Научная статья на тему 'PSIXOLINGVISTIKA BO’LIMIDA PSIXOLOGIYA VA LINGVISTIKANING O’ZARO BOG’LIQLIK DARAJASI VA UNING AHAMIYATI'

PSIXOLINGVISTIKA BO’LIMIDA PSIXOLOGIYA VA LINGVISTIKANING O’ZARO BOG’LIQLIK DARAJASI VA UNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

503
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixolingvistika / psixolingvistik aspektlar / psixologiya va lingvistika bog‟liqlik darajasi / psixologik yo‟nalish / “xalq ruhi” / psycholinguistics / psycholinguistic aspects / degree of connection between psychology and linguistics / psychological orientation / "people's spirit"

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ezoza Ismat Qizi Hazratqulova

Psixolingvistika insonning tilni qanday egallashini, og'zaki va yozma nutqni nafaqat o'z tilini, balki ikkinchi tilni ham rivojlantirishi va tushunishini tushuntiruvchi ko'plab nazariyalarni taqdim etadi. Psixolingvistika bo'limi eng yosh tilshunoshlik bo'limlaridan biri sanalib shu vaqtgacha yurtimizda sanoqli olim va tadqiqotchilar tomonidan keng o'rganilgan, shuningdek ingliz tilini o'qitish metodikasida psixolingvistik aspektlarning o'rni beqiyosdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Psycholinguistics presents many theories that explain how a person acquires language, develops and understands spoken and written speech not only in his own language, but also in a second language. The department of psycholinguistics is considered one of the youngest departments of linguistics and has been widely studied by a number of scientists and researchers in our country, and the role of psycholinguistic aspects in the methodology of teaching English is incomparable

Текст научной работы на тему «PSIXOLINGVISTIKA BO’LIMIDA PSIXOLOGIYA VA LINGVISTIKANING O’ZARO BOG’LIQLIK DARAJASI VA UNING AHAMIYATI»

PSIXOLINGVISTIKA BO'LIMIDA PSIXOLOGIYA VA LINGVISTIKANING O'ZARO BOG'LIQLIK DARAJASI VA UNING AHAMIYATI

Ezoza Ismat qizi Hazratqulova

ChDPU Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) magistratura talabasi

ANNOTATSIYA

Psixolingvistika insonning tilni qanday egallashini, og'zaki va yozma nutqni nafaqat o'z tilini, balki ikkinchi tilni ham rivojlantirishi va tushunishini tushuntiruvchi ko'plab nazariyalarni taqdim etadi. Psixolingvistika bo'limi eng yosh tilshunoshlik bo'limlaridan biri sanalib shu vaqtgacha yurtimizda sanoqli olim va tadqiqotchilar tomonidan keng o'rganilgan, shuningdek ingliz tilini o'qitish metodikasida psixolingvistik aspektlarning o'rni beqiyosdir.

Kalit so'zlar: psixolingvistika, psixolingvistik aspektlar, psixologiya va lingvistika bog'liqlik darajasi, psixologik yo'nalish, "xalq ruhi"

ABSTRACT

Psycholinguistics presents many theories that explain how a person acquires language, develops and understands spoken and written speech not only in his own language, but also in a second language. The department of psycholinguistics is considered one of the youngest departments of linguistics and has been widely studied by a number of scientists and researchers in our country, and the role of psycholinguistic aspects in the methodology of teaching English is incomparable.

Keywords: psycholinguistics, psycholinguistic aspects, degree of connection between psychology and linguistics, psychological orientation, "people's spirit"

KIRISH

Psixologiya va lingvistikaning bog'liqlik darajasini aniqlash uchun psixolingvistikaning ildizi bo'lgan tilshunoslik nazariyasidagi psixologik yo'nalish haqida fikr yuritishga to'g'ri keladi. Yuqorida ta'kidlangan nemis tilshunosi V. fon Humboldt psixolingvistikaning asosiy negizi sifatida tilshunoslikdagi psixologik yo'nalish ancha davrlardan buyon hukm surib til mohiyatini mantiqiy asosda yoritishga qarama-qarshi ravishda o'tgan asrning yarimlarida paydo bo'lgan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb hisoblardi. V. fon Humboldtning shogirdi G. Shteyntal esa bu borada til falsafasi asoschisi deb tanildi. Aynan yuroqida berilgan ikki mashhur tilshunoslarning mehnatlari natijasi sifatida psixologik yo'nalish o'zining dastlabki davrida an'anaviy mantiqiy yo'nalishdan uzilishga harakat qildi. Bu asoslar "mantiqiy va grammatik kategoriyalarning o'zaro muvofiqligi juda kuchsiz darajadadir" deb ta'riflanar edi. Shuni

