Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ZAMON TALABIGA JAVOB BERADIGAN MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASH – TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI'

O‘ZBEKISTONDA ZAMON TALABIGA JAVOB BERADIGAN MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASH – TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mutaxassis / ta'lim / islohot / renessans / innovatsiya / ilm-fan / qonun.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Basriddin Karimov

Mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o'zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o'zi taqozo etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ZAMON TALABIGA JAVOB BERADIGAN MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASH – TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Uzbekistan - 2030 Strategy:

O'ZBEKISTONDA ZAMON TALABIGA JAVOB BERADIGAN MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASH - TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI

Basriddin Karimov

TDIU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o'zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o'zi taqozo etmoqda.

Kalit so'zlar: mutaxassis, ta'lim, islohot, renessans, innovatsiya, ilm-fan, qonun.

Respublikada ta'lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg'unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda ta'lim va tarbiya berish tizimi islohotlar talablari bilan chambarchas bog'langan bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Davlat talablari asosida ta'lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.

Ta'lim-tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo'lgan. Chunki inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi inqilob inson va uning ilmiy-ma'rifiy salohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishining hal qiluvchi omiliga aylantirdi. Xususan, o'sib kelayotgan avlodning bugungi kunda ta'lim sohasida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnik bazasidan samarali foydalanishini ta'minlash, oliy ta'lim tizimidagi yo'nalishlar va mutaxassislar bo'yicha davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, o'quv-metodik adabiyotlarni qayta ko'rib chiqish va takomillashtirishda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak.

Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yo'lida yoshlarimiz o'z oldiga

17-aprel, 2024

445

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: Opportunities to Realize Human Potential

katta marralarni qo'yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko'mak berish - barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo'lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro'yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi",deya ta'kidlangandi.

So'nggi yillarda respublikamizda ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida dolzarb vazifalarni bajarish lozimligi, ijtimoiy sohani pivojlantipishda uning tapkibiy qismi sifatida ta'lim va fan sohasini pivojlantipishga oid bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi 576-sonli (2019 yil 29 oktyabr), O'zbekiston Respublikasining "Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi 630-sonli (2020 yil 24 iyul) Qonunlari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 5847-sonli, 2020 yil 29 oktyabrdagi "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 6097-sonli Farmonlari shular jumlasidan. Bunda ta'lim va o'qitish sifatini baholashning xalqapo standaptlapini jopiy etish asosida oliy ta'lim muassasalapi faoliyatining sifati hamda samapadopligini oshipish, ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini pag'batlantipish, ilmiy va innovasiya yutuqlapini amaliyotga jopiy etishning samapali mexanizmlapini yapatish, oliy o'quv yuptlapi va ilmiy-tadqiqot institutlapi huzupida ixtisoslashtipilgan ilmiy-ekspepimental labopatopiyalap, yuqopi texnologiya mapkazlapi va texnopapklapni tashkil etish masalasiga e'tibop qapatilgan.

Daphaqiqat, texnika tapaqqiyotining pivojlanishi shu dapajada bapcha tapmoqlapni qampab oldiki, ta'lim tizimida ham texnika yutuqlapidan foydalanila boshlandi. Texnika, texnologiyaning pivojlanishi ilmiy texnik tapaqqiyot uchun zamin yapatdi. XX aspning oxiplapiga kelib, fan-texnika tapaqqiyoti o'ta jadal sup'atlapda pivojlandi. Albatta, bu tapaqqiyot zamipida inson omili asosiy o'pinni egalladi. Inson tapaqqiyotning bosh omilidip. Demak, tapaqqiyotga epishish uchun inson kapitaliga investitsiya qilish zapup. Ushbu investitsiya uning ta'lim olishi, yuqopi malakali kadp bo'lib yetishishi uchun zarur. Hozirgi kunda hech kimga sir emaski, inson kapitali uchun safarbar etilayotgan mablag'lar eng istiqbolli, samarali ijtimoiy investitsiyalardan biri bo'lib, ta'lim tizimi, xususan, oliy ta'lim tizimini moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash samarali tashkil etilmoqda.

