Научная статья на тему 'SUG‘URTA SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASHNING DAVLAT SIYOSATI: MAVJUD MUAMMOLAR VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

SUG‘URTA SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASHNING DAVLAT SIYOSATI: MAVJUD MUAMMOLAR VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug„urta anderraytingi / aktuariy / sug„urta sohasida ta‟lim standartlari / malaka talablari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Erkinjon A’Zamovich Abdullaev

Ushbu maqolada sug'urta sohasida kadrlarni tayyorlashning hozirgi zamon talablari, davlat tomonidan belgilab berilgan ta'lim standartlari bilan o'zaro uyg'unligi, mavjud muammolari, xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan o'zaro uyg'unlashganligi haqida so'z boradi. Shuningdek, mamlakatimizda sug'urta sohasini isloh qilishda davlat siyosatining o'rni, kadrlar salohiyatini ro„yobga chiqarishda imkoniyatlari mavjud muammolari va rivojlantirish istiqbollari haqida mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG‘URTA SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASHNING DAVLAT SIYOSATI: MAVJUD MUAMMOLAR VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston - 2030 strategiyasi: universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy: Economes_

SUG'URTA SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASHNING DAVLAT SIYOSATI: MAVJUD MUAMMOLAR VA RIVOJLANTIRISH

ISTIQBOLLARI

Erkinjon A'zamovich Abdullaev

"Farovon Sug'urta" AJ Bosh direktori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sug'urta sohasida kadrlarni tayyorlashning hozirgi zamon talablari, davlat tomonidan belgilab berilgan ta'lim standartlari bilan o'zaro uyg'unligi, mavjud muammolari, xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan o'zaro uyg'unlashganligi haqida so'z boradi. Shuningdek, mamlakatimizda sug'urta sohasini isloh qilishda davlat siyosatining o'rni, kadrlar salohiyatini ro'yobga chiqarishda imkoniyatlari mavjud muammolari va rivojlantirish istiqbollari haqida mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: sug'urta anderraytingi, aktuariy, sug'urta sohasida ta'lim standartlari, malaka talablari

Ma'lumki, O'zbekistonda sug'urta sohasi, yuqori suratlarda o'sib borayotgan yangi sohalardan biri sifatida qaralsada hozirgi kunga qadar qariyb 33 yil rivojlanish tarixiga ega. Shu o'rinda mamlakatimiz sug'urta sohasidagi ta'lim tizimi xalqaro ta'lim standartlari darajasiga ko'tarildimi, sug'urta yo'nalishida yetishib chiqayotgan kadrlarning mehnat bozoridagi o'rni qay darajada, davlat tomonidan sug'urta sohasidagi kadrlarni yetishib chiqishi uchun berilayotgan imtiyozlar o'zini oqlamoqdami degan savollar tug'iladi.

Hozirgi kunda sug'urta sohasida kadrlarni tayyorlovchi tayanch oliy o'quv yurtlaridan biri sifatida Toshkent moliya institutini 1keltirish mumkin. Ushbu oliy o'quv yurtida "Sug'urta ishi" yo'nalishi bo'yicha kadrlar yetishtirib kelinmoqda. Magistratura yo'nalishi bo'yicha oliy o'quv yurtlaridan biri sifatida O'zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasini keltirishimiz mumkin. Albatta, bu oliy o'quv yurtlarida sug'urta yo'nalishi bo'yicha tayyorlanayotgan kadrlar ma'lum darajada miqdor jihatdan sug'urta bozori ehtiyojlarini qondirayotgan bo'lsa, ta'lim dasturlarining eskiligi, real amaliyot bilan o'zaro bog'lanmaganligi, darsliklarning yetarli emasligi, malaka toifalarini

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi PQ-62-sonli "Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qaroriga asosan Toshkent moliya instituti va Fiskal instituti qo'shib olish yo'li bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sifatida qayta tashkil etilgan

17-aprel, 2024

149

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston — 2030 strategiyasi:

universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy:

Economics_

belgilash bo'yicha ta'lim standartlarining mavjud emasligi sifat jihatdan ushbu sohaning ortda qolishiga sabab bo'lmoqda.

Sug'urta sohasidagi kadrlarni tayyorlashda davlat siyosatini quyidagi belgilangan chora-tadbirlar orqali ko'rishimiz mumkin:

- 2002-yilning 1-fevralidan boshlab sug'urta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad (foyda) solig'i to'lashdan ozod qilinishi va bo'shaydigan mablag'lar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, shu jumladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashga yo'naltirilishi belgilangan ;

- sug'urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, sug'urta sohasida ta'lim berishning zamonaviy usullarini qo'llash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag'batlantirish;

- 2020/2021 o'quv yilidan boshlab sug'urta bozorining professional ishtirokchilari xodimlarini sohaga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalarining "Sug'urta ishi" ta'lim yo'nalishi bo'yicha sirtqi va kechki bo'limlarga test sinovlari o'tkazilmasdan, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari pulli-kontrakt asosida qabul qilish tartibi joriy etish;

