi. - Toshkent: Mumtoz so'z, 2010 - B.
b. 8-9.
94.
April, 2022