April, 2023

387

hisobga olgan taqdirda, mantiq umuminsoniy xususiyatga ega va shu sababli muayyan xalqning tiliga xos bo'lgan xususiyatlarni ochib bera olmaydi deb qaralgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tilshunoslarning fikriga qaragana mantiq gipotezalarga tayanuvchi fan, tilshunoslik esa genetik xususiyatga ega deb hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, tilshunoslik "nutqiy jarayon"ni tadqiq etish bilan shug'ullansa, mantiqni bu jarayon qiziqtirmaydi. Psixologik yo'nalish tarafdorlari tilshunoslikning metodologik asosi sifatida psixologiyani e'tirof etib, mantiqni ko'p hollarda e'tibordan chetda qoldirdilar. G. Shteyntal o'z ustozi V.fon Humbolt yordamida insoniyatning zabonida "xalq ruhi"ning, xalq psixologiyasining ifodalanish o'rnini ko'rdi. Shu sababli ham sotsial tabiatga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu davrdagi psixologiya individual psixologiya bo'lganligi bois G. Shteyntal va M.Losarus bilan birgalikda sotsial psixologiyani (etnopsixologiyani) yaratish va uni targ'ib etish uchun "Etnik psixologiya va tilshunoslik" nomli jurnalni nashr ettirdi. Yigirmanchi asr boshlarida V. Vundt ham tilshunoslikning metodologik asosi sifatida xalq psixologiyasi haqidagi fanni yaratishga harakat qildi, ammo u alohida fan sifatida shakllantirish maqsadi amalga oshmadi. Shunday bo'lishiga qaramay, tilshunoslikda psixologiyaga tayanish harakati bir qator yo'nalishlarning ochilishiga sababchi bo'ldi. Jumladan, tilshunoslikda xalq ruhini ochishga intilish tufayli, folklorni, mifologiyani, topishmoq, maqol, matallarga va ularda ifodalangan xalq urf-odatlarini chuqur o'rganishga e'tibor kuchaydi. Shuningdek, assotsiativ psixologiya tushunchalari va amalini tilshunoslikka kiritish harakatida psixologik yo'nalish tarafdorlari ko'p hollarda jonli nutqqa, bevosita nutqiy jarayonga, tilning ichki tomoniga, so'z va gaplarning ma'no tomoniga asosiy e'tiborni qaratdilar. Ularning ta'kidlashlaricha, jonli nutqni o'rganish, tilning mohiyatini va kelib chiqishini tushunishga qulay imkoniyat beradi. Yana bir tilshunos V. fon Humboldt til va nutqni farqlanishini ko'rsatgan holda, jonli nutqni o'rganish jarayonida, garchi ma'lum bir til vakillari bir umumiy tilda gaplashsalar ham, ular, ayni paytda, har biri o'z tillariga egadir, degan xulosaga keladi. Ba'zi psixologiya tarafdoshlari til ruhi, ya'ni tilning ichki shakli tushunchasiga katta e'tibor berganlar. Shuni ham belgilab o'tish joizki, G. Shteyntal uni til tarixiga nisbatan ham qo'llashga harakat qilganligi va uning fikricha, tarixgacha bo'lgan davrda tillar juda boy ichki shaklga ega bo'lgan. Keyinchalik bu tushuncha rus tilshunosligidagi psixologik yo'lnalishning yirik vakili A. A. Potebnya asarlarida ham markaziy o'rinni egallagan. Biroq A. A. Potebnya asarlarida qo'llangan "ichki shakl" termini ortida V. fon Humboldt tomonidan berilgan "xalq ruhi" tushunchasi emas, balki

April, 2023

388

so'zning kelib chiqishiga asos bo'lgan "obraz markazi" tushuniladi. Masalan, "bravo" so'zining paydo bo'lishi uchun xizmat qilgan ichki shakl, obraz markazi "biron bir ishning a'lo darajada bajarilganlik" belgisi bo'lgan. Hatto, hozirda ham "bravo" so'zi ta'lim tizimida a'lochi o'quvchi obrazi shakllanadi. Til birliklarining paydo bo'lishini tushuntirishda psixologik yo'nalish vakillari psixologiyaning "assimilyatsiya", "assotsatsiya", "appersepsiya" kabi atamalardan tez-tez foydalanib turadilar. Masalan, "assotsatsiya" tushunchasi ham A. A. Potebnya tushuncha berganidek, so'zning paydo bo'lishi, so'z etimologiyasini bayon qilishda keng qo'llaniladi. Ular birinchilardan bo'lib, V. fon Humboldtning nutqni lingvistik tekshirish obyektiga aylantirish lozimligi haqidagi fikriga tadqiqotchilar o'z fikrlarini qaratdilar. O'tgan XX asr boshlarida A. Marti asos solgan universal grammatika nazariyasi uchun ham barcha tillarning bir xil psixologik mazmunni ifodalashini va bir xil ichki qurulishga ega ekanligini ko'rsatib bergan, chunki har qanday inson, qaysi tilga mansub bo'lishidan qat'iy nazar, umumiy psixofiziologik tuzilishga ega bo'lishini o'z mehnatlarida qayd etgan. Tilshunoslikning asosiy vazifasi tushunchasi A. Martining qarashlarida isbotlab berilganidek, universal til vositalari orqali ifodalangan mazmun va psixik funktsiyalarni aniq tavsiflash va tahlil qilishdan iborat bo'lishi kerak.