- Moliya vazirligi "El-yurt umidi" jamg'armasi bilan birgalikda sug'urta bozori mutaxassislarining xorijiy ta'lim va boshqa tashkilotlarda ta'lim olishi, malaka oshirishi va stajirovka o'tashi tizimli asosda tashkil etilishini belgilangan tartibda ta'minlash;

- oliy ta'lim sohasida xorijiy davlatlar hukumatlari, shuningdek, chet el oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish doirasida respublikada sug'urta ishi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan ilg'or xorijiy oliy ta'lim muassasalarining filiallarini (fakultetlarini) tashkil etish imkoniyatlarini ko'rib chiqish va tegishli takliflar kiritish;

- Sug'urta bozori mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning professional darajasini oshirish bo'yicha ta'lim kurslari va amaliy treninglar tashkil etish, shuningdek, ularning ishlab chiqarish amaliyotini chet elda o'tkazish uchun xalqaro dasturlar va jamg'armalarning grantlarini jalb qilish bo'yicha chora-tadbirlar

"5

ko'rish

- Moliya vazirligi hayot sug'urtasi sohasidagi milliy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda xalqaro tajribani respublikada joriy etish yuzasidan Yaponiyaning The Foundation For The Advancement Of Life & Insurance Around The World (FALIA), Oriental Life Insurance Cultural Development Center (OLICD) va boshqa rivojlangan

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 31-yanvardagi PF-3022-sonli "Sug'urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-sonli "O'zbekiston Respublikasining sug'urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori

17-aprel, 2024

150

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston — 2030 strategiyasi: universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy: Economic^_

mamlakatlarning xalqaro hayot sug'urtasi jamg'armalari (uyushmalari) bilan tajriba almashinuvi amaliyotini yo'lga qo'yishi4

Albatta yuqorida keltirilgan chora tadbirlar ma'lum darajada sug'urta bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlashda davlat siyosati sifatida qaralishi mumkindir ammo ushbu chora-tadbirlarning natijadorligi, samarasi va monitoringi yuzasidan bironta tahlillar amalga oshirilmagan.

Rivojlangan davlatlarda sug'urta bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash mexanizmi tubdan farq qilib, bunda yirik sug'urta tashkilotlari (ayrim sug'urta tashkilotlarining kapitallashuv darajasi O'zbekiston YalM miqdoridan ortiq) ayni bir yo'nalish bo'yicha (bunda aktuariy, anderrayting, adjaster) buyurtma asosida kelishiladi. Shuningdek, kadrlardan bakalavr darajaga ega bo'lgandan so'ng malaka toifasini belgilovchi xalqaro sertifikatlar talab etiladi. Bunga misol sifatida CII (The Chartered Insurance Institute)5 sertifikatlash tizimini keltirishimiz mumkin. Ushbu institutga a'zolikning 8 darajasi mavjud. Sertifikatlash jarayonlari oddiylikdan murakkab jarayonlarga bog'lanib, so'nggida diplom yoki chartered (malakalangan) darajasiga yetishi mumkin. Ushbu malakaga ega xodimlar sug'urta va moliya sohalarida yuqori malakali kadrlar sifatida e'tirof etiladi va sug'urta tashkilotlarini boshqarishda ushbu malaka darajalari yuqori o'ringa ega hisoblanadi.

Mamlakatimizda esa sug'urta tashkilotlarining rahbarlari, hududiy bo'linmalarning rahbarlari, bosh buxgalterlar va hududiy bo'linmalarning bosh buxgalterlari ham qonunchilikda 6belgilangan malaka talablariga javob bergan taqdirda ma'lum lavozimlarga tayinlanishi belgilangan. Ammo ushbu malaka talablarini belgilash, malaka talablariga mosligini aniqlash va lavozimga tayinlash va nazorati maxsus vakolatli davlat organi (hozirda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi) zimmasiga yuklangan. Belgilangan tizim mukammal tizim sifatida qaralsada vakolatli davlat organini malaka talablarini aniqlash, ruxsat berish tartib taomillari bo'yicha malakalanganmi degan tabiiy savol tug'iladi. Malaka talablariga javob berishini aniqlash bo'yicha maxsus komissiya vakolatli organ xodimlari ishtirokida tuzilishi qonunchilikda belgilab ketilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi PQ-5265-sonli "Sug'urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug'urtasi sohasini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Qarori

5 The Chartered Insurance Institute (CII) 1912-yilda tashkil topgan bo'lib, Aholining sug'urta va tegishli moliyaviy xizmatlarga ishonchini ta'minlash va oqlashda tizimlashtirilgan Sertifikatlash, sug'urta sohasi standartlari, konferensiyalar, nashrlar tayyorlash bilan shug'ullanadi

6 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining Sug'urtalovchining, sug'urta brokerining hamda ular alohida bo'linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo'yiladigan malaka talablari to'g'risidagi nizom (2013-yil 30-maydagi 2462-son bilan ro'yxatga olingan)

