Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA UZUMCHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA HOSILDORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI'

O’ZBEKISTONDA UZUMCHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA HOSILDORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
382
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mirishkor dehqonlar / uzumchilik sohasidagi kamchiliklar / husayni uzumi / meva sabzavotlar eksporti / Samarqand uzumi / uzumning yangi navlari. / mirishkor farmers / shortcomings in the field of viticulture / Husayni grapes / export of fruits and vegetables / Samarkand grapes / new varieties of grapes.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — B. Umarov, Q. Ahmadov, M. Oqilova

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining uzumchilik sohasini rivojlantirish bo’yicha prezidentimiz qo’ygan vazifalar haqida ma’lumotlar berilgan.Shuningdek,bir yilda qancha uzum hosili olinmoqda,yurtimizning uzumchilik rivojlangan mintaqalari,ulardan gektar hisobida yillar kesimida qancha hosil olinayotganligi haqida ilmiy ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEASURES TO DEVELOP AND INCREASE THE PRODUCTIVITY OF VINEYARDS IN UZBEKISTAN

This article provides information about the tasks set by our president for the development of the viticulture sector of the Republic of Uzbekistan. Also, scientific information about how many grapes are harvested in a year, the regions of our country where viticulture is developed, and how much is harvested from them per hectare per year. Given.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA UZUMCHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA HOSILDORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTONDA UZUMCHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA HOSILDORLIGINI

OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI Bekzodbek Umarov Baxtiyorjon o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Dehqonchilik va o'rmon

melioratsiyasi" kafedrasi assistenti Ahmadov Qosimjon Furqat o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi Oqilova Maftunaxon Odiljon qizi

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7392000

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining uzumchilik sohasini rivojlantirish bo'yicha prezidentimiz qo'ygan vazifalar haqida ma'lumotlar berilgan.Shuningdek,bir yilda qancha uzum hosili olinmoqda,yurtimizning uzumchilik rivojlangan mintaqalari,ulardan gektar hisobida yillar kesimida qancha hosil olinayotganligi haqida ilmiy ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: mirishkor dehqonlar, uzumchilik sohasidagi kamchiliklar,husayni uzumi, meva sabzavotlar eksporti,Samarqand uzumi,uzumning yangi navlari.

МЕРЫ ПО РАЗВИТИЮ И ПОВЫШЕНИЮ ПРОДУКТИВНОСТИ ВИНОГРАДНИКОВ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В данной статье представлена информация о задачах, поставленных нашим президентом по развитию виноградарской отрасли Республики Узбекистан, а также научная информация о том, сколько собирают винограда в год, в каких регионах нашей страны развито виноградарство и как с них собирают много с гектара в год.

Ключевые слова: миришкорские фермеры, недостатки в области виноградарства, виноград Хусайни, экспорт плодоовощной продукции, самаркандский виноград, новые сорта винограда.

MEASURES TO DEVELOP AND INCREASE THE PRODUCTIVITY OF VINEYARDS

IN UZBEKISTAN

Abstract. This article provides information about the tasks set by our president for the development of the viticulture sector of the Republic of Uzbekistan. Also, scientific information about how many grapes are harvested in a year, the regions of our country where viticulture is developed, and how much is harvested from them per hectare per year. Given.

Keywords: mirishkor farmers, shortcomings in the field of viticulture, Husayni grapes, export of fruits and vegetables, Samarkand grapes, new varieties of grapes.

Kirish

O'zbekistonda uzumchilikni rivojlantirish uchun 44 ta tuman tanlab olingan —Prezident uzumchilik bo'yicha yig'ilish o'tkazdi."Bugun uzumchilik sohasidagi mavjud muammolar va tarmoqni rivojlantirish bo'yicha, muhim vazifalarni gaplashib olishimiz zarur. Avvalo, barchamiz bir masalani yaxshi tushunib olishimiz kerak. Uzumchilik—xalqimizning asrlar davomidagi milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyati, g'ururi va daromad manbai hisoblanadi, qolaversa, xalqimizning turmush tarzi va urf-odatlarimiz bilan bevosita bog'lanib ketgan", deydi Shavkat Mirziyoyev. Ta'kidlanishicha, o'zbekistonlik mirishkor dehqonlar yetishtirgan husayni,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

toyfi, rizamat ota, kelinbarmoq va kishmish kabi uzumlarning dovrug'i dunyo davlatlariga ma'lum.

Xabarga ko'ra, keyingi yillarda uzum mahsulotlariga bo'lgan talab ortib, uzumchilik sanoati rivojlanmoqda. Shu bois, tarmoq mo'may daromad manbaiga aylandi. Shundan kelib chiqib, so'nggi to'rt yilda 52 ming gektarda yangi tokzorlar tashkil etilib, sohaga 210 milliard so'm subsidiya ajratildi. Natijada, meva-sabzavotlar eksportida uzumning ulushi 2 barobarga ko'paydi.

Bugungi kunda 90 ming gektar maydonda uzum yetishtirilib, bu plantatsiyalarda 900 ming aholining doimiy va mavsumiy bandligi ta'minlangan. Davlat rahbari asosiy mahalla odamlarning ish haqini ko'paytirish ekanini aytib, shu maqsadda 44 ta tumanni uzumchilikni rivojlantirish bo'yicha eksperiment sifatida tanlab olinganini ma'lum qildi.