446

17-aprel, 2024

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

Keyingi yillarda respublikamizda yoshlar siyosati borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Ularni ta'lim olishiga bo'lgan e'tibor, ayniqsa, oliy ta'limga qamrab olish sur'atini keskin oshirish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Oliy ta'lim muassasalaridagi izchil islohotlar ham ayni shu maqsadga qaratilgan. Ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimizda oliy ta'limni qamrab olish darajasi 2020 yilda 25 foizni, 2021 yilda esa 29 foiznitashkil etgan. Vaholanki, innovatsion taraqqiyotgaasoslangan iqtisodiyotda oliy ma'lumotli kadrlarning ulushi 60 foizni, intellektual iqtisodiyotda esa 80 foiz bo'lishi lozimligi ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, yaqin 10 yil ichida oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazish vazifasi qo'yildi.

Universitetni moliyalashtirish modellari dunyo mamlakatlarida xilma-xildir. Bugungi kunda dunyo oliy ta'lim muassasalari turli manbalardan moliyalashtirilmoqda. Ta'lim muassasalari doirasida moliyaviy mablag'larni taqsimlash ham bozor mexanizmlari asosida, ham tanlov asosida yoki rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning fikrimizcha, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslarni taqsimlashning eng muhim omili - universitet faoliyatining amaldagi samaradorligi va natijaviyligidir. Zamonaviy universitet byudjet mablag'laridan tashqari, o'zining rivojlanishi uchun byudjetdan tashqari mablag'larni mustaqil ravishda jalb qila oladi. Biroq ko'pincha davlat manbalaridan universitetni moliyalashtirish miqdori mustaqil ravishda to'plangan mablag'lar bilan mos keladi yoki ularning hajmidan sezilarli darajada oshadi.

Bugungi kunda Yevropa, Osiyo va Amerikada yo'lga qo'yilgan oliy va maxsus ta'limni moliyalashtirish tizimini zamonaviy isloh qilishda quyidagi asosiy tendensiyalarni kuzatishimiz mumkin:

- ta'lim tizimida davlat mablag'larini ajratish yo'llarini isloh etish. Iste'molchilar ehtiyojlariga ta'lim muassasalari sezgirligini oshirish maqsadidamablag'larning bir qismi davlat subsidiyalashgan kreditlar, imtiyozli kreditlar yoki soliq imtiyozlari shaklida talabalar va korxonalarga ajratiladi. To'g'ridan-to'g'ri moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmini takolmillashtirish va amalga oshirish (masalan, ta'limni va ilmiy-tadqiqotlarni alohida moliyalashtirish; formulali moliyalashtirish va h.k.);

- ochiq Internet-ta'limning yangi texnologiyalarini jadal joriy etish, ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlarni kamaytirish. Kelajakda bu universitetning tubdan farqli modelini shakllantirishga olib kelishi mumkin;

- moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, shuningdek, biznes hamjamiyati, tadqiqot markazlari va tashkilotlar bilan hamkorlikni o'rnatish. Ta'lim

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

muassasasi faoliyati natijalari bilan jalb qilingan xususiy moliyalashtirish hajmi o'rtasida bevosita bog'liqlik mavjud. Birgalikda moliyalashtirish modelini ishlab chiqish institutlarning o'zlariga moliyaviy resurslarni boshqarishda mustaqillik berish va olingan byudjet mablag'larini ikki tomonlama audit orqali sarflash sifatini oshirish imkonini yaratadi. Universitetlarga berilgan vakolatlar biznes hamjamiyatidan moliyaviy bozorlarda tashqi moliyalashtirishni jalb qilish, qo'shimcha va biznes-ta'lim sohasida xizmat ko'rsatish, o'qituvchilar va tadqiqotchilar bilan shartnomalar tuzish uchun individual sharoitlarni yuzaga keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. PF-158-son. 11.09.2023 y.

2. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi. O'zR. PF-158-son Farmoniga 1-ilova. 11.09.2023 y.

3. https://lex.uz/ru/docs/5657199. O'zbekiston respublikasi Milliy Qonunchilik bazasi.

4. Sobirovich, Z. F. (2023). Implementating Modern Educational and Information Technologies Into the Higher Educational Process. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(9), 168-171.

5. Sobirovich, Z. F. (2023). Conceptual Foundations of Teaching History. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(2), 171-174.

448

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.