17-aprel, 2024

151

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston - 2030 strategiyasi: universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy: Economcs_

Bunga o'xshash holatlardan yana bin bu aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi hisoblanadi. Jahon amaliyotida aktuariylar bu statistika va ehtimollar nazariyasi, sug'urta ishi va tavakkalchilik nazariyasi investitsiya faoliyati va moliyani boshqarish, aktuar matematikani ka'bi fanlarni chuqur o'zlashtirgan shaxslar ma'lum bir sinovlardan o'tgan holda sertifikatlangan va diplomga ega (har bir davlat qonunchiligida turlicha yondashuvlar mavjud bo'lib, rivojlangan davlatlarda ushbu malaka sertifikatlarini berish vakolati davlat ixtiyorida emas balki mustaqil ilmiy markazlarga yuklatilgan) shaxslar aktuariy faoliyati bilan shug'ullanishlari mumkin. Aktuariy malaka sertifikatini berish ham qonunchiligimizda davlat ixtiyorida bo'lib, hozirgi kunda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. E'tiborli jihati shundaki, hozirgi kunga qadar 38 ta sug'urta tashkiloti mavjud bo'lsa, aktuariy malaka sertifikatiga ega mutaxassislar soni 5 tani tashkil etadi (1-rasm).

1-rasm.O'zbekiston Respublikasi sug'urta bozorining tuzilishi7

Sug'urta bozori tuzilishi 31.12.2022 31.12.2023 O'zgaiish (+/-)

Sug'urta tashkilotlari soni 41 38 -7,3%

shit jumladan hayot sug'urtasi bo 'yicha 8 7 -12,5%

Sug'urta tashkilotlariniiig umumiy ustav kapitali (mln. so'rnda) 1 884 111 2 298 572 +22,0%

Sug'urta brokerlari soni 7 8 +14,3%

Aktuariylar soni 5 5 0%

Sug'urta agentlari soni shit jumladan yuridik shaxslar 9 155 2 625 4 736 1 711 -48,3% -34,8%

To'lovlaini kafolatlasli jarug'armasi a'zolari bo'lgan sug'urta taslikilotlarining soni 25 26 +4,0%

Amaldagi qonunchilik bo'yicha aktuariy xizmatlariga talab yuqori bo'lib, "Sug'urta faoliyati to'g'risida" gi Qonunga asosan barcha sug'urta tashkilotlari bir yilda kamida bir marotaba aktuariylarni jalb qilgan holda aktuar tekshiruvni o'tkazishi belgilangan.

Yuqorida keltirilgan holatlar yuzasidan xulosa sifatida shuni aytish lozimki, davlat sug'urta sohasida kadrlarni malakasini aniqlash bo'yicha quyidagicha yo'nalishda ish tutishi maqsadga muvofiq:

- sug'urta tashkilotlari rahbar xodimlari va bosh buxgalterlariga malaka talablarini belgilashda egiluvchan mexanizmlarni qo'llash, bunda xalqaro tan olingan sertifikatlarni malaka talablariga integratsiya qilish;

- sug'urta tashkilotlari rahbar xodimlari va bosh buxgalterlari malakasini aniqlashda davlat nazoratini o'z zimmasida qoldirgan holda mustaqil balansga ega ilmiy markazlarni tashkil etish (bu Sug'urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi tarkibida ham bo'lishi mumkin);

https://napp.uz/uz/pages/statistics-and-analysis-for-im

17-aprel, 2024

152

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

O'zbekiston — 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

- aktuariy malaka sertifikatlarini berish tartibi va nazoratini davlat o'z zimmasida qoldirgan holda, aktuariylar jamiyati tarkibida maxsus oliy o'quv yurtlari olimlari hamda aktuariy sohasida xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega malakali mutaxassislardan tarkib topgan va davlat belgilagan standartlarga javob beruvchi komissiya tashkil etish;

-Sug'urta tashkilotlarining foydasidan 3 foizi kadrlar malakasini oshirishga va sug'urta sohasidagi ta'limni rivojlantirishga yo'naltirish va bu summani soliqqa tortilmaydigan baza sifatida qarash.

Yuqorida bildirilgan xulosalar orqali davlat sug'urta sohasida malakali kadrlarni tayyorlash bo'yicha mustaqil mexanizm asosida tartibga soladi, bu orqali esa ma'muriy xarajatlar tejalishiga, sug'urta bozorida kadrlar tayyorlash davlat ishtiroki kamayib boradi.

REFERENCES

1. Shennayev X.M. Sug'urta ishi: o'quv qo'llanma. T.: Iqtisod-moliya, 2014

2. Shennayev X.M. O'zbekiston sug'urta bozori: o'quv qo'llanma. T.: Iqtisod-moliya, 2013

3. Abduraxmonov I.X. Sug'urta nazariyasi va amaliyoti. T.: Iqtisod-moliya, 2018

4. https://napp.uz/uz/pages/statistics-and-analysis-for-im

153

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.