Yig'ilishda jahon bozorida xo'raki uzumga talab ortib borayotgani, mayiz va tabiiy vino mahsulotlari ham xaridorgir ekani, shu bois, bugun mamlakatda uzumchilikni ilg'or tendensiyalar asosida rivojlantirish zarurligi, bu borada amalga oshirilishi kerak bo'lgan muhim chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilinmoqda.Birgina Samarqand viloyatining o'zida O'zbekistondagi daraxtlarning 30 foizi, tokzorlarning 15 foizi to'g'ri keladi.Oltiariq va Andijonning uzumlari,Samarqand mayizi nafaqat yurtimizda balki dunyoga mashhurligi bilan ajralib turadi.Oltiariq uzumlarining sifati va mo'l hosilligi yurtimizga juda katta iqtisodiy manfaat kelirmoqda.O'zbekiston olimlari tomonidan uzumning ertapishar va uzoq muddat sifati buzilmay turadigan navlari yaratildi.Hozirgi vaqtda bu navlar eski navlar o'rniga almashtirilib ekilmoqda.O'zbekiston bir yilda o'rtacha 350-400 ming tonna uzum hosili olinmoqda.Yetishtirilgan uzumni bir qismi qayta ishlanmoqda,mahalliy bozorlarni yil bo'yi ta'minlab kelinmoqda va ortgan qismi jahon bozoriga chiqarilmoqda.Mevachilik va sabzavotchilik ham aholi soni ortib ehtiyoj ko'paygani sari bu sohada ham yuqori samaradorlikka erishilmoqda.O'zbekiston iqlimi yilning kattagina qismida issiq va yorug' bo'lishi vegetatsiyaning uzoq davom etishi uzumlarning vitaminlarga boy shirindan-shakar bo'lishiga sababchi bo'ladi.

O'zbekistonda 2017-yildan buyon tokzorlar maydoni kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.Intensiv uzumlar yetishtirilmoqda va serhosil navlar ekilmoqda.Asosan O'zbekiston sharoitida Turkiya hosildor intensiv navlari ekilmoqda.Olingan uzumlarning katta qismi Rossiya, Qozog'iston, Xitoy,Janubiy Koreya, Yevropa mamlakatlari hattoki AQSH ga ham eksport qilinmoqda.Quyida ularning eksporti hajmi haqida yillar kesimida ma'lumotlar berib o'tamiz.

Uzum eksport tarkibi mln AQSH dollari hisobida.

Uzum

2017-yil 159,5 mln dollar

2018-yil 179,7 mln dollar

2019-yil 223,7 mln dollar

2020-yil 188,3 mln dollar

O'zbekiston Respublikasi viloyatlari kesimida uzum hosildorligi ko'rsatkichlari (bir gektardan,sentner)

Barcha toifadagi xo'jaliklar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2016 2017 2018 2019

O'zbekiston Respublikasi 157, 0 157,5 153,5 152,0

Qoraqalpog'iston Respublikasi 103, 9 87,5 98,2 90,2

Andijon viloyati 200, 3 234,7 224,1 229,1

Buxoro viloyati 194, 5 196,3 203,8 239,7

Jizzax viloyati 80,9 76,4 86,9 77,1

Qashqadaryo viloyati 117, 1 119,7 121,0 119,3

Navoiy viloyati 149, 6 149,3 153,6 160,5

Namangan viloyati 8, 6 5 161,6 167,5 183,0

Samarqand viloyati 166, 9 169,7 155,9 147,7

Surxondaryo viloyati 116, 1 108,8 99,0 93,0

Sirdaryo viloyati 118, 1 92,1 115,4 106,8

Toshkent viloyati 110, 7 102,3 100,3 86,4

Farg'ona viloyati 242, 0 276,4 270,8 293,0

Xorazm viloyati 172, 4 171,3 175,4 167,0

Xulosa qilganda yuqorida ma'lumotlarda aytilganidek,O'z Dekistonda uzumchilik sohasini

rivojlantirish bo'yicha prezident topshiriqlari bajarilishi bilan uzum yetishtirish hajmi va eksport miqdori yildan-yilga ortib bormoqda.Shu bilan birgalikda ayrim viloyatlarda gektar kesimida olganda hosildorlik yildan-yilga kamayib boryapti.Yerlar unumdorligini pasayishi,iqlim o'zgarishi,ekologiyani muvozanatdan chiqishi uzumchilikni rivojlantirishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.Lekin mehnatning ibratli natijalari Farg'ona viloyatida yaqqol ko'rinib turibdi.Respublika bo'yicha uzum yetishtirishning asosiy hajmi ushbu viloyatga to'g'ri keladi.Bir gektar hisobiga olganda bu viloyatda 293,0 sentner hosil olinmoqda.Uzumchilikni yurtimizda rivojlantirilishi qishloq xo'jaligida ishsiz aholining ish bilan ta'minlanishi,aholining uzum bilan ehtiyojini qondirilishi va ortgan qismini katta miqdorda chetga eksport qilish imkonini beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan murojatnomasi.

2. O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasining 2021-yildagi statistik to'plami.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.