Shu o'rinda yana bir yondashuv-lingvistik yondashuv haqida fikr yuritilar ekan, u aynan axborotni qayta ishlash cheklovlarini hisobga oladigan yondashuv deb qaraladi. Lingistik yondashuvda, tilshunoslar tilni qayta ishlashda lingvistik tuzilmalarning o'rni va uning ahamiyati haqida ish olib borishadi. Bunda esa lingvistik tahlil va psixologik eksperimentning ikki tomonlama va bir xil darajada muhim qat'iyligi haqida so'z yuritiladi.

Ushbu ilmiy tadqiqot ishida ham bu tilni qayta ishlash tizimining modulli yoki interaktivligi va yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlar tizimdagi modullik yoki o'zaro ta'sir darajasini ko'rib chiqiladi. Tilshunoslar odatda modullik gipotezasini ma'qullaganidek, psixologlar til va uni o'rganish tamoyillarining interaktiv tushuntirishlariga ko'proq jalb qilindi.

XULOSA

Psixolingvistika, boshqacha qilib talqin qilinganda, til psixologiyasi lingvistik omillar va psixologik jihatlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rganishdir. Psixologiya asosan tilni qayta ishlash, ong va miyada aks ettirish mexanizmlari bilan bog'liq; ya'ni odamlarga psixologik va neyrobiologik imkon beradigan omillar: tilni qabul qilish, ishlatish, tushunish va ishlab chiqarish hisoblanadi. Psixolingvistika tilning grammatik konstruktsiyalarini yaratish uchun zarur bo'lgan bilim qobiliyatlari va jarayonlari bir biriga

April, 2023

389

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

zanjir vazifasini bajaradi. Demak, psixolingvistika til bilan bo'lgan faoliyatda yurak vazifasini bajaradi. Ammo aksariyat hollarda ummumiy yoki amaliy tilshunoslikda, muloqot tadqiqotlar yoki ikkinchi tilni o'qitish tizimida psixolingvistika nazardan chetda qolmoqda.

REFERENCES

1. Garnham A, Garrod S., and. Sanord A: "Observation on the past and future of Psycholinguistics"; Handbook of Psycholinguistics.ELSEVIER 2006.P: 5-13

2. Hazratqulova, E. I. Q. (2021). Xorijiy tillarni onlayn tarzda o'qitishda xalqaro baholash dasturlari va standartlari. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 2),

3. Khazratkulova, E. I. K. (2022). THE IMPORTANCE OF PSYCHOLINGUISTIC ASPECTS IN TEACHING ENGLISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 194-197.

4. Jumaeva, N. K. Q. (2022). Lexical and semantic characteristics of hyponomic relations and deeply analyzing its features in english linguistucs. Academic research in educational sciences, 3(4), 535-542.

5. Nosirova G.M. "psixolingvistik tadqiqotlar ahamiyatining dolzarbligi", Research focus, Uzbekistan. volume 1, 2022y. P: 208-212// https://doi.org/10.5281/zenodo.7183952

6. Sattarova N.O. "Psycholinguistics one of the modern branches of linguistics", Eurasian Journal of learning and Academic Teaching. Volume 4,2022y. P:277-280//www.genuisj ournals.org

7. Baltayeva, N. T. Q., & Baltayev, M. B. (2022). SINONIMLARNING TURLARI, O 'XSHASH VA FARQ QILUVCHI JIHATLARINI TASNIFI. Academic research in educational sciences, 3(5), 1066-1070

8. Shorxametov, Shotillo Safarovich, and Tursuntosh Isroilova. "HOW TO TEACH LEARNERS THROUGH DIDACTIC GAMES." Academic research in educational sciences 3.12 (2022): 415-420.

9. Tulaganova, N. F. Q., & Yusupova, S. B. (2022). MADANIYAT, SAN'AT VA ADABIYOTNING TILGA TA'SIRI: UZBEK VA INGLIZ TILLARINING OZIGA XOS XUSUSUYATLARI. Academic research in educational sciences, 3(4), 794-797.

10. Eldorbek, K. (2023). ERRORS IN TRANSLATION OCCURRING DUE TO ASYMMETRIES IN THE TARGET AND SOURCE LANGUAGES. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(2), 289-292.

11. Alimjanova, L. X., & Nosirova, U. K. (2022). CONTENT-BASED INSTRUCTION IN LANGUAGE TEACHING IN RELATION WITH CLIL: IMPLEMENTATION AND OUTCOME. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary

Studies (CARJIS), 2(1), 392-399.

613-616.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.